Authors

  • S.A. To‘ychiyev
  • M.A. Mamirzayev
  • A.S. Togasharov

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.science-research.88645

Keywords:

magniy xlorat karbamid tiokarbamid viskozometr piknometr refraktometr pH.

Abstract

Dunyo aholisining kun sayin ortib borishi qishloq xo‘jaligi ekinlari hosiliga bo‘lgan talabning ham oshishiga olib keladi. Mineral o‘g‘itlar, pestidsidlar hamda defoliantlarni qishloq xo‘jaligi ekinlariga qo‘llamasdan yuqori, sifatli hosil olib bo‘lmaydi. Shu boisdan bugungi kunda kompleks ta’sirga ega xlorat asosli defoliantlar olish muhim vazifalardan biri hisoblanadi. Ushbu vazifani yechish uchun tarkibida magniy xlorati, karbamid va tibokarbamiddan iborat sistemaning realogik xossalari o‘rganildi.

background image


“TABIIY FANLAR: DOLZARB MUAMMOLAR VA ULARNING YECHIMLARI”

159

[[36% Mg(ClO

3

)

2

+ 9% MgCl

2

+ 55% H

2

O] + 9% CO(NH

2

)

2

] – CS(NH

2

)

2

SISTEMASINING REALOGIK XOSSASINI O‘RGANISH

S.A. To‘ychiyev, M.A. Mamirzayev, A.S. Togasharov

O‘zR FA Umumiy va noorganika kimyo instituti, Toshkent shahar, O‘zbekiston

t.f.f.d. (PhD) +998971876669 E-mail:

tuychiyev.sanjar@mail.ru

Annotatsiya.

Dunyo aholisining kun sayin ortib borishi qishloq xo‘jaligi ekinlari hosiliga

bo‘lgan talabning ham oshishiga olib keladi. Mineral o‘g‘itlar, pestidsidlar hamda defoliantlarni
qishloq xo‘jaligi ekinlariga qo‘llamasdan yuqori, sifatli hosil olib bo‘lmaydi. Shu boisdan bugungi
kunda kompleks ta’sirga ega xlorat asosli defoliantlar olish muhim vazifalardan biri hisoblanadi.
Ushbu vazifani yechish uchun tarkibida magniy xlorati, karbamid va tibokarbamiddan iborat
sistemaning realogik xossalari o‘rganildi.

Kalit so‘zlar.

magniy xlorat, karbamid, tiokarbamid, viskozometr, piknometr, refraktometr,

pH.

Paxta defoliatsiyasini o‘tkazish yetishtirilgan hosilni sovuq tushmasdan oldin o‘z vaqtida, tez

va sifatli yig‘ib terib olishni ta’minlaydi. Defoliatsiyadan keyin qator orasiga yorug‘lik tushishi,
issiqlik va havo aylanishi yaxshilanadi, natijada ko‘saklarning yetilishi va ochilishi tezlashadi.
Xloratlar ta’sirida barglarda ajratuvchi qatlam hosil bo‘lishi (defoliatsiya) ularning barg
plastinkasini quritishi natijasidir. Bargning kuchli suvsizlanishi bilan to‘kilish qismining
hujayralari nobud bo‘ladi va ajratish qatlami hosil bo‘lmaydi, buning natijasida quruq barglar
o‘simlikda mahkam ushlanadi. Defoliatsiya va deksikatsiya ta’sirga olib keladigan xloratlarning
dozalaridagi farqlar unchalik katta emas va defoliatsiya ta’siri deyarli har doim quritish bilan
birga keladi. Bu esa g‘o‘za boshoqlarining shikastlanishiga va paxta xomashyosi hosilining
pasayishiga olib keladi [1].

Magniy xlorat eng keng tarqalgan paxta defoliantidir [2]. Uning

defoliatsiya ta’siri aniq quritish effekti bilan qoʻllanilgandan 2-3 kun o‘tgach namoyon bo‘ladi.

O‘zbekiston Respublikasida ishlab chiqarilayotgan va qishloq xo‘jaligida keng miqyosda
qo‘llanilayotgan magniy xlorat defolianti tarkibida 36-38% ta’sir etuvchi modda hamda 11%
fiziologik aktiv bo‘lmagan magniy va natriy xloridlari tutadi.

