717
ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 Issue 5
O'ZBEKISTONDA YANGI JAMIYAT SHAFFOF JAMIYAT SARI YO'L,
KORRUPSIYANING ILDIZIGA BOLTA URAMIZ.
Abdullayev Ahmadullo Akmalovich
Toshkent davlat yuridik universiteti, Jinoiy odil sudlov fakulteti 1-kurs talabasi.
ahmadulloabdullayev305@gmail.com
https://doi.org/10.5281/zenodo.15448602
Abstract. This article explores the anti-corruption measures implemented in the Republic
of Uzbekistan. It presents a comprehensive analysis of the concept of corruption, its types,
causes, and the negative impact it has on the socio-economic system. The article focuses on the
legal and institutional frameworks established to combat corruption, including the Law “On
Combating Corruption”, presidential decrees, and other regulatory acts.
Furthermore, the paper discusses the role of the Anti-Corruption Agency of Uzbekistan,
civil service reforms, digitalization efforts, and the importance of transparency and
accountability. It emphasizes the role of civil society, international cooperation, and legal
awareness campaigns in the fight against corruption.
Additionally, the article examines international best practices, such as the strict legal
frameworks and punitive measures in countries like Singapore, United Kingdom and provides
practical recommendations for Uzbekistan. The paper concludes with clear and actionable
proposals aimed at reducing corruption in the country.
Keywords: corruption, legal reforms, civil service, transparency, civil society, legislation,
penalties, monitoring.
Annotatsiya. Ushbu maqolada O‘zbekiston Respublikasida korrupsiyaga qarshi
kurashish borasida olib borilayotgan chora-tadbirlar keng yoritilgan. Korrupsiyaning
tushunchasi, turlari, sabablari hamda uning ijtimoiy-iqtisodiy tizimga salbiy ta’siri batafsil tahlil
qilingan. Maqolada korrupsiyaga qarshi kurashishning normativ-huquqiy asoslari, jumladan
“Korrupsiyaga qarshi kurashish to‘g‘risida”gi Qonun, Prezident farmonlari va boshqa me’yoriy
hujjatlar asosida amalga oshirilayotgan siyosiy va institutsional islohotlarga e’tibor qaratilgan.
Shuningdek, O‘zbekistonda korrupsiyaga qarshi Agentlik faoliyati, davlat xizmatini isloh
qilish, raqamlashtirish, ochiqlik va shaffoflik tamoyillarining ahamiyati muhokama etilgan.
Maqolada korrupsiyaga qarshi kurashishda fuqarolik jamiyatining o‘rni, xalqaro tashkilotlar
bilan hamkorlik va huquqiy ongni yuksaltirish bo‘yicha amaliy chora-tadbirlar tahlil qilingan.
Bundan tashqari, dunyodagi ilg‘or tajribalar – Singapur, Buyuk Britaniya kabi
davlatlardagi qat’iy qonunlar va jazolar tahlil qilinib, O‘zbekiston uchun taklif va tavsiyalar
ishlab chiqilgan. Maqola yakunida korrupsiyani kamaytirishga qaratilgan aniq takliflar ham
berilgan.
Kalit so‘zlar: korrupsiya, huquqiy islohotlar, davlat xizmati, shaffoflik, fuqarolik
jamiyati, qonunchilik, jazolar, monitoring.
Kirish
Korrupsiya — davlatning siyosiy, iqtisodiy va ijtimoiy tizimlariga salbiy ta’sir
ko‘rsatadigan, jamiyatning rivojlanishiga to‘sqinlik qiluvchi, qonuniy va axloqiy me’yorlarga zid
bo‘lgan harakatlar majmuasidir. O‘zbekiston Respublikasi korrupsiyaning oldini olish va unga
qarshi kurashishda jiddiy chora-tadbirlarni amalga oshirib kelmoqda. U shunday bir yomon
illatki "qo'li qiyshiq" ayrim odamlarning kasriga butun bir davlat miqyosidagi organlarning,
718
ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 Issue 5
halol va pok ishlab, davlat uchun jonini berishga tayyor odamlarning ham, umuman olganda
aholi oldida butun bir davlatning nomini yomon so'zlarga qoldiradi va ishonchsizlik kayfiyatini
yuzaga keltiradi. Bu insonlarning tomirlarida oqayotgan qodek go'yo, korrupsiyani yo'qotish
uchun ularning jonini fido qilmay, qoni bilan chiqarib tashlamay qutulib bo'lmaydigandek
mushkul va mashaqqatli ish hisoblanadi. Ammo so'nggi yillarda yurtimizda amalga
oshirilayotgan islohotlar shu darajada jadallab ketdiki, korrupsiya holatlari birdaniga
yo’qolmagan bo'lsada, anchagina pasayganini ishonch bilan ayta olamiz.
