Authors

  • Saida Xayrullayeva

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.science-research.87586

Keywords:

transpozitsiya koʻchish konversiya sintaktik transpozitsiya agglyutinativ tillar qolip sinxron olamning lisoniy manzarasi funksional transpozitsiya.

Abstract

Ushbu maqolada oʻzbek tilidagi soʻz turkumlarining oʻzaro koʻchishi, sabablari hamda turlari va uning she’riy matnda qoʻllanilish xususiyatlari Abdulla Oripov she’riyati misolida tahlil qilingan.

background image

ISSN:

2181-3906

2025

International scientific journal

«MODERN

SCIENCE

АND RESEARCH»

VOLUME 4 / ISSUE 5 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

779

ABDULLA ORIPOV SHE’RIYATIDA TRANSPOZITSIYA HODISASINING

QOʻLLANILISHI

Xayrullayeva Saida A’zamjonovna

Sharof Rashidov nomidagi Samarqand davlat universiteti 4-bosqich talabasi.

https://doi.org/10.5281/zenodo.15405627

Annotatsiya. Ushbu maqolada oʻzbek tilidagi soʻz turkumlarining oʻzaro koʻchishi,

sabablari hamda turlari va uning she’riy matnda qoʻllanilish xususiyatlari Abdulla Oripov
she’riyati misolida tahlil qilingan.

Kalit soʻzlar: transpozitsiya, koʻchish, konversiya, sintaktik transpozitsiya, agglyutinativ

tillar, qolip, sinxron, olamning lisoniy manzarasi, funksional transpozitsiya.

Soʻzlarning ma’no tovlanishi, oʻzgarishi inson va tilning tadriji, til va tafakkurning

aloqasi bilan bogʻliqdir. Olamning lisoniy manzarasi oʻzgarishi va uning qabul qilinishi bilan
yangidan-yangi semalar hosil boʻladi. Soʻz ma’nolarining oʻzgarishi tilshunoslikda
transpozitsiya atamasi bilan ataladi.

Jahon tilshunosligida soʻz turkumlari orasidagi munosabatlarni birinchilardan boʻlib

Balli, uning individual tomonlari esa Yespersen, Seshe, Frey yaratgan. Nurmonov A.,
Mahmudov N., Sayfullayeva R., Mengliyev B., Mirzayev I., Hojiyev A., Qoʻngʻurov R.,
Eltazarov J.lar tomonidan oʻzbek tilshunosligida soʻz turkumlarining oʻzaro munosabati,
koʻchishi va transpozitsiya hodisasi oʻrganilgan.

Transpozitsiya- soʻz turkumining koʻchishi, ma’lum bir turkumga mansub soʻzning

oʻziga xos boʻlgan, atash, vazifa semasini kuchsizlantirib, boshqa soʻz turkumiga xos semantik
va grammatik belgiga ega boʻlishi tushuniladi. [1,183]

Demak, transpozitsiya ham til leksik sathining boyib, takomillashib borish yoʻllaridan

biridir. Boshqacha aytganda, hech qanday qoʻshimchalarsiz soʻz yasalishidir. Transpozitsiya
atamasi bilan bir qatorda koʻchish, translatsiya, konversiya, derivatsiya atamalari sinonim
qoʻllaniladi. Shulardan transpozitsiya va translatsiya xalqaro termining oʻzbekcha muqobili-
koʻchish sanaladi. Konversiya esa transpozitsiyaning bir koʻrinishi boʻlib, sintaktik
transpozitsiyaga toʻgʻri keladi.

Transpozitsiyaning uch turi mavjud:

1.Transpozitsiya (koʻchim)- soʻz turkumlarining koʻchishi. (Bunda soʻz semasi oʻzgaradi va
boshqa turkumga xos leksik, grammatik vazifalarni bajaradi. Prof. J.Eltazarovning
koʻrsatishicha, badiiy matnda oʻrtacha har uch jumladan birida koʻchkin (transpozitiv) soʻz
qoʻllash mavjud. [2, 138] Abdulla Oripovning “Yillar armoni” she’riy toʻplamidan keltirilgan
quyidagi misollarni koʻrib chiqsak:

N

Misol

Koʻchish tipi

Izoh

1.

Istaymanki, na’ra tortsin

chaqaloqlar ham,

Oʻliklar

ham tinch yotmasin

qabrlarida. (168-b)

At>N

Sifat +ot (oʻlik odam ) qolipidagi

birliklarning otlashishi natijasida

bu oʻlik soʻzi otga xos boʻlgan sema

va grammatik kategoriyalarni qabul

qilgan. Hozirda substant sifatida


background image

ISSN:

2181-3906

2025

International scientific journal

«MODERN

SCIENCE

АND RESEARCH»

VOLUME 4 / ISSUE 5 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

780

qaraladi.

2.

Seni quyosh oʻzi koʻtargay

boshga,

Sen ham

oshiqmisan

yoki,

ohujon? (180-b)

At>N

Oshiq soʻzi dastlabki turkumi sifat

boʻlsa-da, birlamchi vazifasi

oʻzgargan va otga xos grammatik va

morfologik xususiyatlarni

koʻrsatgan.

