Authors

  • Dilshod Boyto‘rayev

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.science-research.89361

Keywords:

Xavfsizlik kengashi harbiy xavfsizlik qurultoy kengash navkar qo‘shin sohibqiron.

Abstract

Amir Temur saltanatida xavfsizlik xizmati qay tarzda tashkil qilishdagi tahlil qilinadi. Maqolada hazrat Sohibqironning biz bilmagan va eshitmagan qirralarini ko‘ramiz. Uning buyukligi namoyon bo‘lmagan jihatlari, yoritilmagan yoki qalam urilmagan xislatlari haqida ma’lumotlar ko‘rib chiqiladi.

background image

728

ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 Issue 5

AMIR TEMUR SALTANATIDA XAVFSIZLIK XIZMATI VA HARBIY SOHA

Boyto‘rayev Dilshod Erkin o‘g‘li

Guliston davlat pedagogika instituti magistranti.

boyturayev09@gmail.com

https://doi.org/10.5281/zenodo.15448667

Annotatsiya. Amir Temur saltanatida xavfsizlik xizmati qay tarzda tashkil qilishdagi

tahlil qilinadi. Maqolada hazrat Sohibqironning biz bilmagan va eshitmagan qirralarini
ko‘ramiz. Uning buyukligi namoyon bo‘lmagan jihatlari, yoritilmagan yoki qalam urilmagan
xislatlari haqida ma’lumotlar ko‘rib chiqiladi.

Kalit so‘zlar: Xavfsizlik kengashi, harbiy xavfsizlik, qurultoy, kengash, navkar, qo‘shin,

sohibqiron.

“G‘anim lashkarini yengish qo‘shinning ko‘pligidan, mag‘lub bo‘lish esa sipohning

kamligidan bo‘lmaydi. Balki g‘olib bo‘lmoqlik Tangrining madadi va bandasining tadbiri

bilandir”

Amir Temur

KIRISH

Amir Temur davlat boshqaruvida qurultoy, kengash kabi ijtimoiy-siyosiy institutlarga

tayanib, ularning faoliyatiga katta e’tibor qaratgan. Xususan, mamlakat xavfsizlik tizimining oliy
organi hisoblangan Xavfsizlik kengashi davlatni boshqarish, ichki, tashqi va harbiy xavfsizlik
siyosatini shakllantirish bilan shug‘ullangan. Bu tuzilma zimmasiga davlat suverenitetini saqlash,
ijtimoiy-siyosiy barqarorlikni ta’minlash, davlat chegaralarini himoya qilish kabi vazifalar ham
yuklatilgan. Bundan tashqari, kengash mamlakatda ro‘y beradigan favqulodda vaziyatlarni
bartaraf etish, ularning sabablarini o‘rganish kabi muhim ishlarni ham bajargan. Sohibqiron
vafotidan keyin olti asrdan ortiq vaqt o‘tgan bo‘lsa ham uning hayoti va faoliyati haqida Sharq
va G‘arb olimlari yuzlab asarlar yaratishdi. U haqida hamon yozishmoqda, talay tadqiqotlar va
yangiliklar yaratilmoqda. Ulardan biz Amir Temur siymosining yangi va yangi qirralarini
ko‘rmoqdamiz.

Amir Temur xavsizlikni ta’minlash maqsadida mamlakat atrofida rо‘y berayotgan

voqealardan ogoh bо‘lgan, hamda xavfni о‘z vaqtida bartaraf etish masalasiga jiddiy e’tibor
bergan va bunga erishgan. Qо‘shni davlatlar tо‘g‘risidagi kerakli ma’lumotlarni Amir Temur
1000 kishilik yengil bо‘linmalar vositasida tо‘plagan. Bu bо‘linmalar suvsiz chо‘llarda tuya
minib, boshqa joylarda esa otliq va piyoda holda harakat qilganlar. Ular tomonidan keltirilgan
ma’lumotlarga qarab Amir Temur tegishli chora tadbirlarni kо‘rgan. Shu bois ham savdo-
sotiqqa, ayniqsa, xorijiy mamlakatlar bilan olib boriladigan savdo-sotiqqa, uning rivojiga alohida
e’tibor qaratgan. “Tuzuklar”da bu haqida mana bularni о‘qiymiz:

