554
ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 Issue 5
O’ZBEKISTON REPUBLIKASI KONSTITUTSIYASI VA XALQARO HUQUQ
NORMALARINING O’ZARO NISBATI
Komilova Dilnura Raximboy qizi
Toshkent davlat yuridik universiteti
Jinoiy odil sudlov fakulteti 2-kurs talabasi.
https://doi.org/10.5281/zenodo.15399548
Annotatsiya. Ushbu maqolada O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining xalqaro
huquq normalariga nisbatan tutgan o‘rni, o‘zaro ta’sir mexanizmlari hamda ustuvorlik
masalalari yoritilgan. Shuningdek, xalqaro huquq va milliy qonunchilik o‘rtasidagi nazariy
yondashuvlar (dualizm va monizm), xalqaro shartnomalarning milliy qonunlarga integratsiyasi,
tarixiy taraqqiyot bosqichlari, shuningdek, diniy erkinlik sohasida yuzaga kelgan amaliy keys
asosida tahlillar berilgan. Maqolada xalqaro huquqning ustuvorligi, O‘zbekistonning xalqaro
majburiyatlarini bajarishdagi yondashuvi va huquqiy islohotlar bilan bog‘liq jihatlar tahlil
qilinadi.
Kalit so‘zlar: Konstitutsiya, xalqaro huquq, ustuvorlik, dualizm, monizm, diniy erkinlik,
O‘zbekiston, xalqaro shartnoma.
THE RELATIONSHIP BETWEEN THE CONSTITUTION OF THE REPUBLIC OF
UZBEKISTAN AND THE NORMS OF INTERNATIONAL LAW
Abstract. This article discusses the role of the Constitution of the Republic of Uzbekistan
in relation to the norms of international law, the mechanisms of interaction and issues of
priority. Also, theoretical approaches between international law and national legislation
(dualism and monism), the integration of international treaties into national laws, stages of
historical development, as well as practical cases in the field of religious freedom are analyzed.
The article analyzes the primacy of international law, Uzbekistan's approach to fulfilling its
international obligations, and aspects related to legal reforms.
Keywords: Constitution, international law, priority, dualism, monism, religious freedom,
Uzbekistan, international treaty.
СООТНОШЕНИЕ КОНСТИТУЦИИ РЕСПУБЛИКИ УЗБЕКИСТАН И НОРМ
МЕЖДУНАРОДНОГО ПРАВА
Аннотация. В статье рассматривается роль Конституции Республики
Узбекистан в международном праве, механизмы взаимодействия и вопросы приоритета.
Также представлены теоретические подходы между международным правом и
национальным законодательством (дуализм и монизм), интеграция международных
договоров в национальное законодательство, этапы исторического развития, а также
анализы, основанные на практических случаях в области религиозной свободы. В статье
анализируются верховенство международного права, подход Узбекистана к выполнению
своих международных обязательств, а также аспекты, связанные с правовыми
реформами.
Ключевые слова: Конституция, международное право, примат, дуализм, монизм,
свобода вероисповедания, Узбекистан, международный договор.
Kirish:
Bizga berilgan O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va Xalqaro huquq
normalarining o’zaro nisbati to’g’risida gapirishdan oldin eng avvalo Konstitutsiya to’g’risida
ta’riflarga to’xtalib o’tish lozim.
Konstitutsiya
– bu davlatning eng oliy yuridik kuchga ega
bo’lgan qonuni hisoblanadi xususan asosiy qonun deb ham yuritiladi.
555
ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 Issue 5
O’z navbatida Konstitutsiya davlatchilikning, qonuniylik va huquq-tartibotning va
qonunlarning asosi hisoblanadi. Konstitutsiya bu yuridik hujjatdir. Konstitutsiya faqatgina
boshqa qonunlar kabi yuridik hujjat bo’libgina qolmay, siyosiy hujjat sifatida ham qo’llaniladi.
