Authors

  • Dilrabo To’ychimatova

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.science-research.80843

Keywords:

Islom madaniyati Ramazon hayiti Qurbon hayiti diniy bayram madaniy meros ijtimoiy birlik tarix Qur’on Farz Sunnat Iyd Ikrom.

Abstract

Mazkur maqolada islom madaniyatida keng nishonlanadigan ikki asosiy bayram — Ramazon va Qurbon hayitlarining tarixiy kelib chiqishi, diniy mazmuni, jamiyatdagi ijtimoiy-ma’naviy roli va ularning islom sivilizatsiyasidagi o‘rni keng yoritilgan. Hayitlarning paydo bo‘lish sabablari, ularni nishonlash an’analari, zamonaviy davrda tutgan o‘rni haqida tahlil qilinadi.

background image

2025

APRIL

NEW RENAISSANCE

INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE

VOLUME 2

|

ISSUE 4

416

ISLOMDA NISHONLANADIGAN BAYRAMLAR

To’ychimatova Dilrabo

FarDU talabasi.

https://doi.org/10.5281/zenodo.15277331

Annotatsiya. Mazkur maqolada islom madaniyatida keng nishonlanadigan ikki asosiy

bayram — Ramazon va Qurbon hayitlarining tarixiy kelib chiqishi, diniy mazmuni, jamiyatdagi

ijtimoiy-ma’naviy roli va ularning islom sivilizatsiyasidagi o‘rni keng yoritilgan. Hayitlarning

paydo bo‘lish sabablari, ularni nishonlash an’analari, zamonaviy davrda tutgan o‘rni haqida tahlil

qilinadi.

Kalit so’zlar: Islom madaniyati, Ramazon hayiti, Qurbon hayiti, diniy bayram, madaniy

meros, ijtimoiy birlik, tarix, Qur’on, Farz, Sunnat, Iyd, Ikrom.

Kirish.

Islom madaniyati insoniyat tarixida chuqur ildiz otgan, o‘ziga xos axloqiy, diniy va

ijtimoiy qadriyatlari bilan ajralib turadigan boy sivilizatsiyalardan biridir. Bu madaniyat asrlar

davomida nafaqat dini e’tiqod va ibodatlar tizimini, balki kundalik hayot tarzini, insonlar o‘rtasidagi

munosabatlarni ham shakllantirib kelgan. Ayniqsa, islomda bayramlar muhim o‘rin egallab, ular

jamiyat hayotining ajralmas bir qismi sifatida qaraladi.

Mazkur maqolada islom madaniyatida keng nishonlanadigan ikki asosiy diniy bayram

Ramazon hayiti va Qurbon hayitining kelib chiqishi, diniy mazmuni, jamiyatdagi o‘rni va ijtimoiy-

ma’naviy ahamiyati yoritiladi. Shuningdek, bu bayramlarning musulmonlar hayotidagi tarbiyaviy

va axloqiy funksiyalari, ularni nishonlash an’analari hamda zamonaviy davrdagi ahamiyati tahlil

qilinadi.

Islom madaniyati o‘zining boy tarixiy ildizlari, ruhiy poklikka asoslangan qadriyatlari,

yuksak axloqiy me’yorlari bilan ajralib turadi. Bu madaniyat nafaqat diniy e’tiqodlarni, balki

kundalik turmush tarzini, jamiyatdagi ijtimoiy munosabatlarni ham belgilab beradi.

Xususan, Ramazon va Qurbon hayitlari musulmon dunyosida eng ulug‘ va umumxalq

darajasida keng nishonlanadigan diniy bayramlaridir. Ular nafaqat ibodat, balki jamiyatda mehr-

oqibat, birlik, saxovat, insoniylik balki jamiyatda mehr-oqibat va birdamlikni o‘stirishga xizmat

qiluvchi muqaddas kunlardan biri sanaladi.

“Hayit” so‘zi arab tilidan kirib kelgan so‘z bo‘lib, “iyd” – bayram, ma’nosini bildiradi.

Ramazon hayiti (Iyd as-sig‘ar, Iyd al-fitr) va Qurbon hayiti (Iyd al-kabir, Iyd al-adho).


background image

2025

APRIL

NEW RENAISSANCE

INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE

VOLUME 2

|

ISSUE 4

417

Musulmon olamida hayit kunlari oy taqvimi asosida belgilanadi. Qurbon hayiti zulhijja

oyining o‘ninchi kuniga to‘g‘ri keladi.

1

Qurbonlik hijriy ikkinchi yilda vojib bo‘lgan bo‘lsa-da, lekin uning tarixi ancha uzoqlarga –

Ibrohim alayhissalom zamonlariga borib taqaladi va u zotdan bizga qolgan amallardan biridir.

