Authors

  • Djahongir Xaitov
  • Fayoziddin Davronov

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.science-research.81996

Keywords:

vatanparvarlik harbiy vatanparvarlik ruhida tarbiyalash davlat siyosati yoshlar konsepseya ommaviy madaniyat axborot globalizatsiya Terrorizm va ekstremizm.

Abstract

Maqolada mamlakatimiz mudofaasi va xavsizligini ta’minlashda yoshlarni harbiy vatanparvarlik ruhida tarbiyalash masalasining dolzarbligi, ahamiyati, davlat siyosati markazida turganligi, bu borada olib borilayotgan islohotlarning muhim jihatlari hamda globallashuv jarayonida yoshlarni harbiy vatanparvarlik ruhida tarbiyalash jarayoniga salbiy ta’sir etuvchi omillar yoritilgan.

background image

“YANGI O‘ZBEKISTONDA ZAMONAVIY PSIXOLOGIYA VA PEDAGOGIKAGA DOIR

MUAMMOLARNI TADQIQ ETISHNING TRANSFORMATSION IMKONIYATLARI”

Xalqaro ilmiy - amaliy konferensiyasi, 2025-yil 24-aprel

78

MAMLAKATIMIZ MUDOFAASI VA XAVFSIZLIGINI TA’MINLASHDA

YOSHLARNI HARBIY VATANPARVARLIK RUHIDA TARBIYALASHNING

AHAMIYATI

Xaitov Djahongir Erkinovich

O‘R QK Mudofaa va harbiy xavfsizlik muammolarini o‘rganish ilmiy-tadqiqot instituti

Sotsiologik va psixologik tadqiqodlar markazi boshlig‘i, psixol.f.f.d. (PhD), dotsent,

podpolkovnik tel: +99897-736-79-82

Davronov Fayoziddin Nurillo o‘g‘li

O‘R QK Mudofaa va harbiy xavfsizlik muammolarini o‘rganishilmiy-tadqiqot instituti

Sotsiologik va psixologik tadqiqodlar markazi bosh ilmiy xodimi, katta leytenant

tel: +99833-507-97-77

https://doi.org/10.5281/zenodo.15268118

Annotatsiya. Maqolada mamlakatimiz mudofaasi va xavsizligini ta’minlashda yoshlarni

harbiy vatanparvarlik ruhida tarbiyalash masalasining dolzarbligi, ahamiyati, davlat siyosati
markazida turganligi, bu borada olib borilayotgan islohotlarning muhim jihatlari hamda
globallashuv jarayonida yoshlarni harbiy vatanparvarlik ruhida tarbiyalash jarayoniga salbiy
ta’sir etuvchi omillar yoritilgan.

Kalit so‘zlar: vatanparvarlik, harbiy vatanparvarlik ruhida tarbiyalash, davlat siyosati,

yoshlar, konsepseya, ommaviy madaniyat, axborot, globalizatsiya, Terrorizm va ekstremizm.


“Yoshlarimizni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash bo‘yicha uzluksiz olib boriladigan

ishlar biz uchun dolzarb ahamiyatga egadir. Vatanparvarlik har bir davlat hayotining ma’naviy
asosi hisoblanadi va jamiyatni har tomonlama rivojlantirish borasida eng muhim safarbar
etuvchi kuch sifatida namoyon bo‘ladi”

Shavkat MIRZIYOYEV

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti,

Qurolli Kuchlar Oliy Bosh Qo‘mondoni


Bugungi kunda jahon va mintaqadagi harbiy-siyosiy vaziyatning keskinlashuvi, global

jarayonlar, hamda geosiyosiy tahdidlarda odamlar, ayniqsa, yosh avlodning qalbi va ongi uchun
kurashning kuchayib borayotganligi har handay davlatga ehtimoliy xavf manbai bo‘lib xizmat
qilmoqda.

Xalqaro tajriba va ehtimoliy xavf xatarlardan kelib chiqib, mamlakatimiz xavfsizligi,

chegaralarimiz daxlsizligi, xalqimizning tinch-osoyishta hayotini ta’minlash, davlatni tashqi va
ichki xavflardan muhofaza qilish, hamda jamiyatni birlashtirishda yosh avlodni harbiy
vatanparvarlik ruhida tarbiyalashga alohida ahamiyat qaratish har qachongidan ham muhim
vazifa hisoblanadi.

