582
ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 Issue 5
O‘ZBEK SHE’RIYATIGA YAPON SHE’RIYATIDAN O‘ZLASHGAN JANRLAR
XUSUSIDA
Nilufar Saitova Abdurahim qizi
Surxondaryo viloyati Pedagogika markazi QTMOTSBMOB bo‘limi bosh mutaxassisi.
https://doi.org/10.5281/zenodo.15400978
Abstract. This article talks about the original genres of Uzbek literature and their
development in our literature. In this, mainly the examples of hokku and tank genres are
presented. The author turned to the works of poets who created in these directions and tried to
give their comments.
Аннотация. В данной статье говорится о самобытных жанрах узбекской
литературы и их развитии в нашей литературе. Здесь представлены в основном примеры
жанров хокку и танков. Автор обратился к творчеству поэтов, творивших в этих
направлениях, и попытался дать свои комментарии.
Adabiyotimizda Cho‘lpon, Usmon Nosir, Rauf Parfi, Farida Afro‘z singari o‘zbek
tarjimonlarining
oxiri
yo‘q
ro‘yxatini
keltirish
mumkinki,
ular
she’riyatimizning,
adabiyotimizning janriy boyishi yo‘lidagi xizmatlari beqiyosdir.
Biz bugun to‘xtalishni maqsad qilgan janrimizdan biri bu xokku bo‘lib, u yapon
adabiyotidan o‘zlashgan janrlardan biridir. Xokku tarixiga yuzlanadigan bo‘lsak, uning quyosh
chiqar mamlakat, Yaponiyada o‘rta asrlarda paydo bo‘lganini bilib olamiz. Yapon lirikasi
noyob namunalaridan bo‘lgan xokku (xayku) o‘zining eng qisqa satrlarda tabiat hamda inson
hayotining ajralmas birligini tasvirlay olish xosligi bilan xarakterlanadi.
Manbalarda xokkuning janr sifatida XV asrda paydo bo‘lganligi aytiladi. Dastlab, ushbu
janr mustaqil qo‘llanmagan, balki renga tarzida, ya’ni, birlashtirilgan satrlar shaklida qo‘llangan,
ammo, ko‘p o‘tmay uning mustaqil qo‘llanila boshlangani va o‘sha paytdagi Yaponiyada taniqli
she'riyat turiga aylanganini ko‘rishimiz mumkin.
Xokkuning mustaqil janr sifatida ommalashishi uchun Matsuo Bashoning xizmatlari
kattadir. U renga shaklidagi xokkularni alohida – alohida yozilgan uch qatorli baytlar shaklida
yozishni boshladi va bu ishi orqali u xokkularning birinchi yozuvchisiga aylandi hamda bu
uslubda ijod etgan eng mashxur bo‘lgan shoir sifatida tarixda qoldi. Uning davrida manzara
lirikasi Xoykuning mazmuniga aylandi.
Bashoning o‘zi aslzodalardan bo‘lgan, ammo uning hech qanday mol-mulki bo‘lmagan.
Uning yozgan xokkulari turli mavzularda ekanligini ko‘rishimiz mumkin. Xususan,
davlat haqidagi "Saby" xoykusi "Ma'rifatli yolg‘izlik" deb tarjima qilinadi.
Xokkuning birinchi satrida nima muhokama qilinishi aytilgan. Ikkinchisida birinchisining
ma'nosi ochib berilgan. Uchinchi qatorda esa, bularning barchasidan kutilmagan xulosalar
chiqarilgan.
Yapon xokkusini “aql gimnastikasi” ham deyishadi. Chunki uch qatorli she’rda butun
boshli bir syujetni singdira olish yaxshigina mahorat talab etadi. Xokkuni boshqa xalqlar
adabiyotida ham uchratamiz. Lekin bu boradagi uchrashi mumkin bo‘lgan to‘siq va
kamchiliklarni dunyo filologlari va yapon ijodkorlari ham e’tirof etishgan. Xokku xokku bo‘lishi
uchun 17 bo‘g‘inda yozilishi 5 bo‘g‘ini birinchi qatorda, 7 bo‘g‘ini 2- qatorda va yana 5 bo‘g‘ini
uchinchi qatorda bo‘lishi qolip sifatida keltirilgan. Lekin yapon xokkusi ijodkorlarining o‘zi
ham, xususan, Basho ham bu qolip- dan chetga chiqqan holatlar mavjud.
