Authors

  • Umida Turg’unova

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.science-research.80803

Keywords:

gender tenglik ayollar huquqlari huquqiy munosabatlar ijtimoiy hayot.

Abstract

"Ayollarning ijtimoiy hayotda qo‘llab-quvvatlash va gender tenglik" mavzusi, jamiyatda ayollarning teng huquqliligini ta'minlash va ularni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash zaruriyatini ko‘rsatadi. Ayollarni ijtimoiy hayotda faol ishtirok etish, ularning iqtisodiy, siyosiy va madaniy sohalarda teng imkoniyatlarga ega bo‘lishini ta'minlash muhim ahamiyatga ega. Gender tenglikka erishish, faqat ayollarga emas, balki jamiyatning barcha a'zolariga ijtimoiy adolatni ta'minlashga yordam beradi. Ushbu masala, davlat siyosatidan tortib, jamiyatdagi turli ijtimoiy institutlargacha bo‘lgan darajalarda qo‘llab-quvvatlanishi zarur. Annotatsiya, ayollarning ijtimoiy rolini kuchaytirish va gender tenglikni targ‘ib qilish bo‘yicha amalga oshirilayotgan siyosat va amaliyotlarni tahlil qilishga qaratilgan.

background image

2025

APRIL

NEW RENAISSANCE

INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE

VOLUME 2

|

ISSUE 4

326

AYOLLARNI IJTIMOIY HAYOTDA QO’LLAB – QUVVATLASH VA GENDER

TENGLIK

Turg’unova Umida

Farg’ona davlat universiteti talabasi.

https://doi.org/10.5281/zenodo.15276871

Annotatsiya. "Ayollarning ijtimoiy hayotda qo‘llab-quvvatlash va gender tenglik"

mavzusi, jamiyatda ayollarning teng huquqliligini ta'minlash va ularni har tomonlama qo‘llab-

quvvatlash zaruriyatini ko‘rsatadi. Ayollarni ijtimoiy hayotda faol ishtirok etish, ularning

iqtisodiy, siyosiy va madaniy sohalarda teng imkoniyatlarga ega bo‘lishini ta'minlash muhim

ahamiyatga ega. Gender tenglikka erishish, faqat ayollarga emas, balki jamiyatning barcha

a'zolariga ijtimoiy adolatni ta'minlashga yordam beradi. Ushbu masala, davlat siyosatidan tortib,

jamiyatdagi turli ijtimoiy institutlargacha bo‘lgan darajalarda qo‘llab-quvvatlanishi zarur.

Annotatsiya, ayollarning ijtimoiy rolini kuchaytirish va gender tenglikni targ‘ib qilish

bo‘yicha amalga oshirilayotgan siyosat va amaliyotlarni tahlil qilishga qaratilgan.

Kalit so’zlar: gender tenglik, ayollar huquqlari, huquqiy munosabatlar, ijtimoiy hayot.

ПОДДЕРЖКА И РАСШИРЕНИЕ ПРАВ И ВОЗМОЖНОСТЕЙ ЖЕНЩИН В

ОБЩЕСТВЕННОЙ ЖИЗНИ И ГЕНДЕРНОЕ РАВЕНСТВО

Аннотация. Тема «Поддержка женщин в общественной жизни и гендерное

равенство» демонстрирует необходимость обеспечения равных прав женщин в обществе

и оказания им всесторонней поддержки. Важно обеспечить активное участие женщин в

общественной жизни и их равные возможности в экономической, политической и

культурной сферах. Достижение гендерного равенства помогает обеспечить социальную

справедливость для всех членов общества, а не только для женщин. Эту проблему

необходимо поддерживать на всех уровнях: от государственной политики до различных

социальных институтов общества. Целью данной работы является анализ политики и

практики, направленных на укрепление социальной роли женщин и содействие гендерному

равенству.

Ключевые слова: гендерное равенство, права женщин, правовые отношения,

общественная жизнь.

SUPPORTING WOMEN IN SOCIAL LIFE AND GENDER EQUALITY

Abstract. The topic "Supporting women in social life and gender equality" indicates the

need to ensure equal rights for women in society and provide them with comprehensive support.


background image

2025

APRIL

NEW RENAISSANCE

INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE

VOLUME 2

|

ISSUE 4

327

It is important to ensure the active participation of women in social life, ensuring their

equal opportunities in the economic, political and cultural spheres. Achieving gender equality

helps to ensure social justice not only for women, but also for all members of society. This issue

must be supported at all levels, from state policy to various social institutions in society. The

annotation is aimed at analyzing the policies and practices implemented to strengthen the social

role of women and promote gender equality.

Keywords: gender equality, women's rights, legal relations, social life.

Kirish.

