RESPUBLIKA ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI 7-8-MAY 2025-YIL
4
III-SHU’BA
KIMYO FANINI O‘QITISHDA ZAMONAVIY YONDASHUVLAR.
ANALITIK KIMYO FANINI O‘QITISHDA ZAMONAVIY YONDASHUVLAR
Ruziyev E.A., Ruziyev J.E., Rabbimova M.K.,
Faxridinova I.I., Tuxtaniyozova X.I.
Sharof Rashidov nomidagi Samarqand davlat universiteti.
Annotatsiya:
hozirgi paytda oliy o‘quv yurtlarida yuqori malakali va raqobatbardosh
kimyogar-analitik mutaxassislarni tayyorlash uchun amaliy-laboratoriya darslarini va talabalar
bilimini nazorat qilishning tezkor usullarini qo‘llash zarur:
Kalit so‘zlar:
ta’lim, mutaxassis, malaka, bilim, amaliyot, laboratoriya.
Аннотация:
В настоящее время для подготовки высококвалифицированных и
конкурентоспособных химико-аналитических специалистов в высших учебных заведениях
необходимо использовать практические лабораторные занятия и экспресс-методы
контроля знаний требований:
Respublikamizda ta’lim tizimining barcha yo‘nalishlarida hukumatimizning uzluksiz
ta’limning tamomila yangi tizimini, yangi ta’lim mazmunini takomillashtirishda hamda yangi ilg‘or
innovatsion pedagogik texnologiyalardan foydalanish bosqichiga, ya’ni ta’lim sifatini ta’minlashga
qaratilgan bosqichga kirdi. Analiz jarayonlari bilan bog‘liq bo‘lgan oliy ta’lim tizimida o‘qitishda
ilmiy tavsifga ega bo‘lgan innovatsion texnologiylarga asoslangan hozirgi zamon ta’lim berish va
ta’lim olish uslublarini yaratish, ta’lim jarayonida, ayniqsa, laboratoriya-amaliy darslarni olib
borishda zamonaviy axborot texnologiyalari va asbob-uskunulardan foydalanish ham mutaxassis
kadrlar tayyorlash sifatini oshishida katta ahamiyat kasb etadi [1, 381 b.].
Analitik kimyo ta’limida innovatsion pedagogik texnologiyalar ta’lim jarayonini oldindan
rejalashtirishni talab qiladi va bunda fan o‘qituvchisi talaba o‘zlashtira olishi mumkin bo‘lgan o‘quv
materiallaridan dars davomida mumkin bo‘lgan jihozlar, asbob-uskunlar axborot vositalaridan,
amaliy topshiriqlar, masalalar, test topshiriqlari, laboratoriya ishlari, ya’ni o‘quv rejasidagi va
mustaqil ta’lim dasturida belgilangan laboratoriya ishlari hamda auditoriyadan tashqari
topshiriqlardan foydalanishni ko‘zda tutadi va unga darsning mazmunini tushuntirishni va amalda
qo‘llashga o‘rgatishni maqsad qilib qo‘yadi. Talabalarga amaliy va laboratoriya darslarida ham
analitik kimyodan kerakli zaruriy o‘quv materiallarini berish va kimyoviy analizning rejadagi
mavzusi sirlarini o‘rgatish bilan bir vaqtda ularni o‘zi bajarayotgan laboratoriya ishi to‘g‘risida
mustaqil fikrga ega bo‘lgan holda o‘rganayotgan dars mavzusiga ongli munosabatda bo‘lib
yondashish tushuncha yoki analitik hodisa va reaksiyalarni keng mushohada etib uni o‘zining
og‘zaki, mantiqiy fikr asosida so‘zlab berish yoki kimyo fanlari ta’limida odat tusiga kirgan
kollokvium savollaridan foydalanish asosida erkin holda ifodalay olish qobilayatlarining
shakllanishiga yordam ko‘rsata olishimiz zarur [2, 163 b.].
Tajriba va tadqiqot tushunchalari analitik kimyoda nafaqat ilmiy ishlarning mohiyatini,
ahamiyatini va istiqbolini belgilab beruvchi bo‘lib qolmasdan, ta’lim tizimining ham istiqbolini
namoyon etuvchi jarayondir.
