“YANGI O‘ZBEKISTONDA ZAMONAVIY PSIXOLOGIYA VA PEDAGOGIKAGA DOIR
MUAMMOLARNI TADQIQ ETISHNING TRANSFORMATSION IMKONIYATLARI”
Xalqaro ilmiy - amaliy konferensiyasi, 2025-yil 24-aprel
28
ZAHIRIDDIN MUHAMMAD
BOBUR NASRIDA NAZMNING O‘RNI
Tozagul Dusanova
Toshkent TMCI dotsenti, f. f. f. d.(PhD),
, (+99897) 367-45-22)
https://doi.org/10.5281/zenodo.15267945
Annotatsiya. Maqolada Zahiriddin Muhammad Boburning “Boburnoma” asaridagi
she’rlarning yozilish tarixi, nasriy matnlar ichida kelgan she’riy parchalarga munosabat
bildirilgan. “Boburnoma”dagi nasriy va nazmiy matnlar uyg‘unligiga e’tibor qaratilgan.
Kalit so‘z va iboralar: Zahiriddin Muhammad Bobur, “Boburnoma”, nasr va nazm,
she’r, ruboiy, g‘azal, bayt, memuar.
Аннотация. В статье описывается история написания стихотворений в
произведении “Бобурнома” Захириддина Мухаммада Бабура, а также реакция на
поэтические отрывки в прозаических текстах. Внимание акцентируется на гармонии
прозаического и поэтического текстов в “Бобурнома”.
Ключевые слова и фразы: Захириддин Мухаммад Бабур, “Бобурнома”, проза и
поэзия, стихотворение, рубаи, газель, байт, мемуары.
Abstract. The article describes the history of the writing of poems in the work
“Boburnoma” by Zahiriddin Muhammad Babur, as well as the reaction to poetic passages in
prose texts. Attention is focused on the harmony of prose and poetic texts in “Boburnoma”.
Key words and phrases: Zahiriddin Muhammad Babur, “Boburnoma”, prose and poetry,
poem, rubai, gazelle, bayt, memoirs.
Dunyo tamadduni va adabiyotiga beqiyos hissa qo‘shgan benazir siymo
Zahiriddin Muhammad Bobur davlat arbobi, shoir va nosir, sinchkov adabiyotshunos olim. U
Jahon adabiyotining nodir namunasi “Boburnoma” asari bilan o‘zbek nasri rivojiga katta ulush
qo‘shdi. Bu betakror asardagi nasriy matnlar mumtoz sharq darg‘alarining durdonalariga
monand nazmiy parchalar bilan ziynatlangan. Turkiy adabiyotda adabiy-tarixiy asarlarda nasr va
nazm uyg‘unligi an’analari Alisher Navoiyning “Tarixi anbiyo va hukamo”, “Tarixi muluki
Ajam”, “Vaqfiya”; Zahiriddin Muhammad Boburning “Boburnoma”, Abulg‘ozi Bahodirxonning
“Shajarayi turk”, “Shajarayi tarokima”; Ogahiyning “Shohid ul-iqbol” asarlarida ancha
takomillashdi.
“XV asrga oid nasriy asarlarda she’riy parchalar keltirish o‘ziga xos uslub va an’ana
sifatida davom etgan…tarixiy, tarixiy-sarguzasht, manoqib va boshqa risolalarni emas, balki
barcha nasriy asarlarni she’riy parchalar bilan bezash, nasrning mantiq kuchi, estetik qudrati
kamlik qilganda nazm “yordam”ga kelgan hollar ko‘p uchraydi. She’riy parchalar nasrga
ko‘pincha ko‘makdosh vazifasini bajargan. Ehtimol, shu jihat bu an’ananing asosini ham tashkil
etgan. Biroq adiblar she’riy parchalarni ishlatganda nasr va nazmdagi mantiq yaxlitligini
saqlashga mas’uliyat bilan yondashganlar, keltirilgan har bir she’riy parcha imkon boricha nasr
bilan uyg‘unlikda qo‘llanib, fikr rivojiga hissa qo‘shishga qaratilgan. Aslida, nasrda nazm
ishlatilishi faqat forsiy va turkiy adabiyotga emas, umuman, Sharq adabiyotiga xos an’ana
bo‘lgan” [3,345].