Bugungi kunda jamiyatda ayollarni qo‘llab-quvvatlash va gender tenglik masalalari tobora

dolzarb bo‘lib bormoqda. Har bir insonning teng huquqlarga ega bo‘lishi, xususan, ayollarning

ijtimoiy hayotda faol ishtirok etishlari jamiyatning rivojlanishida muhim o‘rin tutadi. Gender

tengligi nafaqat huquqiy asosda, balki ijtimoiy va madaniy kontekstda ham qaralishi kerak.

Ayollarni qo‘llab-quvvatlash, ularning iqtisodiy, siyosiy va ijtimoiy sohalarda teng

imkoniyatlarga ega bo‘lishini ta’minlash, jamiyatda adolat va barqarorlikni o‘rnatishga xizmat

qiladi. Bu borada ko‘plab tashabbuslar, davlat dasturlari va xalqaro tashkilotlarning faoliyati

ayollarning jamiyatdagi o‘rnini mustahkamlashga qaratilgan. Gender tenglikka erishish,

shuningdek, ijtimoiy tarbiya, qonunlar va siyosat orqali amalga oshirilishi lozim bo‘lgan jarayon

sifatida har bir jamiyatning taraqqiyoti uchun zarurdir.

Asosiy qism:

Har qanday davlat va jamiyat taraqqiyoti bir qator omillar asosida yuz beradi. Bu jarayonda

ayollar, ularning ijtimoiy-siyosiy munosabatlardagi ishtiroki, huquq va erkinliklari amalda

ta'minlanganligi masalasi – davlatlar rivojining hamda demokratiyaning muhim indeksi sanaladi.

Zotan, ayol va uning jamiyat hayotidagi o'rni hamisha muhim mezon bo'lib kelgan. Har

qanday ijtimoiy tuzilma asosida ayollarning reproduktiv imkoniyatlari bilan bir qatorda yangi

avlodning shakllanishi va rivojlanishida ham ularning o'rni beqiyos.

1

Gender tengligi, ya'ni erkaklar va ayollar o'rtasidagi huquq va imkoniyatlarning teng

bo'lishi, XXI asrda global miqyosda dolzarb muammolardan biridir. Ayollarni ijtimoiy hayotda

qo'llab-quvvatlash va gender tengligini ta'minlash masalasi ko'plab mamlakatlarda rivojlanayotgan

ijtimoiy va iqtisodiy yondashuvlar, siyosat va qonunchilik orqali amalga oshirilmoqda. Bu jarayon

ayollarning mehnat bozoridagi ishtirokini, ta'lim olish huquqini, siyosiy va ijtimoiy faoliyatda

qatnashishini hamda jismoniy va ruhiy sog'ligini himoya qilishni o'z ichiga oladi.

1

https://oltinsoy.uz


background image

2025

APRIL

NEW RENAISSANCE

INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE

VOLUME 2

|

ISSUE 4

328

Gender — xotin-qizlar va erkaklar o‘rtasidagi munosabatlarning jamiyat hayoti va

faoliyatining barcha sohalarida, shu jumladan siyosat, iqtisodiyot, huquq, mafkura va madaniyat,

ta’lim hamda ilm-fan sohalarida namoyon bo‘ladigan ijtimoiy jihati.

Gender tenglik - ayollar va erkaklar teng sharoitlar yaratilsa, teng munosabatga kirishilsa

va teng imkoniyatlarga ega bo'lganda gender tengligiga erishiladi. Bu ayollar va erkaklarga o‘z

qobilyatini ko’rsatish, inson huquqlari va uning qadrini qiymatini to‘liq namoyon chiqarish

imkonini beradi; o'z jamiyatlarining iqtisodiy, ijtimoiy, madaniy va siyosiy rivojlanishiga o'zining

hissasini qo'shish; va bunday rivojlanishning afzalliklarga erishiladi. Gender tengligi ikki xil

jinsning uyda va jamiyatda teng huquqlar va imkoniyatlarga ega bo'lishiga asoslanadi. Bu adolatli

bo'lish jarayoni va gender tengligiga erishish vositasi hisoblanadi.

2

Bugungi kunda jamiyat taraqqiyoti uchun eng muhim omillardan biri bu – ayollarning

ijtimoiy hayotdagi faolligini ta’minlash va gender tengligini kafolatlashdir. O‘zbekiston

Respublikasi ham ushbu yo‘nalishda izchil islohotlarni amalga oshirib, xususan, 2023-yilgi

Konstitutsiya islohotlari orqali ayollarning huquq va erkinliklarini mustahkamlash, ularning

turmush sharoitini yaxshilash va davlat boshqaruvida faol ishtirokini ta’minlashga ustuvor

ahamiyat bermoqda.

2023-yil 30-aprelda umumxalq referendumi orqali qabul qilingan O‘zbekiston

Respublikasining yangi Konstitutsiyasida gender tenglik masalasi birinchi darajali

konstitutsiyaviy qadriyat sifatida mustahkamlandi. Jumladan, 58-moddada quyidagicha

belgilangan:

"Davlat erkaklar va ayollar uchun teng huquq va imkoniyatlarni ta’minlaydi. Gender

tengligiga erishish uchun zarur shart-sharoitlar yaratiladi."