3.

Bolam,

keksalarni

qadrla

koʻproq,

Bogʻlab qoʻygan emas

bizni, deydilar. (183-b)

At>N

Qariya, keksa kabi sifatlar sifat +ot
qolipidagi soʻz birikmalarining faol

qoʻllanislishi natijasida otga xos

kategorial qoʻshimchalar bilan

qoʻllanila oladi. (-lar qoʻshimchasi

otga xos grammatik kategoriya)

4.

Ayting,

hilol

buncha

ma’yus boqmagay,

Ayting, muncha suluv

boʻlmagay tonglar. (186-b)

At>N

Hilol – yangi oy ma’nosini

anglatgan arabcha soʻz boʻlib,

oʻzlashgandan soʻng substant

sifatida qoʻllanilgan: Koʻkka boqsa,

Zuhro yulduz qolar ekan lol, Hasad

qilar ekan uning qoshiga hilol.

(Turob Toʻla)

5.

Oʻzini

kir-chirdan

Pok etsa jahon. (188-b)

At>N

Yuviladigan har xil kiyim, sochiq va

shu kabi narsalarning umumiy

nomi. kir kiyim (sifat +ot) qolipidagi

qoʻllanishlardagi sifatlarning

otlashishi natijasida yuzaga kelgan

substant hisoblanadi.

6.

Oldinda

kelajak

turar

alomat,

Mayliga, yashasin butun yer

yuzi.

At>N

-ajak, -vchi kabi kelasi zamon

sifatdosh qoʻshimchasi bilan

qoʻllangan oʻquvchi, toʻquvchi,

yozuvchi kabi soʻzlar hozirgi kunda

ot soʻz trkumiga oʻtgan va

substantlar sifatida qaraladi.


Misollardan koʻrinadiki, koʻchish jarayoni turli til sathlarida (leksik, morfologik,

sintaktik sathda) kuzatish mumkin. Masalan, sifat+ot, sifatdosh+ot, ravish+ot qolipidagi soʻz
birikmalarining otlashishi natijasida yosh, keksa, qiz, er, yigit, ayol, sogʻ, kelajak,oʻquv, yozuv,
tanish, tanlov, kechuv, qari, yosh, bilish, kasal, sogʻ, kabi yuzlab soʻzlar ot soʻz turkumiga

oʻtgan va bugungi kunda ular aniqlovchi pozitsiyasida kelgandagina oʻzlari mansub boʻlgan
“eski” turkumning xususiyatlariga qaytadilar. [4,103]

E’tibor bering: Bir koʻrgan

tanish

, ikki

koʻrgan –

bilish

. Majlis davomida nuqul

tanish

chehralarni izlardim. Bunday soʻzlar

tilshunoslikda substantivlar sifatida qaraladi.

2.

Sintaktik transpozitsiya-bunda soʻz boshqa turkumga xos vazifani bajaradi, ammo

morfologik jihatdan bu turkumga oʻzlashmaydi.

[2,90-b]


background image

ISSN:

2181-3906

2025

International scientific journal

«MODERN

SCIENCE

АND RESEARCH»

VOLUME 4 / ISSUE 5 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

781

Bu turdagi koʻchishda koʻchayotgn soʻz oʻz kategorial ma’nosini va sintaktik

pozitsiyasini vaqtinchalik oʻzgartiradi. Ta’kidlash kerakki, shu xususiyatlar turgʻun birikmalar,
maqollar va hikmatli soʻzlar tarkibida koʻplab uchraydi.

N

Misol

Koʻchish

tipi

Izoh

1.

Yosh burgut uchmoqda koʻkda

shiddatkor,

Kumush

bulutlarning toʻzgʻitib

parin.(68-b)

N>At

Kumush soʻzi morfologik jihatdan ot

soʻz turkumi (nima? soʻrogʻiga javob

boʻladi), lekin matn tarkibida sifatga

xos pozitziya, ya’ni aniqlovchi

vazifasini bajargan.

2.

Yorilmagan

yaraday sevgi

Unda bizni qiynamas toʻlib. (70-b)

V>At

Fe’l soʻz turkumining sifatga xos

vazifa bajargan.

3.

Yoningga sogʻ-omon qaytib

kelurman,

Otash

nigohingda yongali, faqat.

(72-b)

N>At

Ot soʻz turkumi sifatga xos vazifa

bajargan.

4.

Qahrabo

koʻzyosh toʻkib turar

faqat daraxtlar,

Ne qilsin, uchay desa ularda yoʻq

qanotlar. (75-b)

N>At

Ot soʻz turkumi sifatga xos vazifa

bajargan.

5.

Bayqaro irgʻishlab istak ortida

Jahonga boqqanda misli

bola

she’r.

(193-b)

N>At

Ot soʻz turkumi sifatga xos vazifa

bajargan.


