Authors

  • Dinora Tuzelboyeva

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.science-research.79568

Keywords:

konflikt psixologiyada konflikt maktab o‘qituvchi o‘quvchi kasbiy kompetentlik.

Abstract

Maqolada umumiy o‘rta ta’lim maktablarida pedagogikalik konfliktlarni paydo bo‘lishini aniqlash va ularni yechishda o‘qituvchining kompetentligi ko‘rsatilgan. Shu bilan bir qatorda paydo bo‘ladigan konfliktlarni tahlil etissh va konfliktlarni oldini olish bo‘yicha takliflar ko‘rsatilgan.

background image

ISSN:

2181-3906

2025

International scientific journal

«MODERN

SCIENCE

АND RESEARCH»

VOLUME 4 / ISSUE 4 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

1200

UMUMIY O‘RTA TA’LIM MAKTABLARIDA PEDAGOGIKALIK KONFLIKTLARNI

YECHISHDA O‘QITUVCHINING KOMPETENTLIGI

Tuzelboyeva Dinora Rashid qizi

Ajiniyoz nomidagi NDPI Magistratura bo‘limi

Pedagogika nazariyasi va tarixi mutaxassisligi 2-bosqich magistranti.

https://doi.org/10.5281/zenodo.15252702

Annotatsiya. Maqolada umumiy o‘rta ta’lim maktablarida pedagogikalik konfliktlarni

paydo bo‘lishini aniqlash va ularni yechishda o‘qituvchining kompetentligi ko‘rsatilgan. Shu

bilan bir qatorda paydo bo‘ladigan konfliktlarni tahlil etissh va konfliktlarni oldini olish

bo‘yicha takliflar ko‘rsatilgan.

Kalit so‘zlar: konflikt, psixologiyada konflikt, maktab, o‘qituvchi, o‘quvchi, kasbiy

kompetentlik.

TEACHER'S COMPETENCE IN RESOLVING PEDAGOGICAL CONFLICTS IN

GENERAL SECONDARY SCHOOLS

Abstract. The article shows the teacher's competence in identifying and resolving

pedagogical conflicts in general secondary schools. At the same time, it provides suggestions for

analyzing emerging conflicts and preventing conflicts.

Keywords: conflict, conflict in psychology, school, teacher, student, professional

competence.

КОМПЕТЕНТНОСТЬ УЧИТЕЛЯ В РАЗРЕШЕНИИ ПЕДАГОГИЧЕСКИХ

КОНФЛИКТОВ В ОБЩЕОБРАЗОВАТЕЛЬНЫХ ШКОЛАХ

Аннотация. В статье показана компетентность учителя в выявлении и

разрешении педагогических конфликтов в общеобразовательных школах. В то же время

дается анализ возникающих конфликтов и предложения по их предотвращению.

Ключевые слова: конфликт, конфликт в психологии, школа, учитель, ученик,

профессиональная компетентность.

Konflikt (

lot.

contractus - to‘qnashdi) - bu o‘zaro ta'sir ishtirokchilarining qarama-

qarshiligidan iborat bo‘lgan va odatda salbiy his-tuyg‘ular bilan birga keladigan ijtimoiy o‘zaro

ta'sir jarayonida yuzaga keladigan manfaatlar, maqsadlar, qarashlardagi qarama-qarshiliklarni hal

qilishning eng keskin usuli, umuminsoniy qadriyatlar, qoidalar va normalar doirasidan tashqariga

chiqish.


background image

ISSN:

2181-3906

2025

International scientific journal

«MODERN

SCIENCE

АND RESEARCH»

VOLUME 4 / ISSUE 4 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

1201

Faoliyat - bu konfliktning yana bir belgisi, ammo "kurash" va "reaktsiya" tushunchalari

bilan sinonim bo‘lgan faoliyat konflikt sub'ektining vaziyatdan xabardor bo‘lishisiz mumkin

emas;

Konfliktning sub'ektlari tahrirlash.

Konflikt sub'ektlarining mavjudligi yana bir belgidir. Subyekt konfliktli vaziyatni

vujudga keltira oladigan va o‘z manfaatlaridan kelib chiqqan holda konflikt jarayoniga ta’sir

ko‘rsata oladigan faol ta’rafdir. Qoida tariqasida, konflikt sub'ektlari tafakkurning alohida turi -

konfliktga ega. Qarama-qarshilik faqat konfliktli fikrlash turiga ega bo‘lgan sub'ektlar uchun

konfliktli vaziyatlarning manbai hisoblanadi.

