ISSN:
2181-3906
2025
International scientific journal
«MODERN
SCIENCE
АND RESEARCH»
VOLUME 4 / ISSUE 4 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ
1249
MENGZIYO SAFAROV TABIAT KUYCHISI
Rajabova Mo'jiza Husan qizi
TerDU o'zbek filologiyasi fakulteti talabasi.
https://doi.org/10.5281/zenodo.15252835
Annotatsiya. Ushbu maqolada tabiatsevar yozuvchi mengziyo safarov hayoti va ijodi
tahlil qilinadi. Adibning asarlarining bosh gʻoyasi tabiat haqida boʻlib, unda tabiatni asrash,
ekologiyaga zarar yetkazmaslik, hayvonlarni asrab avaylash toʻgʻrisida soʻz borgan.
Mengziyo Safarov mohir qalamkash sifatida yoritayotgan mavzuning tub mohiyatiga katta
ahamiyat bergan yozuvchidir.
Kalit soʻzlar: Mengziyo Safarov hayoti, ijod yoʻli, badiiy asarlari, tabiat va jonzotlar
mavzusi.
MENGZIYO SAFAROV IS A NATURE LOVER
Abstract. This article analyzes the life and work of the nature-loving writer Mengziyo
Safarov. The main idea of the writer's works is about nature, and he talks about preserving
nature, not harming the ecology, and protecting animals. Mengziyo Safarov, as a skilled
writer, is a writer who attaches great importance to the essence of the subject he is covering.
Keywords: Mengziyo Safarov's life, creative path, artistic works, the theme of nature
and creatures.
МЕНГЗИЁ САФАРОВ – ПЕВЕЦ ПРИРОДЫ
Аннотация. В статье анализируется жизнь и творчество писателя-
природоведа Мэнзиё Сафарова. Основная идея произведений писателя –
природоохранная, включающая сохранение природы, непричинение вреда экологии,
защиту животных. Мэнзиё Сафаров — талантливый писатель, придающий большое
значение сути освещаемой им темы.
Ключевые слова: жизнь Мэнзиё Сафарова, творческий путь, художественные
произведения, природа и живые существа.
Mengziyo Safarov – pevets prirody.
Oʻzbek badiiy adabiyotida katta hissa qoʻshgan adabiyot ixlosmandlaridan biri
Mengziyo Safarov. Oʻzining badiiy tafakkuri, uslubi, ijodkorliligi va tabiatsevarligi bilan
ajralib turuvchi adib 1938- yil Denov tumani Hayrabot qishlogʻida tavallud topgan. Otasi
Rahmonquli (Soatov) Safarov Oltinsoy tumani Jobu qishlogʻida yashagan.
ISSN:
2181-3906
2025
International scientific journal
«MODERN
SCIENCE
АND RESEARCH»
VOLUME 4 / ISSUE 4 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ
1250
Nihoyatda boy savdogarlardan biri boʻlgan. Revolyutsiyadan keyin odamlarning igʻvo,
tuxmatlari bilan qamalgan. Shu sababli familiyasini Soatovdan Safarovga oʻzgartirishga
majbur boʻlgan va oilasini Oltinsoydan Denovga koʻchiradi. Otasi asosan koʻpxotinlikda
ayblanib Toshkentga surgun qilingan, qamoqqa olingan va oʻsha yerda vafot etgan. Ota vafot
etgach oradan uch oy oʻtgach M. Safarov dunyoga kelgan. Uning tugʻilgan sanasi bazi
ma'lumotlarda 10-iyun deb koʻrsatilgan.
Ammo yozuvchining yaqinlari bilan suhbat olib borilganda adib tugʻilgan vaqtda qor
yogʻganligini va otasining vafotidan alamzada onasi jahil ustida "Sen otangni boshiga yetding"
deya chaqaloqni qor ustiga tashlaganda, yangalari chaqaloqni qorning ustidan olib unga
qaraganligi haqida gapirib oʻtdi. Adibning ikki akasi va bitta opasi boʻlgan. Mengziyo Safarov
oilada kenja farzand boʻlgan. Shunday qilib oila Hayrabot qishlogʻida ham uzoq vaqt qolmaydi
va Uzun tumaniga koʻchib ketadi. Adib maktab mazkur tumandagi umumiy oʻrta ta'lim
maktabida oʻqiydi. 1956-yilda maktabni bitiradi va poytaxtdagi oliygohga oʻqishga topshiradi.
Oʻsha yili yozuvchining onasi olamdan oʻtadi. Mengziyo Safarov Toshkentga
Mengtoʻra ismli oʻrtogʻi bilan birga boradi. Ikki oʻrtoq hozirgi Toshkent milliy universitetiga
tarix fakultetiga imtixon topshiradi.
