Authors

  • Bahora Sharipova
  • Sarvinoz Adilova

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.science-research.80816

Keywords:

Amaliyot multimedia vositalari interaktiv o’rganish strategiya metodlar til o’rganish.

Abstract

Ushbu maqola chet tilini o’rganish jarayonida qo’llaniladigan strategiyalar va muhim metodlarlarni tahlil qiladi. Tilni o’rganishdagi qiyinchilik va muammolarni ko’rib chiqadi. Shuningdek, so’z yodlash, grammatika, eshitish, interaktiv dasturlar va elektron o’rganish vositalaridan foydalanish va amaliyot kabi usullar yoritiladi.

background image

2025

APRIL

NEW RENAISSANCE

INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE

VOLUME 2

|

ISSUE 4

341

XORIJIY TILLARNI O’RGANISHDA ZAMONAVIY VA SAMARALI METODIKA VA

STRATEGIYALAR TAHLILI

Sharipova Bahora Odiljonovna

Navoiy Davlat Universiteti, Tillar fakulteti, ingliz tili va amaliy fanlar kafedrasi o’qituvchi.

Adilova Sarvinoz Habibullo qizi

Navoiy Davlat Universiteti, Tillar fakulteti, 101 -guruh talabasi.

https://doi.org/10.5281/zenodo.15276963

Annotatsiya. Ushbu maqola chet tilini o’rganish jarayonida qo’llaniladigan strategiyalar

va muhim metodlarlarni tahlil qiladi. Tilni o’rganishdagi qiyinchilik va muammolarni ko’rib

chiqadi. Shuningdek, so’z yodlash, grammatika, eshitish, interaktiv dasturlar va elektron

o’rganish vositalaridan foydalanish va amaliyot kabi usullar yoritiladi.

Kalit so’zlar: Amaliyot, multimedia vositalari, interaktiv o’rganish, strategiya, metodlar, til

o’rganish.

Abstract. This article analyzes the strategies and important methods applied in the process

of learning a foreign language. It explores the difficulties and problems encountered during

learning language. As well as, it includes methods such as vocabluary acquisition, grammar,

listening, the use of interactive and electron programs and practical exercises. This article is useful

for learners of all ages and students,helping them overcome weaknesses in the foriegn language

learning process.

Key words: Practise, multimedia tools, interactive learning, strategy, methods, language

learning.

Zamonaviy dunyoda chet tillarini o‘rganish nafaqat aloqa vositasi, balki dunyoqarashni

kengaytirish, turli madaniyatlar bilan tanishish,shaxsiy va kasbiy muvaffaqiyat va yangi

imkoniyatlarga yo‘l ochadi. Ingliz, rus, nemis, fransuz kabi tillarni bilish o‘quvchilarga ilmiy

manbalardan foydalanish, xorijiy oliygohlarda o‘qish, xalqaro loyihalarda qatnashish imkonini

beradi. Ammo ko’pchilik uchun xorijiy tillarni o’rganish uzoq muddatli va murakkab jarayon bo’lib

tuyuladi. Shu sababli samarali usul va strategiyalarni qo’llash muhim ahamiyat kasb etadi.Ushbu

maqolada ham aynan til o’rganish jarayonidagi asosiy metodlar,interaktiv vositalar va amaliy

yondashuvlar tahlil qilinadi.

Til o‘rganishning samarali bo‘lishi uchun eng avvalo aniq va realistik maqsad qo‘yish

kerakligi juda muhim. Til o‘rganish nazariyotchisi D. Brown fikricha, til o‘rganish shaxsiy ehtiyoj


background image

2025

APRIL

NEW RENAISSANCE

INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE

VOLUME 2

|

ISSUE 4

342

va motivatsiyaga asoslanganida natijasi yuqori bo‘ladi (Brown, 2000). Masalan, ish uchun ingliz

tilini o‘rganayotgan kishi professional so‘z boyligi va yozishmalarga e’tibor qaratishi lozim.

Sayohat uchun esa sayohatga oid so’z boyligining uzi kifoya. Ba’zan, ingliz tilini

o’rganuvchilar uchun darajani aniqlovchi turli xil sertifikatlar va ularga berilgan imkoniyatlar katta

motivatsiya bo’lib xizmat qiladi.

