Authors

  • Gulbaxram Djanaliyeva
  • Moxigulxon Bobojonova

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.science-research.82296

Keywords:

kompetensiya kasbiy kompetensiya maxsus kompetensiya ijtimoiy kompetensiya psixologik metodik informatsion kreativ innovatsion va kommunikativ kompetentlik.

Abstract

Mazkur maqolada pedagog kadrlarning kasbiy kompetensiyalarini rivojlantirish maqsadi, vazifalari, kasbiy kompetensiyalarning mamuni va ularning mohiyati zamonaviy pedagog kadrlarning uzluksiz kasbiy kompetensiyalarini rivojlantirib borish yoritilgan.

background image

“YANGI O‘ZBEKISTONDA ZAMONAVIY PSIXOLOGIYA VA PEDAGOGIKAGA DOIR

MUAMMOLARNI TADQIQ ETISHNING TRANSFORMATSION IMKONIYATLARI”

Xalqaro ilmiy - amaliy konferensiyasi, 2025-yil 24-aprel

219

ZAMONAVIY PEDAGOG KADRLARNING KASBIY KOMPETENSIYALARINI

RIVOJLANTIRISH

Djanaliyeva Gulbaxram Abdurashitovna

TMC Instituti katta o’qituvchisi

Bobojonova Moxigulxon Raxmonjon qizi

TMC Instituti 2 bosqich talabasi

https://doi.org/10.5281/zenodo.15270287

Annotatsiya. Mazkur maqolada pedagog kadrlarning kasbiy kompetensiyalarini

rivojlantirish maqsadi, vazifalari, kasbiy kompetensiyalarning mamuni va ularning mohiyati
zamonaviy pedagog kadrlarning uzluksiz kasbiy kompetensiyalarini rivojlantirib borish
yoritilgan.

Kalit sо‘zlar: kompetensiya, kasbiy kompetensiya, maxsus kompetensiya, ijtimoiy

kompetensiya, psixologik, metodik, informatsion, kreativ, innovatsion va kommunikativ
kompetentlik.

Аннотация.

В

статье

рассматриваются

цель

и задачи

развития

профессиональных компетенций педагогических кадров, содержание профессиональных
компетенций и их сущность в непрерывном развитии профессиональных компетенций
современных педагогических кадров.

Ключевые слова: компетентность, профессиональная компетентность,

специальная

компетентность,

социальная

компетентность,

психологическая,

методическая, информационная, творческая, инновационная и коммуникативная
компетентность.

Abstract. The article examines the purpose and objectives of developing professional

competencies of teaching staff, the content of professional competencies and their essence in the
continuous development of professional competencies of modern teaching staff.

“O‘zbekiston Respublikasi oliy ta’lim tizimini 2030 yilgacha rivojlantirish

konsepsiyasi"ga ko‘ra mamlakatdagi oliy ta’lim bilan qamrov darajasini oshirish, xalqaro
standartlar asosida yuqori malakali, kreativ va tizimli fikrlaydigan, mustaqil qaror qabul qila
oladigan kadrlar tayyorlash, ularning intellektual qobiliyatlarini namoyon etishi va ma’naviy
barkamol shaxs sifatida shakllanishi uchun zarur shart-sharoit yaratish belgilangan.

1

Shuningdek, mamlakatimizning barcha sohalarida islohotlarni amalga oshirish,

odamlarning dunyoqarashini o‘zgartirish, yetuk va zamon talabiga javob beradigan mutaxassis
kadrlarni tayyorlashni hayotning o‘zi taqozo etmoqda. Respublikada ta’lim tizimini
mustahkamlash, uni zamon talablari bilan uyg‘unlashtirishga katta ahamiyat berilmoqda.

Bunda mutaxassis kadrlarni tayyorlash, ta’lim va tarbiya berish tizimi islohatlar

talablari bilan chambarchas bog‘langan bo‘lishi muhim ahamiyat kasb etadi.

1

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 8 oktyabr “O‘zbekiston Respublikasi oliy ta’lim tizimini 2030 yilgacha

rivojlantirish konsepsiyasini tasdiqlash to‘g‘risida”gi PF-5847-sonli Farmoni.


background image

“YANGI O‘ZBEKISTONDA ZAMONAVIY PSIXOLOGIYA VA PEDAGOGIKAGA DOIR

MUAMMOLARNI TADQIQ ETISHNING TRANSFORMATSION IMKONIYATLARI”

Xalqaro ilmiy - amaliy konferensiyasi, 2025-yil 24-aprel

220

Zamon talablariga javob bera oladigan mutaxassis kadrlarni tayyorlash, Davlat talablari

asosida ta’lim va uning barcha tarkibiy tuzilmalarini takomillashtirib borish oldimizda turgan
dolzarb masalalardan biridir.

Mazkur dolzarb vazifalarni bajarishda zamonaviy pedagog kadrlarning uzluksiz kasbiy

kompetensiyalarini rivojlantirib borishni talab etadi.

