“YANGI O‘ZBEKISTONDA ZAMONAVIY PSIXOLOGIYA VA PEDAGOGIKAGA DOIR
MUAMMOLARNI TADQIQ ETISHNING TRANSFORMATSION IMKONIYATLARI”
Xalqaro ilmiy - amaliy konferensiyasi, 2025-yil 24-aprel
232
OILADAGI KONFLIKT VAZIYATLAR XUSUSIDA AYRIM FIKR-MULOHAZALAR
Haydarov Fahod Irnazarovich
Texnologiya, Menejment va Kommunikatsiya Instituti
“Pedagogika va psixologiya” kafedrasi katta o‘qituvchisi, O‘zbekiston.
https://doi.org/10.5281/zenodo.15270351
Annotatsiya. Ushbu maqola oiladagi konflikt vaziyatlarining kelib chiqish sabablari,
oqibatlari va ularni hal etish yo‘llarini tahlil qiladi. Oilaviy munosabatlardagi turli xil
kelishmovchiliklar, jumladan, kommunikatsiya buzilishi, moliyaviy muammolar, farzand
tarbiyasi borasidagi qarashlar o‘rtasidagi tafovutlar kabi omillar ko‘rib chiqiladi. Maqolada,
shuningdek, oila a’zolarining emotsional holati va psixologik farovonligiga konfliktlarning
ta’siri baholanadi. Bundan tashqari, mualliflar oiladagi ziddiyatlarni konstruktiv hal etish,
o‘zaro hurmat va tushunishni mustahkamlash bo‘yicha amaliy tavsiyalar beradilar. Maqola oila
psixologlari, pedagoglar, sotsiologlar va oilaviy munosabatlarga qiziquvchi keng o‘quvchilar
auditoriyasi uchun mo‘ljallangan.
Kalit so‘zlar: Oilaviy konfliktlar, kelishmovchilik sabablari, konflikt oqibatlari, konfliktni
hal etish, kommunikatsiya, o‘zaro tushunish, oilaviy munosabatlar, psixologik farovonlik.
So‘kinish odati kuchaygani sari beixtiyor
yomon xatti-harakatlarga moyillik ham kuchaya
boradi. (Aristotel)
.
Oila beqiyos milliy va umumbashariy qadriyatlardandir. Oila jamiyatning eng kichik
ijtimoiy birligi, uning asosi hisoblanadi. Shu bilan birga oila yuksak darajadagi insoniy
qadriyatlar tizimini shakllantiruvchi institut va ma’naviy ahloqiy tarbiya o‘chog‘i hamdir. Aynan
oilada ko‘pchilik gumanitar qadriyatlar tarbiyalanadi, o‘stiriladi va targ‘ib qilinadi.
“Oiladagi psixologik muhitning buzuqligi, ya’ni, er-xotin o‘rtasidagi o‘zaro
kelishmovchiliklar jarayonidagi salbiy holatlarning doimiy bo‘lib turishi o‘smir ongiga singib
boradi va ularga taqlid qilishga moyillik hosil bo‘ladi”
1
. Masalan, hayotiy kuzatishlar shuni
ko‘rsatdiki, ayolini ha deb turtkilab, uni turli haqoratli so‘zlar bilan kamsitib murojaat qiluvchi
erkakning farzandi, ayol kishiga doimo shunday munosabatda bo‘lish lozim, degan xulosaga
keladi. Bunday holat esa farzandning keyinchalik o‘z turmushida nizoli vaziyatlarning yuzaga
kelishiga olib kelishu mumkin.
Oilaviy nizolar nafaqat o‘rnak, balki, farzandlarning ruhiyatini junbushga keltirib, uni
qo‘rquvga beriluvchan, dilidagi gapni o‘zgalarga erkin bildira olmaydigan va o‘z dunyosiga
“o‘ralib” olishiga sabab bo‘ladi. Buning natijasida o‘smir bora-bora o‘z oilasidan yiroqlasha
boshlaydi. Farzand bamisoli qushdir. Notinch oshyon esa uning boshqa makonlarga qiziqishiga
va ketib qolishiga sababdir.
Tarixda shunday oilalar yashab o‘tganki, shon – shuhrat, boylik, ijtimoiy mavqe va farzan
deb atalmish ne’matni ham Alloh ulardan darig‘ tutmagan. Ammo, bu oilalarda er-u xotinning
o‘rtasidagi doimiy kelishmovchiliklar, er yoki xotinning doimiy o‘jarligi-yu xarxashalari
oqibatida kelib chiqadigan janjallar na ularning o‘zlarini va na farzandlarning baxtli bo‘lishiga
1
“Bekalik saodati” X. Pardayeva . Toshkent, “Yurist-media” nashriyoti -2012 yil. 100 bet.
“YANGI O‘ZBEKISTONDA ZAMONAVIY PSIXOLOGIYA VA PEDAGOGIKAGA DOIR
MUAMMOLARNI TADQIQ ETISHNING TRANSFORMATSION IMKONIYATLARI”
Xalqaro ilmiy - amaliy konferensiyasi, 2025-yil 24-aprel
233
olib keldi. Fransuz qiroli Napaleon Banapartning jiyani Napaleon III va grafinya Mariya
Yevgeniya, buyuk rus adibi Graf Tolstoy va Grafinya Sofiya Andreyevna, AQSH ning sobiq
prezidenti Avram Linkoln va uning xotini Todd Linkolnn honimlarning birgalikda qurgan
“shirin” hayoti oilaviy nizolar oqibatida “zaqqum” ga aylandi.Achinarlidsi shundaki, ota-onasi
o‘rtasidagi o‘zaro nizolardan bo‘lak hech qanday oilaviy muammoga duch kelmagan farzandlar
ham o‘zlarini baxtli his qilishi qiyin kechdi.
Xususan, oilaviy nizolardan toqati-toq bo‘lgan 82 yoshli Tolstoy uzoqroqqa qochib ketadi
va “…kichik temir yo‘l stansiyasining kasalxonasida o‘pka shamollashidan vafot etadi. Uning
o‘limi oldidagi yagona vasiyati dafn marosimiga xotinini qo‘ymasliklarini tayinlash bo‘ldi”.
2
O‘z
xatosini juda kech anglab yetgan grafinya “o‘limi oldidan qizlarini chaqirib: otangizning
o‘limiga men sababchi bo‘ldim!” deya iqror bo‘lgan edi. Qizlari uning gapiga javob berolmay ,
har ikkisi ham o‘kirib yuborishdi…Ular onasining nihoyasi yo‘q shikoyat-yu javrashlari , tinim
bilmas tanqidlari, doimiy davom etgan xarhashalari otasining umriga zomin bo‘lganini
bilardilar”.
