Authors

  • Dildora Zikirova

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.science-research.82234

Keywords:

Qobiliyat ahloqiy qobiliyat pedagogik qobiliyat empatik qobiliyat perseptiv qobiliyat pedagogik faoliyat iste’dod tushuntira olish qobiliyati bilish qobiliyati kinestetik qobiliyat mantiqiy qobiliyat kuzatuvchanlik qobiliyati nutq qobiliyati motivasion qobiliyat ko‘nikma malaka ijod fikrlash tezligi mahorat kommunikativ qobiliyat didaktik qobiliyat asosiy xususiyatlar.

Abstract

Ushbu maqolada o‘qituvchi faoliyatida qobiliyatning pedagogik tavsifi, o‘qituvchining pedagogik qobiliyati uning o‘quvchilarga bilim berish va ta'lim jarayonini samarali tashkil etishdagi malakalari, metodik ko‘nikmalari, va kommunikatsiya qobiliyatlarini o‘z ichiga oladi. Maqolada o‘qituvchining pedagogik va psixologik qobiliyatlarining uyg‘unligi, o‘quvchilarning ta'lim olish jarayonini samarali rivojlantirishda qanday ta'sir ko‘rsatishi haqida so‘z yuritiladi.

background image

“YANGI O‘ZBEKISTONDA ZAMONAVIY PSIXOLOGIYA VA PEDAGOGIKAGA DOIR

MUAMMOLARNI TADQIQ ETISHNING TRANSFORMATSION IMKONIYATLARI”

Xalqaro ilmiy - amaliy konferensiyasi, 2025-yil 24-aprel

194

O‘QITUVCHI FAOLIYATIDA PEDAGOGIK QOBILIYATNING TAVSIFI

Zikirova Dildora Shuhrat qizi

Texnologiya, menejment va komunikatsiya instituti o ‘qituvchisi

https://doi.org/10.5281/zenodo.15269966

Annotatsiya. Ushbu maqolada o‘qituvchi faoliyatida qobiliyatning pedagogik tavsifi,

o‘qituvchining pedagogik qobiliyati uning o‘quvchilarga bilim berish va ta'lim jarayonini
samarali tashkil etishdagi malakalari, metodik ko‘nikmalari, va kommunikatsiya qobiliyatlarini
o‘z ichiga oladi. Maqolada o‘qituvchining pedagogik va psixologik qobiliyatlarining uyg‘unligi,
o‘quvchilarning ta'lim olish jarayonini samarali rivojlantirishda qanday ta'sir ko‘rsatishi haqida
so‘z yuritiladi.

Kalit so‘zlar: Qobiliyat, ahloqiy qobiliyat, pedagogik qobiliyat, empatik qobiliyat,

perseptiv qobiliyat, pedagogik faoliyat, iste’dod, tushuntira olish qobiliyati, bilish qobiliyati,
kinestetik qobiliyat; mantiqiy qobiliyat; kuzatuvchanlik qobiliyati, nutq qobiliyati, motivasion
qobiliyat, ko‘nikma, malaka, ijod, fikrlash tezligi, mahorat, kommunikativ qobiliyat, didaktik
qobiliyat, asosiy xususiyatlar.


Qobiliyatlar biror faoliyatni yuqori darajada bajarish imkoniyatini yaratadi va odamning

o‘z maqsadlariga erishishida muhim rol o‘ynaydi. Pedagogika sohasida, masalan, o‘qituvchi
o‘zining pedagogik qobiliyatlarini va psixologik qobiliyatlarini rivojlantirish orqali
o‘quvchilarga samarali ta'lim berishi mumkin.