Sababi Konstitutsiya jamiyatdagi siyosiy munosabatlarni tartibga solishda o’zining ta’sir
kuchini o’rnatadi. Hozirgi vaqtlarga kelib, Konstitutsiyani davlatsiz, davlatni esa
Konstitutsiyasiz vujudga kelishi, faoliyat yuritishini tasavvur qilish qiyin. Lekin esa oldinlari
davlat mavjud bo’lgan davrlarda konstitutsiya bo’lmagan, ya’ni Konstitutsiyasiz faoliyat
yuritgan. Konstitutsiya baynalmilal atama bo’lib, lotin tilidan olingan va ―o’rnataman‖,
―tasdiqlayman‖ degan ma’nolarda qo’llaniladi. Hozirda ―tuzilish‖ degan ma’nolarda ham
qo’llanilib kelinmoqda. Qadimgi yuridik jihatdan ham Rim imperatorlarining ko’rsatmalari ham
konstitutsiya deb atalgan davrlar bo’lgan. O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi, ya'ni Bosh
qomusimiz
1992-yil 8- dekabrda
qabul qilindi. Bu Konstitutsiya o’ziga davlat tuzilishini,
hokimyat va boshqaruv organlar tizimini, ularning vakolatlari, jumladan, shakllantirilish
tartibini, saylov tizimini, fuqarolarning huquq va erkinliklarini, jamiyat va shaxs o’rtasida
bo’ladigan munosabatlarni, sud tizimini, xususan, davlat va jamiyat munosabalarining
barqarorligini belgilab, ta’minlashdan iboratdir. Shuningdek O’zbekistonning Konstitutsiyasi
2023-yil 30-aprelda
referendum orqali o’zgartirish va qo’shimchalar amalga oshirilib, 155
modda 6 bo’lim 26 bobdan iborat shakldagi yangi tahrirda qabul qilindi. Bunday o’zgartirishdan
maqsad esa, fuqarolar va shaxslarning huquqiy holatini, erkinliklarining kafolatlarini, davlat
hokimyatini demokratik tashkil qilish, xalq o’zlari saylab qo’yiladigan vakillik organlarining
qonuniylik prinsipiga rioya qilgan holda o’zining majburiyatlarini bajarishini nazarda tutgan
holda amalga oshirildi. O’z navbatida Konstitutsiyamizning kirish qismida
“Preambula”-
muqaddima qismining mavjudligi va undagi maqsad va vazifalar, davlatchilikda qabul
qilinadigan, tayaniladigan qadriyatlar, xalq va kelajak avlod oldidagi ma’sulyatlar belgilab
qo’yiladi. Yangi tahrirdagi Konstitutsiyamizning muqaddimasida O’zbekiston dastlab
mustaqillikka erishganda shu yillarda qo’lga kiritgan yutuqlari va yangi maqsad va vazifalarini
hisobga olgan holda ularni yanada boyitib belgilandi.
Konstitutsiyamizda asosiy bayon qilinganlardan bu birinchi bo’limda ―Asosiy
prinsiplar‖ mustahkamlangan bo’lib, ularga ―Davlat suvereniteti‖, ―Xalq hokimyatchiligi‖,
―Konstitutsiya va qonunning ustunligi‖, ―Tashqi siyosat‖ prinsiplaridan iborat bo’lib, avvalo,
davlatchilik negizlari shular asosida amalga oshiriladi. Bevosita mavzu doirasidan
uzoqlashmagan holda O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining hozirgi kunda xalqaro
maydonda qay darajada o’zining ta’sir kuchiga ega ekanligini Konstitutsiyamizning ―Tashqi
siyosat‖ bobining 17-moddasida ko’rishimiz mumkin. O’zbekiston Respublikasi xalqaro
munosabatlarni amalga oshirish jarayonida o’zining to’la huquqli subyekti sifatida ishtirok eta
olishi. O’zbekistonning tashqi siyosatida davlatlarning suveren tengligi, kuch ishlatmaslik yoki
kuch bilan tahdid qilmaslik, chegaralarning buzilmasligi, davlatlarning hududiy yaxlitligi,
nizolarni tinch yo’l bilan hal etish, boshqa davlatlarning ichki vakolat doiralariga kiradigan
ishlariga aralashmaslik prinsiplariga, jumladan, xalqaro huquqning umum’etirof etilgan boshqa
prinsip va normalariga asoslanadi
1
.