Xlorat tutgan defoliantlar tarkibiga ozuqa moddalarni va fiziologik faol moddalarni kiritib

foydalanish defoliantning xossalarini yaxshilaydi balki yuqori samara ham beradi. Tarkibida bir
nechta taʼsir etuvchi modda tutgan kompleks defoliantlar yaratish muhim. Bunda bitta
komponentning kam samarasi ikkinchi komponent tomonidan toʼldiriladi va natijada yaxshi
defoliatsiyalovchi natijalarga erishiladi [3].

Tiokarbomid - oziqlantiruvchi hamda fungitsid xusisiyatini saqlagan moddadir [4].

Tiokarbomid saqlagan defoliantlarni go‘za dalalarga qo‘llash oʻsimliklarning zararlanishi,
zamburug‘ va bakteriyalar sababli kasallik tarqalishi oldini oladi, qoʻzgʻatuvchilarning koʻpayish
organlarini yoʻqotadi balki oʻsimlik kasallanganidan keyin zamburugʻ mitseliysi va qishlaydigan
bosqichlariga taʼsir etib, ularni nobud qiladi. Defoliant sepilgan dalalarda preparat asosan oʻsimlik
toʻqimalari ichida tarqalgan zararli mikroorganizmlar sirtdan kasallik qoʻzgʻatuvchilariga bevosita
tegib yoki o‘simlik organlari (barg, poya, ildiz) ga singib ularni nobud qiladi [5].


background image


RESPUBLIKA ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI 7-8-MAY 2025-YIL

160

O‘rganilgan adabiyotlardan ma’lum bo‘lishicha [[36% Mg(ClO

3

)

2

+ 9% MgCl

2

+ 55% H

2

O]

+ 9% CO(NH

2

)

2

]

CS(NH

2

)

2

sistemaning eritmada o‘zaro ta’siri o‘rganilmaganligi bizda qiziqish

uyg’otdi. Yangi samarali defoliantlar olish jarayonini ishlab chiqish va fizik-kimyoviy asoslash
uchun [[36% Mg(ClO

3

)

2

+ 9% MgCl

2

+ 55% H

2

O] + 9% CO(NH

2

)

2

]

CS(NH

2

)

2

sistemaning

tarkib-xossa qiymatlari komponentlar tarkibini o‘zgarishiga bog’liq holda o‘rganildi va “tarkib-
xossa diagrammasi qurildi[1-rasm]. Sistemada komponentlar turli nisbatlarda qo‘shilganda
eritmaning kristallanish harorati, qovushqoqligi, zichligi, pH ko‘rsatkichi va nur sindirish
ko‘rsatgichlari 25 °C haroratda o‘rganilib, natijalar quyida keltirildi [1-jadval].

O‘rganilgan realogik xossa qiymatlaridan bilishimiz mumkinki, [[36% Mg(ClO

3

)

2

+ 9%

MgCl

2

+ 55% H

2

O] + 9% CO(NH

2

)

2

]

– eritmasiga tiokarbamid qoʻshib borib 10.0% ga yetganda

eritmaning kristallanish xarorati -10.0

dan 39.0

gacha koʻtarilishi kuzatiladi. Sistemaning pH

muhiti 6.01 dan 6.88 gacha, qovushoqlik 8.670 dan 9.492 mm

2

/sek gacha, zichlik 1.4342 dan

1.4192 g/sm

3

gacha, nur sindirish ko‘rsatkichi 1.4322 dan 1.4605 gacha oʻzgarishi kuzatildi.

1-Rasm.

[[36% Mg(ClO

3

)

2

+ 9% MgCl

2

+ 55% H

2

O] + 9% CO(NH

2

)

2

]

- C

S(NH

2

)

2

sistemaning 25

o

C haroratdagi fizik – kimyoviy va reologik xossalari:

1 – pH ko‘rsatkichi, 2 – nur sindirish ko‘rsatkichi, 3 – qovushqoqlik, 4 – zichlik,
5 – kristallanish harorati.
Jadval-1.
[[36% Mg(ClO

3

)

2

+ 9% MgCl

2

+ 55% H

2

O] + 9% CO(NH

2

)

2

]

CS(NH

2

)

2

sistema eritmalarining

fizik-kimyoviy xossalari

Komponentlar tarkibi, %

рН

Kris.


