Authors

  • Shaxnoza Andayeva

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.science-research.82324

Keywords:

Virtuallik bilish raqamlashtirish ta’lim kompyuter virtual reallik potensiallik maktab virtual obraz axborot.

Abstract

Ushbu maqolada raqamlashtirish tushunchasini ma’nosi yoritilgan. Zamonaviy axborot jarayonlarining asosiy xarakteristikasi kundalik hayotning asosiga aylanadigan vizual amaliyotdir. Bugungi kunda odamlar, ayniqsa maktab oʻquvchilari tobora koʻproq ma’lumotni "ekran" orqali olishi va idrok etishi bilan ajralib turadi. Ta’limda raqamli texnologiyalarni joriy etishgailmiy asoslangan xulosalar tuzishda mavjud boʻlgan amaliyotni oʻrganish, tizimlashtirish va umumlashtirish orqali ta’lim sohasi tadqiq etilgan.

background image

“YANGI O‘ZBEKISTONDA ZAMONAVIY PSIXOLOGIYA VA PEDAGOGIKAGA DOIR

MUAMMOLARNI TADQIQ ETISHNING TRANSFORMATSION IMKONIYATLARI”

Xalqaro ilmiy - amaliy konferensiyasi, 2025-yil 24-aprel

227

ZAMONAVIY RAQAMLI TEXNOLOGIYALARNING TA’LIM TIZIMIDA TASNIFI

Andayeva Shaxnoza Sanaqulovna

TMC institute, Tillar va ijtimoiy-gumanitar fanlar kafedrasi mudiri

a.shaxnoza@tmci.uz

https://doi.org/10.5281/zenodo.15270333

Annotatsiya. Ushbu maqolada raqamlashtirish tushunchasini ma’nosi yoritilgan.

Zamonaviy axborot jarayonlarining asosiy xarakteristikasi kundalik hayotning asosiga
aylanadigan vizual amaliyotdir. Bugungi kunda odamlar, ayniqsa maktab oʻquvchilari tobora
koʻproq ma’lumotni "ekran" orqali olishi va idrok etishi bilan ajralib turadi. Ta’limda
raqamli texnologiyalarni joriy etishgailmiy asoslangan xulosalar tuzishda mavjud boʻlgan
amaliyotni oʻrganish, tizimlashtirish va umumlashtirish orqali ta’lim sohasi tadqiq etilgan.

Kalit soʻzlar: Virtuallik, bilish, raqamlashtirish, ta’lim, kompyuter, virtual reallik,

potensiallik, maktab, virtual obraz, axborot.

Аннотация. В данной статье объясняется значение понятия цифровизация.

Основной характеристикой современных информационных процессов является
визуальная практика, которая становится основой повседневной жизни. Сегодня люди,
даже школьники, отличаются тем, что получают и воспринимают все больше
информации через «экран». Область образования исследуется путем изучения,
систематизации и обобщения существующей практики получения научно
обоснованных выводов по внедрению цифровых технологий в образование.

Ключевые слова: Виртуальность, знания, цифровизация, образование, компьютер,

виртуальная реальность, потенциал, школа, виртуальный образ, информация.

Abstract. This article explains the meaning of the concept of digitalization. The main

characteristic of modern information processes is visual practice, which becomes the basis of
everyday life. Today, people, even schoolchildren, are distinguished by the fact that they receive
and perceive more and more information through the “screen”. The field of education is
explored by studying, systematizing and generalizing the existing practice of obtaining
scientifically based conclusions on the introduction of digital technologies in education.

Key words: Virtuality, knowledge, digitalization, education, computer, virtual reality,

potential, school, virtual image, information.


Bugungi kunda raqamli texnologiyalar hayotning barcha sohalarida faol qoʻllanilmoqda.

