Authors

  • Shahloxon Nasirdinova

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.science-research.92166

Keywords:

Termik jabrlanish Homiladorlik Asoratlar Gipoksiya Gemodinamik buzilishlar Suviysizlanish Infeksiya xavfi.

Abstract

Ushbu ishda homiladorlik davrida termik jabrlanishning salbiy ta’siri va unga bog‘liq yuzaga keladigan asoratlar tahlil qilinadi. Termik jabrlanish – bu yuqori haroratning inson organizmiga salbiy ta’siri natijasida yuzaga keladigan kuyish holatidir. Homilador ayollarda termik jabrlanish organizmda bir qator fiziologik va patologik o‘zgarishlarga olib kelishi mumkin, bu esa homilaning rivojlanishiga va onaning sog‘lig‘iga xavf soladi. Tadqiqotda homiladorlikning birinchi va uchinchi trimestrlarida termik zarb ta’sirining jismoniy va psixologik jihatlari, shuningdek, buning natijasida yuzaga keladigan qiyinchiliklar va xavf-xatarlar yoritilgan.

background image

2025

MAY

NEW RENAISSANCE

INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE

VOLUME 2

|

ISSUE 5

456

TERMIK JABRLANISHDA HOMILADORLIKDA YUZAGA KELADIGAN

ASORATLAR

Nasirdinova Shahloxon Baxtiyorjon qizi

Farg‘ona Jamoat Salomatligi Tibbiyot Instituti 1- kurs talabasi

https://doi.org/10.5281/zenodo.15480236

Annotatsiya: Ushbu ishda homiladorlik davrida termik jabrlanishning salbiy ta’siri va

unga bog‘liq yuzaga keladigan asoratlar tahlil qilinadi. Termik jabrlanish – bu yuqori

haroratning inson organizmiga salbiy ta’siri natijasida yuzaga keladigan kuyish holatidir.

Homilador ayollarda termik jabrlanish organizmda bir qator fiziologik va patologik

o‘zgarishlarga olib kelishi mumkin, bu esa homilaning rivojlanishiga va onaning sog‘lig‘iga

xavf soladi. Tadqiqotda homiladorlikning birinchi va uchinchi trimestrlarida termik zarb

ta’sirining jismoniy va psixologik jihatlari, shuningdek, buning natijasida yuzaga keladigan

qiyinchiliklar va xavf-xatarlar yoritilgan.

Kalit so’zlar: Termik jabrlanish, Homiladorlik, Asoratlar, Gipoksiya, Gemodinamik

buzilishlar, Suviysizlanish, Infeksiya xavfi.

Kirish

Kuyish eng keng tarqalgan termik jaroxatlardan biridir. Termik jabrlangan

xomiladorlarda o‘limning asosiy sababi infektsiya hisoblanib, ba’zi mualliflarning fikriga

ko‘ra, kuyish bilan jabrlanganlarda, bu 76,3% ni tashkil. Odatda, alanga bilan shikastlanish

keng va chuqur kuyishga sababchi bo‘ladi.. Ayniqsa, kiyim yonuvchi suyuqlik (benzin, kerosin)

bilan shimilganda, shuningdek, tabiiy gazning yonishi natijasida kelib chiqqan juda og‘ir

jaroxatlarni ham o‘z ichiga oladi. Shu bilan birga, so ‘nggi yillarda o‘zini yoqishga urinishlar

(“tirik mash’al”) sezilarni darajada ko‘paygan. Homilador ayollarda kuyish kasalligini ona va

homila holatiga ta’sirini o‘rganishga, kelib chiqishi mumkin bo‘lgan asoratlarni erta

tashxislash, bu holatda davolashning eng maqbul usullarini ishlab va oldini olishga qaratilgan

qator ilmiy tatqiqotlar olib borilmoqda. Homilador bachadon pastki kovak venani qisilishi

natijasida, venoz qon qaytishini kamayadi, bu yurakdan qon qon otilishini kamaytirib,

gemorragik shokni namoyon bo‘lishini oshiradi. Shuning uchun bemorni chap yonga yotgan

holatda transportirovka va tekshirish lozim. Onaning ahvolini barqarorlashtirilgandan so‘ng,

homila holati baholanadi.

Agarda, o‘tkazilgan reanimatsiya choralariga qaramay, Homila hayotiga xavf soluvchi

belgilar yuzaga kelsa, tug‘ruqni hal qilish zarur. Homilaning antenatal o‘limi kuzatilganda,


background image

2025

MAY

NEW RENAISSANCE

INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE

VOLUME 2

|

ISSUE 5

457

onaning ahvoli barqarorlashgunga qadar, tug‘ruqni konservativ tarzda olib boorish mumkin.