3
Bu misollardan ko‘rinib turibdiki, oilaviy nizolar farzandlarda alamzadalikning
kuchayishi, eng yomoni hayotga ishonchning yo‘qolishiga olib kelishi mumkin.
Nizoli va totuv oilalar farzandlari o‘rtasida tafovutni ilg‘ash mumkin. Xonadoni notinch
vaziyat hukm surgan o‘smirning faoliyatida sustlik, darslarni o‘zlashtirishida qiyinchilik va
tengqurlari bilan munosabatda turli muammolarning kelib chiqishi kuzatiladi.
Biologik-ruhiy o‘zgarishlarni o‘z ichiga oluvchi “og‘ir davr” ni boshidan o‘tkazayotgan
farzand ota-onasining salbiy munosabtlariga muntazam guvoh bo‘lishi keyinchalik g‘ayritabiiy
va g‘ayriqonuniy ishlarga moyil, agressiv harakatlar egasi bo‘lib qolishi hech gap emas.
Eng asosiysi o‘smir yoshdagi bolalarning ular uchun bu davr nihoyatda e’tiborga muhtoj ,
kelajagini belgilab beruvchi asosiy jarayon ekanligini hisobga olgan holda, ota – onalar urush
janjalga berilib bola tarbiyasidagi o‘zgarishlarga befarq bo‘lib qolmasliklarini talab etadi. Shu
o‘rinda o‘zbek oilalarida azal-azaldan mavjud bo‘lgan oilaviy odatlardan biriga e’tibor berish
o‘rinlidir. O‘zbek oilalarining ko‘pchiligida azaldan ota-ona va farzandlar alohida-alohida
dasturxon atrofida ovqatlanish odati bo‘lgan. (to‘g‘ri, bir dasturhon atrofida jambul-jam o‘tirish
xalqimizga hos fazilat, ammo yosh farzandlar uchun alohida joy hozirlanishining ham o‘ziga hos
sabablari mavjud. Ota- onaning farzandlar oldida hal qilib bo‘lmaydigan o‘zaro muammolari va
turli oilaviy masalalart yuzasidan ovqatdan so‘ng dasturhon atrofida kengashiladi. Bu esa o‘z
navbatida o‘smir yoshdagi farzandning ongiga salbiy ta’sir qiluvchi muhokamali vaziyatlardan
boalrni himoya qilishga hizmat qiluvchi muhoikmaning odob doirasidagi ko‘rinishidir. Bu
borasa xalqimiz azal-azaldan rioya etib keladigan odatlarimizga ko‘plab misollar keltirish
mumkin.
“Bugungi kunda bizning qilayotgan barcha ishlarimiz farzandlarimizning baxt-u saodati,
ularning yorug‘ kelajagi uchun amalgam oshirilmoqda”- deydi Yurtboshimiz. O‘z so‘zlarida
davom etib, baxt-u saodat faqat boylik, molu mulk bilan belgilanmaydi. Odobli, bilimdon va
2
“Do‘stlar topish, o‘zgalarda hush taasurot qoldirish va muvofaqqiyat qozonish sirlari” Toshkent, “Davr-press”-
2010-yil. 277-bet.
3
“Do‘stlar topish, o‘zgalarda hush taasurot qoldirish va muvofaqqiyat qozonish sirlari” Toshkent, “Davr-press”-
2010-yil. 275-bet.
“YANGI O‘ZBEKISTONDA ZAMONAVIY PSIXOLOGIYA VA PEDAGOGIKAGA DOIR
MUAMMOLARNI TADQIQ ETISHNING TRANSFORMATSION IMKONIYATLARI”
Xalqaro ilmiy - amaliy konferensiyasi, 2025-yil 24-aprel
234
aqlli, mehnatsevar farzand nafaqat ota-onaning, balki, jamiyatning eng katta boyligi, ekanligini
ta’kidlaydilar.
“Shu haqiqatdan kelib chiqqan holda, yoshlarimizni har tomonlama sog‘lom va barkamol
etib tarbiyalash, hayot abasiyligi, avlodlar davomiyligini ta’minlaydigan ma’naviyat qo‘rg‘oni
bo‘lmish oilani mustahkamlash bugungi kunda barchamizning nainki asosiy vazifamiz, balki
insoniy burchimizga aylanishini istardim”4
Har bir halq va milliy an’analar tarkibida yoshlarni oilaviy turmushga tayyorlash
masalalariga alohida e’tibor qaratilgan. Ammo zamonaviy jamiyatlardagi keskin o‘sish sur’atlari
hamda insonning juda katta ijtimoiy faoliyatining uning oilasi va oila a’zolari munosabatlariga
bo‘lgan kuchli ta’siri asosida milliy an’analar hamda dolzarb va yangitdan vujudga kelayotgan
savollarga to‘liq javob bera olmaydi. Shu bois, milliy an’analarni oilaviy turmush borasidagi
umumbashariy nazariy bilimlar bilan qo‘shib olib borish talab etiladi.
Totalitar tuzum davrida oila yopiq va rasmiy ijtimoiy institut darajasiga olib chiqilgan.
Oilaviy turmushning ichki qonuniyatlari va ayol hamda erkak munosabatlari yoritilmagan
va o‘rganilmagan. O‘quvchi yoshlarni, shuningdek insonni oilaviy turmushga tayyorlash,
xususan oilaviy turmushning o‘ziga xos tomonlarini bildirish “uyatli” va “ayb” sanalib, mazkur
yo‘nalishlar taqiqlangan mavzular sirasiga kirgan. Maktab va oliy o‘quv yurtlari ta’lim
mazmunida yoshlarni oilaviy hayotga tayyorlash, kelajakda ota-ona sifatida farzand tarbiyasi
uchun mas’ul bo‘lish, oiladagi jinsiy va psixologik munosabatlar, oila iqtisodi, oilada sog‘lom
turmush tarzini barpo etish kabi masalalarga o‘rin ajratilmagan. Yoshlarga na maktabda, na oliy
o‘quv yurtlarida oilaviy hayotga tayyorlash, ayniqsa jinsiy tarbiya borasida, oilaviy hayotning
o‘ziga xos iqtisodiy, ma’naviy, sog‘lom turmush tarzi asosidagi ziddiyatli o‘rinlari va jinslar
munosabatlarining murakkabliklari haqida ma’lumotlar olish uchun imkoniyatlar yaratilmagan.
