Authors

  • Islam Seytjanov

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.science-research.84931

Keywords:

Qoraqalpoq milliy taomlari anʼanaviy oshxona etnografik meros xalq gastronomiyasi madaniy oʻzgachaligi ovqatlanish urf-odatlari milliy qadriyatlar tarixiy taomlar.

Abstract

Mazkur maqola Qoraqalpoq xalqining boy gastronomik madaniyatiga, anʼanaviy milliy taomlariga bagʻishlangan. Unda Qoraqalpoq oshxonasining shakllanish tarixiy asoslari, uning xalqning turmush tarzi, tabiiy-geografik sharoit va qadimiy urf-odatlar bilan bogʻliqligi tahlil qilinadi. Milliy taomlar — Júwеri gúrtik, Aq sawlaq, Máyek bórek kabi oziq-ovqat mahsulotlari nafaqat isteʼmol uchun, balki xalqning madaniy oʻzgachalik va etnografik merosining ajralmas qismi sifatida koʻrib chiqiladi. Shuningdek, maqolada mazkur milliy taomlarning bugungi kunda yoshlarga oʻrgatilishi, ularni asrash va avloddan-avlodga yetkazish muammolari va imkoniyatlari yoritilgan. Tadqiqotda milliy oshxonaning turizm, taʼlim va madaniyat sohalaridagi roli ham oʻrganiladi.

background image

16

ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 Issue 5

QORAQALPOQ XALQINING MILLIY TAOMLARI

Seytjanov Islam Jeńisbaevich

Ajiniyoz nomidagi NDPI Tarix fakulteti 1-kurs talabasi

(Nukus shahri, Qoraqalpogʻiston Respublikasi)

islamseytjanov5@gmail.com

https://doi.org/10.5281/zenodo.15350753

Annotatsiya. Mazkur maqola Qoraqalpoq xalqining boy gastronomik madaniyatiga,

anʼanaviy milliy taomlariga bagʻishlangan. Unda Qoraqalpoq oshxonasining shakllanish tarixiy
asoslari, uning xalqning turmush tarzi, tabiiy-geografik sharoit va qadimiy urf-odatlar bilan
bogʻliqligi tahlil qilinadi. Milliy taomlar — Júwеri gúrtik, Aq sawlaq, Máyek bórek kabi oziq-
ovqat mahsulotlari nafaqat isteʼmol uchun, balki xalqning madaniy oʻzgachalik va etnografik
merosining ajralmas qismi sifatida koʻrib chiqiladi. Shuningdek, maqolada mazkur milliy
taomlarning bugungi kunda yoshlarga oʻrgatilishi, ularni asrash va avloddan-avlodga yetkazish
muammolari va imkoniyatlari yoritilgan. Tadqiqotda milliy oshxonaning turizm, taʼlim va
madaniyat sohalaridagi roli ham oʻrganiladi.

Kalit soʻzlar: Qoraqalpoq milliy taomlari, anʼanaviy oshxona, etnografik meros, xalq

gastronomiyasi, madaniy oʻzgachaligi, ovqatlanish urf-odatlari, milliy qadriyatlar, tarixiy
taomlar.

Qoraqalpoq xalqi milliy taom turlarining koʻpligi, tayyorlanishi, taʼmi va rang-barangligi

bilan boshqa xalqlardan oʻziga xos xususiyatlarga ega. Qoraqalpoq xalqining milliy taomlari –
bu koʻp asrlik tarix, hayot tajribasi, tabiat bilan uygʻun yashashning namunasi. Har bir taom – bu
nafaqat yegulik, balki madaniyatning bir boʻlagi. Bugungi kunda ham bu taomlar oʻz
dolzarbligini yoʻqotmagan, balki milliy oʻzlikni anglash vositasi sifatida eʼtirof etilmoqda. Shu
sababdan, Qoraqalpoq oshxonasining xilma-xilligini asrab-avaylash va uni kelajak avlodlarga
yetkazish muhim vazifalardan biridir.

Xalqimizda dehqonchilik, chorvachilik va baliqchilik kasbi - asosiy tirikchilik manbai

boʻlganligi bois, kundalik isteʼmoli ham shu kasblar bilan bevosita bogʻliq. Qoraqalpoq
oshxonasi qadimdan chorvachilik, dehqonchilik va baliqchilik bilan bogʻliq boʻlib, shu asosda
rivojlangan. Ushbu taomlar xalqning hayot tarzini, iqlim sharoitini va eʼtiqodlarini aks ettiradi.