583
ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 Issue 5
Xokkuning yana bir o‘ziga xosliklaridan biri: u tugallanmagan bo‘lishi va tasavvur
hamda o‘ylangan fikrlash uchun joy qoldirishi mumkin. Xokku yozish san'ati, aynan, fikrlarni
ixcham ifoda etish qobiliyatini yorqin namoyon etish namunasidir. xokkuda faktlar yalang‘och,
bezaksiz qoldiriladi.
1
Yapon milliy she’riyatining nozik san’ati hisoblangan xokkularning o‘zbek adabiyotiga
kirib kelishiga bosh sababchilaridan biri Rauf Parfidir. Xokkular borasida uning o‘zi:
“Yapon
poeziyasida xokku deb ataluvchi she’rning bir turi bo‘lib, qisqaligi va go‘zalligi bilan o‘ziga
xosdir. Xokkuda tabiat va tabiat orqali inson kayfiyati aks ettiriladi. Xokku uch misradan tashkil
topgan qofiyasiz she’rdir. Birinchi misra besh bo‘g‘in, ikkinchi misra yetti bo‘g‘in, uchinchi
misra besh bo‘g‘in – hammasi o‘n yetti bo‘g‘in bo‘lib, bu shakl qat’iy emas.
Xokku yozish katta mazmunni oz so‘z bilan ifoda etish san’atidir.
Xokku tasviriy san’atga yaqindir. Rassomlar xokkuda tasvirlangan ifodani rasmda aks
ettirishi yoki shoir rassom chizgan suratga qarab xokku yozishi mumkin. Shamol, bulbul navosi,
kakku ovozi, umuman, har bir tovushning o‘z ma’nosi bor va bu har xil kayfiyat va hissiyot
uyg‘otadi. E’tiborsiz o‘qilgan uchlik o‘zining asl ma’nosidan mahrumdir…”-
degan fikrlarni
keltirgan.
Gulgun bahor bayrami,
Juldur chopon bir gado…
Kimdir ul? Ehtimol, dono?
2
Matsuo Basyo ijodidan tarjima qilingan ushbu uchlikda Rauf Parfi tashqi ko‘rinish
aldamchi bo‘lishi mumkinligini, juldur kiyimdagi oddiy ko‘ringan kishi zamirida ham dono kishi
yashiringan bo‘lishi ehtimolligi bo‘lgan jahon adabiyotida mavjud klassik obrazni o‘z uslubida
takrorlanmas qilib ochib bergan.
Keyingi misralarga qarang:
Tol uxlaydi bosh egib,
Go‘yo uning joni kabidir,
Butoqda bulbul.
3
Qimirlamay uyquda yotgan tolning yuragi urib turganiga ishora butoqdagi bulbuldir.
Ushbu misralarni o‘qigan o‘quvchi bevosita falsafiy fikrlar og‘ushiga cho‘mgisi keladi.
Inson qariydi. Qarigani uchun kamharakat bo‘lib qolishi, o‘tirgan joyida mudrab qolishi
ehtimol. Lekin baribir uning yuragi urib turadi. U hayot.
Bundan so‘ngi tarjima misralari ham o‘quvchini ko‘ngil falsafasidan yiroqlashtirmaydi:
Ulug‘vor qiyofada
Boqmas gilos guliga
Tanho qayin daraxti.
4
Odamzod qanchalik yuqorilasa, shunchalik yerdagi oddiy go‘zallik ham xira tortib,
ko‘rinmay qolishi mumkin. Inson nafsi istagan barcha narsaga yetibdiki, kamdan-kam noyob
odamizod kibrga berilmaydi. Kibr qayinni shunchalik go‘zal gilos gullariga ham qaramaslikka
undamoqda….
Yana bir hayot falsafasi:
Birinchi qor yuzida
1
Miyamori Asataro tomonidan qadimiy va zamonaviy xayku antologiyasi, Tokio, 1953; Nihon koten bungaku taikei, 45 -jild, 58,
Tokio, 1959.
