RESPUBLIKA ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI 7-8-MAY 2025-YIL
20
ATROF-MUHIT OBYEKTLARI ANALIZI FANI DARSIDA INTERFAOL
METODLARNING AHAMIYATI VA O’RNI.
Abduraxmanov E., Murodova Z.B., Eshqobilova M.A., Xolmurzayev F.F.,
Shukrulloyev B.R., Behbudiyeva Z.Z.
Samarqand davlat universiteti
Annotatsiya.
Ushbu maqolada “Atrof-muhit obyektlari analizi” fani darsida ilg’or pedagogik
texnologiyalar hamda interfaol usullardan foydalanishda qo’shimcha manbalarning ahamiyati
haqida yoritilgan. Bu o’z-o’zidan talabalarning darslarga qiziqish xususiyatini oshirish va
o’qituvchilarning har tomonlama ta’lim tarbiyaga e’tiborini kuchaytirishni talab etadi. Ma’lumki,
ta’lim jarayoni talabalarning bilim olish, ko’nikma va malakalarni egallash, ularning ilmiy dunyo
qarashi, ijodiy izlanishlarini rivojlantirish maqsadiga yo’naltirgan o’qituvchi va talabalarning
o’zaro hamkorligi sanaladi, boshqacha qilib aytganda, ta’lim mazmunining o’qitish metodlari
yordamida o’zlashtirilishiga erishishdir.
Tayanch so’zlar.
Atrof, muhit, innavatsion, interfaol, ta’lim, tarbiya, kadr, metod,
ko’rsatgich.
So’nggi yillarda mamlakatimizda amalga oshirilayotgan islohotlar natijasida ulkan iqtisodiy
o’sish ko’rsatgichlariga barcha sohalarda malakali kadrlar va yetuk muttaxasislarga bo’lgan talabni
yanada oshirmoqda. Bu o’z-o’zidan talabalarning darslarga qiziqish xususiyatini oshirish va
o’qituvchilarning har tomonlama ta’lim tarbiyaga e’tiborini kuchaytirishni talab etadi. Yuqorida
talablarning ta’lim tizimi uchun juda muhim ekanligi, aksariyat xorijiy davlatlardagi kabi ta’lim va
fan sohalari rivojlanishini baholash va monitoring qilish orqali ta’lim sifatini oishirishga qaratilgan
ilg’or tajribalarni sohaga jalb qilish kerakligini anglatadi. Ma’lumki, ta’lim jarayoni talabalarning
bilim olish, ko’nikma va malakalarni egallash, ularning ilmiy dunyo qarashi, ijodiy izlanishlarini
rivojlantirish maqsadiga chorlagan o’qituvchi va talabalarning o’zaro hamkorligi sanaladi, boshqacha
aytganda, ta’lim mazmunining o’qitish metodlari yordamida o’zlashtirilishiga erishishdir. Metod
so’zi umumiy manoda muayyan maqsadga erishish usulidir. O’qitish metodlari tom ma’noda
o’qituvchining bilimlarini talabalar ongiga yetkazish va ayni paytda ularni talabalar tomonidan
o’zlashtirib olish usulidir.
Ditaktikada o’qitish metodlari quyidagi metodologik va nazariy qoidalarga asosan ta’riflanadi:
o’qitish metodi o’qitish jarayonining o’ziga xos pedagogik sharoitda ob’yektiv reallikni bilish
metodlarining ifodasi sanaladi, ya’ni o’qitish metodlari yordamida talabalarning bilish faoliyatini
tashkil etadi va boshqaradi. O’qitish metodlari talabalarni o’qitish, tarbiyalash va rivojlantirish
maqsadida qo’llaniladi. Bu ularning asosiy funksiyalari sanaladi, shuningdek, mazkur metodlarning
undovchi, rag’batlantiruvchi, uyushtiruvchi va nazorat qiluvchi funksiyalari ham mavjuddir.
O’qitish metodlari yagona ta’lim jarayonining ikkita sub’yekti bo’lgan o’qituvchining
pedagogik va talabalarning o’quv-bilish faoliyatini uyg’unlashtiruvchi, hamkorligini ta’minlovchi
faoliyat usulidir.
“Atrof-muhit obyektlari analizi” fanini o’qitish jarayonida tanlangan o’qitish metodlari tabiiy
bilimlarni va ko’nilmalarni egallashni ta’minlashi kerak.
“Atrof-muhit obyektlari analizi” fanining
ko’pgina mavzulari amaliy xarakterga ega bo’lib, ularni faoliyat orqali hal qilishni talab etadi.
