2010
ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 Issue 4
TANQIDIY SOTSIOLOGIYA VA UNING ASOSIY TAMOYILLARI
Ahmedova Shahrizoda
O‘zbekiston Milliy Universiteti
Ijtimoiy Fanlar fakulteti Sotsiologiya yo‘nalishi 1-kurs talabasi.
@shahrizodaa072@gmail.com
https://doi.org/10.5281/zenodo.15294037
Annotatsiya. Mazkur maqolada tanqidiy sotsiologiyaning kelib chiqishi, mohiyati hamda
asosiy tamoyillari yoritilgan. Tanqidiy sotsiologiya ijtimoiy tengsizlik, hukmronlik va
adolatsizliklarni tahlil qilish orqali jamiyatda ijobiy o‘zgarishlarni yuzaga keltirishga intiladi.
Bu yondashuvning nazariy asoslari, amaliy ahamiyati va interdisipliner xarakteri maqolada
tahlil etilgan. Ushbu yondashuv jamiyatni faqat kuzatish va tushunish bilan cheklanmay, balki
uni o‘zgartirishni ham maqsad qiladi.Ushbu maqola orqali tanqidiy sotsiologiyaga kengroq
ta'rif berish haqida.
Kalit so‘zlar: tanqidiy sotsiologiya, tengsizlik, hukmronlik, ijtimoiy adolat,davlat
sotsiologiya, tanqidiy fikrlash.
КРИТИЧЕСКАЯ СОЦИОЛОГИЯ И ЕЕ ОСНОВНЫЕ ПРИНЦИПЫ
Аннотация. В статье рассматриваются истоки, сущность и основные принципы
критической социологии. Критическая социология стремится добиться позитивных
изменений в обществе путем анализа социального неравенства, господства и
несправедливости. В статье анализируются теоретические основы, практическая
значимость и междисциплинарный характер данного подхода. Этот подход направлен не
только на наблюдение и понимание общества, но и на его изменение. В этой статье
дается более широкое определение критической социологии.
Ключевые слова: критическая социология, неравенство, управление, социальная
справедливость, государственная социология, критическое мышление.
CRITICAL SOCIOLOGY AND ITS BASIC PRINCIPLES
Abstract. This article discusses the origins, essence, and basic principles of critical
sociology. Critical sociology seeks to bring about positive change in society by analyzing social
inequality, domination, and injustice. The theoretical foundations, practical significance, and
interdisciplinary nature of this approach are analyzed in the article. This approach aims not
only to observe and understand society, but also to change it. This article is about providing a
broader definition of critical sociology.
Keywords: critical sociology, inequality, governance, social justice, state sociology,
critical thinking.
2011
ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 Issue 4
Tanqidiy sotsiologiya — bu ijtimoiy haqiqatni faqat tasvirlabgina qolmay, balki uni
o‘zgartirishga intiladigan sotsiologiyaning yo‘nalishidir. Bu yondashuv jamiyatdagi kuch
munosabatlari, tengsizlik, zo‘ravonlik, va ijtimoiy adolatsizliklarni fosh qilish va bartaraf etishga
harakat qiladi. Tanqidiy sotsiologiya odatda marksistik, neo-marksistik, feminizm, irqchilikka
qarshi yondashuvlar bilan bog‘liq bo‘ladi
1
.
Tanqidiy fikrlash bu — fikrlashning alohida turi boʻlib, faktlarni tahlil qilish orqali
xulosalar hosil qiladi. Ushbu konsepsiya murakkab va turli xil taʼriflarga ega, jumladan,
ratsionallik, skeptitsizm, xolis tahlil va faktlarni tekshirish. Tanqidiy fikrlash bu — oʻz-oʻzini
boshqaradigan, oʻzini oʻzi tarbiyalaydigan, oʻzini oʻzi nazorat qiladigan va oʻzini oʻzi
toʻgʻirlaydigan fikrlash shaklidir. Uning zaruriy sharti ongni takomillashtirishning qatʼiy
meʼyorlariga rozi boʻlish va ularni hushyorlik bilan qoʻllashdir. Tanqidiy fikrlash samarali
muloqot va muammolarni hal qilish koʻnikmalarini egallashni, shuningdek, tabiatimizga xos
egosentrizm va sotsosentrizmni yengib oʻtishni talab qiladi.
Tanqidiy sotsiologiyaning asosiy tamoyillari:
1. Ijtimoiy tengsizlikka e’tibor: Tanqidiy sotsiologlar jamiyatda mavjud bo‘lgan iqtisodiy,
siyosiy va madaniy tengsizliklarni tahlil qilishadi. Ular kuch va boylik muayyan guruhlar qo‘lida
qanday jamlangani va bu boshqalarning imkoniyatlarini qanday cheklashini ko‘rsatishga harakat
qilishadi.
2. Status-kvoni savol ostiga qo‘yish: Ular mavjud ijtimoiy tuzumni (masalan, kapitalizm,
patriarxiya) tanqid qiladi va uning adolatsizliklariga qarshi turadi.
3. Amaliy yondashuv: Tanqidiy sotsiologiya nafaqat nazariy, balki amaliy yondashuvni
ham qo‘llaydi. Ular jamiyatdagi adolatsizliklarga qarshi faol choralarni ilgari suradilar.
4. O‘zgarishga intilish: Maqsad faqat tahlil emas, balki ijtimoiy o‘zgarishga erishishdir.
Bu yo‘nalishdagi sotsiologlar ijtimoiy adolat, erkinlik va tenglikni ta'minlash tarafdoridir.