2
Mamlakat Jo’raboeva. Bizning Rauf // Umr daftari. – T., 2016. 117-bet.
3
Yasunari Kavabata. Yaponiya chiroyidan nur emgan. Jahon adabiyoti. 2010 yil. 8-son. 166-bet. Q. Do’stmuhammad tarjimasi.
4
O’sha manba 167-bet
584
ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 Issue 5
Qish tongi go‘zal ko‘rinur
Badbashara qarg‘a ham!
5
Bunda shoir Basyo yashab ko‘rmaguncha holatning asl yuzini ko‘rolmaslikka, qop - qora
qarg‘aning ham hatto birinchi qorda chiroyli ko‘rinishini tasvirlagan. Bu uchlikni o‘qigan
o‘quvchining xayoliga dastlab, ertalab turgan o‘zi va tashqarida tuni bilan yog‘ib hamma joyni
oqqa burkagan qor hamda undagi qarg‘a tasviri yarq etadi. Bir qarashda hammasi chiroyli, lekin
shoir “badbashara” so‘zi orqali yuqorida ta’kidlaganimiz:- “ boshida barchasi chiroyli ko‘rinadi”,
“yashab ko‘rganingda asliyatni anglaysan” fikrimizni isbotlagan. Ko‘nglingizga go‘zal ko‘ringan
qorning sovuqligini taningiz his etadi, boz ustiga yoqimsiz qarg‘a ovozi…qarabsizki, tezroq
bahorga chiqqingiz keladi…bu hayot qonuni. Inson barcha narsadan zerikish xususiyatiga
ega…o‘quvchining bu hislariga tarjimonning mahorati sabab. Aytishadiku, tarjimon she’rni
tarjima etmaydi, balki uni qayta yozadi. Rauf Parfi bu uchliklarni mahorat ila qayta yozib, yapon
she’riyatining o‘ziga xos go‘zalligini o‘zbek adabiyoti ixlosmandlariga tanita oldi.
Tarjimalardan so‘ng u “Chag`alay” nomli uchliklar turkumini yaratdi. Ushbu turkumda
Rauf Parfiga xos, o‘zgacha uslubdagi, vatan mavzusi kuylangan xokku namunalarini ko‘rishimiz
mumkin. “Shamolga osilib yashadim” turkum xokkularida esa, mashrabona uslub o‘z ifodasini
topgan.
1.Shamolga osilib yashadim,
Mingga kirdim, chiridi jismim,
So`ngaklarim oqardi qaqshab.
2.Dunyosiga qo`ydim qo`limni,
Oyog`imni bosdim yuziga,
Ko`zlarini yumdi bu dunyo.
3.Bir piyola may ber, azizim,
Bag`rim yonib bitdi, kul bo`ldim.
Chivg`inlarga sotdim o`zimni.
4.Qorlarga ko`mildi bog`larim,
Tog`larimga cho`kdi osmon.
Sen yo`qsan. Sen yo`qsan? Sen yo`qsan!
5.Balki men Majnunman,
Balki siz, Layli,
Balki men mahkumman, balki siz jallod.
Shamolga osilib yashab, jismi chirib, so‘ngaklarining oqarganini tasvir etishining
zamirida shoirning butun umr erkka, ozodlikka intilganini payqash qiyin emas. Zero, shoir qalbi
tutqunlikka begona qalbdir. G‘arbona shaklning sharqona mazmun bilan to‘yintirilgan ushbu
uchliklari Rauf Parfi yuksak mahoratining namunalaridir. Ikkinchi uchlikdagi may obrazi
sharqona ruhni yana ham kuchaytirgan. Majnun va Layli obrazlarining ham e’tirofi tasavvufiy
ma’no kasb etgan. Milliy she’riyat an’analarini inkor etmagan holda yangi uslubni yaratganligi,
Rauf Parfi ijodining o‘ziga xosligidan deyish mumkin.
U talabalik paytlaridanoq bu san’at turining oshnosi bo‘ldi va boshqalarning ham bu
boradagi izlanishlarini qo‘llab-quvvatlab ilhomlantirdi. Rauf Parfi o‘zbek adabiyotida xokku
tarjimonlari (Farida Afro‘z, Xurshid Davron, Jabbor Eshonqul, Q. Do‘stmuhammad) ning ustoz
ijodkori sifatida tarixda qoldi.