background image


“TABIIY FANLAR: DOLZARB MUAMMOLAR VA ULARNING YECHIMLARI”

161

[[36% Mg(ClO

3

)

2

+

9% MgCl

2

+ 55%

H

2

O]

+

9%

CO(NH

2

)

2

]

CS(NH

2

)

2

Zichlik
p, g/sm

3

Nur

sindirish

ko‘rsatkichi,
n

D

Qovush-
qoqlik η,
mm

2

/s

harorati,
T, °С

100

-

1.4342

1.4322

6.01

8.670

-10.0

98.99

1.01

1.4332

1.4355

6.15

8.736

-6.2

98.00

2.00

1.4322

1.4356

6.27

8.783

-2.6

97.02

2.98

1.4310

1.4414

6.38

8.82

-0.6

95.97

4.03

1.4297

1.4438

6.47

8.848

3.4

94.99

5.01

1.4282

1.4456

6.53

8.868

5.4

94.00

6.00

1.4271

1.4496

6.62

9.028

15.2

93.01

6.99

1.4257

1.4530

6.69

9.168

22.2

92.02

7.98

1.4238

1.4562

6.76

9.296

28.4

90.97

9.03

1.4216

1.4587

6.83

9.404

32.0

90.00

10.00

1.4192

1.4605

6.88

9.492

39.0

XULOSA:

Shunday qilib o‘rganilgan, ushbu sistemada yangi birikmalar hosil bo‘lmagan.

O‘rganilgan qovushqoqlik, zichlik, nur sindirish ko‘rsatkichi, pH va kristallanish harorati
natijalaridan ma’lum bo‘ladiki hosil bo‘lgan fazalar oldindan mavjud bo‘lgan magniy xlorat va
tiokarbamidga mos keladi.

Komponentlarning oʻzaro ta’sirlashuvi boʻyicha eritmaning realogik

xossalari aniqlandi hamda olingan natijalar noorganik moddalar eruvchaligining ma’lumotlar bazasi
bo‘lib xizmat qiladi.

Foydalanilgan adabiyotlar:

1. Azlarov A.B., Ishankhodzhaev S.S., Askarova M.K., and Tukhtaev S. Solubility in the

Magnesium Chlorate–Carbamide–Water System at 50°C // Journal of Inorganic Chemistry. 2010.
vol. 12(55). – P. 2096-2099.

2. Хамдамова Ш.Ш., Мирзаев Н.А. Взаимодействие компонентов в системе Mg(ClO

3

)

2

N(C

2

H

4

OH)

3

– H

2

O // Universum: Химия и биология : электрон. научн. журн. 2020. № 1(67).

URL: http://7universum.com/ru/nature/archive/item/8606

3. Mirzaolimov Akmaljon Nabiyevich // Paxta defoliantlarining asosiy turlari va tavsivlari //

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences, VOLUME 2 | ISSUE
5/2. 2022: 5.947

4. Голышин, Н.М. Фунгициды./ Н.М.Голышин - М.: Колос, 1993. -319 с.
5. Растворимость компонентов систем NaClO

3

- CS(NH

2

)

2

- H

2

O // С.А.Туйч

иев,

А.С.Тогашаров, Б.С.Закиров // Узбекский химический журнал, 2022, №6

References

Azlarov A.B., Ishankhodzhaev S.S., Askarova M.K., and Tukhtaev S. Solubility in the

Magnesium Chlorate–Carbamide–Water System at 50°C // Journal of Inorganic Chemistry. 2010. vol. 12(55). – P. 2096-2099.

Хамдамова Ш.Ш., Мирзаев Н.А. Взаимодействие компонентов в системе Mg(ClO3)2 – N(C2H4OH)3 – H2O // Universum: Химия и биология : электрон. научн. журн. 2020. № 1(67). URL: http://7universum.com/ru/nature/archive/item/8606

Mirzaolimov Akmaljon Nabiyevich // Paxta defoliantlarining asosiy turlari va tavsivlari // Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences, VOLUME 2 | ISSUE 5/2. 2022: 5.947

Голышин, Н.М. Фунгициды./ Н.М.Голышин - М.: Колос, 1993. -319 с.

Растворимость компонентов систем NaClO3 - CS(NH2)2 - H2O // С.А.Туйчиев,

А.С.Тогашаров, Б.С.Закиров // Узбекский химический журнал, 2022, №6