Authors

  • M.B. Kalanova
  • G.Z. Yeshmuratova

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.science-research.81718

Keywords:

8-mart ayollar huquqlari gender tengligi tarixiy tahlil ijtimoiy munosabatlar diniy qarashlar bayramning mohiyati 8-martning tijoratlashuvi 8-martning jamiyatdagi o‘rni.

Abstract

Ushbu maqolada 8-mart “Xalqaro xotin-qizlar” kunining kelib chiqishi, ijtimoiy va siyosiy mohiyati, 8-mart bayramining ayollar huquqlari uchun kurashishdagi o‘rni ko’rib chiqilgan. Shu bilan birgalikda, maqolada tarixiy faktlar, diniy qarashlar va madaniy nuqtai nazarlar asosida 8-martning mohiyati tanqidiy yondashuvi, ayollarning huquqlarini himoya qilishning ijtimoiy va siyosiy roli hamda islom olami va boshqa madaniyatlarda 8-martga bo‘lgan munosabat ko‘rib chiqilgan. Zamonaviy sharoitda “8-mart tijoratlashuvi” ilgari surilgan bo’lib, yoshlar va ziyolilar o‘rtasidagi taffovutlari tahlil qilinib, O‘zbekiston sharoitidagi 8-martni qabul qilish o‘rtasidagi farqlar solishtirilib, yangi qarashlar yuzaga kelishi asoslanilgan.

background image

ISSN:

2181-3906

2025

International scientific journal

«MODERN

SCIENCE

АND RESEARCH»

VOLUME 4 / ISSUE 4 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

1495

8-MART TUSHUNCHASINING KELIB CHIQISH TARIXI VA UNING “8-MART

TIJORATLASHUVI” O’RTASIDAGI BOG’LIQLIKLAR

Kalanova M.B.

Samarqand iqtisodiyot va servis instituti “Marketing” kafedrasi dotsent v.b.

Yeshmuratova G.Z.

Samarqand iqtisodiyot va servis instituti Logistika-324 guruh talabasi.

https://doi.org/10.5281/zenodo.15287817

Annotatsiya. Ushbu maqolada 8-mart “Xalqaro xotin-qizlar” kunining kelib chiqishi,

ijtimoiy va siyosiy mohiyati, 8-mart bayramining ayollar huquqlari uchun kurashishdagi o‘rni

ko’rib chiqilgan. Shu bilan birgalikda, maqolada tarixiy faktlar, diniy qarashlar va madaniy

nuqtai nazarlar asosida 8-martning mohiyati tanqidiy yondashuvi, ayollarning huquqlarini

himoya qilishning ijtimoiy va siyosiy roli hamda islom olami va boshqa madaniyatlarda 8-

martga bo‘lgan munosabat ko‘rib chiqilgan. Zamonaviy sharoitda “8-mart tijoratlashuvi” ilgari

surilgan bo’lib, yoshlar va ziyolilar o‘rtasidagi taffovutlari tahlil qilinib, O‘zbekiston

sharoitidagi 8-martni qabul qilish o‘rtasidagi farqlar solishtirilib, yangi qarashlar yuzaga

kelishi asoslanilgan.

Kalit so‘z: 8-mart, ayollar huquqlari, gender tengligi, tarixiy tahlil, ijtimoiy

munosabatlar, diniy qarashlar, bayramning mohiyati, 8-martning tijoratlashuvi, 8-martning

jamiyatdagi o‘rni.

THE HISTORY OF THE ORIGIN OF THE CONCEPT OF MARCH 8 AND ITS

RELATIONSHIPS BETWEEN "COMMERCIALIZATION OF MARCH 8"

Abstract. This article examines the origin, social and political essence of the

"International Women's" Day on March 8, the role of the March 8 holiday in the struggle for

women's rights. At the same time, the article examines the critical approach to the essence of

March 8, based on historical facts, religious views and cultural perspectives, the social and

political role of protecting women's rights, and the attitude to March 8 in the Islamic world and

other cultures. In modern conditions, the "commercialization of March 8" is put forward, the

differences between youth and intellectuals are analyzed, the differences in the perception of

March 8 in the conditions of Uzbekistan are compared, and the emergence of new views is

justified.


background image

ISSN:

2181-3906

2025

International scientific journal

«MODERN

SCIENCE

АND RESEARCH»

VOLUME 4 / ISSUE 4 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

1496

Keywords: March 8, women's rights, gender equality, historical analysis, social

relations, religious views, the essence of the holiday, the commercialization of March 8, the role

of March 8 in society.