Korrupsiyaning mohiyati va turlari
Korrupsiya — bu mansabdor shaxslarning o‘z vakolatlaridan shaxsiy manfaatlari yo‘lida
foydalanishi, qonunlarga zid ravishda pora olish, berish yoki boshqa noqonuniy harakatlarni
amalga oshirishdir. Korrupsiyaning asosiy turlari quyidagilardan iborat:
•
Pora olish
: Mansabdor shaxslarning o‘z vakolatlarini shaxsiy manfaatlari yo‘lida
suiiste’mol qilishi. Albatta bu yerda manfaatlar to'qnashuvi yuzaga kelganligi sababli inson o'z
manfaatini ustun qo'yadi va pora olishga go'yoki majbur bo'ladi.
•
Pora berish
: Fuqarolar yoki yuridik shaxslarning mansabdor shaxslarga qonunga zid
ravishda to‘lovlar qilishlari. Muayyan maqsadga erishishning eng oson va keng tarqalgan
yo'llaridan biri. Bunda faqatgina davlat hokimiyati tizimida emas, boshqa sohalarda ham,
masalan, bozor va rastalarda, oldi-sotdi bitimlarida, xususiy korxona va tashkilotlarning
mahsulot va xizmatlarni taqdim qilish jarayonida ham ko'rishimiz mumkin.
•
Nepotizm
: Mansabdor shaxslarning o‘z qarindoshlari yoki tanish-bilishlariga imtiyozlar
yaratishi. Xalq tili bilan aytganda kimningdir boshqa kimlar uchundir "tanka" bo'lib berishi deb
atashimiz mumkin.
•
Konsessiya va litsenziya berishdagi suiiste’mollar
: Davlat organlarining ruxsatnomalar
berishda qonunga zid harakatlari. Aynan shu sohada butun dunyoda keng muammolar mavjud
deb aytish mumkin. Sababi zamonaviy dunyoda hamma tadbirkor, hammaning litsenziya va shu
kabi davlat xizmatlariga ishi tushishi turgan gap. Bu esa ushbu sohada korrupsiya holatlarini
o'sishiga imkon yaratadi.
O‘zbekistonda korrupsiyaga qarshi kurashish davlat siyosati
O‘zbekiston Respublikasida korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha davlat siyosati
quyidagi asosiy prinsiplarga asoslanadi:
•
Qonuniylik
: Barcha chora-tadbirlar qonunlarga muvofiq amalga oshiriladi.
•
Fuqarolar huquqlari va erkinliklarining ustuvorligi
: Davlat harakatlari fuqarolarning
huquq va erkinliklarini ta’minlashga qaratilgan bo‘ladi.
•
Ochiqlik va shaffoflik
: Davlat organlarining faoliyati oshkora va shaffof bo‘lishi kerak.
•
Tizimlilik
: Korrupsiyaga qarshi kurashish tizimli yondashuvni talab qiladi.
•
Davlat va fuqarolik jamiyatining hamkorligi
: Korrupsiyaga qarshi kurashishda davlat
va fuqarolik jamiyati o‘rtasida hamkorlik muhim ahamiyatga ega.
•
Korrupsiyaning oldini olishga doir chora-tadbirlar ustuvorligi
: Oldini olish chora-
tadbirlari asosiy o‘rin tutadi.
•
Javobgarlikning muqarrarligi
: Korrupsiyaga aloqador shaxslar qonun oldida javobgar
bo‘lishi kerak.
Korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha asosiy chora-tadbirlar
Korrupsiyaga qarshi kurashish to‘g‘risida qonun
O‘zbekiston Respublikasining "
Korrupsiyaga qarshi kurashish to‘g‘risida
"gi Qonuni
2016 yil 24 noyabrda qabul qilindi
va
2017 yil 4 yanvardan kuchga
kirdi.
719
ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 Issue 5
Uning
3-moddasida
korrupsiya
— shaxsning o‘z mansab yoki xizmat mavqeyidan
shaxsiy manfaatlarini yoxud o‘zga shaxslarning manfaatlarini ko‘zlab moddiy yoki nomoddiy
naf olish maqsadida qonunga xilof ravishda foydalanishi, xuddi shuningdek bunday nafni
qonunga xilof ravishda taqdim etish;
korrupsiyaga oid huquqbuzarlik
— korrupsiya alomatlariga ega bo‘lgan, sodir
etilganligi uchun qonunchilikda javobgarlik nazarda tutilgan qilmish;
manfaatlar to‘qnashuvi —
shaxsning shaxsiy (bevosita yoki bilvosita) manfaatdorligi
uning o‘z lavozim yoki xizmat majburiyatlarini lozim darajada bajarishiga ta’sir ko‘rsatayotgan
yoxud ta’sir ko‘rsatishi mumkin bo‘lgan hamda shaxsiy manfaatdorlik bilan fuqarolarning,
tashkilotlarning, jamiyatning yoki davlatning huquqlari, qonuniy manfaatlari o‘rtasida qarama-
qarshilik yuzaga kelayotgan (mavjud manfaatlar to‘qnashuvi) yoki yuzaga kelishi mumkin
bo‘lgan (ehtimoliy manfaatlar to‘qnashuvi) vaziyat deb asosiy tushunchalarga ta'rif berilgan.
Ushbu qonun korrupsiyaga qarshi kurashishning huquqiy asoslarini belgilab beradi.
Qonunning
4-moddasida korrupsiyaga qarshi kurashishning asosiy prinsiplari
qonuniylik;
fuqarolar huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarining ustuvorligi;
ochiqlik va shaffoflik;
tizimlilik;
davlat va fuqarolik jamiyatining hamkorligi;
korrupsiyaning oldini olishga doir chora-tadbirlar ustuvorligi;
javobgarlikning muqarrarligi.
5-moddasida esa davlat siyosatining asosiy yo‘nalishlari keltirilgan
Korrupsiyaga qarshi kurashish sohasidagi davlat siyosatining asosiy yo‘nalishlari
quyidagilardan iborat:
aholining huquqiy ongi va huquqiy madaniyatini yuksaltirish, jamiyatda korrupsiyaga
nisbatan murosasiz munosabatni shakllantirish;
davlat va jamiyat hayotining barcha sohalarida korrupsiyaning oldini olishga doir chora-
tadbirlarni amalga oshirish;
korrupsiyaga oid huquqbuzarliklarni o‘z vaqtida aniqlash, ularga chek qo‘yish, ularning
oqibatlarini, ularga imkon beruvchi sabablar va shart-sharoitlarni bartaraf etish, korrupsiyaga oid
huquqbuzarliklarni sodir etganlik uchun javobgarlikning muqarrarligi prinsipini ta’minlash
Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi
2020 yil 29 iyunda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmoni
bilan
Korrupsiyaga
qarshi kurashish agentligi
tashkil etildi. Agentlik Prezidentga bo‘ysunadi va O‘zbekiston
Respublikasi Oliy Majlisi palatalari oldida hisobdor bo‘ladi. Uning asosiy vazifalari
korrupsiyaga oid huquqbuzarliklarni tahlil qilish, davlat xaridlari va budjet mablag‘laridan
foydalanishni nazorat qilish, korrupsiyaga oid murojaatlarni ko‘rib chiqish va ularning
huquqlarini tiklashdan iborat. Agentlik har yili ommaviy axborot vositalari orqali e’lon qilinishi
lozim bo‘lgan Korrupsiyaga qarshi kurashish to‘g‘risida milliy ma’ruzani shakllantiradi hamda
uni O‘zbekiston prezidenti va Oliy Majlis palatalariga kiritadi.