5
So’nggi satr chala tarjima qilingan.
585
ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 Issue 5
Bugungi o‘zbek adabiyotida Xurshid Davron “Dengiz yaproqlari” va Jabbor
Eshonqulning “Shabnamda oy aksi” nomidagi tarjima to‘plamlari ma’lum bo‘lib, yapon
she’riyati ixlosmandlari uchun ajoyib tuhfa sanaladi. X.Davron ham, J. Eshonqul ham Rauf Parfi
tarjimalaridan to‘liq xabardor bo‘lishmagan. Shu sababli ham, takror tarjima etilgan uchliklarni
ko‘plab uchratish mumkin. Matsuo Basyo qalamiga mansub va Vera Markova rus tiliga
quyidagicha tarjima qilingan ushbu uchlik:
О, проснись, проснись!
Стань товарищем моим,
Спящий мотылёк! О, просни
o‘zbek tarjimonlari tomonidan quyidagicha tarjima qilingan. Uni Rauf Parfi:
Oh, uyg‘on, uyg‘on!
Hamdard o‘rtog‘im bo‘l sen,
Uyqudagi parvona!
Xurshid Davron:
Oh, tez uyg‘on, uyg‘ongin!
Sen mening do‘stim bo‘lgin,
Uxlab yotgan parvona!
Jabbor Eshonqul:
Uyg‘on, tezroq uyg‘ongin.
Qiyomatlik do‘stim bo‘l,
Uxlab yotgan parvona
shaklida tarjima qilishgan. Tarjimalarning har biri ijodiy xoslikka ega. Tarjimalarda
ijodkorlarning poetikani his qilish qobiliyati hamda so‘z tanlash mahoratlarining ham alohida-
alohida ekanligi ko‘rinadi.
Yapon adabiyotidan dunyo adabiyotiga o‘zlashib ulgurgan janrlardan yana biri bu – Tank
(tanka) janri hisoblanadi.
Tank VIII asr yapon she'riyatida paydo bo‘lgan. Uning rivoji IX-X asrlarga to‘g‘ri keladi.
Dastlab tanklar imperatorlar buyrug‘i bilan antalogiyalarda keltirilgan va zodagon qatlam
adabiyotining an'anaviy she'riy shakliga aylangan.
Tank yana bir nomi Midzikauta, yaponcha - qisqa qo‘shiq demakdir. Tanka ham xokku
singari yapon madaniyatining milliy boyligi va yapon poeziyasining asosiy shakli hisoblanadi.
Tank janri haqida Xurshid Davron quyidagi fikrlarni keltirgan: -
“Qadimgi yapon
she’riyati asrlar davomida shaklan o‘zgarmas qonuniyatlar, mohiyatan inson yuragida kechgan
tuyg‘ular rang-barangligini namoyon etish asosida rivojlanib kelgan. Dunyo(tabiat) va
inson(yurak) manzaralarining lo‘nda ifodasi tarzida paydo bo‘lgan beshlik - tanka, uchlik –
xokku(xayku) yaponlar tushunchasiga ko‘ra, dunyoda paydo bo‘lgan ilk mamlakat tuprog‘ida
tomir otgan ko‘xna daraxtning novdalari va yaproqlariga o‘xshaydi.
Fikrning qisqa ifodalanishi, obrazlar siqiqligini talab qilgan shakl torligi janrning
she’riy mohiyatini kengaytirish yo‘llarini izlashga majbur qilardi. Bu yo‘l yapon shoirlarini
tankada so‘z o‘yinidan, istioradan, majoz va mubolag‘adan keng foydalanishga olib keldi va
janr kamolotining rivojlanishiga xizmat qildi. Yuqorida yozganimizdek, yapon xalqi azaldan so‘z
sehrli kuchga ega bo‘lishiga ishongan. Shu sababdan, juda ko‘p so‘zlarga ta’qiq tamg‘asi
bosilib, oxir – oqibatda asrlar davomida yapon xarakterida o‘z his - tuyg‘ularini “jilovlash”, uni
yashirish, ishora va ramzlardan keng foydalanish, so‘z mohiyatidagi yashirin fikrni anglash
586
ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 Issue 5
xususiyati shakllangan. Xuddi mana shu xususiyat tankada ham, xaykuda ham ochiq namoyon
bo‘ladi”.