Xo‘sh, kasbiy kompetentlik nima? Kasbiy kompetentlik negizida qanday sifatlar aks

etadi? Pedagog qanday kasbiy kompetentlik sifatlarini rivojlantirmog‘i lozim?

Kasbiy kompetentlik

– mutaxassis tomonidan kasbiy faoliyatni amalga oshirish uchun

zarur bo‘lgan bilim, ko‘nikma va malakalarning egallanishi va ularni amalda yuqori darajada
qo‘llay olinishini ko‘zda tutadi.

2

Kasbiy kompetentlik mutaxassis tomonidan alohida bilim, malakalarning egallanishini

emas, balki har bir mustaqil yo‘nalish bo‘yicha integrativ bilimlar va hatti-harakatlarning
o‘zlashtirilishini nazarda tutadi.

Shuningdek, “

kompetensiya

” mutaxassislik bilimlarini doimo boyitib borishni, yangi

axborotlarni o‘rganishni, muhim ijtimoiy talablarni anglay olishni, yangi ma’lumotlarni izlab
topish, ularni qayta ishlash va o‘z faoliyatida qo‘llay bilishni taqozo etadi.

3

Bugungi kun zamonaviy pedagog kadrlari quyidagi kompetentlikga ega bo‘lmog‘i

lozim:

1.

Ijtimoiy kompetentlik

– ijtimoiy munosabatlarda faollik ko‘rsatish ko‘nikma,

malakalariga egalik, kasbiy faoliyatda sub’ektlar bilan muloqotga kirisha olish.

2.

Maxsus kompetentlik

– kasbiy-pedagogik faoliyatni tashkil etishga tayyorlanish,

kasbiy-pedagogik vazifalarni oqilona hal qilish, faoliyati natijalarini real baholash, BKMni
izchil rivojlantirib borish bo‘lib, ushbu kompetentlik negizida psixologik, metodik,
informatsion, kreativ, innovatsion va kommunikativ kompetentlik ko‘zga tashlanadi. Ular
o‘zida quyidagi mazmunni ifodalaydi:

psixologik kompetentlik

– pedagogik jarayonda sog‘lom psixologik muhitni yarata

olish, talabalar va ta’lim jarayonining boshqa ishtirokchilari bilan ijobiy muloqotni tashkil
etish, turli salbiy psixologik ziddiyatlarni o‘z vaqtida anglay olish va bartaraf eta olish;

metodik kompetentlik

– pedagogik jarayonni metodik jihatdan oqilona tashkil etish,

ta’lim yoki tarbiyaviy faoliyat shakllarini to‘g‘ri belgilash, metod va vositalarni maqsadga
muvofiq tanlay olish, metodlarni samarali qo‘llay olish, vositalarni muvaffaqiyatli qo‘llash;

informatsion kompetentlik

– axborot muhitida zarur, muhim, kerakli, foydali

ma’lumotlarni izlash, yig‘ish, saralash, qayta ishlash va ulardan maqsadli, o‘rinli, samarali
foydalanish;

kreativ kompetentlik

– pedagogik faoliyatga nisbatan tanqidiy va ijodiy

yondashish, o‘zining ijodkorlik malakalariga egaligini namoyish eta olish;

innovatsion kompetentlik

– pedagogik jarayonni takomillashtirish, ta’lim sifatini

yaxshilash, tarbiya jarayonining samaradorligini oshirishga doir yangi g‘oyalarni ilgari surish,
ularni amaliyotga muvaffaqiyatli tatbiq etish;

2

Muslimov N.A va boshqalar. Pedagogik kompetentlik va kreativ asoslari. O‘quv-metodik qo‘llanma. – T.: “Sano-standart”, 2015. – 120 b.

3

Dexkanova M.U. Pedagoglik kasbiga kirish. О‘quv qо‘llanma. T: 2023


background image

“YANGI O‘ZBEKISTONDA ZAMONAVIY PSIXOLOGIYA VA PEDAGOGIKAGA DOIR

MUAMMOLARNI TADQIQ ETISHNING TRANSFORMATSION IMKONIYATLARI”

Xalqaro ilmiy - amaliy konferensiyasi, 2025-yil 24-aprel

221

kommunikativ kompetentlik

– ta’lim jarayonining barcha ishtirokchilari, jumladan,

talabalar bilan samimiy muloqotda bo‘lish, ularni tinglay bilish, ularga ijobiy ta’sir ko‘rsata
olish.

Shaxsiy kompetentlik

– izchil ravishda kasbiy o‘sishga erishish,

malaka darajasini oshirib borish, kasbiy faoliyatda o‘z ichki imkoniyatlarini namoyon

qilish.

Texnologik

kompetentlik

– kasbiy-pedagogik BKMni boyitadigan ilg‘or

texnologiyalarni o‘zlashtirish, zamonaviy vosita, texnika va texnologiyalardan foydalana olish.

