Authors

  • Sh.Sh. Atavullayeva
  • R.A. Djurayeva
  • X.T. Trobov

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.science-research.87209

Abstract

PVS geli granulalarini turli tuzlarning har xil konsentratsiyali eritmalaridan bо‘kish kinetikasi optik mikrometriya usulidan foydalanib o‘rganilgan. Bo ‘kish jarayoni aralash (suv-izopropil spirt) eritmalarda kuzatilgan. PVS gelining aralash erituvchili tuzlar eritmalaridan bo‘kish jarayoni birinchi tartibli kinetik tenglama bo‘yicha borishini aniqlangan.

background image


RESPUBLIKA ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI 7-8-MAY 2025-YIL

86

PVS GELINING ARALASH ERITUVCHILI TUZLAR ERITMALARIDAN BO‘KISH

KINETIKASI

Atavullayeva Sh.Sh.-tayanch doktorant, SamDU

Djurayeva R.A.-magistr SamDU

Trobov X.T.- k.f.d., professor SamDU

Annotatsiya.

PVS geli granulalarini turli tuzlarning har xil konsentratsiyali eritmalaridan

bо‘kish kinetikasi optik mikrometriya usulidan foydalanib o‘rganilgan. Bo ‘kish jarayoni aralash
(suv-izopropil spirt) eritmalarda kuzatilgan. PVS gelining aralash erituvchili tuzlar eritmalaridan
bo‘kish jarayoni birinchi tartibli kinetik tenglama bo‘yicha borishini aniqlangan.

Kalit so‘zlar.

PVS geli, bo‘kish, elektrolit eritmalari, kinetik koeffisient.

Ko‘ndalang bog’langan polimer sorbentlar suv bug’i, suvli va aralash erituvchili eritmalar

bilan o‘zaro ta’sirlashganda bo‘kadi [1, 2]. Buning natijasida sorbentlarning hajmi va massasi
oshadi. Bu hodisa bo‘kish darajasi degan tushuncha bilan miqdoriy jihatdan aniqlanadi.

Optik mikrometriya [3] usulidan foydalanib PVS geli granulalarini turli tuzlarning har xil

konsentratsiyali eritmalaridan bо‘kish kinetikasi aralash (suv-izopropil spirt, spirtning massa ulushi
60%) erituvchili eritmalarda kuzatildi. Tajribalar davomida ionit tuzilishining geterofazaviy
modelining kinetik koeffitsiyentlari qiymatlaridan foydalanib turli konsentratsiya tuzlar eritmalari
uchun nazariy jihatdan polimer gel bo‘kish kinetikasining egri chizig‘lari hosil qilindi. Kinetik egri
chiziqlarning qiymatlari «Polymer_swelling_kinetics 5.1» dasturidan [4] foydalanib hisoblandi.
Shunday natijalardan va grafiklardan ba’zilari 1-jadval hamda 1-rasmlarda keltirilgan.
Rasm-1. Turli konsentrasiyali NaCl ning

aralash erituvchili eritmalaridan PVS geli granulalari

bo`kishining nazariy kinetik egri chiziqlari.

Rasm-1 dan ko‘rinagiki, jarayon davomida NaCl eritmasi konsentratsiyasi oshishi bilan PVS

geli bo‘kish darajasi oshadi. Tuzning barcha konsentratsiyali eritmalari uchun gelning bo‘kish
darajasi toza erituvchiga nisbatan yuqori qiymatga ega ekanligi aniqlandi. Bo‘kish jarayoni barcha
konsentratsiyalar uchun 3000-3500 sekund vaqt oralig’ida muvozanatga kelishi qayd etildi.

Jadval-1

NaCl eritmalaridan PVS geli bo‘kish jarayoni kinetik koeffitsiyentlarining dastur yordamida

hisoblangan qiymatlari

С

NaСl

, M

d, mm

k

1

·10

-5

, m/s

k

2

·10

-2

, s

-1

k

3

·10

-5

, m/s

0,1

0,61

2,7±0,1

1,14±0,2

0,45±0,03


background image


“TABIIY FANLAR: DOLZARB MUAMMOLAR VA ULARNING YECHIMLARI”

87

0,2

0,61

3,05±0,2

1,14±0,1

0,59±0,03

0,3

0,61

3,41±0,2

1,14±0,2

0,71±0,03

0,4

0,61

3,76±0,1

1,14±0,2

0,84±0,03

0,6

0,61

4,46±0,1

1,14±0,1

1,08±0,02

PVS gelining aralash erituvchili turli konsentratsiyali tuzlar eritmalaridan bo‘kish

jarayonida

dastur asosida hisoblab topilgani k

1

, k

2

va k

3

kinetik koeffisentlarining muvozanatdagi eritma

konsentratsiyasiga, shuningdek, eritmadagi suvning aktivligiga bog‘liqligi o`rganildi. Olingan
bog‘liqlardan biri 2-rasmda ko‘rsatilgan.

Rasm-2. PVS gelining aralash erituvchili LiCl va NaCL tuzlari eritmalaridan bo‘kish

jarayonida k

1

koeffisientning eritmadagi suvning aktivligiga bog‘liqligi.

Tajribalarda tuzlarning aralash erituvchili turli konsentratsiyali eritmalaridan olingan

natijalar asosida bo‘kish jarayoni tezlik konstantasi hisoblandi. Hisoblash natijalari tekshirilgan
barcha tuzlar uchun olingan kinetik egri chiziqlar birinchi tartibli kinetik tenglamaga mos kelishini
va PVS gelining aralash erituvchili tuzlar eritmalaridan bo‘kish jarayoni birinchi tartibli kinetik
tenglama bo‘yicha borishini qayd etdi.

Foydalanilgan adabiyotlar:

1. Wang, Z.; Zheng, H.; Chen, J.; Wang, W.; Sun, F.; Cao, Y. Effect of Crosslinking

Conditions on the Transport of Protons and Methanol in Crosslinked Polyvinyl Alcohol Membranes
Containing the Phosphoric Acid Group.

Polymers

2023,

15

(21), 4198. https://doi.org

/https://doi.org/10.3390/polym15214198.

2. Alam, M. A.; Debnath, A.; Tasnim, K. T.; Sarker, S. S.; Uddin, M. T.; Kamruzzaman, S.;

Chowdhury, I. F.; Shawon, M. T. A.; Tang, Z.; Mondal, A. K. Facile Strategy of Fe

3+

Rich

Collagen-Based Composite Hydrogel for Antibacterial, Electricity Harvesting and Sensing
Applications.

Materials Today Communications

2024,

41

. https://doi.org/ https://doi.org/10.1016/

j.mtcomm. 2024.110391

3. Токмачев М.Г., Ферапонтов Н.Б., Тробов Х.Т., Гавлина О.Т. // Ученые записки

физического факультета Московского университета. 2018. № 5. C.1850303-1-1850303-8.

4. Ferapontov, N. B.; Tokmachev, M. G.; Khudyakova, S. N.; Trobov, K. T. Influence of the

Sorbed Acids on the Swelling Degree of the Strongly Basic Ion Exchanger.

Journal of

mathematical chemistry

2019,

57

, 1140–1153. https://doi.org/https://doi.org/10.1007/s 10910-019-

01012-5.