“YANGI O‘ZBEKISTONDA ZAMONAVIY PSIXOLOGIYA VA PEDAGOGIKAGA DOIR
MUAMMOLARNI TADQIQ ETISHNING TRANSFORMATSION IMKONIYATLARI”
Xalqaro ilmiy - amaliy konferensiyasi, 2025-yil 24-aprel
29
Ma’lumki, tarixiy voqelik va memuar asarlar ifodasida tasviriylik, obrazlilik va
hikoyanavislik asosiy o‘rin tutadi. Boburning “Boburnoma”sida voqea-hodisalar va shaxs
kechinmalarining bayonida nazmiy ifodalarning berilishi asarning hayotiyligi, badiiyati va
ta’sirchanligini yanada oshirishga xizmat qilgan. “Boburnoma”dagi nasriy matnlar tarkibida
kelgan she’riy parchalar poetikasi o‘ziga xosligi bilan ajralib turadi, ya’ni ularning ko‘pi hasbi
hol ruhida yozilgan bo‘lib, ma’rifiy va tarbiyaviy ahamiyatga ega.
Yoshligidan hayoti qiyinchiliklar bilan boshlangan Bobur og‘ir damlarda tog‘asi Sulton
Mahmudxon huzuriga borganda o‘z holati va ruhiyatini ifodalovchi quyidagi ruboiyni
aytganligini shunday bayon etadi: “Bizga qurbon iydi Shohruxiyada bo‘ldi. Betavaqquf o‘tub,
xon qoshig‘a, Toshkandga bordim. Bu ruboiyni aytib edim, ma’mul qofiyasida taraddudim bor
edi, ul mahalda she’r mustalaqotig‘a muncha tatabbu’ qilmaydur edim, xon xushtab’ kishi edi,
she’r aytur edi, agarchi sar-u somonliq g‘azali kamroq edi, bu ruboiyni xong‘a o‘tkarib,
taraddudimni arz qildim. Ko‘ngul ting‘udek shofiy javob topmadim. G‘olibo she’r
mustalahotig‘a kamroq tatabbu’ qilg‘ondurlar. Ruboiy budur:
Yod etmas emish kishini mehnatta kishi,
Shod etmas emish ko‘ngulni g‘urbatta kishi.
Ko‘nglum bu g‘aribliqta shod o‘lmadi hech,
G‘urbatta sevunmas emish, albatta, kishi.
So‘ngra ma’lum bo‘ldikim, turki lafzida mahal iqtizosi bila to( ط )va dol(د )yana g‘ayn( غ
) va qof( ق )va kof( ك ) bir-birlari bila mubaddal bo‘lurlar emish” [1,164].
Ma’lumki, ruboiy Sharq she’riyatida keng tarqalgan she’r turlaridan biridir, u ikki
baytdan iborat bo‘lib, a-a-b-a, a-a-a-a tarzida qofiyalanadi va ularda shoirning hayot haqidagi
teran mushohadalari, ichki kechinmalari, ibratli xulosalari ifodalanadi. Yuqoridagi ruboiy hasbi
hol xususiyatiga ega bo‘lib, unda muallifning shaxsiy kechinmalari bilan bog‘liq holat qalamga
olingan. Tazod, tanosib va qaytarish san’atlari mohirona qo‘llangan.
Ruboiyda “mehnatta”, “g‘urbatta”, “albatta” so‘zlari o‘zaro qofiyadosh bo‘lib, “t”
undoshi raviy bo‘lib kelgan, raviydan keyingi qo‘shimchalar ham o‘zaro ohangdosh bo‘lganligi
uchun mutlaq qofiya hisoblanadi. Ruboiyda “kishi” so‘zi radif bo‘lib kelganligi sababli
muraddaf qofiyadir. Shuningdek, birinchi misradagi “Yod etmas emish”, “kishini”, “mehnatta”,
ikkinchi misradagi “Shod etmas emish”, “ko‘ngulni”, “g‘urbatta” so‘zlari yonma-yon kelib
misralar aro qofiyadoshlik zulqavofi’ va tarsi’ san’atini yuzaga keltirgan.
