Authors

  • Islomjon Muxamadaliyev

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.science-research.89384

Keywords:

Yoʻl qoidasi – umr foydasi

Abstract

Bugungi kunda jamiyatimizda xavfsizlik masalasi har doimgidan dolzarb. Ayniqsa, yoʻl harakati qoidalariga amal qilish – har bir fuqaroning nafaqat oʻz hayoti, balki atrofdagilarning ham sogʻligʻi va xavfsizligini ta’minlaydi.

background image

783

ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 Issue 5

YOʻL QOIDASI-UMR FOYDASI

Muxamadaliyev Islomjon Topvoldi oʻgʻli

https://doi.org/10.5281/zenodo.15448979

Bugungi kunda jamiyatimizda xavfsizlik masalasi har doimgidan dolzarb. Ayniqsa, yoʻl

harakati qoidalariga amal qilish – har bir fuqaroning nafaqat oʻz hayoti, balki atrofdagilarning
ham sogʻligʻi va xavfsizligini ta’minlaydi.

Bejizga xalqimiz “Yoʻl qoidasi – umr foydasi” deb bekorga aytmagan. Bu naql oʻzida

katta ma’no, chuqur hayotiy haqiqatni mujassam etadi.

Qoidalar biz uchun emas, biz qoidalar uchunmi?
Ko‘pchilik haydovchilar yoki piyodalar yoʻl harakati qoidalariga faqat jarimadan

qutulish, yoki inspektorni aldash uchun amal qiladigandek qaraydi. Ammo bu notoʻgʻri fikr. Har
bir qoida – tajriba va ehtiyot choralari asosida yaratilgan.

Masalan, svetofor nuri, zebra yo‘laklari, tezlik chegarasi yoki xavfli burilish belgilarining

barchasi inson hayoti uchun qo‘yilgan mudofaa devoridir.

Statistikalar nimani ko‘rsatmoqda?
So‘nggi yillarda yoʻl-transport hodisalari soni kamayayotgan bo‘lsa-da, hali hamon ayrim

beparvo haydovchi va e’tiborsiz piyodalar tufayli baxtsiz hodisalar sodir bo‘lmoqda.

Aksar hollarda sabab – oddiy qoidadan chekinish: svetoforga amal qilmaslik, tezlikni

oshirish, yoʻlakdan oʻtmaslik va hokazo.

Yo‘l jamiyat a’zolarining bir-birlari bilan bog‘lanishlari, munosabat o‘rnatishlari,

muntazam aloqalarni joriy etishlari vositasidir. Kishilar yo‘llar orqali uydan uyga,mahalladan
mahallaga, bir yurtdan ikkinchisiga borib-kelishadi.

Insonlar yo‘llar vositasida hayotlari uchun kerak bo‘lgan yuklarini tashiydilar. Ibtidoiy

jamiyat davrdan boshlab, hozirgacha yo‘llar ijtimoiy-iqtisodiy hayotda muhim o‘rin egallab
kelgan.


Hayotning barcha sohasida taraqqiyot, osonlik, qulaylik uchun yo‘llar o‘ta zarur omilga

aylanib qoldi. Yo‘lga va yo‘l xizmatlariga oid o‘ziga xos qonun-qoidalar, odob-axloqlar joriy
qilingan.


background image

784

ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 Issue 5

Mamlakatimizda hatto maktabgacha ta’lim muassasalarida ham yo‘l xavfsizligi qoidalari

o‘rgatilmoqda.

Bugungi kunda yo‘l qoidalariga qat’iy rioya qilishni nazoratga olish dolzarb vazifaga

aylandi. Termiz tumanida joylashgan harbiy qismlarning birida ham harbiy xizmatchilarni
ogohlikka chaqirish maqsadida soʻnggi vaqtlarda sodir boʻlayotgan ayanchli yoʻl transport
hodisalari, ularning oqibatlari, ayniqsa spirtli ichimlik ichib avtomobil boshqarish natijasida
sodir boʻlayotgan holatlar yuzasidan davra suhbati tashkillashtirildi va ushbu holatlar
tasvirlangan videorolik namoyish etildi.

Suhbat qizgʻin va bahs munozaralarga boy boʻlib, harbiy xizmatchilarga avtotransport

vositalarini boshqarish boʻyicha tegishli tushunchalar berib oʻtildi. Zero umr bebaho neʼmatdir,
uni goʻzal va mazmunli oʻtkazish barchamizning oʻz qoʻlimizdadir.

“Yoʻl qoidasi – umr foydasi” degan gap shunchaki shior emas, balki har bir yurtdoshimiz

yuragiga muhrlanishi kerak bo‘lgan haqiqatdir. Har birimiz shu mas’uliyatni chuqur anglab,
hayotimizda amaliyotga tatbiq etsak – ko‘chalarda tinchlik, oilalarda osoyishtalik hukm suradi.



References

“Yoʻl qoidasi – umr foydasi” degan gap shunchaki shior emas, balki har bir yurtdoshimiz yuragiga muhrlanishi kerak bo‘lgan haqiqatdir. Har birimiz shu mas’uliyatni chuqur anglab, hayotimizda amaliyotga tatbiq etsak – ko‘chalarda tinchlik, oilalarda osoyishtalik hukm suradi.