“Har bir mamlakatga va

diyorga savdogarlar va karvonboshilar tayinladimki, ular qayerga borishmasin, Xitoy, Xо‘tan,
Chinumochin, Hindiston, arab mamlakatlari, Misr, Shom, Rum, Jazoir, Farangiston, u
yerlarning nafis matolari va munosib tuhfalaridan keltirishsin. О‘sha mamlakatlarda yashovchi
kishilarning hol-ahvoli, turish-turmushlari haqida menga xabar olib kelsinlar. Har bir mamlakat
hukmdorining о‘z raiyatiga qanday muomilayu munosabatda ekanligini aniqlasinlar”

1

. Buyuk

ajdodimiz bundan olti asr avvalroq biror bir davlat qо‘shnilari bilan savdo aloqalari qilmasdan
yoki hamkorliksiz, о‘z qobig‘ida rivojlana olmasligini yaxshi tushungan.

1

A.Temur. “Temur tuzuklari”. 1992. 54-bet.


background image

729

ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 Issue 5

TADQIQOTLAR METODOLOGIYASI VA TARXIY TALQINI

Ushbu maqola uchun tadqiqotlar, ilmiy amaliy konferensiya ma’lumotlari va bir qator

tarixiy kitoblar va ilmiy asoslangan manbaalardan foydalanildi. Tadqiqot davomida tahlil,
taqqoslama tahlil,

abstraksiylash, tarixiy hujjatlarni o‘rganish va analiz-sintez metodlari

qo‘llanildi. Hamdam Sodiqovning “Amir temur saltanatida xavfsizlik xizmati”, Pirimqul
Qodirovning “Amir Temur siymosi” nomli badiasi, Ibn Arabshohning Sohibqiron haqida bildirib
o‘tgan fikrlari va boshqa muhim maqolalar va asarlar tahlil qilindi.

Amir Temur xavfsizlik xizmatini yuqor saviyada tashkil etgan. Bu sohada taniqli

yozuvchi Pirimqul Qodirovning “Amir Temur siymosi” deb nomlangan ilmiy badiasinini alohida
ko‘rsatib o‘tish lozim. Bu kitobda hali hech kim qo‘l urmagan va e’tibor bermagan masalalar
ilmiy teranlik va badiiy mahorat ila yechilgan. Pirimqul Qodirov tadqiqotchiga xos ziyraklik
bilan bir fikrni o‘rtaga tashlagan, unga qo‘shilmasdan ilojimz yo‘q. “Amir Temur mavzusi
ummonday cheksiz

2

”. Biz ana shu ummondan kichik bir jilg‘ani tanlab oldik. U ham bo‘lsa,

sohibqiron yaratgan maxfiy xizmat – razvedka va kontrrazvedka masalasidir. Sohibqiron hayoti
va faoliyatidagi sirli voqealar ana shu maxfiy xizmat bilan bog‘liqdir. Biz uning razvedkasi va
kontrrazvedkasi tuzilishi, strategiyasi va taktikasi haqida aniq ma’lumotlarga ega emasmiz.
Ammo Amir Temur haqida yozilgan kitoblarda bu haqda uzuq-yuluq fikrlar berilgan.

Amir Temur davlat boshqaruvida qurultoy, kengash kabi ijtimoiy-siyosiy institutlarga

tayanib, ularning faoliyatiga katta e’tibor qaratgan. Xususan, mamlakat xavfsizlik tizimining oliy
organi hisoblangan Xavfsizlik kengashi davlatni boshqarish, ichki, tashqi va harbiy xavfsizlik
siyosatini shakllantirish bilan shug‘ullangan. Bu tuzilma zimmasiga davlat suverenitetini saqlash,
ijtimoiy-siyosiy barqarorlikni ta’minlash, davlat chegaralarini himoya qilish kabi vazifalar ham
yuklatilgan. Bundan tashqari, kengash mamlakatda ro‘y beradigan favqulodda vaziyatlarni
bartaraf etish, ularning sabablarini o‘rganish kabi muhim ishlarni ham bajargan. Sohibqiron
vafotidan keyin olti asrdan ortiq vaqt o‘tgan bo‘lsa ham uning hayoti va faoliyati haqida Sharq
va G‘arb olimlari yuzlab asarlar yaratishdi. U haqida hamon yozishmoqda, talay tadqiqotlar va
yangiliklar yaratilmoqda. Ulardan biz Amir Temur siymosining yangi va yangi qirralarini
ko‘rmoqdamiz.

