Authors

  • Sanjar To‘ychiyev
  • Ahat Togasharov

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.science-research.88921

Keywords:

eruvchanlik diagrammasi etanol tiokarbomid kristallanish xarorati.

Abstract

Kompleks ta’sirga ega bo‘lgan yangi turdagi defoliantlar olishni fizik – kimyoviy asoslash maqsadida, tarkibida etanol – tiokarbamid – suv sistemasining o‘zaro ta’sirini – 94.6 °С dan –0.6 °С gacha harorat oralig‘ida vizual-politermik usulda o‘rganildi. Olingan ma’lumotlar asosida sistemadagi ikkilamchi va uchlamchi nuqtalar topildi hamda qattiq fazalar tarkibi aniqlandi. O‘rganilgan sistema oddiy evtonik tipga masubligi va yangi birikma hosil bo‘lmaganligi vizual-politermik usulda asoslandi, bu esa tarkibida fiziologik faol, oziqlantiruvchi va etilen hosil qiluvchi komponentlarni saqlagan kompleks ta’sirga ega yangi preparatni olish texnologiyasini ishlab chiqish imkonini beradi.

background image


RESPUBLIKA ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI 7-8-MAY 2025-YIL

162

C

2

H

5

OH

- CS(NH

2

)

2

- H

2

O

SISTEMADA KOMPONENTLARINING POLITERMIK

ERUVCHANLIGINI O‘RGANISH

To‘ychiyev Sanjar Abdusodiqovich, Togasharov Ahat Salimovich

O‘zR FA Umumiy va noorganik kimyo instituti, t.f.f.d. (PhD) +998971876669

Е-mail:

tuychiyev.sanjar@mail.ru

Annotatsiya:

Kompleks ta’sirga ega bo‘lgan yangi turdagi defoliantlar olishni fizik –

kimyoviy asoslash maqsadida, tarkibida etanol – tiokarbamid – suv sistemasining o‘zaro ta’sirini –
94.6 °С dan –0.6 °С gacha harorat oralig‘ida vizual-politermik usulda o‘rganildi. Olingan
ma’lumotlar asosida sistemadagi ikkilamchi va uchlamchi nuqtalar topildi hamda qattiq fazalar
tarkibi aniqlandi. O‘rganilgan sistema oddiy evtonik tipga masubligi va yangi birikma hosil
bo‘lmaganligi vizual-politermik usulda asoslandi, bu esa tarkibida fiziologik faol, oziqlantiruvchi
va etilen hosil qiluvchi komponentlarni saqlagan kompleks ta’sirga ega yangi preparatni olish
texnologiyasini ishlab chiqish imkonini beradi.

Kalit so‘zlar:

eruvchanlik

diagrammasi, etanol, tiokarbomid, kristallanish xarorati.


Kirish:

Hozirgi kunda turli xossalarga ega boʻlgan moddalarni oʻzida jamlagan preparatlarni

yaratish [1], kimyo sanoatining asosiy vazifalaridan biri boʻlib, bir vaqtning oʻzida
defoliasiyalovchi, oziqlantiruvchi va zararkunandalarni yoʻqotuvchi preparatlarni ishlab chiqish
dolzarb hisoblanadi [2].

Tiokarbamid (tiokarbamid, tioagonal kislota diamidi) karbamidning oltingugurtli analogi

hisoblanib u kuchli biologik faollikka ega. Qishloq xo‘jaligida tiomochevina qimmatbaho
noorganik o‘g‘it va fungitsid sifatida faol ishlatiladi, bu esa uning foydalanish doirasini sezilarli
darajada kengaytiradi. Tiokarbamid asosan bakteriya va zamburug‘larga, nisbatan kamroq darajada
mog‘or qo‘ziqorinlariga qarshi fungidsid sifatida ishlatiladi [3-4].

Ma’lumki, etanol bir qator qimmatli fiziologik va kimyoviy xususiyatlarga ega [5]. U o‘sish

jarayonlarini faollashtiradi, urug‘larning unib chiqishini oshiradi va paxta po‘stlog‘ining ochilishini
tezlashtiradi. Etanol suvsizlantiruvchi reagentlar ta'sirida osongina etilenga aylanadi va shu bilan
o‘simlik organizmida etilen darajasini oshirishga yordam beradi [6].

Yuqorida keltirilgan fikrlarni inobatga olgan holda, bir vaqtning o‘zida oziqlantiruvchi va

pestitsid xossalarga ega bo‘lgan preparatlarni o‘rganish maqsadga muvofiq hisoblanadi.

Ilk bor tarkibi etanol, tiokarbomid va suv ishtirokidagi sistemaning eruvchanligini keng

harorat va kontsentratsiya oralig‘ida vizual-politermik usul bilan o‘rganildi hamda olingan natijalar
asosida sistemaning politermik eruvchanlik jadvali qurildi. Sistemada ikkilamchi va uchlamchi
nuqtalarning kristallanish harorati, hamda qattiq fazalarining tarkibi aniqlandi.