Qobiliyat

– bu insonning ma'lum bir faoliyatni muvaffaqiyatli va samarali amalga

oshirish uchun zarur bo‘lgan intelektual, jismoniy, emotsional va ruhiy xususiyatlarning
yig‘indisi bo‘lib, u tabiiy ravishda rivojlanishi mumkin yoki o‘rganish, tajriba va malaka orttirish
jarayonida shakllanadi. Qobiliyat insonning muayyan faoliyat turini bajarishga nisbatan yuqori
darajada tayyorligini ifodalaydi va bu tayyorlik uning aqliy va jismoniy imkoniyatlari,
motivatsiyasi, tajribasi, ko‘nikmalari va o‘zini boshqarish qobiliyatiga bog‘liq bo‘ladi. Qobiliyat
har bir insonda o‘ziga xos bo‘lib, turli sohalarda (masalan, san'at, ilm-fan, sport, pedagogika)
insonning muvaffaqiyatli ishlashini ta'minlaydi.

A.Xoliqov

qobiliyatga quyidagicha ta‘rif beradilar: Qobiliyat - shaxsning individual-

psixologik xususiyati bo'iib, muayyan faoliyat yuzasidan layoqati va ishni muvaffaqiyatli amalga
oshirish subyektiv shart-sharoitini ifodalovchi individual psixik sifatlar yig'indisidir. Zarur
bo‘lgan bilim, malaka \a ko'nikmalami egallash dinamikasidagi farqlami aniqlaydi. Qobiliyatlar
individual-psixologik xususiyat boigani sababli, shaxsning boshqa sifatlari va xususiyatlariga,
ya’ni aql sifatlariga, xotira va xarakter xususiyatlariga, his-tuyg'ulariga qaramaqarshi
qo'yilmaydi, balki ular bilan bir qatorga qo'yilishi kerak.

Qobiliyat o'qituvchining individual imkoniyatlarini xarakterlaydi Bir xil sharoitda

qobiliyatli o'qituvchilar o‘z faoliyatlarida ham qobiliyat past kishilarga qaraganda ko'proq
yutuqlarga erishadilar. Qobiliyat shaxsning ham umumiy, ham maxsus rivojlanishida tezroq
oldinga siljib borishini, uning ijrochilik va ijodkorlik faoliyatlarida en yuqori natijalarga
erishishini ta’minlaydi. Qobiliyatli kishi mutaxassislikni tez egallay oladi va yuqori mahoratga
erishadi hamda ishlab chiqarish, fan yoki madaniyatga yangilik kirita oladi.

Pedagogikada

o'qituvchi qobiliyati - bu imkoniyatdir, uning mohirligi zaruriy darajasi faqatgina o'qitish va


background image

“YANGI O‘ZBEKISTONDA ZAMONAVIY PSIXOLOGIYA VA PEDAGOGIKAGA DOIR

MUAMMOLARNI TADQIQ ETISHNING TRANSFORMATSION IMKONIYATLARI”

Xalqaro ilmiy - amaliy konferensiyasi, 2025-yil 24-aprel

195

tarbiyalash jarayonida takomillashib boradi vayutuqlarga erishishida zamin yaratadi. Tug'ma
qobiliyatlar zehn deyiladi.

Iqtidor, iste’dod, daholik

- insonning ijodiy faoliyati jarayonida

erishiladigan qobiliyatlaming rivojlanish bosqichlari hisoblanadi. Qobiliyatlar xarakter kabi,
shaxsning faqatgina ma’lum faoliyatidagina mavjud bo'lgan sifatlaridir.

Pedagogik-psixologivada o'qituvchi qobiliyatining cheklangan turlari yo'q. Pedagogik

qobiliyat turlari fanning, jamiyatning rivojlanishiga qarab ko'payib va o'zgarib turishi mumkin.
Falsafada qobiliyat uzoq vaqtgacha o‘zgarmas irsiyat nasldan - naslga o'tuvchi jarayon sifatida
talqin etilgan. Olimlaming uzoq yillar olib borgan ilmiy-tadqqotlari va kuzatishlari natijasida
pedagogik qobiliyatning quyidagi asosiy sifatlari ajratib ko‘rsatilgan.

