Authors

  • Maxbuba Pardamurodova

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.science-research.87507

Keywords:

she'riyat oy formalizm shakl metod ramz.

Abstract

Ushbu maqola Faxriyor she’riyatida oy obrazining qo‘llanilishi va uning she’rda ifodalangan mazmun mohiyati haqida. Ushbu maqolaga Faxriyorning "Ayolg‘u" she’riy kitobi asosiy manba qilib olindi.

background image

ISSN:

2181-3906

2025

International scientific journal

«MODERN

SCIENCE

АND RESEARCH»

VOLUME 4 / ISSUE 5 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

734

FAXRIYOR SHE’RIYATIDA OY OBRAZINING QO‘LLANILISHI VA UNING

SHE’RDA IFODALANGAN MAZMUN - MOHIYATI

Pardamurodova Maxbuba Sroch qizi

Nizomiy nomidagi TDPU o‘zbek tili va adabiyoti fakulteti 1- kurs magistranti.

@maxbubapardamurodova gmail.com

Qahramonov. Q.Y

O‘qituvchi. Filologiya fanlari doktori (Phd).

https://doi.org/10.5281/zenodo.15401196

Annotatsiya. Ushbu maqola Faxriyor she’riyatida oy obrazining qo‘llanilishi va uning

she’rda ifodalangan mazmun mohiyati haqida. Ushbu maqolaga Faxriyorning "Ayolg‘u" she’riy
kitobi asosiy manba qilib olindi.

Kalit so‘zlar: she'riyat, oy, formalizm, shakl, metod, ramz.

THE USE OF THE IMAGE OF THE MOON IN THE POETRY OF FAKHRIYOR AND

ITS CONTENT - ESSENCE EXPRESSED IN THE POEM

Abstract. This article discuss the use of the image of the moon in Fakhriyor's poetry and

the meaning and essence it conveys in the poem. Fakhriyor's poetry collection "Ayolg‘u" is used
as the main source for this article.

Key words: poetry, moon, formalism, form, method, symbol.
Аннотатция. В данной статье рассматривается использования образа луны в

поэзии. Фахрияра и смысл, передаваемый в стихотворении. Основным источником для
статьи служит поэтический сборник Фахрияра " Айолғу".

Ключевые слова: поэзия, формализм, форма, метод, луна, символ.


Faxriyor ijodi bilan tanishganda, uning tasavvur dunyosi o‘zgacha, yangi bir olam

ekaniga amin bo‘lamiz. Buning sababi uning she’rlarida yangicha shakl va mazmun, o‘ziga xos
topqirliq borligi bilan asoslanadi. Shoir she’rlarini tushunishda faqatgina ko‘ngil hislarining
o‘ziga tayanish kamlik qiladi, balki aqliy taxayyul bilan ko‘ngil anglamlari hamohang
bo‘lsagina, birgalikda tushuna oladi. Demoqchimizki, shoir ijodining tub mohiyatini anglash
uchun kitobxon aql – tafakkurning turtinshlari ham kerak bo‘ladi. Shoirning she’rlari odamni
o‘zi bilan o‘zini bahs qilishga chorlaydi. Shoir she’rlarini tahlil qilar ekanmiz, eng avvalo,
shaklning nechog‘lik yangicha ekani, mohiyatga ta’sir qilishi, shakl orqali mazmun mohiyatini
anglash mumkinligini ta’kidlash kerak. Bu shoirning uslubiy o‘ziga xosligini belgilovchi muhim
jihatlaridan biridir. Faxriyorning novatorligi ham aynan shu falsafiyligi, she’rlarning tagdorligi,
mohiyatni shakllar orqali berishida, deb o‘ylayman.

Bilamizki, adabiyotshunoslikdagi formal metod badiiy, shakliy - kompozitsion unsurlarga

eng muhim nazariy estetik kategoriya sifatida qaraydi. Badiiy adabiyotning individual xususiyati
shaklda o‘z ifodasini topadi.(1)

Faxriyor ijodini tahlil qilar ekanmiz obraz va ramzlar(badiiy ramzlar)ning poetik

xusuiyatlari diqqatimizni tortadi. Ayonki, “...badiiy obraz borliqning(undagi narsa hodisa v.k)
badiiy asardagi aksi. Biroq, badiiy obraz o‘sha borliqning oddiygina aksi emas, yo‘q, u
borliqning san'atkor ko‘zi bilan ko‘rilgan va ideal asosida ijodiy qayta ishlangan aksidir...badiiy
borliqdir”.(2)


background image

ISSN:

