RESPUBLIKA ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI 7-8-MAY 2025-YIL
40
KIMYO SANOATIDA EKOLOGIK MUAMMOLAR VA ULARNI KAMAYTIRISHDA
ORGANIK SINTEZNING O’RNI
F.S.Tuxsanov, N.H.Musulmonov, E.Ergashev
O’zbekiston-Finlandiya pedagogika institute
Annotatsiya:
Hozirgi kunda kimyo sanoati va insoniyat tabiatga juda kata ta’sir
o’tkazmoqda. Shu sababli atrof-muhitga chiqariladigan qo’shimcha moddalarni tahlil qilib,
tarkibidagi zararli organik birikmalarni ruxsat etilgan me’yordan oshmasligini tekchirish
maqsadida namunalar doim analiz qilib borilmoqda. Ushbu ilmiy ishimizda sanoatdan chiqadigan
oqava suvlari tarkibidagi zararli organik birikmalar miqdori va uni atrof-muhitga ta’siri
o’rganilgan.
Kalit so’zlar:
Kimyo sanoati, ekologiya, organik kimyo, zararli ta’sir, moddalarning REMi,
tekshirish, atrof-muhit.
Insoniyat faoliyatining sanoat va qishloq xo’jaligidagi hamda kundalik tirikchilikdagi
faoliyatining ortib, kuchayib borishi natijasida atrof-muhitga yanada kuchliroq salbiy ta’sir
o’tkazmoqda. Yangi zamonaviy uy-joylarning hamda ularga zarur bo’lgan transport
magistrallarining qurilishi esa qishloq xo’jaligi uchun yaroqli hisoblangan yer maydonlarning
qisqarishi bilan birgalikda suv, tuproq va atmosfera havosiga ham zararli ta’sir o’tkaza boshladi [1].
Sanoat korxonalari hududidagi texnologik jarayonlar natijasida va oxirigacha qayta
ishlanmasdan qolib to’plangan chiqindilar oqibatida tarkibida zaharli moddalar (is gazi, karbonat
angidridi, oltingugurt (IV) oksidi, ammiak, vodorod sulfidi, vodorod ftorid, girbitsid, fungitsid,
uglevodorodlar va h.k.z.lar) mavjud bo’lgan gazlar, tashkilotlar va ishlab chiqarish korxonalarining
tarkibida boshqa suv ob’yektlari uchun yot bo’lgan zararli ingrediyentlar uchraydigan zararli
organik birikmalar iste’mol va sug’orish tizimlari sifatida foydalaniladigan daryo va ariq suvlariga
qo’shilishi kabi ekologik muammolar ham hozirgi davrimizning hal etish talab etiladigan
vazifalaridan biridir. Shuning uchun ham barcha mamlakatlarda sanoat korxonalarining oldiga
ishlab chiqarish jarayonlarini chiqindisiz texnologiyalar asosida tashkil etish muammosini
qo’ymoqda[2-4].
Zamonaviy organik kimyodagi ko’pchillik ilmiy tadqiqotlarning asosiy metodologik maqsadi
davlat standartlari va sanitariya nazorat organlari tomonidan belgilab berilgan me’yorlar asosida
ekologik nazoratga olingan ob’yektlardagi moddalarning ruxsat etilgan me’yor darajasidagi
konsentratsiyalarini aniqlay oladigan kimyoviy, fizikaviy va fizik-kimyoviy organik sintez usullarni
ishlab chiqishdan iboratdir. Atrof-muhit ob’yektlaridagi zararlanish darajasini ishonchli ma’lumot
bo’lmasa aniqlab bo’lmaydi. Tabiatda uchraydigan va tarqalib borayotgan turli tizimlarni nazorat
qilishning hozirgi zamon axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalariga asoslangan usullari va
sintez usullari yaratilmoqda[5].