ИСТОРИЯ ВОЗНИКНОВЕНИЯ ПОНЯТИЯ 8 МАРТА И СВЯЗИ С

«КОММЕРЦИАЛИЗАЦИЕЙ 8 МАРТА»

Аннотация. В данной статье рассматриваются происхождение, социальная и

политическая сущность «Международного женского» дня 8 марта, роль праздника 8

марта в борьбе за права женщин. В то же время в статье рассматривается

критический подход к сути 8 марта, основанный на исторических фактах, религиозных

взглядах и культурных перспективах, социальная и политическая роль защиты прав

женщин, отношение к 8 марта в исламском мире и других культурах. В современных

условиях выдвигается на первый план «коммерциализация 8 марта», анализируются

различия между молодежью и интеллигенцией, сравниваются различия в восприятии 8

марта в условиях Узбекистана, обосновывается появление новых взглядов.

Ключевые слова: 8 Марта, права женщин, гендерное равенство, исторический

анализ, социальные отношения, религиозные взгляды, суть праздника, коммерциализация

8 Марта, роль 8 Марта в обществе.

Kirish

. 8-mart - “Xalqaro xotin-qizlar kuni” bugungi kunda dunyo miqyosida ayollar

huquqlarini himoya qilish va gender tengligini targ‘ib qilish kuni sifatida e’tirof etiladi. Ammo

bayramning faqat bir kun bilan cheklanishi masalasi turli fikr-mulohazalarni yuzaga keltirmoqda.

Nega ayollar faqat 8-mart sanasida e’zozlanishi kerak? Ushbu savolning paydo bo‘lishiga

tarixiy va ijtimoiy sabablar mavjud.

Ba’zi tadqiqotchilar bu bayramning kelib chiqishini fitna nazariyalari bilan bog‘lashadi.

Jumladan, 8-martning Sovet Ittifoqi davridagi siyosiy konteksti, xususan, O‘rta Osiyo

hududidagi ijtimoiy-madaniy o‘zgarishlar bilan chambarchas aloqador ekani ta’kidlanadi. Aynan

shu davrda bayramning nishonlanishi kommunistik mafkura vositasi sifatida qaralgan bo‘lib, bu

orqali an’anaviy turmush tarzidan voz kechishga va diniy qadriyatlarni chetga surishga

qaratilgan siyosat amalga oshirilgan. Ushbu jarayonda ayollar hijobdan voz kechishga

majburlangan, an’anaviy oilaviy hayot esa keskin o‘zgarishga uchragan. Bunday holatlarning

mavjudligi 8-mart bayrami atrofida turli qarama-qarshi fikrlarning paydo bo‘lishiga sabab

bo‘lgan.


background image

ISSN:

2181-3906

2025

International scientific journal

«MODERN

SCIENCE

АND RESEARCH»

VOLUME 4 / ISSUE 4 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

1497

Bir tomondan, bayram ayollar erkinligini tan olish, ularning jamiyatdagi o‘rnini e’tirof

etish vositasi sifatida baholansa, boshqa tomondan esa uni qadriyatlar inqirozi deb tushunadigan

qarashlar ham mavjud. Mazkur holatni tahlil qilish, ayniqsa bugungi kunda 8-mart bayramining

ijtimoiy, siyosiy va madaniy kontekstdagi ahamiyatini qayta ko‘rib chiqish zarurligini ko‘rsatadi.

Shu sababli, bu sanani qanday nishonlash va qanday anglash masalasi turli nuqtai

nazarlarni hisobga olgan holda yondashishni talab etadi.

8-mart bayrami atrofidagi munozaralar uning asl mohiyati va maqsadiga oid turli

qarashlarning shakllanishiga sabab bo‘lmoqda. Bu jarayonda quyidagi savollar o‘rtaga

tashlanadi: “Xalqaro xotin-qizlar kuni manipulyativ yondashuv mahsuli emasmi?” yoki “Bu sana

ayollar huquqlari yo‘lida olib borilgan haqiqiy kurashning samarasi sifatida belgilanganmi?”

ushbu savollarni ilgari surish, bayramning tarixiy va siyosiy ildizlarini, shuningdek, uning

hozirgi zamonaviy jamiyatdagi o‘rnini aniqlashga xizmat qiladi. Bayramning shakllanishi,

ayniqsa Sovet Ittifoqi davrida yuz bergan ijtimoiy-siyosiy o‘zgarishlar bilan bevosita bog‘liq

bo‘lib, o‘sha davrda ayollarni an’anaviy qadriyatlardan chekinishga undash orqali ideologik

o‘zgarishlar amalga oshirilgan. Biroq bu sana boshqa jihatdan ham ayollar huquqlarini tan olish,

gender tengligini ta’minlash va ularni jamiyatda faol ishtirok etishga da’vat etish kuni sifatida

qaraladi. Shunday ekan, 8-mart bayramining ijtimoiy va siyosiy mazmunini, shuningdek, uni

nishonlashdagi asl maqsadlarni chuqur tahlil qilish dolzarb masalalardan biridir.

Bu bayramning manipulyativ vosita sifatida talqin qilinishi yoki haqiqiy tenglik uchun

kurash mahsuli sifatida baholanishi – bugungi jamiyatda unga bo‘lgan munosabatda sezilarli

tafovutlar yuzaga kelishiga sabab bo‘lmoqda. Shu bilan birga, 8-mart gender tengligi va

ayollarning huquqlarini himoya qilishda qanday rol o‘ynayotganini chuqur o‘rganish muhim

ahamiyat kasb etadi.