Shu bois, yoshlar bu munosabatlarning tub mohiyatini anglab yetmasdan oila qurishga
kirishganlar.
Yoshlarni oilaviy hayotga tayyorlash masalasining pedagogik aspektlari mustaqillikning
ilk yillaridanoq tadqiqotchilarning diqqatini tortib keldi. Yoshlarni oilaviy turmushga tayyorlash
tafakkuri aynan mustaqillik yillarida keng rivoj topdi, aholi o‘rtasida targ‘ib va tashviq etila
boshlandi, davlat dasturlarining bosh mohiyatini tashkil qildi.
Mamlakat aholisining yarmidan ko‘proq qismini yoshlar tashkil qilishi, o‘sib borayotgan
yosh avlodni jamiyatda mustaqil yashashga tayyorlash vazifasining dolzarbligi yoshlarni jamiyat
hayotiga va oilaviy turmushga tayyorlash ishlarini jadallashtirishni talab etdi. Insonlarning
o‘zaro munosabatlarida keskinliklarning o‘sib borayotganligi, zamonaviy ziddiyatlarning inson
tafakkuri va ongiga ta’sir etishi orqali uning psixologik holatida salbiy va asabiy oqibatlarning
vujudga kelishi, yosh oilalardagi ajrim holatlarning muntazam o‘sib borayotganligi, bolalar va
o‘smirlardagi agressiya holatlarining vujudga kelayotganligi kabi muammolar talaba-yoshlarni
oilaga tayyorlash vazifasini to‘laqonli olib borish talabini kun tartibiga qo‘yadi.
Oila, o‘z ijtimoiy mazmuniga qarab, uch tarkibiy qism birligidan tashkil topadi. Ular: oila
asosi sifatida nikoh, nikohning natijasi sifatida er va xotin munosabatlari, hamda er-xotin
munosabatlarining oqibati sifatida farzandlardan tashkil topadi. Er-xotin o‘rtasidagi
munosabatlar, yangi avlodning tug‘ilishi oilaga muayyan yaxlitlik, muayyan ijtimoiy guruh,
4
“Yuksak ma’naviyat – yengilmas kuch” Karimov I.A. Toshkent “Ma’naviyat”-2008-yil. 56-bet.
“YANGI O‘ZBEKISTONDA ZAMONAVIY PSIXOLOGIYA VA PEDAGOGIKAGA DOIR
MUAMMOLARNI TADQIQ ETISHNING TRANSFORMATSION IMKONIYATLARI”
Xalqaro ilmiy - amaliy konferensiyasi, 2025-yil 24-aprel
235
jamoa tusini beradi, oila a’zolari o‘rtasidagi munosabatlar tizimini vujudga keltiradi. Binobarin,
“er-xotin” oilaning dastlabki komponenti (qismi) bo‘lib, undan “ona-bola”, “ota-bola” va “ota-
ona” munosabatlari kelib chiqadi.
Oila milliy qadriyatlar maskani hisoblanadi. Yoshlarni oilaga tayyorlash jarayoni har bir
millatning madaniy va ma’naviy-ruhiy qadriyatlaridan hisoblanib, xususan talaba-yoshlarni
oilaviy hayotga tayyorlash insoniyat tarixida xalq ma’naviy takomilining eng ulug‘ va oliy
yo‘nalishlaridan biri bo‘lib kelgan. Oilaviy madaniyat, oilaviy hayotga ongli kirib borish, oilaviy
vazifalarni bajarishga tayyorlik, hayotda oila o‘rnini yuksak qadrlash, oilaga mas’uliyat bilan
qarash, xalq ma’naviy merosidagi oila qadriyatlarini o‘z zamoni talablari bilan uyg‘unlashtirib
rivojlantirish har vaqt inson hayotiy mezoni va jamiyat oldida turgan dolzarb vazifalardan biri
sifatida tan olingan.
Oilaga nisbatan insoniyat tarixida asrlar davomida shakllanib, e’zozlangan ma’naviy
ehtiyojlar tizimi, oilani shaxs ma’naviyatini asrab avaylaydigan, uning barkamolligi
mezonlaridan biri deb tan oladigan qonun-qoidalar majmui sifatida anglash, oilani butun jamiyat
va millat taqdiri va taraqqiyotiga bevosita oidligini chuqur idrok etish - shaxsning ma’naviy
yetukligini ko‘rsatuvchi omillardan biri hisoblangan. Chunki, oilani muqaddas deb bilmagan
inson – ma’naviy qashshoq insondir. Oilani muqaddas deb anglash har bir jamiyat a’zosining o‘z
vijdoni, o‘z oilasi va farzandlari oldidagi burchidir.
Oila muqaddasligini ta’minlash jamiyat asoslarini mustahkamlash bilan barobardir. Shu
bois, O‘zbekiston Respublikasida oila asoslarini mustahkamlash davlat ahamiyatiga molik
vazifalardan hisoblanadi. “Biz o‘z ma’naviy hayotimiz va kelajagimizni qurayotganda beqiyos
milliy qadriyat bo‘lmish oilani asosiy tayanch deb bilamiz. Chunki o‘zligimizga qaytish, milliy
urf-odatlarimizni e’zozlash, kattalarga hurmat va kichiklarga g‘amxo‘rlik, odamiylik, halollik,
olijanoblik, mehr-oqibat singari asl insoniy fazilatlar oila muhitida shakllanadi”
5
.
Yoshlarni oilaviy hayotga psixologik, ruhiy, jismoniy, jinsiy tomondan to‘liq tayyorlash
masalalari kuyidagi yo‘nalishlardagi ma’lum bilim va ko‘nikmalarni talab etadi:
-
oila salomatligi:
oila a’zolari salomatligi bo‘yicha birlamchi bilimlarga ega bo‘lish,
salomatlikni saqlash omillarini bilish, salomatlikni saqlash va umrni uzaytirish usullarini va
milliy qadriyatlarni oila hayotiga singdira bilish, milliy tabobatdan xabardor bo‘lish, reproduktiv
salomatlik mezonlariga amal qilish, to‘g‘ri ovqatlanish me’yorlariga rioya qilish, salomatlikni
saqlash – fuqarolik burchi ekanligini anglash, qariyalar salomatligiga e’tiborli bo‘lish, go‘dak va
emizikli bolalar salomatligi, bolalarni yuqumli kasalliklardan asray olish, yod tanqisligi va temir
moddasi yetishmovchiligi oldini ola bilish, oilada tibbiy bilimlarga hurmat va e’tiborning
shakllantirilishi, farzandlarni zamonaviy tibbiy tahdidlardan asrash, ularga tibbiy tahdidlar
bo‘yicha zarur bilimlarni berib borish, bolani ona suti bilan boqish mazmunini anglash, hayotga
fiziologik-gigiyenik jihatdan tayyor bo‘lish, tibbiyot maskanlariga murojaat qilishni bilish,
zararli odatlar mohiyatini to‘g‘ri baholash, oilaning ijtimoiy ahvolini yaxshi va ravon saqlash,
uni yaxshilash omillarini o‘rganish.
