Authors

  • Ramazon O‘ngboyev

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.science-research.92117

Keywords:

frazeologiya frazeologik birlik uzual birlik semantik ma’no omonomlik antonimlik sinonimlik.

Abstract

Ushbu maqolada Qahhor baxshi Rahimov kuylagan “Yusufbek” dostonida qo‘llanilgan frazeologik birliklarning lingvomadaniy xususiyatlari tahlil qilinadi. Shuningdek, frazeologik birliklar shakllanishida asosiy komponent vazifasidagi leksemalarga alohida e’tibor qaratiladi hamda ularning izohi tegishli lug‘atlardan keltiriladi. Lingvomadaniy jihatdan chuqur tadqiq qilinadi.

background image

1307

ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 Issue 5

“YUSUFBEK” DOSTONIDA QO‘LLANGAN FRAZEOLOGIK BIRLIKLARNING

LINGVOMADANIY XUSUSIYATLARI

O‘ngboyev Ramazon Mahmadali o‘g‘li

Qarshi davlat universiteti 2-bosqich talabasi.

Tel: (97) 314-04-17.

ongboyevramazon2@gmail.com

https://doi.org/10.5281/zenodo.15498263

Annotatsiya. Ushbu maqolada Qahhor baxshi Rahimov kuylagan “Yusufbek” dostonida

qo‘llanilgan frazeologik birliklarning lingvomadaniy xususiyatlari tahlil qilinadi. Shuningdek,
frazeologik birliklar shakllanishida asosiy komponent vazifasidagi leksemalarga alohida e’tibor
qaratiladi hamda ularning izohi tegishli lug‘atlardan keltiriladi. Lingvomadaniy jihatdan chuqur
tadqiq qilinadi.

Kalit so‘zlar. frazeologiya, frazeologik birlik, uzual birlik, semantik ma’no, omonomlik,

antonimlik, sinonimlik.

Аннотация. В статье анализируются лингвокультурологические особенности

фразеологических единиц, используемых в эпической поэме «Юсуфбек» в исполнении
Каххора Бахши Рахимова. Также особое внимание уделяется лексемам, выступающим в
качестве основных компонентов при образовании фразеологических единиц, и приводятся
их пояснения из соответствующих словарей. Они глубоко изучены с лингвистической и
культурной точки зрения.

Ключевые слова. фразеология, фразеологическая единица, общая единица,

семантическое значение, омонимия, антонимия, синонимия.

Abstract. This article analyzes the linguocultural characteristics of phraseological units

used in the epic Yusufbek, performed by Qahhor Bakhshi Rahimov. Special attention is paid to
the lexemes that function as key components in the formation of these phraseological units, and
their meanings are provided using relevant dictionaries. The study offers an in-depth
linguocultural analysis.

Keywords: phraseology, phraseological unit, common unit, semantic meaning,

homonymy, antonymy, synonymy.

Kirish.

Frazeologik birliklar millat mentaliteti va madaniyati haqidagi maʼlumotlarning

qimmatli manbaidir.

Frazeologizmlar tilda madaniy axborotlarni, xalq milliy tafakkur tarzini

oʼzida aks ettirgan inson kommunikativ-situativ jarayonining eng muhim birliklaridan biri
hisoblanib’’[3.22] ,ular xalq ogʼzaki ijodi namunalarida, badiiy asarlarda,hamda xalq tili va urf-
odatlarida oʼzgarmay saqlanib kelmoqda. Rus tilshunosi B.A.Larin “Tongda yorugʼlik shudring
tomchilarida qanday aks etsa, iboralar xalq dunyoqarashi, ijtimoiy tuzum, oʼz davri mafkurasini
shunday aks ettiradi’’[4.], – degan edi. Shu sababli dunyo tilshunos olimlarini frazeologik
birliklar doimo qiziqtirib kelgan. Rus tilshunosligida V.N.Teliya va uning maktabi vakillari
iboralarni oʼrganligi bilan mashhur. Iboralarni oʼrganishdan maqsad esa ularning milliy-madaniy
koʼchma maʼnolarini tavsiflash va mentalitetning xarakterlovchi qirralarini ochib berishdir.
Oʼzbek tilshunosligida Sh.Rahmatullaev, B.Yoʼldoshev, Sh.Usmonova, A.Mamatov,
Sh.Almamatova, Sh.Ganieva, G.Hakimova kabi tilshunos olimlarning ishlarida bu birliklarning
oʼziga xos belgilari, taraqqiyoti, uslubiy jihatlari, etimologik xususiyatlari, ayrim tillar
frazeologizmlari bilan qiyoslanishi, frazeologizmlarning modellashtirish muammolari,
strukturaviy va semantik xususiyatlari kabi masalalar oʼrganilgan[5].


