ISSN:
2181-3906
2025
International scientific journal
«MODERN
SCIENCE
АND RESEARCH»
VOLUME 4 / ISSUE 4 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ
1050
MIRTEMIR QALAMIGA MANSUB "TOSHBU" SHE'RINING LIROEPIK JANRI
Iskandarova Barchinoy
Xasan qizi
Ochilova Muxlisa
Yorqinjon qizi
Samarqand davlat universiteti Urgut filiali Pedagogika va tillarni o‘qitish fakulteti
Boshlang`ich ta`lim yo`nalishi
1-bosqich 103-guruhi talabalari.
https://doi.org/10.5281/zenodo.15245184
Annotatsiya. Mirtemir qalamiga mansub "Toshbu"she'ri serqirra ijodkor Mirtemir
haqida gap borar ekan, u faqat lirik sheʼrlar bilan cheklanibgina qolmay goʻzal dostonlar,
dramatik va nasriy asarlar yaratgan. She'r Toshbibi (ya'ni she'rda Toshbu) ismli ayolga
bagʻishlab bitilgan boʻlib, uning yoriga sadoqati, ahdiga vafosi, tugamas bardoshi va metin
irodasini tarannum etish orqali butun oʻzbek ayollarining urush davrida koʻrsatgan matonatini
tasvirlaydi.
Kalit soʻzlar: Serqirra, lirik, toshbibi, sadoqat, ahd, vafo, bardosh, metin iroda, matonat.
THE LYROEPIC GENRE OF THE POEM "TASHBU" BY MIRTEMIR
Abstract. The poem "Tashbu" by Mirtemir is about the prolific writer Mirtemir, who was
not limited to lyrical poems, but also created beautiful epics, dramatic and prose works. The
poem is dedicated to a woman named Toshbibi (i.e. Toshbu in the poem), and by praising her
loyalty to her husband, her loyalty to her covenant, her endless endurance and her strong will, it
describes the fortitude shown by all Uzbek women during the war.
Keywords: Serqirra, lyrical, tashbibi, loyalty, covenant, fidelity, and endurance, firm
will, fortitude.
ЛИРОЭПИЧЕСКИЙ ЖАНР ПОЭМЫ «ТАШБУ» МИРТЕМИРА
Аннотация. Поэма «Ташбу» Миртемира Если говорить о разностороннем
художнике Миртемире, то он не ограничивался только лирическими поэмами, но и
создавал прекрасные эпические, драматические и прозаические произведения.
Стихотворение посвящено женщине по имени Тошбиби (то есть Тошбу в
стихотворении), и, восхваляя ее верность мужу, приверженность завету, бесконечную
выносливость и сильную волю, оно описывает стойкость, проявленную всеми узбекскими
женщинами во время войны.
Ключевые слова: Серкирра, лирика, ташбиби, преданность, завет, верность,
выносливость, твердая воля, стойкость.
ISSN:
2181-3906
2025
International scientific journal
«MODERN
SCIENCE
АND RESEARCH»
VOLUME 4 / ISSUE 4 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ
1051
Kirish:
XX asr oʻzbek sheʼriyatining ulkan vakili Mirtemir Tursunov 1910-yilning 10-mayida
Koʻhna Turkistonning Qatagʻon etaklaridagi Eski Iqon qishlogʻida tugʻilgan.Shoirning birinchi
sheʼri "Tanburim ovozi" nomi bilan 1926-yili "Shula qoʻynida"nomli ilk sheʼri esa 1928-yilda
eʼlon qilingan. Shuningdek tarjima sohasida ham barakali ijod qilgan. Mirtemirning ijodiy
qiyofasini belgilaydigan, uning oʻzbek kitobxoni uchun ardoqli qilgan narsa-uning sheʼriyati.
Mirtemir samimiy tuygʻularni nozik kechinmalarni sodda va tushunarli ifodalay oladigan
sanʼatkor. Uning "Bu men tugʻilgan tuproq","Onaginam","Toshbu","Betobligimda" nomli
she'rlari mavjud.