Taomlar va urf-odatlar uygʻunligi

Qoraqalpoq xalqining turmush tarzida milliy taomlar nafaqat isteʼmol uchun yegulik,

balki muayyan marosim va urf-odatlar bilan bogʻliq boʻlgan ijtimoiy-madaniy hodisa sifatida
qaraladi. Har bir muhim marosim, bayram yoki oila aʼzolari uchun alohida ahamiyatga ega
boʻlgan voqealar maxsus taomlar bilan bezatilgan dasturxon orqali ifodalanadi. Taomlar bu
yerda

ijtimoiy birlik

,

marosimimi poklik

,

xotira

,

hurmat

,

ehson

kabi tushunchalar bilan

uygʻunlashadi.

Qoraqalpoq hududining tabiiy-iqlimiy sharoiti, xususan, choʻl va yarim choʻl

mintaqalariga xos boʻlgan issiq va quruq iqlim, chorvachilik va dehqonchilik bilan chambarchas
bogʻliq hayot tarzining shakllanishiga sabab boʻlgan. Bu esa oʻz navbatida ularning ovqatlanish
madaniyatiga ham bevosita taʼsir koʻrsatgan. Aynan shu sababli qoraqalpoq milliy taomlari
koʻproq goʻsht, sut mahsulotlari va un asosida tayyorlanadi. Masalan,

Júwеri gúrtik

,

shoʻrva,

kespas, mastava va aq sawlaq

kabi ovqatlar soddaligi, foydaliligi va toʻyimliligi bilan ajralib

turadi. Bu taomlar har bir oila dasturxonida muhim oʻrin tutadi. Shu bilan birga,

qurt

,

qatiq

,

ayron

kabi mahsulotlar esa faqatgina toʻyimli taomlar emas, balki salomatlikni


background image

17

ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 Issue 5

mustahkamlovchi, ayniqsa issiq iqlim sharoitida energiya beruvchi tabiiy vositalardir.

Qoraqalpoq milliy taomlari koʻpincha marosimlar bilan bogʻliq holda tayyorlanadi.

Masalan, chaqaloq tugʻilganda “

súyinshilik

” dasturxoni yoziladi, unda albatta goʻshtli taomlar,

qurt, chak-chak, non va choy boʻladi. Shuningdek, toʻy, sunnat toʻy, dafn marosimlarida maxsus
taomlar tayyorlanadi, bu esa milliy oshxonaning chuqur ijtimoiy funksiyasini va oʻziga xos
madaniyatni aks ettiradi. Qoraqalpoq xalqi uzoq tarixga, boy madaniyatga va anʼanalarga ega
boʻlgan xalq hisoblanadi. Bu xalqning maʼnaviy-madaniy merosida milliy taomlar alohida oʻrin
egallaydi. Qoraqalpoq milliy oshxonasi – bu nafaqat taomlar yigʻindisi, balki xalqqa xos hayot
tarzi, urf-odatlar va mehmondoʻstlik timsolidir. Milliy taomlarining koʻpligi va xilma-xilligi esa
bu xalqning tabiat bilan uygʻun yashaganligini, qishloq xoʻjaligiga asoslangan hayot tarzini va
boy gastronomik anʼanalarini yaqqol namoyon etadi.

Diniy va mavsumiy bayramlar
Qoraqalpoq xalqida Ramazon hayiti, Qurbon hayiti yoki Navroʻz kabi bayramlarda ham

anʼanaviy taomlar tayyorlanadi:

Navroʻzda sumalakka oʻxshash shirin taomlar

– yangilanish va baraka ramzi;

Ramazon hayitida chak-chak, qovurilgan nonlar

– saxovat va mehr-muruvvat belgisi;

Qurbon hayitida goʻshtli taomlar

– qurbonlik va sadaqa maʼnosini anglatadi.

Qoraqalpoq milliy taomlari – bu xalqning tarixiy xotirasi, urf-odati va ijtimoiy hayotining

inʼikosi boʻlib, har bir taomda tabiat, yashash muhiti, madaniyat va urf-odatlarning izlari bor.
Qadimiy taomlar bugungi avlod uchun nafaqat gastronomik meros, balki milliy oʻzlikni anglash
va saqlash vositasi sifatida ham katta ahamiyat kasb etadi.