Talabalar diqqatni nazariy bilimlarni o’rganishga va maqsadli yaxshi natijalarni qo’lga kirishiga
“TABIIY FANLAR: DOLZARB MUAMMOLAR VA ULARNING YECHIMLARI”
21
qaratish kerak, shuningdek, talabalardan muhim nazariy, amaliy bilimlarni egallash bilan bir qatorda
o’z ustida ishlash mustaqil ishlashlari ham zarurligini talab etadi. Nazariy ma’ruzalarni eshitib
o’rganish orqali egallash xotira uchun ma’lun qiyinchiliklarni tug’diradi va yana o’z-o’zini
boshqarish jarayonini buzadi. Shu sababli, oz-o’zini boshqarishni va dars jarayonida o’qitishni o’zida
jamlagan o’qitish metodlaridan foydalanish juda muhim. Amaliy metodlarni qo’llashning ijodiy
natijalari shundaki, ular talabalarni tanqidiy o’ylashga, rejalashtirishga, savollarga javob topishga,
bahslashga va yechim topishga ruhlantiradi. Laboratoriya, amaliy mashg’ulotlari darslarida talabada
amaliy va shaxsiy bilim ko’nikmalarini rivojlantiradi, fanga bo’gan qiziqishini oshiradi. Laboratoriya
mashg’ulotlari talabaning tabiatni va atrof-muhitni kuzatishga sharoit yaratadi.
Interfaol metodlar faol metodlarning zamonaviy ko’rinishi, deb ham qaraladi. Faol metod-
o’qituvchi va talaba o’zaro hamkorligining shakli, bunda talaba passiv tinglovchi emas, balki
o’qituvchi bilan birday faollikka ega. Faol metodda o’qituvchi-talaba munosabatlari demokratik
ko’rinishda bo’ladi. Agar o’qituvchi o’qitish jarayonida faol metodlarni qo’llasa, talaba dars
jarayonida qiziqadi, uning faol ishtirokchisiga aylanadi. Talaba tayyor ma’lumotni eslab qolishiga
ko’ra, zarur bo’lgan xulosalarni mustaqil ravishda, baxs, fikrlash, amaliy tajriba orqali o’zi chiqarsa,
foydaliroq bo’ladi. Bunday yo’l bilan olingan bilimlar haqiqatdan ham keyingi rivojlanishga asos va
foyda bo’ladi.
Tanqidiy fikr yuritish shaxsning voqea va hodisalar haqidagi munosabati va fikrini vujudga
keltirib, uning tarkibiga quyidagilar kiradi:tahliliy fikr yuritish
(axborotni tahlil qilish, zarur faktlarni tanlash, taqqoslash,
faktlash). Talabalarda tahliliy fikr
yuritish kunikmalarini
shakllantirish kimyo fani o’qituvchisi har-bir darsda avval
o’rganilayotgan obyektlar bilan o’rganilgan obyekt o’rtasidagi
bog’lanishlarni aniqlaydigan topshiriqlarni berish kerak. Jumladan
“Atrof-muhit obyektlari analizi fanining maqsadi“ mavzusini
o’rganganda talabalarni kichik guruhlarga ajratib, ularga o’quv
topshiriqlari bilab bir qatorda quyidagi jadvalni to’dirish tavsiya
etiladi.
“Davra suhbati” metodi
Mazkur metod aylana stol atrofida berilgan muammo va
savollar yuzasidan ta’lim oluvchilar tomonidan o’z fikr
mulohazalarini bilirish orqali olib boriladi. ”Davra suhbati” metodi
qullanilganda stol stullarni doira shaklida joylashtirish kerak. Bu
har-bir ta’lim oluvchining bir-biri bilan “kuz aloqasi”ni o’rnatib
turishga yordam beradi. Davra suhbatining og’zaki va yozma
shakllari mavjuddir. Suzlayotgan ta’lim oluvchini barcha diqqat
bilan tinglaydi, agar muhohama qilish lozim bo’lsa, barcha fikr
mulohazalar tinglanib bo’lgandan so’ng muhokama qilinadi. Bu
esa ta’lim oluvchilarning mustaqil fikrlashiga va nutq
madaniyatining rivojlanishiga yordam beradi.
“SWOT-TAHLIL” METODI
Metodning maqsadi:mavjud nazariy bilimlar va amaliy
tajribalarni tahlil qilish, taqqoslash orqali muammoni hal etish
yo’llarini topishga, bilimlarni mustahkamlash va takrorlash,
RESPUBLIKA ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI 7-8-MAY 2025-YIL
22
baholash, mustaqil, tanqidiy fikrlashni, nostandart tafakkurni shakllantirishga xizmat qiladi.
s-(strength)-kuchli tomonlari W-(weiakniss)-zaif, kuchsiz tomonlari
O-(opportunity)-imkoniyatlari T-(thriat)-tusiqlar va tahdidlar
Natriy hujayraning o’kazuvchi membranasining asosi Natriy
organism
ichki
muhitining
ishqoriyligini saqlovchi mezon
Natriy hujayrada plazmolis turgorlik holatini saqlab
turadi
Natriy
organizmdagi
ta’sirchanlik
reaksiyasini belgilaydi
Foydalanilgan adabiyotlar:
1.
N.T.Omonov,
M.B.Xattobov.
Pedagogik
texnologiyalar
va
pedagogik
mahorat.Toshkeni.Iqtisod moliya.2016
2. Azizxo’jayeva.N.N. Pedagogik texnologiya va pedagogik mahorat.T.TDPU.2003.