Bundan shuni ko’rish lozimki, O’zbekiston xalqaro
maydonda o’zining huquqini amalga oshirishda o’zini mustaqil davlat hisoblagan holda ishtirok
eta olishi, huquqlardan to’sinliksiz foydalanishi, davlatlarning barchasi suverenitetining tengligi,
1
O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi (Matn).-Toshkent:-2023-y-112b.
556
ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 Issue 5
bir-birlarini hurmat qilgan holda har qanday munosabatlarga kirisha olishi, munozarali
ziddiyatlar vujudga kelganda tinchlik bilan diplomatik aloqalarni mustahkamlagan holda hal
qilish, har bir davlatni o’zining ichki tartib qoidalari mavjud bo’lib, ularga boshqa davlatlarning
aralashmasligi ya’ni qandaydir bosim, tazyiq o’tkazilmasligi, xalqaro huquq miqyosida yagona
prinsip va qoidalar mavjud bo’lib, ulardan chetga chiqmagan holda harakatni amalga oshirishdan
iboratdir. Xalqaro huquqning asosiy o`nta prinsiplari mavjud bo`lib bular: kuch ishlatmaslik va
kuch bilan xavf solmaslik, davlatlarning ichki ishlariga aralshmaslik, xalqaro nizolarni tinch yo`l
bilan hal etish,xalqlarning o`zini o`zi anglashi va teng huquqliligi, xalqaro majburyatlarni
vijdonan bajarish, davlatlarning hamkorlik qilishga majburligi, chegaralarning mustahkamligi,
davlatlarning hududiy daxlsizligi, inson huquqlari va asosiy erkinliklarini hurmat qilish va eng
asosiysi davlatlarning suveren tengligi. Yuqoridagi prinsiplar imperativ norma hisoblanadi.
Xalqaro prinsipga tarmoq prinsiplari mos kelishi kerak.
Ilmiy nazariy jihatlarga to’xtaladigan bo’lsak
, Xalqaro huquq huquqning boshqa
sohalari kabi o`z -o`zidan paydo bo`lgan emas. U muayyan ijtimoiy jarayonlarning rivojlanishi
natijasida vujudga kelgan. Insoniyat taraqqiyotining dastlabki bosqichlarida qabilalar va qadimiy
ilk jamoalar qabilalarning yozilmagan qonunlari bilan birlashgan edilar.Ya`ni ularda odat
me`yorlari mavjud bo`lgan. Binobarin, xalqaro huquq ijtimoiy hodisa sifatida o`ziga xos tarixga
ega. Demak, har narsaning rivojlanish bosqichlari bo`lgani kabi, xalqaro huquqning ham o`z
rivojlanish bosqichlari mavjuddir.
Birinchi bosqich -
Qadimgi dunyo xalqaro huquqi.Bu davr quldorlikka asoslangan bo`lib
mil.avv.4 ming yillikdan to milodning 476-yilgacha bo`lgan davrni qamrab olgan.Bu davrda
asosiy ish kuchini qullar tashkil etgan.Quldorlikka asoslangan jamiyatlarga misol qilib Qadimgi
Yunonistondagi Afina va Spartta davalatlarini keltirishimiz mumkin.Buning sababi shuki, qullar
iqtisodiy tizimning ajralmas qismi hisoblanadi.Lekin vaqt o`tishi bilan qulchilik tizimi o`z
ahamyatini yo`qotib, boshqa iqtisodiy tizimlarga o`rnini bo`shatib beradi ya`ni ikkinchi
boshqich boshlanadi.