Asarda keltirilgan she’riy matnlarning aksariyati Bobur qalamiga mansub bo‘lib, muallif
devonlaridan ham o‘rin olgan, ba’zilari esa faqat “Boburnoma”dagina uchraydi. “Boburnoma”
mutolaasi davomida bu mumtoz shaxsning shoir sifatida shakllanishi va ilk she’rlarining
yozilish jarayonini kuzatamiz: “Shayboqxon Samarqandni olg‘onda, Mullo Binoiyni mulozim
qilib edi. Shayboqxon bila edi. Samarqand fathidin necha kundin so‘ngra Samarqandg‘a keldi.
Qosimbek andin badgumon bo‘lub, Shahrsabz sari ruxsat berdi. Necha kundin so‘ng chun
fazilatliq kishi edi, gunohe sodir bo‘lmaydur edi, Samarqandg‘a kelturduk. Doim qasida va
g‘azal o‘tkarur edi. Navoda bir amal mening otimg‘a bog‘lab o‘tkardi. O‘shul asnoda bir ruboiy
aytib o‘tkardi:
Ruboiy:
Ne g‘alla maro k-az o‘ tavonam no‘shid,
“YANGI O‘ZBEKISTONDA ZAMONAVIY PSIXOLOGIYA VA PEDAGOGIKAGA DOIR
MUAMMOLARNI TADQIQ ETISHNING TRANSFORMATSION IMKONIYATLARI”
Xalqaro ilmiy - amaliy konferensiyasi, 2025-yil 24-aprel
30
Ne muhmali g‘alla to tavonam po‘shid.
Onro ki na xo‘rdan astu ne po‘shidan,
Dar ilm-u hunar kujo tavonad ko‘shid.
Ul fursatlarda birar, ikkirar bayt aytur edim. Vale g‘azal tugatmaydur edim. Birgina turki
ruboiy aytib yibordim.
Ruboiy:
Ishlar bori ko‘ngulungdag‘idek bo‘lg‘usidur,
In’om-u vazifa bori buyrulg‘usidur.
Ul g‘alla-u muhmalki deb erding, berdim,
Muhmalg‘a bo‘yu g‘alladin uy to‘lg‘usidur” [1,142-143].
Kuzatishimizcha, Bobur Mulla Binoiyning fors tilida aytgan ruboiysiga turkiy tilda javob
qaytaradi va bu ruboiy Boburmirzoning dastlab yaratilgan ruboiysidir. Aynan 1500-1501-yil
voqealari bayonida mazkur ruboiy yozilish tafsilotlaridan sal oldinroq saxovati va karami bilan
taniqli va mashhur bo‘lgan Xisravshoh haqida to‘xtalib, quyidagi ma’lumotlar keltiriladi: “Yana
Boqi tarxong‘a va o‘zga beklarga asru ko‘p insoniyat va baxshishlar ko‘rsatti. Ikki navbat aning
viloyatidin uburumiz voqe bo‘ldi. Bizning abnoyi jinsimiz demayki, adno navkarimizga qilg‘on
insoniyatni bizga qilmadi, balki navkarimizcha bizni ko‘zga ilmadi.
Bayt:
Kim ko‘rubtur, ey ko‘ngul, ahli jahondin yaxshiliq?
Kimki ondin yaxshi yo‘q, ko‘z tutma ondin yaxshiliq”[1,135].
Ko‘rinadiki, “Yaxshiliq” radifli g‘azalining ilk matla’si bayt holida Boburning iztirobli
kechinmalari mahsuli o‘laroq yaratilgan va so‘ngroq mashhur g‘azalning yaratilishiga asos
bo‘lgan. Mazkur g‘azal matla’sidan ham Boburning badiiy mahorati - yurak tug‘yonlarini nido,
ishtiqoq, takrir san’atlari orqali naqadar ta’sirchan va dardli aks ettirganligini kuzatamiz.
Baytda
yaxshiliq
,
ondin
so‘zlari takror qo‘llanib, mazkur so‘zlarning ma’nosini,
mohiyatini ta’kidlab ko‘rsatishga,
kim
,
kimk
i,
yaxshi
,
yaxshiliq
so‘zlari o‘zakdosh bo‘lib
ishtiqoq san’atini,
ey ko‘ngul
murojaat birligi nido san’atini yuzaga keltirgan.
