Authors

  • I.M. Xaydarov
  • Alisher Ibrohimov

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.science-research.83294

Keywords:

Sulton monarxiya Nizomulmulk Siyosatnoma devon xalifa silohdor hojib voliy.

Abstract

Ushbu maqolada Saljuqiylar davlatining ma’muriy boshqaruvi, undagi davlat lavozimlari va ularning vazifalari yoritildi. Maqolada O‘rta asrlarda faoliyat yuritgan ushbu davlatning devon va boshqaruv tizimi va dargohda faoliyat ko‘rsatgan davlat lavozimlari ularning vazifalari haqida ma’lumotlar ochib berildi.

background image

ISSN:

2181-3906

2025

International scientific journal

«MODERN

SCIENCE

АND RESEARCH»

VOLUME 4 / ISSUE 4 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

1667

SALJUQIYLAR DAVLATINING BOSHQARUV TIZIMI VA DAVLAT LAVOZIMLARI

I.M. Xaydarov

Toshkent davlat sharqshunoslik universituti “Markaziy Osiyo xalqlari tarixi”

kafedrasi professori v.b., tarix fanlari doktori (DSc).

Ibrohimov Alisher Aktam o‘g‘li

Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti

“Sharq mamlakatlari tarixi” yo‘nalishi 1-kurs talabasi.

E-mail:

izzatillakhon@gmail.com

,

ibrohimova187@gmail.com

https://doi.org/10.5281/zenodo.15320674

Annotatsiya. Ushbu maqolada Saljuqiylar davlatining ma’muriy boshqaruvi, undagi

davlat lavozimlari va ularning vazifalari yoritildi. Maqolada O‘rta asrlarda faoliyat yuritgan

ushbu davlatning devon va boshqaruv tizimi va dargohda faoliyat ko‘rsatgan davlat lavozimlari

ularning vazifalari haqida ma’lumotlar ochib berildi.

Kalit so‘zlar: Sulton, monarxiya, Nizomulmulk, Siyosatnoma, devon, xalifa, silohdor,

hojib, voliy.

ADMINISTRATIVE SYSTEM AND STATE POSITIONS OF THE SELJUK STATE

Abstract. This article covers the administrative administration of the Seljuk state, state

positions in it and their functions. The article provides information about the divan and

administrative system of this state that operated in the Middle Ages, and the state positions that

operated in the court and their functions.

Keywords: Sultan, monarchy, Nizamulmulk, Siyosatnama, divan, caliph, silahdar, hajib,

governor.

СИСТЕМА УПРАВЛЕНИЯ И ПРАВИТЕЛЬСТВЕННЫЕ ДОЛЖНОСТИ

ГОСУДАРСТВА СЕЛЬДЖУКИДОВ

Аннотация. В статье рассматривается административное управление

Сельджукского государства, государственные должности в нем и их обязанности. В

статье раскрываются сведения об административно-управленческой системе этого

государства, действовавшей в средние века, а также о государственных должностях и

их функциях, действовавших в государстве.

Ключевые слова: султан, монархия, Низам-уль-Мульк, Сийосатнама, диван, халиф,

вооруженный, хаджиб, правитель.


background image

ISSN:

2181-3906

2025

International scientific journal

«MODERN

SCIENCE

АND RESEARCH»

VOLUME 4 / ISSUE 4 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

1668

Saljuqiylar davlati o‘rta asrlarda tashkil topgan eng katta davlatlardan biri va turkiy

dunyo davlatchilik tarixida juda katta iz qoldirgan. Saljuqiylar kelib chiqishi bo‘yicha turkiy

o‘g‘uz qavmiga mansub bo‘lib dastlab Sirdaryoning o‘rta oqimidagi yerlarda ko‘chmanchi holda

hayot kechirgan. O‘g‘uz qavmi bir qancha urug‘larga bo‘linar edi va ushbu urug‘lardan biri -

qiniq edi.