Iqtisodiyot, bank, xizmat sektori, shuningdek, ta’lim jarayonini ham tez sur’atlarda rivojlanishiga
xizmat qilmoqda. Bundan tashqari boshqaruv jarayonlarining robotlashtirilishi natijasida
bank sektorida, robotlar va ishchilar oʻrtasidagi raqobat masalasi ham koʻtarilmoqda. Davlat va
jamiyat boshqaruvi, ijtimoiy sohada ham raqamli texnologiyalarni keng joriy etish,
natijadorlikni oshirish, bir soʻz bilan aytganda, odamlar turmushini keskin yaxshilash
mumkin.

Raqamli iqtisodiyot bu birgina faoliyat turi emas, balki ishbilarmonlik, sanoat

obyektlari, sifatli ta’lim va xizmatlar deganidir. Bu atama barcha sohalarda axborot
texnologiyalaridan faol foydalanishni anglatadi. Agar oddiy iqtisodiyotda moddiy buyumlar


background image

“YANGI O‘ZBEKISTONDA ZAMONAVIY PSIXOLOGIYA VA PEDAGOGIKAGA DOIR

MUAMMOLARNI TADQIQ ETISHNING TRANSFORMATSION IMKONIYATLARI”

Xalqaro ilmiy - amaliy konferensiyasi, 2025-yil 24-aprel

228

asosiy resurs hisoblansa, raqamli iqtisodiyotda bu qayta ishlanadigan va uzatiladigan
axborot, ma’lumotlar boʻladi.

Raqamlashtirish ijtimoiy jarayonlarga kiritilmoqda, odamlarning muvaffaqiyatli

hayoti tobora koʻproq unga bogʻliq, bundan tashqari, davlat tashkilotlari va tuzilmalari ishiga
raqamli texnologiyalarni keng miqyosda joriy etish kuzatilmoqda. Faoliyatning barcha
sohalariga kompyuter texnologiyalarining global joriy etilishi, yangi kommunikatsiyalar va
yuqori avtomatlashtirilgan axborot muhitini shakllantirish nafaqat an’anaviy ta’lim
tizimini oʻzgartirishning boshlanishi, balki axborot jamiyatini shakllantirish yoʻlidagi
birinchi qadam boʻldi.

Maktablarda zamonaviy sharoitda oʻquv jarayonlarini optimallashtirish zarurati mavjud.
Bugungi kunda oʻqituvchilar butun dunyo miqyosida uzining xamkasblari, doʻstlari

bilan muloqot qilishlari mumkin. Tabiiyki, bu toifa kishilar odatda oflayn platformasini,
konferensiyalar va uchrashuvlarni tark etishgan buladi, ammo, onlayn suhbatlarga seminar va
videokonferensiyalarga qoʻshilishdan juda xursand bo‘ladilar.

Ta’limning eskisidan farq qiladigan zamonaviy formulasi bu ta’limni raqamlashtirish,

ya’ni bu elektron tizimga oʻtish jarayonidir. Shu jihatdan, mamlakatimiz Prezidenti Shavkat
Mirziyoyev ta’kidlaganlaridek “Taraqqiyotga erishish uchun raqamli bilimlar va zamonaviy
axborot texnologiyalarini egallashimiz zarur va shart. Bu bizga yuksalishning eng qisqa
yoʻlidan borish imkoniyatini beradi. Zero, bugun dunyoda barcha sohalarga axborot
texnologiyalari chuqur kirib bormoqda. Albatta, raqamli iqtisodiyotni shakllantirish kerakli
infratuzilma, koʻp mablagʻ va mehnat resurslarini talab etishini juda yaxshi bilamiz.