Muhokama qismi:
"Toshbu"sherida inson ruhiyatining chuqur qatlamlarini va hayotning murakkabligi va
goʻzalligini tasvirlaydi. She'da ayollar obrazining asosiy oʻrni mavjud. Ayollar
-
bu shoirning
tasvirlarida bir vaqtning oʻzida nafis goʻzal lekin murakkab va oʻziga xos mavjudotlardir. Ular
shodlik va qaygʻu baxt va azob, sevgi va jahlning timsoli sifatida namoyon boʻladi.
"Toshbu"
Toshbu Chayirsan, chechansan, chuchuksan so‘zsiz,
Ertakday ezgusan, buloq yanglig‘ pok.
Ko‘z ololmas hatto ilg‘asa ko‘zsiz,
Holbuki, munglug‘san. G‘amdan ko‘ksing chok.
Yor jangga jo‘narkan: «Bo‘shashma», — devdi,
Bo‘shashgan paytda ham bo‘lolding tetik.
Bilarding — u seni jonidek sevdi,
Egningda kalta to‘n, oyoqda etik,
Ko‘ngil qo‘yding suyuk paxtazoringga,
Jo‘yaklarda qolding qosh qorayguncha.
Ter to‘kib ko‘z tikding o‘z devkoringga,
Vafo bo‘lsa agar, bo‘lur-da shuncha!
Burmalik ko‘ylak ham, nimcha-yu g‘ijim,
Sirg‘alar sandiqqa tushdi. Bardosh bu...
Xilvatda yosh to‘kding yomg‘irday sim-sim,
Keyin yig‘i ham tark. Bosh bo‘lding, Toshbu...
O‘n juvonga boshliq — ko‘p ham osonmas,
ISSN:
2181-3906
2025
International scientific journal
«MODERN
SCIENCE
АND RESEARCH»
VOLUME 4 / ISSUE 4 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ
1052
Tun og‘ir va uzun, bo‘lar eding xun.
Bu to‘y kunidagi quvnoq javlonmas,
Ter to‘kding ham o‘zing, ham ering uchun
Qirov ketmasidan tashiding o‘g‘it,
To‘qiltoq arava — uloving eshak.
O‘n juvon izmingda — maslahat, o‘git,
Darddoshlik ham og‘ir, ko‘p og‘ir, beshak.
O‘z bo‘yningda edi suv, o‘toq, chopiq,
Esda turmas edi soch tarash hatto.
Sho‘x hislarga qalbing darchasi yopiq,
Kulib qaraganga jo‘n qarash hatto.
Dalaga ergashar ikki bolang ham,
Biri choy qaynatar, biri tashir suv.
Erkak mehnatiga ko‘nikding kam-kam,
Bu ham jang edi-da, qattol jang, Toshbu!
Har qalay qaynashdan qolgan yo‘q qozon,
O‘rtada quyuqmi, suyuqmi — yovg‘on.
Buvak ham, go‘dak ham bo‘lmadi xazon,
Badnom etolmadi biror qing‘ir jon.
Kosang toza, halol, butun va beyuq,
Qoraxat, nim qahat sololmadi chang.
Jamolingga har gal suqulolmay suq:
Buncha toshbag‘ir! — der badar ketdi gang.
Toleying bor emish, tole yor emish,
Keldi axir jangchi: bas deb, shum firoq.
O‘pkasida moshdek o‘q ham bor emish,
Tirsakdan bir qo‘l yo‘q: Sendan g‘ash yiroq.
Seni sal xo‘rlagan sira insonmas,
Ko‘zlaringda g‘urur va baxtdan yosh bu.
Sensiz O‘zbekiston — O‘zbekistonmas,
Sensiz keng jahon ham sira jahonmas.
ISSN:
2181-3906
2025
International scientific journal
«MODERN
SCIENCE
АND RESEARCH»
VOLUME 4 / ISSUE 4 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ
1053
"Toshbu" sheʼrida shoir urush deb atalmish sovuq nafasning bizning yurtimizni ham
chetlab oʻtmagani barcha erkaklar urushga olib ketilganligi, natijada barcha mas'uliyat, ogʻir-u
yengil ishlar ayollarning zimmasiga tushganligini, oʻsha davrdagi oʻzbek ayollarining koʻrsatgan
tengsiz jasoratini Toshbu ismli shunday zahmatlar totini totgan bir ayol timsolida ochib bergan.