background image

1308

ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 Issue 5

Keyingi yillarda eʼlon qilinayotgan ishlarda frazeologizmlarning lingvokulturologik

tomonlariga alohida eʼtibor berilayotganligini koʼrishimiz mumkin [6.]. Lingvokulturologiyaga
oid ishlarning salmogʼi ortib borgani sayin oʼzbek frazeologik birliklarini lingvokulturologik
jihatdan tadqiq qilish ham bugungi kun tilshunoslari oldida turgan dolzarb masalalardan biri
boʼlib turibdi. Quyida Qahhor baxshi Rahimov kuylagan “Yusufbek” dostonida ishlatilgan ayrim
frazeologik birliklarning lingvomadaniy xususiyatlariga to‘xtalib o‘tamiz. Ashurov Dilmurod
Axmadaliyevich o’zining “Alpomish dostonining lingvokulturologik xususiyatlari’’[7.] nomli
ilmiy Ishida frazeologik birliklarni

Bosh uzvli frazemalar, peshona uzvli, bo’yin uzvli, ko’z uzvli, quloq uzvli, og’iz uzvli,

burun uzvli, til uzvli, ko’ngil uzvli, bag’ir uzvli frazemalarga ajratgan holda tahlil qiladi.

Asosiy qism.

“Yusufbek” dostonida ishlatilgan frazeologik birliklar o‘zbek xalqining

hissiy olami, dunyoqarashi, hayotiy tajribasi va qadriyatlarini ifodalaydi. Quyida ayrim
frazeologizmlar va ularning lingvomadaniy tavsifi keltiriladi:

DIMOG‘(I) CHOG‘ BO‘LDI– DIMOG‘(I)-NI CHOG‘ QILMOQ

kayfiyati

yaxshilandi. Sinonimi: – bahr(i) ochildi, kayf(i) chog‘ bo‘ldi – kayf(i)ni chog‘ qilmoq [2.135].

– Ho‘ cho‘pon, quloq sol, – dedi Go‘ro‘g‘libek otidan

dumog‘i choq bo‘lib.

Qo‘rqoq

odam iziga qaytadi, jang maydonni tashlab qochadi, nomardligidan yurtdan kichadi [1.28].

O‘zbek xalqida odamning ruhiy holati ko‘pincha tana a’zolari orqali ifodalanadi. Dimog‘i

chog‘ bo‘lish – o‘ziga ishonchli, yutug‘idan quvongan holatni bildiradi.

QULOG‘(I) DING BO‘LDI

– QULOG‘(I)NI DING QILMOQ- diqqat bilan tinglashga

tayyor bo‘lmoq [2.423].

Shu palla atrofida allaqanday sharpalar, yoqimsiz ovozlar paydo bо‘laberdi. G‘irot ham

qulog‘ini ding qildi

, Gо‘rо‘g‘libek kо‘kragini keng qildi [1.25]. Bu frazeologizm hushyorlik,

voqeani sezish, anglashga tayyor holatni bildiradi.

JON-PON(I) CHIQIB KETDI-

JON-PON(I)NI CHIQARIB YUBORMOQ- nihoyatda

qattiq qo‘rqmoq. Varianti: jon-pon(i) chiqa yozdi; jon(i) chiqib keta yozdi; jon(i) chiqdi.

Sinonimi: jon(i) halqum(i)ga keldi, es(i) chiqib ketdi [2.233].

TOQATI YO‘Q

-sabr etmaslik [2.505].

Alqissa, To‘tixol pari o‘g‘li Yusufbekdan bu xabarni eshitib

, jon-poni chiqib ketayozdi

.

Go‘ro‘g‘libek degandan keyin ena sho‘rda

toqat qolmadi

, dirillab qo‘rqayotir [1.23].

O‘zbek xalqida qo‘rquv hissi jon bilan bog‘lanib tasvirlanadi. Bu ibora holatning

kuchliligini kuchaytirish uchun ishlatiladi.

