Authors

  • Nargiza Xamidova

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.science-research.85290

Keywords:

ichimlik reklamasi sotsiopragmatika iste’molchi xulq-atvori kommunikativ strategiya brend imidji reklama tili vizual ta’sir.

Abstract

Ushbu maqolada ichimlik reklamalarining sotsiopragmatik xususiyatlari tahlil qilinadi. Ichimlik reklamalarida til vositalarining qanday maqsadlarda qo’llanilishi, auditoriya bilan samarali muloqot o’rnatish usullari atroflicha ko’rib chiqiladi. Bundan tashqari, reklamalarda madaniy qadriyatlar, steriotiplar va iste’molchilar bilan bog’liq kommunikativ strategiyalar qanday aks etishi o’rganiladi. Maqolada ichimlik reklamalari tili va uslubining jamiyatga moslashuvi va uning psixologik hamda lingvistik jihatlari ham yoritib berilgan.

background image

ISSN:

2181-3906

2025

International scientific journal

«MODERN

SCIENCE

АND RESEARCH»

VOLUME 4 / ISSUE 5 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

126

ICHIMLIK REKLAMALARINING SOTSIOPRAGMATIK XUSUSIYATLARI

Xamidova Nargiza

BXU I bosqich magistranti.

Nargiza67760@gmail.com

https://doi.org/10.5281/zenodo.15347686

Annotatsiya. Ushbu maqolada ichimlik reklamalarining sotsiopragmatik xususiyatlari

tahlil qilinadi. Ichimlik reklamalarida til vositalarining qanday maqsadlarda qo’llanilishi,
auditoriya bilan samarali muloqot o’rnatish usullari atroflicha ko’rib chiqiladi. Bundan
tashqari, reklamalarda madaniy qadriyatlar, steriotiplar va iste’molchilar bilan bog’liq
kommunikativ strategiyalar qanday aks etishi o’rganiladi. Maqolada ichimlik reklamalari tili va
uslubining jamiyatga moslashuvi va uning psixologik hamda lingvistik jihatlari ham yoritib
berilgan.

Kalit so’zlar: ichimlik reklamasi, sotsiopragmatika, iste’molchi xulq-atvori,

kommunikativ strategiya, brend imidji, reklama tili, vizual ta’sir.

СОЦИОПРАГМАТИЧЕСКИЕ ХАРАКТЕРИСТИКИ РЕКЛАМЫ НАПИТКОВ

Аннотация. В статье анализируются социопрагматические характеристики

рекламы напитков. В статье рассматриваются цели использования языковых средств в
рекламе напитков и способы установления эффективной коммуникации с аудиторией. В
нем рассматривается, как реклама отражает культурные ценности, стереотипы и
коммуникативные стратегии, связанные с потребителями. В статье также освещается
социальная адаптация языка и стиля рекламы напитков, ее психологические и
лингвистические аспекты.

Ключевые слова: реклама напитков, социопрагматика, поведение потребителей,

коммуникативная стратегия, имидж бренда, язык рекламы, визуальное воздействие.

SOCIOPRAGMATIC CHARACTERISTICS OF BEVERAGE ADVERTISEMENTS

Abstract. This article analyzes the sociopragmatic features of beverage advertisements. It

examines the purposes for which language tools are used in beverage advertisements, and the
methods of establishing effective communication with the audience. It examines how cultural
values, stereotypes, and communicative strategies related to consumers are reflected in
advertisements. The article also highlights the adaptation of the language and style of beverage
advertisements to society and its psychological and linguistic aspects.

Keywords: beverage advertising, sociopragmatics, consumer behavior, communicative

strategy, brand image, advertising language, visual impact.


Kirish (Introduction).

Bugungi kunda zamonaviy marketing strategiyalarining ajralmas

qismi sifatida ichimlik reklamalarining ahamiyati tobora ortib bormoqda. Reklama
kommunikatsiyasi nafaqat vizual va auditoriya e’tiborini tortuvchi elementlardan iborat, balki
unda til kommunikativ strategiyalari ham muhim rol o’ynaydi. Sotsiopragmatik tahlil esa
reklama tilining jamiyatdagi o’rnini, madaniy qadriyatlar va ijtimoiy stereotiplar bilan
bog’liqligini aniqlashga yordam beradi.

