Authors

  • Alisher Musirmon o’g’li Jabbor

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.science-research.82192

Keywords:

ijtimoiy tarmoq axborot tushunish idrok etish psixologik xususiyat.

Abstract

Ushbu maqolada ijtimoiy tarmoqlardagi axborotlarni tushunishning psixologik determinantlari va subyekt tomonidan axborotlarni qabul qilish va idrok etish jarayoniga ta’sir jihatlari yoritib berilgan. Maqolada ijtimoiy tarmoqlardagi salbiy axborotlarning asosiy turlari, ularning sabab-oqibatlari ham batafsil ravishda tahlil etilgan.

background image

“YANGI O‘ZBEKISTONDA ZAMONAVIY PSIXOLOGIYA VA PEDAGOGIKAGA DOIR

MUAMMOLARNI TADQIQ ETISHNING TRANSFORMATSION IMKONIYATLARI”

Xalqaro ilmiy - amaliy konferensiyasi, 2025-yil 24-aprel

153

IJTIMOIY TARMOQLARDAGI AXBOROTLARNI TUSUHUNISHNING

PSIXOLOGIK DETERMINANTLARI

Jabbor Alisher Musirmon o’g’li

TMC instituti dotsenti, psi.f.b.f.d (PhD)

https://doi.org/10.5281/zenodo.15268588

Annotatsiya. Ushbu maqolada ijtimoiy tarmoqlardagi axborotlarni tushunishning

psixologik determinantlari va subyekt tomonidan axborotlarni qabul qilish va idrok etish
jarayoniga ta’sir jihatlari yoritib berilgan. Maqolada ijtimoiy tarmoqlardagi salbiy
axborotlarning asosiy turlari, ularning sabab-oqibatlari ham batafsil ravishda tahlil etilgan.

Kalit so’zlar: ijtimoiy tarmoq, axborot, tushunish, idrok etish, psixologik xususiyat.

Ijtimoiy tarmoqlardagi axborotlarni tushunishning psixologik determinantlari deganda,

eng avvalo, shaxsning kognitiv xususiyatlari, ya'ni e'tibor, idrok va tafakkur kabi bilish
jarayonlari muhim ahamiyat kasb etadi. Odamlarning axborotni qanday tushunishi va unga
munosabat bildirishiga aynan e'tibor va idrok jarayonlari sezilarli ta’sir ko‘rsatadi. Jumladan,
kishi axborotni qabul qilishda selektiv idrokka ega bo'lib, bu o'z navbatida uning ijtimoiy
tarmoqlarda ko'rgan axborotidan qaysi biri muhim yoki ishonchli ekanligini aniqlashda asosiy rol
o‘ynaydi. Bundan tashqari, insonning avvalgi bilimlari, tajribasi, stereotip va kognitiv sxemalari
ham ijtimoiy tarmoqlardan kelayotgan axborotni qanday qabul qilishini belgilab beradi. Masalan,
odam o‘z qarashlariga mos keladigan ma’lumotlarni ko‘proq eslab qoladi va aksincha,
qarashlariga zid bo‘lgan axborotni esa chetlab o'tadi yoki unga shubha bilan qaraydi. Bu jarayon
psixologiyada “kognitiv dissonans” va “tasdiqlash tarafkashligi” (confirmation bias) kabi
tushunchalar bilan izohlanadi.

Shuningdek, axborot tushunish jarayonida ijtimoiy-psixologik determinantlar, jumladan,

shaxslararo munosabatlar, referent guruhlar va taqlid qilish mexanizmi ham sezilarli rol
o‘ynaydi. Ijtimoiy tarmoqlarda odamlarning boshqa foydalanuvchilar yoki influencerlarning
fikrlari ta’sirida qolishi tez-tez kuzatiladi. Xususan, odamlar axborotni baholash yoki unga
ishonish jarayonida boshqa foydalanuvchilar bergan reaksiyalar (izohlar, like yoki repostlar
soni)ga ham tayanadilar. Ijtimoiy taqqoslash nazariyasiga ko'ra, insonlar ijtimoiy tarmoqlarda
boshqalar bilan o‘z fikrlarini solishtirib, natijada ko‘pchilik fikrini “haqiqat” deb qabul qilishga
moyil bo'ladilar. Bundan tashqari, emotsional determinantlar ham juda muhim rol o'ynaydi, ya’ni
ijtimoiy tarmoqlardagi axborotning emotsional jihatdan qanchalik ta'sirli bo‘lishi insonlarning
uni tushunishi va qabul qilishiga katta ta’sir ko‘rsatadi

1

.