Asosiy qism:

Xalqaro xotin-qizlar kunining shakllanishi murakkab tarixiy jarayonlarning

natijasi bo‘lib, uning mazmuni va global miqyosda tan olinishi turli ijtimoiy, siyosiy hamda

iqtisodiy omillar bilan bog‘liq. Mazkur bayram nafaqat ayollarning huquqlarini himoya qilish,

balki jamiyatdagi ijtimoiy o‘zgarishlar va gender tengligi borasidagi kurashlarning bir ko‘rinishi

sifatida ham qaraladi.

Xalqaro xotin-qizlar kunining shakllanishi 1857-yilga, AQShning Nyu-York shahrida

ro‘y bergan tarixiy voqeaga borib taqaladi. Aynan shu yili mato fabrikalarida ishlovchi ayollar

og‘ir mehnat sharoitlari va ish haqidagi tengsizliklarga norozilik bildirib, ommaviy namoyish

uyushtirganlar.


background image

ISSN:

2181-3906

2025

International scientific journal

«MODERN

SCIENCE

АND RESEARCH»

VOLUME 4 / ISSUE 4 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

1498

Ularning asosiy talablari adolatli mehnat sharoitlari, qisqartirilgan ish vaqti hamda

erkaklar bilan teng huquqli mehnat haqi edi. Mazkur norozilik harakati, sanoatlashuv davrida

ayollarning ijtimoiy va iqtisodiy ahvoli og‘irlashib borayotgan bir paytda, ularning o‘z

manfaatlarini himoya qilish yo‘lidagi muhim qadam sifatida tarixga kirdi. Bu voqea, keyinchalik

ayollar harakati tarixida muhim burilish nuqtasiga aylangan bo‘lib, ayollarni birlashishga va o‘z

huquqlari uchun kurashga undagan dastlabki omillardan biri hisoblanadi.

Ayollar huquqlari uchun global miqyosdagi kurashning muhim bosqichlaridan biri 1910-

yilda Kopengagenda bo‘lib o‘tgan Ikkinchi Xalqaro Sotsialistik Ayollar Konferensiyasida qayd

etildi. Mazkur anjumanda Germaniyalik siyosatchi va ayollar huquqlari faoli Klara Tsetkin

tomonidan ilgari surilgan tashabbus asosida 8-martni Xalqaro xotin-qizlar kuni sifatida

nishonlash taklifi bildirildi. Klara Tsetkin o‘zining sotsialistik g‘oyalari va gender tengligi

yo‘lidagi faoliyati orqali zamonaviy ayollar harakati taraqqiyotiga sezilarli hissa qo‘shgan shaxs

sifatida tanilgan. Uning tashabbusi, ayollarni siyosiy va ijtimoiy hayotda erkaklar bilan teng

huquqlarga ega bo‘lishga da’vat etuvchi ramziy sana sifatida 8-martni belgilashga qaratilgan

harakatlar edi.

1975-yilda Birlashgan Millatlar Tashkiloti (BMT) 8-martni Xalqaro xotin-qizlar kuni

sifatida rasman tasdiqladi. Ushbu qaror, global miqyosda ayollar huquqlari va gender tengligini

ilgari surishdagi muhim tashabbus bo‘ldi. Shuningdek, 1975-yil BMT tomonidan “Ayollar yili”

deb e'lon qilindi, bu esa ayollar huquqlari va gender tengligini ta’minlashga qaratilgan xalqaro

harakatlarning boshlanishiga sabab bo‘ldi. BMT tomonidan 8-martni xalqaro miqyosda

nishonlash, ayollarning siyosiy, iqtisodiy va ijtimoiy teng huquqlarga erishish yo‘lida yangi

bosqichni boshlab berdi. Bu, shuningdek, ayollar huquqlarini tan olish va gender tengligini

ta’minlashga qaratilgan global miqyosdagi harakatni kuchaytirdi. Xalqaro xotin-qizlar kuni (8-

mart), nafaqat ayollarning erkinliklari va huquqlarini tan olishda, balki ularning jamiyatdagi

o‘rni va teng huquqliligini ta’minlashda ham muhim ahamiyatga ega hisoblandi.

