ISSN:
2181-3906
2025
International scientific journal
«MODERN
SCIENCE
АND RESEARCH»
VOLUME 4 / ISSUE 5 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ
700
“TARIX” NI YARATGAN MARDLAR YOHUD “BUYUK G‘ALABA”GA
QO‘SHILGAN HISSA
Fahrutdinova Nodirabegim Jasur qizi
Tosh.Yangi Asr Universiteti. Filologiya va tillarni o‘qitish (ShMT) 101.24
1-kurs talabasi
Soliyev Elyorbek Muxammadmo‘sa ug‘li
Ilmiy raxbar.
https://doi.org/10.5281/zenodo.15390832
Annotatsiya. Ushbu maqolada Ikkinchi jahon urushi qatnashchilarining Vatan uchun
olib borgan kurashlari, ular keltirgan g‘alaba sabab hozirgi tinch-osoyishta hayotga
erishganligimiz va mustaqillik yillaridan hozirgacha nafaqat faxrli urush ishtirokchilari, balki,
ilm-fan sohasidagi ziyolilar shaxsiyatlarini abadiylashtirish va chuqur izlanishlar olib
borishdagi islohotlar haqida yoritildi. Ta’lim orqali yoshlar ongida buyuk tarixni haqiqiy
jonlantirish va taraqqiyot sari ilg‘or qadamlar tashlab, ajdodlarimiz ko‘zlagan maqsadga biz
erishishimiz-vazifamiz ekanligi yana bir bor ta’kidlab o‘tildi.
Kalit so‘zlar: xotira, rag‘batlantirish, sivilizatsiya, empatiya, ta’lim, burch, ehtirom.
ЛЮДИ, СОЗДАВШИЕ «ИСТОРИЮ», ИЛИ ИХ ВКЛАД В «ВЕЛИКУЮ ПОБЕДУ»
Аннотация. В статье рассматривается борьба участников Второй мировой
войны за Родину, принесенная ими победа, позволившая нам жить в мире и спокойствии,
а также реформы, проводимые с годами независимости для увековечения личностей не
только славных участников войны, но и деятелей интеллигенции в области науки и
проведения глубоких исследований. Еще раз было подчеркнуто, что наш долг – по-
настоящему возродить великую историю в сознании молодежи посредством образования
и предпринять поступательные шаги на пути развития, достигнув цели, поставленной
нашими предками.
Ключевые слова: память, поощрение, цивилизация, сочувствие, образование, долг,
уважение.
THE MEN WHO CREATED "HISTORY" OR THEIR CONTRIBUTION TO THE
"GREAT VICTORY"
Abstract. This article sheds light on the struggles of the participants of World War II for
the Motherland, the fact that we have achieved our current peaceful life thanks to the victory
they brought, and the reforms that have been carried out since the years of independence to
perpetuate the personalities of not only the glorious participants of the war, but also intellectuals
in the field of science and conduct in-depth research. It is once again emphasized that it is our
duty to truly revive the great history in the minds of young people through education and take
progressive steps towards development, achieving the goal set by our ancestors.
Keywords: memory, encouragement, civilization, empathy, education, duty, respect.
“Bugungi ozod va erkin hayot uchun, farzandlarimizning
baxti va kamoli uchun biz ularning oldida cheksiz
qarzdormiz”
ISSN:
2181-3906
2025
International scientific journal
«MODERN
SCIENCE
АND RESEARCH»
VOLUME 4 / ISSUE 5 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ
701
O‘zbekiston Respublikasi
Prezidenti Sh. M. Mirziyoyev
Har bir millatning qadri va kelajagi buyuk, istiqbolli bo‘lishi-o‘sha millatning tarixi,
xalqining mardonavor kurashi va ajdodlarining vatanparvarligi bilan namoyon bo‘ladi. O‘zbek
xalqining tarixi buyuk va faxrli bo‘lgani sababli, hech shubhasiz, kelajagi ham porloq va farovon
bo‘ladi. Shu sababli, mustaqillikning ilk yillaridan O‘zbekistonda voyaga yetayotgan yoshlarga
mustaqillik ne’matining qadrini, uni asrab-avaylashdagi burchlarimizni, shu yo‘lda o‘z jonini
fido qilgan buyuklar xotirasiga munosib ehtirom ko‘rsatish kerakligi borasida izchil islohotlar
olib borish boshlanib, bugungi kundagacha davom etmoqda. Xususan, O‘zbekiston Respublikasi
Birinchi Prezidenti Islom Karimov tomonidan 1999-yil 9-may kunini “Xotira va qadrlash kuni”
1
deb e’lon qilinishi so‘zimizning isbotidir. Oradan bir yil o‘tib, ya’ni 2000-yilda Toshkentning
Bo‘zsuv sohilida “Shahidlar xotirasi” yodgorlik majmui barpo etildi. Majmua tarkibida
“Qatag‘on qurbonlari xotirasi” muzeyi va shu nomdagi jamg‘arma tashkil etildi
2
.
