Authors

  • Shohruzabonu Mirzamahmudova

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.science-research.81689

Keywords:

Bola zo’ravonlik jinsiy zo’ravonlik jismoniy zo’ravonlik kamsitilish qartovsizlik.

Abstract

Ushbu maqolada bolalarga nisbatan sodir etiladigan zo‘ravonlik holatlari, ularning asosiy turlari hamda har bir turining bolalar hayotiga ta’siri yoritiladi. Maqolada jismoniy, ruhiy, jinsiy va iqtisodiy zo‘ravonlik shakllari tahlil qilinib, ularning farzandlarning psixologik va ijtimoiy rivojlanishidagi xavfli oqibatlari ko‘rsatib o‘tiladi. Shuningdek, bolalarga nisbatan zo‘ravonlikning oldini olish va uni bartaraf etish yo‘llari ham muhokama qilinadi. Mazkur mavzuni o‘rganish orqali bolalarning huquqlarini himoya qilish, ularning sog‘lom va xavfsiz muhitda voyaga yetishiga ko‘maklashish muhimligi asoslab beriladi.

background image

2025

APRIL

NEW RENAISSANCE

INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE

VOLUME 2

|

ISSUE 4

475

BOLALARGA NISBATAN ZO’RAVONLIK TURLARI VA UNING AHAMIYATI

Mirzamahmudova Shohruzabonu Mirzohid qizi

FarDU talabasi.

https://doi.org/10.5281/zenodo.15287113

Annotatsiya. Ushbu maqolada bolalarga nisbatan sodir etiladigan zo‘ravonlik holatlari,

ularning asosiy turlari hamda har bir turining bolalar hayotiga ta’siri yoritiladi. Maqolada

jismoniy, ruhiy, jinsiy va iqtisodiy zo‘ravonlik shakllari tahlil qilinib, ularning farzandlarning

psixologik va ijtimoiy rivojlanishidagi xavfli oqibatlari ko‘rsatib o‘tiladi. Shuningdek, bolalarga

nisbatan zo‘ravonlikning oldini olish va uni bartaraf etish yo‘llari ham muhokama qilinadi. Mazkur

mavzuni o‘rganish orqali bolalarning huquqlarini himoya qilish, ularning sog‘lom va xavfsiz

muhitda voyaga yetishiga ko‘maklashish muhimligi asoslab beriladi.

Kalit so’zlar: Bola, zo’ravonlik, jinsiy zo’ravonlik, jismoniy zo’ravonlik, kamsitilish,

qartovsizlik.

Kirish.

Bolalar – jamiyatning eng nozik, e’tiborga muhtoj va himoyaga muhtoj qatlamidir.

Afsuski, zamonaviy jamiyatda ular turli shakldagi zo‘ravonliklarga duch kelmoqda. Bu

holatlar nafaqat jismoniy jarohatlar, balki chuqur psixologik travmalar, o‘ziga ishonchsizlik va

kelajakda salbiy ijtimoiy oqibatlarga olib kelishi mumkin. Bolalarga nisbatan zo‘ravonlik —

ularning huquqlari buzilishi, sha’ni va qadr-qimmatining toptalishi demakdir. Mazkur maqolada

zo‘ravonlikning asosiy turlari — jismoniy, ruhiy, jinsiy va iqtisodiy shakllari tahlil qilinadi hamda

bu holatlarning bolalar hayotiga qanday ta’sir ko‘rsatishi haqida fikr yuritiladi. Shuningdek, bunday

holatlarni aniqlash va oldini olish masalalariga ham alohida e’tibor qaratiladi.

Asosiy qism.

Zo‘ravonlik – bu bolaning hayotiga, sog‘lig‘iga, ruhiy holatiga salbiy ta’sir

ko‘rsatadigan har qanday harakat yoki befarqlikdir. Bolalarga nisbatan zoʻravonlik yoki

shafqatsizlik bu bola yoki bolalar guruhiga ota-ona yoki tarbiyachi tomonidan jismoniy, jinsiy

va/yoki ruhiy zoʻravonlik qilinishi yoki, umuman, beparvolikdir. Bolalarga nisbatan zoʻravonlik

ota-ona yoki tarbiyachining bolaga haqiqiy yoki potensial zarar yetkazishiga olib keladigan har

qanday xatti-harakat yoki harakatsizlikni oʻz ichiga olishi mumkin va bu holat odatda bolaning

uyida yoki bola vaqt oʻtkazadigan tashkilotlar, maktablar yoki jamoalar joylarida sodir boʻladi.