Bugungi kunda davlatimiz rahbari tomonidan, yoshlar har tomonlama yetuk, yurtiga

fidoyi, mard va jasur hamda vatanparvar qilib tarbiyalash masalalari davlatimiz siyosatining
hozirgi kunda eng muhim strategik vazifalaridan biri sifatida belgilab berildi.

Hususan 2024- yil 12- yanvar kuni o‘tkazilgan Xavfsizlik kengashining kengaytirilgan

yig‘ilishida yoshlarni harbiy-vatanparvarlik ruhida tarbiyalash tizimini takomillashtirish,


background image

“YANGI O‘ZBEKISTONDA ZAMONAVIY PSIXOLOGIYA VA PEDAGOGIKAGA DOIR

MUAMMOLARNI TADQIQ ETISHNING TRANSFORMATSION IMKONIYATLARI”

Xalqaro ilmiy - amaliy konferensiyasi, 2025-yil 24-aprel

79

armiyani rivojlantirish va mamlakat mudofaa qobiliyatini mustahkamlash, harbiy-ma’muriy
sektor va mudofaa sanoati faoliyatini yaxshilash masalalari muhokama qilinib, Prezidentimiz
tomonidan, yoshlarni harbiy-vatanparvarlik ruhida tarbiyalash tizimini qayta ko‘rib chiqish
bo‘yicha topshiriqlar berdi [3].

Bugungi shiddad bilan o‘zgarib, rivojlanib borayotgan davrda yoshlarni harbiy

vatanparvarlik ruhida tarbiyalash jarayonida yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan bir qator dolzarb
muammolar mavjud bo‘lib, ushbu muammolar quydagilarni o‘z ichiga oladi.

1. Globalizatsiya va yoshlarga ta’sir qiluvchi axborot oqimlari.

Zamonaviy globallashuv

jarayonida yoshlarning turli madaniyatlar va qadriyatlar bilan tanishishi, internet, ijtimoiy
tarmoqlar hamda ommaviy axborot vositalari orqali yoshlarning dunyoqarashi, milliy qadriyatlar
va vatanparvarlik tushunchalariga zid bo‘lgan axborotlarning tarqalishi yoshlarda o‘z davlatiga
nisbatan fuqarolik burchi va mas’uliyatini unutishi yoki unga befarq bo‘lib qolishiga olib kelishi
mumkin.

2. Oiladagi tarbiya va vatanparvarlik tushunchasining qoniqarsiz darajada ekanligi.

Oilada beriladigan tarbiya yoshlarda vatanparvarlik tuyg‘usini shakllantirishda asosiy omillardan
biri hisoblanadi. Biroq, zamonaviy jamiyatda ba’zi oilalar farzandlariga milliy qadriyatlar va
vatanparvarlik haqida yetarli darajada tushuntirish bermasligi shuningdek, harbiy xizmat yoki
vatan himoyasi masalalariga e’tibor qaratilmasligi yoshlarning o‘z davlatiga nisbatan
mas’uliyatini to‘liq anglamasligiga sabab bo‘ladi.

3. Yoshlar orasidagi individualizm va pragmatizmning kuchayishi.

Yoshlar ko‘proq o‘z

shaxsiy manfaatlari va maqsadlariga e’tibor qaratib, milliy manfaatlarga befarq bo‘lib qolishlari
ularning jamiyat oldidagi burchlarini unutishlariga va harbiy xizmatga nisbatan befarq
munosabatda bo‘lishlariga sabab bo‘ladi. Vatanparvarlik tuyg‘usi o‘zini jamiyatning ajralmas
qismi sifatida his qiladigan shaxslar orasida shakllanadi, biroq individualizmning kuchayishi bu
jarayonni qiyinlashtiradi.

4. Harbiy xizmatga nisbatan salbiy stereotiplar.

Jamiyatda xarbiy xizmatga nisbatan

salbiy stereotiplarning shakllanishi yoshlarda bu faoliyatga nisbatan noto‘g‘ri tushunchalarni
shakllanishiga olib keladi. Natijada, ko‘plab yoshlar harbiy xizmatni og‘ir, xavfli yoki foydasiz
deb hisoblab, undan qochishga harakat qilishga olib keladi.

