Authors

  • Munisa Toxirova
  • Xudashukur Baltaboyev

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.science-research.83317

Keywords:

Etik tamoyillar Sayyohlik madaniyati Barqaror turizm Xizmat sifati Madaniyatlararo muloqot Ijtimoiy mas’uliyat.

Abstract

Mazkur maqolada turizm etikasi tushunchasi, uning asosiy tamoyillari va amaliy ahamiyati keng yoritilgan. Turizm etikasi — bu sayyohlar, xizmat ko‘rsatuvchilar, mahalliy aholi va ekologik muhit o‘rtasidagi axloqiy munosabatlarni tartibga soluvchi me’yorlar majmui bo‘lib, u o‘zaro hurmat, mas’uliyat, halollik, madaniyatlararo muloqot va adolat prinsiplariga asoslanadi. Maqolada turizmda etik qadriyatlarning sayyohlar va mezbonlar o‘rtasidagi ijobiy munosabatlarga, xizmat sifati va mamlakatning xalqaro imijiga ta’siri alohida ta’kidlangan. Ushbu maqolada muallif tomonidan tarixiy va madaniy meros ob’ektlariga nisbatan ehtiyotkorlik, ekologik barqarorlikka e’tibor, xizmat ko‘rsatishdagi madaniyat va mehmondo‘stlik kabi omillar barqaror turizm asosini tashkil etuvchi mezonlar sifatida ko‘rsatilgan. Shuningdek, etika va barqaror rivojlanish o‘rtasidagi bog‘liqlik, yosh avlodni etik ong asosida tarbiyalash, ta’lim tizimiga etik me’yorlarni kiritish zaruriyati ham tahlil etilgan. Maqola natijasida, turizmda etik yondashuv nafaqat axloqiy, balki ijtimoiy, iqtisodiy va madaniy jihatdan ham rivojlanishning muhim omili ekanligi xulosa sifatida ilgari suriladi.

background image

ISSN:

2181-3906

2025

International scientific journal

«MODERN

SCIENCE

АND RESEARCH»

VOLUME 4 / ISSUE 4 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

1726

O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASIDA TURIZM ETIKASINING O‘RNI

Toxirova Munisa Ravshan qizi

Toshkent Kimyo Xalqaro Universiteti, Turizm fakulteti talabasi.

takhirovamunisa@icloud.com

ORCID:0009-0004-6648-6303

Baltaboyev Xudashukur Ruslanbek o’g’li

Toshkent Kimyo Xalqaro Universiteti, Turizm fakulteti talabasi.

x.ruslanbekovich@gmail.com

ORCID:0009-0009-6276-0818

https://doi.org/10.5281/zenodo.15320818

Annotatsiya. Mazkur maqolada turizm etikasi tushunchasi, uning asosiy tamoyillari va

amaliy ahamiyati keng yoritilgan. Turizm etikasi — bu sayyohlar, xizmat ko‘rsatuvchilar,

mahalliy aholi va ekologik muhit o‘rtasidagi axloqiy munosabatlarni tartibga soluvchi me’yorlar

majmui bo‘lib, u o‘zaro hurmat, mas’uliyat, halollik, madaniyatlararo muloqot va adolat

prinsiplariga asoslanadi. Maqolada turizmda etik qadriyatlarning sayyohlar va mezbonlar

o‘rtasidagi ijobiy munosabatlarga, xizmat sifati va mamlakatning xalqaro imijiga ta’siri alohida

ta’kidlangan.

Ushbu maqolada muallif tomonidan tarixiy va madaniy meros ob’ektlariga nisbatan

ehtiyotkorlik,

ekologik

barqarorlikka e’tibor, xizmat ko‘rsatishdagi madaniyat va

mehmondo‘stlik kabi omillar barqaror turizm asosini tashkil etuvchi mezonlar sifatida

ko‘rsatilgan. Shuningdek, etika va barqaror rivojlanish o‘rtasidagi bog‘liqlik, yosh avlodni etik

ong asosida tarbiyalash, ta’lim tizimiga etik me’yorlarni kiritish zaruriyati ham tahlil etilgan.

Maqola natijasida, turizmda etik yondashuv nafaqat axloqiy, balki ijtimoiy, iqtisodiy va

madaniy jihatdan ham rivojlanishning muhim omili ekanligi xulosa sifatida ilgari suriladi.

Kalit so‘zlar: Etik tamoyillar, Sayyohlik madaniyati, Barqaror turizm, Xizmat sifati,

Madaniyatlararo muloqot, Ijtimoiy mas’uliyat.