Pedagogik qobiliyatlar faqat pedagogik faoliyatning samarali bo‘lishini va shart-

sharoitini ifodalamasdan, balki ko‘p jihatdan muvaffaqiyatli ishlashning natijasi hamdir.
Pedagogik qobiliyatda o‘qituvchining o‘zaro fikr almashuvi bilan bog‘liq xususiyatlari asosiy rol
o‘ynaydi. Quyidagi pedagogik qobiliyatning

asosiy xususiyatlari

o‘qituvchining yuksak

pedagogik-psixologik bilimlari natijasida doimiy shakllanib boradi:

Kommunikativ qobiliyat:

o‘qituvchining pedagogik jamoa va ota-onalar, mahalla ahli

bilan bo‘ladigan o‘zaro muloqotida, ularning ruhiy holatlarini tushunish va ularga hamdard
bo‘lish, muloqotga kirishishida pok ko‘ngillilik. O‘qituvchi bunda psixologik bilimlarga ega
bo‘lishi, muomala madaniyatini muntazam o‘zida shakllantirib borishi lozim.

Perseptiv qobiliyat:

tashqi olamni va muhitni sezish, idrok etish, ya'ni kuzatuvchanlik

muhim rol o‘ynaydi. O‘qituvchining shijoati natijasida rivojlanadi, takomillashadi. O‘qituvchi
o‘quvchining psixologiya-sini, psixik holatini o‘ziga singdirib idrok etadi, sinf jamoasining
holatiga pedagogik vaziyatiga odilona baho beradi.

Empatik qobiliyat:

bolalarga bo‘Igan muhabbatdan kelib chiqadigan o‘quvchilarning

his-tuyg‘usini, psixologik holatlarini qalbdan his etish, tushunish, idrok etish, ularga achinish
xususiyatlaridir.


background image

“YANGI O‘ZBEKISTONDA ZAMONAVIY PSIXOLOGIYA VA PEDAGOGIKAGA DOIR

MUAMMOLARNI TADQIQ ETISHNING TRANSFORMATSION IMKONIYATLARI”

Xalqaro ilmiy - amaliy konferensiyasi, 2025-yil 24-aprel

196

Ta’lim jarayonini muqobillashtirish qobiliyati:

o‘qituvchi o‘z bilimini o‘quvchi ongi

va tafakkuriga kam kuch sarflash evaziga yetkaza olishi, ta’lim va tarbiyada belgilangan
muddatda maqsadga erishish qobiliyatidir.

Didaktik qobiliyat:

o‘quvchilar bilan muloqot qilishda, pedagogikaning ta’lim va

tarbiyaviy qonuniyatlarini hamda metodlarini chuqur o‘zlashtirgan holda samarali dars berish
qobiliyatidir. Shuningdek, dars pedagogik texnologiyalar asosida jahon andozalariga, hozirgi
zamon talablariga javob berishi kerak.

Tashkilotchilik qobiliyati:

pedagogik qobiliyatning tarkibiy qismidir. U sinf

o‘quvchilarining o‘qituvchi tomonidan turli jamoat ishlariga, to‘garaklarga jalb qila olishida, sinf
jamoasining har bir o‘quvchiga faol vaziyatni ta'minlab berishida namoyon bo‘ladi.

Konstruktiv qobiliyat

: o‘qituvchining o‘quv-tarbiyaviy faoliyatni puxta rejalashtirishi

asosida yuzaga keladigan kasbiy pedagogik vaziyat bosqichlarini oldindan ko‘ra olishi.

Bilish qobiliyati:

o‘qituvchining o‘z fanini va boshqa fanlarni chuqur bilishida,

o‘zlashtirishi va amaliyotda namoyon etishi.

Anglash (tushunish) qobiliyati:

o‘qituvchining ziyrakligi va uddaburonligi, voqea va

hodisalarni chuqur idrok etib, ularga adolatli munosabatda bo‘lishi.

Motivatsion qobiliyat:

o‘qituvchining yuqori profissional darajaga etishishida yordam

beradigan, intelektual tafakkur, tushunish, anglash, o‘z-o‘zini boshqarish jarayonining irodaviy,
emotsional jihatlari bilan tavsiflanadigan o‘qituvchi qobiliyatlarining tarkibiy qismidir.