Mazkur kunning nishonlanishi, ayollarning jamiyatdagi o‘rni, ijtimoiy roli va huquqlari

borasidagi keng miqyosdagi o‘zgarishlarni aks ettiradi. 8-mart, ayollarning siyosiy, iqtisodiy va

ijtimoiy hayotdagi teng huquqliligini ta’minlash uchun kurashni ta’kidlashga qaratilgan. Ayollar

huquqlari, bir tomondan, ularning saylov huquqi, mehnat huquqlari, o‘qish va ishlash

imkoniyatlarini tenglashtirishni o‘z ichiga olsa, boshqa tomondan, ularga nisbatan mavjud

stereotiplarga va genderga asoslangan kamsitishlarga qarshi kurashish hamda ularga erkin

yashash huquqini berish orqali amalga oshiriladi.


background image

ISSN:

2181-3906

2025

International scientific journal

«MODERN

SCIENCE

АND RESEARCH»

VOLUME 4 / ISSUE 4 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

1499

Shu boisdan, 8-martning nishonlanishi, ayollar huquqlarini himoya qilish, ularning teng

huquqliligini qo‘llab-quvvatlashga bo‘lgan global harakatni jonlantirgan va jamiyatdagi

ayollarning o‘rni va roli bo‘yicha o‘zgarishlarga katta ta’sir ko‘rsatdi.

Sovet Ittifoqi va O‘rta Osiyoda 8-mart bayrami nafaqat bayram sifatida , balki ayollarni

an’anaviy ijtimoiy roldan chiqishga undovchi jarayon deb baxolanadi. 8-mart bayrami, ayniqsa,

ayollarni erkin va teng huquqli fuqarolar sifatida ko‘rishga, ularni jamiyatda teng imkoniyatlar

bilan ta’minlashga qaratilgan siyosatlarning amalga oshirilishini boshladi. Shu bilan birga, 8-

martning ijtimoiy ta’siri o‘zining ijobiy va salbiy tomonlariga ega hisoblangan. Bayram, bir

tomondan, ayollar huquqlarining himoya qilinishini va gender tengligi masalasida jamiyatdagi

ongni oshirishni ta’minladi. Boshqa tomondan esa, ba’zi hududlarda an’anaviy qadriyatlarning

iskanjasini va jiddiy qarshiliklarni yuzaga keltirishga sabab bo’ldi. Shu o‘rinda, 8-martning

zamonaviy tushunchasi, ayollarni faqat mehnat resursi sifatida emas, balki jamiyatning har

tomonlama faol ishtirokchilari sifatida ko‘rishga imkon berdi. Bugungi kunda 8-mart asosan,

ayollarni hurmat qilish va ularning jamiyatdagi o‘rni va hissasini tan olish kuni sifatida

nishonlanadi.

Xalqaro xotin-qizlar kuni (8-mart) va uning mohiyati haqida turli xil fikrlar mavjud.

Ba’zi diniy va mafkuraviy qarashlarga ko‘ra, ushbu kun ba'zi jamiyatlarda "G‘arb

g‘oyalarini targ‘ib qiluvchi fitna" sifatida ko‘riladi. 8-mart bayramining kelib chiqishidan

boshlab, uning maqsadi va jamiyatdagi o‘rni haqida ko‘plab qarama-qarshi fikrlar va tanqidiy

yondashuvlar shakllangan. Ushbu bayramning kelib chiqishi va maqsadi haqidagi turli fikrlar,

ba'zi jamiyatlar uchun uni G‘arbda paydo bo‘lgan va G‘arb g‘oyalarini targ‘ib qilishning vositasi

sifatida ko‘rishga olib kelgan. Bu fikrni ilgari surganlar, bayramni ayollarning huquqlarini

ta’minlashdan ko‘ra, G‘arbda yuz bergan ijtimoiy o‘zgarishlar va an’anaviy qadriyatlarni inkor

qilgan harakat sifatida tasvirlaydilar. Ularning nuqtai nazariga ko‘ra, 8-martning nishonlanishi,

ayniqsa, islomiy yoki an’anaviy jamiyatlar uchun "fitna" sifatida qaraladi, chunki bu qadimiy

oila tuzilishini buzish va G‘arbcha gender tengligi qadriyatlarini joriy etishni anglatib, bu

qarashda 8-mart jamiyatdagi an’anaviy va diniy qadriyatlarni o‘zgartirishga qaratilgan, ijtimoiy

tizimni izdan chiqarish xavfini keltirib chiqaradigan bayram sifatida ko‘rildi.

Sovet Ittifoqi davrida 8-martning ideologik maqsadlar uchun ishlatilgani ham bayramga

qarshi tanqidlarning sabablaridan biri bo‘ldi. Sovet Ittifoqi, o‘z kommunistik mafkurasini keng

tarqatish va yangi ijtimoiy tizimni yaratish maqsadida, 8-martni ayollar huquqlarini himoya

qilishdan ko‘ra, ideologik vosita sifatida ishlatdi.


background image

ISSN:

2181-3906

2025

International scientific journal

«MODERN

SCIENCE

АND RESEARCH»

VOLUME 4 / ISSUE 4 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

1500

Bu davrda, 8-mart, kommunizmni targ‘ib qilish va Sovet tizimiga sodiqlikni kuchaytirish

uchun imkoniyat sifatida qaralgan. Sovet hukumati tomonidan ayollarni ishchi kuchi sifatida jalb

qilish, gender tengligi va ayollar huquqlarining amalga oshirilishi faqatgina davlat siyosatiga

mos ravishda amalga oshirilgan. Shuningdek, ayollarga ajratilgan sovg‘alar va ta’tilning

maqsadi, ijtimoiy-siyosiy o‘zgarishlarni qo‘llab-quvvatlash maqsadida edi. Bu esa 8-martni faqat

siyosiy manfaatlar uchun ishlatish bilan bog‘liq hisoblangan.