Adib 5 baho bilan imtixondan oʻtadi ammo, oʻrtogʻi Mengtoʻra 2 baho bilan
imtixondan oʻta olmaydi. Shunda M. Safarov ham oʻqishni tashlab oʻrtogʻi bilan birga
Hayrabot qishlogʻiga qaytib kelib, Paxta tozalash sexida ish boʻlib ishlay boshlaydilar. Bir yil
ishlagandan soʻng 1957-yilda yana oʻqish istagi bilan Toshkentga boradilar va ikki oʻrtoq ham
Toshkent Milliy universiteti tarix fakutetiga oʻqishga kiradi. Adib tabiatni sevganligi, tabiat
uning borligʻi boʻlganligi sababli arxeologiya boʻlimida oʻqiydi. Shundan koʻrinadiki M.
Safarov nafaqat tabiatsevarligi balki insonparvarligi, sadoqatliligi bilan ham ajralib turadi.
Insonni nihoyatda ulugʻlagan adib yoshligidan adabiyotga qiziqishi yuqori boʻlgan.
Hatto maktab davrlarida qoʻliga u bu narsa olib yeysan deb onasi, akalari pul berganda
kitob sotib olavergan. Oʻsha vaqtlari loydan guvala yasab kichkinagina uycha qurgan. U yerga
faqat bitta stol, bitta stul, kichina javon va oʻzi sigʻadigan kichkina joy boʻlgan. Ikkinchi kishi
sigʻmaydigan faqat oʻzi uchun, ijodi uchun qurilgan kichkina uycha boʻlgan. Koʻrinib turibdiki
Mengziyo Safarov oʻzgacha tabiatli, ijodni sevadigan, adabiyotni sevadigan yozuvchi shoir
boʻlgan. Yozuvchi oʻqish vaqtlari Sayyora ismli kursdoshini sevadi va ular oila qurishadi.
1962-yilda oʻqishni bitirgach Uzun tumaniga kelib Oydin nomli maktabda ayollari esa
58-sonli maktabda dars bera boshlaydilar.
ISSN:
2181-3906
2025
International scientific journal
«MODERN
SCIENCE
АND RESEARCH»
VOLUME 4 / ISSUE 4 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ
1251
U yerda 2 yil ishlaganlaridan soʻng Toshkentga ketib arxeologiya boʻlimi Ilmiy
akademiyasida ishlagan. M. Safarov oilasi bilan birga 1965-yilda Termiz shahriga koʻchib
kelgan va shu yildan boshlab "Lenin bayrogʻi" gazetasida Boʻlim boshligʻi vazifasida 1984-
yilga qadar ishlagan. Tabiatga undagi jonzodlarga boʻlgan muhabbati tufayli yozuvchi 1986-
yilda Amudaryo boʻyida joylashgan Afgʻoniston va Oʻzbekistonni ajratib turuvchi Paygʻambar
oroliga Qorovul boʻlib ishga kiradi. Orolda 3 yil ishlaydi. Soʻng xastalik tufayli ishdan
boʻshaydi. Mengziyo Safarov umrining oxiriga qadar tabiat bilan hamnafas yashaydi. 1994-yil
30-yanvarda revmatizm kasalligi tufayli 56 yoshda vafot etadi. Hozirda qabri Termizdagi
Sulton Saodat qabristonida. Yozuvchi M. Safarovning ijodi 1964-yil noyabr oyidan
boshlangan.
"Turnalar uchadi" nomli ilk qissasi 1965-yil "Sharq yulduzi" jurnalida chop etilgan.
Ushbu asarga nisbatan "Sharq yulduzi" redaksiyasi oʻzining iliq fikrlarini bildirgan.
Shu sondagi "Qalb dostoni" maqolasida Bolta Yoriyev "Turnalar uchadi" qissasiga taqriz
yozyozgan. Soʻng birin ketin yozuvchining "Olis qirlar ortida", "Qishloq maktabida",
"Soʻqmoqdagi odamlar", "Ota huzurida", "Ayrishox" kabi qissalari. "Ota yurt", "Ona kaklik",
"Togʻlarda gulxan yonadi", "Lahza", "Oʻtayotgan kunlar", "Armon", "Sogʻinch", "Bedanalar",
"Chol va daryo", "Sevgi qoʻshiqlari", "Qum qoʻrgʻonlar", "Dolgʻali daryo" kabi hikoyalari va
"Sarbasta Surxon" nomli essesi chop etiladi. "Dolgʻali daryo" hikoyasi 1989-yilda "Guliston"
jurnalida chop etilgan.
"Toshkent oqshomi" gazetasida yozuvchining "Olis qirlar ortida" nomli qissasiga
Umarali Normatov oʻz fikrlarini bildirib oʻtgan. Bu qissa yozuvchining "Sharq yulduzi"
jurnalida chop etilgan ikkinchi qissasi. Mengziyo Safarov ijodi albatta tanqidlardan chetda
qolmagan. Anqoboy Quljonov oʻzining "Zamonaviylik–asosiy mezon" nomli maqolasida
M.Safarovning "Olis qirlar ortida" qissasiga tanqidiy fikrlarini bildirib oʻtgan. Yozuvchining
bir nechta asarlari tugallanmay, qoʻlyozma holida qolgan. "Termiz" va "Amudaryo" asarlarini
ham oxiriga yetmagan asarlari qatorida koʻrishimiz mumkin. "Ayrishox" asari yozuvchining
vafotidan soʻng 2008-yil "Oʻqituvchi" nashriyotida chop qilingan asari. "Surxon tongi"
gazetasida adibning "Talvasali rutubat" va "Osmontalash" nomli sherlari chop etilgan.