Mamlakatimiz mudofaa va milliy xavfsizligini ta’minlashda yoshlarni harbiy

vatanparvarlik ruhida tarbiyalashning o‘rni va ahamiyati quyidagilarda namoyon bo‘ladi.

Davlat xavfsizligi va himoyasini mustahkamlash.

Davlatning xavfsizligi va himoyasi

harbiy qurol-aslaha, texnika va qurolli kuchlar son jixati bilan bir qatorda har bir fuqaroning,
xususan, yosh avlodning davlatga bo‘lgan sadoqati va milliy manfaatlarga nisbatan mas’uliyatli
munosabatiga ham bog‘liq. Yoshlarda harbiy vatanparvarlik ruhini shakllantirish orqali davlat
o‘zining barqaror himoya tizimini hamda millat xavfsizligi uchun faol ishtirok etishga tayyor
kadrlar zaxirasini yaratadi.

Milliy g‘urur va birdamlikni mustahkamlash.

Harbiy vatanparvarlik yoshlarda milliy

g‘urur, o‘zligini anglash va davlat manfaatlariga sadoqatni shakllantiradi. Bu nafaqat davlat
mudofaasini ta’minlashga, balki jamiyatda umumiy birdamlik va hamjihatlikni kuchaytirishga
xizmat qiladi.

Yoshlarda axloqiy va ma’naviy qadriyatlarni shakllantirish.

Vatanparvarlik ruhida


background image

“YANGI O‘ZBEKISTONDA ZAMONAVIY PSIXOLOGIYA VA PEDAGOGIKAGA DOIR

MUAMMOLARNI TADQIQ ETISHNING TRANSFORMATSION IMKONIYATLARI”

Xalqaro ilmiy - amaliy konferensiyasi, 2025-yil 24-aprel

80

shakllangan yoshlar o‘zlarining shaxsiy manfaatlaridan ko‘ra milliy manfaatlarni yuqori
qo‘yadilar va davlat xavfsizligi uchun mas’uliyat bilan yondashadilar. Bunday axloqiy va
ma’naviy qadriyatlar milliy xavfsizlikni ta’minlashda fuqarolik jamiyatining kuchli tayanchi
bo‘lib xizmat qiladi.

Harbiy xizmatga tayyorlik va mudofaa qobiliyatini oshirish.

Yoshlarni harbiy

vatanparvarlik ruhida tarbiyalash ularning harbiy xizmatga bo‘lgan munosabatini ijobiy tomonga
o‘zgartirishda hamda harbiy xizmatni nafaqat majburiyat, balki milliy burch sifatida qabul
qilishida muhim ahamiyat kasb etadi. Ushbu sifatlarni shakllanishi, yoshlarning harbiy xizmatni
o‘tashga tayyor bo‘lishiga, davlat xavfsizligini ta’minlash uchun zarur ko‘nikmalarni egallashiga
zamin yaratadi. Bu esa davlat mudofaa qobiliyatini sezilarli darajada oshishiga xizmat qiladi.

Terrorizm va ekstremizmga qarshi kurashish.

Bugungi global muammolar orasida

terrorizm va ekstremizm yosh avlod uchun jiddiy tahdid hisoblanadi. Yoshlarni harbiy
vatanparvarlik ruhida tarbiyalash orqali ularda terrorizm va ekstremistik g‘oyalarga qarshi
immunitet shakllantiriladi. Milliy manfaatlarga sadoqatli, vatan himoyasi uchun mas’uliyatli
yoshlar ekstremistik oqimlar ta’siriga tushmaydilar va bunday g‘oyalarga qarshi faol
kurashadilar.

Shunday qilib, harbiy vatanparvarlik ruhida tarbiya berish nafaqat davlat mudofaasini

mustahkamlaydi, balki ichki va tashqi xavflarga qarshi kurashda ham muhim rol o‘ynaydi.