Ikkinchi bosqich
-O`rta asr xalqaro huquqi. Ushbu bosqich 476-1648yilgacha bo`lib,
feadal ijtimoiy iqtisodiy tuzumga to`gri keladi. Ushbu davr yer egaligiga asoslangan va ijtimoiy
tabaqalanish orqali tashkil etilgan tuzumdir.Masalan,Germaniyada feadalizim kuchli bo`lgan ,bu
yerda mahalliy knyazliklar va graflar mustaqil hokimiyatga ega edilar.
Uchunchi bosqich -
1648-1945- yillar Klassik xalqaro huquq. Bu davr kapital ishlab
chiqarishning paydo bo`lishi va rivojlanish davri hisoblanadi. Misol qilib Fransiya
inqilobi(1789).
To`rtinchi bosqich
- Zamonaviy xalqaro huquq. 1945- yildan 21 asrning boshlarigacha
bo`lgan davrni o`z ichiga olgan
2
. Zamonaviy huquq texnologik taraqqiyot va xalqaro hamkorlik
bilan uzviy bog`liq. Shu sababli xalqaro huquq teztez yangilanib turadi. Mavzudan
chetlashmagan holda, tarixga yuzlanadigan bo`lsak, ko`p yillar davomida xalqaro huquq iborasi
shubha ostiga olingan. Sababi u xalqlar o`rtasidagi emas, balki davlatlar o`rtasidagi
munosabatlarni tartibga soladi deb hisoblaganlar. O`rta asrlarda davlatlar o`rtasidagi
munosabatlarni tartibga soluvchi qonun g`oyasi paydo bo`lganda, huquqshunoslar zarur
atamani qidirib, Rim huquqiga yuzlanganlar. Unda rim fuqarolarini chet elliklar bilan
munosabati va qator mamlakatlar uchun umumiy bo`lgan normlar belgilab qo`yilgan. Ushbu
nomga keyinchalik o`zgartirishlar kiritilgan ya`ni "jus inter gentes".
2
Xalqaro ommaviy huquq (Matn):darslik /A.X.Saidov va boshqalar .-T,:TDYU nashriyoti ,2023 -23b
557
ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 Issue 5
Shuningdek, xalqaro huquq uchun nom muamosi, asosan, slavyan rus va nemis tillarida
mavjud bo`lib, rus va nemis mualliflari
(V.A.Nezabitovskiy, N.MKorkunov, I.Kant, F.List va
boshqalar)
alohida e`tibor qaratganlar.
17-asrlarga kelib ingliz olimi Zyoch
birinchi bor
"xalqlar o`rtasidagi huquq" iborasini qo`llagan. Keyinchalik "
xalqlar huquqi
" o`rniga "xalqaro
huquq iborasi kelib chiqqan
3
. Avvalo, shuni ta`kidlash joizki, xalqaro huquqni paydo bo`lishi
davlatlarning xohish irodasiga bog`liq bo`lmagan holda, balki insoniyatning qurshab turgan
muhit, ularning boshqa davlatlar bilan harbiy, siyosiy, iqtisodiy va madaniy munosabatlarga
kirishishi, ijtimoiy mehnat taqsimoti, davlatlarning paydo bo`lishi va rivojlanishi orqali xalqaro
huquqning paydo bo`lishiga o`z-o`zidan sababchi bo`lib qolgan deb hisoblasak adashmagan
bo`lamiz. Bugungi kunda milliy va xalqaro - huquqiy tizimlar o`rtasidagi munosabatlar dolzarb
masalalardan biridir. Ikkita tizimning ham maqsadi munosabatlarning tartibga solishga
qaratilgan bo`lsa ham, ular o`rtasida bir qancha farqalar mavjud. Xalqaro huquq davlatlar
o`rtasidagi munosabatlarni tartibga solishi va tartibga solish obyekti bilan milliy huquqdan
ajralib tursa, milliy huquq esa o`z davlati hududi chegarasi doirasiga tegishli bo`lgan
munosabatlarni tartibga solishi bilan xalqaro huquq tizimidan ajralib turadi.Binobarin, xalqaro
huquq va milliy huquq o`rtasida tur xil farqalar mavjud bo`lishiga qaramasdan, ikkita huquq
tizimi ham bir-birini to`ldirib va bir -biriga ta`sir etib turadi. Yuqorida ta`kidlab o`tgan tizimimiz
haqida bir nechta olimlarimizning nazariyalari mavjud.