XX asrning ikkinchi yarmidan boshlab dunyoning koʻplab mamlakatlari iqtisodiy

rivojlanishida axborot texnologiyalari, xususan, raqamli iqtisodiyotni yuksaltirishga boʻlgan
e’tibor kuchaydi. Ilmiy-texnik taraqqiyot tufayli shakllanishi mumkin boʻlgan yagona
axborot –iqtisodiy makonining oʻsishiga va mehnat unumdorligini oshirishga; innovasion ish
oʻrinlari va raqamli aktivlarning yaratilishiga; fuqarolar huquqlarining yanada
yaxshilanishiga; jahon bozoriga chiqish yoʻllarining ochilishiga; korxonalarning
raqobatbardoshligini ta’minlash, davlat xizmatlari sifatini oshirish va boshqalarga yordam
beradi.

1995 yilda N.Negroponte tomonidan iqtisodiy jarayonlarda zamonaviy axborot

texnologiyalaridan(raqamli) foydalanish va ularni boshqarishga nisbatan kiritilgan "Raqamli
iqtisodiyot" konsepsiyasi qabul qilingan. Uning fikricha, axborot hajmi bilan
almashtiriladigan mahsulotning jismoniy ogʻirligining yoʻqligi, elektron tovarlarni ishlab
chiqarish uchun resurslar sarfining kamayishi, mahsulot egallagan maydonning ancha
kichikligi, shuningdek, Internet orqali tovarlarning deyarli bir zumda harakatlanishi
iqtisodiyotni raqamlashtirishni talab etadi.

Raqamli iqtisodiyotning rivojlanishi bilan uning ekologik xavfli ta’siri kuchayadi,

jumladan, texnologik xorijiy yetkazib beruvchilarga qaramlikning oʻsishi natijasida,
umuman mamlakat darajasida ham, ayrim sanoat va korxonalar darajasida ham texnologik
va iqtisodiy xavfsizlikning zaiflashuvi yuzaga keladi.

Davlat ularga maqsadli yordam koʻrsatishi mumkin. Birinchidan, bank kreditlari,

shu jumladan, eksport kreditlari boʻyicha kafolatlar berish, patentlash xarajatlarining bir


background image

“YANGI O‘ZBEKISTONDA ZAMONAVIY PSIXOLOGIYA VA PEDAGOGIKAGA DOIR

MUAMMOLARNI TADQIQ ETISHNING TRANSFORMATSION IMKONIYATLARI”

Xalqaro ilmiy - amaliy konferensiyasi, 2025-yil 24-aprel

229

qismini qoplash, maqsadli investisiya fondlarini shakllantirish, davlat xaridlari mexanizmi
orqali qoʻllab-quvvatlash va hokazo. Ikkinchidan, kichik va oʻrta biznesni raqamli
texnologiyalar, platformalar yaratish va raqamli xizmatlar koʻrsatishda qoʻshimcha qoʻllab-
quvvatlash. Bunga, masalan, raqamli texnologiyalarni ishlab chiqaruvchi tegishli
kompaniyalarga (masalan, sugʻurta toʻlovlari yoki soliq toʻlovlari boʻyicha) ma’lum imtiyozlar
berish, bunday kompaniyalar oʻrtasida sogʻlom raqobatni yaratish, ularga buyurtmalar
berish orqali erishish mumkin. Uchinchidan, iqtisodiyotning asosiy yoʻnalishlari uchun
raqamli platformalarning shakllanishi va miqyosi kabilar kiradi. Shuni alohida
ta’kidlash joizki, “COVID-2019” pandemiyasi barcha sohalar singari ta’lim tizimiga ham
oʻz ta’sirini oʻtkazdi, jumladan, bogʻcha, maktab va oliy ta’lim muassasalarining barchasi
ommaviy ravishda muddatidan oldin ta’tilga chiqishdi.

Yuneskoning ma’lumotiga koʻra, dunyo boʻyicha 1,7 milliard oʻquvchilar darslar

toʻxtatilgani sabab an’anaviy oʻqishdan mahrum boʻlishdi. Yuzdan ortiq mamlakatlarda
universitetlarning yopilishi dunyo talabalarining 90 foizini uyda oʻtirishga majbur qildi. 3-martga
kelib Yunesko 13 ta mamlakatda ta’lim muassasalarining vaqtincha yopilishi oqibatida
290,5 million oʻquvchi va talaba oʻqishdan uzilib qolganini ma’lum qildi va ularni zudlik
bilan masofaviy ta’limga oʻtishga chaqirdi.