KO‘Z TEGDI

-ko‘zikmoq. ko‘z(i) tegdi [3.256].

To‘tixol pari o‘g‘li Yusufbekning aqli-zakovatiga, fahm-farosatiga, kun aro turlanayotgan

qaddi-qomatiga

ko‘z tegmasin

deb, o‘g‘lining qomatiga bir-bir tuflab qo‘ydi [1.23]. Bu ibora

xalq e’tiqodlari va urf-odatlari bilan bog‘liq bo‘lib, “ko‘z urmasin” degan niyat bilan o‘ziga yoki
boshqaga tupurish odati bilan uyg‘unlashadi.

BEL BOG‘LAMOQ

- 1 shaylanmoq, otlanmoq. Varianti: bel(i)ni bog‘lamoq belin

bog‘lamoq, bellarin bog‘lamoq. Sinonimi: yeng shimarmoq [2.70].

YO‘L SOLMOQ

- yo‘nalmoq. Sinonimi: yo‘l olmoq [2.584].

Alqissa, Qambar bobo Go‘ro‘g‘libekka duo berib, pand-u nasihat aylab, hikmat bilan

belini boylab

, bekni yengilmas bahodir qilib shaylab, Boytilsim mamlakatining

yo‘liga soldi

[1.18]. Bu ibora xalqning mehnatga, kurashga otlanish oldidan qilinadigan jismoniy va ruhiy
tayyorgarligini bildiradi.


background image

1309

ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 Issue 5

Harakat oldidan tayyorgarlik –

marosim va niyat

ramzi. Bu ibora orqali xalqning

duo

bilan ish boshlash

an’anasi ko‘rinadi.

QULOQ SOLMOQ

- 1 tinglamoq. Varianti: quloq osmoq (eskirgan). Sinonimi: quloq

bermoq [2.277].

Alqissa, ana endi Go‘ro‘g‘libek: “Ey Qambar bobo, men ota bo‘lmadim, avvalasi yigit

bo‘lmay o‘lmadim, siz aytganday, zot so‘ramay, ot so‘radim, imo-ishorangizga

quloq solmadim

[1.3]. Bu ibora shaxsning boshqalarga nisbatan hurmatini yoki beparvoligini ifodalashda
ishlatiladi.

BOSH KO‘TARMOQ

- qaramoq.. Varianti: bosh(i)ni ko‘tarmoq. BOSH KO‘TARMOQ

II unib chiqmoq. Bosh ko‘tarmoq,yostiqdan bosh ko‘tarmoq [2.95].

Men chiday olmay Sunduz tovdagi chiltanlar g‘oridan yetib keldim, senga hamdard

bo‘ldim, men endi sirimni senga aytayin, undan keyin g‘orga qaytayin. Mardning yig‘lagani –
egilgani, singani, g‘aflatdan

boshingni ko‘tar

, – deb so‘zlayotgan joyi: [1.2]. Ruhiy holatini

tiklamoq, o‘zini tutib olish.

PINAG(I)NI BUZMASLIK

-o‘ziga qaratilgan gap yoki harakatga bila-ko‘ra turib e’tibor

qilmaslik o‘zini go‘yo hech narsa sezmagandek tutmoq. Varianti: pinak buzmay ( – ) [2.390].

UMID(I)NI UZMOQ

– UMID(I) UZILDI-ko‘nglidagi oxirgi ilinjini ham yo‘qotmoq.

Varianti: umid uzmoq– umid uzildi, umidni uzmoq, umid rishtalari uzildi [2.523-524].
Alqissa, Ashirbek bu so‘zlarni aytgandan keyin Ahmad qari

pinagini ham buzmadi,

gapning sira ma’nisini sezmadi, ikki paridan

umidini uzmadi

[1.56]. Inson o‘zini

bildirmaslikka, ichki holatini yashirishga harakat qiladi.

BOSH(I)NI BUKMOQ

–BOSH(I) BUKILDI-uyat-nomusdan bosh ko‘tarolmaydigan

holatga tushirmoq. Varianti: bosh(i)ni yerga bukmoq; bosh(i)ni quyi egmoq; egilgan bosh(i)
Sinonimi: yuz(i) yerga qaradi kimning?– yuz(i)ni yerga qaratmoq kim? kimning? yerga qaramoq
kim? – yerga qaratmoq, bosh(i)ni xam qilmoq [2.106].