Korrupsiyaga qarshi kurashishda parlament va jamoatchilik nazoratini kuchaytirish
maqsadida Parlament boshchiligida faoliyat yuritadigan O‘zbekiston Respublikasi korrupsiyaga
qarshi kurashish milliy kengashi tashkil etilmoqda.
Daromadlarni deklaratsiya qilish tizimi
720
ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 Issue 5
Davlat xizmatchilarining daromadlarini deklaratsiya qilish tizimi bosqichma-bosqich
joriy etilmoqda. Bu tizim mansabdor shaxslarning noqonuniy daromad olishini oldini olishga
qaratilgan. 150 dan ortiq mamlakatda qo‘llanilayotgan ushbu tizim korrupsiyaga qarshi
kurashishda samarali vosita hisoblanadi . O‘zbekistonda “Davlat xizmatchilarining daromadlari
va mol-mulkini deklaratsiya qilish to‘g‘risida”gi qonun loyihasi 2025 yil may oyida tayyor
bo‘lishi kerak.
Bunday vazifa 21 aprelda imzolangan prezident
Qonun loyihasida deklaratsiya sub’yektlari, obektlari va unda aks ettiriladigan
ma’lumotlar, deklaratsiyani taqdim qilish shakli va tartibi, uni tekshirish tartibi nazarda tutiladi.
Topshiriq ijrosi uchun mas’ul sifatida Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi, Adliya
vazirligi va Bosh prokuratura ko‘rsatilgan.
21 aprel kungi farmonga asosan, yana boshqa qator hujjatlar loyihalarini ishlab chiqish
ko‘zda tutilgan.
Xususan, vazir va hokim lavozimiga nomzodlar tegishlicha Qonunchilik palatasi va xalq
deputatlari kengashlarida ko‘rib chiqilayotganda ular korrupsiyaning oldini olish bo‘yicha aniq
rejasini taqdim etib, himoya qilishi kerak bo‘ladi. Buning tartibini Oliy Majlis palatalari kelishuv
asosida, 2025 yil may oyi oxirigacha ishlab chiqishi zarur.
Fuqarolarga sifatli yuridik yordam ko‘rsatilishida advokatlar faoliyatiga to‘sqinlik
qilayotgan omillarni bartaraf etishga qaratilgan qonun loyihasi 2025 yil iyun oyida tayyor
bo‘lishi ko‘zda tutilmoqda.
Iyun oyi oxirigacha, shuningdek, davlat fuqarolik xizmatiga oid farmon loyihasi ham
ishlab chiqiladi va unda quyidagilar ko‘zda tutiladi:
•
davlat xizmatchilari reyestri;
•
kadrlarning korrupsiyaga moyillik darajasini o‘rganish tartibi;
•
davlat xizmatchilarini ishga qabul qilish jarayonini ochiq va shaffof o‘tkazish
mexanizmlari;
•
davlat xizmatchisining malakasi va salohiyati, erishgan natijalarini IT
texnologiyalar asosida baholash, nomzodlarni lavozimga tayinlashda ularning bilimi,
tajribasi va erishgan natijalarini asosiy mezon sifatida belgilash;
•
vazirlik va idoralar markaziy apparatidagi rahbarlik lavozimlariga ustuvor
ravishda quyi bo‘g‘inlarda ishlagan, tuman (shahar) darajasida rahbarlik lavozimlariga
esa viloyat, respublika idoralarida ishlagan kadrlarni tayinlash bo‘yicha yangi tizim.
2025 yil iyungacha “O‘zbekiston Respublikasining Jinoyat kodeksiga korrupsiyaga oid
jinoyatlar uchun javobgarlik muqarrarligini ta’minlashga qaratilgan o‘zgartish va qo‘shimchalar
kiritish to‘g‘risida»gi qonun qayta ko‘rib chiqiladi va unda:
•
korrupsiya jinoyatlarning aniq ro‘yxati va bu borada jazo choralarini kuchaytirish;
•
korrupsiyaning oldini olish, aholini, ayniqsa, yoshlarni bunga toqatsizlik
ruhida tarbiyalash, profilaktika mexanizmlarini yaratish;
•
korrupsiya haqida xabar bergan shaxslarni rag‘batlantirish va himoya qilish tartibi
nazarda tutiladi.