Ayrim davlatlar ziyolilari esa masofaviy ta’limga qamrab olishda ta’minot masalasini

ilgari surmoqda. Internet manbalarida xabar berilishicha, bugungi kunda atigi oʻnga yaqin
davlatdagi talabalarning 95 foizida kompyuter bor. Indoneziyada esa 34 foiz yoshning
internetdan foydalanishga sharoiti yetarli. Shu oʻrinda, O‘zbekiston Respublikasida ham bu
koʻrsatkich yuqori darajada emas. Bunga sabab chekka hududlarda Internet
infratuzilmasining yaxshi rivojlanmaganligi. Bu esa mutaxassislar taxmin qilayotganidek, ta’lim
sifati pasyishiga sabab bo‘ladi.

Ta’lim tizimi bugungi kunda raqamli texnologiyalarga singib ketayotgani shunchaki

hayratlanarli emas, chunki, bugungi kunda axborot makonida taklif etilayotgan koʻplab
narsalarni jiddiy tahlil qilish va pedagogik asoslash uchun asos boʻlib xizmat qiladi. Soʻnggi
yillarda ta’limni «raqamlashtirish» muammolari, uning shakllanishiga ta’siri boʻyicha biror-bir
davlat loyihasi yoki soʻrovnoma asosida tadqiqotlar oʻtkazilmaganligi ham muhimdir.

Izlanishimiz shuni taqozo etadiki, virtuallik g‘oyasi evolyutsiyasi (tadriji,

rivojlanish) bayon etilgan adabiyotlar oz emas, ammo ularda nima uchundir E.Bexerning
virtualistik konsepsiyasiga o‘rin ajratilmagan. N.A.Nosov individdagi virtual realliklar
majmuasini ifodalaydigan virtual inson tushunchasini ishlab chiqilgan. Vaholanki, ma’lum
bo‘lishicha, shunga yaqin gipotezani garchand psixovitalizm ta’limoti formatida bo‘lsa ham,
E.Bexer yaratgan.Ta’limni raqamlashtirish: tasniflari, xususiyatlari. Kelgusida mumkin
bulgan barcha turdagi oʻzgarishlar haqida batafsil gapirish qiyin, ammo endi u aniq oʻzgaradi
deb bemalol aytishimiz mumkin.

Bilimli avlod, professional kadrlar-bu jamiyatning keng miqyosda rivojlanishining

garovidir. Raqamlashtirishning asosiy afzalligi mustaqillikka tayyorgarlikdir, chunki
kelajakdagi tizim mustaqil ishni oʻz zimmasiga oladi. O‘qituvchilarning bevosita raxbarligisiz
yoki haddan tashqari gʻamxoʻrligisiz talabalar yaxshi natijalarga erishishlari mumkin. Raqamli
ta’limga oʻtish kelajakka, Internet texnologiyalarini yaratishga katta qadamdir.


background image

“YANGI O‘ZBEKISTONDA ZAMONAVIY PSIXOLOGIYA VA PEDAGOGIKAGA DOIR

MUAMMOLARNI TADQIQ ETISHNING TRANSFORMATSION IMKONIYATLARI”