Amir Temur maxfiy xizmati haqida eng xolis ma’lumotlarni Sohibqironning zamondoshi

Ibn Arabshoh beradi. Uning kinoya va g‘arazga to‘liq satrlarida Amir Temur maxfiy xizmati
shaxsiy tarkibi xususida bebaho ma‘lumotlar mavjud.

–U, –deb yozadi Ibn Arabshoh, – yerlarining barcha tomonlariga o‘z ayg‘oqchilarini

tarqatib, qolgan mulklariga esa josuslar qo‘ygan edi.

Josuslarning bunisi Qohirada, Muiziyada bo‘lsa, unisi Damashqda, Shamiysoniyadagi

so‘fiylardan biri edi. Ulardan biri chakanfurush bo‘lsa, ikkinchisi yirik savdogar, badxulq polvon
va buzuqi dorboz, jafokor va hunarmand, munajjim va o‘z tabiaticha ish qiladigan, gapchinoz
qalandarlaru sayoq darveshlar, dengizchi mallohlaru quruqlikdagi sayyohlar, zarofatli
meshkoblar, latofatli etikdo‘zlar, alvasti va xiylakor Dalla misoli firibgar kampirlar tajribasi
bo‘lib, talabida mag‘ribu mashriqni kezgan, payiga tushgan maqsad yo‘lida makru xiylada Soson
va Abu Zeyddan ham o‘tib ketgan, o‘z hikmati bahsida Ibn Sinoni ham mulzam qilgan, ikki
muxolifni bir-biriga biriktirib, ikki dushmanni bir-biriga qo‘shgan uddaburon kishilar edi.

3

2

Pirimqul Qodirov. “Amir Temur siymosi” , Toshkent “O‘zbekiston” 2007. 6-bet.

3

Ibn Arabshoh. Amir Temur tarixi. “Fan” nashriyoti, 2018. 70-bet.


background image

730

ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 Issue 5

“Amir Temur jamiyatni toza, xalqni yuksak axloq doirasida tutishga intildi, bu xususda

ham maxsus qonun va qoidalarni joriy qildi

4

”, deb yozadi akademik Bo‘riboy Ahmedov.

Darhaqiqat,

Amir

Temurga

zamondosh

tarixchilarning

guvohlik

berishicha,

sohibqironning insonparvar g‘oyalari saltanatning barcha viloyatlarida targ‘ib qilingan va
qayerda adolat buzilsa, xunrezliklarga yo‘l qo‘yilsa, buzg‘unchilar qonun posbonlari tomonidan
jazoga tortilgan. Shuningdek, Temur davlatida ma’rifatga e’tibor kuchli bo‘lgani mamlakat
boshqaruviga ijobiy ta’sir o‘tkazgan. Aynan shu jihat Temur saltanatida ijtimoiy hayotni
yaxshilashga yordam bergan. Xususan, Sharafiddin Ali Yazdiyning “Zafarnoma”, Fasih
Xavofiyning “Mujmali Fasihiy”, Xondamirning “Xulosat ul-axbor” asarlarida keltirilgan
qimmatli ma’lumotlarga ko‘ra, o‘sha davr shifoxonalarida tibbiy bilim beruvchi madrasalarda
bilim olgan yuzlab iste’dodli tabiblar ishlagan. Bu yetuk shifokorlar bemorni davolash bilan bir
vaqtda madrasalarda ta’lim ham berish ishlarini amalga oshirgan.

NATIJALAR

Amir Temur harbiy ishlarda, davlatni boshqarishda, hayotning boshqa barcha jabhalarida

shaxsiy namuna kо‘rsatishga harakat qilgan va uning buyukligi ham shundan bо‘lsa ajab emas.