Mengziyo Safarov asarlari asosan tabiat bilan bogʻliq asarlardir. Yozuvchi Bobotogʻni
juda yaxshi koʻrgan va koʻp vaqtini oʻsha yerga sayr qilish bilan oʻtkazgan. Aynan tabiatni
sevganligi, hayvonlarni sevganligi uchun ham oʻz kasbini tashlab tabiat bagʻriga yani
Paygʻambar oroliga ishga oʻtadi.
ISSN:
2181-3906
2025
International scientific journal
«MODERN
SCIENCE
АND RESEARCH»
VOLUME 4 / ISSUE 4 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ
1252
U yerda koʻplab hayvonlarni kuzatadi. Ayniqsa Bugʻuni juda yaxshi koʻradi. Tabiatni
asrash, ekologiyani asrash Mengziyo Safarov ijodining asosiy mavzusidir. Adib tabiatni bahor
fasliga oʻxshatgan va tabiat u uchun doimo yashnab turardi.
Adib bahor faslini juda yaxshi koʻrardi. Yaqinlarining aytishicha yozuvchi olamdan
oʻtganda osmonda Turnalar galasi uchgan, chunki adib turnalarni juda yaxshi koʻrgan.
Ularning parvizlarini kuzatganda zavqlangan.
Nihoyatda tabiatsevar insonligini isboti desak xato boʻlmaydi. U tabiat orqali milliy
o‘zlik, estetik did, ma’naviy-axloqiy tarbiya, zamonaviy ekologik madaniyat kabi muhim
ijtimoiy-ruhiy masalalarni yoritadi. Shu sababli, Safarov ijodi o‘zbek adabiyotida tabiatni
tasvirlash va anglashning o‘ziga xos maktabi sifatida baholanishi mumkin.
O‘zbek adabiyotida tabiat mavzusi doimo dolzarb bo‘lib kelgan. Bu mavzu orqali
adiblar nafaqat go‘zallik, balki jamiyat, inson ruhiyati, axloq, vatanparvarlik, bardavomlik va
hayot falsafasi kabi murakkab tushunchalarni ifodalaganlar.
Shu nuqtai nazardan, Mengziyo Safarovning adabiy merosi– ayniqsa, uning tabiat
tasviridagi yondashuvi o‘zbek poeziyasida alohida o‘rin egallaydi.
Mengziyo Safarov — tabiat kuychisi. Ammo bu “tabiat” tushunchasi faqat manzara
yoki tabiiy hodisalar bilan cheklanmaydi. Uning she’riyatida tabiat — bu inson qalbining
oynasi, vatan timsoli, ruhiy poklanish manbai, falsafiy mushohada maydoni, estetik zavq va
hissiyot uyg‘otuvchi vosita, tarbiyaviy ahamiyatga ega milliy qadriyatlar ifodasi.
Xulosa qilib aytganda yozuvchining deyarli har bir asarida tabiat obrazlari mavjud. Bu
obrazlar oddiy manzara emas, balki murakkab, ko‘p qatlamli badiiy vosita sifatida ishlatiladi.
Daraxtlar — sabr va hayot timsoli, soylar — qalb sokinligi, yomg‘ir — ko‘z yoshi va
poklanish, bahor — umid va yangilanish obrazlariga aylangan.Mengziyo Safarov tabiatni lirik
qahramonning ruhiy holatini ifodalash uchun foydalanadi.
U tabiatga qarab o‘zini anglaydi, ichki dunyosiga nazar tashlaydi, jamiyat bilan
bog‘lanadi. Bu o‘ziga xos psixologik poetik yo‘nalishdir.
REFERENCES
1.
Mengziyo Safarov "Ayrishox" "Oʻqituvchi"–2008.
2.
"Sharq yulduzi" jurnali Toshkent 1965-yil.
3.
"Guliston" jurnali Toshkent 1989-yil.
4.
"Toshkent oqshomi" gazetasi.
ISSN:
2181-3906
2025
International scientific journal
«MODERN
SCIENCE
АND RESEARCH»
VOLUME 4 / ISSUE 4 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ
1253
5.
"Lenin bayrogʻi" gazetasi. 1965-yil.
6.
Normatov U. "Ijod sehri". –Toshkent. “Sharq”, 2007.
7.
Maqsadqulov X. Termiz oqshomi gazetasi 2008-yil 10-son.
8.
wikipedia. uz
