Authors

  • Malikabonu Yunusxo’jayeva

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.science-research.86829

Keywords:

uslub inson umri davr zamon taqdir.

Abstract

Ushbu maqolada adib Shukur Xolmirzayevning ijodkorlik mahorati, “Odam”, “Ota yurt”, “Ot egasi” hikoyalaridagi hayot manzarasi, insonlar taqdiri, ular qalbidagi ruhiy kechinmalar va falsafiy mushohadalar tadqiq etildi.

background image

ISSN:

2181-3906

2025

International scientific journal

«MODERN

SCIENCE

АND RESEARCH»

VOLUME 4 / ISSUE 5 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

629

SHUKUR XOLMIRZAYEVNING “ODAM”, “OT EGASI”, “OTA YURT”

HIKOYALARI BADIIYATI

Malikabonu Yunusxo’jayeva

Termiz davlat universiteti 1- bosqich magistranti.

https://doi.org/10.5281/zenodo.15389581

Annotatsiya. Ushbu maqolada adib Shukur Xolmirzayevning ijodkorlik mahorati,

“Odam”, “Ota yurt”, “Ot egasi” hikoyalaridagi hayot manzarasi, insonlar taqdiri, ular
qalbidagi ruhiy kechinmalar va falsafiy mushohadalar tadqiq etildi.

Kalit so’zlar: uslub, inson umri, davr, zamon, taqdir.

THE ART OF SHUKUR KHOLMIRZAYEV’S STORIES “ODAM”, “OT EGASI”, “OTA

YURT”

Abstract. This article examines the creative skills of the writer Shukur Kholmirzayev, the

life scenes in his stories “Odam”, “Ota yurt” and “Ot Egasi”, the fate of people, the spiritual
experiences and philosophical thoughts in their hearts.

Keywords: style, human life, period, time, fate.

ИСКУССТВО РАССКАЗОВ ШУКУРА ХОЛМИРЗАЕВА «АДАМ», «ОТ ЭГАСИ»,

«ОТА ЮРТА»

Аннотатция. В статье рассматривается творческое мастерство писателя

Шукура Холмирзаева, жизненные сцены в повестях «Адам», «Ота Юрт», «От Эгаси»,
судьбы людей, духовные переживания в их сердцах, философские размышления.

Ключевые слова: стиль, человеческая жизнь, эпоха, время, судьба.

Shukur Xolmirzayev – adabiyotimizning zabardast vakillaridan biri. U Surxon

vohasining farzandi, buni ijodi mahsuli bo’lmish asarlari pafosidan ham anglash mumkin. Adib
o’zbek adabiyotida o’z o’rniga ega bo’lgan ijodkor, negaki uning asarlarida o’zgacha uslub,
o’zgacha ruh mujassam. Yozuvchi - “Oq otli”, “To’lqinlar”, “O’n sakkizga kirmagan kim bor”
qissalari, “So’nggi bekat”, “Qil ko’prik”, “Yo’lovchi”, “Olabo’ji”, “Dinozavr” kabi romanlar
mualllifi. U mashhur adib Abdulla Qahhordan “To’lqinlar” qissasi uchun xat olgan. Adib
o’zining aytishicha, katta ijodga qadam qo’yishidan avval jahon adabiyoti vakillari ijodi bilan
tanishib chiqqan, dastlab rus adabiyoti vakili Sholoxovdan boshlagan va yirik adabiyot vakillari
asarlarini o’qigan, shunda hamma narsa yozilgan ekan-ku, degan qarorga kelgan, biroq yozish
uning uchun ehtiyojga aylanganligini e’tirof etgan va adabiyotda har kishi uchun joy bor, degan
xulosaga kelgan. Shukur Xolmirzayevga eng ko’p shuhrat keltirgan janr hikoyachilik bo’ldi.

U hikoyalarida insonlarning bor bo’y-bastini, xarakterini ro’yi rost, oddiygina uslubda

tasvirladi, hikoyalari obrazlarini to’qimadi, ularni hayotdan izladi. Taniqli yozuvchi Nazar
Eshonqul Shukur Xolmirzayev haqida shunday degan edi: “Shukur akaning hikoyalari oddiy
dardning ulug’vor ko’rinishlaridir.