Tarixiy manbalardan ma’lumki, sohibqiron о‘z zamonasining tengsiz nayzabozi,

qilichbozi, yoyandozi, chavandozi, kurashchisi, mergani va shaxmatchisi bо‘lgan. Negaki, buyuk
jahongir bolaligidan boshlab jismoniy tarbiya va jangovarlik san’atini chuqur egallash uchun
astoydil mashq qiladi. Shu boisdan uning yо‘li, ayniqsa, askarlarni jismonan baquvvatlik,
chiniqqanlik, kuchlilik, tezkorlik va chaqqonlik kabi jismoniy fazilatlarni jangovar san’at bilan
uyg‘unlashtirishga qaratilgan g‘oya va qoidalari hozirgi avlod uchun ham ibratlidir. Amir Temur
har tomonlama yetuk kishilarni о‘z atrofiga jalb qilishda ulardagi aqliy va jismoniy kamolatni
yuqori baholaganligi “Amir Temur о‘gitlari” kitobidagi quyidagi misralarda о‘z ifodasini
topgan: “Cherik tuzib, navkar olishda uch qoidaga amal qildim: birinchidan yigitning kuch-
quvvatiga, ikkinchidan qilichni о‘ynata olishiga, uchinchidan aql-zakovatiyu, kamolatiga e’tibor
qildim

5

” — degan edi Jahongir.

Darhaqiqat, Amir Temurning о‘zi va undan keyingi avlodlari, ya’ni о‘g‘illari, nevaralari

jahongir Ulug‘bek, Bobur, Husayn Boyqaro, Humoyun, Akbar shohlar ham qilichbozlik, ot
ustida mashq qilish, suvda suzish, nayzabozlik, hattoki shaxmat о‘ynashda ham nihoyat darajada
yuqori qobiliyat sohiblari bо‘lishgan. Amir Temur askarlarini jismoniy kamolatga yetkazishda
jismoniy mashqlarning quyidagi turlaridan keng foydalangan: ot mashqlari, milliy kurash,
nayzabozlik, qilichbozlik, kamondan о‘q otish, shaxmat о‘yini, og‘irlik (polvon tosh) kо‘tarish
va boshqalar. Bundan tashqarn, u о‘z askarlariga daryo, kо‘l, botqoqlar, tezkor daryolardan
kechib, suzib о‘tish sirlarnni, tog‘ qoyalari, jarliklar va muzliklardan о‘tishda arqondan
foydalanish sirlarini ham о‘rgatgan.

Sohibqironning askarlari о‘rtasida qо‘llagan bunday nafis jismoniy mashqlari hozirgi

zamon desantlari tajribasida ham uchraydi. Ayniqsa, ot sportining kо‘pkari, qо‘riq tashlash,
otdan ag‘darish, qilichbozlik va ot о‘yinlar bilan birga kurash tushish, ya’ni kо‘rib tep, jang
kurashi, qо‘l, oyoq va bosh bilan zarba berish, xanjar, pichoq ishlatish mashqlari keng tarqalgan
bо‘lib, har bir navkar uni puxta egallagan bо‘lishi shart qilib qо‘yilgan. Sohibqiron yosh
yigitlarni tarbiyalashga alohida e’tibor berar edi. Samarqanddagi “Temur g‘ori” deb atalmish
tog‘larda yigitlar harbiy-jismoniy mashqlar bajarishgan.

4

Ahmedov B. AmirTemur. Toshkent: A.Qodiriy nomidagi xalq merosi nashriyoti.1995. 191-bet.

5

A.Temur. “Temur tuzuklari”. 1992. 65-bet.


background image

731

ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 Issue 5

Navkarlar tog‘da arqonda yurish, baland qoyalarga tirmashib chiqish, toshlar bilan jang

qilish, qilichbozlik, о‘z soyalari bilan mushtlashish kabi mashqlarni bajarib, jangga tayyorgarlik
kо‘rishgan.