Inson xotirasi, uning muqaddas Vatandagi aziz o‘rni bugungi kunda har doimgidanda
e’zozlanmoqda. Inson qadri ulug‘lanayotgan yurtda qadr topgan, nomi qilgan yaxshi va ezgu
amallariga hamohang eslanayotgan, yosh avlod uchun Vatan ne ekanligini o‘z mehnatlari bilan
ko‘rsatib bergan insonlarning, urush va mehnat fahriylarining, o‘z umrining katta qismini xalq
uchun mehnat qilishga sarflagan, o‘zini yurt farovonligi va tinchligiga bag‘ishlagan fidoiy
insonlar xotirasi abadiydir. Ushbu kunda yurtimizda Ikkinchi jahon urushining har bir
qatnashchisi, front orti mehnat faxriylari hamda mustaqillik yillarida xizmat burchini bajarish
chog‘ida halok bo‘lgan harbiy xizmatchilar va huquqni muhofaza qilish organlari xodimlarining
xotirasi oldida hurmat bajo keltirish, yurtimizda mehr-oqibat, hamjihatlik, insoniylik,
bag‘rikenglik va xayr-saxovat muhitini yanada mustahkamlash, yosh avlodni milliy
an’analarimizga sadoqat va umuminsoniy qadriyatlarga hurmat ruhida kamol toptirish hamda bu
muqaddas ayyomni yuksak saviyada nishonlashga katta e’tibor qaratib kelinmoqda.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning 2024-yilda qabul qilingan
“Ikkinchi jahon urushi qatnashchilarini rag‘batlantirish to‘g‘risida”
3
gi farmoni davlatimiz rahbari
bundan bir necha yil ilgari aytgan ana shu fikrlarining amaldagi yana bir tasdig‘i bo‘ldi.
Farmonga muvofiq, o‘tgan yili Ikkinchi jahon urushi qatnashchilari va nogironlarining
har biriga 20 million so‘m miqdorida bir martalik pul mukofoti belgilandi. Fashizm ustidan
qozonilgan g‘alabaning 79-yilligi munosabati bilan ushbu pul mukofotlari bugun ham safimizda
turib, Vatanimizning obro‘-e’tiborini yuksaltirishga, yoshlarni ma’naviy-axloqiy jihatdan
tarbiyalashga hissa qo‘shayotgan faxriylarimizga tantanali vaziyatda va bayramona ruhda
topshirildi. Bu borada O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “2022-2026 yillarga
mo‘ljallangan “Yangi O‘zbekistonning taraqqiyot strategiyasi to‘g‘risida”gi Farmonida
“O‘zbekiston tarixini o‘rganish va targ‘ib qilishni yanada rivojlantirish” borasida 77- maqsad
qo‘yilgan.
1
O‘zbekiston Respublikasi Birinchi Prezindentining Farmoni “9-mayni “Xotira va qadrlash kuni” deb e’lon qilish
to‘g‘risida”; ; 02.03.1999; PF-2243-son;
2
Uza.uz; 31.08.2015; Iqtisodiyot; “Ajdodlar xotirasi unutilmaydi’;
3
O‘zbekiston Respublikasi Farmoni; Toshkent sh., 02.05.2023 yil; PF-65-son;
ISSN:
2181-3906
2025
International scientific journal
«MODERN
SCIENCE
АND RESEARCH»
VOLUME 4 / ISSUE 5 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ
702
Zero, “o‘tmishdagi yutuq va g‘alabalardan kuch-quvvat olib, xato va mag‘lubiyatlaridan
xulosa va saboq chiqarib yashaydigan xalq o‘zining taraqqiyot yo‘li va kelajagini to‘g‘ri belgilay
oladi”, deb ta’kidladi Prezident Sh. Mirziyoyev
4
.
Albatta, tarixni o‘rganish, ajdodlarga munosib avlod bo‘lish-ta’limsiz bo‘lmaydi.