Shukur akaning aksar qahramonlari oddiy kun kechirayotgan, bir qarashda, Vatanga,

millatga, umuminsoniyatga daxli yo’q odamlardir. Ammo yozuvchining nigohi shu darajada
o’tkirki, u ana shu daxlsizlik ortida yotgan millatga, Vatanga, bani basharga daxldor dardlarni
ko’ra biladi, tasvirlay oladi, ko’rsatib bera oladi.


background image

ISSN:

2181-3906

2025

International scientific journal

«MODERN

SCIENCE

АND RESEARCH»

VOLUME 4 / ISSUE 5 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

630

Davr va zamon qancha jimjimalarga o’ramasin, uni qanchalik moddiylashtirmasin,

«rabotlashtirmasin», Shukur Xolmirzayev nigohi uni – do’zaxiy jim-jimalar, ohanjamalar
ichidagi insonni, uning dardini ko’roldi, bu dardni Abdulla Qahhor uslubidan farqli ravishda
ko’rsatib beroldi”.

1

“Asarlarim – mening hasratlarim”, degan edi yozuvchining o’zi. Hikoyalarida hayot

manzarasi, insonlar taqdiri bo’yoqlarsiz, jim-jimador tasvirlarsiz aks ettirilgan. Jumladan,
adibning “Odam” hikoyasini olaylik. Unda bir inson hayot davrida neniki ko’rishi lozim bo’lsa,
barchasi shu bir mo’jaz hikoyada ixcham, biroq jonli tarzda aks ettirilgan. Hikoyada oddiygina
o’zbek ayoli taqdiri yoritilgan. Asar qahramoni Rahimaning avval qizlik davri, keyin kelinlik,
so’ngra ona va buvi sifatida gavdalanishi hikoya syujetining asosini tashkil etadi. Rahima bir
ayol qanday yashashi kerak bo’lsa, shunday yashadi: onasining vasiyatiga amal qilib, aytilgan
kishiga turmushga chiqdi, eridan so’ng oila qilmadi, umrini farzandlariga bag’ishlab mehnat
bilan o’tkazdi. Umrining oxirida bir necha kunga telbanamo bo’lib qolishi, yashab o’tgan
umrining ko’z oldidan o’tishi hikoyaning kulminatsiyasi edi.

Ushbu hikoya falsafiyligi bilan ajralib turadi. “Odamzod hayoti oxirida… so’nish

oldidagi shamga o’xshar emish. Odam o’lim ostonasida birdan kuch yig’adi ekan. Sham
so’nish oldida birdan alanga olib yonadi-ku? Keyin so’nadi”.

2

Darhaqiqat, inson umri bir

shamning yonib o’chgunigacha bo’lgan davrday bir gap. Hayotning naqadar qisqaligi, tez
alangalanib, tezda so’nishi hikoyada go’zal o’xshatish bilan bayon qilingan.

Yuqoridagi

misralarda

aks

etgan

yozuvchining

mushohadasiga,

falsafasiga

kitobxonning tan bermay iloji yo’q. Shuningdek, adib ijodida tabiat tasviri, jonivorlarga
munosabat ham alohida ahamiyat kasb etadi. Jumladan, “Ot egasi” hikoyasidagi bosh
qahramon Inod o’z qishlog’ini sevadi, undagi har manzara uning uchun qadrdon, “zumrad qorli
cho’qqilar”mi, “yashil o’tloqlar”mi - barchasi uning uchun “boylik”. Uning 3 “boyligi” bor edi:
qishlog’i, maktabi va oti. Qorabayir oti hayotining bir qismiga, mazmuniga aylangan edi,
oilasini yo’qotganida ham mana shu oti unga ovunchoq bo’ldi. Lavozimidan foydalanmoqchi
bo’lgan bir leytenant jonivorga ega chiqish payiga tushadi. Inod otini unga bermasligini aytsa-
da, niyatidan qaytmaydi. Shunda Inod otini otib tashlaydi.