Amir Temur tartib-intizomga alohida e’tiborini qaratgan. Bu haqda “Temur tuzuklari”

asarida “Uch yuz о‘n uch asl zotli, shijoatli va aql-farosatli er yigitlarni atrofimga yig‘ib
birlashtirdim. Birlik ittifoqlari shunday ediki, barilari gо‘yo bir tandek edilar”. Amir Temur
Termiz atrofida Jete qо‘shini bilan bо‘lgan jangda son jihatidan raqibidan bir necha marta kam
bо‘lgan qо‘shin bilan g‘olib chiqadi. Uning qо‘shini Jayhun daryosi yaqinidagi jang paytida
talofatsiz daryodan uyoqdan-buyoqqa kechib о‘tishda dushmanni hayratda qoldiradi. Ularning
otda bexato jang qilishi, jismoniy yetukligi, jang maydonida nihoyat darajada ustakorliklari va
botirliklari tufayli g‘alaba qozonadilar. Amir Temur yoshlarni jismoniy yetuk qilib tarbiyalash,
jangovarlik san’atini mukammal о‘rgatish bilan birga, ularga aqliy, axloqiy tarbiya berish,
jangchilar о‘rtasida temir intizom о‘rnatishni qat’iy talab qilgan.

MUHOKAMA

Sohibqiron turk-mо‘g‘ul xalqlari, xususan Chingizxon lashkari tuzilishini, ularning jang

olib borishi amallarini atroflicha о‘rganib, tahlil qiladi va zarur о‘zgartirishlar kiritadi. Amir
Temur barpo etgan armiyaning tuzilishi Chingizxon tuzgan qо‘shin tizimi va tuzilishiga ma’lum
darajada yaqin bо‘lsa-da, biroq quyidagi muhim jihatlari bilan farqlanar edi:

1.Chingiziylar qо‘shinni yalpi majburiyat asosida harbiy xizmatga chiqariladigan xalq

lashkaridan iborat bо‘lgan holda, Amir Temur armiyasi umumxalq xarakteriga ega emas edi.

2. Chingizxon davrida qо‘shin asosini kо‘chmanchi omma tashkil qilgan edi. Amir

Temur qо‘shiniga oliy bosh qо‘mondon kо‘rsatgan aniq talabga binoan chorvadorlar qatori
kosibchilik, hunarmandchilik, dehqonchilik bilan mashg‘ul о‘troq aholidan ham sezilarli
miqdorda askar olingan.

3. Amir Temur qo‘shinida harbiy kuchlarning asosini tashkil qiluvchi otliq askarlar bilan

bir qatorda piyodalardan tuzilgan qismlar ham anchagina bо‘lgan. Ma’lumki, Chingizxon
qо‘shini, zabt etilgan mamlakatlar aholisidan majburiy tartibda tuzilgan hasharni hisobga
olmaganda, piyoda askarlarga ega bо‘lmagan.

4. Amir Temur Sharqda birinchilardan bо‘lib о‘z armiyasiga о‘t sochar qurol, ya’ni tо‘p-

radni olib kirdi.

5. Sohibqirni tog‘li hududlarda jang harakatlari olib boruvchi piyodalardan tuzilgan

maxsus harbiy qismlarni tashkil qildi.

6. Amir Temur jahon harbiy san’ati tarixida birinchi bо‘lib qо‘shinni jang maydonida

yetti qо‘lga bо‘lib joylashtirish tartibini joriy etdi.

7. Amir Temur armiyasida ayollardan tuzilgan bо‘linmalar bо‘lib, ular jang chog‘i

erkaklar bilan bir safda turgan, qahramonlik va matonat na’munalari ko‘rsatgan. Tarixiy
manbalarda keltirilgan ma’lumotlarga qaraganda otliq askarlar Amir Temur armiyasining
zarbdor qismi hisoblangan, og‘ir va yengil qurollar bilan qurollangan suvoriy guruhlarga
bо‘lingan. Yoy, sadoq va qilich bilan yengil qurollangan otliqlar, asosan razvedka va soqchilik
bilan shug‘ullangan, о‘ta zarur chog‘dagina dushman kuchlari bilan jang qilish huquqiga ega
bо‘lgan. Dubulg‘a, zirh (sovut), qilich, yoy, sadoh, qalqon va nayza bilan ta’minlangan og‘ir
qurolli suvoriylar sara jangchilardan tuzilgan, g‘animning asosiy zarbasiga qarshi turgan, jang
natijasini hal etishida katta rol о‘ynagan.