Tripel, Ansiletti
,
Kamarovskiy
singari
ko'zga ko'ringan vakillari mavjud bo'lgan, 19-asrning oxirida paydo bo'lgan dualistik nazariyada
xalqaro huquq va milliy qonunchilik tizimini har tomonlama o'rgangan holda, ya'ni ularning
tartibga solish obyekti, huquqiy munosabatlarning subyekti hamda bu tizimlarda mavjud bo'lgan
yuridik normalarning kelib chiqish manbalari jihatidan nazar solgan holda, bu ikki tizim bir-
biridan alohida ekanligi va o'zaro bo'ysunmasligi ta'kidlanadi.
Dualistik nazariya
, ya'ni dualizm
tarafdorlari yuqoridagi ikki huquqiy tizim o'z faoliyati doirasida mutlaqo to'qnashmasligini va
har birining huquqiy munosabatlarni tartibga solishning sohasi turlicha ekanligi g'oyasini ilgari
suradilar. Oradan vaqt o'tishi bilan dualistik nazariya vakillari o'z o'rganishlari natijasida xalqaro
huquq va milliy qonunchilik tizimlari o'rtasida aloqa mavjudligi va aynan shu bog'liqlik mavjud
bo'lmagan taqdirda bu ikki tizim o'z faoliyat yo'nalishlarida amalga oshiradigan vazifalarini
to'laqonli bajara olmasligimi aniqladilar
4
. Natijada, nazariya yo'nalishini o'zgartirib, yangi
yo'nalish oldi va bu jarayon "dialektik dualizm" degan nom oldi. Endilikda nazariya tarafdorlari
milliy huquqiy tizim hamda xalqaro huquqiy tizim o'rtasida uzviy aloqalar borligini e'tirof etgan
holda xalqaro huquqning milliy huquqdan ustun jihatlarini tan oldilar.
Dualistik
nazariya bilan
tubdan farq qiluvchi nazariya bu monistik konsepsiyadir.
Monistik
konsepsiyasiyaning
vakillariga
Lasson, Kaufman, Kelzen va Russo
kabilarni misol qilib keltirishimiz mumkin. Bu
nazariyada xalqaro huquqni milliy huquq tizimlarining yig'indisi sifatida ta'riflaydilar, ya'ni
xalqaro huquq milliy huquq tizimlarining eng muhim va umumiy qismlarini o'zida
mujassamlashtiradi. Xalqaro munosabatlarni tartibga soluvchi xalqaro huquq davlatlarning ichki
huquq tizimi, ya'ni milliy qonunchiligi takomillashishi natijasida o'zgaradi va rivojlanib boradi.
Shundan ko'rinib turibdiki, milliy huquq xalqaro huquqqa ta'sir o'tkaza oladigan
birlamchi omildir
5
.