Qiniq qabilasining sardori esa Saljuqiylar davlatining asoschisi Saljuq ibn To‘qoq edi.

O‘g‘uzlar davlati va konfederatsiya shaklidagi siyosiy tuzumi 756- 1055-yillar orasida

shakllandi va taraqqiy etdi. O‘g’uzlar VII asrda Turk xoqonligi tarkibida G‘arbiy Yettisuv

hududida istiqomat qilgan, VIII asr oxirlarida esa turkashlar xoqonligi tanazzulga yuz tutishi

bilan esa Yettisuv hududini tark etib. Sirdaryo mintaqasiga ko‘chib kelib joylashgan. Bunga

turkashlarning merosi uchun ularning qarluqlar bilan bo‘lgan kurashi sabab bo‘lgan. XI asrda

ular Orol dengizidan shimoldagi cho‘llar va Sirdaryo quyi oqimidagi ycrlarda joylashganlar.

Ammo Sirdaryo atrofidagi ycrlarda ular qang'lilar qarshiligiga duchor bo‘lganlar va bu

kurashlar oqibatida VIII-IX asrlarda Sirdaryoning o‘rta va quyi qismlarida O‘g‘uzlar davlatini

tashkil qilganlar. Islom dinini qabul qilgan O‘g‘uzlar turklar nomi bilan tarixga kirgan.

Saljuqiylar davlati o‘z taraqqiyotining cho‘qqisiga erishgan davrda markaziy va

ma’muriy boshqaruv tizimi ham kuchaygan. Saljuqiylar davlati boshqaruv tizimi mutlaq

monarxiya bo‘lib, boshqaruv albatta shaxsan hukmdorning qo‘l ostida edi. Saljuqiy hukmdorlar

boshqa turkiy hukmdorlaridan farqli ravishda o‘zlarining nomlarini turkcha so‘z va atamalardan

olganlar. Faqatgina xalifa nomidan berilgan unvon va laqablargina arab tilidan olingan. Xususan

xalifa al-Muqtadiy sulton malikshoh uchun “Mu’iz ad-dunyo va-d-din” unvonini ta’sis etgan.

Saljuqiy hukmdorlarga qadar podshohlarning unvonlarida dunyo va din atamalari

uchramagan. Sulton Malikshohdan tashqari yana bir qancha Saljuqiy hukmdorlarning ham

arabcha unvonlari bor edi. Masalan: Mahmud ibn Malikshoh – “Nosir ud-dunyo va-d-din”,

Sanjar ibn Malikshoh “Mu’iz ad-din Abul-Xoris Ahmad”, Muhammad ibn Malikshoh – “G‘iyos

ud-dunyo va-d-din” kabi arabcha unvonlarga ega edi.

Saljuqiylar davlati ma’muriy boshqaruv tizimida bosh vazir alohida mavqega ega

bo‘lgan. Manbalarda bosh vazir “rais ur-ruaso” (raislarning boshlig’i), “sayyid ur-rusao”

(boshliqlarning kattasi) deb atalib barcha devonlarga va ishlab chiqarish muassasalariga

rahbarlik qilgani haqida ma’lumotlar uchraydi. Saljuqiylar davlatida bosh vazir lavozimining

mavqei shu qadar ediki ba’zi vazirlar hukmdorlik uchun valiahdlarning kurashida hukmdor

tayinlay olish darajasidagi kuchga ega edi.


background image

ISSN:

2181-3906

2025

International scientific journal

«MODERN

SCIENCE

АND RESEARCH»

VOLUME 4 / ISSUE 4 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

1669

Jumladan shunday yuqori mavqega ega vazirlardan biri Abu Ali Tusiy - Nizomulmulk

edi. Nizomulmulk (1063-1092) yillar oralig‘ida deyarli 30 yil davomida saljuqiy hukmdor Alp

Arslon va Malikshoh saroylarida bosh vazir lavozimida ishladi. Nizomulmulk faxriy taxallusini

unga sulton Malikshoh yuksak salohiyati, aql-u zakovati uchun bergan. Nizomulmulk o‘zidan

davlat boshqaruviga oid bir buyuk asarni ya’ni “Siyosatnoma”

1

ni avlodlarga meros qilib

qoldirdi.