Ba'zilarning fikriga ko‘ra, konfliktning bosqichlari mavjud:

• Konfliktli vaziyatning paydo bo‘lishi

• Mojarodan xabardorlik

• Konfliktli xatti-harakatlarning namoyon bo‘lishi

• Konfliktning chuqurlashishi

• Mojarolarni hal qilish

• Mojarodan keyingi.

Konflikt psixologiyada ikki yoki undan ortiq tomonlar - shaxslar yoki guruhlar o‘rtasida

kelishuvning yo‘qligi deb ta'riflanadi.

Quyida bu konfliktlarni bir qanchasi bilan tanishamiz:

Intizomga oid konfliktlar.

Intizomga oid bo‘lgan, o‘quvchilar va ayrim hollarda

o‘qituvchilar tomonidan sodir etiladigan ruhiy zo‘riqish hamda ziddiyatlar, ta’lim jarayonida

maktab intizomiy qoidalari va tartibining buzilishiga doir tipik holatlarning statistik manzarasini

tavsiflash muhim ahamiyatga egadir. Salbiy xulq – atvorga doir faktlar orasida o‘qituvchi

tomonidan sodir bo‘ladigan holatlar farqlanadi.

Didaktik hamkorlik sohasidagi konfliktlar.

Didaktik hamkorlik sohasidagi konfliktlar

orasida pedagogning o‘smirlar bilimini baholashdagi xatolari salmoqli o‘rin egallaydi.

Chunonchi, o‘qituvchi o‘quvchilarning bilimini baholaganda har ikki tomon orasida

kuchli konflikt sodir bo‘ladi.

“Yaxshi”

va

“Yomon”

o‘quvchilarga munosabat usuli.

Xalqaro munosabatlardagi konflikt faqat taraflarning qarama- qarshi kurashi sifatida

birgina harbiy harakatlardan iborat bo‘lib qolmaydi. Zo‘rlik vositalarisiz hal qilinadigan

diplomatik konflikt, savdo, chegara, siyosiy konfliktlar bo‘lishi mumkin.


background image

ISSN:

2181-3906

2025

International scientific journal

«MODERN

SCIENCE

АND RESEARCH»

VOLUME 4 / ISSUE 4 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

1202

“Chegaradan chiquvchi etik” konfliktlar termini boshlang‘ich sinf o‘qituvchilari xulq –

odobida namoyon bo‘luvchi qo‘pol g‘ayripedagogik munosabatshakllarini aniqlashda

qo‘llaniladi.

O‘quvchilar orasidagi konfliktlar.

O‘quvchilarning har xil predmet o‘qituvchilarining metodik tayyorgarligiga bo‘lgan

e’tirozlari ko‘pincha to‘g‘ri bo‘lib chiqadi. O‘quvchilarning bu sohadagi e’tirozlari quyidagicha:

tushuntira olmaslik, sistemasiz, palapartish bayon, tilning o‘rinsiz murakkabligi, takrorlashning

yo‘qligi, materialni quruq bayon qilish, mavzuni hayot bilan bog‘lay olmaslik, xo‘ja ko‘rsinga

“mavzuni” bajarish, predmetga qiziqish uyg‘ota olmaslik, xolis baholash olmaslik, arzimagan

javobga yuqori baho qo‘yish, barcha o‘quvchilarga faqat “3” baho qo‘yish va hokazo.

O‘smirlar o‘qituvchilar bilan bo‘ladigan o‘zaro munosabatlari jarayonida maktabning

birinchi pog‘onasida ta’lim oluvchi boshlang‘ich sinf o‘quvchilariga nisbatan anchagina farq

qiladi. Bunday ziddiyatlarning o‘smir yoshi bilan bog‘liq jihatlari nimalardan iborat? O‘smir

yoshining oliy o‘quv yurti pedagogika va psixologiyasida o‘qitiladigan tavsifnomasiga murojaat

qilamiz.

Pedagogika nazariyasining tegishli bo‘limida o‘smirlik yoshi bolalik va katta yosh

holatining oralig‘ida ekanligi qayd etiladi. Pedagogika qo‘llanmasi mualliflari “o‘prilishli”

(krizisli), “qiyin”, “o‘tish”, “konfliktli”, “og‘riqli” kabi terminlarni ko‘p qo‘llaydilar. O‘quvga

bo‘lgan qiziqishning sustligi o‘smir uchun xos. U romantik tuyg‘ularga berilgan bo‘ladi.

O‘smirda jinsiy bilimlarga bo‘lgan qiziqish uyg‘ongan bo‘ladi. U o‘z kuch va

qobiliyatlariga yuqori baho beradi. Kattalarga taqlid qilish, ularga o‘xshashga harakat qilishga

intiladi. A.S.Makarenko fikricha, o‘smirlar – bu haqiqiy risarlar. Ular qo‘rqmasdan pedagog

orqasidan o‘zini o‘tga ham suvga ham uradi, agar u haqiqiy ustoz bo‘lsa.