Yurishga jо‘nashdan oldin Amir Temur arkoni davlat, vazirlar, sarkardalar, beklar,

amirlarni harbiy kengash-mashvaratga chorlagan.


background image

732

ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 Issue 5

Ayni chog‘da ulusning turli viloyat va tumanlaridan, shuningdek tobe yurtlardan qо‘shin

tо‘plash uchun maxsus buyruq - tunqal e’lon qilingan. Farmon kerakli joylarga yuqori mansab
egasi, bosh qо‘mondonning adyutanti-tavoch

2

tomonidan tezlik bilan yetkazilgan. Tavochining

zimmasiga askar jamlashdan tashqari qо‘shin qismlarining qarorgoh yoki safardagi о‘rni,
jangovar tartib-yasoli hamda bir joydan ikkinchi joyga kо‘chishini nazorat qilish ham yuklatilgan
edi. Sharafuddin Ali Yazdiyning yozishiga ko‘ra, Amir Temur Dashti qipchoqqa qilingan yurish
(1390-1391) oldidan qо‘shinni bir yilga yetadigan oziq-ovqat, qurol-yarog‘, kiyim-kechak va
boshqa safar uchun zarur ashyolar bilan ta’minlashni о‘z noiblariga buyurgan.

Har bir suvoriyga bitta yoy, 30 ta о‘q, bir sadoq, bir qalqon va bitta qо‘shimcha ot

ajratilgan. Yurish vaqtida har о‘n jangchiga qо‘shimcha ot ajratilgan. Yurish vaqtida har о‘n
jangchi bir chodir, ikki belkurak, bir kerki, bir о‘roq, bir arra, bir tesha, bir bolta, 100 dona nina
olgan. "Temur tuzuklari”da ta’kidlanishicha, safar chog‘ida oddiy askarlarning har о‘n
sakkiztasiga bitga chodir berilgan. Har bir jangchi ikkita ot, yoy, sovut, qilich, juvoldiz, qop,
о‘nta nina, arra va teri xaltaga (chanach) ega bо‘lgan. Sara jangchilarning har beshtasi bir
chodirga joylashgan. Ularning har bittasi dubulg‘a, sovut, qilich, о‘q-yoy, sadoq va buyruqda
kо‘rsatilgan miqdorda ot bilan ta’minlangan.

XULOSA

Xulosa o‘rnida shularni aytish mumkinki, Amir Temur buyuk lashkarboshi, davlat arbobi

edi. U yuksak harbiy daholik va qat’iyatlik bilan о‘z jamiyatiga sidqidildan xizmat qildi. Shu
boisdan tarixchilar Amir Temurni Iskandar Zulqarnayn, Yuliy Sezar kabi daholarga qiyos qilib,
ular bilan bir safga qо‘yadilar. U yaratgan harbiy san’ati merosi jahon harbiy san’ati merosidan
munosib о‘rin oldi va bugungi kunda yangi mazmun bilan boyib bormoqda. Buyuk
bobokalonimiz Amir Temurning hayotiy, harbiy va jismoniy tarbiya sohasidagi tajribalarini
chuqur о‘rganish va hayotga tatbiq etish bugungi kunning muhim masalasi bо‘lib qolmoqda.

Chunki uning hayot yо‘li, davlatni boshqarish va harbiy tajribasi kelajak avlod uchun

ham saboq bо‘ladi.

Ko‘pchilik tarixiy manbaalarda Amir Temur nomi ayniqsa, Yevropa tomonlarda

“Temurlang” deb bayon etilgan va adolatli shoh sifatida etirof etilib, qilgan ishlaridan minglab
misollar keltiriladi. Haqiqatdan ham Amir Temur imperiyasida qonun har qanday vaziyatda
ustun qo‘yilgan va inson manfaatlariga xizmat qilgan. Shuni takidlab o‘tish lozimki, qadim-
qadim zamonlardan beri turkiy xalqlarning ham oila, mol-mulk, meros, davlat bilan fuqaro
o‘rtasidagi munosabatlarni muvofiqlashtirib turuvchi, jinoyat va jazo masalalariga tegishli
qonun-qoidalari bo‘lgan. Bu qonunlar yillar mobaynida xalqning milliy mentaliteti, urf-odatlari,
axloqiy qarashlari bilan uzviylikda rivojlanib, mukammallashib borgan.