Harbiy vatanparvarlikni shakllantirish, yosh avlodni vatanga, uning taraqqiyoti va

xavfsizligini ta’minlashga yo‘naltirish maqsadida muhim ahamiyatga ega. Yoshlarning harbiy
tayyorgarligini mustahkamlash bilan ularga milliy qadriyatlar va vatanparvarlik g‘oyalarini
singdirish, kelajakda davlatning xavfsizligini ta’minlaydigan salohiyatli, kasbiga fidoiy kadrlar
bo‘lib yetishiga zamin yaratadi. Yoshlarni harbiy vatanparvarlik ruhida tarbiyalash jarayoniga bir
qancha omillar salbiy ta’sir etadi. Bular quyidagilar:

Ta’lim tizimidagi kamchiliklar

Ta’lim tizimining harbiy vatanparvarlikni targ‘ib

qilishdagi zaifligi yoshlar orasida vatanparvarlik sifatlarini shakllantirishga salbiy ta’sir
ko‘rsatadi. Agar ta’limda tarix, milliy an’analar, yoki harbiy xizmatning ahamiyati haqida
yetarlicha ma’lumot berilmasa, yoshlarning o‘z vatani oldidagi burch va mas’uliyatni anglay
olmasligiga, vatanparvarlik sifatlarini sust darajada shakllanishiga olib keladi.

Ijtimoiy va siyosiy beqarorlik.

Siyosiy ziddiyatlar, korrupsiya, hukumatning

ishonchsizlikka yo‘l qo‘yishi va jamiyatdagi adolatsizliklar yoshlarni milliy birlikka nisbatan
befarq munosabatda bo‘lib shakllanishiga sabab bo‘ladi. Bu omillar yoshlar oasida davlat
boshqaruvi, harbiy kuchlar yoki mamlakatni himoya qilish masalasida ishonchning yo‘qolishiga
hamda vatanparvarlik sifatlarini shakllantirishda jiddiy to‘siq bo‘lishiga olib keladi.

Iqtisodiy beqarorlik va ishsizlik.

Agar jamiyatda iqtisodiy qiyinchiliklar, ishsizlik yoki

ijtimoiy adolatsizliklar mavjud bo‘lsa, yoshlar orasida davlatga va uning boshqaruv tizimiga
nisbatan salbiy munosabatlarning shakllanishiga sabab bo‘ladi. Bu holat yoshlarning davlat
himoyasiga bo‘lgan mas’uliyatini zaiflashtiradi va harbiy xizmatga nisbatan befarqlikni
kuchaytiradi. Ijtimoiy-iqtisodiy muammolar harbiy vatanparvarlik sifatlarining shakllanishiga
salbiy ta’sir ko‘rsatib, yoshlar o‘rtasida yuqori darajadagi migratsiya va immigratsiya oqimlari
keltirib chiqaradi.

Yoshlarga globalizatsiya va madaniy assimilyatsiya jarayonlarining ta’siri

.


background image

“YANGI O‘ZBEKISTONDA ZAMONAVIY PSIXOLOGIYA VA PEDAGOGIKAGA DOIR

MUAMMOLARNI TADQIQ ETISHNING TRANSFORMATSION IMKONIYATLARI”

Xalqaro ilmiy - amaliy konferensiyasi, 2025-yil 24-aprel

81

Globalizatsiya va chet el madaniyatlari ta’sirida yashayotgan yoshlar o‘z tarixiga, milliy
an’analari va qadryatlariga bo‘lgan munosabatlarini o‘zgartirishlari mumkin. Madaniy
assimilyatsiya va ommaviy madaniyatning kuchayishi yoshlarda o‘z vataniga nisbatan xayoliy
va idealizatsiyalangan qarashlarni shakllanishiga sabab bo‘ladi. Bu holat yoshlarni o‘z yurtiga
bo‘lgan mas’uliyatdan ko‘ra, boshqa davlatlarning qadriyatlarini ilgari surishga olib keladi.

Yoshlar orasida harbiy xizmat nufuzining pasayishi.

Harbiy xizmatning obro‘si va

ahamiyati jamiyat orasida yetarli darajada shakllanmaganligi, yoshlar o‘z davlatining harbiy
kuchlariga nisbatan yaxshi fikrga ega bo‘lmasligi yoki armiyadagi sharoitlar, harbiy xizmatning
og‘irligi va resurslarning yetishmasligi bilan bog‘liq salbiy taassurotlar ularning harbiy
vatanparvarlik hissiyotlarini susayishiga olib keladi. Agar yoshlar harbiy xizmatni "maqsadsiz"
yoki "zarur bo‘lmagan" deb hisoblasa, ular o‘z vatanini himoya qilishni majburiyat sifatida
ko‘rmasligiga sabab bo‘ladi.