МЕСТО ТУРИСТИЧЕСКОЙ ЭТИКИ В РЕСПУБЛИКЕ УЗБЕКИСТАН

Аннотация. В данной статье широко освещено понятие этики туризма, его

основные принципы и практическое значение. Этика туризма — это совокупность норм,

регулирующих этические отношения между туристами, поставщиками услуг, местным

населением и экологической средой. Она основывается на принципах взаимного уважения,

ответственности, честности, межкультурного диалога и справедливости.


background image

ISSN:

2181-3906

2025

International scientific journal

«MODERN

SCIENCE

АND RESEARCH»

VOLUME 4 / ISSUE 4 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

1727

В статье особо подчеркивается влияние этических ценностей в туризме на

позитивные отношения между туристами и хозяевами, на качество услуг и на

международный имидж страны.

В данной статье автором указаны такие факторы, как бережное отношение к

объектам исторического и культурного наследия, внимание к экологической

устойчивости, культура обслуживания и гостеприимство, как критерии, составляющие

основу устойчивого туризма. Также проанализирована связь между этикой и

устойчивым развитием, необходимость воспитания молодого поколения на основе

этического сознания, а также включение этических норм в систему образования. В

результате статьи делается вывод о том, что этический подход в туризме является

важным фактором развития не только с моральной, но и с социальной, экономической и

культурной точек зрения.

Ключевые слова: Этические принципы, Туристическая культура, Устойчивый

туризм, Качество услуг, Межкультурный диалог, Социальная ответственность.

THE PLACE OF TOURISM ETHICS IN THE REPUBLIC OF UZBEKISTAN

Abstract. This article widely covers the concept of tourism ethics, its basic principles,

and practical significance. Tourism ethics is a set of norms that regulate ethical relations

between tourists, service providers, the local population, and the ecological environment. It is

based on the principles of mutual respect, responsibility, honesty, intercultural dialogue, and

fairness. The article particularly emphasizes the impact of ethical values in tourism on positive

relations between tourists and hosts, on the quality of services, and on the country's

international image.

In this article, the author highlights factors such as careful treatment of historical and

cultural heritage sites, attention to environmental sustainability, service culture, and hospitality

as criteria that form the basis of sustainable tourism. The connection between ethics and

sustainable development, the necessity of educating the younger generation based on ethical

consciousness, and the inclusion of ethical norms in the education system are also analyzed. As a

result of the article, it is concluded that an ethical approach in tourism is an important factor for

development not only from a moral perspective but also from social, economic, and cultural

viewpoints.

Keywords: Ethical principles, Tourism culture, Sustainable tourism, Service quality,

Intercultural dialogue, Social responsibility.


background image

ISSN:

2181-3906

2025

International scientific journal

«MODERN

SCIENCE

АND RESEARCH»

VOLUME 4 / ISSUE 4 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

1728

Kirish.

Zamonaviy jamiyatda inson faoliyatining deyarli barcha jabhalarida axloqiy me’yorlar va

qadriyatlar muhim ahamiyat kasb etadi. Ayniqsa, turizm sohasida bu jihat alohida dolzarblik

kasb etmoqda, chunki sayyohlik jarayonida turli millat, din, madaniyat va qadriyat vakillari

o‘zaro muloqotda bo‘ladi.

Xususan, O‘zbekistonda turizmni barqaror rivojlantirish, uning xalqaro maydondagi

nufuzini oshirish, sayyohlar uchun qulay va xavfsiz muhit yaratish bo‘yicha keng ko‘lamli

islohotlar amalga oshirilmoqda. Shu jarayonda etik tamoyillar va axloqiy me’yorlarning o‘rni

alohida ahamiyatga ega bo‘lib, bu tushuncha turizm xizmatlari sifati, mehmondo‘stlik

madaniyati, professional munosabat va madaniyatlararo muloqot asoslarini belgilaydi.Shu

sababli, turizmda etik tamoyillarni chuqur o‘rganish va amaliyotga tatbiq etish sohaning

barqarorligi va insoniy munosabatlar sifatini ta’minlashda muhim omil hisoblanadi.

Etika atamasi qadimgi yunoncha “ethos” (ἔθος) so‘zidan kelib chiqqan bo‘lib, bu so‘z

dastlab “odamning odati, yashash tarzi yoki xarakteri” degan ma’noni bildirgan. Bu tushuncha

qadimgi Yunonistonda kishilarning jamiyatdagi o‘zini tutishi, muomala madaniyati va ijtimoiy

xulq-atvorini ifodalagan. (Qodirov, 2020) Etika fani sifatida birinchi bo‘lib yunon faylasufi

Aristotel tomonidan sistematik shaklda ishlab chiqilgan. U o‘zining “Nikomax etikasi” asarida

axloqiy fazilatlar, o‘rtacha yo‘l va odil xatti-harakatlar haqida bayon qilgan. (Aristotle, 2000)

Shuningdek, Lotin tilida bu tushunchaga mos keluvchi so‘zlar “mos” va “mores” bo‘lib,

ular ham fe’l-atvor, odat va jamiyatdagi axloqiy normalarni bildirgan. Shu so‘zdan “moralitas”

(U., 2018) ya’ni, axloqiylik atamasi shakllangan va bu orqali jamiyatda odob-axloq qoidalarining

shakllanishiga asos bo‘lgan. Etika va axloq tushunchalari ko‘p hollarda sinonim sifatida

qo‘llanilsada, ularning mohiyatidagi nazariy va amaliy farqlar mavjud bo‘lib, etika ko‘proq

nazariy mezonlarni, axloq esa kundalik hayotdagi odob me’yorlarini anglatadi.