Psixologlar o‘z navbatida, kim boshlang‘ich sinfda yaxshi o‘qigan, tartibli bo‘lsa, o‘smir

yoshiga kelib qo‘pol, tez intizomsiz bo‘lishi mumkinligini ta’kidlaydilar.

Boshlang‘ich sinfda o‘qituvchi o‘rnatgan tartib – intizomga so‘zsiz bo‘ysunish o‘rnini o‘z

insoniy qadr – qimmatiga ortiqcha baho berish tuyg‘usi egallaydi. Ilgari boshlang‘ich sinflarda

o‘qituvchining so‘zidan xafa bo‘lmagan o‘smir yuqori sinf o‘qituvchisining aynan shu so‘zidan

norozi bo‘ladi. O‘smirlarda o‘zligini anglash kattalar bilan bo‘lib o‘tadigan munosabatlarning

yomonlashuvi bilan o‘zaro almashinib turishi kuzatiladi. Bo‘lajak o‘qituvchilar uchun mo‘ljallab

chop etilgan qo‘llanmalarda qayd etilgan o‘smirlar xarakter xususiyatlariga doir umumiy

tasavvurlar ana shulardan iborat.


background image

ISSN:

2181-3906

2025

International scientific journal

«MODERN

SCIENCE

АND RESEARCH»

VOLUME 4 / ISSUE 4 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

1203

Ko‘p sonli tadqiqotlarda o‘smirlarning ijtimoiylashuvi masalasida qimmatli ma’lumotlar

uchraydiki, ularga asoslangan holda o‘qituvchi va o‘quvchilar munosabatlarida yuz beruvchi

konfliktlarni pedagogik nuqtai nazardan to‘g‘ri hal etish mumkin bo‘ladi. Bu sohada

o‘smirlarning muomalaga kirisha olish tiplariga doir tadqiqot natijalari qiziqishga loyiqdir.

Bularning uch turi farqlanadi.

1. Odamovi maktab o‘quvchisi. Yolg‘izlikka moyil. U tengdoshlari bilan muloqotga

kirishganda toliqadi. Noqulaylik his etadi. Yolg‘iz qolganida, it, mushuk va boshqa predmetlar

bilan qolganda o‘zini yaxshi his etadi.

2. Juft – juft muloqotga moyil o‘quvchi tipi. Uning o‘zi ishonadigan do‘sti bo‘lishi lozim.

Ularsiz yashay olmaydi, zerikadi. Ko‘p hollrada do‘stlashuv ijobiy munosabatning

yuzaga kelishi bilan tugashi, yoki buning aksi ro‘y berishi mumkin.

3. Jamoaviy muloqotga moyil o‘quvchilar. Ulardan stixiyali ravishda sog‘lom yoki

nosog‘lom dasturga ega bo‘lgan o‘smirlar jamoasi tashkil topishi mumkin.

Agar birinchi tip konfliktli sharoitda ruhiy zo‘riqishni bir o‘zi boshdan kechiradigan

bo‘lsa, ikkinchi tip, ayniqsa uchinchi tipga mansub o‘quvchilarda tabiiy ravishda tashqi himoya

to‘sig‘iga ega bo‘ladilar. O‘smirlar o‘qiydigan sinflarda konfliktga kirishuvchilar soni keskin

kengayadi, chunki endi ular boshlang‘ich sinfdagidek bir o‘qituvchi bilan emas balki, o‘nlab –

yigirmatalab o‘qituvchilar bilan muloqotda bo‘ladilar, demak, konfliktga kirishuvlari ham

mumkin. Shuni alohida qayd etish kerakki, o‘smir – o‘quvchilar bilan predmet o‘qituuvchilari

orasida konfliktsiz hamkorlik umuman uchramaydi. Bu o‘smirlar yaxshi o‘qituvchilar

masalasida omadsizlar degan gap emas. Gap shundaki, ta’lim-tarbiya jarayonida o‘qituvchilarda

ham o‘quvchilardagi kabi ruhiy zo‘riqish uchrab turadi.

Konfliktologiya fani bo‘yicha nazariy qoidalarga asoslangan holda bir necha pedagogik

jihatdan ahamiyatli tushuntirishlarni keltiramiz. Konfliktda qatnashuvchi tomonlar safida ta’lim-

tarbiya jarayoni qatnashchilarining barchasi ishtirok etishi mumkin. Shu jumladan,

o‘quvchilarning ota-onalari, metodik xizmat rahbarlari, boshqaruv apparati xodimlari ham.

