“TABIIY FANLAR: DOLZARB MUAMMOLAR VA ULARNING YECHIMLARI”
143
CaCl
2
·2H
2
O – NH
2
C
2
H
4
OH – H
2
O SISTEMASINING POLITERMIK ERUVCHANLIGI
J.Bobojonov
1
, E.Xusanov
1
, S.Jabborov
1
, Sh.Ortiqboyeva
1
, J.Shukurov
2
1
O‘zbekiston-Finlandiya pedagogika instituti, O‘zbekiston, Samarqand sh.
2
O‘zR FA Umumiy va noorganik kimyo instituti, O‘zbekiston, Samarqand sh.
Е-mail: jamshid_chem@mail.ru
Annotatsiya:
Kalsiy va uning birikmalari tibbiyot, qishloq xoʻjaligi va turli sanoat
tarmoqlarida keng qoʻllaniladi, etanolaminlar va ularning hosilalari esa oʻsimliklar uchun fiziologik
faollikka ega [1].
Adabiyotlarni tahlil qilish natijasida kalsiy va magniy xlorid tuzlarining monoetanolamin
bilan eruvchanligi bo‘yicha ilmiy tadqiqotlar mavjud emasligi aniqlandi. Shu sababli bizda kalsiy
xloridning monoetanolamin bilan suvli eritmadagi o‘zaro ta'sirini vizual-politermik usulda [2]
o‘rganish qiziqish uyg‘otdi.
Kalit so‘zlar:
politerma, proeksiya, uch komponentli sistema, evtetik nuqta.
Ushbu maqolada CaCl
2
·2H
2
O–NH
2
C
2
H
4
OH–H
2
O sistema komponentlarining -43,6 °C dan
67,0 °C gacha bo‘lgan harorat oralig‘idagi o‘zaro ta’siri o‘rganildi va politermik eruvchanlik
diagrammasi tuzildi (Rasm).
Diagrammada muzning CaCl
2
·6H
2
O, CaClO
2
·4H
2
O, CaCl
2
·2H
2
O, NH
2
C
2
H
4
OH·2H
2
O,
NH
2
C
2
H
4
OH·H
2
O va NH
2
C
2
H
4
OH kristallanish maydonlari chegaralandi va 7 ta ichki kesmalar
yordamida asoslandi. I - III kesmalar NH
2
C
2
H
4
OH - H
2
O tomondan CaCl
2
·2H
2
O tomoniga va IV-
VII kesmalarlar CaCl
2
·2H
2
O - H
2
O tomondan NH
2
C
2
H
4
OH tomoniga yo‘naltiriladi.
Sistemaning ikkilamchi va uchlamchi nuqtalaridagi eritmalarning muvozanat tarkibi va
tegishli kristallanish haroratlari aniqlandi. Birinchi uchlamchi nuqta -42,0 °C kristallanish
haroratida 39,6% kalsiy xlorid, 26,0% monoetanolamin va 34,4% suvga to‘g‘ri keladi. Bunda qattiq
faza muz, CaCl
2
·6H
2
O va NH
2
C
2
H
4
OH·2H
2
O dan iborat. Ikkinchi uchlamchi nuqtaning tarkibi 42,5
% kalsiy xlorid, 31,5 % monoetanolamin va 26,0 % suvga to‘g‘ri keladi, kristallanish harorati -39,0
°C, qattiq faza CaCl
2
·6h
2
O, NH
2
C
2
H
4
OH·2H
2
O va NH
2
C
2
H
4
OH·Н
2
О dan iborat.
RESPUBLIKA ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI 7-8-MAY 2025-YIL
144
Rasm.
CaCl
2
·2H
2
O–NH
2
C
2
H
4
OH–H
2
O sistemasining politermik eruvchanlik diagrammasi
Sistemaning politermik eruvchanlik diagrammasi va fizik-kimyoviy xossalari tahlili
natijasida yangi kimyoviy birikmalar hosil boʻlmasligi, dastlabki moddalar o‘z individualligini
saqlab qolishi va bu sistemaning oddiy evtonik tipga mansubligi tasdiqlandi.
Foydalanilgan adabiyotlar:
1. Ж.Ш.Бобожонов, Ж.С.Шукуров, А.С.Тогашаров. Растворимость системы
тетракарбамидохлората кальция – ацетат аммония – вода.// Universum: технические науки :
электрон. научн. журн. 2022. 4(97).
2. А.С.Трунин, Д.Г.Петрова. Визуально – политермический метод.// Куйбышевский
политехн. Инс-т. –Куйбышев.: –1977. C–94. Деп. в ВИНИТИ –№ 584-78.