Turmush oʻrtogʻini frontga joʻnatib ikki nafar farzandi bilan yolgʻiz qolgan Toshbu
kelinchak zeb-ziynatlarini ham sandiqqa tashlab erkaklarning ogʻir mehnatini oʻz zimmasiga
olgan. Shu davrning asosi boʻlmish paxtazorlarda qosh qorayguncha tinim bilmadi, oʻzidek
juvonlarga toʻgʻri yil koʻrsatib, yoʻlboshchi boʻldi. Ayol sifatida zirak taqish, chiroyli koʻylaklar
kiyish U yoqda tursin, hatto soch tarash ham unga unut boʻldi. Kunduzi mehnatdan, kechalari
gʻamdan ezildi Afsuski aynan shu holat va kechinmalar urush davrida hech bir ayol uchun yod
narsa emas edi.
Obrazlar va simvollar:
She'rda ayollarni obraz sifatida bir necha qatlamlarda tasvirlash orqali Mirtemir ularga
koʻproq ma'no yuklaydi. Ayollarni tashqi goʻzalligi, ularning ruhi oʻziga xosligi bularning
barchasi birlashtirilgan holda sheʼriyatda keng yoritiladi. Ayollarning obrazlari koʻpincha bir xil
vaqt ichida oʻzgaruvchi va ikki tomonlama boʻladi: bir tomondan ular murakkab va goʻzal,
ikkinchi tomondan esa ularning his tuygʻulari murakkab va chiroyli koʻrinishdagi xatolikni
ifodalaydi.
Adabiy vositalar:
Mirtemir she'rlarida tasvirlash, taqqoslash, metafora va boshqa adabiy vositalarni keng
qoʻllaydi. Toshbu she'rida bu vositalar faol ishlatilgan. She'rda goʻzal oʻxshatmalar, tasvirlar va
qochirimlardan oʻrinli va unumli foydalanilgan. Ushbu lirik asarda tashbeh (oʻxshatish) sanʼati
yetakchilik qiladi desak mubolagʻa boʻlmaymiz. Qolaversa artilleratsiya, tazod va tanishib, nido
sanʼatlarini ham uchratishimiz mumkin.
a) Tashbeh
Chaqirsa, chechansan, chuchuksan soʻzsiz,
Ertakday ezgusan, buloq yangligʻ pok.
Hilvatda yosh toʻkding yomgʻirday sim-sim,
Keyin yigʻi ham tark. Bosh boʻlding Toshbu .
Oʻpkasida moshdek oʻq ham bor emish,
Tirsakdan bir qoʻl yoʻq: Sendan gʻash yiroq.
ISSN:
2181-3906
2025
International scientific journal
«MODERN
SCIENCE
АND RESEARCH»
VOLUME 4 / ISSUE 4 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ
1054
b) Artilleratsiya
Chayirsan, chechansan, chuchuksan soʻzsiz
Ertakday ezgusan, buloq yangligʻ pok.
c) Tazod
Yor jangga joʻnarkan:"Boʻshashma", - devdi
Boʻshashgan paytda ham boʻlding tetik.
Har qanday qaynashdan qolgan yoʻq qozon,
Oʻrtada quyuqmi, suyuqmi-yolgʻon.
Xulosa:
"Toshbu"sheri Mirtemirning she'riyatidagi ayollar obrazlari orqali insonning ichki
dunyosini hissiyotlarini va hayotga boʻlgan qarashlarini yoritadi. She'rning asosiy mavzusi sevgi,
goʻzallik va murakkablikdir. Shoir oʻzining san'ati orqali nafaqat tashqi koʻrinishlarini, balki
ichki tuygʻularini ham ifodalaydi. She'rni oʻqish orqali biz hayotning murakkabligi, sevgi va
baxtning turli qatlamlarini anglaymiz.
REFERENCES
1.
1.7-sinf adabiyoti darsligi 326-328 bet. Toshkent "Oʻzbekiston"nashriyoti.
2.
Mukammal qoʻllanma. Adabiyot. Sharifjon Sariyev.Nashriyot 2023: Toshkent 176-205
betlar.
3.
7-sinf adabiyoti darsligi 332-333 betlar. Toshkent "Oʻzbekiston" nashriyoti.
4.
Oʻzbek tilidan ma'ruzalar toʻplami "N. Erkaboyeva" 87-89-betlar 2017-yil.