Sotsiopragmatika - bu tilning ijtimoiy kontekstdagi qo’llanilishini o’rganadigan soha

bo’lib, u yerdagi til vositalarining maqsadli va kontekstual ishlatilishi, shuningdek, auditoriya


background image

ISSN:

2181-3906

2025

International scientific journal

«MODERN

SCIENCE

АND RESEARCH»

VOLUME 4 / ISSUE 5 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

127

bilan muloqotning xususiyatlari diqqat markazida bo’ladi. Ichimlik reklamalarida bu yondashuv
brend imidjini shakllantirish, iste’molchilarning xulq- atvorini boshqarish va madaniy
qadriyatlarni aks ettirish nuqtai nazaridan qo’llaniladi.

Ichimlik reklamalarida ishlatiladigan til ko’pincha qisqa, ta’sirchan va oson anglab

yetiladigan bo’ladi. Reklama matnlari va shiorlarida metafora, metonimiya va boshqa stilistik
usullar keng qo’llaniladi. Ushbu vositalar orqali reklama ishlab chiqaruvchilar iste’molchilarga
mahsulotni shunchaki sotish bilan cheklanmay, ularga ma’naviy va ijtimoiy qiymatlarni ham
taqdim etishga intiladi. Masalan, gazli ichimliklar reklamalari ko’pincha yosh va energiya bilan
bog’liq obrazlarni yaratadi, bu esa iste’molchilarga o’zlarini zamonaviy va dinamik his
qilishlariga yordam beradi.

Mavzuga oid adabiyotlarning tahlili (Literature review). Tilshunoslik sohasida

ichimlik reklamalarining lingvistik xususiyatlariga oid bir qator izlanishlarni kuzatamiz.

Chunonchi,

A Multimodal Critical Discourse Analysis of Online Soft Drink

Advertisements (Onlayn alkogolsiz ichimliklar reklamalarining multimodal tanqidiy nutq tahlili)
maqolasida onlayn ichimlik reklamalarida ishlatiladigan lingvistik va vizual semiotik vositalar
tahlil qilinadi. Tadqiqotda Coca-Cola brendining Instagram reklamalaridagi tasvirlar va
matnlarning pragmatik ma’nosi o‘rganilgan. Natijalar shuni ko‘rsatadiki, multimodal vositalar
(rasm, ranglar, shiorlar) reklama samaradorligini oshirishga yordam beradi.

"Emotional Persuasive Techniques in Advertisements on the Coca-Cola Soft Drink Brand

of the Coca-Cola Beverage Company" "(Coca Cola ichimliklar kompaniyasining koka-kola
alkogolsiz ichimliklar brendidagi reklamalarda hissiy ishontirish usullari)

tadqiqotida

reklamalarda emotsional ta’sir qilish usullari o‘rganilgan. Shuningdek, Coca-Cola reklamalarida
ishlatilgan leksik-grammatik va ritorik usullar tahlil qilin gan.

Tahlil qilingan adabiyotlar ichimliklar reklamalarining til, pragmatika, emotsional ta’sir va

multimodal vositalar orqali iste’molchilarni jalb qilish usullarini yoritadi. Tadqiqotlarning
umumiy natijalariga ko‘ra, ichimlik reklamalari auditoriya bilan muvaffaqiyatli aloqani
ta’minlash uchun til birliklari, vizual elementlar va sotsiolingvistik strategiyalarni samarali
qo‘llaydi.

Tadqiqot metodologiyasi. (Research Methodology). Ichimlik reklamalarining lingvistik

va sotsiopragmatik xususiyatlarini chuqurroq tahlil qilishda quyidagi metodlardan foydalanish
yaxshi samara berishi ko’zga tashlandi:

a.

Korpus tahlili:

Ichimliklar reklamalarining yozma va vizual namunalari (TV reklamalar,

bosma reklama, onlayn reklama, shiorlar) to‘planadi va tahlil qilinadi.

Bu tahlil, o’z navbatida, ko’p miqdordagi va turdagi reklamalarning kompleks tahlil

qilinishiga sharoit yaratadi.

b.

Eksperimental tadqiqot:

Iste’molchilarning reklamaga bo‘lgan munosabati psixologik va

sotsiopragmatik jihatdan o‘rganiladi (masalan, anketalar, intervyular orqali).

Bu turdagi metodning ahamiyati shundaki, u orqali ichimliklar qabuli yoki namoyish

etilayotgan ichimlik reklamalariga bo’lgan munosabatning real holati aniqlanadi. Bundan
tashqari, eksperimentlar orqali aniq statistik ma’lumotlarni keltirib chiqarish va taqqoslash
imkoni tug’iladi.


background image

ISSN:

2181-3906

2025

International scientific journal

«MODERN

SCIENCE

АND RESEARCH»

VOLUME 4 / ISSUE 5 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

128

c.