-
oiladagi jinslararo va oila a’zolari o‘rtasidagi munosabatlar:
jinsiy tarbiya asoslari,
jinslar psixologiyasi va salomatligi bo‘yicha bilimlarni egallash, nikohni ulug‘lash, nikohdagi
xalollik va sadoqat, jismoniy tarbiya va sport bilan shug‘ullanishni an’anaga aylantirish, ona
5
Каримов И.А. Биз ўз келажагимизни ўз қўлимиз билан қурамиз. –Т.: Ўзбекистон, 1999, 7-том, –Б.252-253.
“YANGI O‘ZBEKISTONDA ZAMONAVIY PSIXOLOGIYA VA PEDAGOGIKAGA DOIR
MUAMMOLARNI TADQIQ ETISHNING TRANSFORMATSION IMKONIYATLARI”
Xalqaro ilmiy - amaliy konferensiyasi, 2025-yil 24-aprel
236
salomatligiga muqaddas munosabat, jinsiy kasalliklar bo‘yicha bilimlarni eallash, farzand
tug‘ilishi va uning salomatligi, o‘zini va oila a’zolarini zararli ko‘nikmalardan asrash, ma’naviy
barkamollik, sog‘lom turmush tarzi asosidagi axloq normalari, inson psixologiyasi bo‘yicha
bilimlarga ega bo‘lish; psixologik turlarni ajrata bilish, psixologik ta’sir o‘tkazish omillarini
egallash, psixologik taz’yiqdan o‘zini himoya qila olish, oila psixologiyasi va oiladagi
munosabatlar psixologiyasini bilish, ota-ona va bolalar o‘rtasidagi psixologik vaziyatlar, avlodlar
o‘rtasidagi ziddiyatlar va ular yechimini o‘rganish, psixologik muvozanat sirlarini egallash.
-
oila etikasi va estetikasi: o
ilada o‘zaro munosabatlar va muloqot madaniyati,
tashabbuskorlik, faollik, ijodkorlik, tibbiy va ma’naviy sog‘lomlik, jismoniy va ruhiy
barkamollik, yetakchilik va tadbirkorlik, o‘zaro muhabbat, adolat, insonparvarlik, insoniylik,
to‘g‘rilik, kamtarlik, samimiylik, ota-onaga hurmat, mehr-muruvvat, sahovat, bag‘rikenglik,
sadoqat, vafodorlik, gunoh ishlardan qochish, sabr-toqat, o‘z va’dasi ustidan chiqish, ilmli
bo‘lish, ayollarni qadrlash, iffat, rostgo‘ylik, pokizalik, halollik, himmat va bardoshlilik,
xushxulqlilik, shukr, hayo, tejamkorlik, halimlik, viqor, rahm-shavqat, onalik mehri. ma’naviy
barkamollik, axloqiy poklik va vafodorlik, mehr va muruvvatga asoslangan oilaviy muloqot
madaniyati, jamoat ishlari va oila taraqqiyotida tashabbuskorlik, faollik, ijodkorlik, ma’naviy-
mafkuraviy sog‘lomlik, inson erkini hurmatlash, har bir insonning takrorlanmasligini tan olish va
e’zozlash.
-oila a’zolari o‘rtasida oilaviy majburiyatlar taqsimoti va tomonlar huquqlari:
oila va
oilaviy majburiyatlar, ayol va erkak majburiyatlariga doir zamonaviy stereotiplar, zamonaviy
oila va oila a’zolari majburiyatlari, oilada kim pul topishi kerakligi, oila mablug‘larini qanday
taqismlash zarur, oila va ovqatlanish talablari, oila a’zolarining huquq va majburiyatlarini to‘g‘ri
anglash, er va xotin huquqlari kafolatlarini bilish, oila huquqi bo‘yicha qonunchilik tizimi bergan
imtiyozlardan to‘g‘ri foydalana olish, din, oila va inson huquqlari masalasi, turmush qurayotgan
yoshlarning oilalari o‘zaro muvofiq bo‘lishiga erishish, oila qurishda tomonlar erkinligi huquqini
to‘g‘ri anglash, ayolning mehnat, dam olish, onalik va bolalik muhofazasi, erkak va ayol mehnat
muhofazasi, ayolning xomiladorlik bo‘yicha muhofazasi, oila qurish tartibi, shuningdek ajrim
huquqi, ajrim holatidagi tomonlar huquqlari bo‘yicha qonun xujjatlarini bilish va amalda qo‘llay
olish, oilada gender tenglik, jinslar o‘rtasidagi farqlarni anglash, gender ta’limotdan bilimlarga
ega bo‘lish, gender tushunchasining mohiyatini anglash, gender tarbiya masalalarini bilish,
gender muhofaza qonunlarini tatbiq eta bilish.
-
oilaviy inqirozlar va ularning oldini ola bilish, oilaviy konfliktlar yechimiga tayyorlik:
oila va konfliktlar, konfliktlar inson hayotining tabiiy xususiyati ekanligi, konflikt oilaviy va
ijtimoiy hodisa sifatida, konfliktga nisbatan yoshlarda to‘g‘ri munosabatni shakllantirish, oilaviy
inqirozlar va ularga to‘g‘ri munosabat, oilaviy inqirozlarning oldini olish choralari, konfliktning
yaratuvchanlik va buzg‘unchilik xususiyati, oilaviy konfliktlardan chiqib ketish, ularni yengish
usullari, konfliktlarni boshqarish, g‘azab va jahlni yengish usullarini bilish, shaxs va oila,
oilaning har bir a’zosiga hurmat va e’tibor me’yorlari, shaxs erkinligi, egoizm, egoizmdan
qutulish omillari, oilada o‘zini ustun qo‘yish, oilada uning a’zolari munosabatlaridagi uyg‘unlik,
shaxs va jamoa munosabatlari, shaxs va oila manfaatlari birligi, oila manfaatlarining ustunligi,
shaxsning muloqot madaniyati va ichki dunyosi yetukligi omillari, ota-ona va farzand
majburiyatlari va huquqlari.
