Authors

  • Sevinch Botirova
  • Mahbuba Qodirjonova

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.science-research.82283

Keywords:

boshlang`ich sinflar interfaol metodlar pedagogik texnologiya ta’lim jarayoni axborottexnologiyalari ko`nikma malaka.

Abstract

Ushbu maqolada boshlang`ich sinflarda interfaol metodlardan foydalanish haqida so`z yuritilgan. Shuningdek, boshlang’ich sinflarda interfaol metodlar, ularning turlari, boshlang’ich sinflarda qo’llash usullari zamonaviy texnologiyalarining ta’lim jarayonidagi o’rni, umumiy o’rta ta’lim maktablariningboshlang’ich sinf o’qituvchilarining zamonaviy pedagogik texnologiyalardan foydalanish imkoniyatlari tahlil qilingan.

background image

“YANGI O‘ZBEKISTONDA ZAMONAVIY PSIXOLOGIYA VA PEDAGOGIKAGA DOIR

MUAMMOLARNI TADQIQ ETISHNING TRANSFORMATSION IMKONIYATLARI”

Xalqaro ilmiy - amaliy konferensiyasi, 2025-yil 24-aprel

200

BOSHLANG`ICH SINFLARDA INTERFAOL METODLARDAN FOYDALANISH

Sevinch Murod qizi Botirova

TMC instituti Boshlang`ich ta`lim yo`nalishi 101-23-guruh talabasi

Mahbuba Qudrat qizi Qodirjonova

TMC instituti Boshlang`ich ta`lim yo`nalishi 101-23-guruh talabasi

https://doi.org/10.5281/zenodo.15270145

Annotatsiya. Ushbu maqolada boshlang`ich sinflarda interfaol metodlardan foydalanish

haqida so`z yuritilgan. Shuningdek, boshlang’ich sinflarda interfaol metodlar, ularning turlari,
boshlang’ich sinflarda qo’llash usullari zamonaviy texnologiyalarining ta’lim jarayonidagi
o’rni, umumiy o’rta ta’lim maktablariningboshlang’ich sinf o’qituvchilarining zamonaviy
pedagogik texnologiyalardan foydalanish imkoniyatlari tahlil qilingan.

Kalit so`zlar: boshlang`ich sinflar, interfaol metodlar, pedagogik texnologiya, ta’lim

jarayoni, axborottexnologiyalari, ko`nikma, malaka.

Аннотация. В данной статье рассказывается об использовании интерактивных

методов в начальных классах. Также проанализированы интерактивные методы в
начальных классах, их виды, роль современных технологий в образовательном процессе,
методы, используемые в начальных классах, возможности использования современных
педагогических технологий учителями начальных классов общеобразовательных школ.

Ключевые слова: начальные классы, интерактивные методы, педагогическая

технология, учебный процесс, информационные технологии, навык, квалификация.

Abstract. This article talks about the use of interactive methods in primary classes.

Also, interactive methods in primary classes, their types, the role of modern technologies in the
educational process of the methods used in primary classes, the possibilities of using modern
pedagogical technologies by primary school teachers of general secondary schools analyzed.
Key words: primary classes, interactive methods, pedagogical technology,
educational process, information technology, skill, qualification.

“Agar matematika go’zal bo’lmaganda edi, ehtimol matematikaning o’zi ham

mavjud bo’lmasdi. Aks holda qanday kuch, insoniyatning buyuk daholarini bu qiyin

fanga torta olardi”

(P.I. Chaykovskiy)

Bugungi kunda o`quvchilarning o`quv va ijodiy faolliklarni oshiruvchi hamda

ta`limtarbiya jarayonining samaradorligini kafolatlovchi pedagogik texnologiyalarni qo`llash
borasida katta tajriba to`plangan bo`lib ushbu tajriba asoslarini tashkil etuvchi metodlar interfaol
metodlar nomi bilan yuritiladi.

Dars jarayonida foydalanishi mumkin boʻlgan innovatsion texnologiyalardan biri bu

interfaol metod sanaladi.

Interfaol metod

degani bu koʻp kuch sarf etmay, yuksak natijaga

erishishdir. Boshlangʻich sinf matematika darslarida foydalaniladigan interfaol metodlarning usuli
juda xilma-xil boʻlishi zarur.

Darhaqiqat, boshlang‘ich ta’limda bola shaxsining aqli, dunyoqarashi, savodxonligi,

mantiqiy tafakkuri, og‘zaki va yozma nutq ko‘nikmalari rivojlanadi.


background image

“YANGI O‘ZBEKISTONDA ZAMONAVIY PSIXOLOGIYA VA PEDAGOGIKAGA DOIR

MUAMMOLARNI TADQIQ ETISHNING TRANSFORMATSION IMKONIYATLARI”

