Authors

  • Oʻgʻiloy Quvondiqova

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.science-research.79562

Keywords:

Asliddin Kalanov badiiy ifoda grafik poster illyustratsiya.

Abstract

Maqolada grafik rassom Asliddin Kalanov va uning o‘zbek grafika san’atidagi o‘rni, qo‘shgan hissalari haqidda so‘z boradi. Shuningek, rassomning ijodi va uning ishlash usuli, uslublari o‘rganib chiqilib tahlil etildi.

background image


Aprel, 2025-Yil

377

GRAFIK RASSOM ASLIDDIN KALANOV IJODINING O‘ZBEK GRAFIKA

SAN’ATIDAGI AHAMIYATI

Quvondiqova Oʻgʻiloy Nazar qizi

Kamoliddin Behzod nomidagi Milliy rassomlik va dizayn instituti

Dastgoh va kitob grafikasi mutaxassisligi 1-kurs magistranti.

https://doi.org/10.5281/zenodo.15252531

Аnnotatsiya. Maqolada grafik rassom Asliddin Kalanov va uning o‘zbek grafika

san’atidagi o‘rni, qo‘shgan hissalari haqidda so‘z boradi. Shuningek, rassomning ijodi va uning

ishlash usuli, uslublari o‘rganib chiqilib tahlil etildi.

Kalit soʻzlar: Asliddin Kalanov, badiiy ifoda, grafik, poster, illyustratsiya.

ЗНАЧЕНИЕ ТВОРЧЕСТВА ГРАФИЧЕСКОГО ХУДОЖНИКА АСЛИДДИНА

КАЛАНОВА В УЗБЕКСКОМ ГРАФИЧЕСКОМ ИСКУССТВЕ

Аннотация. В статье рассказывается о художнике-графике аслиддине калонове и

его роли в узбекском графическом искусстве. Также были изучены и проанализированы

творчество художника и его методы работы.

Ключевые слова: Аслиддин Калонов, художественное выражение, графика, плакат,

иллюстрация.

THE IMPORTANCE OF THE WORK OF GRAPHIC ARTIST ASLIDDIN KALANOV

IN UZBEK GRAPHIC ART

Abstract. The article talks about the graphic artist Asliddin Kalanov and his place in Uzbek

graphic art, his contributions. As such, the artist's work and his method of work, styles were

studied and analyzed.

Keywords: Asliddin Kalanov, artistic expression, graphic, poster, illustration.

XX asrning ikkinchi yarmida O‘zbek san’ati yangi bosqichga ko‘tarildi. Rassomlik,

xususan grafik san’ati ham bu davrda ulkan taraqqiyotni boshdan kechirdi. Ushbu rivojlanishda

o‘zining betakror uslubi va chuqur mazmunli asarlari bilan ajralib turgan san’atkorlardan biri bu –

grafik rassom Asliddin Kalanovdir. Uning ijodiy merosi O‘zbek grafikasi taraqqiyotida muhim

o‘rin tutadi. Asliddin Kalanov O‘zbekiston rassomchilik maktabining yetakchi vakillaridan biri

sifatida shakllandi. Asliddin Kalanov 1960 yil 9-sentabrda Samarqand viloyatida tug‘ilgan. Uning

san’atga bo‘lgan qiziqishi yoshligidan boshlangan. 1980-yilda Toshkent davlat san’at institutiga

o‘qishga kirgan va 1988-yilda uni tamomlagan. O‘qish davrida u grafika san’atni chuqur o‘rganib,

badiiy ko‘nikmalarini rivojlantirishga erishdi.


background image


Aprel, 2025-Yil

378

Keyinchalik o‘z ijodiy faoliyatini boshladi va grafika san’ati sohasida faoliyat yurita

boshladi. Uning ijodi ko‘proq ofort, litografiya, linogravyura kabi texnikalar orqali namoyon

bo‘lgan. U nafaqat professional grafik rassom sifatida tanilgan, balki pedagog sifatida ham katta

xizmat qilib kelmoqda. Tajribali va isteʼdodli murabbiy sifatida u o‘z bilimlarini yosh avlodga

yetkazib kelmoqda. Uning pedagogik mahorati, o’zgacha uslubi bilan boshqa pedagoglardan

ajralib turadi. O’zining samimiyligi, ochiq ko’ngilliligi, va yuksak mahorati bilan talaba

shogirdlarining sevimli ustoziga aylandi. Faoliyat yuritayotgan kafedra jamoasi orasida

madaniyati, tarbiyasi va mohir ijodkorligi bilan alohida hurmat va obro’ga ega boldi. Ko‘plab

talabalarga ilhom bergan va o‘zbek grafik san’atiga yangicha ruh olib kirgan desak mubolag‘a

bo‘lmaydi.