1

Zo'ravonlik, shu jumladan bolalarga nisbatan, ko'plab dinlarda, masalan, Islom, Xristianlik

va Yahudiylikda qoralangan.

1

https://uz.wikipedia.org/wiki/Bolalarga_nisbatan_zo%CA%BBravonlik


background image

2025

APRIL

NEW RENAISSANCE

INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE

VOLUME 2

|

ISSUE 4

476

Bu dinlar mehr-muhabbat, hurmat va yaxshilikni targ'ib qiladi. Islomda bolalar himoya

qilinishi, Xristianlikda esa bolalar bilan do'stona munosabatda bo'lish kerakligi ta'kidlanadi. Barcha

dinlarda zo'ravonlik salbiy hisoblanadi.

Jahon sogʻliqni saqlash tashkiloti bolalarga nisbatan yomon zoʻravonlik holatlarini to’rt

guruhga ajratdi: jismoniy zoʻravonlik; jinsiy zoʻravonlik; hissiy (yoki psixologik) zoʻravonlik; va

eʼtiborsizlik.

1 Bolalarga nisbatan jismoniy zo‘ravonlik - bu bola tana a’zolariga ataylab tan jarohati

yetkazish yoki og‘riq berish orqali amalga oshiriladigan harakatlardir. Bunga quyidagilar kiradi:

Urish, tepish, turtish, kaltaklash yoki boshqa buyumlar bilan urish, qo‘l bilan yoki boshqa usullar

bilan chimchilash, mushtlash, bolani issiq, sovuq, yoki boshqa zararli sharoitlarda qasddan ushlab

turish, tanaga zarar yetkazadigan tarzda jazolash kabilarni o’z ichiga oladi. Bunday zo‘ravonlik

bolada nafaqat jismoniy, balki ruhiy salomatlikka ham jiddiy zarar yetkazadi. Bu bolaning o‘ziga

bo‘lgan ishonchini kamaytiradi, xavotir, qo‘rquv, tushkunlikka olib keladi, va uzoq muddatli

psixologik travmalarga sabab bo‘lishi mumkin.

2. Bolalarga nisbatan jinsiy zo‘ravonlik — bu bolaga roziligi yoki tushunishi bo‘lmagan

holda, jinsiy aloqalar yoki jinsiy harakatlarni amalga oshirishdir. Bunday zo‘ravonlikning quyidagi

shakllari mavjud: Jinsiy aloqada bo‘lish, jinsiy zo‘ravonlikka undash, jinsiy harakatlar bilan tahdid

qilish yoki qo‘rqitish kabilarni o’z ichiga oladi. Bolalarga nisbatan jinsiy zo‘ravonlik nafaqat

jismoniy, balki ruhiy salomatlikka ham jiddiy zarar yetkazadi. Bu bola uchun ruhiy travmalar,

ishonchni yo‘qotish, xavotir, tushkunlik, psixologik muammolar va boshqa salbiy oqibatlarga olib

keladi.

3. Bolalarga nisbatan hissiy yoki psixologik zo‘ravonlik — bu bolaning ruhiy va emotsional

holatiga zarar yetkazuvchi, uning o‘zini past baholashiga, xavotir va stressga olib keladigan

harakatlar yoki muhit. Bu turdagi zo‘ravonlik jismoniy zarardan ko‘ra ko‘proq ko‘rinmas bo‘lishi

mumkin, lekin uning oqibatlari ham shunchalik chuqur va uzoq muddatli bo‘lishi mumkin. Hissiy

zo‘ravonlikning turli shakllari mavjud, ular: Doimiy kamsitish va masxara qilish, ruhiy bosim

o‘tkazish kabilarni o’z ichiga oladi.