Milliy birlik va birlashuvning zaiflashishi.

Jamiyatdagi milliy birlik va ijtimoiy

birdamlikning zaiflashishi ham harbiy vatanparvarlikka salbiy ta’sir ko‘rsatadi. Agar etnik yoki
diniy guruhlar o‘rtasida ziddiyatlar mavjud bo‘lsa, bu yoshlar orasida o‘z vataniga bo‘lgan
umumiy sadoqatni susaytirishi mumkin. Shu bilan birga, milliy birlikning zaiflashuvi yoshlarni
o‘z millati uchun jang qilishni zarur deb hisoblamaslikka olib keladi.

Axborot va axloqiy manipulyatsiya.

Ijtimoiy tarmoqlar va internetda tez tarqaladigan

manipulyativ yoki yolg‘on axborotlar yoshlar orasida noto‘g‘ri tasavvurlarni shakllantirishi
sabab bo‘lishi mumkin. Bunday axborotlar, masalan, Qurolli Kuchlar tizimidagi jinoyatlar yoki
davlatning muvaffaqiyatsizliklari haqida noto‘g‘ri ma’lumotlar, yoshlarning harbiy
vatanparvarlik tuyg‘ularini shakllanishiga salbiy ta’sir ko‘rsatadi. Internetdagi yolg‘on
axborotlar, milliy xavfsizlikka qarshi bo‘lgan materiallarning tarqalishi yoshlarda harbiy
xizmatga nisbatan salbiy fikrlarni hamda o‘z vataniga bo‘lgan sadoqatini kamayishiga olib
keladi.

Milliy tarix va madaniyatga qarshi salbiy qarashlar.

Agar yoshlar milliy tarixga

nisbatan salbiy munosabatda bo‘lsa, bu ularning harbiy vatanparvarlikka bo‘lgan munosabatini
o‘zgartirishi mumkin. Masalan, tarixdagi qora sahifalar, urushlar haqida noto‘g‘ri yoki
manipulyatsiya qilingan ma’lumotlar ularning o‘z yurtiga nisbatan ishonchsiz va befarq
munosabatda bo‘lishiga olib kelishi mumkin. Bunday holatlar yoshlarda o‘z mamlakatining
harbiy kuchlariga nisbatan salbiy fikrlarni shakllanishiga sabab bo‘ladi.

Terrorizm va ekstremizmning tarqalishi.

Radikalizatsiya va ekstremistik g‘oyalar

yoshlarni o‘z siyosiy manfaatlariga xizmat qilish yo‘lida tarbiyalashga harakat qilishi, davlat
boshqaruv tizimi hamda milliy harbiy kuchlarga qarshi turishga undashi mumkin. Bu kabi
tahdidlar yoshlarni milliy birlikdan ajratishiga, vatan taqdiri va xavfsizligiga nisbatan befarq
bo‘lib shakllanishiga olib keladi.

Diniy yoki etnik tafovutlar.

Diniy yoki etnik guruhlar o‘rtasidagi tafovutlar va

ziddiyatlar yoshlarni o‘z milliy va harbiy majburiyatlariga nisbatan qarshi qo‘yishi mumkin.
Agar yoshlar o‘z etnik yoki diniy guruhining manfaatlarini, davlatning umumiy manfaatlariga
qarshi qo‘yadigan bo‘lsa, bu ularning harbiy vatanparvarlik ruhining shakllanishiga sabiy
ta’sirini o‘tkazadi.


background image

“YANGI O‘ZBEKISTONDA ZAMONAVIY PSIXOLOGIYA VA PEDAGOGIKAGA DOIR

MUAMMOLARNI TADQIQ ETISHNING TRANSFORMATSION IMKONIYATLARI”

Xalqaro ilmiy - amaliy konferensiyasi, 2025-yil 24-aprel

82

Jahonda mamlakat mudofaasining asosiy ko‘rsatkichi vatanparvarlik tuyg‘usi yuqori

darajada rivojlangan, fidoyi, bilim va tajribasini ona Vataniga baxshida etuvchi avlodni
shakllantirish hisoblanadi. Bu, o‘z navbatida, mazkur fazilatlarni shakllantirish mexanizmlarini,
rivojlantirish texnologiyasini ishlab chiqishni taqozo etadi.