Xalqaro hamkorlik
O‘zbekiston Respublikasi BMTning Korrupsiyaga qarshi Konvensiyasi (2003 yil),
Transmilliy uyushgan jinoyatchilikka qarshi Konvensiya (2000 yil), Yevropa Kengashining
"Korrupsiya uchun jinoiy javobgarlik to‘g‘risida"gi Konvensiya (1999 yil) kabi xalqaro huquqiy
721
ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 Issue 5
normalarga qo‘shilgan. Bu konvensiyalar korrupsiyaga qarshi kurashishda xalqaro hamkorlikni
mustahkamlashga xizmat qiladi.
Davlat xizmatini isloh qilish
Davlat xizmatini isloh qilish korrupsiyani kamaytirishdagi eng muhim yo‘nalishlardan
biridir. O‘zbekiston Respublikasida bu borada bir necha yillardan buyon keng qamrovli
islohotlar olib borilmoqda. Xususan, davlat xizmatiga kirish tartibi, kadrlar tanlovi, ularning
kasbiy malakasi va faoliyatini baholash mexanizmlarida muhim o‘zgarishlar yuz bermoqda.
2019 yildan boshlab davlat xizmatiga tanlov asosida qabul qilish tizimi yo‘lga qo‘yildi.
Bunda ochiq tanlov, test sinovlari, suhbatlar va baholash jarayonlari orqali
nomzodlarning bilim va salohiyati aniqlanadi. Bu usul "tanish-bilishchilik" va "pul evaziga
lavozim olish" kabi korrupsion ko‘rinishlarning oldini olishda muhim rol o‘ynamoqda.
Shuningdek, davlat xizmatchilarining daromad va mulklarini deklaratsiyalash tizimi joriy
etilmoqda. Bu tizim xodimlarning noqonuniy boylik orttirishining oldini olishga xizmat qiladi.
Hozirda bu jarayon bosqichma-bosqich amalga oshirilmoqda va 2024 yilga kelib u to‘liq
davlat xizmatchilarini qamrab olishi rejalashtirilgan.
Davlat xizmatchilarining kasbiy faoliyatini baholash ham muhim omil hisoblanadi. Bu
orqali samarali ishlamagan, xizmat vazifasini suiiste’mol qilgan xodimlar aniqlanib, intizomiy va
ma’muriy choralar ko‘rilmoqda.
Shuningdek, Qonunchilik palatasi tomonidan 2022-yil 2-martda qabul qilingan
Senat tomonidan 2022-yil 28-mayda ma’qullangan “
Davlat fuqarolik xizmati to‘g‘risida”
gi
qonun loyihasi ishlab chiqildi va
2022-yil 10-noyabrdan kuchga kirdi.
Ushbu qonun davlat
xizmatchilarining maqomini, ularning huquq va majburiyatlarini, xizmat faoliyatining asosiy
prinsiplari va javobgarlik mezonlarini belgilab berdi.
Mazkur islohotlar natijasida davlat xizmatchilari orasida korrupsion holatlar
kamaymoqda, ishga qabul qilish jarayonida ochiqlik va adolat tamoyillari kuchaymoqda. Shu
bilan birga, fuqarolar orasida davlat xizmatlari faoliyatiga bo‘lgan ishonch ortib bormoqda.
Ochiqlik va shaffoflik tizimlarini joriy etish
O‘zbekiston Respublikasi davlat idoralarida ochiqlik va shaffoflikni ta’minlashga alohida
e’tibor qaratmoqda. Elektron hukumat tizimi, “
E-qaror”, “E-xarid” va “Open Budget
” kabi
platformalar orqali davlat xarajatlari va qarorlarini fuqarolar nazorati ostida yuritishga harakat
qilinmoqda.
2022 yildan boshlab “Ochiq ma’lumotlar portali
” faoliyati kengaytirilib, davlat
idoralarining statistikasi, budjet sarflari va boshqa ko‘rsatkichlari ommaga taqdim etilmoqda. Bu
korrupsiyaning yashirin shakllariga qarshi samarali vosita bo‘lib xizmat qilmoqda.
