ISSN:
2181-3906
2025
International scientific journal
«MODERN
SCIENCE
АND RESEARCH»
VOLUME 4 / ISSUE 5 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ
900
MUSIQA VA TIBBIYOT SOHASINING UYG‘UNLASHUVI – MUSIQA TERAPIYA
HAMDA PSIXOLOGIYASI
Azatov Sardor Elbrusovich
O‘zDSMI, “Vokal” kafedrasi o‘qituvchisi.
https://doi.org/10.5281/zenodo.15428981
Annotatsiya. Ushbu maqolada tibbiyot, psixologiya sohalari bilan chambarchas bo‘liq
bo‘lgan terapiyaning bebaho turi bo‘lmish musiqa terapiyasi haqida so‘z boradi. Musiqa
terapiyasining insonning ruhiyatiga, ongiga, turmush tarziga, sog‘ligiga bevosita bog‘liqligi,
foydasi, shuningdek buyuk alloma Abu Ali Ibn Sinoning musiqa terapiyasi haqida, insonni
musiqa bilan davolash, inson jismiga, ruhiga musiqaning ta‘siri haqidagi qimmatli fikrlari
jamlangan, bu haqda ma‘lumotlar keltirilgan.
Kalit so‘zlar: Musiqa terapiya, psixologiya, tibbiyot, ruh, ong, nerv, ritm, evritmiya.
Аннотация. В данной статье обсуждается музыкальная терапия — бесценный
вид терапии, тесно связанный с медициной и психологией. Обобщены и предоставлены
сведения о прямой связи и пользе музыкотерапии для психики, сознания, образа жизни и
здоровья человека, а также ценные мысли великого ученого Абу Али ибн Сины о
музыкотерапии, лечении человека с помощью музыки и влиянии музыки на тело и душу
человека.
Ключевые слова: Музыкальная терапия, психология, медицина, дух, сознание,
нервы, ритм, эвритмия.
Abstract. This article discusses music therapy, an invaluable type of therapy closely
related to the fields of medicine and psychology. The direct connection of music therapy to a
person's psyche, consciousness, lifestyle, and health, its benefits, as well as the valuable thoughts
of the great scholar Abu Ali Ibn Sina about music therapy, treating a person with music, and the
effect of music on the human div and soul, are summarized and information is provided.
Keywords: Music therapy, psychology, medicine, spirit, consciousness, nerves, rhythm,
eurythmy.
“Musiqa yurakka so‘zsiz yetadigan shifodir –
U dardni aritadi, qalbni yupatadi va ruhga
umid baxsh etadi.”
Musiqa inson dunyoga kelishi bilanoq hamroh boʻladigan san‘at, desak adashmagan
bo‘lamiz. E‘tibor bergan boʻlsangiz, yangi tugʻilgan chaqaloq ma‘lum davriga qadar ona
allasining kuyga solingan xonishi bilan tinchlanib, uyquga ketadi.
Musiqa — bu nafaqat san‘atning bir shakli, balki inson ruhini oziqlantiruvchi, tanasini va
qalbini shifo beruvchi kuchli bir vositadir. U insonga nafaqat estetik zavq, balki chuqur hissiy
tajribalar ham taqdim etadi.
San‘atning har qanday turi davolash uchun ishlatilishi mumkin. Rasm chizish, musiqa,
kino, raqs, loydan narsa yasash, origami va applikatsiya yasash va hokazolar.
ISSN:
2181-3906
2025
International scientific journal
«MODERN
SCIENCE
АND RESEARCH»
VOLUME 4 / ISSUE 5 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ
901
Lekin shuni ta‘kidlashimiz kerakki, musiqa sohasining inson ongiga, ruhiyatiga, qalbiga
ta‘siri beqiyosdir.[2, B.8;]
Musiqa terapiyasi atamasi yunon tilidan olingan bo‘lib “musiqa bilan davolayman” degan
ma‘noni anglatadi. Musiqa terapiyasi psixologiyaning yordamchi turiga kirib bemorlarni ruhiy
holatlarini musiqa yordamida davolashda foydalaniladi.
Musiqa va tibbiyotning birlashuvi insonlar hayotida muhim rol o‘ynaydi. Musiqa nafaqat
san‘atning bir shakli, balki hayotga shifo beruvchi bir kuchdir. Musiqa terapiyasi — bu ruhni
tinchlantirish, tanani tiklash va hissiy holatni yaxshilashning ajoyib vositasidir. Insonning
jismoniy va ruhiy salomatligi bir-biriga chambarchas bog‘langan va musiqa orqali biz bu
bog‘liqlikni yanada mustahkamlashimiz mumkin. Bu insoniyatning eng qadimiy va eng samarali
davolash usullaridan biridir.