Diskursiv tahlil:

Reklama matnlarining semantik, pragmatik va kommunikativ jihatlari

o‘rganiladi.

Reklamalar yuzasidan ilmiy tadqiqotlarni mukammallashtirishda quyidagi tadqiqot

usullarini qo’llash maqsadga muvofiq:

A) Lingvistik tahlil.
Leksik-semantik tahlil: Reklamalarda ishlatiladigan so‘zlarning ma’nosi va ularning

auditoriyaga ta’sirini o‘rganish.

Morfologik va sintaktik tahlil: Reklama matnlaridagi jumlalar tuzilishini, grammatik

shakllarni va ularning ta’sirchanligini aniqlash.

B) Sotsiopragmatik tahlil
Kontekstual tahlil: Reklamaning auditoriya madaniyati va ijtimoiy qadriyatlariga qanday

moslashganligini aniqlash.

Pragmatik strategiyalar tahlili: Reklama matnlarida nutq aktlari (buyruq, iltimos,

maslahat), modal birliklar va iltifot usullari qo‘llanilishini o‘rganish.

C) Multimodal tahlil
Vizual va verbal elementlar o‘rtasidagi bog‘liqlik: Reklama matnlarida rasm, rang va

tipografiyaning nutqiy ma'no bilan qanday uyg‘unlashtirilganini o‘rganish.

Brend identifikatori va ta’sir usullari: Reklamaning iste’molchilarga ta’sir qiluvchi asosiy

vositalarini aniqlash.

Yuqorida sanab o’tilgan metod va usullar orqali tadqiqot natijalarini tahlil qilish

o’rganilayotgan mavzu yuzasidan asosli xulosalar va ilmiy qarashlarni keltirib chiqarishda
muhim ahamiyatga ega.

Tahlil va natijalar. (Analysis and results)

. Tadqiqot davomida

ichimlik reklamalari

lingvistik, sotsiopragmatik va multimodal jihatdan tahlil qilindi. Natijalar quyidagi asosiy
jihatlarni ko‘rsatdi:

1.

Lingvistik tahlil natijalari

Leksik-semantik jihatlar:
Ichimlik reklamalari matnlarida emotsional va ta’sirchan so‘zlar ko‘p ishlatiladi (masalan,

"tetiklantiruvchi", "soflik", "tabiiy", "energiya manbai").

Odatda, reklama matnlari oddiy va qisqa jumlalardan iborat bo‘lib, iste’molchi eslab

qolishi oson bo‘lgan iboralar ishlatiladi (masalan, "Coca-Cola – haqiqiy lazzat!", "Red Bull –
qanot bag‘ishlaydi!").

Imperativ gaplar (buyruq shaklidagi gaplar) ko‘p uchraydi: "Ich, rohatlan!", "Lazzatni his

et!".

Pragmatik strategiyalar:
Reklamalarda iltifot strategiyalari qo‘llaniladi: "Siz eng yaxshi ichimlikni tanladingiz!"
Modal birliklar ishlatiladi: "Siz bu ichimlikni sinab ko‘rishingiz kerak!" (maslahat shakli).

2. Sotsiopragmatik tahlil natijalari

Maqsadli auditoriyaga moslashish:
Ichimlik reklamalari turli ijtimoiy guruhlarga moslashtiriladi. Masalan, energetik

ichimliklar yoshlar uchun faol hayot tarzini targ‘ib qiladi, gazli ichimliklar esa oilaviy muhit
bilan bog‘lanadi.


background image

ISSN:

2181-3906

2025

International scientific journal

«MODERN

SCIENCE

АND RESEARCH»

VOLUME 4 / ISSUE 5 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

129

Ba’zi reklamalarda milliy urf-odatlar va qadriyatlar aks ettiriladi. Masalan, o‘zbek

bozorlari uchun ishlab chiqarilgan choy reklamalarida oilaviy qadriyatlar va mehmondo‘stlik
alohida ta’kidlanadi.

Gender jihatlari:

Ayrim reklamalarda gender stereotiplari mavjud: gazli ichimliklar ko‘pincha erkaklar

auditoriyasiga qaratilgan bo‘lsa, mevali sharbatlar va choy reklamalarida ayollar obrazlari
ko‘proq ishlatilgan.

Ijtimoiy o‘zaro ta’sir:

Reklamalar ko‘pincha ijtimoiy jamiyatga moslashish xabarini beradi: "Agar siz bu

ichimlikni ichsangiz, siz ham moda va zamonaviy hayotning bir qismiga aylanasiz."

Energetik ichimliklar reklamalarida "dinamik va faollik" hissi yaratiladi.