Xalqaro ilmiy - amaliy konferensiyasi, 2025-yil 24-aprel

230

Zamonaviy ilm-fan yuqori tezlikda rivojlanmoqda va har kuni yangi tuzilma paydo

boʻladi. Ta’limni raqamlashtirish talabalarga kelajakda axborot dunyosini yaxshiroq
boshqarishga yordam beradi. Viki lugʻat "raqamlashtirish" tushunchasining mazmunini"raqamli
qurilmalar yordamida aloqa, yozib olish va ma’lumotlarni uzatishning raqamli usuli" sifatida
ochib beradi. Vikilugʻat bu vikimedia jamgʻarmasining loyihalaridan biri va u erkin
yangilanadigan koʻp funksional koʻp tilli lugʻat va tezaurusga(zamonaviy tilshunoslikda tezaurus
semantik munosabatlarni-sinonimlar, antonimlar, paronimlar, giponimlar, giperonimlar va
boshqalarni belgilaydigan lugʻatlarning maxsus turidir) leksik birliklar orasida asoslanadi.
Vikilugʻat ma’lumotlari matn va nutqni mashinada qayta ishlash bilan bogʻliq vazifalarni
yechadi.

Raqamli ta’limning bir nechta turlari tasniflanadi:
* matnli ma’lumotlar (elektrondarsliklar, qullanmalar);
* vizual ma’lumotlar (illyustrasiyalar, video materiallar);
* audio axborot (dars matni, ma’ruzalar, audiokitoblar)
* interaktiv modellar (virtual laboratoriyalar, interaktivlik);
* audio va video ma’lumotlar (onlayn dars matnlari, ma’ruzalar, master-klass

materiallarini yozib olish).

Onlayn ta’limning kamchiliklari roʻyxatiga quyidagilar kirishi mumkin:
1. salbiy natijalar xavfi paydo bo‘ladi. Bunday yangiliklar ijobiy boʻladimi yoki

yoʻqligini aniq aytish mumkin emas. Ushbu tizim birinchi marta ishlatiladi, shu uchun siz uni
shunga oʻxshash narsa bilan taqqoslashingiz qiyin;

2. ijodkorlikning yetishmasligi. Olimlar rangli tasvirlarni o‘quvchilar tomonidan

yaxshiroq eslab qolishlari uchun yordam berishini isbotlaganlar, ya’ni u ijodiy
qobiliyatlarni rivojlantirishga yordam beradi. Biroq, axborot texnologiyalari o‘quvchilarni
oʻzlarini namoyon qilish imkoniyatini istisno qiladi. Bu esa o‘quvchilar uchun zerikarli bo‘lishi
mumkin;

3. aqliy faoliyatning pasayishi. Birorta o‘quvchiningbiror narsa haqida oʻylashi yoki

fikrlashining hojati yoʻq, ya’ni o‘quvchi oʻz ustida ishlashni toʻxtatdi. Kerakli
ma’lumotlarni topishda internetga kirish kifoya bo‘lib qoladi;

4. masalaning ijtimoiy tomoni ham bor. Kompyuter ma’lumotlari insonning

ijtimoiylashuv muloqot darajasini pasaytiradi. Odatda, o‘quvchi maktabga birinchi marta
kelganida, u yerdan oʻziga doʻst-oʻrtoq topishi yoki u bilan uchrashish ehtimoli kichik.
Maktabga ana’naviy usulda kelish bilan o‘quvchi nafaqat bilim oladi, balki o‘ziga doʻstlar
topadi, jamiyat bilan muloqot qilishni oʻrganadi;

5. jismoniy rivojlanish bilan bogʻliq muammolar. Avval o‘quvchi ko‘zi bilan koʻrish va

nozik xolatlarni his qilish mahorati oʻzgaradi. Uning ekranga uzoq vaqt qarab o‘tirishi
koʻzning charchashiga olib keladi.

6. o‘qituvchilarning vazifasi. Raqamli texnologiyalardan soʻng oʻqituvchi tushunchasi

haqiqatdan ham oʻzgaradi. Robotlar va virtual tizimlar bilan o‘qituvchilar almashtiriladi.