YER CHIZMOQ

-noqulay ahvolga tushib, xijolat bo‘lib boshini quyi egmoq [2.550].

Alqissa, podsho Norg‘ulbek bu gapidan keyin kengashda o‘tirgan a’yonlar-u no‘yonlar,

akabir beklar bari mustar bo‘lib,

boshi yerga egilib, yer chizib qoldi.

DARMONI QURIMOQ

-kuch-quvvati, madori qolmadi, madorsizlandi [2.129].

YURAG(I) TO‘KILIB TURIBDI

- alamidan yig‘lab yuborish holatida bo‘lmoq.

Varianti: to‘kilib turgan yurag(i) [2.568].
Mamlakat motamsaro, ko‘chalar huvillagan, itlar ochlikdan uvillagan, odamlar u yer bu

yerda ocharchilik va suvsizlikdan lablari qotib,

darmoni ketib

,

yuragi so‘tilib,

ingranishga ham

holi yetmay ko‘lankalarda yotibdi[1.79]. Tabiiy ofat, ocharchilik va tashvish holatida xalqning
sabr-toqati yo‘qoladi.

YURAG(I)GA G‘ULG‘ULA TUSHDI

- bezovta bo‘lib qolmoq. Varianti: ko‘ngl(i)ga

g‘ulg‘ula tushdi. Antonimi: ko‘ngl(i) joyiga tushdi [2.572].

Alqissa, Jolompir vazir o‘g‘li Yusufjondan bu gapni eshitib, badani muzlab, yurak urishi

tezlab ketdi. Boz ustiga

yuragiga hovlika tushdi

[1.93]. Yurak – xalq tafakkurida hissiyotlar

markazi. G‘ulg‘ula tushish – ichki iztirob.

KO‘Z(I)GA YOSH OLMOQ-

kuchli hayajonlanish, to‘lqinlanish natijasida ko‘zidan

nam chiqarmoq[2.267].

Yusufning ko‘ngliga meni muhrlaganiga, bolani mehribon qilib sehrlaganiga shukronalar

bo‘lsin deb lalmi-lalmi

ko‘ziga yosh oldi

[1.107]. Bu ibora odamning yuragidan chiqqan

tuyg‘ularining ko‘zga ko‘chgan shaklidir.


background image

1310

ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 Issue 5

BAG‘RIGA BOSMOQ

- quchoqlamoq, erkalatmoq.

Yusufjonni

bag‘riga bosib

“Bolani bir sinab ko‘rayin”, – deb ikki og‘iz so‘zlayotgan

joyida[1.98]. O‘zbek xalqida mehr-muhabbat, yaqinlik, kechirim ramzi sifatida ishlatiladi.

BAGʻRINI TUZLAMOQ

achitmoq, azob bermoq [2.68].

Befarzandlik yomon o‘g‘lon izladim,

Goh kechalar yig‘lab bag‘rim tuzladim,
Keksalikni o‘ylab ko‘rsam muzladim,
Sendan boshqa suyanchim yo‘q dol G‘irot,
Seni bor deb qilib

keldim qanoat [1.26].

Ichki og‘riq, azob

, befarzandlik dardi orqali ifodalanadi. Bu – o‘zbeklarning

oilaparast

jamiyatiga ishora.

MUSHKUL(I)NI OSON QILMOQ

- qiyin, og‘ir ahvolini yengillashtirmoq [2.319].

Qо‘rqma, kо‘zga kо‘rinmas baqiriq-chaqiriq bо‘labersa, Ollohning kalomidan oyat о‘qi,

mushkuling yengil bо‘ladi

” [1.25]. Bu ibora yordam, duo va imon orqali qiyinchilikdan chiqish

g‘oyasini anglatadi.

Xulosa.

Frazeologik birliklar har bir millatning madaniy boyligini, tarixiy xotirasini, urf-

odatlari va milliy tafakkurini aks ettiruvchi muhim til birliklaridir. Ular xalqning hayot tarzi,
ruhiy holati, dunyoqarashi va qadriyatlarini ifoda etishda beqiyos vosita sanaladi. Qahhor baxshi
Rahimovning “Yusufbek” dostonida uchraydigan frazeologizmlar ham o‘zbek xalqining ijtimoiy
hayoti, hissiy kechinmalari va urf-odatlariga boy ma’lumot beradi.