3. Multimodal tahlil natijalari

Vizual elementlar:
Reklamalarda yorqin ranglar va harakat tasvirlari ko‘p ishlatiladi. Masalan, energetik

ichimliklar uchun reklamalarda sport, tezlik va ekstremal harakatlar ko‘rsatiladi. Brend
logotiplari va shiorlari doimiy takrorlanib, iste’molchilarning yodida qolishiga sabab bo‘ladi.

Fon va atmosfera:
Salqin ichimliklar reklamalarida tabiat manzaralari ishlatiladi (masalan, muz kristallari,

dengiz yoki tog‘ fonlari). Oila va do‘stlik mavzusiga urg‘u beruvchi ichimlik reklamalarida
yaxshi kayfiyat va iliq ranglar qo‘llaniladi.

XULOSA (Conclusion).

Sotsiopragmatika tilning jamiyatdagi ishlatilishi va

kommunikatsiyadagi ijtimoiy jihatlarni o‘rganadigan fan sifatida, reklama va marketing kabi
sohalarda juda muhim rol o‘ynaydi. Ichimlik reklamalari sotsiopragmatika nuqtai nazaridan, turli
auditoriyalarni qamrab olish, kommunikatsion strategiyalarni ishlab chiqish va madaniy
qadriyatlarni hisobga olishni taqozo etadi.

Reklama tilida emotsional ta’sir, pragmatik strategiyalar (buyruq, iltimos, maslahat) va

multimodal yondashuv (vizual va lingvistik elementlar) keng qo‘llaniladi. Reklamalar,
shuningdek, turli ijtimoiy guruhlarga moslashgan va ularning ehtiyojlariga javob beruvchi
usullarni o‘z ichiga oladi.

Reklamalarning sotsiopragmatik jihatlarini tahlil qilish, ular qanday qilib auditoriya bilan

ijtimoiy va madaniy jihatdan muloqot qilishi, qanday pragmatik strategiyalarni qo‘llashi va
qanday ta’sir o‘tkazishi haqida chuqurroq tushuncha beradi. Bu yondashuv reklama va marketing
strategiyalarini yanada samarali qilishga yordam beradi.

Umuman olganda, sotsiopragmatika reklama tilining samaradorligini oshirishda muhim

vosita bo‘lib, reklama ishlab chiquvchilariga o‘z mahsulotlarini to‘g‘ri auditoriyaga taqdim etish
uchun zarur bilimlarni beradi.

REFERENCES

1.

"A Multimodal Critical Discourse Analysis of Online Soft Drink Advertisements". Manba:
files.eric.ed.gov

2.

"The Language of Beverage and Drink Advertisements"

2.

Manba: digilib.k.utb.cz


background image

ISSN:

2181-3906

2025

International scientific journal

«MODERN

SCIENCE

АND RESEARCH»

VOLUME 4 / ISSUE 5 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

130

3.

"A Pragmatic Analysis on the Food and Beverage Product Slogan"

4.

Manba: eprints.ums.ac.id

5.

A

bdullayeva, Sh., Nosirov, P. (1994).

Marketing - bozor iqtisodiyoti asosi

,

6.

Toshkent

7.

"Emotional Persuasive Techniques in Advertisements on the Coca-Cola Soft Drink Brand
of the Coca-Cola Beverage Company"

8.

Manba: academia.edu

9.

Eshonjonova, F. (2012).

Reklama haqida tushuncha va uning tarixi.

O‘quv qo‘l

10.

lanma, Toshkent.

11.

"Sociopragmatic Underpinnings of Language Use in the Advertisement of Okrika in
Nigerian Markets"

12.

Manba: academia.edu






References

"A Multimodal Critical Discourse Analysis of Online Soft Drink Advertisements". Manba: files.eric.ed.gov

"The Language of Beverage and Drink Advertisements"

Manba: digilib.k.utb.cz

"A Pragmatic Analysis on the Food and Beverage Product Slogan"

Manba: eprints.ums.ac.id

Abdullayeva, Sh., Nosirov, P. (1994). Marketing - bozor iqtisodiyoti asosi, Toshkent

"Emotional Persuasive Techniques in Advertisements on the Coca-Cola Soft Drink Brand of the Coca-Cola Beverage Company"

Manba: academia.edu

Eshonjonova, F. (2012). Reklama haqida tushuncha va uning tarixi. O‘quv qo‘llanma, Toshkent.

"Sociopragmatic Underpinnings of Language Use in the Advertisement of Okrika in Nigerian Markets"

Manba: academia.edu