Xalqaro ilmiy - amaliy konferensiyasi, 2025-yil 24-aprel

201

Ayniqsa, o‘qish darslarida bola borliq, atrof-muhit bilan tanishadi, yaxshini yomondan

ajratishni anglaydi, vatan tuyg‘usini his qiladi. Ko‘rganini va o‘qiganini qayta hikoyalash
ko‘nikmasi shakllanadi. Boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining qiziquvchanligi va bilishga bo‘lgan
ehtiyojini hisobga olgan holda pedagogik va axborot texnologiyalaridan darslarda samarali
foydalanish bugungi kun pedagoglaridan zamon bilan hamnafas bo‘lishni talab qiladi. Bu borada
“Tushunchalar tahlili”, “Charxpalak”, “Zinama-zina” singari metodlar bilan bir qatorda “O‘zim
tekshiraman”, “Bo‘lishi mumkin emas”, “Ortiqchasini top”, “Juftini top” singari didaktik
o‘yinlardan foydalanish maqsadga muvofiq. “Tushunchalar tahlili”, “Charxpalak”, “Zinama-zina”
metodlarida boshlang‘ich sinflarda o‘tiladigan barcha o‘quv fanlarida foydalanish mumkin. Ushbu
metodlardan dars jarayonida foydalanilganida juftlikda yoki kichik guruhlarda ishlash mumkin.

“O‘yinli metodlar”

Tavsif: O‘quvchilar dars jarayonida turli matematik o‘yinlar orqali bilimlarni

mustahkamlaydi. Qo‘llash usullari: Matematik domino – Misollar va ularning javoblari
bog‘langan kartalar orqali o‘rganish.

Sonlar zanjiri

– O‘quvchilar ketma-ketlik bilan misollar yechishadi.

Geometrik shakllarni

top

– O‘quvchilar shakllarni aniqlashadi va nomini aytishadi.

Hisoblash poygasi

– Kim tezroq

misol yechsa, yutadi. Matematik krossvordlar – Sonlar va amallar asosida tuzilgan jumboqlarni
yechish.

Misollar:
o “Matematik domino o‘yini orqali misollarni yechish.”
o “Qaysi son 10 dan katta, lekin 20 dan kichik?”
o “Matematik kodni toping: 2, 4, 6, _, _, _.”

«Klaster»metodi

Klaster (gʻuncha, bogʻlam) metodi pedagogik, didaktik strategiyaning muayyan shakli

boʻlib, u tahsil oluvchilarga ixtiyoriy muammo (mavzu)lar xususida erkin, ochiq oʻylash va
shaxsiy fikrlarni bemalol bayon etish uchun sharoit yaratishga yordam beradi.

Mazkur metod turli xil gʻoyalar oʻrtasidagi aloqalar toʻgʻrisida fikrlash imkoniyatini

beruvchi tuzilmani aniqlashni talab etadi. «Klaster» metodi aniq ob'yektga yoʻnaltirilmagan
fikrlash shakli sanaladi. Undan foydalanish inson miya faoliyatining ishlash tamoyili bilan bogʻliq
ravishda amalga oshadi.

Ushbu metod muayyan mavzuning tahsil oluvchilar tomonidan chuqur hamda puxta

oʻzlashtirilguniga qadar fikrlash faoliyatining bir maromda boʻlishini ta'minlashga xizmat qiladi.
Interfaol metodlarning asosiy xususiyati shundaki, u bir mulohaza ustida koʻproq toʻxtalishga, u
haqida yaxshiroq tasavvur hosil qilishga undaydi. Masalan, Klaster metodidan boshlangʻich sinf
matematika darslarida katta mavzu yoki boʻlim soʻngida, qolaversa, yangi mavzuni oʻtish
jarayonida ham foydalanish mumkin.

Masalan, 10 ichida arifmetik amallarni bajarish boʻlimi soʻngida bu metoddan foydalanish

yaxshi natija beradi. Oʻquvchilar aynan shu boʻlimni oʻtish jarayonida nimalar bilan tanishgan
boʻlsa, birin-ketin xotirasiga keltirib, hatto misollar va ularning yechilish yoʻllarigacha qayd
etishga harakat qiladilar.

Klaster metodidan foydalanish chogʻida uning xususiyati va ahamiyati haqida

oʻquvchilarga tushuncha berib oʻtish lozim.


background image

“YANGI O‘ZBEKISTONDA ZAMONAVIY PSIXOLOGIYA VA PEDAGOGIKAGA DOIR

MUAMMOLARNI TADQIQ ETISHNING TRANSFORMATSION IMKONIYATLARI”

Xalqaro ilmiy - amaliy konferensiyasi, 2025-yil 24-aprel

202

Masalan:
-tayanch tushunchani oʻqigach, nimani oʻylasangiz shuni yoriting;
- yozilgan fikr orfografik jihatdan tahlil qilinmaydi;
-berilgan vaqt nihoyasiga yetmagancha fikrni yozishdan toʻxtamaslik, bir muddat hech

narsa tasavvuringizda hosil boʻlmasa, to eslab olguncha, biror narsaning rasmini chizish,

-gʻoyalar aloqadorligi va xilma-xilligiga e’tibor berish,
-vaqt tugagach, tushuncha atrofidagi kerakli asosiy gʻoyalar yigʻilib, chiroyli matn hosil

qilish.