Ta’lim va fuqarolarning huquqiy ongi
Yoshlar orasida korrupsiyaga nisbatan murosasiz munosabatni shakllantirish maqsadida
ta’lim tizimida turli mavzularda darslar, seminar-treninglar tashkil etilmoqda. O‘zbekiston
Respublikasi Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi tomonidan “Korrupsiyaga qarshi
madaniyat” loyihasi doirasida ko‘plab targ‘ibot ishlari olib borilmoqda. Maktab, kollej, oliy
ta’lim muassasalarida maxsus kurslar joriy qilinmoqda.
Fuqarolik jamiyati va OAV ishtiroki
Korrupsiyaga qarshi kurashda jamoatchilik ishtiroki ham kuchaytirilmoqda. Nodavlat
notijorat tashkilotlari (NNT), ommaviy axborot vositalari (OAV) korrupsiya holatlarini yoritish,
fosh etish va profilaktik ishlarni olib borishda faol ishtirok etmoqda. Xususan, “Davlat xizmatlari
agentligi” va “Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi”ning ijtimoiy tarmoqlardagi faolligi aholi
orasida huquqiy madaniyatni yuksaltirishga xizmat qilmoqda.
722
ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 Issue 5
Korrupsiyaga qarshi kurashda erishilgan yutuqlar
So‘nggi yillarda amalga oshirilgan islohotlar ijobiy natijalar bermoqda. Masalan:
•
2021–2023 yillarda Agentlik tomonidan 8000 dan ortiq korrupsion holat aniqlangan.
•
2023 yilda Transparency International tashkiloti reytingiga ko‘ra, O‘zbekiston korrupsiya
idroki indeksida 7 pog‘onaga yuqorilagan.
•
2022 yilda 2000 dan ortiq davlat xodimi noqonuniy harakatlar uchun javobgarlikka
tortilgan.
•
2020 yildan buyon 50 dan ortiq normativ-huquqiy hujjat korrupsiyani oldini olishga
qaratilgan tarzda qabul qilindi.
•
Davlat xaridlarining 80 foizi elektron tizim orqali amalga oshirilmoqda, bu esa inson
omilini kamaytirgan.
Hali mavjud muammolar
Shu bilan birga, tizimda hal qilinishi lozim bo‘lgan qator muammolar ham mavjud:
•
Byurokratiya va mahalliy darajadagi korrupsiya
— ayrim mahalliy hokimiyat
organlarida shaffoflik yetarli darajada emas.
•
Qonunchilikdagi ziddiyatlar
— ayrim holatlarda korrupsiya bilan bog‘liq jinoyatlar
bo‘yicha jazo choralarining yumshoqligi.
•
Sud tizimidagi kamchiliklar
— ayrim korrupsiya ishlarida adolatli sud qarorlariga
erishish muammosi mavjud.
•
Jamoatchilik nazoratining sustligi
— fuqarolar hali ham ko‘plab holatlarda
korrupsiyaga nisbatan befarq.
Xulosa va takliflar
O‘zbekiston Respublikasi korrupsiyaga qarshi kurashishda so‘nggi yillarda muhim
yutuqlarga erishdi. Mamlakatda korrupsiyaning ildiz otishiga yo‘l qo‘ymaslik uchun quyidagi
takliflar dolzarb hisoblanadi:
Takliflar:
1.Korrupsiyaga qarshi ta’lim tizimini kuchaytirish
– maktabdan boshlab korrupsiyaga
qarshi madaniyatni shakllantirish.
Korrupsiyaga qarshi kurashda fuqarolarning huquqiy
savodxonligi muhim omildir. Agar aholining ko‘pchiligi korrupsiyaning salbiy oqibatlarini, u
bilan bog‘liq qonunchilikni yaxshi bilmasa, korrupsion harakatlarga duch kelganida ularni fosh
eta olmaydi yoki bu holatni odatiy deb hisoblaydi.
Asosiy maqsad:
•
Maktab, kollej, oliy ta’lim muassasalarida korrupsiyaga qarshi maxsus fanlar joriy qilish.
•
Yoshlar orasida huquqiy madaniyatni oshirish uchun amaliy seminarlar, treninglar,
viktorinalar o‘tkazish.