2181-3906

2025

International scientific journal

«MODERN

SCIENCE

АND RESEARCH»

VOLUME 4 / ISSUE 5 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

735

Ramz esa, ko‘chim turlaridan biri, faqat shartli ravishda va shu matn doirasida ko‘chma

ma’no kasb etuvchi so‘z yoki so‘z birikmasi; obrazlilik turi. Ramz kontekst doirasida ham o‘z
ma'nosida, ham ko‘chma ma'noda qo‘llanadi.(3)

Adabiyotshunoslikda ta’kidlanganidek, adabiy asar go‘yo bir jonli organizmdir: organizm

jonsiz yashay olmaganidek, jon ham tanasiz o‘zini namoyon qila olmaydi.

Badiiy asarda mazmun bilan shakl, bir qushning ikki qanotidek, ajralmas birlikda

yashaydi.(4)

Shu nuqtai nazardan Faxriyor she’riyatiga qaraydigan bo‘lsak, uning she'rlari qator

ramziy obraz va shakllardan yaratilganligini ko‘ramiz. Oy obrazi shu jihatdan alohida o‘ringa
ega. Shoir she'riyatida, ayniqsa, “Ayolg‘u” she’riy dostonida oy obrazi badiiy, ramziy obraz
sifatida sakson olti o‘rinda qo‘llanilgan. Ushbu she’riy kitobda oy timsoli ba'zi o‘rinlarda o‘z
ma’nosida qo‘llangan bo‘lsa, ba’zi o‘rinlarda ko‘chma ma'noda qo‘llangan. Bejizga obraz va
ramz tushunchalariga to‘xtalmadik, shoir ijodiga nazar tashlar ekanmiz, ko‘plab ramziy ma’no
kasb etuvchi badiiy so‘zlarni uchratamiz.

Qon oqmadi. Po‘lat patlarni
Charx kukunday to‘kib tashladi
Charxlangan Humo
Oyboltaday yaraqlay boshladi...
Ushbu misralar dostondagi “Oy haqida rivoyat” she'ridan olingan va bunda oyga emas,

balki oybolta detaliga diqqat qaratsak: oybolta - jang quroli: dami (tig‘i) yangi tug‘ilgan oyga
o‘xshash bolta. (4)

Asardagi oy haqida rivoyat bilan tanishganda, shoir ifodalamoqchi bo‘lgan ma'noni

to‘laligicha anglash mumkin, charx, ya'ni dunyo sinovlari, humo qushining po‘lat patlarini to‘kib
tashladi, ammo dunyo sinovlarida charxlangan humo, oyboltaday yaraqladi, deydi shoir. Bu
o‘rinda ramziylashgan poetik mazmun orqali Xumo sinovlarda tovlanib, charxlanib endi so‘ngi
manzilda - ozodlik manzilida namoyon bo‘ldi, degan g‘oyani ilg‘ash mumkin. She’rning
yozilgan yiliga qaraydigan bo‘lsak ham(ya'ni 1990-yilda yozilgan), albatta, bu fikrimizning
isboti, desak bo‘ladi.

Oy
Tirnoq
Ayol
Zorlik
“Ayolg‘u” dostonidan o‘rin olgan ushbu misralarda shoir oy obrazi vositasida bir qancha

mushohada qilishga asos bo‘ladigan ma'no tashlagan va buni har bir o‘quvchi o‘z ko‘ngil sadosi
orqali har xil ta’riflaydi.

Shoir go‘yoki, sirtdan qaraganda bu tasvirlar orqali bir tirnoqqa zor, intizor ayol obrazini

aks ettirgandek taassurot uyg‘otadi. Lekin bu misralardagi oy timsolining poetik vazifasiga ham
shakl, ham mazmuniga ko‘ra yondashsak, mazmun bilan shaklni uyg‘unligidagi qator
ma’nolarni his etish mumkin. Eng avvalo, she’rni o‘qigan insonda so‘zlar tizmasiga qarab
shunday ma'no anglashiladi:

Birinchi mazmunga ko‘ra ayolning homiladorligidan xabar berilyapdi, ya’ni ayol

homilador bo‘lganida uning qorni ham oysimon dumaloq shaklga kiradi.


background image

ISSN:

2181-3906

2025

International scientific journal

«MODERN

SCIENCE

АND RESEARCH»

VOLUME 4 / ISSUE 5 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

736

Shoir esa bu holatni oy shakliga o‘xshatib, tirnoq-farzand so‘zining ramziy ma’nosini

ifodalab, ayolning intizorlik bilan farzand kutayotganini tasvirlagan deb tushunish mumkin.