Yozuvchi ushbu o’rinlarni shunday ta’sirli va jonli tasvirlaganki, beayb nobud bo’lgan

otga achinmaslikning iloji yo’q. Bu jumlalarni yozayotganda, adibning o’zi qay ahvolga
tushganikin?! Hikoyada inson va jonivorning naqadar yaqin do’st bo’la olishi, biri ikkinchisisiz
yashay olmasligi yorqin aks ettirilgan. Hikoyani o’qigan adabiyot ixlosmandining qalbi
junbushga kelishi tabiiy, shunday bo’lsa-da, hikoyaning yuksak qilib turgan jihati ham mana
shu kulminatsiyada. Shuningdek, asarda qishloq odamlarining soddaligidan foydalanib, o’z
manfaatini ko’zlagan amaldorlar ham fosh etilgan.

“Ota yurt” hikoyasi ham yozuvchi mahorati mahsulining go’zal namunalaridan biri.
Ushbu hikoya realistik asar bo’lganligi bilan ham ahamiyatlidir. Hikoyada bir nechta

masalalar qalamga olingan: ota yurt sog’inchi, Ulug’ Vatan urushi, qon-qarindoshlik rishtalari,
amaldorlar manmanligi.

1

“Yoshlik” jurnali. 2012-yil 9-son.

2

Xolmirzayev Sh. Saylanma. 1-jild. Hikoyalar. 159-bet.


background image

ISSN:

2181-3906

2025

International scientific journal

«MODERN

SCIENCE

АND RESEARCH»

VOLUME 4 / ISSUE 5 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

631

Farmon ismli polvon raisga ta’zim qilmaganligi uchun qamalgani mazkur tuzumning

qanchalar zalolatga botganligidan darak beradi, polvonning zindonda joynamoz ustida qazo
qilganligi qaysidir ma’noda u kishining to’g’ri yo’lda ekanligiga ishora emasmi?! Otasini
eslolmasa-da, ota yurtini ko’rmagan kishining qalbi u yerlarga, o’sha yerdagi qavm-u
qarindoshlariga talpinishi hikoyada maromiga yetkazib tasvirlangan. Shu bilan birga o’gay
otaning begona farzandga o’z bolasiday g’amxo’rlik qilishi tahsinga sazovor amallardandir.

Urush tufayli otasi bedarak ketgan Mansurjonning doimo ko’nglida g’ashlik bilan

yurishi esa hikoyaning eng muhim qismlaridan biri. Urush ne-ne insonlarni otasiz, farzandsiz,
turmush o’rtoqsiz qoldirdi va bu kishilar qalbida bitmas jarohat bo’lib qoldi. Mansurjon qalbida
ham shunday yara bor edi. Otasini surishtirishga o’zida kuch topolmadi, biroq oxiri buni
amalga oshirdi va otasining halok bo’lganligini bildi. Askar haykali qarshisida turib, unda
otasining siymosini ko’rgan Mansurjon qalbida nelar kechdi ekan?! Hikoya so’nggini yozuvchi
kitobxon hukmiga havola qilgan.

Qisqa qilib aytganda, Shukur Xolmirzayev hikoyalarida haqiqiy o’zbek kayfiyati, ruhini

ko’rish mumkin, ulardagi qahramonlar xuddi kitobxonga qadrdonday tuyuladi, ular bilan birga
qayg’uradi, ular bilan birga kuladi. Mana bu haqiqiy yozuvchi qalamining “sehri”, mahorati
deyilsa, mubolag’a bo’lmaydi.

REFERENCES

1.

Eshonqul N. Ham hayotda, ham adabiyotda shaxs edi. “Yoshlik”, 2012, 9-son.

2.

Normatov U. Ijod sehri. T.: “Sharq” , 2007. – 352 b.

3.

Mirvaliyev S. O’zbek adiblari. T.: “Fan”, 1993. - 157 b.

4.

Xolmirzayev Sh. Saylanma. 2-jild. T.: “Sharq”, 2013. – 247 b.

5.

Internet saytlari.


References

Eshonqul N. Ham hayotda, ham adabiyotda shaxs edi. “Yoshlik”, 2012, 9-son.

Normatov U. Ijod sehri. T.: “Sharq” , 2007. – 352 b.

Mirvaliyev S. O’zbek adiblari. T.: “Fan”, 1993. - 157 b.

Xolmirzayev Sh. Saylanma. 2-jild. T.: “Sharq”, 2013. – 247 b.

Internet saytlari.