Qoraqalpoq xalqining milliy taomlari — bu nafaqat maʼnaviy va moddiy madaniyatning

bir qismi, balki xalqning tarixiy tajribasi, yashash tarzi va ijtimoiy munosabatlarining aniq
ifodasidir. Har bir ovqat tarkibi, tayyorlanish uslubi va isteʼmol qilingani vaqtga qarab, urf-
odatlar va marosimlar bilan chambarchas bogʻlangan.

Biz oʻz bilganimizcha milliy oshxonamizdagi erta vaqtlardan beri kelayotgan taom

turlari bilan tanishtirib oʻtmoqchimiz.

1. Dehqonchilikka oid taomlar. Xalqimizning asosiy ekib oladigan mahsulotlari -

donli ekinlardan: Júwеri gúrtik, biydаy gúrtik, pаlаw, sháwlе, kеspе аs [kеspаs], mаydа
gúrtik, shаj gúrtik, qаtıbılаmıq, zаǵаrа, shórеk nаn [bugʻdoy unidan], pátir nаn, mаylı pátir,
qаtırmа nаn, tаbа nаn, kómеsh nаn [oʻtga koʻmib pishirilgan non ], bаwırsаq, shiy bаwırsаq,
shаshıw bаwırsаq, qudаǵаy bаwırsаq, shеlpеk, qаtlаmа, aqsаwlаq, qаwın аqsаwlаq, sоrpаlı
аqsаwlаq, sıqpаn, úzbеn, tuwrаmа, nаn sоrpа, nаn quwırdаq, júwеri jаrmа, máshаbа, gúrish
gójе, júwеri pаlаw, nаwrız gójе, iyjаn, sók tаqаn, jiydе tаqаn [ qotgan non bilan jiyda qoʻshib
tuyuladi], qаmırdаn pishiriladigan bórеk turlari bor: gósh bórеk, аsqаbаq, pаlаwqаbаq
sаlınǵаn bórеk, m

á

yеk bórеk, suw bórеk [ baʼzan yogʻda pishiriladigan

bórеklеrdi

vaziyatga

qarab suvga pishirib oladigan boʻlgan ], tаrı gójе ["sók gójе"- deb ham aytiladi, ilgari piyozni
yogʻga solib, suvga ham, sutga ham qaynatib pishirgan], bаsаlаy bılаmıq [

Tаrını

va

shigindi

quritib,

kеpеgin

аyırmаstаn tаrtıp

bılаmıq

pishirib ishkеn ], bаsаlаy nаn [ bu ham yuqoridagi

tartibda tayyorlangan undan pishirilgan non], mаy sók; [Yogʻ soʻkni zaǵaraga ezib yegan, bu
odatdagidek toʻqlik keltiradigan va odamga kuch-gʻayrat beradigan boʻlgan],

jеnt

[qaynatilgan soʻkka taqani, sariyogʻ, shakar aralashtirib ishlangan], ashıǵаn gójе [joʻxorini
tuyib, suvga qaynatib, achitilgan goʻja, ichimlik sifatida foydalanilgan, taomlik quvvati ham
kuchli], qаwın qаq, qаwın qurt.

Bogʻda yetishtiriladigan meva turlari olma, uzum, shaftoli, oʻrik va h.k. turlarini


background image

18

ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 Issue 5

dasturxonga qoʻyib taomning bir turi sifatida foydalanib, ularni qishda saqlab qoʻyib,
ayrimlarini quritib: Qaq oʻrik, kishmish turlarida foydalanilgan.

Sút pаlаw

- guruchni ozgina suvga qaynatib, sutini moʻldan quyib qaynatadi, sut

palov tayyor boʻlgan vaqtda tovoqqa yoyib, oʻrtasiga sariyogʻ quyib yeyiladi. Janubiy
tumanlarda buni "

sútlásh

" deb atashadi.

Júwеri taqan

- joʻxorini yaxshilab qovurib, tegirmonga tortib, unga shakar qoʻshib

tayyorlanadi. Ilgari jiydani qoʻshib tuyib ishlagan.

Júwеri góje

- joʻxorini keliga tuyib, ozgina yogʻga oshqovoq, sabzini maydalab

toʻgʻrab pishiriladi.