Bugungi kunda, 8-martning tijoratlashtirilishi bayramning asl maqsadidan chetga

chiqishiga olib kelmoqda. Xalqaro xotin-qizlar kuni nafaqat ayollarni taqdirlash va ularning

huquqlarini himoya qilish uchun belgilangan kun sifatida, balki tijorat maqsadlarida keng

qo‘llanilayotgan bir bayramga aylangan. 8-martning tijoratlashuvi, savdo, reklama, mahsulotlar

va xizmatlar uchun yangi imkoniyatlar yaratmoqda. Shu tariqa, bayramning asliyatiga zarar

etkazilib, uning asl maqsadidan chetga chiqishi kuzatilmoqda. Ayollarni e’zozlash va hurmat

qilish o‘rniga, 8-mart ko‘pincha tijorat mahsulotlarini sotish, reklama qilish va brendlar uchun

marketing strategiyalarini amalga oshirishga aylanib ketadi. Natijada, bayram tijorat vositasiga

aylangan va uning ma'no-mohiyati kamayib bormoqda.

O‘zbekiston va boshqa musulmon jamiyatlarida 8-martning qabul qilinishi va

nishonlanishi o‘ziga xos tarixiy va madaniy xususiyatlarga ega. Xalqaro xotin-qizlar kuni, Sovet

Ittifoqi ta’sirida bo‘lgan O‘zbekiston kabi respublikalarda keng tarqalgan bo‘lsa-da, musulmon

jamiyatlarida, jumladan, O‘zbekistonda, bu bayramning qabul qilinishi ko‘proq madaniy va

siyosiy omillarga bog‘liq. Mustaqillikdan keyin, O‘zbekistonda 8-martning nishonlanishi yana

ijtimoiy va iqtisodiy tizimga ta’sir ko‘rsatdi, bu bayramni bir tomonlama nishonlashda diniy va

madaniy o‘ziga xosliklar ham ahamiyat kasb etadi. Shu bilan birga, musulmon jamiyatlarida

8-martning nishonlanishiga bo‘lgan qarashlar bir xil emas. Ba’zi mamlakatlarda, masalan,

Saudiya Arabistonida yoki Eronning ba'zi qismlarida, 8-mart bayrami rasmiy ravishda tan

olinmaydi, chunki bu bayram G‘arb g‘oyalarining tarqalishiga olib keladigan vosita sifatida

qaraladi. Biroq, boshqa musulmon jamiyatlarida, masalan, O‘zbekistonda, 8-martning

nishonlanishi odatdagidek davom etmoqda va bu kunning jamiyatdagi ayollar uchun ahamiyati

muhim hisoblanadi.

O‘zbekistonda ayollarni hurmat qilish va ularga e'tibor qaratish, hamda ijtimoiy va

siyosiy ongni oshirishda katta rol uynaydi. Islomiy yondashuvda ayollarga hurmat ko‘rsatish,

ularning huquqlarini tan olish va ijtimoiy hayotda faol ishtirok etishga undash diniy amallarga

asoslangan qadriyatlar bilan bog‘liqdir.


background image

ISSN:

2181-3906

2025

International scientific journal

«MODERN

SCIENCE

АND RESEARCH»

VOLUME 4 / ISSUE 4 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

1501

Qur'on va hadislar ayollarning jamiyatdagi o‘rni va roli haqida aniq tushunchalar taqdim

etadi. Islomda ayollarga hurmat ko‘rsatish, ularning huquqlarini himoya qilish va jamiyatdagi

rollarini tenglashtirish juda muhim qadriyat sifatida qaraladi. Shu nuqtai nazardan, ba'zi

musulmon mamlakatlarida 8-martni nishonlash, islomiy qadriyatlarga mos kelmasligi sababli,

alternativ bayramlar tashkil etilishi mumkin. Masalan, musulmon mamlakatlarida ayollarga

hurmat ko‘rsatish uchun "Xadicha" (r.a.) yoki "Fotima" (r.a.) kabi islomiy qadriyatlarni o‘zida

aks ettirgan bayramlar nishonlanishi mumkin. Xadicha (r.a.) va Fotima (r.a.) musulmonlarning

eng yuksak ayol rahbarlari bo‘lib, ularga hurmat ko‘rsatish, musulmon jamiyatlarida ayollarga

bo‘lgan yuksak hurmatning ramzi sifatida qabul qilinadi. Bu bayramlar, islomiy qadriyatlar va

an'analarga mos ravishda ayollarga hurmat ko‘rsatishni ta’minlaydi. Ba'zi musulmon

mamlakatlarida, 8-martni to‘g‘ridan-to‘g‘ri nishonlashning o‘rniga, bu kabi an'anaviy yoki diniy