Natijada odamlar ishlab turgan ishlarini yoʻqotadilar.


background image

“YANGI O‘ZBEKISTONDA ZAMONAVIY PSIXOLOGIYA VA PEDAGOGIKAGA DOIR

MUAMMOLARNI TADQIQ ETISHNING TRANSFORMATSION IMKONIYATLARI”

Xalqaro ilmiy - amaliy konferensiyasi, 2025-yil 24-aprel

231

Xulosa sifatida aytish mumkinki, bugungi kun auditoriyalari oʻn yil avvalgilaridan juda

katta farq qiladi va sinf xonalari kompyuterlar, iPad, planshetlar, smart-doskalar va boshqa
turdagi ta’lim texnologiyalari bilan jihozlangan. Dunyoning boshqa joylarida boʻlgani
kabi O‘zbekistonda ham raqamli avlodning yetti ekranli avlodi - televizor, kompyuter,
planshet, tablet, fablet, smartfon va smartsoatlari paydo boʻlmoqda. Bunday zich
raqamli muhitga ega boʻlish va u bilan doimiy oʻzaro munosabat natijasida bugungi kun
talabalarining fikrlashi va axborotlarga ishlov berish jarayonlari oldingi fikr yuritish va
axborot jarayonlaridan tubdan farq qilmoqda.

Adabiyotlar:

1.

1.Mirziyoyev Sh.M. 2021 yil 6 noyabr kuni O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi
Qonunchilik palatasi va Senatining qoʻshma majlisida soʻzlagan nutqi.-Toshkent
“O’zbekiston ovozi” gazetasi. No 223 (479), 2021 yil 7 noyabr.

2.

2.O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning 2020 yil 24 yanvarda
Oliy Majlisga yoʻllagan Murojaatnomasi.

3.

3.Abdullayev, M., Saidahror, G., & Ayupov, R. (2020). Raqamli iqtisodiyot -
kadrlar

tayyorlashning

dolzarb

yoʻnalishlari.

https://journal.tsue.uz/

index.php/archive/article/view/2702.

4.

4.Norboeva N Erkinovna, Khashimova D Pakhritdinovna. The role of the digital
economy in the development of information and communication technologies //
ACADEMICIA: An International Multidisciplinary Research Journal 10 (3), 25-31.

5.

Abdullayev, M. (2020). Analysis of application of information systems at industrial
enterprises. https://journal.tsue.uz/index.php/ archive/article/view/2270.

6.

6.Философский энциклопедический словарь. –М.: Инфра, 2009. –С.707.

7.

7.Helm Michel. The MeTaphisics of virtual reality // Virtual reality, practice and promise
Westport and London. 1991.-P. 27-33:

8.

8.Hammet F. Virtual reality and the exploration of superspeciall. Carmel Indiana Sams
PublishingN.Y. 1993




References

1.Mirziyoyev Sh.M. 2021 yil 6 noyabr kuni O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi va Senatining qoʻshma majlisida soʻzlagan nutqi.-Toshkent “O’zbekiston ovozi” gazetasi. No 223 (479), 2021 yil 7 noyabr.

2.O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning 2020 yil 24 yanvarda Oliy Majlisga yoʻllagan Murojaatnomasi.

3.Abdullayev, M., Saidahror, G., & Ayupov, R. (2020). Raqamli iqtisodiyot -kadrlar tayyorlashning dolzarb yoʻnalishlari. https://journal.tsue.uz/ index.php/archive/article/view/2702.

4.Norboeva N Erkinovna, Khashimova D Pakhritdinovna. The role of the digital economy in the development of information and communication technologies // ACADEMICIA: An International Multidisciplinary Research Journal 10 (3), 25-31.

Abdullayev, M. (2020). Analysis of application of information systems at industrial enterprises. https://journal.tsue.uz/index.php/ archive/article/view/2270.

6.Философский энциклопедический словарь. –М.: Инфра, 2009. –С.707.

7.Helm Michel. The MeTaphisics of virtual reality // Virtual reality, practice and promise Westport and London. 1991.-P. 27-33:

8.Hammet F. Virtual reality and the exploration of superspeciall. Carmel Indiana Sams PublishingN.Y. 1993