Bugungi global va madaniy jihatdan rang-barang turizm makonida etik qadriyatlarning

ahamiyati yanada ortib bormoqda. Turizmda ishtirok etuvchi barcha tomonlar — sayyohlar,

xizmat ko‘rsatuvchi subyektlar, mahalliy aholi va davlat muassasalari — o‘zaro hurmat,

madaniyatlararo bag‘rikenglik, mas’uliyat va halollik kabi tamoyillar asosida harakat qilishi

lozim. Shu jihatdan turizm etikasi — bu nafaqat kasbiy me’yorlar majmui, balki insoniy

qadriyatlar tizimidir.

O‘zbekistonning ko‘p asrlik tarixiy-madaniy merosi, boy madaniyati va mehmondo‘st

xalqi mamlakat turizm salohiyatining asosiy ustunlaridan biri sanaladi.


background image

ISSN:

2181-3906

2025

International scientific journal

«MODERN

SCIENCE

АND RESEARCH»

VOLUME 4 / ISSUE 4 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

1729

Biroq bu salohiyatni to‘liq namoyon qilish uchun nafaqat infrastrukturaviy rivojlanish,

balki xizmat ko‘rsatish madaniyati va undagi etik yondashuvlar ham muhim rol o‘ynaydi.

Xususan, turizm sohasida faoliyat yuritayotgan mutaxassislarning kasbiy etikasi,

sayyohlarga nisbatan hurmatli va xolis munosabati, madaniyatlararo muloqotda bag‘rikenglik

prinsiplariga rioya qilishi xorijiy mehmonlarda mamlakatga nisbatan ijobiy taassurot uyg‘otadi.

Ushbu maqolada O‘zbekiston turizmida etik qadriyatlarning o‘rni, ularning amaliyotdagi

aks etishi, shuningdek, xizmat ko‘rsatish jarayonida axloqiy me’yorlarga amal qilishning

dolzarbligi tahlil qilinadi. Maqola turizm xizmatlarida etik tamoyillarning amaliy qo‘llanilishi,

mavjud muammolar va ularni bartaraf etish yo‘llarini ham ko‘rsatib berishga qaratilgan.

ADABIYOTLAR SHARHI

Turizmda axloqiy qadriyatlar masalasiga oid turli manbalar o‘rganilgan. Ushbu tahlilda

xalqaro tashkilotlarning axloqiy kodekslari, jumladan, BMTning Turizmni Rivojlantirish

Bo‘yicha Jahon Tashkiloti (UNWTO)ning axloqiy qoidalari, shuningdek, UNESCOning

madaniy merosni saqlashga oid tavsiyalari o‘rganildi. Bu manbalar turizmda axloqiy

tamoyillarni joriy etish uchun muhim yo‘l-yo‘riqlarni taklif etadi.

O‘zbekistonning turizm sohasi bo‘yicha qonunchilik normativlari ham o‘rganildi.

O‘zbekiston Respublikasining turizmni rivojlantirishga oid qonunlari, xususan, "Sayyohlik

faoliyati to‘g‘risida"gi qonuni, va turizm xizmatlarini tashkil etishda e’tibor qilinishi kerak

bo‘lgan asosiy axloqiy talablarni belgilovchi me’yorlar tahlil qilindi. Ammo, bu qonunchilik

tizimi hali to‘liq amalga oshirilmayapti va ba’zi axloqiy masalalar o‘z vaqtida hal

etilmayapti.Shu bilan birga, O‘zbekiston olimlarining turizm etikasi bo‘yicha olib borilgan ilmiy

tadqiqotlari ham muhim ahamiyatga ega. Qodirov I. (2020), Yo‘ldoshev H. (2022) va

Normurodov D. (2019)larning ishlarida turizmda axloqiy qadriyatlar va madaniyatning

muhimligi va uni rivojlantirishning zarurligi ta’kidlangan.

O‘zbekistondagi turizmda etik qadriyatlar masalasida dunyo faylasuflarining fikrlarini

qo‘llash ham foydali bo‘lishi mumkin. Masalan, Aristotelning axloqiy qadriyatlar nazariyasi va

Kantning etik tamoyillari turizmda axloqiy yondashuvlarni takomillashtirishda yordam berishi

mumkin.