Mirxondning “Ravzat us-safo” asarida Nizomulmulk faoilyati bilan bog’liq quyidagi

jumla keladi: “Bir kuni Malikshoh Nizomulmulkning o‘g‘lidan xafa bo‘ladi. U sulton shixnasi

(qal’a hokimi)ni tahqir qilgan emish. Sulton o‘z vaziri oldiga odamlarini yuborib, xafa bo‘lganini

ayttiradi: “Agarda mamlakat boshqaruvida sen menga sherik bo‘lsang mayliya biroq menga

tob’e bo‘lsang nega o‘g‘ling qilmishlarini nazorat qilmaysan? U haddidan oshib kettiku.

Xohlasam buyuraman oldingdan davot (lavozim)ni oladilar”. Nizomulmulk unga quyidagicha

javob berdi: “Sening davlat-u tojing mening davotimga bog’liq, vazirlikni mendan olsang sendan

taxtingni oladilar”

2

.

Saljuqiylar boshqaruv tizimi dargoh va devondan iborat bo‘lib dargohdagi eng katta

lavozimlar quyidagilar edi:

Ulug‘ hojib

- oliy hukmdorning eng yaqin kishisi bo'lib dargoh va

devon o‘rtasidagi aloqalarni muvofiqlashtiruvchi shaxs;

Amiri horis

- oliy hukmdor chiqargan jazolar, hukmlarni ijro etish bilan shug'ullanuvchi

amaldor shaxs;

Silohdor

- saroydagi qurol-aslaha, ayniqsa oliy hukmdorga tegishli narsalarni saqlash

bilan shug‘ullanuvchi mansabdor shaxs;

Xos vakil

- dargoh ishlarini boshqaruvchi amaldor;

Jangdor

- sulton va dargoh xavfsizligini ta’minlovchi amaldor;

Undan tashqari oliy hukmdor huzuridagi dargoh faoliyatini ta’minlashda

jomador

3

,

sharobdor

4

,

choshnigir

(sultonning ovqatlanishiga ma’sul),

sarhang

,

miroxo‘r

5

,

tashtdor

6

kabi amaldorlar ham xizmatda bo‘lgan. Saljuqiylar davlatida devonlarning ikki turi mavjud edi:

1) Sulolaviy devonlar, 2) Rasmiy devonlar.

1

Siyosatnoma asari Abu Ali Tusiy qalamiga mansub bo‘lib XI asrda yozilgan

2

Zamonov A. O‘zbekiston tarixi. II qism. – Toshkent: Bayoz, 2024.

3

Jomador – Saljuqiylar davlatida dargohdagi lavozimlardan biri.

4

Sharobdor – Sulton ichimliklar ombori boshlig‘i

5

Miroxo‘r – Hukmdor otxonasi boshlig‘i

6

Tashtdor – Hukmdor hammom va hovuzlari boshlig‘i


background image

ISSN:

2181-3906

2025

International scientific journal

«MODERN

SCIENCE

АND RESEARCH»

VOLUME 4 / ISSUE 4 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

1670

Sulolaviy devonlar - sulton va uning xonadoniga tegishli bo‘lgan mol-mulk va

xazinalarning hisob-kitobi va boshqaruvi bilan shug‘ullangan. Rasmiy devonlarning o‘zi ham

to‘rtga bo‘lingan:

Devoni tug‘ro

- bu devon oliy hukmdorning farmonlari, qarorlari, rasmiy yozishmalari

va hujjatlarini tayyorlab, ularni muhr bostirishga taqdim etgan. Joylarga rasmiy hujjatlar

yuborish, ulardan qabul qilish chet elga maktub chiqarish, maktub qabul qilish ishlari bilan

shug‘ullangan. Tashqi siyosatda muhim rol o‘ynagan.

