Authors

  • M.T Xasanova
  • D G’aniboyeva

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.science-research.81959

Keywords:

taʻlim tarbiya urf-odat odob dunyoqarash qadriyat koʻnikma shakllantirish rivojlantirish takomillashtirish.

Abstract

Bugungi kunda ta’lim va tarbiya jarayoni o‘sib kelayotgan yosh avlodni jamiyat talablarini o‘zida aks ettiruvchi ijtimoiy buyurtma asosida hayotga tayyorlashdan iborat.

background image

“YANGI O‘ZBEKISTONDA ZAMONAVIY PSIXOLOGIYA VA PEDAGOGIKAGA DOIR

MUAMMOLARNI TADQIQ ETISHNING TRANSFORMATSION IMKONIYATLARI”

Xalqaro ilmiy - amaliy konferensiyasi, 2025-yil 24-aprel

51

BO‘LAJAK BOSHLANG‘ICH SINF O‘QITUVCHILARINING IJTIMOIY

KOMPETENSIYALARINI TAKOMILLASHTIRISH TEXNOLOGIYALARI

Xasanova M.T

TMS institute

G’aniboyeva D

Boshlang’ich ta’lim III-kurs talabasi

https://doi.org/10.5281/zenodo.15268024

Annotatsiya. Bugungi kunda ta’lim va tarbiya jarayoni o‘sib kelayotgan yosh avlodni

jamiyat talablarini o‘zida aks ettiruvchi ijtimoiy buyurtma asosida hayotga tayyorlashdan
iborat.

Kalit soʻzlar: taʻlim, tarbiya, urf-odat, odob, dunyoqarash, qadriyat, koʻnikma,

shakllantirish, rivojlantirish, takomillashtirish.

Аннотация. Ceгодня процесс образования и воспитания заключается в подготовке

подрастающего молодого поколения к жизни на основе социального порядка,
отражающего запросы общества.

Ключевые слова: образование, обучение, традиция, манеры, мировозрение,

ценности, навыки, формирование, развитие, совершенствованиею.

Abstract. Today, the process of education and upbringing cosists of preparing the rising

young generation for life based on a social order that reflects the demands of society

Keywords: education, training, tradition, manners, wordview, values, skills, formation,

development.


Ta’lim va tarbiya jarayonida yoshlar ajdodlar tomonidan to’plangan bilim, odob, urf-odat,

madaniyat va mehnat ko‘nikmalarini o‘zlashtirishi, hayotiy tajriba asosida jamiyatda o‘zining
munosib o‘rnini egallashi, salohiyati va dunyoqarashining shakllanishida pedagog shaxsi, uning
kasbiy mahorati muhim ahamiyat kasb etadi. Shu bilan birga, yoshlarda davr talabidan kelib
chiquvchi yangi masala va muammolarni yеchish uchun zarur bo‘ladigan sifatlarni shakllantirish
pedagogik faoliyat sohasining ustuvor vazifasi hisoblanadi. Buning uchun avvalo pedagogning
o‘zida yangicha bilim berish, o‘zgarib boruvchi mehnat va hayot sharoitlariga muvofiq ijodiy
faoliyat bilan shug‘ullana olish ko‘nikmalari tarkib topgan bo‘lishi lozim. Boshlang‘ich ta‘limda
sog‘lom va barkamol avlodni tarbiyalash, yoshlarning o‘z ijodiy va intellektual salohiyatni
ro‘yobga chiqarish, ta‘lim jarayoniga zamonaviy axborot - kommunikatsiya va pedagogik
texnologiyalarni, elektron darsliklar, multimedia vositalarini keng joriy etish orqali o‘qitish
sifatini tubdan yaxshilash va yanada takomillashtirish ko‘zda tutilganligi dolzarb
vazifalarimizdan biridir. Shuning uchun ham boshlang‘ich ta‘limning asosiy maqsadiga erishish,
ya‘ni bolada o‘qishga ijobiy munosabatni shakllantirish, o‘qish savodxonligi tarkib toptirish,
bolalarni turli ma‘lumotlar bilan ishlashga o‘rgatish, asosiy matematik amallarni puxta
bilishlariga va kundalik hayotda qo‘llay olishlariga erishish, ularda mantiqiy va ijodiy fikrlashni
shakllantirish, ularni yozma va og‘zaki muloqot me’yorlarini egallashga hamda o‘z-o‘zini
boshqarish va tuta bilishga o‘rgatish uchun boshlang‘ich sinflarda sifatli ta’lim faoliyatni tashkil
etishga alohida e’tibor qaratish lozim.


background image

“YANGI O‘ZBEKISTONDA ZAMONAVIY PSIXOLOGIYA VA PEDAGOGIKAGA DOIR

MUAMMOLARNI TADQIQ ETISHNING TRANSFORMATSION IMKONIYATLARI”

Xalqaro ilmiy - amaliy konferensiyasi, 2025-yil 24-aprel

52

Boshlang‘ich sinf o‘qituvchisining kasbiy salohiyati va ma’lumot darajasi, bolalar

psixologiyasi, hozirgi zamon boshlang‘ich ta’lim metodikasini bilishi boshlang‘ich ta’lim sifatini
oshirishda muhim ahamiyatga ega [56].