Tarixdan muhim saboqlar chiqarib, kelajak uchun yangi g‘oyalarni kashf qilish-ilm orqali
yuzaga keladi. Tarixni o‘rganish orqali shaxslar oldingi avlodlarning tajribalari, yutuqlari va
kurashlari haqida qimmatli tushunchalarga ega bo‘ladilar. Bu bilim insoniyat jamiyati,
madaniyatlari va sivilizatsiyalarining murakkabliklarini tushunishga yordam beradi. Tarixiy
xotira, shuningdek, tanqidiy fikrlash qobiliyatlarini rivojlantiradi, chunki u odamlarni asosiy
manbalarni tahlil qilishga, turli nuqtai nazarlarni baholashga va dalillarga asoslangan xulosalar
chiqarishga undaydi. Bundan tashqari, tarixni o‘rganish o‘quvchilarni turli hikoyalar va tajribalar
bilan tanishtirish orqali empatiya va bag'rikenglikni rivojlantiradi. Bu inson huquqlari, adolat va
ijtimoiy taraqqiyotning qadr-qimmatini qadrlashimizga yordam beradi. Shunday ekan, tarixiy
xotira odamlarni dunyoning murakkabliklarida harakat qilish, ongli qarorlar qabul qilish va
yaxshi kelajakni shakllantirishda faol ishtirok etish uchun vositalar bilan jihozlaydi. Nafaqat
qatag‘on siyosati qurbonlari, urush qurbonlari, balki, ilm-fan yo‘lida, xalqni savodli qilish
yo‘lida o’z jonlarini fido qilgan “jadidlar”ni ham unutmasligimiz kerak. Ular oldidagi burchimiz
va vazifalarimiz-boshlab berilgan ma’rifatparvarlik yo‘lini davom ettirib, ularning haqiqiy
davomchilari bo‘lish va buyuk maqsadlar sari ildamlab yurishdir. Buning isboti o‘laroq,
mamlakatimizda chop etilayotgan “Jadid kulliyoti”
5
, “Jadidlar” to‘plamlarini talabalarga tavsiya
etib, ularning hayoti va ijodini chuqur o‘rgangan va o‘rgatgan holda kelajak poydevorini
qurishimiz mumkin. Bundan tashqari, buyuk tariximizni o‘zida aks ettiruvchi kitoblar, Prezident
asarlari ham nashr etildi, majmualar va muzeylar tashkil etildi. Jumladan:
1.
“Tarixiy xotirasiz kelajak yo‘q” asari; (I. Karimov, 1998)
2.
“Ikkinchi jahon urushi va front gazetalari” 5 jildlik kitob; (Rustambek Shamsutdinov,
2017)
3.
G‘alaba bog‘i” va “Shon-sharaf” muzeyi; (Sh. Mirziyoyev tashabbusi bilan; 2020)
4.
“Xotira” kitobi, 33-jild; (1994-yil; 16-mart kunidagi Farmonga muvofiq)
5.
“O‘zbekiston Ikkinchi jahon urushi davrida” kitob-albomi; (S. Saidolimov,
K.Sagdullayev, H.Bobojonov, 2020)
6.
““Xotiralardan oʻrin olgan tarix” uchinchi qism; (Gʻaybiddin Fazliyev; Majid Samatov;
Iskandar Rahmon; Muqaddas Abdusamatova; 2021)
Shu bilan birga, ularning asarlarini tahlil qilish, turli seminar-konferensiyalar tashkil
etgan holda Vatanga muhabbat tuyg‘usini mustahkamlashimiz, hozirgi farovon hayotga erishish
yo‘lidagi mashaqqatlarni o‘z zimmalariga olib, jonilaridan kechganliklarini va ular oldidagi
burchlarimizni eslatishimiz darkor.
Birinchi Prezidentimimiz Islom Karimovning “Shu nuqtayi nazardan qaraganda, hayotni
anglash degani-kechagi tarixdan, o‘tmishda sodir bolgan voqea-hodisalardan to‘g‘ri xulosa
chiqarib, ta’bir joiz bo‘lsa, uni bugungi va ertangi kun uchun qollanm a sifatida ishlata olish
demakdir.
4
O‘zbekiston Respublikasi Farmoni; Toshkent sh., 28.01.2022 yildagi PF-60-son;
5
Oyina.uz; “Zabarjad media”; Shaxnoza Nazarova; Ma’mura Qutliyeva; 2023-yil;
ISSN:
2181-3906
2025
International scientific journal
«MODERN
SCIENCE
АND RESEARCH»
VOLUME 4 / ISSUE 5 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ
703
Hozirgi kunda unib-o‘sib kelayotgan, ertaga o‘rnimizni oladigan yoshiarimizni o‘z ota-
bobolari xotirasiga hurm at-ehtirom ruhida tarbiyalash, o‘ylaymanki, bizning nafaqat vazifamiz,
avvalambor, insoniy burchimizdir
6
” so‘zlari ham yuqoridagi fikrlarimizni qo‘llab quvvatlaydi.
Bundan tashqari, faxriy urush qatnashchilariga munosib ehtirom ko‘rsatish, qulay shart-
sharoitlar yaratish maqsadida so‘nggi yillar mobaynida moddiy yordamlar ham ko‘rsatildi.
