30-04-2025
40-45
4
0
BO‘LAJAK O‘QITUVCHILARNING ETNOESTETIK MADANIYATINI SHAKLLANTIRISH YO‘LLARI
Ushbu maqolada bo‘lajak o‘qituvchilarda etnoestetik madaniyatni shakllantirishning nazariy va amaliy jihatlari yoritilgan. O‘zbek xalqining boy madaniy merosi, tarixiy-etnografik tadqiqotlar, milliy urf-odatlar va xalq amaliy san’ati namunalari talabalarning milliy estetik qarashlarini shakllantirishda muhim manba sifatida tahlil qilingan. Etnoestetika shaxsda go‘zallikni anglash, milliy qadriyatlarga estetik munosabat bildirish, badiiy tafakkur va axloqiy-estetik didni rivojlantirish vositasi sifatida talqin etiladi. Tadqiqotda oila va ta’lim muassasalarining estetik muhiti, madaniy tarbiya shakllari, o‘qituvchilarning san’atga estetik yondashuvi, shuningdek, talabalarning etnik go‘zallik idealini anglashdagi hissiy-estetik jarayonlari pedagogik asosda tahlil etilgan. Maqolada milliy o‘zlikni estetik kontekstda idrok qilishga yo‘naltirilgan taklif va tavsiyalar asosida etnoestetik tarbiya vositalarining ta’lim jarayoniga integratsiyasi zarurligi asoslab berilgan.