Authors

  • F.J. Sobirova
  • Sh.F. Metanboyeva
  • G.B. Abdibanotova
  • A.F. Ishankulov
  • Q.F. Xalilov
  • Yu.G. Galyametdinov
  • N.Q Muxamadiev

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.science-research.87213

Keywords:

Kvant nuqtalar polimetilmetakrilat polimer kompozitlar nanokompozitlar.

Abstract

Ushbu ilmiy ishda kvant nuqtalar asosida polimetilmetakrilat (PMMA) polimer kompozitlarini olish usullari va ularning optik hamda o‘lcham xossalari o‘rganiladi. Kvant nuqtalar — yuqori kvant unumli, o‘ziga xos spektral va o‘lchamga bog‘liq optik xossalarga ega bo‘lgan nanostrukturalar bo‘lib, ularni polimer matritsalar bilan birlashtirish kompozit materiallarning yangi funktsional imkoniyatlarini ochib beradi. Tadqiqotda CdSe, ZnS kabi yarimo‘tkazgich kvant nuqtalarining PMMA polimer matritsasi ichida bir tekis taqsimlanishini ta'minlovchi sintez usullari va kompozit materiallar tuzilmasi tahlil qilinadi.

background image


“TABIIY FANLAR: DOLZARB MUAMMOLAR VA ULARNING YECHIMLARI”

93

KVANT NUQTALAR ASOSIDA POLIMETILMETAKRILAT POLIMER

KOMPOZITLARINI OLISH VA OPTIK-O’LCHAM XOSSALARI

1

Sobirova F.J.,

1

Metanboyeva Sh.F.,

1

Abdibanotova G.B.,

1

Ishankulov A.F.,

1

Xalilov Q.F.,

2

Galyametdinov Yu.G.,

1

Muxamadiev N.Q

1

Samarqand davlat universiteti, O’zbekiston

2

Qozon milliy tadqiqot texnologiya universiteti, Rossiya,

ishankulov-alisher@mail.ru

Annotatsiya.

Ushbu ilmiy ishda kvant nuqtalar asosida polimetilmetakrilat (PMMA)

polimer kompozitlarini olish usullari va ularning optik hamda o‘lcham xossalari o‘rganiladi. Kvant
nuqtalar — yuqori kvant unumli, o‘ziga xos spektral va o‘lchamga bog‘liq optik xossalarga ega
bo‘lgan nanostrukturalar bo‘lib, ularni polimer matritsalar bilan birlashtirish kompozit
materiallarning yangi funktsional imkoniyatlarini ochib beradi. Tadqiqotda CdSe, ZnS kabi
yarimo‘tkazgich kvant nuqtalarining PMMA polimer matritsasi ichida bir tekis taqsimlanishini
ta'minlovchi sintez usullari va kompozit materiallar tuzilmasi tahlil qilinadi.

Kalit so’zlar.

Kvant nuqtalar, polimetilmetakrilat, polimer kompozitlar, nanokompozitlar.


Hozirgi vaqtda yarimo'tkazgichli nanozarrachalar - kvant nuqtalar (KN) lyuminestsent

belgilar sifatida hamda yorug'lik taratuvchi va optoelektronik qurilmalar tarkibida qo'llaniladi. Shu
bois yuqori intensiv lyuminestsentsiyaga ega bo’lgan kvant nuqtalarini o'z ichiga olgan
kompozitsion materiallarni yaratish muhim vazifalardan bo’lib hisoblanadi [1, 17-b].

Kvant nuqtalarning lyuminestsentsiya samaradorligini oshirish usullaridan biri bu kumush

nanozarrachalarining yupqa plyonkalarida yuzaga keladigan plazma rezonans energiyasidan
foydalanishdir. Bunga nurlanish intensivligini saqlab qolgan holda kompozitlarda KNlar sonining
kamayishi hisobida erishish mumkin. Mazkur tadqiqotda kumush zarrachalarining nano o'lchamli
tizim qatlami yaqinida bo'lgan substratlarning polimetilmetakrilat (PMMA) bilan "yadro-qobiq"
Cd

0,9

Mn

0,1

S/ZnS paramagnit kvant nuqtalari kompozitlarining lyuminestsentsiyasi kuchayishini

o'rganilgan.

Tanlangan KNlar uchun lyuminestsentsiya to’lqin uzunligi 590 nm cho‘qqiga ega bo‘lib [2,

25-31-b] nurlanish UB va ko'rinadigan yorug'lik diapazonida qo’zg’atilganda 250-500 nm oralig'ida
kuzatildi (1-rasm). KNlarning qo'zg'alish spektri kumush nanozarrachalarining rezonansli yutilish
hududi (300-600 nm, cho'qqisi 415 nm) bilan mos keladi. Bu esa kvant nuqtalarning qo'zg'alishini
kuchaytirish uchun plazma rezonans energiyasidan foydalanish imkonini berdi.


background image


RESPUBLIKA ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI 7-8-MAY 2025-YIL

94

1-rasm. KNlarning qo'zg'alish va lyuminestsentsiya spektrlari

Nano o'lchamli kumush zarrachalarining kvartsli tagliklari Ag

+

ionlarini glyukoza bilan

qaytarish cho'ktirish yo’li orqali olingan. Reaksion muhitda kvarts oynalarining ta'sir qilish
vaqtining bog’liqligiga qarab, kumushning nanotuzilishli optik zichligi har xil bo'lgan tagliklari
olindi.

Kumushli tagliklar yuzasida KN-PMMA kompozitlarining yupqa plyonkalari (1:40 og'irlik

nisbatda) spin-qoplash usuli orqali xloroformdagi qo'shma eritmadan olingan. Eritma tarkibida
KNlar va PMMA miqdorining oshishi qalinroq plyonkalarni olish imkonini berdi.

Namunadagi KN lyuminestsentsiyasining nazoratli namunaga nisbtan to'rt baravar ortishi

optik zichligi 0,35 bo'lgan taglikda amalga oshishi aniqlandi (2-rasm).

2-rasm. Turli optik zichlikdagi kumush nanozarrachalari bo'lgan tagliklarda KN:PMMA

kompozitlarining lyuminestsentsiya intensivligining oshishi

Nisbatan yupqa plyonkalarda intensivlikning maksimal kuchayishi kuzatildi. Plyonka

qalinligining oshishi tizimdagi energiya uzatish samaradorligining pasayishi hisobida
lyuminestsentsiya effektining so’nishiga olib keladi.


background image


“TABIIY FANLAR: DOLZARB MUAMMOLAR VA ULARNING YECHIMLARI”

95

Ish Rossiya fundamental tadqiqotlar jamg'armasi va Tatariston Respublikasi Vazirlar

Mahkamasi tomonidan 18-43-160009-sonli ilmiy loyiha doirasida moliyaviy qo'llab-quvvatlandi.

Foydalanilgan adabiyotlar:

1.

Pandey S., Bodas D. High-quality quantum dots for multiplexed bioimaging: A critical

review //Advances in Colloid and Interface Science. – 2020. – Т. 278. – С. 102137.

2.

Ishankulov A.F., Eliboev I., Berdimurodov E. T. (2025). Advancing Analytical

Chemistry with Carbon Quantum Dots: Comprehensive review. Analytical Methods.