6
Tanka 5 yoki 7 bo‘g‘indan iborat bo‘ladi. Ushbu reja asosida qurilgan she'rda quyidagi
formulaga muvofiq 5 ta bo‘g‘inli blok ajratilgan:
5-7-5-7-7 bo‘g‘in
Shunga ko‘ra, tanka aniq 31 bo‘g‘indan iborat qofiyasiz she’rdir. Tank she’rlaridagi qisqa
shaklda she'riy inoyat va chuqur ma’no aks ettiriladi. Ushbu janrning yana o‘ziga xosliklaridan
biri dastlabki uch satr orqali asosiy fikr ifodalansa, so‘nggi ikki misrada xulosa keltirilgan
bo‘ladi.
Tankning tarixini o‘rgansak, uning yaponyada yozuv paydo bo‘lishidan ham ilgari, xalq
urf-odatlari va afsonalarida paydo bo‘lganligini ko‘ramiz. Eng xayratlanarlisi, hozirgi kunga
qadar tank yapon she’riyatida yyetakchi o‘rinni egallab kelmoqda. Tank she'riy an'analarning
qattiq shakl doirasida rivojlanishi va ko‘p qirrali, cheksizlikni qamray olish jihatlari ila bu qadar
hayotiylikka erishishini ko‘rishimiz mumkin.
Yaponya elita qatlami ta’limi ham tanka tarixiy an'analari va asoslarini o‘rganish bilan
birga bo‘lgan.
Milliy tankaning mavzulari qat'iy tartibga solingani tahsinga loyiq. Ushbu janr yaponlar
hayotining barcha jabhasini qamrab olgan. Unda mehmondo‘stlik munosabatlari-yu ayol-erkak
suhbatlari, an’anaviy sevgi muammosi kabi mavzular yoritilgan. Shu bilan bir qatorda yapon
oliyjanob samurayining ham o‘z joniga qasd qilishi to‘g‘ri kelib qolgan vaziyatda aytadigan o‘z
tanki bo‘lishi majburiy bo‘lgan.
Quyida tank uslubida yozilgan beshliklarning tahliliga e’tiborni qarataylik:
Gullash davrida
Gilos bulutlarga o‘xshaydi –
Buning uchunmi
Ruh yanada kengaydi
Bahorgi osmon kabi ...
Kamo Mabuchi qalamiga mansub ushbu tank namunasida gullagan giloslar bulutlarga
o‘xshagani uchun kishiga estetik zavq berib, uning ruhini osmon qadar kengaytirgani
tasvirlangan.
Tachibana Akemi qalamiga mansub quyidagi beshlikda esa, butun boshli tabiat va
undagi uyg‘oq hayot qofiyasiz besh qatorda aks ettirilgan. Misralarni o‘qigan o‘quvchi beixtiyor
bir gala tinimsiz chug‘urlayotgan qushlar, ariqni to‘ldirib oqayotgan suvlar, osmonga bo‘yi yetay
deb qolgan qarag‘aylarni ko‘z oldiga keltiradi:
Yog‘ochchining qo‘shig‘i.
Qushlarning kelishmovchiliklari.
Ariqning shovqini.
Shudringdagi toza o‘tlar.
Qarag‘aylar osmonga yopishdi.
Tanka she'riyatining tugallangan va eng to‘liq ifodasi "Kokinshu" (yana bir nomi
"Kokinvakashu"-Yaponiyaning eski va yangi qo‘shiqlari to‘plami) da ifodasini topdi. Ushbu
to‘plamda lirik she’rlar mavzular yuzasidan tartibga solingan.
6
Qadimgi yapon she’riyati Xurshid Davron tarjimalari «Jahon adabiyoti» jurnali, 2013/5
587
ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 Issue 5
Yaponyada tank tuzgan shoir Kajin deb ataladi va tank so‘zi yaponchadan tarjima
qilinganda “qisqa qo‘shiq”- demakdir.