asosga ega bo‘lgan bayramlarni nishonlash ko‘proq afzal ko‘riladi. O‘zbekiston mustaqillikka

erishgandan keyin, islomiy va milliy qadriyatlarni saqlab qolish bilan birga, ayollarga hurmat

ko‘rsatish maqsadida "Ona va bola" kabi yillarga nom berilishi va bayramlar tashkil etilishi

kuzatildi. Bu kabi bayramlar, 8-martni to‘liq o‘zgartirish emas, balki ayollarning jamiyatdagi

rolini tan olish va o‘zgarishlarni aks ettirishning bir shakli sifatida qabul qilinadi. "Ona va bola"

kuni, ayniqsa, ayollarning jamiyatdagi yuksak o‘rni va oilaviy qadriyatlarni hurmat qilish

hisoblanadi.

8-martning ijobiy jihatlaridan biri shundaki, ushbu sana ayollarning jamiyatdagi o‘rnini

tan olish, ularning mehnatini e’tirof etish hamda hurmat va rag‘bat ifodasi sifatida qadrlash

imkonini beruvchi muhim ijtimoiy maydonni shakllantirdi. O‘zbekiston misolida qaralganda,

ushbu kun ayollarni ijtimoiy, siyosiy, iqtisodiy va madaniy sohalarda qo‘llab-quvvatlashga

xizmat qilmoqda. So‘nggi yillarda davlat tomonidan xotin-qizlarning huquq va erkinliklarini

ta’minlash yo‘lida bir qator muhim huquqiy-huquqiy hujjatlar qabul qilindi. Jumladan, 2019-

yilda qabul qilingan “Gender tengligi to‘g‘risida”gi Qonun – ayollar va erkaklar o‘rtasida teng

huquqiy imkoniyatlarni kafolatlaydigan asosiy normativ hujjat sifatida e’tirof etiladi.

Bugungi kunda Oliy Majlisda ayollar ulushi ortib bormoqda, mehnat bandligi, ta’lim,

sog‘liqni saqlash va tadbirkorlik kabi yo‘nalishlarda ular uchun alohida sharoit va imkoniyatlar

yaratilmoqda.

Xususan, har yili 8-mart arafasida iqtidorli, tashabbuskor va faol qizlarni Zulfiya

nomidagi Davlat mukofoti bilan taqdirlash an’anasi yosh avlod uchun ibrat bo‘la oladigan ideal

ayollar obrazini shakllantirishda muhim rol o‘ynamoqda.


background image

ISSN:

2181-3906

2025

International scientific journal

«MODERN

SCIENCE

АND RESEARCH»

VOLUME 4 / ISSUE 4 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

1502

Mukofot sohibalari orasida ilm-fan, san’at, sport, texnologiya va ijtimoiy faoliyat

sohalarida yutuqlarga erishgan yoshlar mavjudligi ushbu tashabbusning dolzarbligini ko‘rsatadi.

Masalan, raqqosa Malika Sobirova, pedagog va olima Feruza Qosimova, tadbirkor Zuhra

Bazarova hamda qishloq joylarda ayollar bandligini oshirish yo‘lida faoliyat olib borayotgan

ko‘plab xotin-qizlar bu borada yorqin misol bo‘la oladi.

8-martning salbiy jihatlaridan biri, ayniqsa, so‘nggi yillarda ayollar tomonidan ijtimoiy

tarmoqlarda – xususan, Instagram kabi platformalarda shakllanayotgan yangi "trendlar" va

"xalqaro bayram" atrofidagi yangicha qarashlarning keng tarqalishi bilan bog‘liq. Ushbu

tendensiyalar bayramning asl mohiyatidan chetlashishiga olib kelmoqda. Jumladan, ba’zi

holatlarda ayollar tomonidan qimmatbaho sovg‘alar talab qilinishi yoki ularga nisbatan yuqori

darajadagi moddiy kutishlar shakllanishi kuzatilmoqda. Bunday holatlar erkaklarda psixologik

bosim, moliyaviy noqulaylik va majburiyat hissini zo’riqtirmoqda.

Ijtimoiy tarmoqlarda ayollar o‘zlariga qimmat sovg‘alar, xorijiy sayohatlar, hashamatli

tadbirlar yoki yuqori sifatli materiallar taqdim etilishini namoyish qilmoqda. Bu kabi

ko‘rinishlar, o‘z navbatida, jamiyatda raqobat ruhini kuchaytiradi va ayrim ayollarda o‘zini

boshqalar bilan solishtirish, o‘ziga bo‘lgan ishonchning pasayishi, shuningdek, psixologik bosim

kabi salbiy holatlarni yuzaga kelishiga sabab bo’lmoqda.