Yuzaga kelishi jihatidan boshlang‘ich sinflarda konfliktlar kutilmaganda, oldindan

rejalashtirilmagan holatda sodir bo‘ladi. Bu konfliktning eng xavfli variantidir, chunki bunday

paytda vaqt yetishmasligi tufayli o‘qituvchi xato harakatlarga yo‘l qo‘yishi ehtimoli bor. Xuddi

ana shunday paytda taqlidiylik o‘qituvchini yo‘ldan urishi, kutilmagan to‘qnashuv nihoyatda

og‘riqli, jarohatli bo‘lishi mumkin.To‘satdan yuz beruvchi konfliktlardan tashqari xarakteri va

kechishi jihatidan tipik bo‘lgan ziddiyatlar ham mavjud.


background image

ISSN:

2181-3906

2025

International scientific journal

«MODERN

SCIENCE

АND RESEARCH»

VOLUME 4 / ISSUE 4 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

1204

Bunda o‘qituvchi o‘z tajribasiga tayangan holda u yoki bu qadar ilgari ishlab chiqilgan

ssenariy asosida ish ko‘radi. Ularni yuz bergan vaziyatga bir qadar moslashtirishga to‘g‘ri keladi,

xolos.

Kasbiy kompetentlik – mutaxassis tomonidan kasbiy faoliyatni amalga oshirish uchun

zarur bo‘lgan bilim, ko‘nikma va malakalarning egallanishi va ularni amalda yuqori darajada

qo‘llay olinishi demakdir. Kasbiy kompetentlik mutaxassis tomonidan alohida bilim,

malakalarningegallanishini emas, balki har bir mustaqil yo‘nalish bo‘yicha integrativ bilimlar va

harakatlarning o‘zlashtiri-lishini nazarda tutadi.

Shuningdek, kompetentsiya mutaxassislik bilimlarini doimo boyitib borishni, yangi

axborotlarni o‘rganishni, muhim ijtimoiy talablarni anglay olishni, yangi ma’lumotlarni izlab

topish, ularni qayta ishlash va o‘z faoliyatida qo‘llay bilishni taqozo etadi.

Kasbiy kompetentlik quyidagi holatlarda yaqqol namoyon bo‘ladi:

- murakkab jarayonlarda;

- noaniq vazifalarni bajarishda;

- bir-biriga zid ma’lumotlardan foydalanishda;

- kutilmagan vaziyatda harakat rejasiga ega bo‘la olishda.

REFERENCES

1.

Международные трибуналы//Болшашая советская энсклопедия: в 66 т. (65 т. И 1

доп)/гл. ред. О. Ю Шмид. - М.: Советская энсклопедия, 1926-1947.

2.

Гришина Н.В Психолия конфликта. Спб., 2008.

3.

Петровская Л.А. О понятийной схеме социально-психологического анализа

конфликта. М., 1977г.

4.

Berdiyev G. o‘quvchilarda shaxslararo munosabatlarning o‘ziga xos xususiyatlari.// Xalq

ta’limi, №6,1998, B. 61-65.

5.

Jo‘rayev R. Q., Safarova R. G‘., Ibragimov X. I., Musayev U. q. Pedagogika fani

Konsepsiyasi. // Xalq ta’limi, 2004, № 5, B. 8-31.

6.

Muslimov N.A., va boshqalar. Kasb ta’limi o‘qiyuvchilarining kasbiy kompetentligini

skakllantirish texnologiyasi. Monografiya. - “fan va texnologiya nashiriyoti”, T.: 2013-y.

References

Международные трибуналы//Болшашая советская энсклопедия: в 66 т. (65 т. И 1 доп)/гл. ред. О. Ю Шмид. - М.: Советская энсклопедия, 1926-1947.

Гришина Н.В Психолия конфликта. Спб., 2008.

Петровская Л.А. О понятийной схеме социально-психологического анализа конфликта. М., 1977г.

Berdiyev G. o‘quvchilarda shaxslararo munosabatlarning o‘ziga xos xususiyatlari.// Xalq ta’limi, №6,1998, B. 61-65.

Jo‘rayev R. Q., Safarova R. G‘., Ibragimov X. I., Musayev U. q. Pedagogika fani Konsepsiyasi. // Xalq ta’limi, 2004, № 5, B. 8-31.

Muslimov N.A., va boshqalar. Kasb ta’limi o‘qiyuvchilarining kasbiy kompetentligini skakllantirish texnologiyasi. Monografiya. - “fan va texnologiya nashiriyoti”, T.: 2013-y.