Bevosita mavzuyimiz doirasida asoslantiruvchi qismiga yuzlanadigan bo’lsak,
1969-
yilda qabul qilingan
“Xalqaro shartnomalar huquqi to`g`risida”
gi Vena konvensiyasi BMT
3
Xalqaro ommaviy huquq (Matn):darslik /A.X.Saidov va boshqalar .-T,:TDYU nashriyoti ,2023 -20b
4
Hozirgi zamon xalqaro huquq nazariyasi asoslari I.I.Lukashuk,A.X.Saidov (2007)
558
ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 Issue 5
Nizomi asosida tuzilgan bòlib, xalqaro huquq tizimida asosiy prinsiplarning o`rni, belgisi va
boshqa normalar bilan uzviy aloqadorligini aniqlab bergan. Ushbu manbaga ko`ra, xalqaro
huquqning barcha subyektlari uchun majburiyligidir.
BMT Nizomining
2- moddasi 6 – bandiga
muvofiq: ―tashkilot a`zosi hisoblanmagan davlatlarning ushbu prinsiplarga muvofiq harakat
qilishlarini taminlaydi. Sababi bu xalqaro miqyosda tinchlik va barqarorlikni ta`minlashda
qo`llab –quvvatlashda muhim ahamiyat kasb etadi’‖.Shuni alohida ta`kidlash joyizki, asosiy
prinsiplar nafaqat xalqaro huquq tizimiga boshchilik qiladi, shu bilan birga davlatlarning
konstitutsiyaviy normalariga kiritilishi barobarida milliy huquqiy tizim normalariga ham o`z
ta`sirini o`tkazib ,huquqiy tizimlarning o`zaro aloqasini yaqol namoyon qiladi.Masalan 1947-
yilgi Italiya Knstitutsiyasining 10- moddasi , 1949- yilgi Germaniyaning asosiy Qonunining
muqaddimasi, 1958-yilgi Fransiya Konstitutsiyasining muqaddimasi va O`zbekiston
Respublikasining 17- moddasida .O`zbekiston 1992-yil 2- martda BMTga a`zo bo`lganidan beri
turli xalqaro shartnomalar va konvensiyalarni ratifikatsiya qilib kelmoqda.O`zbekistonning
BMT bilan hamkorligi inson huquqlari sohasida ham muhim ahamyatga ega, chunki bu
davlatning
xalqaro
huquqiy
majburyatlarini
rivojlantirishga
bevosita
ta`sir
ko`rsatadi.Yuqoridagilarga qo`shimcha qilib shuni bayon qilishimiz mumkinki, Xalqaro sud
Statutining 38-moddasi birinchi qism‖c‖ bandiga muvofiq ―Sud o`ziga berilgan nizoli ishni hal
qilshda ―millatlar tomonida tan olingan xalqaro huquqning umumiy tamoyillari‖ni qo`llaydi
5
.
BMT Nizomida agar milliy qonunchilik va xalqaro hujjatlar o`rtasida tafovut kelib chiqsa,
xalqaro hujjatlarning yuridik kuchi yuqoriroq ekanligini ko`rsatilgan ushbu jumladan
O`zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 15 -moddasida ham keltirib o`tilgan.
Keys.
O`zbekistonda diniy erkinlik va xalqaro huquq o`rtasidagi ziddiyatlar misol
sifatida"Imom al-Buxoriy" jamiyati faoliyati va unga nisbatan cheklovlar qo`llanganini tahlil
qilish mumkin. Bu masala, asosan, milliy qonunchilik va xalqaro huquq talablari o`rtasidagi
farqlar, shuningdek ,davlat xavfsizligi va inson huquqlarini himoya qilish o`rtasidagi nozik
muvozanat bilan bog`liqdir. Ushbu masalani huquqiy tahlil qilish uchun batafsil yoritib o`tamiz.