•
OAV orqali keng ko‘lamli tushuntirish ishlarini yo‘lga qo‘yish.
2. Mustaqil monitoring tizimlarini joriy etish
– OAV va NNT orqali davlat organlari
faoliyatini nazorat qilish. Korrupsiyaga qarshi kurashni faqat davlat organlari nazoratida olib
borish yetarli emas. Bu jarayonga jamoatchilik, fuqarolik jamiyati institutlari va OAV faol jalb
etilishi lozim.
Asosiy maqsad:
•
Nodavlat notijorat tashkilotlari (NNT) va jamoatchilik vakillari ishtirokida “kuzatuv
kengashlari”ni shakllantirish.
•
Korrupsiyaga oid holatlarni mustaqil tarzda kuzatib boradigan ochiq platformalar
yaratish.
723
ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 Issue 5
•
Hisobot beruvchi va monitoring yurituvchi nodavlat institutlarga qonuniy asosda
moliyaviy va tashkiliy yordam ko‘rsatish.
3.Raqamlashtirish jarayonlarini jadallashtirish
– inson omilini kamaytiruvchi
texnologiyalarni keng joriy qilish. Davlat xizmatlarini ko‘rsatish, budjet xarajatlarini
rejalashtirish, davlat xaridlari kabi sohalarda inson omilining mavjudligi — korrupsiyaga yo‘l
ochuvchi asosiy omillardan biridir. Raqamli texnologiyalar esa inson aralashuvini kamaytiradi va
shaffoflikni oshiradi.
Asosiy maqsad:
•
“Elektron hukumat”, “E-xarid”, “E-qaror”, “my.gov.uz” kabi tizimlarni to‘liq joriy qilish.
•
Barcha davlat idoralarida raqamli hisobot tizimlarini yo‘lga qo‘yish.
•
Fuqarolarga davlat xizmatlarini onlayn ko‘rsatishni kengaytirish.
Sababi elektron hukumat tizimi insonlarning manfaatlaridan holi bo'lganligi va har bir
narsa avtomatlashganligi sababli insonlarda yuzaga kelayotgan manfaatlar to'qnashuvini oldini
olishda katta yordam bera oladi. Shu manfaatlar to'qnashuvining o'zi ko'plab korrupsiyalarga
sabab bo'lmoqda
4.Qonunchilikdagi bo‘shliqlarni bartaraf etish
– ayniqsa javobgarlik mexanizmlarini
qat’iylashtirish. Ayrim qonunchilik hujjatlarida korrupsion harakatlar uchun belgilangan jazo
choralarining yetarli darajada og‘ir emasligi yoki aniq izohlanmaganligi, amaliyotda uni to‘g‘ri
qo‘llashda qiyinchiliklar tug‘diradi.
Asosiy maqsad:
•
Korrupsiyaga oid jinoyatlar uchun jazoni og‘irlashtirish (ayniqsa, yuqori lavozimdagi
shaxslarga nisbatan).
•
Poraxo‘rlik, mansab vakolatini suiiste’mol qilish kabi holatlar uchun aniqlik kiritilgan
tushunchalarni ishlab chiqish.
•
Qonunchilikdagi bo‘shliqlarni tahlil qiluvchi maxsus parlament komissiyasini
shakllantirish.
Masalan ayrim dunyoning rivojlangan davlatlarida qonunchilik tizimida korrupsiya
holatlariga qarshi jazo tizimi qattiq bo'lganligi sababli korrupsiya holatlari juda ham kam. Misol
qilib quyidagi davlatlarni olishimiz mumkin:
1. Singapurda
korrupsiyaga qarshi kurashish uchun Prevention of Corruption Act (PCA)
qabul qilingan. Bu qonun korrupsiyaga oid barcha holatlarni, jumladan, pora olish va berishni
jinoyat sifatida belgilaydi. Jazo tizimi ham juda og'ir sanaladi.
PCA bo‘yicha pora olish yoki berish uchun maksimal jazolar quyidagicha:
•
Jismoniy shaxslar uchun: 7 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish va/yoki 100,000 S$gacha
jarima.