Musiqa terapiyasi insonning ichki dunyosiga chuqur ta‘sir ko‘rsatadigan, hissiyotlar,
fikrlar va ruhiy holatni ifodalashda samarali vosita sifatida o‘zini ko‘rsatadi. Musiqa, faqat
vaqtincha qiziqish yoki zavq olish uchun emas, balki odamning ruhiy va jismoniy farovonligini
tiklash, sog‘liqni saqlash va emotsional yuksalish uchun ham muhim rol o‘ynaydi. U nafaqat
badiiy ifoda, balki insonni yaxshilashga, uni chuqurroq tushunishga imkon beradigan ilmiy
asoslangan bir terapiya shaklidir.
Musiqa terapiyasining ta‘siri keng qamrovli va ko‘p jihatdan insonning hayotini
yaxshilashga qaratilgan. Uning nafaqat ruhiy muammolarni bartaraf etishda, balki jismoniy va
kognitiv salomatlikni tiklashda ham beqiyos ahamiyati bor. Musiqa, ruhiyatdagi xiralikni
yo‘qotib, ichki muvozanatni qayta tiklashga yordam beradi. Uni tinglash yoki yaratish orqali
inson o‘zini ifodalash, boshqarish va hatto davolash jarayonida yangi imkoniyatlar yaratadi.
Musiqa terapiyasi har bir odamning o‘ziga xos bo‘lgan hissiyot va xotiralariga ta‘sir qilib,
ularga ruhiy bo‘shliq, tinchlik va barqarorlik keltiradi. Musiqa orqali ko‘plab insonlar o‘zlarining
eng chuqur va eng nozik his-tuyg‘ularini anglaydilar, shu bilan birga o‘z ichki dunyosiga
nisbatan tushunchalarni yangilaydilar. Bu, ayniqsa, stress, depressiya, travmalar yoki psixologik
muammolar bilan kurashayotganlar uchun ayniqsa muhimdir.
Shu bilan birga, musiqa terapiyasining kuchi nafaqat uning ijodiy va tasavvurlarni
o‘zgartiruvchi ta‘sirida, balki uning insoniyatni birlashtiruvchi va ijtimoiy aloqalarni
mustahkamlovchi xususiyatidadir. Musiqa dunyoning barcha madaniyatlarida mavjud bo‘lib,
odamlarni bir-biriga yaqinlashtiradi, yanada chuqurroq hissiy aloqalarni o‘rnatadi.
Musiqa psixologiyasi hamda terapiyasi juda qadim davrlardan buyon o‘rganib
kelinmoqda. Musiqa psixologiyasi va terapiyasi bo‘yicha ilk izlanishlar kurtaklarini antik davr
faylasuflari asarlarida ko‘rishimiz mumkin. Darhaqiqat, Pifagor (er. avv. VI asr) asarlarida,
uning
evritmiya
ta‘limotida shu haqda gap boradi. Evritmiya deganda olim insonning barcha
hayotiy hodisalardan munosib ritm, usul topa olish qobiliyatini tushungan. Ijtimoiy hayotni
ladga, orkestrga qiyoslash Pifagordan qolgan. Bu orkestrda har bir ijrochi ma‘lum bir cholg‘uni
chalganidek, hayotda har bir insonning o‘z vazifasi bor. Pifagor kuy va ritm inson qalbiga
muayyan ta‘sir ko‘rsatishini ham aniqlagan. Umidsizlik, ruhiy iztiroblar, asabiylashish, g‘azab
va boshqa noxushliklarga qarshi musiqa farq qilingan.[3, B.6;]
Barchamizga ma‘lumki, jismoniy va ruhiy salomatlikka musiqaning ijobiy ta‘sirini
ilmiy tomonlama oʻrgangan ilk mutaxassislardan biri faylasuf Pifagor boʻlsa, Sharqda esa
ISSN:
2181-3906
2025
International scientific journal
«MODERN
SCIENCE
АND RESEARCH»
VOLUME 4 / ISSUE 5 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ
902
tibbiyotning yetuk mutafakkiri Abu Ali ibn Sino oʻzining “Tib qonunlari” asarida ushbu san‘at
turini davolovchi vosita sifatida qayd etib, “Kitab Ash-shifa — Davolash kitobi” nomli
qomusiy asarida toʻliq bir boʻlimni musiqa va puls oʻrtasidagi oʻzaro aloqalarga
bagʻishlaydi. Ibn Sino (980-1037) musiqaning ruh bilan birgalikda tanaga ham shifobaxsh ta‘sir
ko‘rsatishi haqida aytib o‘tgan. U musiqani ham fiziologik, ham psixologik nuqtai nazardan
o‘rgangan. Mutaffakir – olimning tadqiqotlarida bu sohadagi izlanishlarni ko‘rishimiz mumkin.
Musiqaning inson salomatligi, emosional holatiga ta‘sir etish imkoniyati, musiqani
tinglash va ijro etish jarayonidagi chuqur musiqiy kechinmalarning ijobiy ta‘siri - tibbiyotda
ham, musiqada ham ilmiy izlanishlar olib borish uchun muhim asosdir.