«Zig-zag» strategiyasi (metodi)

Metod tahsil oluvchilar bilan guruh asosida ishlash, mavzuni tezkor va puxta
oʻzlashtirishga xizmat qiladi. Metodning afzalligi quyidagi jihatlar bilan belgilanadi:
- tahsil oluvchilarda jamoa (yoki guruh) boʻlib ishlash koʻnikmasi shakllanadi;
- mavzuni oʻzlashtirishga sarflanadigan vaqt tejaladi.
«Zig-zag» strategiyasini qoʻllash jarayonida quyidagi harakatlar amalga oshiriladi:
- sinf tahsil oluvchilari bir necha (5-7 ta) guruhga boʻlinadi;
- yangi mavzu mohiyatini yorituvchi matn ham tegishli ravishda 5-7 ta qismga ajratiladi;
- har bir guruhga mavzuning muayyan qismi (1matn, 2matn, ... va hokazolar) beriladi va

uni oʻrganish vazifasi topshiriladi;

- belgilangan vaqt mobaynida guruhlar matn ustida ishlaydilar;
- vaqtni tejash maqsadida guruh a'zolari orasidan liderlar tanlanadi va ular oʻrganilgan

matnga oid asosiy ma'lumotlarni guruhdoshlariga soʻzlab beradilar;

- liderlarning fikri guruh a'zolari tomonidan toʻldirilishi mumkin;
- barcha guruhlar oʻzlariga berilgan matnni puxta oʻzlashtirganlaridan soʻng matnlar

guruhlararo almashtiriladi;

- bu bosqichda ham yuqoridagi faoliyat takrorlanadi;
- shu taxlitda mavzu mohiyatini yorituvchi yaxlit matn tahsil oluvchilar tomonidan

oʻzlashtiriladi.

Tajribalar shuni ko`rsatadiki hozirgi kunda yosh avlodni bilimli, va tajribali kadr bo`lib

yetishishi uchun avvalo zamonaviy ta`limni yo`lga qo`yib darslarda turli xil interfaol metodlardan
foydalangan holda darslarni mazmunli va qiziqarli o`tishlari maqsadga muvofiq.

Xulosa qilib aytganda o`quvchilar darsda qanchalik faol ishtirok etishsa va erkin

fikrlashsa, shuncha ko`proq bilimga ega bo`ladilar.

Foydanilgan adabiyotlar:

1.

Urakova

Shoxista

Urakovna

BOSHLANG`ICH

SINFLARDA

INTERFAOL

METODLARDAN FOYDALANISH.

2.

Shaxnoza Ibadullayevna Ibadullayeva, Mahbuba Qudrat qizi Qodirjonova, Sevinch Murod
qizi

Botirova

BOSHLANG`ICH

SINFLARDA

MATEMATIKA

O`QITISHDA

INNOVATSION METODLAR VA TEXNOLOGIYALARDAN FOYDALANISH.

3.

Ibadullayeva

Shaxnoza

Ibadullayevna,

Sanjarova

Kumushoy

Sanjarbek

qiz,

BOSHLANG‘ICH

SINFLARDA

MATEMATIKA

O‘QITISHDAINTERFAOL

METODLARDAN FOYDALANISH


background image

“YANGI O‘ZBEKISTONDA ZAMONAVIY PSIXOLOGIYA VA PEDAGOGIKAGA DOIR

MUAMMOLARNI TADQIQ ETISHNING TRANSFORMATSION IMKONIYATLARI”

Xalqaro ilmiy - amaliy konferensiyasi, 2025-yil 24-aprel

203

4.

Buxoro davlat universiteti, Boshlang’ich ta’lim metodikasi kafedrasi dotsenti, p.f.b.f.d.,
(PhD) Saidova Mohinur Jonpo’latovna; Buxoro davlat universiteti, Maktabgacha va
boshlang`ich ta`lim fakulteti talabasi Roziqova Gulnoza boshlang`ich sinf matematika
darslarida interfaol metodlardan foydalanish

References

Urakova Shoxista Urakovna BOSHLANG`ICH SINFLARDA INTERFAOL METODLARDAN FOYDALANISH.

Shaxnoza Ibadullayevna Ibadullayeva, Mahbuba Qudrat qizi Qodirjonova, Sevinch Murod qizi Botirova BOSHLANG`ICH SINFLARDA MATEMATIKA O`QITISHDA INNOVATSION METODLAR VA TEXNOLOGIYALARDAN FOYDALANISH.

Ibadullayeva Shaxnoza Ibadullayevna, Sanjarova Kumushoy Sanjarbek qiz, BOSHLANG‘ICH SINFLARDA MATEMATIKA O‘QITISHDAINTERFAOL METODLARDAN FOYDALANISH

Buxoro davlat universiteti, Boshlang’ich ta’lim metodikasi kafedrasi dotsenti, p.f.b.f.d., (PhD) Saidova Mohinur Jonpo’latovna; Buxoro davlat universiteti, Maktabgacha va boshlang`ich ta`lim fakulteti talabasi Roziqova Gulnoza boshlang`ich sinf matematika darslarida interfaol metodlardan foydalanish