Til o‘rganish sohasida taniqli olim Stephen Krashen tomonidan ilgari surilgan “Input

Hypothesis” nazariyasiga ko‘ra, til o‘rganuvchi o‘z bilim darajasidan biroz yuqori darajadagi (i+1)

materialni eshitib va tushunib borsa, u samarali o‘rganadi (Krashen, 1982). Shu sababli biz uchun

qiziqarli bo’lgan filmlarimizni va podkastlarini hech ikkilanmay original tilda ko‘rish va eshitish

o’rganish uchun foydalidir. Albatta siz tushunmagan, bilmagan yangi so’zlaringizni yozib

borishingiz va albatta ulaning ma’nolari bilan tanishishingiz lozim. Bu til o’rganuvchilar uchun juda

yoqimli va qiziqarli strategiyalardan biri.

So‘zlarni alohida yodlash emas, balki matn ichida qo‘llash orqali ularning ma’nosi yaxshiroq

o‘zlashtiriladi. I.S.P. Nation o‘zining “Learning Vocabulary in Another Language” (Nation, I. S. P.

2001) asarida so‘z yodlashda kontekst asosidagi yondashuvni taklif etadi. Bu usul yordamida

o‘rganuvchi so‘zning grammatik shakli, talaffuzi va foydalanish uslubini bir vaqtning o‘zida

o‘zlashtiradi.

Zamonaviy texnologiyalar va gadjetlar til o‘rganish jarayonini ancha soddalashtirdi.

Memrise, Duolingo, Quizlet kabi ilovalar foydalanuvchiga o‘yinga asoslangan, qiziqarli va takroriy

mashqlar orqali so‘z boyligini oshirish imkonini beradi. Cambridge English portali esa bepul testlar,

topshiriqlar va dars rejalarini taqdim etadi. Shu bilan birga, YouTube kanallari orqali tilning eshitish

va talaffuz qismlarini mustahkamlashni o’rganish mumkin. Bunda eng eshtishni yaxshilovchi eng

kuchli metodlardan biri “shadowing” uslubidir. Bu usulning natijasini birinchi martadanoq sezish

qiyin emas.

Yozma va og‘zaki nutqni rivojlantirish uchun muntazam ravishda insho yozish,turli

forumlar va suhbatlarda ishtirok etish, so‘zlashuv klublarida qatnashish ham muhim rol o’ynaydi.

Tilshunos A. Harmerning fikricha, til o‘rganish jarayonida faol ishtirok va interaktiv

mashg‘ulotlar orqali til “yashab ketadi” (Harmer, 2007).

Xulosa qilib aytganda, chet tilini o‘rganish samaradorligi to‘g‘ri tanlangan metod va

strategiyalarga bevosita bir biri bilan bog‘liq. Maqsadga yo‘naltirilgan yondashuv, Krashen

nazariyasiga asoslangan kirish materiallari, kontekstual so‘z o‘rganish, multimedia vositalaridan

foydalanish va muntazam amaliyot orqali til o‘rganish- jarayonni osonlashtiradi. Ushbu maqolada

bayon etilgan usullar turli xil yoshdagi o‘rganuvchilar uchun amaliy qo‘llanma bo‘lib xizmat qiladi.


background image

2025

APRIL

NEW RENAISSANCE

INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE

VOLUME 2

|

ISSUE 4

343

Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati:

1.

Brown, H. D. (2000). Principles of Language Learning and Teaching. Longman.

2.

Duolingo Blog. (2023). Language learning tips. https://blog.duolingo.com

3.

Harmer, J. (2007). The Practice of English Language Teaching. Pearson Education.

4.

Krashen, S. D. (1982). Principles and Practice in Second Language Acquisition.

Pergamon Press.

5.

Nation, I. S. P. (2001). Learning Vocabulary in Another Language. Cambridge

University Press.

Internet resources:

1.

BBC Learning English. Learning strategies.

https://www.bbc.co.uk/learningenglish

.

2.

Cambridge English. (2023). Learning Resources. https://www.cambridgeenglish.org

References

Brown, H. D. (2000). Principles of Language Learning and Teaching. Longman.

Duolingo Blog. (2023). Language learning tips. https://blog.duolingo.com

Harmer, J. (2007). The Practice of English Language Teaching. Pearson Education.

Krashen, S. D. (1982). Principles and Practice in Second Language Acquisition. Pergamon Press.

Nation, I. S. P. (2001). Learning Vocabulary in Another Language. Cambridge University Press.

Internet resources:

BBC Learning English. Learning strategies. https://www.bbc.co.uk/learningenglish.

Cambridge English. (2023). Learning Resources. https://www.cambridgeenglish.org