ISSN:
2181-3906
2025
International scientific journal
«MODERN
SCIENCE
АND RESEARCH»
VOLUME 4 / ISSUE 4 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ
1487
TEMIR TANQISLIGI ANEMIYASINI DAVOLASHDA KLINIK-FARMAKOLOGIK
YONDASHUV
Eshankulova Zilola Xaliyorovna
Toshkent tibbiyot akademiyasi Termiz filiali. Termez. Uzbekistan.
https://doi.org/10.5281/zenodo.15287790
Mavzuning
dolzarbligi:
Temir tanqisligi anemiyasi - bu temir tanqisligi tufayli
gemoglobin sintezning buzilishi, eritropoezda susayish va to‘qimalarda trofik o‘zgarishlar
natijasida kelib chiqadigan kliniko-gematologik kasallik. Temir tanqisligi anemiyasi dunyodagi
eng keng tarqalgan kasalliklardan biri bo'lib, TTAning ijtimoiy-iqtisodiy omillar bilan bevosita
bog'liqligi muammoning ko'lamini "epidemik sog'liqni saqlash inqirozi" sifatida baholash
imkonini beradi. Homilador ayollarning 90% dan ortig‘i temir tanqisligi anemiyasidan aziyat
chekadilar.
Tatqiqot maqsadi:
Temir tanqisligi anemiyasidan aziyat chekayotgan homilador
ayollarni davolashda zamonaviy dori vositalari.
Taqtiqot usuli va materiallari:
Klinik tadqiqotlarga ko‘ra homilador ayollarda temir
tanqisligi anemiyasida temir preparatlari qo‘llaniladi; masalan, ferrumlek, ferrotseron, feramid.
Temir, vitamin B12 va foliy kislotasidan iborat kombinatsiyalangan preparat katta
terapevtik ta’sirga ega, uni qabul qilgandan so‘ng, gematologik parametrlarning (gemoglobin,
gematokrit) sezilarli yaxshilanishi, ferritinin miqdorining ko‘payishi bilan 25-50 kundan keyin
klinik ta’sir kuzatiladi. Temir preparatlari bilan davolashda dispeptik kasalliklar, allergik
reaksiyalar va kollaps rivojlanishi ehtimolini hisobga olish kerak.
Tatqiqot natijalari:
Ba'zi tadqiqotchilarning aytishicha, har kuni va haftalik temir
qo'shimchalarini qabul qilish homiladorlikda kamqonlik tarqalishini kamaytiradi deb
hisoblashadi. Ular homiladorlikdan ancha oldin o'smir qizlar va reproduktiv yoshdagi ayollarga
etarlicha e'tibor berish kerakligini va vaqti-vaqti bilan past dozali temir qo'shimchalarini va ba'zi
hollarda zarur mikroelementlar bilan birlashtirilishini taklif qilishdi. Uning samaradorligidan
tashqari, intervalgacha qo'shimchalar shilliq qavatda so'rilishini bloklaydi.
Xulosa:
Homiladorlik davrida anemiyani davolashda parhez muhim rol o'ynaydi, ammo
"temirni o'z ichiga olgan" meva va sabzavotlar (olma, sabzi, anor)ni is’temol qilish kerak.
Shuning uchun dietangiz go'sht va sabzavotlarga boy bo’lishi kerak. Anemiyadagi temir
tanqisligi faqat oziq-ovqat bilan bartaraf etilishi mumkin emasligini esdan chiqarmaslik zarur,
shuning uchun siz shifokor tomonidan tayinlangan dori-darmonlarni qabul qilishingiz kerak.
ISSN:
2181-3906
2025
International scientific journal
«MODERN
SCIENCE
АND RESEARCH»
VOLUME 4 / ISSUE 4 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ
1488
Hozirda bolaga zararli ta'sir ko'rsatmaydigan ko'plab dorilar mavjud. Temir tanqisligi
anemiyasini davolash uchun preparatlar, shuningdek, ushbu moddaning so'rilishini
kuchaytiradigan turli komponentlarni o'z ichiga oladigan: askorbin kislota, suksinat va foliy
kislotalari, fruktoza, sistein.
REFERENCES
1.
Dvoretsky L. I., Zaspa E. A., Litvitskiy P. F., Bolevich S. B., Menshova N. I. Temir
preparatlari bilan davolashda temir tanqisligi kamqonligi bilan og'rigan bemorlarda erkin
radikal jarayonlar // Terapevtik arxiv 2006 yil, 78 (1): p. 52–57.
2.
Маматкулова, Ф. Х., & Ахмедов, Х. И. (2023). Темир танқислиги камқонлигининг
келиб чиқиш сабаблари ва даволашга замонавий ёндошув. Science and Education,
4(1), 195-203.
3.
UZ(Telmisartani)