Mening darvozalarimda
Qarag‘ay daraxtlarida pishgan mevalar bor,
Yuzlab qushlar kelib, ularni tishlaydilar,
Minglab turli qushlar to‘planishdi, -
Va siz, azizim, yo‘q va yo‘q ...
7
"Maneshu" she'rlari antologiyasidan olingan muallifi noma’lum ushbu misolda hayot
davom etmoqda qarag‘ay mevalari pishgan va uni qushlar to‘planishib yeyishmoqda. Lekin endi
hayotda uning qadrdoni yo‘qligi ifodalangan.
Tank rivojini kuzatar ekansiz keyinchalik uning ikki qismga bo‘linganini ko‘rasiz. Bunda
tankning dastlabki uch qatorini bir shoir tuzgan bo‘lsa, keying qismini esa boshqa shoir tuzgan:
Bu erda ular mo‘'jizaga o‘xshaydi
Ustida kumush tanga –
Tog‘lardagi karlar tavernasi.
(Basho)
Bu mutlaqo befoyda –
Yigitning uzun xanjari bor!
(Keray)
Bahru-baytni eslatuvchi ushbu tank namunasida urush mavzusi yoritilgan. Bundan kelib
chiqadiki, tanklar sevgi muhabbat mavzularini emas, balki, diplomatik munosabatlar va urush
kayfiyatini ochib berish uchun ham qulay janr hisoblangan. Ushbu zanjirlar biron bir zodagon
uyidagi yig‘inlarda tuzilar va uning boshlanmasi joy egasiga bag‘ishlanishi zarur edi. Aynan
shuni tankning xokku janriga nisbatan farqli jihati deb olsak bo‘ladi. Chunki, xokkuda bunday
majburiy qism yo‘q, lekin tabrik yoki kirish qismlarini uchratish mumkin edi.
XII asrda paydo bo‘lgan zanjirli oyatlar XVII asrning ikkinchi yarmida yaponiya
adabiyotida mustahkam o‘rin egalladi.
REFERENCES
1.
Miyamori Asataro tomonidan qadimiy va zamonaviy xayku antologiyasi, Tokio, 1953;
Nihon koten bungaku taikei, 45 -jild, 58, Tokio, 1959.
2.
Uch g‘ildirakli velosipedlari. Xokku, M., 1973 yil.
3.
Mamlakat Jo‘raboyeva. Bizning Rauf // Umr daftari. – T., 2016. 117-bet.
4.
Yasunari Kavabata. Yaponiya chiroyidan nur emgan. Jahon adabiyoti. 2010 yil. 8-son.
166-bet. Q. Do‘stmuhammad tarjimasi.
5.
Бреславец Т. И.
Лирика японского поэта Аривара Нарихира // Известия Вост. ин-та
Дальневост. гос. ун-та. Proceed. of the Inst. of Oriental Studies. — 2005. — № 9. — С.
211—224.
6.
McCullough, Helen Kreyg (1985). Kokin Vakashu: Yapon she'riyatining birinchi
imperator antologiyasi: "Tosa Nikki" va "Sinsen Vaka" bilan. Stenford universiteti
matbuoti. 7–15-betlar. ISBN 978-0-8047-1258-3.
7.
Raud, Reyn (2001). "Yaponiyaning Heianni ochish sharhi: Sensatsiya va yozuv
arxeologiyasi". Monumenta Nipponica. 56 (2): 270–272. doi: 10.2307/2668415. ISSN
0027-0741. JSTOR 2668415.
7
A. Gluskina tomonidan tarjima qilingan.
588
ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 Issue 5
8.
Перевод Пр. Б. или Николая Николаевича Бахтина (Новича). Опубл. в антологии
«Песни ста поэтов», С.-Петербург, 1905
9.
ОТОМО КУРОНУСИ | Бесконечная Ци (рус.) (24 июля 2019). Дата обращения: 5
ноября 2022. Архивировано 5 ноября 2022 года.
10.
Qadimgi yapon she’riyati Xurshid Davron tarjimalari «Jahon adabiyoti» jurnali, 2013/5