Ikkinchi mazmuniga ko‘ra, tirnoq-farzandga zor ayolning “intizorlik” bilan oy obrazi

vositasida zor bo‘lib bola kutishi tasvirlangandek, go‘yo.

Uchinchidan esa, she'riy misralardagi shakliy o‘ziga xoslikdan kelib chiqib, shunday

ma’no chiqarsak bo‘ladi: oyning tirnoqqa o‘xshashligi, ya'ni yarim oy( hilol)ning tirnog‘imiz
uchidek yoysimon qayrilgan shakliga o‘xshatib, ayol - zorlik, ya'ni ayolning yarim oy
to‘lgunicha zorlanib, intizor bo‘lib sabr qilishlari tasvirlangandek anglashilinadi.

Yana bir misrada so‘zlarning shakllari yasalishlari orqali butun bir ma'no hosil qilingan.

M O
Y M
O O
Bo‘ri
Men
N N
U
Bilamizki, arab tilida nun نharfi mana shu shaklda yoziladi. Bunday shakl orqali shoir

she'rda beshikni tasvirlagan va bu dostonda xalq rivoyatiga ishora qilib, malika farzand dunyoga
keltirar chog‘ farzand emas, balki bo‘rini dunyoga keltiradi. U bo‘rini tan olmagan shoh va
malika bolani yo‘q qilishadi, shunda bo‘rini oy o‘z qaramog‘iga oladi. Endi bu shakldan shunday
mazmun chiqarsak bo‘ladi: beshikdagi yolg‘iz qolgan bola o‘z onasi deb oymomoni tanidi,
shunga ko‘ra bu shakliy misralarda nido san'ati ham mavjud, deb qarasak, bo‘ri oymomoga
qarata: “Oymomo, men sening bolangman”, degan iddao ham bordek tuyuladi.

Faxriyor she'riyati ana shunday tagdor va sirli. Har bir o‘quvchi shoir she'rlarini o‘qirkan

o‘z olamidan yangidan kashf etadi. Chunki har bir inson qalbi bir dunyo. Shunday ekan, bu
shakllar va satrlar har bir qalbda har xil sado beradi. Har bir qalb bir oshyon, shoir she’rlari esa
har bir qalbda har xil joylashadi, har xil tarannum etiladi. Fikrni xulosalab shuni aytish
mumkinki, shoir she’riyatini o‘qirkansiz, eng avvalo, inson o‘z qalbi bilan sirlashadi, o‘z aqli
bilan kurashadi. Har bir o‘quvchi fikrlashni, taxayyul qilishni boshlaydi.

REFERENCES

1.

Адабиётшунослик методологияси. Баҳодир Каримов. Филологлар учун ўқув қўлланма:
Тошкент - 2011.: 41- бет.

2.

Адабиёт назарияси асослари. Д.Қуронов.-Тошкент: "Ношир" нашриёти, 2019.- 64- бет.

3.

Адабиётшунослик луғати. Д.Қуронов ,З.Мамажонов,М.Шералийева .- Тошкент:
Академнашр, 2013- 408 бет: 246- бет.

4.

Адабиётшунослик назаряси. И.Султон. Ўқитувчи нашриёти – матбаа ижодий уйи
Тошкент -2005: 144- бет,146- бет.

5.

Аёлғу. Фахриёр. Тошкент: Шарқ. – 2000.


References

Адабиётшунослик методологияси. Баҳодир Каримов. Филологлар учун ўқув қўлланма: Тошкент - 2011.: 41- бет.

Адабиёт назарияси асослари. Д.Қуронов.-Тошкент: "Ношир" нашриёти, 2019.- 64- бет.

Адабиётшунослик луғати. Д.Қуронов ,З.Мамажонов,М.Шералийева .- Тошкент: Академнашр, 2013- 408 бет: 246- бет.

Адабиётшунослик назаряси. И.Султон. Ўқитувчи нашриёти – матбаа ижодий уйи Тошкент -2005: 144- бет,146- бет.

Аёлғу. Фахриёр. Тошкент: Шарқ. – 2000.