METODOLOGIYA

Mazkur ilmiy maqolani tayyorlashda kompleks tahliliy yondashuv asos qilib olindi.


background image

ISSN:

2181-3906

2025

International scientific journal

«MODERN

SCIENCE

АND RESEARCH»

VOLUME 4 / ISSUE 4 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

1730

Tadqiqot davomida sifatli kontent tahlili, hujjatlar asosidagi solishtirma tahlil, mavjud

statistik ma’lumotlarni sharhlash va ilmiy-nazariy manbalarni tahlil qilish metodlaridan

foydalanildi.

Ayniqsa, turizm sohasiga oid xalqaro va milliy huquqiy-me’yoriy hujjatlar — jumladan,

BMT Jahon Turizm Tashkiloti tomonidan qabul qilingan “Global Turizm Etik Kodeksi”,

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining PQ–4095-sonli qarori, “Etik turizm kodeksi” loyihasi

va O‘z DSt ISO 13810:2023 standarti asosiy manba sifatida o‘rganildi.

Tadqiqot jarayonida turizmda etik qadriyatlarning roli va ahamiyatini yoritishda mantiqiy

tahlil, induktiv-deduktiv xulosalash hamda normativ-huquqiy asoslarning amaliyotdagi ifodasi

tahlil qilindi. Shuningdek, O‘zbekiston turizm tizimida etik tamoyillarning joriy etilish darajasi

va bu tamoyillarning xizmat sifati, mehmondo‘stlik madaniyati va xalqaro imijga ta’siri

zamonaviy statistik ko‘rsatkichlar asosida baholandi.

Mazkur metodik yondashuv maqolada ilgari surilgan xulosalar va tavsiyalarni asoslash,

mavjud muammolarni aniqlash hamda ularni bartaraf etish bo‘yicha ilmiy asoslangan takliflar

ishlab chiqishda xizmat qildi.

ASOSIY QISM

Turizm etikasi deganda sayyohlar, xizmat ko‘rsatuvchi tashkilotlar, mahalliy aholi va

ekologik muhit o‘rtasidagi axloqiy munosabatlarni tartibga soluvchi tamoyillar tushuniladi. Bu

sohada hurmat, mas’uliyat, halollik va adolat kabi axloqiy mezonlar muhim o‘rin tutadi.

Sayyohlar mahalliy urf-odat va qadriyatlarga hurmat bilan qarashlari kerak, xuddi

shuningdek, xizmat ko‘rsatuvchilar ham sayyohlarning huquqlarini hurmat qilishga mas’ul. (N.,

2021)Sayyohlarning o‘zini tutishi va xatti-harakatlari ularning kelib chiqishi hamda millati

haqidagi tasavvurlarni ijobiy yoki salbiy tomonga o‘zgartirishi mumkin. Bu esa, o‘z navbatida,

turli xil stereotiplarning shakllanishiga zamin yaratadi. Xuddi shunday holat mezbonlarga ham

taalluqli bo‘lib, tomonlar o‘rtasidagi munosabatlarning ijobiy yoki salbiy tus olishi har ikki

tarafning o‘zaro muomalasi va madaniy xatti-harakatlariga bevosita bog‘liqdir.

Turizmning barqarorligi ekologik va madaniy merosni saqlash bilan bevosita bog‘liq

bo‘lib, bu ham etik tamoyillar doirasiga kiradi. (R., 2019)

UNWTO tomonidan ishlab chiqilgan Global Code of Ethics for Tourism hujjatida turizm

ishtirokchilari uchun etik qoidalar va javobgarlik mezonlari aniq belgilangan. (UNWTO, 2001)

Turizm sohasida etik qadriyatlar insoniy munosabatlar, madaniyatlararo aloqa va

xizmatlar sifati bilan chambarchas bog‘liqdir.


background image

ISSN:

2181-3906

2025

International scientific journal

«MODERN

SCIENCE

АND RESEARCH»

VOLUME 4 / ISSUE 4 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

1731

Ya’ni, sayyohlarning axloq-odob darajasi, etik qadriyatlari va umumiy munosabati

xizmat ko‘rsatuvchi xodimlar tomonidan ko‘rsatilayotgan xizmat sifati va darajasiga bevosita

ta’sir ko‘rsatishi mumkin. Agar turistlarning etik qadriyatlari mezbon mamlakatda faoliyat

yuritayotgan xodimlarning qadriyatlariga mos tushsa, xizmat sifati odatdagidan ham yuqori

bo‘lishi ehtimoli ortadi. Shubhasiz, bu jarayonning muvaffaqiyati faqat sayyohlargagina emas,

balki xizmat ko‘rsatuvchi tomonning professionalligi, madaniyati va qadriyatlariga ham

bog‘liqdir. Faqat etik qadriyatlargina emas, balki umumiy insoniy qadriyatlar — o‘zaro hurmat,

xizmatni qadrlash va madaniy muomala — ham katta ahamiyat kasb etadi. Shu sababli, barcha

sohalarda xalqaro standartlarga mos ish yuritish muhim bo‘lib, bu ikki tomon uchun ham qulay,

yoqimli va samarali muhit yaratadi. O‘zbekistonning tarixiy shaharlariga — jumladan,