4. Eʼtiborsizlik ya’ni bolaning qarovsizligi — ota-onaning yoki bola uchun mas’ul boʻlgan

boshqa shaxsning bolaning sogʻligʻi, xavfsizligi yoki farovonligiga zarar yetkazishi mumkin

boʻlgan darajada oziq-ovqat, kiyim-kechak, turar joy, tibbiy yordam bilan taʼminlamasligi, nazorat


background image

2025

APRIL

NEW RENAISSANCE

INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE

VOLUME 2

|

ISSUE 4

477

qilmasligi. Eʼtiborsizlik, shuningdek, bola bilan bir muhitda turgan odamlarning eʼtiborsizligi va

bolaning omon qolishi uchun tegishli va yetarli chora-tadbirlarni qoʻllamasligidir.

2

Beparvo qoldirilgan bolalar jismoniy va psixosotsial rivojlanishda kechikishlarni boshdan

kechirishi mumkin. Eʼtiborsizlik qurboni boʻlgan bolalar hayotining dastlabki bosqichlarida zarur

boʻlgan bogʻliqlik hissiga toʻyinmaganligi sababli hayotlar davomida ham ishqiy yoki doʻstlik kabi

munosabatlarni shakllantirish va davom ettirishda bir qancha qiyinchiliklarga duch kelishlari

mumkin. Bolalarga nisbatan zo‘ravonlik nafaqat jismoniy va ruhiy zarar yetkazish, balki ularning

kelajakdagi ijtimoiy va psixologik salomatligiga ham uzoq muddatli ta’sir qiladi. Zo‘ravonlik turli

shakllarda mavjud bo‘lib, har biri bolalarning hayotini buzishi va ularni xavf ostiga qo‘yishi

mumkin. Shu sababli, bolalar huquqlarini himoya qilish, zo‘ravonlikni oldini olish va ularning

farovonligini ta'minlash uchun samarali qonuniy, psixologik va ijtimoiy choralar zarur. Jamiyatning

barcha qatlamlari, shu jumladan davlat va oila, bolalar uchun xavfsiz va sog‘lom muhit yaratish

borasida mas'uliyatni o‘z zimmasiga olishlari kerak. Faqat shu tarzda bolalarga nisbatan

zo‘ravonlikni kamaytirish va ularni baxtli kelajakka yo‘naltirish mumkin bo‘ladi.

Xulosa.

Bolalarga nisbatan zo‘ravonlikning turli shakllari, jumladan jismoniy, ruhiy, jinsiy

va e'tiborsizlik, ularning psixologik va fizikal rivojlanishiga uzoq muddatli salbiy ta’sir ko‘rsatadi.

Bu turdagi zo‘ravonlik bolalarning ta'lim olish imkoniyatlarini, ijtimoiy moslashuvini, va

umumiy farovonligini jiddiy tarzda cheklaydi. Shuningdek, bolalar o‘z huquqlarini himoya qilishda

yordam beradigan tizimli va kompleks yondashuvlarga muhtojdir. Jamiyat, oila va davlat tomonidan

amalga oshiriladigan qonuniy chora-tadbirlar, tarbiyaviy va ma’rifiy ishlanmalar bolalarga nisbatan

zo‘ravonlikning oldini olishda katta ahamiyatga ega. Har bir bola xavfsiz va sog‘lom muhitda

o‘sishi uchun ijtimoiy me’yorlar va qadriyatlar yangilanib borishi lozim. Zo‘ravonlikning oldini

olish uchun huquqiy, ma'naviy va pedagogik yondashuvlarning uyg‘unligi bolalar huquqlarini

ta’minlashning asosiy omilidir.

Foydalanilgan adabiyotlar:

1.

L. Kim, D. Isayeva, S.X. Tadjiyeva, D.G. Sobirova – Bolalar va oilalar bilan ijtimoiy ish

amaliyoti kursi boyicha xrestomatiya, Toshkent 2012.

2.

X. Vohidov – Din va jamiyat. Oila mustahkamligi yo`lida, Toshkent Islom Universiteti

nashriyoti 2021.

3.

https://uz.wikipedia.org/wiki/Bolalarga_nisbatan_zo%CA%BBravonlik.

2

L. Kim, D. Isayeva, S.X. Tadjiyeva, D.G. Sobirova – Bolalar va oilalar bilan ijtimoiy ish amaliyoti kursi boyicha

xrestomatiya, Toshkent 2012.