Ayrim ayollar ijtimoiy tarmoqlardagi "ideal bayram" tasvirlarini hayotda takrorlashga

intilib, iqtisodiy va ruhiy jihatdan o‘zlarini ortiqcha bosim ostiga qo‘yishadi. Shu bilan birga,

ba’zi hollarda tashkil etilayotgan "bayram tadbirlari" axloqiy va an’anaviy qadriyatlarga zid

bo‘lishi mumkin. Bayramning faqatgina sovg‘alar, ko‘ngilochar dasturlar yoki tijorat

maqsadlarida nishonlanishi uning asl ijtimoiy va ma’naviy mohiyatidan uzoqlashuvga olib

keladi. Shuningdek, 8-mart bayramining tijoratlashuvi va ijtimoiy tarmoqlardagi iste’molchi

trendlar orqali ifodalanishi, uni shaxsiy manfaatlar yo‘lida vosita sifatida ishlatilishiga zamin

yaratmoqda. Bu holat erkaklar va ayollar o‘rtasida munosabatlarda noqulayliklarga sabab

bo‘lishi, shuningdek, jamiyatda gender tengligining noto‘g‘ri talqin qilinishiga olib kelishi

mumkin. Ayollar tomonidan shakllantirilgan ideallashtirilgan bayram obrazlari, ularning hayotiy

qadriyatlariga zid bo‘lishi hamda real imkoniyatlarga to‘g‘ri kelmasligi sababli, salbiy ijtimoiy

va psixologik oqibatlarni yuzaga keltiradi.

Olib borilgan tahlillar natijasida, 8-mart – Xalqaro xotin-qizlar kunining mohiyati

murakkab va ko‘p qirrali ijtimoiy hodisa sifatida yaqqol namoyon bo‘lidi.


background image

ISSN:

2181-3906

2025

International scientific journal

«MODERN

SCIENCE

АND RESEARCH»

VOLUME 4 / ISSUE 4 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

1503

Tarixiy kontekstdan kelib chiqqan holda, bu sana ayollar huquqlari, gender tengligi va

ijtimoiy adolatni ilgari surishga qaratilgan muhim tashabbus sifatida baholanishi lozim. Dastlab,

8-mart ayollarning mehnat va siyosiy huquqlarini himoya qilish maqsadida tashkil etilgan bo‘lsa-

da, vaqt o‘tishi bilan u turli madaniy, siyosiy va iqtisodiy omillar ta’sirida shakllangan. Bugungi

kunda bayramning tijoratlashuvi, ijtimoiy tarmoqlarda materialistik qadriyatlarning targ‘ib

qilinishi, uning asl maqsadidan chetlashish xavfini keltirib chiqarmoqda. Ayrim hollarda

qimmatbaho sovg‘alarga yo‘naltirilgan kutishlar jamiyatda psixologik bosimlar va ijtimoiy

tengsizlik hissiyotlarini kuchaytirish zaminini yaratmoqda. Shunga qaramay, 8-martning ayollar

huquqlarini himoya qilish, ularning jamiyatdagi faolligini oshirish va gender tengligini ilgari

surishdagi tarixiy roli inkor etib bo‘lmaydi. Bayramni nishonlash faqatgina rasmiy va ramziy

tadbirlar

doirasidagina

emas,

balki

ayollarning

real

ijtimoiy-siyosiy

huquqlarini

mustahkamlashga xizmat qiluvchi amaliy tashabbuslar bilan boyitilishi zarur.

Xulosa va takliflar:

Xulosa qilib aytganda, 8-martning tarixiy va ijtimoiy ahamiyatini

to‘liq rad etish uchun asos sifatida ko‘rish ilmiy jihatdan noto‘g‘ri bo‘ladi. Bayramning asl

vazifasi – ayollarning huquqlarini targ‘ib qilish, gender tengligini ilgari surish va jamiyatdagi

ijtimoiy adolatni ta’minlashdir. Shu sababli, 8-mart bayrami ijtimoiy taraqqiyot kontekstida tahlil

qilinishi zarur. 8-martni faqat sovg‘alar va tantanalar bilan cheklab qo‘ymasdan, bu kunni

ayollarning huquqlari, jamiyatdagi o‘rni va gender tengligi borasida jamoatchilik ongini

shakllantirishga xizmat qiladigan platformaga aylantirish muhimdir. Ijtimoiy tarmoqlarda va

ommaviy axborot vositalarida qadriyatlarni sog‘lom yondashuv asosida shakllantirish, ayniqsa,

yosh avlod uchun dolzarb ahamiyat kasb etadi.

8-martning nishonlanishi mavjud diniy va madaniy qadriyatlar bilan uyg‘un tarzda olib

borilishi lozim. Bu bayramni islomiy qadriyatlar bilan ziddiyatga keltirmasdan, ayollarga

bo‘lgan hurmat, e’tibor va ularning jamiyatdagi faol rolini tan olishga qaratilgan tadbirlar bilan

nishonlash eng to‘g‘ri yondashuvdir. Aynan shu uyg‘unlik orqali, 8-mart jamiyat taraqqiyotida

ijobiy o‘zgarishlarga xizmat qiluvchi kuchli ijtimoiy hodisaga aylanishi mumkin.