C

2

H

5

OH

- CS(NH

2

)

2

- H

2

O sistemasini politermik eruvchanlik jadvalini tuzishda binar sistemalar va ichki kesmalar

asosida -94.6 °С haroratdan -0.6 °С harorat oralig‘ida sistemaning politermik eruvchanlik
diagrammasi qurildi. Ushbu sistemaning fazoviy holati muzning, etanolning hamda
tiokarbamidning kristallanish maydonlari chegaralandi. Ushbu kristallanish maydonlari ikkita
uchlamchi nuqtada tutashadi. Ular 58.6% etanol, 1.2% tiokarbamid

va

40.2

% suvga

mos kelib, -

45.0 °С haroratni, ikkinchisi 78.6% etanol, 1.0% tiokarbamid

va

20.4

% suvga

mos kelib, -65.0 °С

haroratni tashkil etadi (1-jadval).


background image


“TABIIY FANLAR: DOLZARB MUAMMOLAR VA ULARNING YECHIMLARI”

163

Jadval 1.

C

2

H

5

OH

- CS(NH

2

)

2

- H

2

O sistemasining ikkilamchi va uchlamchi nuqtalar tasnifi

Suyuq faza tarkibi, %

Temp-ra
krist.,
°С

Qattiq faza

CS(NH

2

)

2

C

2

H

5

OH

H

2

O

5.6

-

94.4

-0.6

Muz + CS(NH

2

)

2

4.4

11.2

84.4

-3.6

Muz + CS(NH

2

)

2

3.8

18.4

77.8

-6.0

Muz + CS(NH

2

)

2

2.2

38.2

40.4

-14.6

Muz + CS(NH

2

)

2

-

47.5

52.5

-39.0

Muz + C

2

H

5

OH• 2H

2

O

1.2

58.6

40.2

-45.0

Muz + C

2

H

5

OH • 2H

2

O + CS(NH

2

)

2

-

67.0

33.0

-56.0

C

2

H

5

OH• H

2

O + C

2

H

5

OH • 2H

2

O

1.0

78.6

20.4

-65.0

C

2

H

5

OH• H

2

O + C

2

H

5

OH • 2H

2

O +

CS(NH

2

)

2

1.0

81.6

17.4

-85.0

C

2

H

5

OH• H

2

O + CS(NH

2

)

2

1.3

87.4

11.3

-89.4

-//-

1.6

89.6

8.8

-92.4

-//-

1.8

90.8

7.4

-94.6

-//-

Tuzilgan jadvalda ko‘rinadiki muz CS(NH

2

)

2

bilan -0.6 °С dan -14.6 °С harorat oralig‘ida,

C

2

H

5

OH

•2H

2

O bilan -39.0 °С haroratda,

C

2

H

5

OH

•2H

2

O bilan

C

2

H

5

OH

• H

2

O -56.0 °С harorat

oralig‘ida,

C

2

H

5

OH

•H

2

O hamda CS(NH

2

)

2

-85.0 °С dan -94.6 °С haroratda birgalikda

kristallanadi. Ushbu sistema oddiy evtonik tipga mansub bo‘lib, komponentlar o‘zining
individualligini saqlab qoladi.

Xulosa:

Ikki komponentli sistemalar va proeksiyalar asosida qurulgan politermik eruvchanlik

diagrammasi tahlili shuni ko‘rsatadiki, muzning, etanolning va tiokarbamidning kristallanish
maydonlari chegaralandi. Ushbu o‘rganilgan sistema oddiy evtonik tipga mansub bo‘lib, dastlabki
komponentlar o‘zining individualligini saqlab qoladi, bu esa kompleks ta’sirga ega bo‘lgan yangi
turdagi preparatlar olish texnologiyasini ishlab chiqish imkonini beradi.

Foydalanilgan adabiyotlar:

1. Тогашаров А.С., Шукуров Ж.С., Тўхтаев C. и др.// Новые дефолианты на основе

хлоратов и техногенных отходов хлопкоочистительных заводов.// Т.: Навруз, 2019.

2. Шукуров Ж.С., Тогашаров А.С., Аскарова М.К. и др.// Комплекснодействующие

дефолианты, обладающие физиологически активными и инсектицидными свойствами / Т.:
Навруз, 2019.

3. С.А.Tўйчиев, А.С.Тогашаров, Б.С.Закиров // Растворимость компонентов систем

NaClO

3

- CS(NH

2

)

2

- H

2

O.

Узбекский химический журнал, 2022, №6

4. https://fialka.tomsk.ru/forum/viewtopic.php?t=35612
5. Шарипов С.Я. «Получение дефолиантов на основе хлоратов, 2-бутин-1,4-диола,

моноэтаноламина и этилового спирта»: Дисс....канд. тех. наук. –Ташкент, 2007. -124 с.

6. Craig C. W075-Cotton defoliation timing // The University of Tennessee Agricultural

Extension Service. - 2012. Электронный ресурс: http://tennessee.edu/utk_agexcrop/88. (verified
27 Nov. 2012).