“YANGI O‘ZBEKISTONDA ZAMONAVIY PSIXOLOGIYA VA PEDAGOGIKAGA DOIR
MUAMMOLARNI TADQIQ ETISHNING TRANSFORMATSION IMKONIYATLARI”
Xalqaro ilmiy - amaliy konferensiyasi, 2025-yil 24-aprel
237
-oiladagi sog‘lom muhit va oilaviy muloqot:
oila va oila osoyishtaligi, oiladagi sog‘lom
muhitni muhofaza qilishda barcha tomonlarning mas’ul ekanligi, shaxsiy huquqlarni oila huquqi
bilan mutanosib olib bora olish tartiblari, oila a’zolari o‘rtasidagi muloqot, oila boshlig‘i va
uning mavqei, oila boshlig‘i kim bo‘lishi lozimligi, oila boshlig‘i borasidagi stereotiplar, erning
o‘z xotiniga bo‘lgan munosabati tamoyillari, ayolning o‘z eriga to‘g‘ri munosabati tamoyillari,
erning kamchiliklari, xotinning kamchiliklari, o‘z kamchiliklaridan qutilish tartiblari, oila va
jamiyat munosabatlari, jamiyatda oila mavqeini saqlash, jamiyat a’zolari bilan bo‘ladigan
muloqotlarni to‘g‘ri olib borish, qarindosh urug‘lar o‘rtasidagi mehr-muhabbat tuyg‘ularini
rivojlantirishga harakat qilish, oilada muloqot madaniyati, oila ma’rifati, bilim va kitobga
muhabbat, oilada shaxs erkinligi, oilada ota-ona va farzand munosabatlaridagi samimiylik va bir-
birini to‘ldirish, oilada ota-ona va farzandga muhabbat qirralari va muammolari, mehmon kutish
va mehmonga borish odobi, suhbatlashish odobi, farzandlarni jamoada yashashga va jamoada
yashash qonun-qoidalariga o‘rgatish, oilaviy hayotga estetik munosabatda bo‘lishga tayyorlash,
oila iqtisodiyoti asoslarini tashkil qila bilish, iqtisodiyotni to‘g‘ri yuritishga o‘rgatish, oilani
ijtimoiy muhofaza qilish choralarini ko‘ra bilish, oiladagi sog‘lom psixologik va tibbiy
muhitning shakllanishida oila a’zolari majburiyatlari va huquqlarini mutanosib belgilash va
tashkil qilishga o‘rganish.
-oila an’analari:
oila an’analarining kelib chiqish sirlari, oila an’analariga hurmat, oila
an’analarini yaratish va ularni ta’minlash, oilaviy an’analarni avlodlarga o‘tkazish, oila
an’analarida shaxs barkamolligi o‘rni, oila an’analarida sog‘lom turmush tarzi, sport, jismoniy
tarbiya va jinsiy halollik masalalari, oilada bayramlarni nishonlash tartibi, oilaviy an’analarni
saqlashga farzandlarni o‘rgatish, oila va sayohat, oila va o‘z o‘lkasi tarixi, geografiyasi, milliy
urf-odatlarini o‘rganish, oila va horijiy ellarga sayohat, oila ananalaridan farzand tarbiyasida
unumli foydalanish.
Oila insonlarni birlashtirib turuvchi eng kichik ijtimoiy birlik bo‘lib, uning tinchligi,
ravnaqi va barqarorligi jamiyat tinchligi va barqarorligi hisoblanadi. Shu bois, J.Santayana “Oila
tabiatning shoh asarlaridan biridir”, deydi. Oila – ma’naviyat o‘chog‘i. Aynan oilada insonning
ma’naviy qadriyatlari shakllantiriladi
6
. Insonning har tomonlama unib-o‘sishi uchun sharoit
yaratiladi. Biroq, aynan oila tarkibida, insonlarning juda yaqin aloqalari va ma’lum
munosabatlarga kirishishi natijasida turli inqirozlar, ziddiyatlar, nizolar kelib chiqadi.
O‘zbek oilasining tarixiy rivojlangan o‘z milliy an’analari mavjud. Ular oiladagi
tomonlar majburiyatlari, mas’uliyati va huquqlarini belgilab beradi. Ham ayol kishi uchun, ham
6
Иномова М.О. Оилада болаларнинг маънавий-ахлоқий тарбияси. –Т.: ТДПУ, 1999; Мусурмонова О. Оила
маънавияти – миллий ғурур. –Т.: Ўқитувчи, 2000; Мусурмонова О., Баубекова З. Ўқувчиларнинг маънавий
маданиятларини шакллантириш. –Т.: Фан, 1993; Сафаров О., Махмудова М. Оила маънавияти.-Т.:
Маънавият, 1998; С.Очил. Мустақиллик маънавияти ва тарбия асослари. –Т.: Ўқитувчи, 1997; Шайхова Х.,
Назаров К. Умуминсоний қадриятлар ва маънавий камолот. –Т.: Ўзбекистон, 1992; Юсупов Э. Инсон
камоллигининг маънавий асослари. – Т.: Университет, 1998; Нишанова С. Маънавият дарслари. –Т.:
Ўқитувчи, 1994; Холматова М. Оилавий муносабатлар маданияти ва соғлом авлод тарбияси. –Т.:
Ўзбекистон, 2000; Холматова М., Муравьева Н. Ёшлар оилавий ҳаёт бўсағасида.-Т.: Ўзбекистон, 2000;
Тўраева О. Ҳаёт сабоқлари.-Т.: Ўзбекистон, 2005; Тўраева О. Оилавий ҳаёт этикаси ва психологияси. –Т.:
Ўқитувчи. 1990; Қурбонов Т. Одобнома. –Т.: Ўқитувчи, 1990; Фитрат. Оила. –Т.: Маънавият. 1998.