Maxsus kompetentlik ishlab chiqarish jarayonlarini rejalashtirish, texnika bilan ishlash

ko‘nikmalari, texnik hujjatlarni o‘qiy bilish, qo‘l ishlarini bajarish malakalariga;

shaxsiy kompetentlik – o‘z faoliyatini rejalashtirish, nazorat qilish va boshqarish,

mustaqil ravishda qarorlar qabul qilish, nostandart yechimlarni topa olish (kreativlilik), tez
moslashuvchan nazariy va amaliy fikrlash, muammoni ko‘ra bilish, yangi bilim va
ko‘nikmalarni mustaqil ravishda egallay olish layoqatiga;

individual kompetentlik – motivatsiyaga, muvaffaqiyat zahiralariga ega bo‘lish,

bajaradigan ishining sifatini oshirishga intilish, o‘z­o‘zini safarbar qila olish, o‘ziga ishonch va
optimizmga ega bo‘lishni taqozo etadi.

Ektremal kompetentlik

– favqulotda vaziyatlar (tabiiy ofatlar, texnologik jarayon

ishdan chiqqan)da, pedagogik nizolar yuzaga kelganda oqilona qaror qabul qilish, to‘g‘ri
harakatlanish malakasiga egalikdir.

Xulosa qilib aytganda, kasbiy kompetensiya o‘z bilimlarini tinmay boyitib borishni,

yangi axborotlarni o‘rganishni, shu kun va davr talablarini his etishni, yangi bilimlarni izlab
topish mahoratini, ularni qayta ishlashni hamda o‘z amaliy faoliyatida qo‘llashni talab qiladi.

Kompetensiya egasi bo‘lgan mutaxassis muammolarni yechishda o‘zi o‘zlashtirib

olgan, aynan shu sharoitga mos metod va yo‘llardan foydalanishni yaxshi bilishi, hozirgi
vaziyatga munosib bo‘lgan metodlarni tanlab olib qo‘llashi, to‘g‘ri kelmaydiganlarini rad
etishi, masalaga tanqidiy ko‘z bilan qarashi kabi ko‘nikmalarga ega bo‘ladi.

Adabiyotlar:

1.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 8 oktyabr “O‘zbekiston Respublikasi
oliy ta’lim tizimini 2030 yilgacha rivojlantirish konsepsiyasini tasdiqlash to‘g‘risida”gi
PF-5847-sonli Farmoni.

2.

Компетенции педагога ХХИ века [Электронный ресурс]: сб. материалов респ.
конференции (Минск, 25 нояб. 2021 г.) / М-во образования Респ. Беларус, ГУО
«Акад. последиплом. образования», ОО «Белорус. пед. о-во». – Минск: АПО, 2021.

3.

Muslimov N.A va boshqalar. Pedagogik kompetentlik va kreativ asoslari. O‘quv-metodik
qo‘llanma. – T.: “Sano-standart”, 2015. – 120 b.

4.

Dexkanova M.U. Pedagoglik kasbiga kirish. О‘quv qо‘llanma. T: 2023

5.

Ulmasovna, D. M. M. (2022). Pedagogikaning dolzarb muammolari. Galaxy International
Interdisciplinary Research Journal, 10(10), 211-212.


background image

“YANGI O‘ZBEKISTONDA ZAMONAVIY PSIXOLOGIYA VA PEDAGOGIKAGA DOIR

MUAMMOLARNI TADQIQ ETISHNING TRANSFORMATSION IMKONIYATLARI”

Xalqaro ilmiy - amaliy konferensiyasi, 2025-yil 24-aprel

222

6.

Ulmasovna, D. M. M., & Qizi R. M. Q. (2023). Bo’lajak boshlang’ich sinf
o’qituvchilarining ijtimoiy-madaniy kompetentligini rivojlantirish. Ta'lim va rivojlanish
tahlili onlayn ilmiy jurnali, 3(4), 52-56.




References

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 8 oktyabr “O‘zbekiston Respublikasi oliy ta’lim tizimini 2030 yilgacha rivojlantirish konsepsiyasini tasdiqlash to‘g‘risida”gi PF-5847-sonli Farmoni.

Компетенции педагога ХХИ века [Электронный ресурс]: сб. материалов респ. конференции (Минск, 25 нояб. 2021 г.) / М-во образования Респ. Беларус, ГУО «Акад. последиплом. образования», ОО «Белорус. пед. о-во». – Минск: АПО, 2021.

Muslimov N.A va boshqalar. Pedagogik kompetentlik va kreativ asoslari. O‘quv-metodik qo‘llanma. – T.: “Sano-standart”, 2015. – 120 b.

Dexkanova M.U. Pedagoglik kasbiga kirish. О‘quv qо‘llanma. T: 2023

Ulmasovna, D. M. M. (2022). Pedagogikaning dolzarb muammolari. Galaxy International Interdisciplinary Research Journal, 10(10), 211-212.

Ulmasovna, D. M. M., & Qizi R. M. Q. (2023). Bo’lajak boshlang’ich sinf o’qituvchilarining ijtimoiy-madaniy kompetentligini rivojlantirish. Ta'lim va rivojlanish tahlili onlayn ilmiy jurnali, 3(4), 52-56.