Samarqand, Buxoro va Xivaga tashrif buyurgan sayyohlar mahalliy aholining mehmondo‘stligi,

madaniyati va xulq-atvoridan iliq taassurotlar oladilar. Chunki ushbu hudud aholisi o‘ta

mehmondo‘st, xushmuomala va mehnatsevar bo‘lib, bu fazilatlar e’tirofga loyiqdir. Tarixan,

Buyuk Ipak yo‘li aynan shu mintaqalardan o‘tgan, xususan, Buxoro shahri uzoq yillar davomida

madaniy va iqtisodiy markaz sifatida alohida o‘rin egallagan. (I., n.d.) Bu holat o‘z navbatida

hudud tuprog‘iga, xalqning mentaliteti va qadriyatlariga chuqur singib, avlodlar ongida ham o‘z

aksini topgan. Shu jihatdan, bu fazilatlar zamonlar osha davom etib, bugungi kunga qadar

saqlanib kelmoqda. Bu ijobiy munosabatlarning asosi aynan turizm etikasi prinsiplariga borib

taqaladi.

2019-yil 5-yanvarda Prezident tomonidan qabul qilingan PQ–4095-sonli qarorda turizm

sohasini jadal rivojlantirish bo‘yicha chora-tadbirlar belgilangan bo‘lib, unda xizmat ko‘rsatish

darajasini oshirish hamda turizm xodimlarining axloqiy salohiyatini yuksaltirish masalalari

alohida ta’kidlangan. (Turizm sohasini jadallik bilan rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida,

2019) Bunday chora-tadbirlar orqali sayyohlar uchun yanada qulay, xavfsiz va mazmunli

sayohat sharoitlarini yaratish mumkin. Natijada, bu holat o‘z-o‘zidan turistik oqimning ortishiga

ham ijobiy ta’sir ko‘rsatadi, mamlakatning turizm salohiyatini yuksaltirishga xizmat qiladi.

2020–2024-yillar orasida sayyohlar soni barqaror oshgan bo‘lsa-da, xizmat sifati reytingi

deyarli o‘zgarmagan. Bu esa xizmat ko‘rsatish sohasida sifatiy yondashuv va etik tamoyillarga

amal qilishda muammolar borligini ko‘rsatadi. Turizmda axloqiy me’yorlarga qat’iy rioya qilish

xizmat sifati va sayyohlar mamnunligini oshirishda muhim omil bo‘lib qolmoqda.


background image

ISSN:

2181-3906

2025

International scientific journal

«MODERN

SCIENCE

АND RESEARCH»

VOLUME 4 / ISSUE 4 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

1732

(Davlat statistika qo‘mitasi ma’lumotlari, 2025)

(1-statistika) 2020-2024-yillar davomida

sayyohlar soni va xizmat sifati

Shuningdek, 2021-yilda Turizm va madaniy meros vazirligi tomonidan ishlab chiqilgan

“Etik turizm kodeksi” loyihasida mehmonxona, gidlik, transport va boshqa xizmat tarmoqlarida

axloqiy normalarni qo‘llash taklif etilgan. (vazirligi, 2021) Bu hujjat, asosan, xizmat ko‘rsatishda

odob, hurmat va madaniy muomala tamoyillarini belgilab beradi. Turistlarni chuqur o‘rganish,

ularning xulq-atvori va madaniyatini anglash orqali ko‘rsatilayotgan xizmat sifati sezilarli

darajada oshirilishi mumkin. Mehmonlarning ehtiyojlari, urf-odatlari hamda madaniy

xususiyatlarini inobatga olgan holda xizmat ko‘rsatish, ularning qoniqish darajasini oshiradi va

turizm sohasida yuqori samaradorlikka erishishga xizmat qiladi.

Etika, ayni vaqtda, barqaror turizmning ajralmas qismidir. U nafaqat odamlar o‘rtasidagi

muomala madaniyatini, balki ekologik, ijtimoiy va madaniy muvozanatni ta’minlashda ham

muhim rol o‘ynaydi. Misol uchun, tarixiy yodgorliklarga ehtiyotkorlik bilan munosabatda

bo‘lish, chiqindi tashlamaslik, diniy qadriyatlarga hurmat bilan yondashish — bularning barchasi

turizm etikasi mezonlariga kiradi. Turizm etikasi mezonlariga rioya etish orqali sayohat

jarayonini yanada mazmunli, yoqimli va qulay tarzda tashkil etish mumkin. Etik me’yorlarga

amal qilish nafaqat sayyohlar uchun, balki mezbon jamiyat vakillari uchun ham o‘zaro hurmat va

tushunishga asoslangan ijobiy muhit yaratishga xizmat qiladi.