Psixologik yondashuvda birlamchi obyekt inson bo’lib, matnning qabul qilinishida uning

individual ruhiy holati, xususiyatlari ko’proq tahlil qilinadi. T.A. Drozdova matnni tushunishni
psixologik tajribalar asosida tadqiq etib, uning darajalarini belgilaydi. Ammo bu darajalar har
doim ham tushunish jarayonida yuzaga chiqavermasligini ta’kidlab o’tadi, ya’ni tajriba
sinaluvchilarining 36% da tushunish jarayonining bosqichma-bosqich kechishi kuzatilgan
bo’lsa, sinaluvchilarning qolganlarida tushunish aralash, betartib holatda amalga oshgan.
Yuqorida keltirilgan bosqichlarning ayrimlari tushirib qoldirilgan, qisqartirilgan holatlar ham
kuzatilgan. Kommunikativ vazifaning o’zgarishi tushunish va idrok etishning borishiga ta’sir

1

Гуменюк Ю. Квантитативная лингвистика и семантика.Новосибирск., 2001. – С.4.


background image

“YANGI O‘ZBEKISTONDA ZAMONAVIY PSIXOLOGIYA VA PEDAGOGIKAGA DOIR

MUAMMOLARNI TADQIQ ETISHNING TRANSFORMATSION IMKONIYATLARI”

Xalqaro ilmiy - amaliy konferensiyasi, 2025-yil 24-aprel

154

qiladi. Drozdova tushunishning borishi sinaluvchilarning individual-psixologik xususiyatlariga
bog’liqligini aytadi

2

.

Matnlarni o’rganish va idrok etishda psixolingvistikada quyidagi yo’nalishlarni ajratish

mumkin. Dastlabki yo’nalishda oliy asab tizimi faoliyati buzilgan insonlarda matnning qabul
qilinishi tekshirilgan. Keyingi yo’nalishda maxsus matnlar yordamida tadqiqotlar amalga
oshirilgan. Uchinchi yo’nalishda tilning turli uslublarida yaratilgan oddiy matnlardan
foydalanilgan. Har uch yo’nalishda ham ikki xil tadqiqot usuli mavjud. Birinchi usulga ko’ra,
jarayonning o’zini uning yakuniy natijasiga qarab tahlil qilinadi. Bunda matn qabul
qilinayotganda miyaning ishlashini bevosita kuzatib bo’lmaydi, qabul qilib bo’lingach, inson
ongida matn proyeksiyasi hosil bo’ladi, aynan shu proyeksiyani asl matn bilan solishtirilgan
holda jarayon haqida xulosalar chiqariladi. Ikkinchi usul esa bevosita jarayonning o’zini
neyrometodlar vositasida kuzatishga harakat qilinayotgan ishlar. Bu usul asosan AQSH,
Gollandiya kabi psixolingvistika rivojlangan mamlakatlarga tegishlidir. Tadqiqotchilar
sinaluvchilar miyasidagi qo’zg’alishlarni maxsus asboblar yordamida qayd etib boradi

3

.

A.R. Luriya bosh miya chap yarimsharlari po’stlog’ining turli qismlari zararlanishida

ya’ni afaziyaning turli ko’rinishlarida dekodlash jarayonining qanday buzilishini tahlil etgan.
Luriya afaziyaning yetti ko’rinishini ajratadi: sensor afaziya, vizual-mnestik afaziya, audial-
mnestik afaziya, semantik afaziya, afferent-motor afaziya, efferent-motor afaziya va dinamik
afaziyalar. Sensor afaziyada fonematik eshitishning izdan chiqishini, audial-mnestik afaziyada
nutqiy operativ xotiraning izzdan chiqishi natijasida gapning sintaktik strukturasi persepsiyada
saqlana olmasligi, semantik afaziyada turli murakkab birikmalarning tushunilishi qiyinlashishi
kabi holatlar qator tajribalar yordamida ochib berilgan. Luriya o’z tadqiqoqtlarida matnni
o’qitib, mazmunini so’zlatish, matnga oid savollar berib javoblar olish, matn mazmuniga oid
gaplarni variantlar ichidan tanlab olish kabi tajriba usullaridan foydalangan

4

.