Abu Ali Ibn Sino musiqaning ruh bilan birgalikda tanaga ham shifobaxsh ta‘sir
ko‘rsatishi haqida aytib o‘tgan. U musiqani ham fiziologik, ham psixologik nuqtai nazardan
o‘rgangan. Yana bir allomamiz Abdurahmon Jomiy esa (1414-1492) «Risolai musiqa»sida,
shuningdek, interval oraliqlarining his etilishi, ularning melodik va garmonik tuzilishlari
konsonans (yoqimli) va dissonans (yoqimsiz) bo‘lishlari haqida fikr yuritgan.
Musiqa terapiyasida melodiya va ritmning ko‘plab ijobiy ta‘siri mavjud. Tinchlantiruvchi,
meditatsiyaga mos musiqa insonga ichki tinchlikni va farovonlikni olib keladi. Tez va chaqqon
ritmlar esa, aksincha, energiya va motivatsiya beradi. Shuningdek, musiqa orqali inson o‘zini
ifodalash, his-tuyg‘ularni chiqarish va ichki dunyosini anglash imkoniyatiga ega bo‘ladi. Musiqa
san‘ati nafaqat ruhiy holatga, balki jismoniy holatga ham ta‘sir qiladi. Tadqiqotlar shuni
ko‘rsatadiki, musiqa tinglash yurak urishini tartibga soladi, qon bosimini pasaytiradi, nafas
olishni yaxshilaydi va mushaklarning bo‘shashishiga yordam beradi. Bundan tashqari, musiqa
xolesterin darajasini pasaytirishga yordam beradi va immun tizimini mustahkamlashda ham
muhim rol o‘ynaydi. Musiqa bilan davolash — bu shifokorlar tomonidan bemorlarning
sog‘lig‘ini yaxshilashda, shu jumladan jismoniy jarohatlar va operatsiyalardan so‘ng tiklanishni
tezlashtirishda qo'llaniladigan samarali metodlardan biridir.
Musiqa va jismoniy harakatning uyg‘unligi ham alohida e‘tiborga loyiqdir. Masalan,
musiqa bilan bajariladigan aerobika, yoga yoki boshqa sport mashqlarining ko‘plab foydalari
mavjud. Musiqa faqat kayfiyatni ko‘taribgina qolmay, balki organizmni jismoniy jihatdan ham
to‘g‘ri ishlashiga yordam beradi.
Shuni ham ta‘kidlashimiz kerakki, musiqa san‘ati nevrologik kasalliklarni davolashda
ham samarali vosita sifatida ko‘riladi. Altsgeymer kasalligi, Parkinson kasalligi va boshqa
nevrologik buzilishlarda musiqa terapiyasi bemorlar uchun muhim ahamiyatga ega. Musiqa miya
faoliyatini stimulyatsiya qilib, xotira va diqqatni yaxshilaydi. Shu bilan birga, musiqa orqali
odamlar o‘zlarini ko‘proq anglab, o‘zlarining hissiy holatlarini boshqarish imkoniga ega
bo‘ladilar.
Xulosa qilib shuni aytishimiz mumkinki, musiqa terapiyasi – bu inson ruhining va
tanasining moslashuvchanligi va tiklanishi uchun birinchi navbatda zarur bo‘lgan vositadir. Bu
usul nafaqat terapiya, balki insoniyatning ko‘plab emotsional va jismoniy og‘riqlarini
yengishdagi mukammal vosita sifatida o‘z o‘rnini topgan. Musiqa terapiyasining ahamiyati
shundaki, u har bir insonni o‘zining eng tabiiy va toza holatiga, ichki tinchlikka, yangilanishga
va o‘zini yaxshilashga olib boradi.
ISSN:
2181-3906
2025
International scientific journal
«MODERN
SCIENCE
АND RESEARCH»
VOLUME 4 / ISSUE 5 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ
903
Musiqa san‘ati ruhiy salomatlikka bevosita ta‘sir ko‘rsatadi. Psixologlar va
psixoterapevtlar musiqa terapiyasini ruhiy muammolarni bartaraf etish, stressni kamaytirish va
depressiyani davolashda samarali vosita sifatida qo‘llaydilar. Musiqa tinglash orqali organizm
endorfin garmonini ishlab chiqaradi, bu esa insonning kayfiyatini ko‘taradi. Bundan tashqari,
musiqa o‘zgartiruvchi holatlarni yaratish, o‘z-o‘zini anglash va hissiy yengillikni ta‘minlash
imkonini beradi.
Ushbu muhim aloqa bizga musiqa san‘ati va tibbiyotning o‘zaro bog‘liqligini yanada
chuqurroq anglashga yordam beradi. Musiqa, so‘zsiz, dunyoning eng kuchli davolovchi
vositalaridan biridir.
REFERENCES
1.
Nazarov.A, Bekov.O. O‘zME. Birinchi jild. Toshkent – 2000.
2.
Orifjonova G. Art Terapiya. “Lesson – press”, Toshkent – 2020.
3.
Qodirov R. Musiqa psixologiyasi. “Musiqa”, Toshkent – 2005.
4.
5.
