Authors

  • Zilolaxon Omonova

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.science-research.86826

Keywords:

folklor avangard kompozitsion texnika orkestr fortepiano simfonik orkestr transkripsiya.

Abstract

Ushbu maqolada zamonaviy rus kompozitori Rodion Shedrin ijodida anʼanaviy va zamonaviy musiqa uyg‘unligi tahlil qilinadi. Rodion Shedrinning xalq musiqasi, klassik rus kompozitorlari va provaslav diniy musiqasidan ilhom olgan holda yaratgan asarlarida qanday zamonaviy kompozitsion texnikalarni qo‘llagani yoritiladi.

background image

ISSN:

2181-3906

2025

International scientific journal

«MODERN

SCIENCE

АND RESEARCH»

VOLUME 4 / ISSUE 5 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

622

RODION KONSTANTINOVICH SHEDRIN IJODIDA ANʼANA VA ZAMONAVIY

UYG‘UNLIK

Omonova Zilolaxon Kadirjon qizi

Andijon Davlat Universiteti,

Sport va San’at fakulteti, Cholg`u ijrochiligi yo‘nalishi 1-kurs talabasi.

Tel: 93-118-31-03,

el pochta:

zilola.muzic2005@mail.ru

https://doi.org/10.5281/zenodo.15389368

Annotatsiya. Ushbu maqolada zamonaviy rus kompozitori Rodion Shedrin ijodida

anʼanaviy va zamonaviy musiqa uyg‘unligi tahlil qilinadi. Rodion Shedrinning xalq musiqasi,
klassik rus kompozitorlari va provaslav diniy musiqasidan ilhom olgan holda yaratgan
asarlarida qanday zamonaviy kompozitsion texnikalarni qo‘llagani yoritiladi.

Kalit so‘zlar: folklor, avangard, kompozitsion texnika, orkestr, fortepiano, simfonik

orkestr, transkripsiya.

Аннотация. В статье анализируется гармония традиционной и современной

музыки в творчестве современного русского композитора Родиона Щедрина. В нем будут
освещены современные композиторские приемы, которые Родион Щедрин использовал в
своих произведениях, вдохновленные народной музыкой, классическими русскими
композиторами и православной религиозной музыкой.

Ключевые слова: фольклор, авангард, композиторская техника, оркестр,

фортепиано, симфонический оркестр, транскрипция.

Abstract. This article analyzes the harmony of traditional and modern music in the work

of the modern Russian composer Rodion Shchedrin. It highlights the modern compositional
techniques used by Rodion Shchedrin in his works, inspired by folk music, classical Russian
composers, and Orthodox religious music.

Keywords: folklore, avant-garde, compositional techniques, orchestra, piano, symphony

orchestra, transcription.


Rodion Konstantinovich Shedrin – zamonaviy rus musiqasining eng yorqin

namoyondalaridan biri bo‘lib, uning ijodi XX-XXI asr musiqa sanʼati rivojiga katta taʼsir
ko‘rsatdi. Rodion Shedrin o‘zining o‘ziga xos uslubi, yangilikka intilishi va boy musiqiy
tasavvuri bilan nafaqat Rossiyada balki butun dunyoda tanilgan.

U o‘z ijodida rus anʼanaviy musiqasi bilan zamonaviy kompozitsion uslublarni mahorat

bilan birlashtirgan. Shedrin asarlarida folklor elementlari, provaslov ruhiy musiqasi, klassik rus
kompozitorlari uslubi va zamonaviy avangard yo‘nalishlari o‘zaro uyg‘unlashgan holda
namoyon bo‘ladi. U o‘z asarlarida orkestr imkoniyatlarini kengaytirib, zarbli va torli asboblardan
noodatiy tarzda foydalangan.

Uning musiqasida bir vaqtning o‘zida turli ritmik qatlamlarning mavjudligi eshitiladi.
Ko‘plab asarlarida jamiyatdagi voqeliklarga hazil, satira va kinoya bilan yondashgan.
Rodion Shedrin ko‘pincha rus xalq qo‘shiqlari, diniy ohanglar, xalq musiqasi va ularning

ritmik va melodik tuzilmasidan ilhom olgan. Modest Petrovich Musorgskiy, Nikolay
Andreyevich Rimskiy-Korsakov, Sergey Sergeyevich Prokofyev va Dmitriy Dmitriyevich
Shostakovich kabi klassik kompozitorlar anʼanalaridan ham foydalangan.


background image

ISSN:

2181-3906

2025

International scientific journal

«MODERN

SCIENCE

АND RESEARCH»

VOLUME 4 / ISSUE 5 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

623

Ammo u bu materiallardan anʼanaviy tarzda emas, balki o‘zining zamonaviy va

murakkab ishlov berish uslubi bilan o‘ziga xos tarzda qayta ishlagan. U xalq kuylarini bevosita
ishlatmay, ularning ruhidan ilhomlanib zamonaviy shaklda qayta ishlagan. Shedrin o‘z asarlarida
zamonaviy kompozitsion texnikalarni qo‘llab, u texnikalarni anʼanaviy elementlar bilan
uyg‘unlashtirib, o‘ziga xos musiqiy til yaratdi.