Barchamizga ma’lum bo’lgan kimyoviy analiz usullari esa tekshirilayotgan atrof-muhit
ob’yektlari tarkibida qanday ingrediyentlar mavjudligi va ularning qanday miqdorda ekanligini
aniqlashga imkon beradi. Shunday qilib, analiz usullarini tanlashda ikkita asosiy omilga: sezgirlik
yoki moddani aniqlashning quyi chegarasiga va tanlab ta’sir etuvchanlik yoki ayni analiz usuli
yordamida qanday moddalarni topish mumkinligiga e’tibor qaratiladi[6].
“TABIIY FANLAR: DOLZARB MUAMMOLAR VA ULARNING YECHIMLARI”
41
O’zbekiston-Finlandiya pedagogika institute tabiiy fanlar fakulteti kimyo kafedrasida
Samarqand viloyatidagi ekologik jihatdan o’rganilishi lozim bo’lgan, tanlangan hududlaridagi yer
osti va yer usti ichimlik suvlari tarkibidagi zararli organik moddalar va uglevodorod hosilalarini
kimyoviy, elektrokimyoviy va spektroskopik analiz usullari yordamida aniqlash tizimi yaxshi
yo’lga qo’yilgan.
Namuna uchun olingan ichimlik suvlari tarkibidagi organik qismni tashkil etuvchi organik
birikmalar va zararli organik qoldiqlar miqdorini aniqlash natijalari normal taqsimot qonunlari
asosida tasodifiy xato qiymati baholanib, matematik statistika usullari yordamida metrologik qayta
ishlanadi[7].
Sanoat korxonalarning asosiy qismi shaharlar hududida joylashganligi sababli ishlab chiqarish
jarayonlarida ishlatilayotgan suvlardan hosil bo’lgan oqavalar sanoat miqyosida qayta ishlanib
tozalangach yana qayta foydalanish o’rniga aksariyat hollarda maxsus ariqlar yoki kanalizatsiya
tarmoqlari orqali ariq va daryo suvlariga qo’shib yuborilmoqda. Kafedramizda olib borilayotgan
atrof-muhitning sofligiga qo’shilayotgan katta hissalarimizdan biri shahrimizni kesib o’tayotgan bir
nechta ariq suvlarining tarkibidagi zaharli moddalarning hamda birikmalarni kimyoviy,
elektrokimyoviy (potensiometrik, ionometrik, kulonometrik, konduktometrik va polyarografik)
analiz usullari yordamida analitik monitoring qilish natijalaridan ma’lum bo’lishicha
konsentratsiyasi aniqlanayotgan tarkibiy qismlarning miqdori aksariyat hollarda ruxsat etilgan
me’yor darajasidan yuqori ekanligi ma’lum bo’ldi. Kimyo sanoatidagi ekologik muammolar
to’g’risida va ularni bartaraf qilishning innovatsion texnologiyalari sohasida kafedramizda
bajarilayotgan ishlar to’g’risida ushbu respublika ilmiy-amaliy anjumanida batafsil ma’lumotlar
berish niyatidamiz.
Foydalanilgan adabiyotlar:
1.Davies, S.G.Modern Organic Synthesis Wiley-VCH, 2015.
2.Carey, F. A., Sundberg, R. J.Organic Chemistry: Reaction Mechanisms andSynthetic
Approaches. 5th ed. Springer, 2007.
3.Parshall, G. W., Noyori, R.Catalysis in Organic Synthesis
Wiley-Interscience,2009.
4.Reutlinger, P. M. P., L. A. Reutlinger. Computational Organic Chemistry. Wiley-VCH,
2011.
5.Jensen, F. Introduction to Computational Chemistry. Wiley, 2017.
6.March, J.Organic Reaction Mechanisms. 6th ed. Wiley, 2013.
7.Pavia, D. L., Lampman, G. M., Kriz, G. S. Introduction to Spectroscopy. 5th
ed.Brooks/Cole, 2014.
8.Williams, D. H., Fleming, I.Spectroscopic Methods in Organic Chemistry. 5th ed.McGraw-
Hill, 2008.