Devoni istifo

(moliya devoni) - davlat kirim-chiqimlarini, soliqlar, boj va boshqa

moliyaviy daromadlar bilan shug‘ullangan. Bu devonning xizmatchilari sulton dargohining ham

kirim-chiqimlari, xazinadagi ahvol, hukmdor qaramog‘ida bo‘lgan shaxslarga ketadigan xarajat,

maosh va nafaqa miqdori kabilarni nazorat qilgan.

Devoni ishrof

(davlat nazorati) - moliya va soliq ishlarini nazorat qilish va tekshirish,

vaqfga tegishli mulklar ustidan umumiy nazorat olib borish, hukmdor sulolaga tegishli yer-

suvlar, zarbxonalar, bozor mutasaddilari, qishloq oqsoqollari ustidan nazoratni amalga oshirgan.

Devoni arz

(harbiy vazirlik) - lashkarga mo‘ljallangan maosh va ta’minot, harbiylarning

ro‘yxati, yangilanib turishi, harbiy qismlarning tarkibiy soni ularga ketadigan xarajat umuman

olganda davlat harb ishi uchun javobgar bo‘lgan vazirlik.

Saljuqiylar davlati boshqaruv tizimi o‘z davrining ilg‘or siyosiy tuzilmalaridan biri

bo‘lib, u turkiy an’analar bilan islomiy davlat boshqaruvi tamoyillarini uyg‘unlashtirgan.

Davlat markazlashgan bo‘lishiga qaramay, unda sulton, vazir, amirlar va viloyat

hokimlari o‘rtasida aniq vakolatlar taqsimlangan edi. “Iqto’” tizimi orqali yer va harbiy xizmat

o‘rtasidagi bog‘liqlik mustahkamlangan bo‘lib, bu davlatning harbiy va iqtisodiy barqarorligini

ta‘minladi.

Saljuqiylar ilm-fan, madaniyat va islomiy qadriyatlarni qo‘llab-quvvatlash orqali o‘z

zamonasida kuchli siyosiy va madaniy markazga aylanishga erishdi. Ularning boshqaruv

tajribasi keyingi musulmon davlatlari siyosiy tuzilmasiga ham kuchli ta’sir ko‘rsatgan.

REFERENCES

1.

Nizomulmulk. Siyosatnoma. – Toshkent: Yoshlar matbuoti, 2022.

2.

Zamonov A. O'zbekiston tarixi. II qism – Toshkent: Bayoz, 2024.

3.

Sagdullayev A.O'zbekiston tarixi. I qism. –Toshkent: Fan, 2018.

4.

Bartold A. Musulmon sulolalar. –Toshkent.: Fan, 2007.


background image

ISSN:

2181-3906

2025

International scientific journal

«MODERN

SCIENCE

АND RESEARCH»

VOLUME 4 / ISSUE 4 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

1671

5.

Usmonov Q., Sodiqov N., Oblomurodov N., O'zbekiston tarixi. I qism. –Toshkent: Xalq

merosi, 2002.

6.

Shamsutdinov R., Karimov Sh., Ubaydullayev O., Vatan tarixi. I qism. –Toshkent: Sharq,

2010.

References

Nizomulmulk. Siyosatnoma. – Toshkent: Yoshlar matbuoti, 2022.

Zamonov A. O'zbekiston tarixi. II qism – Toshkent: Bayoz, 2024.

Sagdullayev A.O'zbekiston tarixi. I qism. –Toshkent: Fan, 2018.

Bartold A. Musulmon sulolalar. –Toshkent.: Fan, 2007.

Usmonov Q., Sodiqov N., Oblomurodov N., O'zbekiston tarixi. I qism. –Toshkent: Xalq merosi, 2002.

Shamsutdinov R., Karimov Sh., Ubaydullayev O., Vatan tarixi. I qism. –Toshkent: Sharq, 2010.