Authors

  • J.M. Sharopov

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.science-research.87170

Keywords:

kimyo ta’limi raqamli texnologiyalar kompetensiya yondashuvi virtual laboratoriyalar gamifikatsiya kreativ fikrlash interaktiv ta’lim muammoli ta’lim case-study innovatsion pedagogika.

Abstract

Ushbu maqolada raqamli texnologiyalar bilan boyitilgan kimyo darslarida kompetensiyaviy yondashuv masalasi yoritilgan. Kimyo ta’limida innovatsion texnologiyalar, virtual laboratoriyalar, gamifikatsiya va interaktiv vositalar yordamida o‘quvchilarning nazariy bilimlarini amaliy ko‘nikmalarga aylantirish imkoniyatlari tahlil qilinadi. Kompetensiya yondashuvi asosida kimyo fanini o‘qitish jarayoni o‘quvchilarning mustaqil fikrlashi, kreativ va tanqidiy yondashuvlarini rivojlantirishga xizmat qiladi. Maqolada muammoli ta’lim, case-study, simulyatsiyalar va kreativ ta’lim texnologiyalaridan foydalanish strategiyalari va ularning ta’lim samaradorligiga ta’siri muhokama qilingan.

background image


“TABIIY FANLAR: DOLZARB MUAMMOLAR VA ULARNING YECHIMLARI”

13

RAQAMLI TEXNOLOGIYALAR BILAN BOYITILGAN KIMYO DARSLARIDA

KOMPETENSIYAVIY YONDASHUV

J.M.Sharopov

Islom Karimov nomidagi Toshkent davlat texnika universiteti tayanch doktoranti

Annotatsiya:

Ushbu maqolada raqamli texnologiyalar bilan boyitilgan kimyo darslarida

kompetensiyaviy yondashuv masalasi yoritilgan. Kimyo ta’limida innovatsion texnologiyalar,
virtual laboratoriyalar, gamifikatsiya va interaktiv vositalar yordamida o‘quvchilarning nazariy
bilimlarini amaliy ko‘nikmalarga aylantirish imkoniyatlari tahlil qilinadi. Kompetensiya
yondashuvi asosida kimyo fanini o‘qitish jarayoni o‘quvchilarning mustaqil fikrlashi, kreativ va
tanqidiy yondashuvlarini rivojlantirishga xizmat qiladi. Maqolada muammoli ta’lim, case-study,
simulyatsiyalar va kreativ ta’lim texnologiyalaridan foydalanish strategiyalari va ularning ta’lim
samaradorligiga ta’siri muhokama qilingan.

Kalit so‘zlar:

kimyo ta’limi, raqamli texnologiyalar, kompetensiya yondashuvi, virtual

laboratoriyalar, gamifikatsiya, kreativ fikrlash, interaktiv ta’lim, muammoli ta’lim, case-study,
innovatsion pedagogika.


Zamonaviy ta'lim tizimida raqamli texnologiyalar va kompetensiya yondashuvi integratsiyasi

kimyo fanini o‘qitishda paradigma o‘zgarishiga olib kelmoqda. Innovatsion ta’lim
texnologiyalarining joriy etilishi o‘quvchilarning nazariy bilimlarini amaliy yechim topishga
yo‘naltirish, muammolarni hal qilish qobiliyatini rivojlantirish va kreativ fikrlashni shakllantirishga
xizmat qiladi. Didaktik modellarning ishlab chiqilishi esa o‘quvchilarning kimyoga bo‘lgan
motivatsiyasini oshiradi va ularni XXI asr kompetensiyalarini egallashga tayyorlaydi. Shuningdek,
raqamli texnologiyalarni o‘quv jarayoniga integratsiya qilish orqali o‘quvchilarning kimyo faniga
bo‘lgan qiziqishini oshirish va ularni kelajakda raqobatbardosh mutaxassis sifatida shakllantirish
yo‘llari tavsiya etiladi.