“TABIIY FANLAR: DOLZARB MUAMMOLAR VA ULARNING YECHIMLARI”
5
Har bir kimyoviy analiz usullaridan laboratoriya darslarida amaliy va labaratoriya ishlari
yakunlangandan so‘ng o‘qituvchi va talabalar hamkorlikda kuzatilgan hodisalar, kimyoviy
jarayonlar to‘g‘risida xulosalar qilib, reaksiya tenglamalarini yozib, tegishli hisoblarni bajargach,
amalga oshirilgan ishlar va nazariy o‘zlashtirilgan ko‘nikmalar asosida o‘tilgan mavzuni
mustahkamlash uchun savollar, masalalar va topshiriqlarga tegishli javoblarni labaratoriya
daftarlariga yozib qo‘yadilar.
Analitik kimyo fani ta’limiga va uning tarmoqlari bo‘lgan fanlarni sifatiy o‘rganishga
zamononaviy talablardan foydalanishning muhim omili bu uning yangilangan tarkibini yaratish va
o‘rgatish jarayonini zamon talabini tashkil etishdan iborat. Bunday talablarga erishish uchun, uning
hajmini kengaytirmasdan [3, 215 b.] ma’lumotlar bazasini chuqurlashtirish va boyitish o‘quv
materialini asoslangan holda yig‘ish ta’lim jarayonini tashkil etishni va o‘qitish usulini yangilash,
o‘quv soatlarini me’yor darajasida oshirmasdan fanni o‘rganishga bo‘lgan uslubiy yondashuvni
o‘zgartirish, o‘quv jarayonini, talabalarning tushunish va mustaqil ishlashini faollashtirish va
intensifikatsiyalashdan iborat vazifalarni amalga oshirishga to‘g‘ri keladi. Samarqand davlat
universiteti Biokimyo instituti analitik kimyo kafedrasida kimyoviy analiz usullarini fanidan
laboratoriya darslarini o‘qitishda tashkil etilayotgan innovatsion yondashuvlar bo‘yicha ba’zi
kuzatuvlarimiz va mulohazalarimiz bilan fikr almashinmoqchimiz. Kimyo yo‘nalishida ta’lim
olayotgan ikkinchi bosqich talabalariga kimyoviy analizning sifatiy analiz usullari yo‘nalishi
bo‘yicha nazorat ishi beriladi. Kafedra laboratoriya-amaliy darslar yo‘nalishidan kelib chiqib
nazorat ishi nomalum tuz tarkibli eritmadan iborat bo‘lib shu eritma tarkibidagi kationlarning
birinchi va ikkinchi guruh vakillarini sistematik analiz qilish sxemasida aniqlashlari vazifa qilib
berildi. Nazorat ishini bajarish uchun talabalarga uch soat yetarli bo‘ldi. Chunki nazorat ishlarining
har birini kimyogar talabalar ikki kishidan bo‘lib amalga oshiradilar. Shundan so‘ng sistematik
analiz usulini bajarish to‘g‘risida har bir talabadan alohida-alohida analiz protokoli yoki hisoboti
yozishni hamda yozilgan hisoboti asosida minbarga chiqib ma’ruza tarzida gapirib berishini va
analiz jarayonida foydalanilgan analitik reaksiyalari tenglamarini yozishni asoslab berishni talab
qiladi. Talabaning og‘zaki ravishda, ma’ruza shaklida qilgan hisoboti va analitik reaksiyani yozuv
taxtasida to‘g‘ri yoki kamchiliklar bilan yozganiga qarab guruh talabalari bilan muhokama asosida
o‘qituvchi joriy nazorat bahosini o‘qituvchi jurnaliga qo‘yadi.
Zamonaviy ta’lim tizimining bosh maqsadlaridan biri ham ta’lim jarayonining fan va ishlab
chiqarish bilan bog‘liq integratsiyasini tashkil etishdan iborat [4, 179 b.]. Yuqorida qayd etilgan
laboratoriya-amaliy darslarini zamonaviy innovatsion texnologiyalar asosida tashkil etilayotganligi
tayyorlanayotgan analitik mutaxassislarning tanlagan yo‘nalishlarida qiynalmasdan ishlab keta
olishlariga mustahkam zamin tayyorlashiga ishonamiz.
Barcha tizimlar kabi ta’lim jarayonining rivojlanishi mamlakatning iqtisodiy jihatdan
rivojlanganligi, ta’minlanganligiga bog‘liq. Bugungi kunda ta’lim tizimining barcha bosqichlarida
ham darslarni zamonaviy o‘lchov vositalari asosida ko‘rgazmali tarzda o‘tkazishda [5, 536 b.] katta
e’tibor qaratilmoqda. Tajriba va tadqiqot tushunchalari bilim va ilmning mohiyatini, ahamiyatini va
istiqbolini belgilab beruvchi jarayondir.