Transpozitsiyaning bu turi sinxron holda yuz beruvchi jarayon boʻlib, koʻrinib

turganidek, yangi soʻzlar hosil boʻlmaydi. (Otga xos sintaktik vazifa – ega boʻlmasdan,
aniqlovchi vazifasida kelishi-

kumush bulut, qahrabo koʻz yosh) Masalan, Arpa ekkan arpa

oʻrar, bugʻdoy ekkan bugʻdoy. (Fe’l otga koʻchgan.V >N); Maqtanganning uyiga bor,
kerilganning toʻyiga bor. (Fe’l otga koʻchgan. V > N); Aqlli oʻzini ayblar, aqlsiz doʻstini. (Sifat
otga koʻchgan. At > N); Kambagʻal don topmaydi, don topsa idish topmaydi. (Sifat otga
koʻchgan. At > N); Birovga choh qazisang, oʻzing tusharsan. (Son otga koʻchgan. Num > N);
Koʻpdan quyon qochib qutulmas. (Ravishdan otga koʻchgan. Adv > N)[5,2]

3. Oraliq (sinkretik, gibrid) transpozitsiya – bu matn tarkibidagina ahamiyatga ega boʻlib, u bir
nutq akti doirasidagina amalda boʻlishi mumkin va ularning hosilasi tilga ham oʻtishga
ulguradilar, transformatsiologik ahamiyat kasb etadilar.[2,86]

N Misol

Koʻchish tipi

1.

Tanho

yotar edim boʻm-boʻsh qirgʻoqda,

Tepamda yulduzlar chekar edi oh.(158-b)

At>Atv

2. Yana kelding hadyaga toʻlib,

Kutmoqdaydik seni

intizor

. (162-b)

At>Atv

3. Bunday gʻamni koʻtarmak

oson,

At>Atv


background image

ISSN:

2181-3906

2025

International scientific journal

«MODERN

SCIENCE

АND RESEARCH»

VOLUME 4 / ISSUE 5 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

782

Bu ehtimol, bizlar haqdadir. (165-b)

4. Koʻngil, u kunlarni eslatma menga,

Qalbimni yoqmasin bu

xazon

fasling.(174-b)

N>At

5. Nima ham der edim

goʻzalsan

faqat,

Ey sen, arman yurtin gʻamgin onasi. (169-b)[3]

At>N


Misollardan koʻrinadiki, gibrid transpozitsiyaga uchrgan soʻzlar toʻliq shakllanmagan

boʻlsa-da, nutq tez-tez foydalaniladigan semalarga ega boʻlgan. Xulosa qilib aytganda,
transpozitsiyaning bu uch turi oʻrganilganda ularni tilning leksik sathiga allaqachon oʻrnashgan,
oʻrin olayotgan va vaqtinchalik (matn tarkibida) almashib qoʻllanayotgan hodisa sifatida qarash
mumkin.

REFERENCES

1.

Sayfullayeva R. va boshqalar. Zamonaviy oʻzbek tili. Morfologiya. –Toshkent:

Oʻqituvchi, 2008. – 327 b.

2.

Eltazarov J.D. Soʻz turkumlari paradigmasidagi oʻzaro aloqa hamda koʻchish hollari. –

Toshkent, 2007. – 169 b.

3.

Oripov Abdulla. Yillar armoni. – Toshkent, 1987. – 592 b.

4.

Islamova D. Badiiy asar tilidagi transpozitiv soʻzlarning funksional-semantik

xususiyatlari. – Samarqand, 2022.

5.

Islamova, D. Expressive means of language and transposition.

International Bulletin of

Applied Science and Technology (IBAST)

,

3

(5), 1231-1234.

6.

https://scholar.google.com/scholar?hl=ru&as_sdt=0,5&cluster=9289754497392282419

7.

Islamova, D. (2023). Hamid Olimjonning «O‘zbekiston» she’rida qo‘llanilgan

transpozitiv so‘zlarning uslubiy va funksional-semantik xususiyatlari.

2018, No. 4

(110/1)

,

110

(77), 5-10.

8.

https://scholar.google.com/scholar?cluster=7941994830465779562&hl=ru&as_sdt=2005


References

Sayfullayeva R. va boshqalar. Zamonaviy oʻzbek tili. Morfologiya. –Toshkent: Oʻqituvchi, 2008. – 327 b.

Eltazarov J.D. Soʻz turkumlari paradigmasidagi oʻzaro aloqa hamda koʻchish hollari. – Toshkent, 2007. – 169 b.

Oripov Abdulla. Yillar armoni. – Toshkent, 1987. – 592 b.

Islamova D. Badiiy asar tilidagi transpozitiv soʻzlarning funksional-semantik xususiyatlari. – Samarqand, 2022.

Islamova, D. Expressive means of language and transposition. International Bulletin of Applied Science and Technology (IBAST), 3(5), 1231-1234.

Islamova, D. (2023). Hamid Olimjonning «O‘zbekiston» she’rida qo‘llanilgan transpozitiv so‘zlarning uslubiy va funksional-semantik xususiyatlari. 2018, No. 4 (110/1), 110(77), 5-10.