Júwеri jarma

- joʻxorini tegirmonga yorma qilib yorib, yogʻ sochib va oqarib qotib

pishiriladi.

Taomni pishirish uchun dehqonchilik mahsulotlaridan olinadigan quyidagi yogʻlardan

foydalanilgan: paxta yogʻi, kunjut yogʻi, zigʻir yogʻi, qovun choʻpidan olinadigan yogʻ,
kendir yogʻi.

Chorvachilikka oid taom turlari. Chorvachilikda yirik qoramol, qoʻy, echki, yilqi, tuya

boqilishi bilan birga tuya tovuq, tovuq, oʻrdak, gʻoz saqlagan. Ulardan eng asosiysi goʻshti,
suti uchun, undan keyin terisi, juni, suyaklari va shoxlaridan isteʼmol buyumlari yasash uchun
foydalangani maʼlum. Endi chorvachilikka bogʻliq taom turlari haqida gapiradigan boʻlsak:
Sut, qatiq, sariyogʻ, irimchik, ayron,

shalap,

suzma, turoq [suzmadan qurt qilib ishlangan

turi], boʻkpen [kichik goʻdaklarga qaynab turgan sutga joʻxori uni, yoki bugʻdoy unidan
sepib, ozroq qand solib pishirib beriladigan taom. Bu bolaning yoshiga qarab suyuq va quyuq
qilib pishiriladi.

Mehmondoʻstlik yaxshi fazilat. Xalqimizda "

Mehmon kelsa, rizqi bilan keladi

" - degan

ibora bor. Chunki uyga mehmon kelsa, dasturxon usti toʻldirib yoyiladi. Mehmonga uzoqdan
yoki yaqindan mehmonga kelganingda uy sohiblari qalbini ochib, iliq kutib olishsa! Uy
egalariga yaxshi, chunki ularni izlab, uylariga mehmon boʻlib keldi-ku! Bir-birini sogʻinib, izlab
kelish - qanday yaxshi fazilat!.

Mehmonga mol soʻyilib, goʻsht pishirilib, yuksak sovgʻani, milliylikni koʻrsatish uchun

Júwеri gúrtik, palov, norin, beshbarmoq chovla, aqsаwlаq

kabi taomlar pishiriladi.

Qoraqalpoqlarning milliy oshxonasida xamirdan tayyorlangan taomlar koʻp. Masalan,

Júwеri

gúrtik

- joʻxori unidan tayyorlanadigan goʻshtli taom. Joʻxori uni, tuz, qaynagan issiq suvdan

xamir qoriladi. Undan dumaloq shaklidagi guruch tayyorlanadi, guruchda barmoq izlari qolib
ketadi. Gurtikni goʻshtli shoʻrvada qaynatib, pishirib oladi. Tayyor boʻlgan guruch suzib olinib,
ustiga piyozli qayla va goʻsht solinadi. Bugʻdoy unidan non tayyorlanadi. Katta tovoqlarda xamir
qorilib, soʻng oʻqlov bilan yoyiladi soʻng tikan bilan xamirga naqsh qoʻyiladi va qizib turgan
tandirda yopiladi. Shuningdek, shunday xamirdan yupqa qilib yoyilgan va mayda qilib kesilgan
toʻrtburchak xamir boʻlaklari -

bawırsaq

, va xamiri qoʻlda choʻzilib, yogʻda qovurib olinadigan

katta

«shórekler» –

sozban

ham pishiriladi. Bugʻdoy unidan ikki xil lapsha: kespas va qaysas

tayyorlanadi.

Kespas”

uchun juda yupqa yoyilgan xamir bir chetidan naycha shaklida oʻraladi

va mayda lapsha qilib kesiladi. Unga achchiq yoki chuchuk qatiq qoʻshiladi. Qaysas ham
shunday tayyorlanadi, lekin unga yogʻ qoʻshiladi.

Aq sаwlаq”

tayyorlash uchun bugʻdoy unidan qorilgan xamir zuvalasi yupqa qilib

yoyiladi va qizigan qozonda pishirib olinadi. Unga qatiq yoki sariyogʻ qoʻshiladi. “

Aq sаwlаq”

toʻygacha oldindan tayyorlanib, quritib qoʻyilib, keyin goʻshtli shoʻrva bilan tortilsa ham boʻladi.

