Authors

  • Iroda O’tashova

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.science-research.87494

Keywords:

ensiklopedik olim ilmiy daraja dissertatsiya kiriminalistika huquqiy targ’ibot ilmiy meros jinoyat huquqi jinoyat protsessi.

Abstract

Ushbu maqolada O’zbekiston Respublikasi Fan arbobi, yuridik fanlari doktori, professor G’afur Abdumajidovning ilmiy faoliyati va ilmiy merosi, shuningdek, uning adolat dargohiga chuqur ihlos va mehr bilan kirib kelishi haqida hikoya qilinadi. Ustozning O’zbekistonda yurisprudensiya, inson erki va manfaatlari himoyasida ko’rsatgan jonbozligi bayon qilinadi.

background image

550

ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 Issue 5

O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI FAN ARBOBI G’AFUR ABDUMAJIDOV-ILMIY

MEROSI

O’tashova Iroda Husnidin qizi

Toshkent davlat yuridik universiteti

Jinoiy odil sudlov fakulteti 2-kurs “A” patok talabasi.

Email:

irodaotashosheva@gmail.com

https://doi.org/10.5281/zenodo.15399537

Annotatsiya. Ushbu maqolada O’zbekiston Respublikasi Fan arbobi, yuridik fanlari

doktori, professor G’afur Abdumajidovning ilmiy faoliyati va ilmiy merosi, shuningdek, uning
adolat dargohiga chuqur ihlos va mehr bilan kirib kelishi haqida hikoya qilinadi. Ustozning
O’zbekistonda yurisprudensiya, inson erki va manfaatlari himoyasida ko’rsatgan jonbozligi
bayon qilinadi.

Kalit so’zlar: ensiklopedik olim, ilmiy daraja, dissertatsiya, kiriminalistika, huquqiy

targ’ibot, ilmiy meros, jinoyat huquqi, jinoyat protsessi.

УЧЕНЫЙ РЕСПУПЛИКИ УЗБЕКИСТАН ГАФУР АБДУМАЖИДОВ-УЧЕНЫЙ

НАСЛЕДИЕ

Аннотация. В данной статье рассказывается о научной деятельности и научном

наследии учёного Республики Узбекистан, доктора юридических наук, профессора Гафура
Абдумаджидова, a также о его глубокой преданности и любви предстать судом. Описано
рвение, проявленное учителем в защите юриспруденции, прав и интересов человека в
Узбекистане.

Ключевые слова: учёный-энциклопедист, учёная степень, диссертация,

криминология, юридическая адвокатура, научное наследие, уголовное право, уголовный
процесс.

GAFUR ABDUMAJIDOV, SCIENTIST OF THE REPUBLIC UZBEKISTAN-

SCIENTIFIC HERITAGE.

Abstract. In this article, the scientist of the Republic of Uzbekistan, legal doctor of

sciences, professor Gafur Abdumajidov’s scientific activity and scientific heritage, as well as his
deep devotion and love to enter the court of justice are told. The deal shown by the teacher in the
defense of jurisprudence, human rights and interests in Uzbekistan is described.

Key words: encyclopedic scientist, academic degree, dissertation, criminology, legal

advocacy, scientific heritage, Criminal law, Criminal procedure.


Kirish.

G’afur Abdumajidov Abdumajidovich O’zbekistonda professional yurisprudensiya,

huquq ilmi, nazariyasi, amaliyoti shakllanib va takomil topishida munosib hissa qo’shgan
O’zbekiston Respublikasi Fan arbobi yuridik fanlar doktori, professor, ko’plab nazariy va amaliy
qo’llanmalar mualiffi, yurist-huquqshunoslarning ustozi desak adashmagan bo’lamiz.

Ustoz G’afur Abdumajidov 1928-yil 28-iyunda azim shahar bo’lmish Samarqandda

tavallud topgan. Otasi Abdumajid aka Abduazizov va onasi Hikoyat aya qo’lida yaxshi tarbiya
olib voyaga yetadi. Oilada katta farzand bo’lgan ustoz emas balki 8 nafar farzand o’sib ulg’ayib,
el yurtga kori yaraydigan insonlar bo’lib yetishadi

1

.

1

Adolat dargohida: yuridik fanlar nomzodi S. M. Rahmonova. T.: TDYU kichik bosmaxonasi, 2008.-9 b.


background image

551

ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 Issue 5

Otasi asli Buxoroning G’ijdivon shahridan edi. Sho’ro davrida hunarmandchilik bilan

turli artellarda faoliyat ko’rsatgan bu insonning taqdiri Samarqand bilan bog’lanadi. Kichik sex
ochib, telpak-paypoq, do’ppi tikish va sotish bilan shug’ullanadi.

Ustoz Ga’fur Abdumajidov o’rta ta’limni to’liq olmasdan, 15 yoshida Adliya

komissarligining yuridik maktabiga kiradi va uni imtiyozli tamomlab, so’ngra Toshkent yuridik
institutiga qabul qilinib, bitirishi bilan prokuratura organlarida ishlay boshlaydi. Ustoz 14
yoshidan boshlab amaliyotda yuristlik faoliyati bilan shug’ullanishni boshlaydi.