M. Vassenar, P. Xagurt va K. Braunlar brok afaziyasida (efferent motorli afaziya)

gapning tushunilishini neyrometod yordamida tadqiq etadi. Ular sintaktik pozitiv o’zgarish
komponentini kuzatadilar. Bu komponent pozitiv aqliy potensial bo’lib, turli sintaktik xatolarga
javob sifatida stimul berilgandan 500 millisekund o’tgach, sinaluvchilarning miyasida
qo’zg’alish sifatida yuzaga chiqqan. Masalani tadqiq etish uchun sintaktik xato gaplar
bemorlarga berilgan. Gapni tushuna olganlarda sintaktik pozitiv o’zgarish komponenti ba’zi
tutilishlar bilan yuzaga chiqqan. Bu tutilishlar gapning sintaktik xato qismlariga kelganda ro’y
bergan. Ba’zi yaxshi tushunmaganlarda ham sintaktik pozitiv o’zgarish komponenti kuzatilgan,
biroq ulardagi tutilishlar uzoqroq davom etgan. Yaxshi tushunmaganlarning qolganlarida
qo’zg’atilgan sintaktik imkoniyatlar pasaygan. Maxsus tuzilgan matnlar bilan amalga oshirilgan
tadqiqotlar nutqiy faoliyatning ayrim aspektlarini alohida-alohida tahlil qiladi. Bunda ko’proq
inson miyasining qanday ishlashiga e’tibor qaratiladi. Oddiy matnlarning qabul qilinishini
o’rganish esa umumiy holatda idrok etish jarayoni qanday kyechishini aniqlashga yordam

2

Дроздова Т.А. Психологические особенности понимания текста как процесса.М., 1985. – С.106-120.

3

Сахарный Л.В. Контекстное и ннеконтекстное в восприятии лексико-семантияческой стороны слова. М.,

1986. – С.107.

4

Лурия А.Р. Основные проблемы нейролингвистики. М. – С.183-230.


background image

“YANGI O‘ZBEKISTONDA ZAMONAVIY PSIXOLOGIYA VA PEDAGOGIKAGA DOIR

MUAMMOLARNI TADQIQ ETISHNING TRANSFORMATSION IMKONIYATLARI”

Xalqaro ilmiy - amaliy konferensiyasi, 2025-yil 24-aprel

155

beradi. Psixolingvistikada ilmiy-ommabop, ilmiy-texnik, diniy, badiiy va publisistik matnlar
idrok etish nuqtayi nazaridan o’rganilgan

5

.

So’ngi yillarda amalga oshirilgan tadqiqotlarda ham matn birliklari masalasiga katta

e’tibor qaratilgan. Belorus olimi N. Evchik o’zining ilmiy ishlarida tilning idrok etish bazasini
nazariy va amaliy jihatdan tadqiq etadi. U o’zidan oldingi tadqiqotlarga tayangan holda nutqni
tushunish quyidagi birliklar asosida amalga oshadi deb aytadi: 1)nutq mazmuniy birliklarining
tipik bo’lgan ritmik-metodik strukturalari; 2)ritmik-metodik strukturalarga kiruvchi bo’g’inlar;
3)bu bo’g’inlarni tashkil etuvchi fonemalar.

Xulosa qilib aytganda, shaxslar ko‘pincha ratsional mantiqqa emas, balki o‘z his-

tuyg‘ulariga asoslanib axborotni tushunish va baholashga moyil bo‘ladilar. Bu esa axborotni
noto‘g‘ri tushunish yoki manipulyatsiyaga tushib qolish xavfini oshiradi. Kognitiv yo’nalish
vakillari matnning mazmuniy strukturasiga ko’proq e’tibor qaratadilar. Tahlil matniy baza,
vaziyat modeli, dunyo va voqelik haqidagi bilim kabi tushunchalar asosida amalga oshiriladi.

Foydalanilgan adabiyotlar:

1.

Гуменюк Ю. Квантитативная лингвистика и семантика.Новосибирск., 2001. – С.4.

2.

Дроздова Т.А. Психологические особенности понимания текста как процесса.М.,

1985. – С.106-120.

3.

Сахарный Л.В. Контекстное и ннеконтекстное в восприятии лексико-

семантияческой стороны слова. М., 1986. – С.107.

4.

Лурия А.Р. Основные проблемы нейролингвистики. М. – С.183-230.

5.

Wassenar M. Hagoort C. Brown C. Syntactic ERP Effects in Broca’s aphasics with

agrammatic comprehension.-Aphazia.,1997. – P.61-64.

5

Wassenar M. Hagoort C. Brown C. Syntactic ERP Effects in Broca’s aphasics with agrammatic comprehension.-

Aphazia.,1997. – P.61-64.

References

Гуменюк Ю. Квантитативная лингвистика и семантика.Новосибирск., 2001. – С.4.

Дроздова Т.А. Психологические особенности понимания текста как процесса.М., 1985. – С.106-120.

Сахарный Л.В. Контекстное и ннеконтекстное в восприятии лексико-семантияческой стороны слова. М., 1986. – С.107.

Лурия А.Р. Основные проблемы нейролингвистики. М. – С.183-230.

Wassenar M. Hagoort C. Brown C. Syntactic ERP Effects in Broca’s aphasics with agrammatic comprehension.-Aphazia.,1997. – P.61-64.