Sohibqiron haqidagi

turli salbiy fikrlar ham yangraydi, ammo barchasi manbaalarga kelib taqalganda buyuk
bobokalonimizning kuch qudrati, saxiyligi, mard va tantiligi yaqqol ko‘rinadi. Shu o‘rinda
sohibqironning bu qadar yanglish va yolgʻon tanitilishiga asosiy sabab ikki arab tarixchisi Ibn
Arabshoh va Ibn Tagʻriberdining xolis boʻlmagan fikrlaridir, deb soʻz yuritar ekan, Ahmet
Shimshirgil ushbu tarixchilarning oʻz asarlaridagi iddaolarini tahlil qildi, rus olimlaridan
V.Bartoldning Amir Temur haqidagi bir yoqlama yondashuvlarini tanqid ostiga olib, kerakli
asoslar keltirdi. Ahmet Shimshirgil Amir Temur xaqida aytilgan 4 ta yolgʻonni sharhlab, xolis
tahlil qilib berdi.

Amir Temur xaqida uydirilgan yolgʻonlar quyidagilar boʻlib, birinchi yolgʻon Amir

Temurning Sivasda 70 ming insonni qatl qilgani, holbuki u davrda Sivas aholisi 15 ming atrofida
boʻlgan; ikkinchisi, Yildirim Boyazidni qafasga solib sharmanda qilgani haqidagi yolgʻon -


background image

733

ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 Issue 5

aslida Amir Temur Boyazidga podshohlarga xos hurmat koʻrsatgan; uchinchisi, turk hukmdori
ayollarining sharmanda qilingani haqidagi yolgʻon; toʻrtinchisi esa, Toʻxtamishxonning
yengilishi natijasida Rusiyaning kuchayishi haqidagi yolgʻon – Rus davlatining kuchayishi Amir
Temur tomonidan Oltin Oʻrdaning qulatishiga hech qanday bogʻliq emas, deb koʻrsatib berdi.

Yangi turdagi muntazam armiyaning tashkil etilishi, siyosiy uyushuv, hayotning barcha

jabhalari, ayniqsa, iqtisodiyotning g‘alaba qozonish yo‘lidagi strategik vazifaga bo‘ysundirilishi,
mustahkam intizom, har bir jangchi tomonidan harbiy harakatlar olib borish qoidalariga rioya
qilinishi, diplomatik vositalardan ustalik bilan foydalanish kabi omillar raqib ustidan zafaru
g‘alabani ta’minlagan. Amir Temur o‘zining butun hukmronligi davrida biron marta ham
mag‘lubiyatga uchramagan. Mashhur arab tarixchisi Ibn Arabshoh yozganidek, “Temur
qo‘rqmas, shijoatli, botir kishilarni itoat qildiruvchan bo‘lib, jasoratli (kishi)larni, dovyurak va
mardlarni yoqtirar edi

6

”. Binobarin, Sohibqironning asosiy maqsadi alohida bo‘lgan mulklarni

mustahkam va qudratli davlatga birlashtirishdan iborat bo‘lgan. Qisqacha aytganda, Amir
Temurning hokimiyat tepasiga kelishi bilan harbiy ish sohasida ulkan o‘zgarishlar yuz bergan,
ular Sharqu G‘arb harbiy-nazariy tafakkuri taraqqiyotida katta rol o‘ynagan. Zero bu shaxsning
davlat boshqaruvi va eng muhimi xavfsizlik sohasidagi islohotlari beqiyosdir.