O‘zbekiston mustaqillikka erishgandan so‘ng, harbiy sohani modernizatsiya va isloh

qilish bilan bog‘liq muammolarni hal etish jarayonlarida yoshlarning harbiy vatanparvarlik
tuyg‘usini shakllantirishga davlat siyosati darajasida qaraldi va ushbu siyosat bugungi kunda
ham izchil amalg oshirilib borilmoqda.

Yoshlarni harbiy-vatanparvarlik ruhida tarbiyalash ishlari O‘zbekiston Respublikasining

Konstitutsiyasi va qonunlari, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qarorlari,
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmon va qarorlari, Vazirlar Mahkamasining qarorlari,
O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlarining umumharbiy nizomlari hamda boshqa
qonunchilik hujjatlariga muvofiq amalga oshiriladi. Yoshlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash
ishlari muntazam ravishda tizimli va ilmiy asosda tashkil etiladi [4].

Hususan,

Yoshlarni

harbiy-vatanparvarlik

ruhida

tarbiyalashga

doir

ishlar

samaradorligini yangi bosqichga olib chiqish, mazkur yo‘nalishda davlat va nodavlat
tashkilotlari hamda fuqarolik jamiyatining boshqa institutlari faolligini yanada oshirish, yoshlar
ongiga vatanparvarlik, mardlik tuyg‘ularini singdirish maqsadida O‘zbekiston Respublikasi
Vazirlar Mahkamasining 2023- yil 29- iyundagi “Yoshlarni harbiy-vatanparvarlik ruhida
tarbiyalash ishlari samaradorligini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 267- son qarori ishlab
chiqildi. Ushbu qaror bilan 2023 – 2027- yillarda yoshlarni harbiy-vatanparvarlik ruhida
tarbiyalash ishlari samaradorligini oshirish konsepsiyasi hamda konsepsiyani amalga oshirish
bo‘yicha “yo‘l xaritasi” tasdiqlandi. Konsepsiyada belgilangan tadbirlar quyidagi 5 bosqichda
amalga oshiriladi: 1-bosqich (3–7 yosh); 2-bosqich (7–10 yosh); 3-bosqich (11–17 yosh); 4-
bosqich (18–21 yosh); 5-bosqich (22–30 yosh). Mazkur Kontseptsiya yoshlar o‘rtasida harbiy-
vatanparvarlik tarbiyasining samaradorligini oshirish, ularda yuksak ma'naviy-axloqiy fazilatlar,
fuqarolik pozitsiyasi, Vatanni sevish va uni ko‘z qorachig‘idek asrashga qaratilgan bilim va
ko‘nikmalarni oshirish uchun uslubiy asos bo‘lib xizmat qiladi.

Qarorga ko‘ra, jumladan, quyidagilar amalga oshiriladi:

mahallalardagi kam ta’minlangan va ehtiyojmand oilalardagi yoshlarni qo‘llab-

quvvatlash hamda ularga ijtimoiy yordam ko‘rsatish maqsadida “Ezgu amal” saxovat karvonlari
tashkil etiladi;

“Amir Temur izdoshlari”, “Jaloliddin Manguberdi vorislari” harbiy-sport musobaqalari

o‘tkaziladi;

Yoshlar o‘rtasida 4 bosqichda (mahalla—tuman—viloyat—respublika) “Shunqorlar”

hamda “Vatanparvarlar” harbiy-sport musobaqalari o‘tkaziladi [4].