Kimyo fanini o‘qitishda o‘quvchilarning bilim saviyasi, o‘zlashtirish qobiliyati, ta’lim manbai

va didaktik vazifalariga qarab, munosib ravishda metod tanlash, ta’lim jarayonini innovatsion
texnologiyalar yordamida takomillashtirish muhim hisoblanadi [1].


background image


RESPUBLIKA ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI 7-8-MAY 2025-YIL

14

Raqamli texnologiyalar kimyo darslarida nazariy bilimlarni amaliy ko‘nikmalar bilan

bog‘lash, o‘quvchilarda masofaviy ta’lim yoki virtual laboratoriyalardan foydalanish orqali
bilimlarni chuqurlashtirish imkonini beradi. Kompetensiya yondashuvi o‘quvchilarni bilimlarni
amaliyotda qo‘llash, muammolarni tanqidiy va ijodiy hal etish ko‘nikmalarini rivojlantirishga
yo‘naltiradi [2].

Elektron ta’lim platformalari, virtual laboratoriyalar, animatsiyalar va interaktiv multimedia

vositalari kimyo darslarini boyitish va o‘quv jarayonini samarali tashkil etishning muhim
vositalariga aylandi [3].

Muammoli ta’lim, case-study va virtual laboratoriyalar kimyo fanini o‘rganishda

o‘quvchilarning ijodiy va tanqidiy fikrlashini kuchaytiradi. Masalan, suv yetishmovchiligi va uning
tozalash usullari yoki kimyoviy texnologiyalarning atrof-muhitga ta’siri kabi mavzularda
muammoli savollar berish orqali o‘quvchilarda chuqur tahlil va tezkorlik kabi sifatlar shakllanadi.
Kreativ ta’lim esa ijodkorlikni targ‘ib etib, talabalarni tanqidiy fikrga, yangicha qarorlar ishlab
chiqishga undaydi [4].

Izlanishni rag‘batlantirish, innovatsiyalarni qo‘llab-quvvatlash, o‘zini namoyon qilishni

rivojlantirish, tanqidiy fikrlash qobiliyatlarini o‘stirish va muammolarni hal qilish ko‘nikmalarini
shakllantirish orqali kreativ ta’lim talabalarning kimyo faniga bo‘lgan qiziqishi va motivatsiyasini
oshiradi.

Amaliyotda qo‘llash strategiyalari quyidagilarni o‘z ichiga oladi:

O‘quv dasturlarini kompetensiya yondashuvi asosida takomillashtirish.

O‘qituvchilarning malakasini zamonaviy texnologiyalar va pedagogik metodlar bo‘yicha

oshirish .

Baholash tizimini bilimni emas, balki amaliy ko‘nikma va muammolarni hal etish

qobiliyatini o‘lchashga yo‘naltirish.

Laboratoriyalarni raqamli texnologiyalar bilan jihozlash, virtual simulyatsiya va 3D

modellardan keng foydalanish.


background image


“TABIIY FANLAR: DOLZARB MUAMMOLAR VA ULARNING YECHIMLARI”

15

Real hayotiy muammolarni hal qilishga qaratilgan loyihalar orqali o‘quvchilarni ijodiy va

tadqiqot faoliyatiga jalb etish.

Xulosa:
Raqamli texnologiyalar bilan boyitilgan kimyo darslarida kompetensiya yondashuvi

o‘quvchilarning ijodiy fikrlash, nazariy bilimlarni amaliyotda qo‘llash hamda muammoli
vaziyatlarni tezkor va samarali hal etish ko‘nikmalarini rivojlantiradi. Bu yondashuv kimyo faniga
bo‘lgan qiziqishni oshirib, kelajakda innovatsion kadrlarni tayyorlashda muhim omil bo‘lib xizmat
qiladi.

Foydalanilgan adabiyotlar:

1.

Qurbonova, D. (2022). Kimyo fanini o'qitishda innovatsion texnologiyalar qanchalik

muhim? Samarqand davlat universiteti. https://www.samdu.uz/uz/news/29693

2.

O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi. (2017). Umumiy o'rta va o'rta maxsus

ta'limning davlat ta'lim standartlari (187-son 06.04.2017).

3.

Yunusov, M. M. (2023). Kimyoviy texnologiya fanini o‘qitish samaradorligini oshirishda

interfaol va innovatsion ta’lim texnologiyalarining ahamiyati.

Obrazovanie i innovatsionnye

issledovaniya

, (12), 363–365.

4.

Abdullayeva, B. S., Qirg‘izboyev, A. K., & Mamarajabov, M. E. (2024).

Kreativ ta’lim:

Innovatsiya va samaradorlik

. Toshkent: Toshkent Davlat Pedagogika Universiteti.