Turizmga oid adabiyotlarda axloqiy nazariyalar, hayvonlar farovonligi, turli xil dunyo

qarashlari, iqlim o'zgarishi va yanada axloqiy va barqaror kelajak uchun ijtimoiy harakatlarga

ko'proq e'tibor qaratish lozim. (Jamol, 2019) Turizm etikasining shakllanishi chuqur falsafiy

tamoyillar va axloqiy qarashlarga borib taqaladi.


background image

ISSN:

2181-3906

2025

International scientific journal

«MODERN

SCIENCE

АND RESEARCH»

VOLUME 4 / ISSUE 4 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

1733

Bu yo‘nalishga amaliy etika, barqaror rivojlanish prinsiplari hamda hayvonlar huquqlari

bilan bog‘liq axloqiy yondashuvlar kiradi. Ana shu nazariy asoslar yordamida turizm sohasida

yuzaga keladigan axloqiy muammolarni aniqlash va ularni bartaraf etish imkoniyati tug‘iladi.

Shu bilan birga, nazariy bilimlar bilan amaliy faoliyat o‘rtasidagi tafovutga e’tibor

qaratilib, ushbu nazariyalarni turizm sohasidagi ta’lim jarayonlariga integratsiya qilishning

dolzarbligi alohida ta’kidlanadi. O‘zbekiston ichki turizmi kengayib borayotgan hozirgi

sharoitda etik madaniyatni mustahkamlash yanada dolzarbdir. Bu xizmat ko‘rsatishdagi odob-

axloq, transport vositalarining tozaligi va turistik ob’ektlarda belgilangan tartib-qoidalar bilan

chambarchas bog‘liq. Etik me’yorlarga rioya qilinmasligi esa sayyohlarning salbiy

taassurotlariga olib kelishi mumkin.

Turizmda axloqiy qadriyatlar nafaqat xizmat ko‘rsatish darajasini, balki mamlakatning

xalqaro imijini belgilaydi. Oxirgi yillarda o‘tkazilgan ijtimoiy so‘rovlar shuni ko‘rsatadiki,

O‘zbekistonga tashrif buyurgan sayyohlarning aksariyati o‘zlarini qadrlangan mehmon sifatida

his qilganini bildirgan. Bu esa ularning mamlakatga qayta tashrif buyurish istagini

va tavsiyalar orqali yangi turistlar jalb etish imkoniyatini kuchaytiradi. Shu boisdan,

turizmda etik yondashuvga amal qilish nafaqat axloqiy talab, balki raqobatbardoshlik omilidir.

O‘zbekiston tajribasi shuni ko‘rsatadiki, turizm sohasi moddiy infratuzilmalar bilan bir

qatorda, axloqiy asoslar ustida qurilishi zarur. Mamlakatda turizm nafaqat iqtisodiy, balki

ijtimoiy va madaniy hayotga ta’sir ko‘rsatadigan muhim vosita sifatida qaraladi.

Rasmiy statistika ma’lumotlariga ko‘ra, 2023-yilda O‘zbekistonga 6,6 milliondan ortiq

chet ellik sayyoh tashrif buyurgan bo‘lib, bu raqam 2022-yilga nisbatan ancha o‘sishni

ko‘rsatadi. (Davlat statistika qo‘mitasi ma’lumotlari, 2023)

2022

2023

Yil

0

1

2

3

4

5

6

Milli
on

5.2

mln

6.6

mln


background image

ISSN:

2181-3906

2025

International scientific journal

«MODERN

SCIENCE

АND RESEARCH»

VOLUME 4 / ISSUE 4 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

1734

2-statistika. O'zbekistonga tashrif buyurgan xorijiy sayyohlar soni

Sayyohlarning mamlakatda qolish muddati ham uzaygan, bu esa xizmatlar sifati va etik

munosabatlarning yuqori darajada ekanini anglatadi. Sayyohlar o‘zlariga hurmat va e’tibor

ko‘rsatilganini sezganlarida, ular nafaqat qayta kelishga, balki boshqalarga ham tavsiya qilishga

moyil bo‘ladilar.

3-statistika. 2022-2023-yilarda sayyohlarning O’zbekistonda o’rtacha qolish

mudddati

(Davlat statistika qo‘mitasi ma’lumotlari, 2023)

2023-yilda qabul qilingan O‘z DSt ISO 13810:2023 standartida turistik xizmat

ko‘rsatuvchi xodimlar uchun axloqiy me’yorlar aniq belgilab berilgan. (qo‘mitasi, 2023) Ushbu

me’yorlar xalqaro standartlarga moslashtirilgan bo‘lib, ularning asosiy yo‘nalishlari — madaniy

hurmat, inson sha’niga e’tibor va ekologik barqarorlikdir.