O‘zbekistonning turli hududlarida istiqomat qiluvchi Ikkinchi jahon urushi
qatnashchilarining muborak Haj ziyoratiga borish bo‘yicha bildirgan istaklari hamda “Nuroniy”
jamg‘armasining taklifi inobatga olinib, ilgari Haj ziyoratiga borolmagan yoki bunga imkoni
bo‘lmagan Ikkinchi jahon urushi qatnashchilari Prezident tomonidan ajratilgan mablag‘lar
hisobidan Haj ziyoratiga yuboriladigan bo‘ldi
7
. 2025-yil fevral oyidagi farmonga binoan,
g‘alabaning 80 yilligi munosabati bilan shu yilning 9-may kuni O‘zbekiston Respublikasining
Respublika byudjeti mablag‘lari hisobidan ikkinchi jahon urushi qatnashchilari va
nogironlarining har biriga 10 000 AQSH dollari miqdorida bir martalik pul mukofoti bilan
rag‘batlantirish belgilandi
8
. Bundan tashqari shu yilning fevral oyidagi farmonga binoan,
“Ikkinchi jahon urushidagi g‘alabaning 80 yilligi” esdalik yubiley medali
9
bilan ham
taqdirlanadilar.
Yuqoridagi islohotlarga, ehtiromga munosib o‘laroq, biz, yoshlar ongida buyuk ajdodlar
avlodi ekanimizni va ularga mos avlod bo‘lib, jahonda o‘z o‘rnimizni yuksaltirishimizga harakat
qilishimiz, boy tariximizni to‘g‘ri yetkazib ta’lim berishimiz, ularning huzuridagi burchimizni-
ta’limda erishiladigan yuksak marralar bilan ado etishimiz kerakligini rivojlatirib, targ‘ib
etishimiz lozimdir.
REFERENCES
1.
Lex.uz; “O’zbekiston Respublikasi Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi”; 2007-yil; 1-
may;
2.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022 yil 28 yanvardagi “2022-
3.
2026 yillarga mo‘ljallangan “Yangi O‘zbekistonning taraqqiyot strategiyasi”
to‘g‘risida”gi PF-60-son Farmoni/
4.
O’zbekiston Respublikas Prezidenti Farmoni; “Ikkinchi jahon urushi qatnashchilarini
rag‘batlantirish to‘g‘risida”; 19.02.2025; PF-24-son;
5.
O‘zbekiston Respublikas Prezidenti Farmoni; ““Ikkinchi jahon urushidagi g’alabaning 80
yilligi” esdalik yubiley medalini ta’sis etish to‘g‘risida”; 25.02.25; PF-32;
6.
“Tarixiy xotira va inson omili-buyuk kelajagimizning garovidir” kitobi; Islom Karimov;
Toshkent. “O‘zbekiston” nashriyoti; 2012-yil;
7.
President.uz; 2025. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining rasmiy web-sayti;
6
“Tarixiy xotira va inson omili-buyuk kelajagimizning garovidir” kitobi; Islom Karimov; Toshkent. “O‘zbekiston”
nashriyoti; 2012-yil; 19-bet;
7
O‘zbekiston Respublikas Prezidenti Farmoni; “Ikkinchi jahon urushi qatnashchilarini rag‘batlantirish to‘g‘risida”;
04.04.2017; PF-5000-son;
8
O‘zbekiston Respublikas Prezidenti Farmoni; “Ikkinchi jahon urushi qatnashchilarini rag‘batlantirish to‘g‘risida”;
19.02.2025; PF-24-son;
9
O‘zbekiston Respublikas Prezidenti Farmoni; ““Ikkinchi jahon urushidagi g‘alabaning 80 yilligi” esdalik yubiley
medalini ta’sis etish to‘g‘risida”; 25.02.25; PF-32
ISSN:
2181-3906
2025
International scientific journal
«MODERN
SCIENCE
АND RESEARCH»
VOLUME 4 / ISSUE 5 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ
704
8.
“Pediatr” gazetasi; “Tinchlik-farovonlik garovidir”; B.T. Daminov; No:9 (948); 18-may;
2023-yil;
9.
Oyina.uz; “Zabarjad media”; Shaxnoza Nazarova; Ma’mura Qutliyeva; 2023-yil;
10.
11.
shon-sharaf.uz; Oʻzbekiston Respublikasi Gʻalaba paki va muzeyi rasmiy sayti; 2021-yil;
12.
“Inson huquqlari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Milliy Markazi” rasmiy veb-sayti;
G‘ulom Mirzo; 08.05.2024;
13.
Uza.uz; 31.08.2015; Iqtisodiyot; “Ajdodlar xotirasi unutilmaydi’;
14.
Международный научный журнал № 7(100), часть 1 «Научный Фокус» “Ma’naviy
yetuk shaxsni tarbiyalashda tarixiy xotiraning o‘rni”; Abdurahmonova Malika
Tolqunovna; ноября, 2023