G’afur Abdumajidov 70 yil davomida inson huquqlari va erkinliklarini ta’minlash yo’lida

ancha - muncha savobli ishlar qiladi. Ustoz nafaqat bitta soha bilan emas balki bir nechta soha
bilimdoni desak bo’ladi. Shuning uchun ham ustozni “ensiklopedik olim” deb atashgan.

Tadqiqot natijalari va ularning tahlili

Ustoz G’afur Abdumajidov 1944-1945-yillarda tuman sudida kotib, sud ijrochisi bo’lib

ishlagan. Toshkent yuridik institutini 1948- yilda tamomlab, 1951- yilgacha rayon prokraturasida
tergovchi bo’lib ishlaydi. 1951- yildan boshlab O’zbekiston Respublikasi prokurori huzurida eng
muhim ishlar bo’yicha tergovchi bo’lib xizmat qilgan.

Hayotida muhim jiddiy burilishiga sabab bo’lgan inson muhtarama akademik ustoz

Xadicha Sulaymonova bilan bog’liq. Ustoz Xadicha Sulaymonova G’afur Abdumajidovni
aspiranturada o’qishini va Respublikada Kriminalistika bo’yicha birinchi fan nomzodi bo’lishga
rahnamolik qiladi. 1957-1960- yillarda Sant-Peterburg universitetining Aspiranturasida tahsil
olib, yuridik fanlar nomzodi ilmiy darajasi uchun dissertatsiyasini muvaffaqiyatli yoqlaydi
hamda O’zbekistonda birinchi kriminalist bo’lib taniladi.

G’afur Abdumajidov 1961-yil 7-martda nomzodlik ilmiy ishini himoya qilganda, ustoz

akademik Xadicha Sulaymonova yosh tadqiqotchiga ustoz sifatida Leningradga borgan. O’zining
teran va aniq fikrlari bilan shimoliy poytaxtda nutq so’zlab ziyolilarni qoyil qoldirgan. 8-mart
bayramida huquqshunos olimlar o’zbek ayolini gullarga ko’mib tashlagan edilar.

1961-1965-yillarada O’zbekiston Fanlar Akademiyasida Falsafa va huquq institutida

katta ilmiy xodim, “Jinoyat huquqi va protsessi” sektorining mudiri, 1966- 1973-yillarda
O’zbekiston Oliy Soveti Prezduming “Yuridik bo’limi”ni boshqarib, Mehnat, Oila-nikoh, Yer,
Suv to’g’risidagi kodekslari, “Tabitani muhofaza qilish to’g’risida”, “Ekinlarni almashlab
ekishni joriy etish va yerlardan to’g’ri foydalanishni ta’minlash to’g’risida” va shu kabi ko’plab
qonun loyihalarini tayyorlashga boshchilik qilgan.

“Jinoyatlarni tergov qilish nazariyasi, qonuniy tartibi va amaliyotiga oid muammolar”

mavzusida doktorlik dissertatsiyasini tugatib, 1983- yilda SSSR FA Davlat va huquq institutida
muvaffaqiyatli yoqlab, yuridik fanlar doktori ilmiy darajasiga, 1985- yil professor ilmiy
unvoniga sazovor bo’lgan.

Ustoz G’afur Abdumajidov yuridik ta’limga oid 600 dan ziyoda ilmiy asarlar mualiffi.

“Jinoyatlarni tergov qilishga oid qonunlarning rivojlanishi”, “Dastlabki tergovni
takomillashtirish muammolari”, “Kriminologik lavhalar”, “Tuxmatomuz yumaloq xat
mualliflarini fosh etish taktikasi”, “O’zbekiston davlat va huquq tarixi”, “O’zbekistonda sud
hokimiyati: islohotlar davri”, “Jinoyat huquq”, “Jinoyat protsessi”, “Kriminalistika”,
“O’zbekiston Respublikasi Jinoyat -protsessual kodeksiga sharxlar”, “O’zbekiston Respublikasi
Jinoyat -ijroiya kodeksiga sharxlar” kabi shular jumlasidan. 2002-yilda yozilgan “Sud
hokimiyati: Islohotlar davri” kitobida sud va huquq tizimini takomillashtirish, uning odil
sudlovni amalga oshirishda samarali faoliyat ko’rsatishi va ba’zi nuqsonlardan xalos bo’lish
borasida alohida muhim muammolarni hal qilishga oid o’ta dolzarb fikrlar bor.


background image

552

ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 Issue 5

“Konstitutsiyaviy sud vakolatlarini kengaytirish lozim. Unga har qanday davlat organlari,

mansabdor shaxslar, shu jumladan. Hokimlarning normativ huquqiy hujjatlari ustidan
fuqarolarning murojaat va shikoyatlarini bevosita ko’rib chiqish va hal qilish huquqini berish

2

Ustozning ilmiy ishlari MDH mamlakatlari nashriyotlarida (Moskva, Sant-Peterburg, Kiyev,
Samara, Iskurtk, Olma-Ota va boshqalar) ham nashr qilingan.