Turizm etikasining mazmuni turli manfaatdor tomonlar — ya’ni sayyohlar, turizm

sohasi vakillari va mahalliy aholining o‘zaro hamkorligiga asoslanadi hamda ularning har biri

tomonidan ijtimoiy mas’uliyatni anglash va atrof-muhitga ehtiyotkor munosabatda bo‘lishni

talab qiladi. Shu nuqtayi nazardan, ta’lim muassasalari zimmasiga katta mas’uliyat yuklanadi.

Xususan, turizm bo‘yicha o‘quv dasturlariga axloqiy me’yorlar, ekologik ong va iqlim

o‘zgarishi bilan bog‘liq dolzarb bilimlarni kiritish zarur hisoblanadi. Buning natijasida nafaqat

ekologik barqarorlik, balki ijtimoiy tenglik va adolat tamoyillari haqida ham yosh avlodda

xabardorlikni shakllantirish mumkin bo‘ladi. Bu esa, kelajak avlod sayyohlarining va turizm

sohasi mutaxassislarining mas’uliyatli, ongli qarorlar qabul qilishiga zamin yaratadi.


background image

ISSN:

2181-3906

2025

International scientific journal

«MODERN

SCIENCE

АND RESEARCH»

VOLUME 4 / ISSUE 4 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

1735

Statistik ma’lumotlarga ko’ra, sayyohlar ko’proq 2023-yilda qo’shni davlatlar, Tojikistin,

Qirg’iziston, Qozog’iston, Rossiyadan tashrif buyurgan.

3-statistika. 2023-yilda O’zbekistonga kelgan asosiy sayyohlar soni

(Davlat statistika qo‘mitasi ma’lumotlari, 2023)

O‘zbekistonga kelayotgan sayyohlarning katta qismini qo‘shni davlatlar fuqarolari tashkil

etsa-da, Yevropa mamlakatlaridan ham tashriflar ortib bormoqda. Bu esa turizmda madaniy

xilma-xillikni inobatga olgan holda etik yondashuvlarni kuchaytirishni talab qiladi. Har bir

sayyohning diniy, milliy va madaniy qadriyatlariga ehtirom bilan yondashish turizm etikasi

talablarining ajralmas qismidir.

NATIJA

Turizmda axloqiy qadriyatlarni o‘rganish natijalari shuni ko‘rsatadiki:

Axloqiy tamoyillarni tatbiq qilishda to‘siqlar mavjud: O‘zbekiston turizm sohasida

axloqiy qadriyatlarning amaliyotga joriy etilishi to‘liq amalga oshirilmagan. Xizmat

ko‘rsatishdagi axloqiy me’yorlar va mehmonlarga nisbatan munosabat hali ideal holatga

yetmagan.

Axloqiy kodekslar yo‘qligi: Turizmda axloqiy kodekslar va tamoyillarni qo‘llashda

muammolar mavjud. Bu esa, xizmat ko‘rsatuvchi kompaniyalar va turistlar o‘rtasidagi

munosabatlarga salbiy ta’sir ko‘rsatmoqda.


background image

ISSN:

2181-3906

2025

International scientific journal

«MODERN

SCIENCE

АND RESEARCH»

VOLUME 4 / ISSUE 4 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

1736

Milliy va xalqaro qadriyatlarni uyg‘unlashtirish: O‘zbekistonning turizm sohasida milliy

qadriyatlarni jahon talablari bilan uyg‘unlashtirishga qaratilgan harakatlar mavjud, ammo hali

to‘liq amalga oshirilmagan.

Sifatli xizmat ko‘rsatish: Xizmat ko‘rsatish sohasida axloqiy tamoyillarni kuchaytirish,

mehmonlarga hurmat va ularning huquqlarini ta’minlash zarur.

Malaka oshirish va ta’lim: Turizm xodimlarini axloqiy qadriyatlar bo‘yicha ta’limlash va

malakasini oshirish zarur. Bu, ularning sifatli xizmat ko‘rsatishiga va axloqiy tamoyillarga rioya

qilishiga yordam beradi.

TAKLIFLAR

O‘zbekiston turizmida axloqiy qadriyatlarni rivojlantirish uchun quyidagi chora-tadbirlar

muhimdir:

1.

Etik kodeksning joriy etilishi: Turizmda axloqiy qadriyatlarni qo‘llab-quvvatlash uchun

maxsus etik kodeks ishlab chiqilishi zarur. Bu kodeksda mehmonlarga hurmat, axloqiy xizmat

ko‘rsatish tamoyillari mustahkamlangan bo‘lishi kerak.

2.

Qonunchilikni mustahkamlash: O‘zbekistonda turizm sohasida mavjud qonunlar va

reglamentlarni kuchaytirish, amaliyotda ularni samarali qo‘llash muhim ahamiyatga ega.