Mudofaa vazirligi tizimida

yoshlarni harbiy vatanparvarlik ruhida tarbiyalash borasida

bir qancha ishlar olib borilmoqda, jumladan:

Mudofaa vazirligi harbiy qism va muassasalari targ‘ibot guruhlari tomonidan o‘quvchi-

yoshlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash maqsadida Davlat bayramlari arafasida

“Mardlik va

jasorat”

,

“Tinchlik”

,

“Mustaqillik”

darslari, umumta’lim maktablari o‘quvchilari bilan

harbiylar ishtirokida

“Men g‘olib!”

shiori ostida harbiylashtirilgan estafetalar o‘tkazilmoqda;


background image

“YANGI O‘ZBEKISTONDA ZAMONAVIY PSIXOLOGIYA VA PEDAGOGIKAGA DOIR

MUAMMOLARNI TADQIQ ETISHNING TRANSFORMATSION IMKONIYATLARI”

Xalqaro ilmiy - amaliy konferensiyasi, 2025-yil 24-aprel

83

Milliy armiyamizda amalga oshirilayotgan islohotlarning mazmun-mohiyatini yoshlarga

tushuntirish qaratilgan

“Qo‘mondon va yoshlar”

,

“Rahbar va yoshlar”

uchrashuvlari,

o‘quvchilar bilan Qurolli Kuchlar faxriylari va harbiy xizmatchilar ishtirokida

“Avlodlar

uchrashuvi”

,

“E’zoz”

hamda

“Ehtirom”

nomli ma’naviy-ma’rifiy tadbirlari, “Men albatta

harbiy bo‘laman” shiori ostida harbiy-texnika va qurol-aslahalar namoyishi, harbiy
xizmatchilarning qo‘l jangi chiqishlari, harbiy orkestr va badiiy havaskorlik guruhlari
namoyishlarini o‘z ichiga qamrab olgan harbiy-vatanparvarlik karvonlari tashkil etilmoqda;

“Mard askar – yoshlarga namuna!”

shiori ostida harbiy qismlarda ochiq eshiklar kuni,

yoshlarning

“Er yigitning, er yigitga aytgan gapi ta’sirli bo‘ladi!”

shiori ostida poligonlarga

tashriflari tashkil etilib, ularga jangovar tayyorgarlik mashg‘ulotlari va ko‘rgazmali o‘quvlar
namoyish etilmoqda;

Mudofaa

vazirligining

harbiy

qism

va

muassasalariga

Prezident,

ijod

va

ixtisoslashtirilgan maktablar biriktirilib mazkur maktablarda o‘quvchilarni vatanparvarlik ruhida
tarbiyalashni yanada kuchaytirish choralarini ko‘rish maqsadida, alohida dastur ishlab chiqilib,
ijrosi ta’minlanmoqda;

Tasdiqlangan reja-jadvallarga muvofiq, vazirlikning harbiy qism va muassasalariga

biriktirilgan maktablarning Chaqiruvga qadar boshlang‘ich tayyorgarlik fani o‘qituvchilari bilan
mahorat darslari o‘tkazilmoqda;

Imkoniyati cheklangan bolalar uchun ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari (maktablar,

maktab-internatlar),

“Nurli maskan”

ixtisoslashtirilgan maktab-internatlari, shuningdek,

nogironligi bo‘lgan bolalar uchun

“Muruvvat”

internatlari vazirlikning harbiy qismlariga

biriktirilib, mazkur ta’lim muassasalarida turli xil harbiy-vatanparvarlik, madaniy-ma’rifiy
tadbirlari,

“Ezgu amal”

sahovat karvonlari o‘tkazilib kelinmoqda.

Bundan tashqari uyushmagan, tarbiyasi og‘ir va profilaktik hisobda turuvchi yoshlar bilan

“Jasorat maktabi”

harbiy-vatanparvarlik o‘quv-yig‘inlarini tashkil etilmoqda;

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining tashabbusi bilan 2022- yilda

“Vatan tayanchi”

bolalar va o‘smirlar harbiy-vatanparvarlik harakati tashkil etilib, harakat a’zolari tomonidan
maktablarda tartib-intizomni saqlash, o‘z tengdoshlariga namuna bo‘lib, o‘qituvchi va ustozlarga
ko‘maklashish, ma’naviy-vatanparvarlik tadbirlarini tashkillashtirish hamda yordamga muhtoj
fuqarolarga g‘amxo‘rlik ko‘rsatish ishlariamalga oshirilmoqda, Harakat a’zolari o‘rtasida
respublika darajasida ko‘plab harbiy-sport musobaqalari o‘tkazilmoqda, shuningdek, ular
xalqaro darajadagi harbiylashtirilgan o‘yinlarda munosib ishtirok etib kelmoqda.