5. Mustaqillik va tarafkashlikning qayta talqini: An’anaviy sotsiologiya neytrallikni
targ‘ib qilsa, tanqidiy sotsiologiya esa ilm-fan tarafkash bo‘lishi mumkinligini tan oladi — u
adolatsizlikka qarshi tarafkashlik qiladi
2
.
Tanqidiy sotsiologiya XIX asrda Karl Marksning asarlari asosida shakllangan bo‘lib,
kapitalistik tuzumning adolatsizliklarini fosh qilishga qaratilgan edi. Keyinchalik bu yondashuv
Frankfurt maktabi olimlari (masalan, Teodor Adorno, Maks Xorkhaymer) tomonidan yanada
rivojlantirildi. Ular iqtisodiy kuch, mafkura va madaniyat o‘rtasidagi murakkab bog‘liqlikni
ochib berdi.Tanqidiy sotsiologiya jamiyatni chuqurroq tushunish, uning muammolarini aniqlash
va ularni hal qilish yo‘llarini taklif etishga xizmat qiladi.
1
https://namdu.uz/media/Books/pdf/2024/06/24/NamDU-ARM-7776-Sotsiologiya_tari.
2
https://uz.m.wikipedia.org/wiki/Sotsiologiya
2012
ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 Issue 4
Bu yo‘nalish jamiyatdagi adolatsizliklarni fosh etish orqali ijtimoiy o‘zgarishga zamin
yaratadi. Shu bois tanqidiy sotsiologiya nafaqat ilmiy, balki ijtimoiy-siyosiy ahamiyatga ham
egadir.
Zamonaviy tanqidiy yondashuvlar:
Bugungi kunda tanqidiy sotsiologiya bir nechta zamonaviy yondashuvlar bilan boyitilgan:
Feminizm – jamiyatdagi gender tengsizligi, patriarxal tuzum va ayollar ekspluatatsiyasi
ustida ishlaydi.
Postkolonial nazariya – mustamlakachilik davrining ijtimoiy va madaniy merosini tanqid
qiladi.
Ekotanqidiy yondashuv – ekologik inqiroz va atrof-muhitni himoya qilishni ijtimoiy
adolat bilan bog‘laydi.
Kritik irqshunoslik – irqchilik va etnik kamsitishning ijtimoiy tuzilmalar bilan qanday
aloqasi borligini ochib beradi. Tanqidiy sotsiologiya — nafaqat jamiyatni tushunishga, balki uni
o‘zgartirishga ham intiladigan sotsiologik yondashuv. Tanqidiy sotsiologiya — bu jamiyatni
chuqurroq o‘rganib, undagi kuch tengsizligi, zo‘ravonlik, ustunlik tizimlari, va ijtimoiy
adolatsizlik kabi muammolarni ochib berishga harakat qiladigan sotsiologiya yo‘nalishidir
3
.
Tanqidiy sotsiologiya bu insonlar bir- birlari bilan har doim biror nima ustida
kelisholmay qoladi. Chunki insoniyat har doim biror narsani tanqid ostiga oladi.Shu sababli
kishilar o‘rtasida kelishmovchilik kelib chiqadi.Buning oldini olish uchun hozirgi kunda
sotsiologiya fani juda rivojlanib boryapti. Bu fan jamiyatdagi muammolarni o‘rganadigan fan
hisoblanadi.Bu fan sababli jamiyatdagi muommolar ham kamayib boryapti.Bu fan har qaysi
yo‘nalish ya‘ni jamoatchilik sotsiologiyasi,oila sotsiologiyasi,din sotsiologiyasi shu kabi
sohalarda ham faoliyat olib boradi.Negaki insonlar bir joyga yig‘ilishsa jamoa paydo
bo‘ladi.Shundan so‘ng u yerda kimdir kimni tanqid qila boshlaydi. Shuning uchun ham bu fan
hayotimizda, jamiyatimizda kerakli fan hisoblanadi
4
.
Xulosa qilib shuni aytishimiz joizki, Tanqidiy sotsiologiya — bu jamiyatdagi mavjud
ijtimoiy tuzilmalarni tanqidiy ko‘z bilan tahlil qiladigan va ularni o‘zgartirishga intiladigan
sotsiologik yondashuvdir. Bu yo‘nalish jamiyatdagi kuch tengsizligi, adolatsizlik, zo‘ravonlik va
ustunlik tizimlarini fosh etib, ijtimoiy adolat va tenglikka erishishni maqsad qiladi. Karl Marks
asos solgan bu yondashuv hozirgi kunda ham dolzarb bo‘lib, turli zamonaviy muammolarni
chuqur tahlil qilishda muhim rol o‘ynaydi.
3
G.SH.Jiyanmuratova “Sotsilogiya tarixi” darslik, Toshkent-2020
4
https://www.samdu.uz/upload/content-files/60311000-Sotsiologiya%20Fan%20katalogi
2013
ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 Issue 4
REFERENCES
1.
https://namdu.uz/media/Books/pdf/2024/06/24/NamDU-ARM-7776-Sotsiologiya_tari.
2.
https://uz.m.wikipedia.org/wiki/Sotsiologiya
3.
G.SH.Jiyanmuratova “Sotsilogiya tarixi” darslik, Toshkent-2020
4.
https://www.samdu.uz/upload/content-files/60311000-Sotsiologiya%20Fan%20katalogi