"Imom al -Buxoriy"jamiyati diniy va madaniy ehtiyojlarini qondirish, musulmonlar uchun diniy
bilimlarni oshirish maqsadida tashkil etilgan. O`zbekiston Respublikasida barcha fuqarolar
konstitutsiyaviy huquqlarini amalga oshirish, jumladan ,diniy e`tiqod erkinligidan foydalanishi
mumkin. Biroq, davlat xavfsizligi va barqarorlikni ta`minlash maqsadida hukumat diniy
tashkilotlarning faoliyatiga nisbatan cheklovlar qo`llaydi. Ushbu vaziyat 2018- yildagi
O`zbekistonda diniy tashkilotlar faoliyatini tartibga soluvchi qonunning kuchga kirishi bilan
yana ham murakkablashdi. Bu qonunga ko`ra, diniy tashkilotlar ro`yxatdan o`tishi va davlat
tomonidan nazorat qilinishi lozim bo`ldi. Natijada, ayrim diniy tashkilotlarning ro`yxatdan
o`tishi murakkablashdi yoki ularga butunlay ruxsat berilmadi .Xususan,"Imom al- Buxoriy"
jamiyatiga o`xshash diniy tashkilotlarga qarshi qattiqroq chora-tadbirlar ko`rildi. O`zbekiston
Respublikasi Konstitutsiyasining 31 moddasida har bir shaxsga vijdon erkinligi,ya`ni o`z diniy
e`tiqodini amalga oshirish huquqini kafolatlaydi.Ushbu moddaga ko`ra, har kim o`z
e`tiqodini erkin ifoda etish huquqiga ega, va davlat bu huquqni cheklamasligi lozim.Xalqaro
huquq nuqtai nazaridan,O`zbekiston BMTning Inson Huquqlari Umumjahon Deklaratsiyasi va
Fuqarolik va siyosiy huquqlar to`g`risidagi xalqaro paktiga qo`shilgan bo`lib, unda diniy
erkinliklarni kafolatlash majburiyati bor. Ushbu hujjatlar fuqarolarning vijdon erkinligi,diniy
5
Jahon iqsodiyoti va diplomatiya universiteti,(2020)
559
ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 Issue 5
faoliyat va e`tiqod erkinligi kabi huquqlarini himoya qilishni talab qiladi.
Xalqaro hamjamiyat, ayniqsa, diniy tashkilotlarning ro`yxatdan o`tish jarayonida
hukumatning cheklovlarini inson huquqlari buzilishi sifatida baholaydi. Xalqaro Sud Qarori
Yevropa Inson Huquqlar Sudi (ECHR) bu kabi masalalarni ko`rib chiqib, xalqaro miqyosida
O`zbekiston hukumati tomonidan qo`llanilgan cheklovlar qanchalik qonuniy ekanligini
baholashda o`z qarorlarini e`lon qilgan. Jumladan, 2009-yilda "Khadzhiev va boshqalar
O`zbekiston"ishi bo`yicha qarorda, ECHR O`zbekiston tomonidan diniy tashkilotlarni
ro`yxatdan o`tkazish va ularning faoliyatini nazorat qilish inson huquqlari buzulishi sifatida qayd
etildi. ECHR qarorida davlatning diniy erkinlikka bo`lgan majburiyatlari va xalqaro huquqning
ustuvorligi ta`kidlangan. Ushbu masala davlatning suvereniteti va xavfsizlik masalalariga ham
bog`liq. O`zbekiston hukumati xavfsizlikni ta`minlash va ekstremizmga qarshi kurashishni asos
sifatida ko`rsatgan holda diniy tashkilotlarning faoliyatini cheklashni oqlaydi. Biroq, xalqaro
huquq nuqtai nazardan, har qanday cheklov inson huquqlarini himoya qilish maqsadida,zarur va
mutanosib bo`lishi kerak.Bu o`rinda xalqaro huquq O`zbekistonning diniy tashkilotlarga qo`ygan
cheklovlari ortiqcha ekanini ta`kidlaydi.O`zbekiston bu masalalarda xalqaro huquq talablariga
rioya qilishi, xalqari sud qarorlarini bajarishi va diniy erkinliklarni ta`minlash borasida islohotlar
olib borishi mumkin. Shu bilan birga, davlat xavfsizligi masalalarini inobatga olgan holda, diniy
tashkilotlar faoliyatini nazorat qilishning samarali va inson huquqlariga zid bo`lmagan
shakllarini joriy etish yo`llarini izlash lozim bo`ladi
6
.