Shu bois hamisha ilm-fan jamiyat taraqqiyotida muhim ahamiyatga ega bo‘lgan innovatsion
tadqiqotlar olib borilsa u bilimli va mahoratli mutaxassislar tomonidan o‘tkazilgan tajriba
natijalariga ko‘ra hayotga, insoniyat jamiyatiga foydasi tegishini ko‘zda tutgan holda tadbiq etiladi.
Laboratoriya-amaliy darslarini zamonaviy innovatsion texnologiyalar asosida tashkil etish
uchun ta’lim dargohlariga taraqqiy etgan mamlakatlarning ta’lim grantlari asosida keltirayotgan
RESPUBLIKA ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI 7-8-MAY 2025-YIL
6
ko‘plab zamonaviy asbob-uskunalardan foydalanish sifatini va samaradorligini oshirish uchun
qulay bo‘lgan o‘quv-uslubiy qo‘llanmalar tayyorlash ham analitik kimyo kafedrasining ko‘p yillik
tajribalaridan biridir. Asbob-uskunalardan ta’lim jarayonida foydalanish uchun Samarqand davlat
universiteti o‘quv-uslubiy kengashi tomonidan nashrga tavsiya etilib tayyorlanayotgan o‘quv-
uslubiy qo‘llanmalar O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining
kimyo, analitik kimyo fanlaridan ta’lim standartlari, o‘quv rejalari va namunaviy o‘quv dasturlariga
mos bo‘lishiga katta e’tibor berilmoqda. Ushbu ko‘p mehnat va izlanishlarimizning barchasida
ko‘zlangan maqsad esa bitta, bu ham bo‘lsa sifatli bilim va malakaga ega bo‘lgan kelajak
vorislarimizni tayyorlashdan iboratdir. Bugungi ta’limga juda katta e’tibor berilayotgan kunda
mamlakatimiz hukumati oliy va o‘rta ta’lim tizimida tayyorlanayotgan bakalavr va magistr
darajasidagi mutaxassis kadrlar keng miqyosdagi bilim va ko‘nikmalariga ega bo‘lishlari uchun
barcha sharoitlarni yaratib bermoqdalar.
Foydalanilgan adabiyotlar:
1. Ruziyev E.A., Ruziyev J.E. Analitik kimyo ta’limida kadrlar tayyorlashning muammolari
xususida. “Kimyo va tog‘-kon sanoatini dolzarb muammolarining innovatsion eсhimi” mavzusidagi
II xalqaro ilmiy konferensiyasi materiallari nawayí mámleketlik kánshilik hám texnologiyalar
universiteti janíndaǵí nókis kánshilik institutí. –Nukus. 2024. –b.381-383.
2. Norqulov U.M., Ruziyev E.A., Norqulova L.U., Ruziyev J.E. Tabiiy va kimyoviy
ekologiya fanlari integratsiyasi. Mirzo Ulug’bek nomidagi O’zbekiston milliy universiteti. “Sifatli
ta’lim–taraqqiyot poydevori” mavzusidagi II respublika ilmiy amaliy anjumani to’plami. –
Toshkent. 2024. –b. 162-164.
3. Ruziyev E., Ruziyev J.E. Analitik kimyo fanini o’qitish jarayonidagi innovatsiyalar.
Zahiriddin Muhammad Bobur nomidagi Andijon davlat universiteti. “O’zbekistonda uchinchi
renassans va innovatsiyon jarayonlar” mavzusidagi xalqaro ilm.-amal. anj. mater. –Andijon. 2024. –
b. 214-216.
4. E.A.Ruziyev, E.A.Abduraxmanov, J.E.Ruziyev, M.M.Ruzimurodova. Analitik kimyo
sohasidagi dolzarb muammolar. Urganch davlat universiteti. “Kimyoning dolzarb muammolari”
mavzusidagi respublika ilmiy-amaliy anjuman materiallari. –Urganch. 2024. –b. 179.
5. Ruziyev E.A. Tilyabov M.A. Nurmurodov A.B. Axmedov B. Elektrokimyoviy analiz
usullaridan laboratoriya-amaliy darslarni tashkil etishdagi muammolarning yechimi. “Kimyo-
texnologiya fanlarining dolzarb muammolari” Xalqaro olimlar ishtirokida respublika ilmiy-amaliy
anjumani materiallari. Toshkent. 2021. -b. 536-537.