Ibrohim alayhissalomga tushlarida: “Siz o‘z farzandingizni jonini bizga fido qiling” degan

amr bo‘ldi. Ibrohim alayhissalom bu hukmni Ismoil alayhissalomga bayon qildilar.

Ismoil alayhissalom esa “Ey otajon, sizga (tushingizda Parvardigor tomonidan) buyurilgan

ishni qilging. In shaa Alloh meni sabr qilguvchilardan topursiz” dedilar. “Ey Ibrohim! Siz o‘z

ishingizni qiling, men o‘z ishimni qilaman. Chunki sizga boshqa hukm, menga boshqa hukm

buyurilgan”, dedi.

2

Darhaqiqat pichoqqa “O‘tmas bo‘l” deb hukm bo‘lgan edi, u o‘tmas bo‘lgandi. Ibrohim

alayhissalomga esa “So‘ying” deb hukm bo‘lgan edi, ular so‘yishga kirishdilar. Shu paytda

g‘aybdan ovoz keldi: “Ey Ibrohim, darhaqiqat sen (ko‘rgan) tushingni rost-bajo qilding”. Ibrohim

alayhissalomning bu amallariga qurbonlik qilish masalasi tortib topdi. Alloh taolo uning bu amaliga

nihoyatda “ulkan amal” deb baho berdi. Chunki u zot o‘z taraflaridan qilinishi kerak bo‘lgan ishni

mukammal ado etgan edilar. Ular o‘g‘illarini so‘yishga yotqizib, uning bo‘yniga pichoq tortayotgan

vaqtlarida pichoqqa “so‘yma” deb amr bo‘lganini bilmagan va pichoq ham o‘z ishini qilmasligidan

bexabar edilar. Balki, “pichoqni tortaman va shu bilan qurbonlik ishi tamom bo‘ladi” deb o‘ylagan

edilar.

Bu qissa haqida Alloh shunday bayon qiladi:

“Albatta Biz chiroyli amal qilguvchilarni mana shunday mukofotlarmiz. Albatta bu (ya’ni

Ibrohimning o‘z o‘g‘lini qurbon qilishga buyurilishi) ochiq-ravshan imtihondir xolos. Biz

(Ismoilning) o‘rniga (Ibrohimga) katta bir (qo‘chqor) so‘yishni – qurbonlikni evaz qilib berdik

(ya’ni katta bir qo‘chqorni jannatdan tushirdik)”.

3

Payg‘ambar alayhissalom sahobai kiromlarga Islom ta’limotlaridan tushuntirish olib

boruvchi suhbatlaridan birida Qurbon bayrami haqida, uning musulmon ummati hayotida tutgan

o‘rni haqida so‘z yuritib quyidagilarni aytdilar: “Qurbonlik kunini iyd qilishga amr qilindim. Uni

Alloh bu ummat uchun qilgandir”, dedilar. Qurbon hayitining asosiy maqsadi — Allohga bo‘lgan

sadoqat va ishonganlarning o‘zaro mehr-oqibatini ko‘rsatishdir. Bu bayramda musulmonlar maxsus

taomlar tayyorlab, ularni oilalariga va ehtiyojmandlarga tarqatadilar.

1

. Imom G‘azzoliy. “Ihyo ulumiddin” – Diniy-ma’rifiy asar. – Qohira, XII asr. (ro‘za va axloqiy poklanish haqida

mulohazalar uchun)

2

Imom Muslim. “Sahih Muslim” – Hadislar to‘plami. (Hayit va ibodatlar bilan bog‘liq hadislar uchun)

3

Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf. “Islom aqidasi”, “Hadis va hayot” kitoblari. – Toshkent: Hilol nashriyoti,

2000-yillar.


background image

2025

APRIL

NEW RENAISSANCE

INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE

VOLUME 2

|

ISSUE 4

418

Ro’zа Islom dinining besh ruknidan biridir. Islom dinida ro’za Rasuli Akram sallollohu

alayhi vassallam Madinaga hijrat qilganlrining ikkinchi yili farz qilindi. Payg’ambarimiz

alayhissalom vafotlarigacha to’qqiz marotaba ramazon ro’zasini tutganlar. Ro’za Parvardigor

tomonidan har bir musulmonga farz qilingan.quroni karimda ro’za haqidagi oyatlarda shunnday

deyiladi: Ramazon oyi- unda odamlar hidoyat hamda hidoyatu furqondan iborat ochiq oydin

hujjatlar bo’lib Quron tushirilgandir. Bu haqida Ibn Umar roziyollohu anhudan rivoyat qilingan

hadisda Payg’ambarimiz sallollohu alayhi vasallam shunday deganlar. “Islom beshta narsa ustiga

qurilgandir: Allohdan o’zga iloh yo’qligi va Muhammad allohning elchisi ekanligiga guvohlik

berish, namozni qoim qilish zakod berish, Baytullohni haj qilish, ramazon ro’zasini tutish ”(Imom

Buhoriy va Imom Muslim rivoyati)

Demak nur ustiga nur bo’lishi uchun Islom shariatida ro’za aynan ramazon oyida Quron

nozil qilingan oyda tutilishi joriy qilingan. Zero Islom nuri aynan shu oydan boshlab yer yuzasiga

singigan.