Asliddin Kalanovning ijodiy faoliyati O‘zbekiston grafik san’atining shakllanishi va

rivojida asosiy bosqichlardan biri hisoblanadi. U milliy g‘oya va obrazlarni grafik til orqali talqin

qilishda yetuk mahorat ko‘rsatib kelmoqda. Uning ijodi tasviriy sanʼat ixlosmandlari orasida

alohida qiziqish uyg‘otadi va asarlari har doim qiziqarli, xilma-xil, rang-barangligi va o‘ziga

xosligi, o‘zining kompozitsiyasi va badiiy ifodasi bilan ajralib turadi. Uning asarlari bilan tanishar

ekansiz, ijod namunalarida psixologik jihatlarini kuchaytirishga intiladi. Lirik ma’naviyatga, inson

va tabiat o‘rtasidagi ma’naviy muloqotning murakkab qonuniyatlarini bilishga moyillik

musavvirning butun ijodiga singib ketgan. Uning ijodi ko‘plab uslublarni qamrab oladi, masalan:

tasviriy san’at, grafik, poster, illyustratsiya va boshqalar. U grafikada nafaqat o‘zining ijodiy

yondashuvi bilan, balki turli badiiy uslublarda o‘z tasvirlarini yaratgan rassomlardandir.

Ustoz rassomning grafikada ishlash uslubi ko‘p jihatdan an’anaviy va zamonaviy

uslublarni uyg‘unlashtirgan. U ko‘pincha chiziqlar, soyalar va nuqtalar yordamida tasvirlar

yaratib, o‘z asarlarini sodda va yuqori badiiy darajada ifodalashga intilgan. U grafikada nafaqat

maishiy mavzularni, balki tabiatni, ijtimoiy muammolarni, tarixiy voqealarni tasvirlashni maqsad

qilgan. Uning asarlarida ijtimoiy hayotning muhim jihatlari va turli qatlamlarining tasviri o‘z

ifodasini topgan. Kalanov o‘zining badiiy tasvirlari orqali ko‘plab kitoblar va nashrlar uchun

illyustratsiyalar yaratdi. Uning ijodida ko‘plab o‘zbek xalq ertaklari, romanlar va tarixiy

mavzularni yoritgan asarlar mavjud. Rassomning illyustratsiyalarida o‘zbek xalqining

qadriyatlari, urf-odatlari va o‘tmishdagi tarixiy voqealarida chuqur ma’no yotadi.

A.Kalanov o‘z ijodida zamonaviy grafik uslublarini ham sinab ko‘rgan. U chiziqlar va

shakllar yordamida ma’lum bir estetik tarzda tasvirlarni yaratishga muvaffaq bo‘lgan. Bunda

rassom o‘zining tajribasini va an’anasi orqali zamonaviy grafik san’atni rivojlantirishga qaratgan.


background image


Aprel, 2025-Yil

379

Rassomning asarlarida ko‘plab didaktik, tarbiyaviy maqsadlar mavjud bo‘lib, o‘z asarlari

orqali insonlarning hayotini yaxshilash, jamiyatda o‘zaro hurmat, mehnatni qadrlash kabi

masalalarni ko‘taradi.

Asliddin Kalanov o‘zining betakror ijodiy asarlari bilan ko‘plab badiiy ko‘rgazmalarda

ishtirok etgan. Uning asarlari nafaqat O‘zbekistonda, balki xalqaro maydonda ham namoyish

etilgan. Rassomning grafik asarlari san’atshunoslar tomonidan yuqori baholanib, jahon san’atida

o‘z o‘rniga ega bo‘ldi. O‘zining grafika va tasviriy san’at sohasidagi ijodi bilan O‘zbekiston san’ati

tarixiga muhim hissa qo‘shgan rassomlardan biridir deb ayta olamiz. U zamonaviy grafikada

o‘ziga xos yo‘l tutib, maishiy mavzularni, xalq hayotini va ijtimoiy masalalarni badiiy ifodalashda

katta muvaffaqiyatlarga erishdi. Uning asarlari nafaqat estetik jihatdan go‘zal, balki ma’nosiga

ko‘ra ham chuqur va ta’sirchan bo‘lib, odamlarning ijtimoiy, ma’naviy va badiiy saviyasini

yuksaltirishga xizmat qiladi.

A. Kalanov shuningdek, yaqinlari va zamondoshlarimizning bir qator portretlarini ham

chizgan. Asliddin Kalanov bugungi kunda o‘zining ijodiy kuchlarining eng yuqori cho‘qqisida va

doimiy ravishda yangi kompozitsion va tasviriy sanʼat texnika va yechimlarni izlamoqda. U o‘ziga

va ijodiga yuqori talabchanligi, mukammallikka intilishi bilan hamkasblari orasida alohida

hurmatga sazovordir. Akarel ustalari qatorida ham yetakchi rassomlaridan biri sifatida Asliddin

Kalanovning ijodi tasviriy sanʼat ixlosmandlari orasida alohida qiziqish uyg‘otishi yolg‘on emas.