Lingvokulturologik yondashuv asosida frazeologizmlarni tahlil qilish nafaqat til boyligini

o‘rganishga, balki xalqning madaniy merosini, milliy tafakkurini chuqurroq anglashga xizmat
qiladi. “Yusufbek” dostoni misolida bu frazeologik birliklar xalqimizning tarixiy-madaniy
tafakkurida qanday o‘rin egallaganini yaqqol ko‘rsatadi. Shu jihatdan, frazeologizmlar – bu faqat
til hodisasi emas, balki xalq ruhiyatining lingvistik aksidir. Shu asosda, “Yusufbek” dostoni
o‘zbek frazeologiyasining lingvomadaniy boyligini yorituvchi muhim manba bo‘lib xizmat
qiladi.

REFERENCES

1.

‘‘Yusufbek. Aytuvchi: Qahhor baxshi Rahimov, O‘zbekiston xalq baxshisi. Yozib olib
nashrga tayyorlovchilar: Shahnoza Qahhorova, f.f.n., dotsent, Doston Abatov, f.f.f.d., v.b.
dotsent. – Qarshi, – 2025

2.

O‘zbek tili frazeologik lug‘ati [Matn] : lug‘at / Sh.Rahmatullayev, N.Mahmudov,
Z.Хоlmanova, I.O‘razova, K.Rixsiyeva. – T.: G‘afur G‘ulom nomidagi nashriyotmatbaa
ijodiy uyi, 2022.

3.

Исмoилoв Ғ. Oлaмнинг фрaзеoлoгик мaнзaрaсидa «инсoн» кoнцепти // Ўзбек тили вa
aдaбиѐти. – Тoшкент, 2015.

4.

Maслoвa В.A. Лингвoкультурoлoгия. – M.: Aкaдемия, 2010.

5.

Йўлдoшев Б. Ҳoзирги ўзбек aдaбий тилидa фрaзеoлoгик бирликлaрнинг функциoнaл-
услубий хусусиятлaри: Филoл. фaнл. дoк. ... дис. aвтoреф. – Тoшкент, 1993;

6.

Хoлмурaдoвa Л. Инглиз вa фрaнцуз тиллaридaги oбрaзли вa мoтивлaшгaн
фрaзеoлoгизмлaрнинг темaтикидеoгрaфик тaлқини (лингвoмaдaний aспект): Филoл.
фaн. нoмз. ... дисс. aвтoреф. – Тoшкент, 2017

7.

Ашуров Д.А. “Алпомиш” достонининг лингвокультурологик хусусиятлари: Филол.
фан. фалс. док. (PhD) дис. – Наманган, 2020.

References

‘‘Yusufbek. Aytuvchi: Qahhor baxshi Rahimov, O‘zbekiston xalq baxshisi. Yozib olib nashrga tayyorlovchilar: Shahnoza Qahhorova, f.f.n., dotsent, Doston Abatov, f.f.f.d., v.b. dotsent. – Qarshi, – 2025

O‘zbek tili frazeologik lug‘ati [Matn] : lug‘at / Sh.Rahmatullayev, N.Mahmudov, Z.Хоlmanova, I.O‘razova, K.Rixsiyeva. – T.: G‘afur G‘ulom nomidagi nashriyotmatbaa ijodiy uyi, 2022.

Исмoилoв Ғ. Oлaмнинг фрaзеoлoгик мaнзaрaсидa «инсoн» кoнцепти // Ўзбек тили вa aдaбиѐти. – Тoшкент, 2015.

Maслoвa В.A. Лингвoкультурoлoгия. – M.: Aкaдемия, 2010.

Йўлдoшев Б. Ҳoзирги ўзбек aдaбий тилидa фрaзеoлoгик бирликлaрнинг функциoнaл-услубий хусусиятлaри: Филoл. фaнл. дoк. ... дис. aвтoреф. – Тoшкент, 1993;

Хoлмурaдoвa Л. Инглиз вa фрaнцуз тиллaридaги oбрaзли вa мoтивлaшгaн фрaзеoлoгизмлaрнинг темaтикидеoгрaфик тaлқини (лингвoмaдaний aспект): Филoл. фaн. нoмз. ... дисс. aвтoреф. – Тoшкент, 2017

Ашуров Д.А. “Алпомиш” достонининг лингвокультурологик хусусиятлари: Филол. фан. фалс. док. (PhD) дис. – Наманган, 2020.