“Boburnoma”da keltirilgan ma’lumotlarga ko‘ra, Boburning ilk tugatilgan g‘azali
“topmadim” radifli g‘azaldir. “Tonglasig‘a Som-siyrak navohisini charga solib ovladilar. Kelib
Turok chorbog‘ig‘a tushuldi. Ul g‘azalekim, tugattim, ushbu kun ushbu yurtta tugattim. Ul
tugangan g‘azal budur:
Jonimdin
o‘zga yori vafodor topmadim,
Ko‘nglimdin o‘zga mahrami asror topmadim.
Bu g
‘
azal yetti bayt turur. Mundin so
‘
ng har g
‘
azalkim tugandi, ushul tartib bila-o‘q
bitildi” [1,166].
Biz Hazrati Bobur dunyosi botiniga nazar solish uchun, avvalo, uning she’riyatiga
murojaat etishimiz lozim. Ularda go‘yo “Boburnoma”da muallifning aytolmagan armonlari,
nidosi, dunyosi, toj-u taxti bor-u, biroq toleyi kulmagan, hayot talotumlaridan horigan inson,
shoir va shohning ichki olami aks etganligini ko‘ramiz:
Ne toledur mangakim, axtari baxtim topilmaydur,
Falak avroqini har nechakim daftardin axtardim.
Ulusning ta’n-u ta’rifi manga, Bobur, barobardur,
“YANGI O‘ZBEKISTONDA ZAMONAVIY PSIXOLOGIYA VA PEDAGOGIKAGA DOIR
MUAMMOLARNI TADQIQ ETISHNING TRANSFORMATSION IMKONIYATLARI”
Xalqaro ilmiy - amaliy konferensiyasi, 2025-yil 24-aprel
31
Bu
olamda
o‘zumni
chun
yamon-yaxshidin
o‘tkardim
[2,18]
.
Shuningdek, “Boburnoma”dan o‘z davrining boshqa shoirlarining she’riy baytlari ham o‘rin olgan.
Asarda ellikdan ortiq ijodkorlar haqida ma’lumot va ularning forsiy va turkiy tilda yozilgan
she’rlaridan namunalar keltirilgan.
Bobur –dunyoviy va irfoniy bilimlar sohibi. U ko‘pincha Tangriga bergan ne’matlari uchun
shukr qilib hamd aytsa, ba’zi o‘rinlarda qilgan xatolari uchun tavba qiladi:
“Ne qilayin sening bila, ey til,
Jihatingdin mening ichim qondur.
Necha yaxshi desang bu hazl ila she’r
Birisi fahsh-u biri yolg‘ondur,
Gar desang kuymayin bu jurm bila,
Jilavingni bu arsadin yondur.
“...Yana boshdin istig‘for va e’tizor maqomida bo‘lub, bu nav’ botil andeshadin, bu
yo‘sunluq noloyiq peshadin ko‘nglumni tindurub, qalamni sindurdum. Ul dargohdin osiy
bandalarg‘a bu nav’ tanbihlar davlatedur azim, har banda hamkim, mundoqlardin mutanabbih
bo‘lg‘ay saodatedur jasim” [1,437].
Boburmirzoning qalbi hamisha islomiy-ilohiy nurdan bahra olib turgan. Shuning uchun
she’riy baytlarida kechiruvchanlikni, umid bilan yashashni va yaxshilikni ulug‘lagan. Hayot
mashaqqatlariga qaramay, adabiyotshunoslik, aruzshunoslik, musiqa ilmi va harb ishlaridan ham
xabardor bo‘lgan. “Boburnoma” sahifalarida bitilgan qaydlar buning yorqin shohidlaridir.