Motivatsion qobiliyat

– o‘qituvchining shaxsiy (yuksak iroda, fikrlash doirasining kengligi,

muloyimlik, xushmuomalalilik, diqqat-e’tiborlilik, xulq –atvorga moslashuvchanlik, dilkashlik,
xayrixohlik, samimiylik, jozibadorlik, tanqidiy tafakkurga moyillik, kirishimlilik, ehtiyotkorlik,
yangilikka intilish va uni xis qilish, o‘z qadrini bilish, sezgirlik, emotsionallik va boshqalar)
fazilatlarini belgilovchi xususiyat bo‘lib, o‘qituvchining ta’lim-tarbiyaviy faoliyatida yuqori
darajaga erishish imkoniyatini ta’minlovchi qobiliyat turidir.

Tushuntira olish qobiliyati:

o‘qituvchining o‘quv materialini o‘quvchilarga tushunarli

qilib bayon etishi, material yoki muammoni ularga aniq va tushunarli qilib aytib berish,
o‘quvchilarda mustaqil ravishda faol qiziqish uyg‘otish qobiliyatidir. Albert Eynshteynning
quyidagi fikrlarini hech ham unutmaslik kerak: “Agar mavzuni oson tushuntira olmasangiz,
demak uni yetarli darajada bilmaysiz”.

Obro‘ orttira olish qobiliyati

: o‘quvchilarga bevosita emotsional irodaviy ta’sir

ko‘rsatish va shu asosda obro‘ orttira olishdir. Obro‘ faqat shu asosdagina emas, balki
o‘qituvchining fanni yaxshi bilishi, mehribonligi, nazokatligi va hakozolar asosida ham
qozoniladi. Avtoritar qobiliyatlar o‘qituvchi shaxsiy sifatlarining butun bir irodaviy sifatlariga
(dadilligi, chidamligi, qat’iyligi, talabchanligi va hakozolar) shuningdek o‘quvchilarga ta’lim -
tarbiya berish mas’uliyatini his etishga o‘zini haq ekanligiga ishonishga, bu ishonchni
o‘quvchilarga yetkaza olish kabilarga ham bog‘liq.

O‘quvchilar qo‘pollik qilmaydigan, qo‘rqitmaydigan, to‘g‘ri talab qo‘ya oladigan

o‘qituvchini hurmat qiladilar.

Kelajakni ko‘ra bilish qobiliyati

: o‘z harakatlarining oqibatlarini oldindan ko‘rishda,

o‘quvchining kelgusida qanday odam bo‘lishi haqidagi tasavvur bilan bog‘liq bo‘lgan shaxsni
tarbiyalab yetishtirishda, tarbiyalanuvchining qanday fazilatlarini taraqqiy etishini oldindan aytib


background image

“YANGI O‘ZBEKISTONDA ZAMONAVIY PSIXOLOGIYA VA PEDAGOGIKAGA DOIR

MUAMMOLARNI TADQIQ ETISHNING TRANSFORMATSION IMKONIYATLARI”

Xalqaro ilmiy - amaliy konferensiyasi, 2025-yil 24-aprel

197

bera olishda ifodalanadigan maxsus qobiliyat. By qobiliyat pedagogik optimizmga, tarbiyaning
qudratiga, odamga ishonish bilan bog‘liq bo‘ladi.