Ustoz G’afur Abdumajidovning xizmatlari yuqori baholanib, 1970-yilda “Shavkatli

mehnati uchun” medali, 1971-yil “Hurmat belgisi” ordeni, 1983- yil “Militsiya a’lochisi”
ko’krak nishoni, 1984-yil “Halol mehnatlari uchun “3-darajali medal, 1987- yil “Mehnat
faxriysi” medali bilan mukofotlangan. Yuridik fan sohasida yuqori malakali mutaxassislar
tayyorlashda erishgan yutuqlari uchun 1987- yilda “O’zbekiston Respublikasida xizmat
ko’rsatgan fan arbobi” faxriy unvoniga sazovor bo’lgan. 1991- yil “Faol xizmatlari uchun
“Butunittifoq “Bilim” jamiyatining nishoni bilan taqdirlanadi.

Asosiy

qonunimiz

hisoblangan

Konstitutsiyamizning

tayyorlanishi

bo’yicha

Konstitutsiyaviy komissiyaning a’zosi bo’lib, mustaqil O’zbekiston Konstitutsiyasi loyihasini
tayyorlashda faol ishtirok etadi va 1992- yil “Mustaqillik “esdalik nishoni, 1995-yil “Fashizm
ustidan qozonilgan g’alabaning 50 yilligi” medali, 1995-yil “Shuhrat “medali bilan
mukofotlanadi.

G’. Abdumajidov 1995- yil 22-dekabrda O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy

sudning sudyasi, 2000-2003-yillar Adliya vazirligi huzuridagi Respublika Huquqiy ma’rifat
targ’iboti markazi direktori lavozimida faoliyat ko’rsatish bilan bir qatorda Toshkent davlat
yuridik instituti va Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetida ilmiy- pedogogik faoliyat olib
boradi. Toshkent davlat yuridik institutining markaziy kaferdralaridan biri hisoblangan “Jinoyat
protsessi” kafedrasida faol xizmat qiladi.

Xulosa

Ustozning ilmiy izlanishlari qonuniylikni mustahkamlash, jinoyatlarni fosh etish, tergov

jarayonida fuqarolarning huquq va erkinliklarini kafolatlash, jinoyatga qarshi siyosatni
takomillashtirish bilan baholanadi.

Yirik mutaxassis nazarichasi sifatida sudya va tergovchining mustaqilligi va faqat

qonunga bo’ysunishini kafolatlash, gumon ostiga olingan, ayblangan shaxslarni himoyachi bilan
ta’minlash, jinoyat ishlarini yuritidh chog’ida jabrlanuvchi va boshqa muhokama
ishtirokchilarning huquqlarini jiddiy kengaytirishga oid takliflarni ilgari suradi va asoslab beradi.

Ustozning bir qator tavsiyalari 1994-yilda qabul qilingan Jinoyat protsessual kodeksida

o’z ifodasini topgan. G’afur Abdumajidovning sud-huquq islohotlarini liberallashtirishga
qaratilgan g’oyalarini uning shogirtlari davom ettirmoqda. Ustozning bevosita ilmiy rahbarligida
40 ga yaqin fan nomzodlari va fan doktorlari yetishib chiqdi.

Fidoiy ustoz umrining oxirgi yillari ham Toshkent davlat yuridik instituti va Adliya

vazirligi huzuridagi Yuristlar malakasini oshirish markazida yetuk yurist kadrlar tayyorlashda va
mamlakatimiz huquqshunoslari malakasini oshirishda sidqidildan mehnat qiladi.

O’zbekiston Respublikasi Fan arbobi, yuridik fanlar doktori, professor G’afur

Abdumajidovning ilmiy merosi yana uzoq yillar mobaynida o’zbek huquq ilmini rivojlantirishda
asos bo’lib xizmat qiladi.

2

Sud hokimiyati: Islohotlar davri/G’. A.Abdumajidov -T.: “Hayot va qonun” 2002,

1-son, 10-bet


background image

553

ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 Issue 5

REFERENCES

1.

Adolat dargohida: yuridik fanlar nomzodi S.M.Rahmonova T.: TDYU kichik

bosmaxonasi, 2008.-91 b.

2.

Sud hokimiyati: Islohotlar davri/G’.A.Abdumajidov-T.: “Hayot va qonun” 2002, 1-son,

10 b




References

Adolat dargohida: yuridik fanlar nomzodi S.M.Rahmonova T.: TDYU kichik bosmaxonasi, 2008.-91 b.

Sud hokimiyati: Islohotlar davri/G’.A.Abdumajidov-T.: “Hayot va qonun” 2002, 1-son, 10 b