“YANGI O‘ZBEKISTONDA ZAMONAVIY PSIXOLOGIYA VA PEDAGOGIKAGA DOIR
MUAMMOLARNI TADQIQ ETISHNING TRANSFORMATSION IMKONIYATLARI”
Xalqaro ilmiy - amaliy konferensiyasi, 2025-yil 24-aprel
238
erkak kishi uchun ma’lum talablar qo‘yiladi. Ayol kishi ko‘proq uyda, bolalar tarbiyasi va uy
yumushlari bilan shug‘ullanishi lozimligi, erkak kishining esa – oila a’zolarining moddiy
ta’minotini amalga oshirishi lozimligi aytiladi. O‘zbek oilasi o‘z rivoji bosqichlarida islom dini
qadriyatlarini ham o‘ziga singdira olgan.
Shu bilan birga oila instituti har vaqt o‘z davrining ijtimoiy, iqtisodiy talablariga
hamoxang tarzda o‘sish va takomil jarayonida bo‘ladi. Agar avvallari oila instituti o‘zining
kichik bir dunyosi ichida tashqi ta’sirlardan bir qadar erkin yashagan bo‘lsa, hozirda har bir oila
va uning a’zolariga globalizatsiya sharoitida juda katta axborot oqimlari o‘z ta’sirini o‘tkazadi.
Shu nuqtai nazaridan, oila a’zolarining an’anaviy fe’l va atvorlarida o‘ziga xos o‘zgarishlar ham
yuz beradi. Ana shunday oila a’zolariga, xususan erkaklar va ayollarga bo‘lgan tashqi ta’sirlar
natijasida odamlarning o‘zini namoyon etishidagi ba’zi o‘zgarishlar so‘nggi yillarda o‘zini
yorqin ko‘rsatmoqda:
Jamiyatda odamlarning kiyinishida katta o‘zgarishlar yuz berdi. Odamlarning kiyinishida
ularning ijtimoiy tengsizligi o‘zini namoyon etmoqda. Jamiyat bir necha guruhlarga bo‘linib
bormoqda. Bir tomondan, islom talablari asosida kiyingan odamlar kirib kelgan bo‘lsa, ikkinchi
tarafdan, Gʻarb madaniyati ta’sirida individualizm tarafdorlari bo‘lganlarning kiyinish tartiblari
butun jamiyat, ayniqsa yoshlarga o‘z ta’sirini o‘tkazmoqda. Jamiyatda kiyinish odobi borasida
tomonlar bahslari, keksa yoshlilar va yoshlar o‘rtasidagi mavjud farqlar o‘zini namoyon
etmoqda. Bu esa, kiyinish madaniyati borasidagi shaxs erkinligi va huquqlari masalalarini
tartiblashtirish hamda inson huquqlari tamoyillari asosida ishlab chiqishni kun tartibiga qo‘yadi.
Jamiyat tabaqalanishi natijasida turli ijtimoiy guruhlarning o‘zaro kichik guruhlanishi yuz
bermoqda. Bu holat oila institutiga ham o‘z ta’sirini o‘tkazmoqda. Islom dini va taqvodorlikka
berilgan oilalar o‘zlariga o‘xshagan oilalar bilan qarindosh bo‘lmoqda, ijtimoiy erkin va
zamonaviy oilalar ham o‘zlariga o‘xshagan oilalar bilan birlashmoqdalar. Bu holat oilaviy
qadriyatlar ichidagi ba’zi inqirozlarning oldini oladi. Ammo batamom oilaviy inqirozlarni
tugatadi degani emas. Ma’naviy, moddiy jihatdan oilaviy guruhlanish jamiyatdagi
tabaqalanishning rivojlanishiga yo‘l ochadi. Shu nuqtai nazardan, oila qurish uchun eng muhim
talablardan biri yoshlarning bir biriga ko‘ngil qo‘yishi ekanligini esdan chiqarmaslik darkor.
Oilaviy qadriyatlar tizimida erkak kishi, ya’ni yigitning unib o‘sishi, o‘qishi va
ma’lumotli bo‘lishi uchun ko‘proq e’tibor berilmoqda. Agar oila ijtimoiy muhtoj oilalardan
bo‘lsa, yig‘ilgan mablag‘ aynan yigit kishiga ishlatilishi namoyon bo‘lmoqda. Bu holat o‘zbek
oilalarida yigit kishining istiqbolda boquvchi bo‘lishi bilan, o‘z ota-onasini qariganda moddiy
ta’minlashi lozimligi bilan bog‘liq. Ammo ayol kishi, agar unda bunday layoqat bor bo‘lsa,
ma’lumotli bo‘lishga haqqi borligi inkor etilmoqda.
O‘tish jarayonidagi ba’zi qiyinchiliklar sharoitida ayollar ko‘proq faol bo‘lganliklari va
ular uchun imkoniyatlar keng tashkil etilganligi bois jamiyatda o‘z oilasini ta’minlayotgan,
moddiy mustaqil bo‘lgan va mulkdorga aylangan xotin-qizlar ko‘paymoqda. Bu esa oiladagi
an’anaviy iyerarxiyaning, ya’ni “mansab”lar bo‘linishining buzilishiga olib kelmoqda. Mazkur
holat erlarni, ya’ni erkakni ayol cho‘ntagiga bog‘lab qo‘ymoqda. Shu bois, erkaklar
psixologiyasi, shuningdek ayollar psixologiyasi va o‘zini tutishida o‘ziga xos o‘zgarishlar yuz
bermoqda va aks etmoqda. Erkak kishi oila boshqaruvchisi sifatidagi azaliy vazifasini qo‘ldan
bermoqda. Bu holat osonlikcha yuz berayotgani yo‘q: turli inqirozlar, oilaviy tushunmovchilik,
“YANGI O‘ZBEKISTONDA ZAMONAVIY PSIXOLOGIYA VA PEDAGOGIKAGA DOIR
MUAMMOLARNI TADQIQ ETISHNING TRANSFORMATSION IMKONIYATLARI”
Xalqaro ilmiy - amaliy konferensiyasi, 2025-yil 24-aprel
239
ajrim, janjal holatlari ko‘paymoqda. Mazkur o‘zgarishlarning ham ijobiy, ham salbiy tomonlar
mavjud. Shu bois, mavjud o‘zgarishlar mohiyatini uning bor murakkabligi bilan tahlil va
muhokama etish, oilada bo‘lishi mumkin bo‘lgan salbiy o‘zgarishlarning oldini olishga
tomonlarni o‘rgatish dolzarb vazifaga aylanmoqda.