Bu norma orqali davlat nafaqat erkak va ayollar tengligini e’tirof etadi, balki ushbu

tenglikka erishish uchun zarur shart-sharoitlar yaratishni ham o‘z zimmasiga oladi. Bu yondashuv

gender tengligi masalasini deklarativ emas, balki amaliy siyosat darajasiga olib chiqadi.

Shuningdek, Konstitutsiyaning 65-moddasida esa quyidagi holat belgilangan:

"Davlat ayollar va erkaklar o‘rtasida teng huquqlilikni kafolatlaydi, ayollarni jamiyatdagi

rolini kuchaytirish va ularning manfaatlarini himoya qilish chora-tadbirlarini ko‘radi."

Mazkur modda ayollarni jamiyatda faol bo‘lishga undash, ularning manfaatlarini himoya

qilish, ularga qo‘shimcha imkoniyatlar yaratish orqali gender tengligiga amalda erishishni maqsad

qiladi.

2

‘GENDER TENGLIGI: JAMIYATDA GENDER TENGLIGIGA ERISHISH’

Xusanova Dilafruz Xusanboy qizi, 3-bosqich talabasi
Fozilov Asror Akmal o’g’li JDPU, 3-bosqich talabalari maqolasi.


background image

2025

APRIL

NEW RENAISSANCE

INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE

VOLUME 2

|

ISSUE 4

329

Gender tengligi va ayollarni ijtimoiy hayotda qo‘llab-quvvatlash masalasi diniy va

dunyoviy qadriyatlarning qarama-qarshiligi emas, balki o‘zaro uyg‘unligi asosida qaralishi lozim.

Islom dini ayollarning sha’ni, huquqi va faolligini e’tirof etgan. O‘zbekistonning yangi

Konstitutsiyasi esa ushbu qadriyatlarni zamonaviy huquqiy asosda mustahkamladi. Aynan shu

uyg‘unlik orqali biz barqaror, adolatli va taraqqiy etgan jamiyat sari olg’a qadam bosayapmiz.

Xulosa:

Ayollarni ijtimoiy hayotda qo‘llab-quvvatlash va gender tenglikni ta’minlash, jamiyatning

rivojlanishi uchun muhim ahamiyatga ega. Gender tenglikka erishish, ayollarning barcha

sohalarda, jumladan, ta’lim, ish joylari, siyosat, sog‘liqni saqlash va boshqa ijtimoiy faoliyatlarda

teng huquqlarga ega bo‘lishini ta’minlashni anglatadi. Bunda hukumat va jamiyatning barcha

a’zolari, xususan, ayollarga nisbatan diskriminatsiyaga qarshi kurashishda faol ishtirok etishlari

zarur.

Ayollarni qo‘llab-quvvatlash, ularning iqtisodiy mustaqilligini oshirish, ta’lim olish

imkoniyatlarini kengaytirish va sog‘liqni saqlash tizimida zarur xizmatlarga erkin kirish

imkoniyatlarini yaratish orqali amalga oshiriladi. Shuningdek, gender tenglikni ta’minlashda

erkaklar ham muhim rol o‘ynaydi, chunki ijtimoiy stereotiplar va nohaq qarashlar faqat ayollarga

emas, balki jamiyatning barcha qatlamlariga salbiy ta’sir ko‘rsatadi.

Umuman olganda, ayollarning ijtimoiy hayotdagi ishtirokini kengaytirish va gender

tenglikni ta’minlash — bu nafaqat ayollarning, balki jamiyatning barcha a’zolarining farovonligini

oshirishga xizmat qiladi. Shu bois, gender tenglikni amalga oshirish, uzoq muddatda barqaror va

adolatli jamiyat yaratishning muhim shartidir.

REFERENCES

1.

O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi.

2.

O‘zbekiston Respublikasining ‘Xotin-qizlar va erkaklar uchun teng huquq hamda

imkoniyatlar kafolatlari to‘g‘risida’gi qonun.

3.

https://oltinsoy.uz

4.

‘GENDER TENGLIGI: JAMIYATDA GENDER TENGLIGIGA ERISHISH’ Xusanova

Dilafruz Xusanboy qizi, 3-bosqich talabasi Fozilov Asror Akmal o’g’li JDPU, 3-bosqich

talabalari maqolasi.

References

O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi.

O‘zbekiston Respublikasining ‘Xotin-qizlar va erkaklar uchun teng huquq hamda imkoniyatlar kafolatlari to‘g‘risida’gi qonun.

‘GENDER TENGLIGI: JAMIYATDA GENDER TENGLIGIGA ERISHISH’ Xusanova Dilafruz Xusanboy qizi, 3-bosqich talabasi Fozilov Asror Akmal o’g’li JDPU, 3-bosqich talabalari maqolasi.