4

Payg’ambarimiz sallollohu alayhi vasallam ro’za haqida shunday dedilar: odam bolasining

barcha amaliga (savob) ko’paytirib beriladi. Bir yaxshi amaliga o’n barobardan yetti yuz

barobarigacha savob bor. Alloh azza va jalla faqat ro’za unday emas uning mukofotini o’zim

beraman. Ahir bandam shaxvatini taomini men uchun tark qilyapti deb aytadi. "Ҳújjatul-ıslom

imom G’azzoliy o’ziga hos uslubda ro’zaning maqsadlariga ishora qilar ekan, shundai deıdi:”

Ro’zadan maqsad Alloh taoloning hulqlaridan bir hulq – behojatlik bilan hulqlanish, nafs

istaklaridan imkon qadar tiyilish orqali, pok farishtalarga iqtido qilishdir.

Ro’zadan ko’zlangan asosiy maqsadlardan birı musulmon shaxsda Alloddan qo’rqish hissini

uyg’otishdir. Unda Allohning roziligi uchun o’z hoxish-istaklariga qarshi kurasha olish malakasini

hosil qilishdir. Chanqab, ochiqib turgan insonning Alloh aytgan fursatgacha bir qultum suv yutmay

yurishi, hech kim ko’rmaydigan, hech kim sezmaydigan paıtda ham og’ziga bir luqma taom solmay

turishi o’sha insonning uni Alloh doimo kuzatib turganini his qilishidan bo’ladi. Bu his uni har

qanday holatda yaxshilik, savob ishlar qilishga, har qanday vaziyatda yomonlikdan, gunohlardan

tiyilishga olib keladi. Bir oy davomida o’zini ana shunday holda tutgan kishi yil bo’yi, balki bir

umri davomida ezgu hayot kechirishga qodir bo’ladi. Allohni rozi qilish uchun halol narsalardan

o’zini tiya olgan shaxs U zotting rizosi uchun harom narsalardan mutlaqo tiyilishga o’zida yetarli

kuch-qudrat va malakani hosil qiladi.

4

Qur’oni Karim. Tarjimasi va tafsiri. – Toshkent: Hilol nashriyoti, turli yillar.


background image

2025

APRIL

NEW RENAISSANCE

INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE

VOLUME 2

|

ISSUE 4

419

Ochlik ila kishilarni davolab nom chiqarayotgan kishilardan biriga: "Siz " «Allohni his etish,

ibodat qilishga ruju, qisqasi, taqvodorlik», deb javob berdi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam:

“Ro’za qalqondir”, – deganlar.

5

Ha ro’za qalqondir- u o’z sohibini shahvat hujumlaridan to’sadi.

Ro’za qalqondir u o’z sohibini gunohlardan to’sadi.

Ro’za qalqondir, u o’z sohibinı unga zararli bo’lgan narsalardan to’sadı.

Ro’za qalqondir u o’z sohibini do’zah olovidan saqlaydi deganlar.

Rasululloh sollallohu alayhi vasallam shahvati g’alaba qilayotgan, ammo o’ylanishga imkon

topa olmayotgan kishilarga ro’za tutishni tavsiya qilganlar. Insonni ikki dunyo saodatiga

erishtiradigan fazilat va hususııatlarni uzlashtirish aynan ro’za bilan yuzaga chiqadi. Insonlarga ular

uchun zarur bólgan amalni farz qilganligi ham Parvardigorning o’z bandalariga mehribonligidandir.

Chunki inson o’zi uchun kerak bo’lgan har bir foydali narsani bilavermaydi. Bilgan taqdirda

ham, o’z ixtiyori bilan o’sha ishni bajarishi qiyin. Bu bayram Ramazon oyining tugashini bildiradi.

Ramazon — musulmonlar uchun o‘ta muqaddas oy bo‘lib, ramazon oyining oxirgi kunlarida

musulmonlar Ramazon hayitini nishonlashadi. Bu kun odatda ehtiyotkorlik bilan tayyorlanadi va

ularning markazida Ramazon oyida o‘tkazilgan ibodatlar, o‘zgarishlar va ezgulikka bo‘lgan

intilishlar ifodalanadi. Bayramda musulmonlar bir-biriga yaxshi tilaklar bildiradi, ko‘pincha bir-

birini tabriklab, yordamga muhtojlarga sadaqa berishadi. Ramazon hayitining boshlanishi odatda

uyushganlik va jamoa bilan boshlanadi. Hayit namozi barcha musulmonlar tomonidan o‘qiladi.