3.

Xodimlarni malakasini oshirish: Turizm xodimlarining axloqiy savodxonligini oshirish

uchun o‘quv dasturlari va treninglar tashkil etilishi lozim.

4.

Milliy qadriyatlarni rivojlantirish: O‘zbekiston turizmida milliy an’analar va qadriyatlarni

rivojlantirish, bu orqali mamlakatning xalqaro turistik imidjini yaxshilash zarur.

5.

Agar yuqoridagi choralar amalga oshirilsa, O‘zbekiston turizm sohasi nafaqat milliy,

balki xalqaro miqyosda ham muvaffaqiyatga erishishi mumkin.

XULOSA

Maqolada O‘zbekistonda turizm etikasining ahamiyati, uning nazariy va amaliy jihatlari

tahlil qilindi. Turistik faoliyatda axloqiy tamoyillarning, xususan mehmonnavozlik, madaniyatga

hurmat va halollik kabi qadriyatlarning roli ochib berildi. Shuningdek, mavjud qonunchilik

asosida turizmda etik me’yorlarga amal qilish tartiblari ko‘rib chiqildi. Olingan tahlillar asosida

aytish mumkinki, etikaga asoslangan turizm nafaqat xizmatlar sifatini oshiradi, balki mamlakat

obro‘sini mustahkamlashga ham xizmat qiladi. Kelgusida bu yo‘nalishda ilmiy yondashuv,

xodimlar malakasi va axloqiy madaniyatni oshirish zarur.


background image

ISSN:

2181-3906

2025

International scientific journal

«MODERN

SCIENCE

АND RESEARCH»

VOLUME 4 / ISSUE 4 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

1737

REFERENCES

1.

Aristotle. (2000). Nicomachean Ethics.

cambridge university press

.

2.

Davlat statistika qo‘mitasi ma’lumotlari. ( 2023).

3.

Davlat statistika qo‘mitasi ma’lumotlari. (2025).

4.

I.,

N.

A.

(n.d.).

Retrieved

from

Wikipedia:

https://uz.m.wikipedia.org/wiki/Buxoro#cite_ref-4

5.

Jamol, T. (2019). Turizm etikasi: Istiqbolli maqola.

Tourism Review

, 221-224.

6.

N., X. (2021). Turizmda xizmat ko‘rsatish madaniyati va etika. Toshkent: Iqtisodiyot.

7.

qo‘mitasi, O. R. (2023). Xizmat sifati bo‘yicha yo‘riqnomalar. Toshkent , O'zbekiston.

8.

Qodirov, M. (2020). In

Etika va estetik tarbiya asoslari

(pp. 14-15). Samarqand: SamDU.

9.

R., T. M. (2019).

Barqaror turizm asoslari.

Toshkent:: Toshkent: Fan va texnologiya.

10.

Turizm sohasini jadallik bilan rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida, PQ–4095-sonli

qarori (prezidant yanvar 5, 2019).

11.

U., B. (2018).

Etika: nazariya va amaliyot.

Toshkent: O‘zbekiston Milliy ensiklopediyasi

nashriyoti.

12.

UNWTO. ( 2001). Global Code of Ethics for Tourism.

World Tourism Organization

.

13.

vazirligi, O. R. (2021). “Etik turizm kodeksi”. o'zbekiston.

References

Aristotle. (2000). Nicomachean Ethics. cambridge university press.

Davlat statistika qo‘mitasi ma’lumotlari. ( 2023).

Davlat statistika qo‘mitasi ma’lumotlari. (2025).

I., N. A. (n.d.). Retrieved from Wikipedia: https://uz.m.wikipedia.org/wiki/Buxoro#cite_ref-4

Jamol, T. (2019). Turizm etikasi: Istiqbolli maqola. Tourism Review, 221-224.

N., X. (2021). Turizmda xizmat ko‘rsatish madaniyati va etika. Toshkent: Iqtisodiyot.

qo‘mitasi, O. R. (2023). Xizmat sifati bo‘yicha yo‘riqnomalar. Toshkent , O'zbekiston.

Qodirov, M. (2020). In Etika va estetik tarbiya asoslari (pp. 14-15). Samarqand: SamDU.

R., T. M. (2019). Barqaror turizm asoslari. Toshkent:: Toshkent: Fan va texnologiya.

Turizm sohasini jadallik bilan rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida, PQ–4095-sonli qarori (prezidant yanvar 5, 2019).

U., B. (2018). Etika: nazariya va amaliyot. Toshkent: O‘zbekiston Milliy ensiklopediyasi nashriyoti.

UNWTO. ( 2001). Global Code of Ethics for Tourism. World Tourism Organization.

vazirligi, O. R. (2021). “Etik turizm kodeksi”. o'zbekiston.