Uning akvarellari jonlanib, rassomning yilning turli vaqtlarida ona tabiat bilan aloqasini

ko‘rsatadi. Tomoshabin afrosiyob tepaliklarida bahorning toza havosidan nafas olayotganga

o‘xshaydi yoki Zarafshon daryosi qirg‘oqlarining kuzgi oltin ranglaridan zavqlanadi. "Fozilman

cho‘qqisi", "Langara tog‘lari", "Afrasiyob tepaliklari", "Nurota-Forish yo‘li", "Zarafshon sohili",

"Aydarkulda quyosh botishi", "G‘ilondda qish", "Shaxar chetida qor", "Varshava – eski shahar

xiyobonlari" kabi akvarel asarlari ushbu ustaning mohirligi bilan yaratilgan.


background image


Aprel, 2025-Yil

380

Ushbu asarlarga nazar tashlaydigan bo‘lsak, rassom akvarel texnikasini mohirlik bilan

ishlay oladi deb aytish mumkin. Kalanovning boshqa asarlarida biz o‘tmish va kelajak o‘rtasidagi

bog‘liqlikni, zamonaviy dunyoda o‘z o‘rnini izlayotgan odamni ko‘ramiz. U oq varaqning bo‘sh

joyidan mohirona foydalanib, tomoshabinga rassomning aytilmagan g‘oyasini o‘zi tahlil qilish va

taxmin qilish imkonini beradi.

Asliddin Kalanov o‘zbek grafik san’atining peshqadam namoyandalaridan biri bo‘lib,

uning ijodi xalqimizning boy ma’naviy merosini, milliy qadriyatlarini san’at vositasida ifoda etish

yo‘lida xizmat qiladi. U o‘zbek grafikasi tarixida o‘chmas iz qoldirgan rassom sifatida yodda

qoladi. Bugungi kunda ham uning asarlari yosh rassomlar uchun namunadir.

Yuqoridagilardan xulosa shuki, o’zining dunyo qarashi, hayotiy falsafasini asarlariga ham

jo etgan mahoratli musavvir Asliddin Kalanov yaratgan va yaratayotgan kartinalar yurtimiz

san’atida abadiy o’rin ola oladi. Ustoz san'atkorimizga uning shogirti sifatida ulkan

minnatdorchilik bildirib, ijodida yanada yuksaklikka erishishiga, rangtasvirda yangi uslublarni

yaratishiga tilakdoshman.

REFERENCES

1.

T. Karimov – “XX asr o‘zbek grafikasi”.

2.

Kitob grafikasida kompozitsiya hamda adabiyot asarlarini chuqurroq oʻrganishda

illyustratsiyaning ahamiyati I.Yuldashev, B.Qurbonova Oriental Renaissance: Innovative,


background image


Aprel, 2025-Yil

381

educational, natural and social sciences VOLUME 2 | ISSUE 12 ISSN 2181-1784 Scientific

Journal Impact Factor SJIF 2022: 5.947 Advanced Sciences Index Factor ASI Factor = 1.7

3.

Zarifova, D. (2023). TEACHING TECHNOLOGY OF THE TOPIC OF PORTRAIT OF THE

HUMAN HEAD IN PAINTING. Modern Science and Research, 2(10), 391-393.

4.

Zarifova, D. O. qizi. (2023). SHARQ GRAFIKA SAN’ATIDA MAISHIY JANRNING

O‘RGANILISHI. Innovative Development in Educational Activities, 2(9), 57–62. Retrieved

from https://openidea.uz/index.php/idea/article/view/1259

5.

Творческий пут современного художника Зияханов Х.Д. мақоласи.

6.

Творческая «ностальгия» художника. Н.Усманова, УзА

7.

https://art-blog.uz/archives/40499.

References

T. Karimov – “XX asr o‘zbek grafikasi”.

Kitob grafikasida kompozitsiya hamda adabiyot asarlarini chuqurroq oʻrganishda illyustratsiyaning ahamiyati I.Yuldashev, B.Qurbonova Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences VOLUME 2 | ISSUE 12 ISSN 2181-1784 Scientific Journal Impact Factor SJIF 2022: 5.947 Advanced Sciences Index Factor ASI Factor = 1.7

Zarifova, D. (2023). TEACHING TECHNOLOGY OF THE TOPIC OF PORTRAIT OF THE HUMAN HEAD IN PAINTING. Modern Science and Research, 2(10), 391-393.

Zarifova, D. O. qizi. (2023). SHARQ GRAFIKA SAN’ATIDA MAISHIY JANRNING O‘RGANILISHI. Innovative Development in Educational Activities, 2(9), 57–62. Retrieved from https://openidea.uz/index.php/idea/article/view/1259

Творческий пут современного художника Зияханов Х.Д. мақоласи.

Творческая «ностальгия» художника. Н.Усманова, УзА