Ramazon hayiti bilan birga, musulmonlar o‘zlarining ehtiyojmand qishloqlaridagi yoki

shaharlardagi muhtojlarga ko‘mak berishadi. Bu nafaqat ma’naviy boylikni, balki ijtimoiy

birdamlikni mustahkamlashga xizmat qiladi.

6

Hayit kuni odamlar o‘z oilalarini, do‘stlarini va qo‘shnilarini tabriklab, o‘zaro mehr-oqibatni

oshirishadi. Bu kunning diniy mazmuni shundan iboratki, u musulmonlarning o‘zaro mehr-

oqibatda, birdamlikda yashashga bo‘lgan yuksak istagini ko‘rsatadi.

Xulosa.

Islom madaniyatida nishonlanadigan Ramazon hayiti va Qurbon hayiti musulmon

jamiyatlarida nafaqat diniy, balki ijtimoiy-ma’naviy jihatdan ham muhim o‘rin egallaydi. Ular

Allohga bo‘lgan sadoqatni, sabr-toqatni, mehr-oqibat va saxovatni targ‘ib etuvchi bayramlardir.

Ramazon hayiti ibodat, ro‘za, sabr va ruhiy poklanishning yakuni sifatida nishonlansa,

Qurbon hayiti Allohga bo‘lgan sadoqat va fidoyilikning ramzi sifatida qadrlanadi.

5

Islom ensiklopediyasi. – Toshkent: “Sharq” nashriyoti, turli yillar. (Ramazon va Qurbon hayitlari tarixi va mazmuni

haqida)

6

Imom Buxoriy. “Al-Jome’ as-Sahih” – Eng ishonchli hadislar to‘plami. (Qurbonlik va ro‘za haqidagi hadislar uchun).


background image

2025

APRIL

NEW RENAISSANCE

INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE

VOLUME 2

|

ISSUE 4

420

Bu bayramlar islomiy qadriyatlarni mustahkamlabgina qolmay, insonlar orasida ijtimoiy

tenglik, o‘zaro yordam, birdamlik va mehr-oqibatni kuchaytiradi. Shuningdek, ular tarixiy, diniy va

ma’naviy meros sifatida musulmon ummatining birligi va hamjihatligiga xizmat qiluvchi muqaddas

kunlar hisoblanadi.

Foydalanilgan adabiyotlar:

1.

Qur’oni Karim. Tarjimasi va tafsiri. – Toshkent: Hilol nashriyoti, turli yillar.

2.

Imom G‘azzoliy. “Ihyo ulumiddin” – Diniy-ma’rifiy asar. – Qohira, XII asr. (ro‘za va

axloqiy poklanish haqida mulohazalar uchun)

3.

Imom Buxoriy. “Al-Jome’ as-Sahih” – Eng ishonchli hadislar to‘plami. (Qurbonlik va ro‘za

haqidagi hadislar uchun)

4.

Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf. “Islom aqidasi”, “Hadis va hayot” kitoblari. –

Toshkent: Hilol nashriyoti, 2000-yillar.

5.

Islom ensiklopediyasi. – Toshkent: “Sharq” nashriyoti, turli yillar. (Ramazon va Qurbon

hayitlari tarixi va mazmuni haqida)

6.

Imom Muslim. “Sahih Muslim” – Hadislar to‘plami. (Hayit va ibodatlar bilan bog‘liq

hadislar uchun)

References

Qur’oni Karim. Tarjimasi va tafsiri. – Toshkent: Hilol nashriyoti, turli yillar.

Imom G‘azzoliy. “Ihyo ulumiddin” – Diniy-ma’rifiy asar. – Qohira, XII asr. (ro‘za va axloqiy poklanish haqida mulohazalar uchun)

Imom Buxoriy. “Al-Jome’ as-Sahih” – Eng ishonchli hadislar to‘plami. (Qurbonlik va ro‘za haqidagi hadislar uchun)

Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf. “Islom aqidasi”, “Hadis va hayot” kitoblari. – Toshkent: Hilol nashriyoti, 2000-yillar.

Islom ensiklopediyasi. – Toshkent: “Sharq” nashriyoti, turli yillar. (Ramazon va Qurbon hayitlari tarixi va mazmuni haqida)

Imom Muslim. “Sahih Muslim” – Hadislar to‘plami. (Hayit va ibodatlar bilan bog‘liq hadislar uchun)