Oiladagi ma’naviy oriyentirlar ham ma’lum o‘zgarishlarni boshidan kechirdi. Umuman
bir formatsiyadan boshqa formatsiyada yashashga o‘tish jarayoni insonlar psixologiyasida bosh
ma’naviy qadriyatlar tizimini isloh qilinishiga olib keldi. Mustaqillikning ilk yillarida oddiy
aholi tabaqalarida o‘qish, ta’lim olish inkor etila boshlandi. Buning natijasida bosh hayotiy aqida
sifatida “pul”, “mablag‘”, “boylik” kabilar oldinga chiqdi. Ammo jamiyat hayotining kelgusi
rivoji “aql”, “intellekt”, “texnik rivoj” va takomil masalalari bir-biriga doimiy bog‘liq ekanligini
ko‘rsatdi. Shunga qaramay, “boylik” ketidan ketish ko‘pchilik jamiyat a’zolarining asosiy
qadriyatlaridan bo‘lib qolmoqda. Mana shunday hayotdan maqsadni faqat “boy” bo‘lishda
ko‘rish, “boy bo‘lganga hamma eshiklar” ochiq deb tushunish, “boy bo‘lganim uchun hamma
narsani qilaveraman” degan aqidalar keng tarqalmoqda. Buning ortida esa chin insoniy fazilatlar
unitilmoqda.
Jamiyatda vujudga kelgan ijtimoiy tabaqalish natijasida o‘ziga to‘q, boy, ta’minlangan
tabaqalar ijtimoiy himoyaga muhtoj, kam ta’minlangan tabaqalarga nisbatan past nazar bilan
qaramoqdalar. Ular dabdabali to‘y qilish, o‘z boyliklarini ko‘z-ko‘z qilib ko‘rsatish, farzandlarini
“zo‘ravon” qilib o‘stirish, o‘ziga juda katta mas’uliyatlarni olish, o‘z “qo‘lining uzunligi”, uning
hamma joyga yetib borishini ta’kidlash, mensimaslik, gerdayish, kekkayish, o‘ziga bino
qo‘yishni odatiy hol deb bilmoqdalar. Shu bilan birga o‘zining kichik bir guruhdagi
qadriyatlarini butun jamiyat ongiga singdirishga urinmoqdalar. Eng achinarli hol bu holatlar
ko‘pincha ichki madaniyat, bilim, ilg‘or tafakkur, intellekt va ahloqiy poklikka qarama-qarshi
qo‘yilmoqda. O‘ziga to‘qlik gumanitar qadriyatlar o‘rniga o‘tishi mumkin, deb baholanmoqda.
Oila ijtimoiy birlik sifatida er va xotin, ularning farzandlari, qaynona va qaynotalar,
qaynagachi va qayinsingillar, qayinbo‘yi va qayinakalar, tog‘alar, xolalar, ammalar, amakilar,
pochchalar va barcha qarindosh urug‘lar munosabatidan tashkil bo‘ladi. O‘zbek oilasi o‘z
holicha mana shu qarindosh-urug‘chilikdan ayri holda, mustaqil holda yashay olmaydi. Urug‘-
aymog‘chilik qadriyatlari juda yuqori qo‘yiladi va ularni ardoqlash zarur hisoblanadi. Ammo
mazkur qadriyatning ham ijobiy, ham salbiy tomonlari mavjud. Ijobiy tomoni o‘zaro muloqot,
bir biriga hamdardlilik, hamfikrlilik, birgalik, ko‘pchilik bo‘lib hayot zarbalariga qarshi turish
qadriyatlaridir. Salbiy tomoni, bir tomondan har bir oila mustaqil deb e’lon qilishiga qaramay,
bunday murakkab oilaviy munosabatlar tizimida yosh oila ko‘pincha aslida mustaqil, va muhimi
erkin bo‘la olmaydi. Oilaviy mojarolar ham, ularning katta-kichikligiga qaramay, faqat ikki
inson o‘rtasidagi munosabatlarga emas, balki butun urug‘chilik munosabatlariga aylanib ketishi
oson kechadi. Demak, yosh oilalar, ulardagi ikki tomon o‘z mustaqilligi va erkini birgalikda
saqlab qolmoqchi, o‘zini o‘z yaqinlaridan, ular qiziqishi, ehtirosi, yaxshi niyatdagi
entuziazmidan himoya qilmoqchi bo‘lsa, mustaqil oila ishlariga aralashish (yoki aralashmaslik)
tartiblarini eng avval o‘rnatib olishlari shart bo‘ladi.
Bu borada, V.G.Belinskiy shunday degan “Shunga qat’iy imonim komilki, er-xotin
ittifoqi tevarak-atrofdagilarning aralashuvidan xoli bo‘lmog‘i kerak, binobarin, bu ikki kishidan
boshqa hech kimning ishi emas”.
“YANGI O‘ZBEKISTONDA ZAMONAVIY PSIXOLOGIYA VA PEDAGOGIKAGA DOIR
MUAMMOLARNI TADQIQ ETISHNING TRANSFORMATSION IMKONIYATLARI”
Xalqaro ilmiy - amaliy konferensiyasi, 2025-yil 24-aprel
240
Shu nuqtai nazardan, oila ma’naviyati masalalari muhim ijtimoiy ahamiyat kasb etadi.
Aynan oilada bosh insoniy va gumanistik qadriyatlar kamol topadi. O‘g‘irlik qilmaslik,
birovning haqiga hiyonat qilmaslik, halol yashash, kamol topish, oila a’zolarini hurmat qilish va
e’zozlash, an’anaviy ota-onaga hurmat, oilada mehnat qilish, oila iqtisodiyotini ta’minlash shu
kabi o‘nlab majburiyatlar va insoniy qadriyatlarni shakllantirish aynan oilaning zimmasida.
Zamonaviy o‘zbek oilasi ichidagi ziddiyatlar va inqirozlar nuqtai nazaridan oila
institutiga nazar solinsa, yuqoridagi holatlar o‘zini ochiq namoyon etayotgan holatlar
hisoblanadi. Shu bilan birga, o‘zini pinhona namoyon qilayotgan holatlar, oila ichida kechib,
tashqariga ko‘p ham chiqmayotgan, ammo ko‘payib borayotgan salbiy vaziyatlar ham mavjud.
O‘zbeklar kelishmovchilik, ziddiyat, janjal bo‘lgan uyda rohat bo‘lmaydi, deb
hisoblashadi. Oilada uning a’zolarini xo‘rlamaslik, g‘iybat qilmaslik, qilgan ishlaridan ayb
topmaslik, yemoq – ichmoqqa qizg‘anmaslik kabilar har doim targ‘ib qilingan. Oila a’zolari
muomalasida salbiy his -tuyg‘ularni jilovlay bilish, bir-birini tushunib yetish, ziyrak bo‘lish,
rashk, gina-kudratning oldini olish yo‘llariga yoshlarni o‘rgatish darkor.