REFERENCES

1.

Tsetkin, K.

(1910).

Xalqaro ayollar kuni va uning tarixi

. Berlin: Sozialistische Frauen-

Zeitung.

2.

Codina, P. L.

(2002).

Sovet davrida ayollar huquqlari va 8-mart

. Journal of Soviet

Studies, 15(2), 45–67.


background image

ISSN:

2181-3906

2025

International scientific journal

«MODERN

SCIENCE

АND RESEARCH»

VOLUME 4 / ISSUE 4 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

1504

3.

Gray, A.

(2015).

Gender va siyosat: Xalqaro xotin-qizlar kuni va uning siyosiy

maqsadlari

. Gender Studies Review, 22(3), 112–130.

4.

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi.

(2018).

Ayollarni himoya qilishga oid

qonunlar va siyosat

. Toshkent: O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi.

5.

Udalova, Y.

(2004).

Sovet Ittifoqida ayollar va kommunizm

. Moscow: Nauka.

6.

Heidemann, A. H. B.

(2003).

Ayollarning ijtimoiy kurashi va 8-mart

. Feminist Theory,

5(1), 89–105.

7.

UN Women.

(2018).

8 Mart – Xalqaro Xotin-Qizlar Kuni Tarixi va Muhim Bosqichlar

.

Retrieved from

www.unwomen.org

.

8.

The History of Women's Day.

(2016).

1857 Nyu-York Ishchi Ayollari Namoyishi

.

Women’s History Journal, 12(4), 67–80.

9.

UN Women.

(2018).

Xalqaro xotin-qizlar kuni va gender tengligi: Tarix va zamonaviy

talqin

. New York: United Nations.

10.

Berman, J. D. P.

(2012).

Ayollar huquqlari va jamiyatdagi roli

. Journal of Women's

Studies, 17(2), 200–215.

11.

Johnson, J. W.

(2005).

Ayollarning siyosiy va iqtisodiy huquqlari: Xalqaro Xotin-Qizlar

Kuni va uning ta’siri

. International Journal of Politics and Gender, 11(1), 55–70.

12.

Markova, V.

(1998).

Sovet Ittifoqida 8-mart: Ideologik jihatlar va ijtimoiy natijalar

.

Moscow: Akademiya Press.

13.

Makkal, T.

(2007).

G‘arb g‘oyalarining tarqalishi: 8-martning diniy va mafkuraviy

tanqidi

. Journal of Religious and Cultural Studies, 8(2), 129–143.

14.

UN Women.

(2015).

Xalqaro xotin-qizlar kuni va tijoratlashgan jamiyat

. New York:

United Nations.

15.

Volokhova, E.

(2012).

Sovet Ittifoqi va ayollar: Bayramni siyosat vositasi sifatida

ishlatish

. Soviet Political Studies, 22(4), 235–250.

16.

Korkhova, L.

(2003).

8-mart va gender tengligi: Sovet davri va zamonaviy

tushunchalar

. Gender and Society Journal, 19(1), 76–92.

17.

Umarov, M.

(2017).

O‘zbekistonning ayollar huquqlari va 8-mart bayrami

. Journal of

Central Asian Studies, 5(3), 33–47.

18.

Al-Ma’ruf, R.

(2015).

Islomda ayollarga hurmat: Qur’on va hadislar

. Journal of Islamic

Studies, 28(2), 101–115.


background image

ISSN:

2181-3906

2025

International scientific journal

«MODERN

SCIENCE

АND RESEARCH»

VOLUME 4 / ISSUE 4 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

1505

19.

Rahmonov, S. D.

(2020).

Xalqaro xotin-qizlar kuni va musulmon jamiyatlaridagi

munosabatlar

. Islamic Sociology Review, 12(1), 59–72.

20.

Iskanderov, Y.

(2016).

Islomiy qadriyatlar va ayollarga hurmat: O‘zbekistonda 8-

martning tarixi

. Islamic Thought and Culture, 13(4), 145–160.

21.

Yuldashev, N. T.

(2018).

Mustaqillikdan keyin O‘zbekistonda ayollarni hurmat qilish

tizimi

. Uzbekistan Social Studies, 9(1), 50–65.

22.

Marks, K., & Engels, F.

(2010).

Ayollar va ijtimoiy o‘zgarishlar: Gender tengligi

nazariyasi

. London: Verso.

23.

G’ulomova, D.

(2019).

Xalqaro xotin-qizlar kuni: Tarix va tahlil

. Journal of Gender

History, 10(2), 33–49.

24.

Soliyev, M.

(2022).

Fitna nazariyasi va ijtimoiy omillar

. Journal of Social Theory, 15(3),

102–117.

25.

Mirzoev, B.

(2020).

8-mart va jahon tarixidagi ayollarning roli

. Global History Review,

18(1), 55–70.

26.

Savin, I.

(2021).

Tijoratlashtirilgan 8-mart: Bayrammi yoki biznes?

Journal of

Economics and Culture, 24(3), 140–155.