Máyek bórek

” - qoraqalpoqlarning mashhur taomlaridan. Yoyilgan xamir kichikroq


background image

19

ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 Issue 5

kvadrat shaklida kesilib, konvert shaklida buklanadi, uning ichiga qovurilgan yogʻ va yaxshilab
aralashtirilgan tuxum quyiladi. Qozondagi yogʻga piyoz qovurib olinadi va suv quyiladi. Suv
qaynagandan, qozonga tuxum boʻlak solib, pishirib olinadi.

Baliqdan tayyorlanadigan taomlar

— Qoraqalpoq oshxonasida daryo baliqlaridan

tayyorlanadigan ovqatlar muhim oʻrin tutadi. Qoraqalpoq oshxonasida goʻshtli, sutli, donli
hamda baliqli taomlar keng tarqalgan. Bu esa mintaqaning tabiiy sharoitlari, yaʼni Amudaryo
boʻyidagi serhosil yerlar, chorvachilik va baliqchilik bilan bogʻliq. Baliqni tuzlab quritish, uni
qovurish yoki qaynatish qadimdan davom etayotgan anʼanadir. Daryo va dengiz qirgʻoqlaridagi
tumanlarda deyarli barcha taomlar baliqdan tayyorlanadigan boʻlgan. Shularning orasida

qarma

-

bu joʻxori yoki tariq unidan tayyorlangan gurtik solingan shoʻrva, yoki qovurilgan yoki
tuzlangan baliq (

sársem baliq

) bor.

Qoraqalpoq xalqining ovqatlanish madaniyati faqatgina taom isteʼmoli bilan

cheklanmaydi, balki bu jarayon ijtimoiy va maʼnaviy qadriyatlar bilan uygʻunlashgan. Har bir
taom tayyorlanish jarayonida oilaviy iliqlik, mehmondoʻstlik va hurmat-izzat kabi tushunchalar
mujassam.

Xulosa

Qoraqalpoq xalqi oʻzining boy va qadimiy madaniyati, urf-odatlari, hayot tarzi va

qadriyatlarini asrlar davomida milliy taomlarida saqlab kelgan. Qoraqalpoq oshxonasi – bu faqat
ovqat tayyorlash va isteʼmol qilish jarayoni emas, balki bu xalqning yashash tarzi, tabiiy muhitga
moslashuvi, ijtimoiy hayoti va ruhiy dunyosining ifodasidir. Milliy taomlar bu xalqning tarixiy
taraqqiyoti, mehnat faoliyati va turmush tarzini yaqqol aks ettiruvchi muhim unsur hisoblanadi.

Qoraqalpoq oshxonasi faqat milliy urf-odatlarning aks etishi emas, balki bu xalqning

mehmondoʻstligi, saxiyligi va insoniy qadriyatlarining bir ifodasidir. Har bir taom ortida qadimiy
bilimlar, anʼanaviy tayyorlash usullari, avloddan avlodga oʻtgan tajriba yotadi. Bu milliy taomlar
nafaqat tarixiy meros sifatida, balki bugungi kunda ham oʻz oʻrnini yoʻqotmay, zamonaviylik
bilan uygʻunlashgan holda rivojlanmoqda. Shu sababli, Qoraqalpoq milliy taomlarini oʻrganish
va asrab-avaylash – bu faqat ovqatlanish madaniyatini oʻrganish emas, balki butun bir xalqning
madaniy merosini anglashdir. Bu oshxona nafaqat oʻtmishni eslatadi, balki bugun ham odamlarni
bir dasturxon atrofida birlashtirib, xalqning birlik va birdamligini mustahkamlab turadi.

REFERENCES

1.

Ahmadov, B. "Qoraqalpoq xalqining madaniy merosi" – Qoraqalpoq xalqining anʼanaviy
taomlari, ularning tayyorlanish usullari va etnografik jihatlari haqida maʼlumotlar mavjud.

2.

Yoqubov, A. "Oʻrta Osiyo xalqlarining ovqat madaniyati" – Bu kitobda Qoraqalpoq
taomlari boshqa mintaqa xalqlari bilan taqqoslab berilgan.

3.

"Qoraqalpoq xalqining anʼanaviy ovqatlari: tarix va innovatsiyalar" – "Etnografik
tadqiqotlar jurnali", 2018.

4.

"Qoraqalpoq oshxonasining etnik xususiyatlari" –“Oʻzbekiston tarixi va madaniyati“,
2020.