Xulosa qilib aytganda,

Mamlakatimiz xavfsizligini mustahkamlash masalalarini

muvaffaqiyatli hal etish avvalo yoshlar tarbiyasi, ularning siyosiy ongi va mehnat faoliyati bilan
chambarchas bog‘liqdir. Shu boisdan, yoshlarimizga milliy o‘zlikni singdirish bilan bir qatorda
ularni harbiy vatanparvarlik g‘oyalari bilan sug‘orilgan, teran fikrlovchi yoshlar etib tarbiyalash
katta ahamiyatga egadir. Yoshlarni milliy g‘oya ruhida tarbiyalashda harbiy vatanparvarlikning
o‘rni va ahamiyati, harbiy vatanparvarlik tarbiyasi nafaqat mafkuraviy asoslarga, balki ijtimoiy,
iqtisodiy, siyosiy, axloqiy asoslarga ham bog‘liq.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti, Qurolli Kuchlar Oliy Bosh qo‘mondoni Shavkat

Miromonovich Mirziyoyev “Bugungi kunda har birimiz amalda Vatan himoyachisi bo‘lishimiz,
yoshlarimizni ham shu ruhda kamol toptirishimiz zarur” [3] deb takidlaganligi ushbu maqsad


background image

“YANGI O‘ZBEKISTONDA ZAMONAVIY PSIXOLOGIYA VA PEDAGOGIKAGA DOIR

MUAMMOLARNI TADQIQ ETISHNING TRANSFORMATSION IMKONIYATLARI”

Xalqaro ilmiy - amaliy konferensiyasi, 2025-yil 24-aprel

84

yo‘lida barchamiz birdek masul ekanligini anglatadi. Zero, bugungi kunda harbiy vatanparvarlik
tarbiyasi bevosita Qurolli Kuchlar tizimi, harbiy soha, davlat organlari va jamoat tashkilotlari
orqali amalga oshirilsa-da, oila, mahalla va ta’lim muassasasi uni bilvosita amalga oshirishga
mas’ul hisoblanadi va bu borada har bir fuqaro milliy-ma’naviy va axloqiy jihatlarni yaxshi
bilishi lozim.

Foydalanilgan adabiyotlar:

1.

O‘zbekiston

Respublikasi

Prezidenti

Sh.M.Mirziyoyevning

2022-yil

28- yanvardagi PF-60-sonli “2022-2026-yillarga mo‘ljallangan Yangi O‘zbekistoning
taraqqiyot strategiyasi to‘g‘risida”gi Farmoni https://lex.uz/docs/5841063.

2.

O‘zbekiston

Respublikasi

Prezidenti

Sh.M.Mirziyoyevning

2018-yil

4- avgustdagi “O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tizimida ma’naviy-ma’rifiy
ishlar samaradorligini oshirish konsepsiyasi”. PQ-3898-son Qarori.

3.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoevning Xavfsizlik kengashining
kengaytirilgan

tarkibdagi

majlisidagi

nutqi //gazeta.uz.–

2024-yil. 12- yanvar.

4.

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023 yil 29 iyundagi
kuni

tasdiqlangan

“Yoshlarni

harbiy-vatanparvarlik

ruhida

tarbiyalash

ishlari samaradorligini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori https://lex.uz/docs/-
6518238.

References

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoyevning 2022-yil

- yanvardagi PF-60-sonli “2022-2026-yillarga mo‘ljallangan Yangi O‘zbekistoning taraqqiyot strategiyasi to‘g‘risida”gi Farmoni https://lex.uz/docs/5841063.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoyevning 2018-yil

- avgustdagi “O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tizimida ma’naviy-ma’rifiy ishlar samaradorligini oshirish konsepsiyasi”. PQ-3898-son Qarori.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoevning Xavfsizlik kengashining kengaytirilgan tarkibdagi majlisidagi nutqi //gazeta.uz.–

-yil. 12- yanvar.

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023 yil 29 iyundagi

kuni tasdiqlangan “Yoshlarni harbiy-vatanparvarlik ruhida tarbiyalash

ishlari samaradorligini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori https://lex.uz/docs/-6518238.