Boshlang‘ich sinf o‘quvchilarida zarur ko‘nikmalarni shakllantirish, sifat-samaradorligini

yangi bosqichga ko‘tarish, o‘qitishning zamonaviy usul va vositalarini amaliyotga joriy etish
maqsadga muvofiqdir. Hozirgi kunda ta‘lim jarayonida innovatsion texnologiyalar, pedagogik va
axborot texnologiyalarini o‘quv jarayoniga qo‘llashga bo‘lgan qiziqish, e‘tibor kundan-kunga
kuchayib bormoqda. Buning asosiy sabablaridan biri an‘anaviy ta‘limda o‘quvchilarni faqat
tayyor bilimlarni egallashga o‘rgatilgan bo‘lsa, boshlang‘ich ta’limda zamonaviy texnologiyalar
ularni egallayotgan bilimlarni o‘zlari qidirib topishlariga, mustaqil o‘rganib, tahlil qilishlariga,
hatto xulosalarni ham o‘zlari keltirib chiqarishlariga o‘rgatadi. O‘qituvchi bu jarayonda
shaxsning rivojlanishi, shakllanishi, bilim olishi va tarbiyalanishiga sharoit yaratadi. Barcha
umumta’lim maktablarining boshlang‘ich ta‘lim sifat va samaradorligini oshirishda zamonaviy
pedagogik, innovatsion va axborot texnologiyalarni ta’lim jarayoniga tatbiq etish, ilg‘or ish
tajribalarini ommalashtirishni taqozo etadi.

Zamonaviy sharoitda pedagogning kasbiy kompetentlik sifatlariga ega bo‘lishi, o‘z ustida

izchil ishlashi, kun sayin yangilanib borayotgan bilimlarni o‘zlashtirishga intilishi, o‘quv
axborotlarini o‘quvchilarga qiziqarli tarzda yеtkazib berish uchun mashg‘ulotlarga tayyorgarlik
ko‘rishga ijodiy yondasha olishi talab etilmoqda .

Binobarin, global axborotlashuv ijtimoiy subektlar, xususan, talabalar tomonidan ham

istalgan ma’lumotni ixtiyoriy ravishda o‘zi uchun qulay sharoit va turli axborot-kommunikatsion
texnologiyalar yordamida o‘zlashtirish imkoniyatini yuzaga keltirmoqda. Garchi shunday
holatda ma’lumotlarni qabul qilish imkoniyati nihoyatda keng bo‘lsada, biroq shaxs tomonidan
bu tahlitda o‘zlashtirilgan axborotlarning barchasi ham bilim sifatida namoyon bo‘lmaydi.

Foydalangan adabiyotlar:

1.

Avliyaqulov N.X., N.N.Musaeva Pedagogik texnologiya.:”Tafakkur bo‘stoni”.:2012-
y.17-19-b.

2.

Aripdjanova A.R.Ta’limni axborotlashtirish sharoitida oliy ta’lim muassasalari
pedagoglarning krerativ salohiyatini rivojlantirish.

3.

Begmatov A. Ma’naviyat falsafasi yoxud Islom Karimov asarlarida yangi falsafiy
tizimning yaratilishi.-Toshkent.:Sharq,2000-y.64-65b

4.

Barkamol avlod orzusi//Tuzuvchilar: Sh.E.Qurbonov, N.Saidov, R.Ahliddinov.
To‘ldirilgan 2-nashri.-Toshkent:O‘zbekiston milliy ensiklopediyasi.2000.-248-b.

References

Avliyaqulov N.X., N.N.Musaeva Pedagogik texnologiya.:”Tafakkur bo‘stoni”.:2012-y.17-19-b.

Aripdjanova A.R.Ta’limni axborotlashtirish sharoitida oliy ta’lim muassasalari pedagoglarning krerativ salohiyatini rivojlantirish.

Begmatov A. Ma’naviyat falsafasi yoxud Islom Karimov asarlarida yangi falsafiy tizimning yaratilishi.-Toshkent.:Sharq,2000-y.64-65b

Barkamol avlod orzusi//Tuzuvchilar: Sh.E.Qurbonov, N.Saidov, R.Ahliddinov. To‘ldirilgan 2-nashri.-Toshkent:O‘zbekiston milliy ensiklopediyasi.2000.-248-b.