“Asarda tarixiy shaxs –sarkarda, davlat va jamoat arbobi – Boburmirzo bilan bir safda
yetuk olim, donishmand adabiyotshunos, zukko tanqidchi va zabardast shoir qiyofasidagi
Boburmirzo ham harakat qiladi, qadam tashlaydi. Boburmirzoda tajassumini topgan badiiyatga
ixlos va ishtiyoq, baland iqtidor va she’riy salohiyat asarning umumiy ruhiga o‘z ta’sirini
o‘tkazib, muhrini bosgan…asar ta’sir kuchini baland ko‘targan, uning serzavq va o‘qishliligini
ta’min etgan omillardan biri ham ana shu teranlik, behamto hissiyot, yuksak shoirona zavqdir”
[4,33].
Saidbek Hasanovning ta’kidlashicha, shoir lirik asarlariga xos umumiy xususiyat shundan
iboratki, ular mumtoz adabiyotimiz an’analari asosida yaratilgan bo‘lsa ham, uslubining sodda
va ravonligi, hajmining ixchamligi, ko‘proq, real hayotiy voqea-hodisalar zaminida maydonga
kelgani bilan ajralib turadi. Natijada uning she’rlarida tarixiylik bilan lirizm, hayotiylik bilan
badiiylik, hissiy kayfiyat bilan haqqoniy ifoda o‘zaro uyg‘unlashib boradi. Bu xislat shoir ijodiy
uslubining o‘ziga xosligini ham belgilaydi[6,11-12].
Zahiriddin Muhammad Boburning “Mubayyin” asari falsafiy-diniy mavzudagi asar
bo‘lib, unda Bobur mirzo islom dinining besh ruknini bayon qilgan. Ma’naviy piri Xoja Ahrori
Valiyning “Volidiya” (“Otalik risolasi”) nomli fors tilida yozilgan nasriy tasavvufga oid asarini
she’riy yo‘lda turkiy tilga tarjima qilgan.
Taniqli adabiyotshunos olim Hasan Qudratullayev “Bobur armoni” nomli kitobida
shunday yozadi: “Zahiriddin Muhammad Bobur umrining o‘zi - hayot maktabi. “Boburnoma” –
muallifning armon kitobi, umr mazmuni. Uning sahifalarini satrlardan satrlarga ko‘chib mutolaa
qilar ekanmiz, kishi ruhiyatida insof orta boradi,yovuzlikdan hazar, yaxshilikka intilish tuyg‘usi
ongimizni chulg‘ab oladi” [3,382].
“YANGI O‘ZBEKISTONDA ZAMONAVIY PSIXOLOGIYA VA PEDAGOGIKAGA DOIR
MUAMMOLARNI TADQIQ ETISHNING TRANSFORMATSION IMKONIYATLARI”
Xalqaro ilmiy - amaliy konferensiyasi, 2025-yil 24-aprel
32
“Boburnoma”da forsiy va turkiy tilda yozilgan 100 ga yaqin she’riy parchalar o‘rin
olgan. Nasriy matnlar tarkibida kelgan muallifning nazmiy matnlari asarning ta’sir kuchini
oshirib, kitobxonga asar voqealariga singib ketish hissini beradi. Mutolaa jarayonida bu mumtoz
siymoning dard-u g‘am, armonlariga sherik bo‘lib Boburmirzoga nisbatan o‘zgacha hurmat,
dardoshlik orta boradi, she’riy misralari beixtiyor tilda aylanadi.
Har vaqtki ko‘rgaysen mening so‘zimni,
So‘zumni o‘qub sog‘ingaysen o‘zumni…
Foydalanilgan adabiyotlar:
1.
1.Zahiriddin Muhammad Bobur. Boburnoma. T.Ijod-Press.2020.
2.
2.Заҳириддин Муҳаммад Бобур. Маҳрами асрор топмадим. (Париж девони
нусхаси) Т.: “Ёзувчи” нашриёти. 1993. 80 б.
3.
3.Қудратуллаев Ҳасан. Бобур армони. –Т.:”Шарқ”,2005.-384 б.
4.
4.Воҳидов Раҳим. Биз билган ва билмаган Бобур. Т.: “Маънавият” 1999. -88 б.
5.
5.Бобур
З.М. Ўзб.Фанлар академияси нашриёти.Т.1960.
kutubxonasi.
6.
6.Ҳасанов С. Заҳириддин Муҳаммад Бобур. Т.: “O‘zbekiston”.2011.