Shedrinning musiqiy tilida anʼanaga sadoqat bilan birga tajriba va o‘zgacha ifoda

vositalari ustuvorlik qiladi. Uning musiqiy tili doimiy ravishda yangilanishga intiladi. Uning
fortepiano va orkestr asarlari yuqori texnik darajani talab qiladi. Shedrin o‘zi ham pianinochi
bo‘lganligi sababli, fortepiano uchun yozilgan ko‘plab asarlarida murakkab texnika va
noanʼanaviy uslublarni qo‘llagan.

U 1951-yilda Belorussiyaga xalq qo‘shiqlarini to‘plash uchun safar uyushtiradi va u

materiallar uning ilk asarlarida, jumladan, 1952-yilda yozilgan fortepiano kvintetida aks etgan.

Shuningdek, uning “Naughty Limericks” nomli orkestr uchun konserti rus xalq

qo‘shiqlari asosida yaratilgan bo‘lib, bu asar Shedrinning xalq musiqasiga bo‘lgan qiziqishini
yaqqol namoyon etadi.

Shedrinning eng mashhur asarlaridan bo‘lgan “Karmen syuita” fransuz kompozitori Jorj

Bizening “Karmen” operasi asosida yaratilgan bo‘lib, Shedrinning rafiqasi balerina Maya
Plisetskaya uchun yozilgan. Shedrin bu asarda faqat zarblilar va simfonik orkestrning zarbli
asboblar qismini ishlatib, musiqaga jozibador va zamonaviy ohang bergan.

U bu asarda Bizening musiqasini zamonaviy ritmik burilishlar bilan boyitgan. Bu esa

asarni klassik va zamonaviy elementlarning muvaffaqiyatli sintezi sifatida aks etadi.
Musiqashunos Marina Raku “Karmen syuita” baleti haqida shunday yozadi: “Shedrin
“Karmen”ni shunchaki transkripsiya qilmagan, u uni qayta yaratar ekan, Bize musiqasiga zamon
ohangini, yangicha dramatik ifoda berdi.”

Kompozitor Shedrin hamisha rus mumtoz musiqasiga alohida mehr qo‘ygan. U eng

buyuk odamlar tomonidan o‘z ona tilida yozilgan narsalardan tashqari biror narsani izlash
befoyda deb hisoblardi. Eng muhimi kompozitor ijodida “o‘ziga xoslik”ni qadrlagan. Shedrin
ko‘plab asarlarida musiqa orqali hazil, istehzo va parodiyani ko‘rsatadi.

Uning musiqasi ko‘pincha ichki his-tuyg‘ularni, murakkab insoniy holatlarni ham aks

ettiradi. Shedrin anʼana va zamonaviylikni qarama-qarshi tushunchalar sifatida emas, balki bir-
birini to‘ldiruvchi elementlar sifatida ko‘radi.

U o‘zining musiqiy lug‘atini kengaytirar ekan, o‘tmishga hurmat bilan yondashadi, ammo

ularni zamon ruhi bilan uyg‘unlashtirishdan cho‘chimaydi. Aynan shu yondashuv Shedrin ijodini
chinakam milliy va shu bilan birga xalqaro darajada dolzarb qiladi.

Shedrin musiqasida anʼana va zamonaviylik uyg‘unligi san`atda o‘z yo‘lini topgan

yangilanishning yorqin namunasi sifatida namoyon bo‘ladi. Shedrin nafaqat rus musiqiy
merosini saqlab qolishga, balki uni zamonaviy kompozitsion yondashuvlar orqali boyitishga
erishgan. Uning ijodi musiqa tarixidagi uzviyligni aks ettirib, kelajak avlod kompozitorlari uchun
ilhom manbayi bo‘lib qoladi.



background image

ISSN:

2181-3906

2025

International scientific journal

«MODERN

SCIENCE

АND RESEARCH»

VOLUME 4 / ISSUE 5 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

624

REFERENCES

1.

Richard Taruskin — Defining Russia Musically: Historical and Hermeneutical Essays.
Princeton University Press, 1997.

2.

Marina Raku — Reinterpretations of Carmen: Rodion Shchedrin’s "Carmen Suite", Journal
of Musicology, 1994.

3.

Amanda Virelles del Valle — A Stylistic Analysis of Six Pieces for Solo Piano by Rodion
Shchedrin, University of Southern Mississippi, 2012.

4.

UNESCO Report — 20th Century Cultural Figures Honored, 1999.

References

Richard Taruskin — Defining Russia Musically: Historical and Hermeneutical Essays. Princeton University Press, 1997.

Marina Raku — Reinterpretations of Carmen: Rodion Shchedrin’s "Carmen Suite", Journal of Musicology, 1994.

Amanda Virelles del Valle — A Stylistic Analysis of Six Pieces for Solo Piano by Rodion Shchedrin, University of Southern Mississippi, 2012.

UNESCO Report — 20th Century Cultural Figures Honored, 1999.