Diqqatni taqsimlay olish qobiliyati

: o‘qituvchi uchun diqqatning barcha xususiyatlari

hajmi, kuchi, idora qilina olishi ham taraqqiy etgan bo‘lishi muhimdir. Diqqat ayni bir vaqtda
faoliyatning bir qancha turlari o‘rtasida taqsimlanish qobiliyati o‘qituvchining ishi uchun alohida
ahamiyat kasb etadi. Qobiliyat tajribali o‘qituvchi mavzuni bayon qilish mazmunini va formasini
o‘z fikri yoki o‘quvchi fikrini diqqat bilan ko‘zatadi, ayni vaqtda barcha o‘quvchilarni o‘z diqqat
e’tiborida tutadi, toliqish, e’tiborsizlik tushkunlik alomatlarini hushyorlik bilan ko‘zatib boradi,
barcha intizom buzish hollarini e’tibordan qochirmaydi, nihoyat shaxsiy hatti harakatlarini
ko‘zatib boradi. Tajribasiz o‘qituvchi ko‘pincha materialni bayon qilishga berilib ketib
o‘quvchilarni e’tibordan chetda qoldiradi.

O‘qituvchining pedagogik qobiliyati uning ta'lim jarayonini samarali boshqarish,

o‘quvchilarga bilim berishda yuqori darajada muvaffaqiyatga erishish va o‘quvchilarning
individual ehtiyojlarini hisobga olishda muhim ahamiyatga ega. Pedagogik qobiliyat
o‘qituvchining bilim va ko‘nikmalarining o‘zaro uyg‘unligi, metodik yondashuvlarni to‘g‘ri
qo‘llash, o‘quvchilarning psixologik holatini tushunish va ular bilan samarali muloqot o‘rnatish
orqali namoyon bo‘ladi.

O‘qituvchining pedagogik qobiliyati faqatgina ilmiy bilimlar bilan cheklanib qolmaydi,

balki uning muloqot va ijtimoiy ko‘nikmalarini rivojlantirish, motivatsiya berish va
o‘quvchilarning fikrlash tizimini shakllantirishni o‘z ichiga oladi. Bu qobiliyat o‘qituvchining
o‘z ustida ishlashini, yangi metodlar va innovatsion yondashuvlarni o‘rganishini talab qiladi.

Shuningdek, pedagogik qobiliyat o‘quvchilarning bilim olish jarayoniga faol ishtirok

etishiga yordam beradi va ta'lim sifatini oshirishga xizmat qiladi. Shu bilan birga, o‘qituvchining
pedagogik qobiliyatlari uning shaxsiy rivojlanishiga va kasbiy faoliyatida muvaffaqiyatga
erishishiga xizmat qiladi. Ta'lim tizimining yuqori sifatli bo‘lishi uchun o‘qituvchilarning
pedagogik qobiliyatlarini doimiy ravishda rivojlantirish, yangi metodlarni qo‘llash va shaxsiy
kompetentsiyalarni oshirish zarurdir.



Foydalanilgan adabiyotlar:

1.

O‘zbekiston Respublikasining Ta’lim to‘g‘risidagi qonuni, 23.09.2020 yildagi O‘RQ-
637-son

2.

Xoliqov A. “Pedagogik mahorat”(darslik). – Toshkent, 2011.

3.

Azizxo‘jayeva N.N. “Pedagogik texnologiya va pedagogik mahorat” (o‘quv qo‘llanma).
– Toshkent, 2006.

4.

Erkaboyeva N. “Pedagogik mahorat” (o‘quv qo‘llanma). – Buxoro davlat pedagogika
instituti, 2019.

5.

B.Xodjayev “Umumiy pedagogika nazariyasi va amaliyoti” Darslik “Sano-standart”
nashriyoti Toshkent – 2017. 416 bet

References

O‘zbekiston Respublikasining Ta’lim to‘g‘risidagi qonuni, 23.09.2020 yildagi O‘RQ-637-son

Xoliqov A. “Pedagogik mahorat”(darslik). – Toshkent, 2011.

Azizxo‘jayeva N.N. “Pedagogik texnologiya va pedagogik mahorat” (o‘quv qo‘llanma). – Toshkent, 2006.

Erkaboyeva N. “Pedagogik mahorat” (o‘quv qo‘llanma). – Buxoro davlat pedagogika instituti, 2019.

B.Xodjayev “Umumiy pedagogika nazariyasi va amaliyoti” Darslik “Sano-standart” nashriyoti Toshkent – 2017. 416 bet