Yuqoridagi ma'lumotlardan kelib chiqib xulosa qiladigan bo`lsak
, xalqaro huquq
milliy qonunchilik davomi sifatida ko`rish uchun yetarli asoslar mavjud.
Xalqaro huquq va miliy qonunchilik o`rtasidagi nisbat davlatlararo munosabatlarni
tartibga solishda muhim ahamiyatga ega. Xalqaro huquq davlatlarning o`zaro kelishuvlari,
xalqaro tashkilotlarning qarorlari va umum e`tirof etilgan prinsiplarga asoslanadi. Milliy
qonunchilik esa har bir davlatning ichki siyosiy, iqtisodiy, ijtimoiy tuzilishiga muvofiq ishlab
chiqiladi. Xalqaro huquqning milliy qonunchilikka ta`siri xalqaro kelishuvlar va shartnomalar
orqali amalga oshadi. Davlatlar xalqaro shartnomalarga qo`shilganda o`z zimmasiga olgan
majburiyatlarni bajarish uchun milliy qonunchilikka tegishli o`zgartirishlar kiritadi. Bu holat
xalqaro huquqning milliy qonunchilikdan ustunligini ifoydalaydi.Lekin ayrim hollarda milliy
suverenitetni saqlash uchun davlatlar xalqaro huquq talablarini to`liq qabul qilmasligi ham
mumkin. Xulosa qilib aytganda, xalqaro huquq va milliy qonunchilik o`rtasidagi o`zaro nisbat
bir-birini to`ldiruvchi va qarama-qarshi bo`lishi mumkin. Agar O’zbekistonning ichki qonunlari
va xalqaro shartnomalari o’rtasida ziddiyat yuzaga kelsa, xalqaro huquq normasi ustun
hisoblanadi. Bunday holatda O’zbekiston Respublikasi konstitutsiyasining 17-moddasida
belgilangan bo’lib, u xalqaro majburiyatlarni tan olishi va unga rioya qilishini ta’kidlaydi.
Yuqorida keltirilgan misollar O`zbekistonning xalqaro huquqiy majburyatlari va milliy
qonunchilik o`rtasidagi o`zaro aloqalarini ko`rsatadi. Shuni ta`kidlab o`tishimiz joizki, xalqaro
huquq, milliy qonunchilikni yangilash va takomillshtirishga yordam beradi. Bu esa
mamlakatning xalqaro hamjamiyatdagi o`rnini mustahkamlashga yordam beradi.
REFERENCES
1.
O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi [Matn]. - Toshkent: 2023-y - 112 b.
2.
Xorijiy mamlakatlar konstitutsiyasi.
6
Google.com -
560
ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 Issue 5
3.
Odilqoriyev. X.T, B.E.Ochilov. Xalqaro Ommaviy Huquq. Darslik.
4.
Xalqaro huquq. Darslik. Mas’ul muharrir y.f.n., prof. G.Yuldasheva // Mualliflar jamoasi.
–T.: TDYU nashriyoti, 2017.
5.
Xalqaro huquq bo'yicha keyslar to'plami [Matn]:X 21 o'quv qo'llanma /
Mualliflar jamoasi. - T.: TDYU nashriyoti,.
6.
Xalqaro ommaviy huquq [Matn]: darslik / AX. Saldov va boshqalar. - T=
TDYU nashriyoti, 2023, - 952 b.
7.
Курс международного права : учебник. — Москва : Проспект, 2019.. • Hozirgi
zamon xalqaro huquqi nazariyasi asoslari. Lukashuk, Saidov , 2007
8.
Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya unversiteti, 2020 y.