Eng avvalo yosh yigit va qizlarni oilaviy turmushning barcha o‘ziga xosliklariga ochiq va
samimiy o‘rgatish lozim. Erkak psixologiyasi va ayol psixologiyasi, ular fiziologiyasi, ma’naviy-
ruhiy va jismoniy ehtiyojlari kabi masalalarda zamonaviy qarashlarning barchasini yoshlarga
bermoq zarur. Ayollarimizda erkaklarga nisbatan “g‘arazli”, “shaxsiy moddiy talablarni
qondiruvchi” sifatidagi egoistik munosabat keng tarqalgan. Erkaklar esa o‘z ayollariga oilaning
xizmatkori, uning yumushlarini bajaruvchi, barchaga bo‘ysunishi lozim bir jihoz sifatida
qarashadi. Ikkala stereotip ham noto‘g‘ri hamda o‘zgarishi lozim bo‘lgan stereotiplardan
hisoblanadi. NA ERKAKKA, NA AYOLGA “g‘arazli”, faqat “manfaat olish”ga yo‘naltirilgan
munosabat ko‘rsatib bo‘lmaydi. Gʻarazli munosabat inson nafsoniyatini yerga uradi. Shu bilan
birga hech kimga ustunlik asosida munosabat ham bildirib bo‘lmaydi. Er va xotin munosabati
rahmdillik, mehr, oqibat, bir birini asrash tamoyillari asosiga qurilmog‘i lozimligi ayon.
Ulug‘ rus yozuvchisi L.N.Tolstoy oiladagi munosabatlar uyg‘unligi va erkak bilan
ayolning majburiyatlari borasida hozir ham dolzarb bo‘lgan tamoyilni aytib o‘tgan: “Pishirib-
kuydirish, tikib-yamash, kir yuvish, bolalarga qarash faqatgina ayollarning ishi, buni qilish
erkaklarga uyat degan g‘alati, ildiz otib ketgan yanglish fikrlar mavjud. Vaholanki, buning aksi
uyatliroq: holdan toygan, qachon qarasang nimjon, homilador ayol zo‘r-bazo‘r ovqat
tayyorlayotgan, kir yuvayotgan, kasal bolasiga qarayotgan bir paytda, ko‘pincha bekor yurgan,
vaqtini bo‘lar-bo‘lmas ishlar bilan yoxud butunlay besamara o‘tkazayotgan erkaklarga uyat”.
Xulosa o‘rnida yigit va qizlarni zamonaviy bilimlar asosida oilaviy munosabatlarga
to‘g‘ri yo‘naltirish zarur. Oila – muqaddas dargoh. Shu bois, oilaga muqaddas munosabat zarur.
Sokratning bir jumlasi mashhur: “O‘ylab-netib o‘tirmay shartta uylan. Xotining yaxshi chiqsa-
ku, xo‘p-xo‘p, yomon chiqsa – faylasuf bo‘lasan!”. Faylasuf bo‘lish orzu istagi aynan xotin kishi
xarakteri va uning erkakka bo‘lgan munosabati bilan umuman bog‘liq emas. Ammo aynan ayol
va erkak munosabatlari, ya’ni har ikki tomon munosabatlari, ayniqsa ularning noto‘g‘ri tashkil
qilinganligi, ko‘p xollarda hayotni falsafiy idrok qilishini uchun zamin yaratadi.
“YANGI O‘ZBEKISTONDA ZAMONAVIY PSIXOLOGIYA VA PEDAGOGIKAGA DOIR
MUAMMOLARNI TADQIQ ETISHNING TRANSFORMATSION IMKONIYATLARI”
Xalqaro ilmiy - amaliy konferensiyasi, 2025-yil 24-aprel
241
Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati:
1.
“Bekalik saodati” X. Pardayeva . Toshkent, “Yurist-media” nashriyoti -2012 yil. 100 bet.
2.
“Do‘stlar topish, o‘zgalarda hush taasurot qoldirish va muvofaqqiyat qozonish sirlari”
Toshkent, “Davr-press”- 2010-yil. 277-bet.
3.
“Do‘stlar topish, o‘zgalarda hush taasurot qoldirish va muvofaqqiyat qozonish sirlari”
Toshkent, “Davr-press”- 2010-yil. 275-bet.
4.
“Yuksak ma’naviyat – yengilmas kuch” Karimov I.A. Toshkent “Ma’naviyat”-2008-yil.
56-bet.
5.
Каримов И.А. Биз ўз келажагимизни ўз қўлимиз билан қурамиз. –Т.: Ўзбекистон,
1999, 7-том, –Б.252-253.
6.
Иномова М.О. Оилада болаларнинг маънавий-ахлоқий тарбияси. –Т.: ТДПУ, 1999;
7.
Мусурмонова О. Оила маънавияти – миллий ғурур. –Т.: Ўқитувчи, 2000;
8.
Мусурмонова О., Баубекова З. Ўқувчиларнинг маънавий маданиятларини
шакллантириш. –Т.: Фан, 1993;
9.
Сафаров О., Махмудова М. Оила маънавияти.-Т.: Маънавият, 1998;
10.
С.Очил. Мустақиллик маънавияти ва тарбия асослари. –Т.: Ўқитувчи, 1997;
11.
Шайхова Х., Назаров К. Умуминсоний қадриятлар ва маънавий камолот. –Т.:
Ўзбекистон, 1992;
12.
Юсупов Э. Инсон камоллигининг маънавий асослари. – Т.: Университет, 1998;
13.
Нишанова С. Маънавият дарслари. –Т.: Ўқитувчи, 1994; Холматова М. Оилавий
муносабатлар маданияти ва соғлом авлод тарбияси. –Т.: Ўзбекистон, 2000;
14.
Холматова М., Муравьева Н. Ёшлар оилавий ҳаёт бўсағасида.-Т.: Ўзбекистон, 2000;
15.
Тўраева О. Ҳаёт сабоқлари.-Т.: Ўзбекистон, 2005; Тўраева О. Оилавий ҳаёт этикаси
ва психологияси. –Т.: Ўқитувчи. 1990; Қурбонов Т. Одобнома. –Т.: Ўқитувчи, 1990;
16.
Фитрат. Оила. –Т.: Маънавият. 1998.