•
Yuridik shaxslar uchun: 1 million S$gacha jarima.
Singapurda korrupsiyaga oid jinoyatlar uchun jazolar qat’iy qo‘llaniladi, bu esa davlatda
korrupsiyaning past darajada bo‘lishiga olib keladi.
2
.
Birlashgan Qirollik (Buyuk Britaniya)
da korrupsiyaga qarshi kurashish uchun
Bribery Act 2010 qabul qilingan. Bu qonun pora olish, berish va korporativ poraxo‘rlikni jinoyat
sifatida belgilaydi.
Bribery Act 2010 bo‘yicha pora olish yoki berish uchun jazolar quyidagicha:
o
Jismoniy shaxslar uchun: 10 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish va/yoki cheksiz jarima.
o
Yuridik shaxslar uchun: 1 million funt sterlinggacha jarima.
724
ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 Issue 5
Buyuk Britaniyada korrupsiyaga oid jinoyatlar uchun jazolar qat’iy qo‘llaniladi, bu esa
davlatda korrupsiyaning past darajada bo‘lishiga olib keladi.
5.Fuqarolarni rag‘batlantirish tizimi
– korrupsiya haqida xabar bergan fuqarolarga
ijtimoiy himoya va rag‘batlar berish. Korrupsiyaga oid huquqbuzarliklarni fosh etishda
fuqarolarning bevosita ishtiroki katta ahamiyatga ega. Ammo ko‘p hollarda odamlar qo‘rqadi
yoki o‘zini bu holatdan chetda tutadi. Agar ularni ijtimoiy va iqtisodiy jihatdan qo‘llab-
quvvatlash tizimi yaratilsa, faol fuqarolik pozitsiyasi kuchayadi.
Asosiy maqsad:
•
Korrupsiya holati haqida ma’lumot bergan fuqarolarga qonuniy himoya kafolatlarini
belgilash.
•
Ijtimoiy tarmoqlar orqali xabar qilgan shaxslarni anonimlik bilan himoya qilish tizimini
joriy etish.
•
Huquqni muhofaza qiluvchi organlarga foydali axborot bergan shaxslarga moddiy rag‘bat
(mukofot) berish mexanizmini yo‘lga qo‘yish.
O‘zbekistonda korrupsiyaga qarshi kurash davlat siyosatining ustuvor yo‘nalishlaridan
biri bo‘lib, bu borada muhim huquqiy, tashkiliy va amaliy chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda.
“Korrupsiyaga qarshi kurashish to‘g‘risida”gi Qonun, Prezident farmonlari, Korrupsiyaga
qarshi kurashish agentligi faoliyati, raqamlashtirish jarayonlari, ochiqlik va shaffoflikni
ta’minlashdagi tashabbuslar bu yo‘ldagi ijobiy qadamlardir. Biroq, hali-hanuz sud tizimi, davlat
xizmatiga yollash va fuqarolar ishtirokida kamchiliklar saqlanib qolmoqda. Singapur, Buyuk
Britaniya, Daniya va Finlandiya tajribalari O‘zbekiston uchun o‘rnak bo‘lib xizmat qilishi
mumkin. Maqolada korrupsiyaga qarshi kurashda huquqiy ta’limni kuchaytirish, jamoatchilik
nazoratini faollashtirish, qonunchilikni takomillashtirish kabi aniq takliflar ilgari surilgan.
Korrupsiyani bartaraf etish faqat davlat emas, balki butun jamiyatning uzluksiz va faol
ishtirokini talab etadi.
REFERENCES
1.
O‘zbekiston Respublikasi “Korrupsiyaga qarshi kurashish to‘g‘risida”gi Qonuni, 2016 yil
2.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining PF-6013-sonli Farmoni, 2020 yil
3.
https://ombudsman.uz
4.
https://ilmiybaza.uz
5.
https://xs.uz
6.
https://kun.uz
7.
Transparency International — Corruption Perceptions Index 2023
8.
O‘zbekiston Respublikasi Korrupsiyaga qarshi kurashish milliy strategiyasi, 2021–2025
yillar
9.
Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi hisobotlari, 2021–2023
10.
BMT Korrupsiyaga qarshi Konvensiyasi (2003)