Umuman olganda, jasorat va mardlik, adolat va oliyjanoblik bilan dunyoning yarmini

egallagan shunday buyuk sarkardamiz borligi bilan har qancha faxrlansak arziydi. Xulosa qilib
aytganda, biz boy madaniy merosga ega bo‘lgan qadimiy xalqmiz. O‘z Vatani tarixini bilish har
bir o‘sib-unib kelayotgan yosh avlod vakili uchun suv va havodek zarur. Tarixiy xotira insonni
ona yurt xizmatiga qat’iy bel bog‘lash, uning sarhadlarini har qanday yovuz kuchlardan,
animlardan himoyalash, kerak bo‘lsa jon fido qilishga chorlaydi. Ushbu asarda keltirilgan fikrlar,
mulohazalar, yosh avlod tarbiyasida, uning ma’naviy yetuk, o‘z Vatanini ko‘z qorachig‘iday
asraydigan, mard va jasur farzandlar sifatida tarbiyalashda muhim ahamiyatga ega ekanligini
unutmasligimiz zarur. Ildizi baquvvat, tarixiy xotirasi boqiy xalq hech qachon, hech kunga
qaram bo‘lmaydi.

REFERENCES

1.

Sharafuddin Ali Yazdiy. “Zafarnoma”, T.: “Kamalak”, 1994.

2.

“Temur tuzuklari”, 1992, 2-bet, 37-bet.

3.

“Amir Temrning milliy davlatchilik siyoasti: tarix va hozirgi zamon” mavzuidagi Amir
Temur tavalludining 670 yilligiga bag‘ishlangan ilmiy konferensiya materiallari. Toshkent
O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi “Fan” nashriyoti 2006

4.

Temur tuzuklari. T.: “G‘afur G‘ulom” nashriyoti, 1991.

5.

Sodiqov H. Amir Temur saltanatida xavfsizlik xizmati. “ART FLEX”, Toshkent – 2010

6.

Mо‘minov I. Amir Temurning О‘rta Osiyo tarixida tutgan о‘rni va roli.

7.

T.: “Fan”,1993.

8.

Salohiddin Toshkandiy. “Temurnoma”. AmirTemur kо‘ragon jangnomasi. Toshkent,

9.

1990. 43-45-betlar.

10.

Nizomiddin Shomiy. ‘‘Zafarnoma”, Toshkent: О‘zbekiston, 1996. 99-bet.

11.

Ahmedov B. AmirTemur. Toshkent: A.Qodiriy nomidagi xalq merosi nashriyoti.1995.
191-bet.

12.

Lyusen Keren. “Amir Temur saltanati”, Fransuz tilidan B.Ermatov tarjimasi. –T.:
“O‘zbekiston”, 2020

6

Ibn Arabshoh. Amir Temur tarixi. “Fan” nashriyoti, 2018. 56-bet.


References

Sharafuddin Ali Yazdiy. “Zafarnoma”, T.: “Kamalak”, 1994.

“Temur tuzuklari”, 1992, 2-bet, 37-bet.

“Amir Temrning milliy davlatchilik siyoasti: tarix va hozirgi zamon” mavzuidagi Amir Temur tavalludining 670 yilligiga bag‘ishlangan ilmiy konferensiya materiallari. Toshkent O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi “Fan” nashriyoti 2006

Temur tuzuklari. T.: “G‘afur G‘ulom” nashriyoti, 1991.

Sodiqov H. Amir Temur saltanatida xavfsizlik xizmati. “ART FLEX”, Toshkent – 2010

Mо‘minov I. Amir Temurning О‘rta Osiyo tarixida tutgan о‘rni va roli.

T.: “Fan”,1993.

Salohiddin Toshkandiy. “Temurnoma”. AmirTemur kо‘ragon jangnomasi. Toshkent,

1990. 43-45-betlar.

Nizomiddin Shomiy. ‘‘Zafarnoma”, Toshkent: О‘zbekiston, 1996. 99-bet.

Ahmedov B. AmirTemur. Toshkent: A.Qodiriy nomidagi xalq merosi nashriyoti.1995. 191-bet.

Lyusen Keren. “Amir Temur saltanati”, Fransuz tilidan B.Ermatov tarjimasi. –T.: “O‘zbekiston”, 2020

Pirimqul Qodirov. “Amir Temur siymosi” , Toshkent “O‘zbekiston” 2007

Vebsayt