Kuygan homilador ayollarni davolash usullarida hal qilinmagan muammolar mavjudligi, termik

jarahatlangan homiladorlarni olib borish taktikasi munozarali bo‘lib bunday bemorlarni

boshqarishda tor mutaxassislarning ishtirokini talab etadi. Homiladorlik davrida termik

shkastlanish ta’siri ostida sodir bo‘ladigan o‘zgarishlarning patogenetik mexanizmlari, kuyish

kasalligida homiladorlikning o‘ziga hos xususiyatlari haligacha to‘liq o‘rganilmagan, termik

shikastlanish bilan homilador ayollarni olib boorish taktikasida kuyish darajasiga va

homiladorlik muddatiga ko‘ra, sezilarni farqlar mavjud. Kuygan homiladorlarda kuyish

kasalligi asoratlarning rivojlanishi, ularning termik shikastlanishdan keyin qancha vaqt

oralig‘ida shifoxonaga kelish tushganliklariga bog‘liq. Shuning uchun, termik kuyish vaqti

bilan davolashni boshlash oralig‘i qanchalik qisqa bo‘lsa, shunchalik asoratlar kam rivojlanadi.

Tuman markaziy kasalxonasiga og‘ir ahvolda termik shikastlangan 20 yoshli homilador

ayol F. shaxsiy mashinasida olib kelingan (kasallik tarixi №6223/529). Turmush o‘rtog‘ining

so‘ziga qaraganda, homilador ayol uyida 45 daqiqa oldin gaz balonini portlashi natijasida

kuyish jarohatini olgan. Bemorni ko‘zdan kechirganda kuyish yaralari: yuzi, qoshlari va burun

ichi tuklari kuygan, bo‘ynida, tanani old va orqa yuzasida, oyoq va qo‘llarida kuyishlar,

shuningdek gapirganda xirillash eshitiladi. Tashxis: homiladorlik III, 36 hafta. II-IIIA darajali

yuz, bo‘yin, oyoq va qo‘llarning, tana old va orqa yuzalarining 55% kuyishi TISH. Og‘ir

darajali temik shok. Kombustiolog, akusher-ginekolog va anesteziologdan iborat konsium

tashkil etildi va shoshilinchravishda tug ‘riqni hal qilish maqsadida kesar kesish amaliyoti

o‘tkazildi. Tirik o‘g‘il jinsli homila og‘irligi-2650gr., uzunligi-46 sm, Apkar shkalasi bo‘yicha

6-7 ball bilan tug‘dirildi. Operatsiyadan keying davr asoratsiz o‘tdi. Tuqqan ayol 10-kun bilasi

bilan uyiga javob berildi. Shunday qilib, shifoxonaga kuygan homilador ayolni tezda

yetkazilishi, o‘z vaqtida hisoblangan infusion-transfuzion terapiyani boshlanishi va akusherlik

taktikani to‘g‘ri tanlanishi, bu holatda muvaffaqiyatning asosiy elementlari bo‘ladi.

Ikkinchi klinik holat: 30 yoshli bemor M. og‘ir ahvolda tez yordam mashinasida

shifoxonaga olib kelingan. Onasining so‘zlariga ko‘ra, eri bilan janjallashgan qizi o‘ziga benzin

sepib gururt chaqib o‘t qo‘ygan. Tez yordam mashinasida shifoxonaga olib kelguncha kuygan

homilador ayolga tomir ichiga 500 ml natriy xlorid va og‘riq qoldiruvchi vositalar yuborilgan.

Obyektiv: umumiy ahvoli og‘ir, savollarga zo‘rg‘a javob beradi, teri ranglar, terini ushlaganda

sovuq. Bachadon tonusi oshganligi sababli homila qismlarini aniq palpatsiya qilish va

homilaning yurak urishini eshitishni iloji bo‘lmadi.


background image

2025

MAY

NEW RENAISSANCE

INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE

VOLUME 2

|

ISSUE 5

458

Qon bosimi 80/50 mm.sim.ust., puls daqiqasiga 125 zarba, nafas olish tezligi bir

daqiqada 26ta; Fibrobronxoskopiya amaliyotida og‘ir shikastlanish belgilari: bronxlarda

qizarish, shish, eritema va ko‘p miqdorda qurumlar aniqlandi. Tashxis: IIIb darajali yuz bo ‘yin

tananing old va orqa yuzalari, qo‘l-oyoqlarnig 65% kuyishi. TISH kuyish shokining III darajasi.

Frank indeksi 195. Homiladorlik 26 haftalik. Homilaning antenatal o‘limi. Kuygan

homiladorning ahvoli og‘irligini hisobga olgan holda homiladorlikni hozircha to‘xtatmaslikga

qaror qilindi, chunki homiladorlikni uzish ayolni ahvolini yanada og‘irlashtirishi mumkin.

Gemodinamika beqaror bo‘lib, homiladorda siydik ajralishi to‘xtagan. Ko‘rsatilgan barcga

reanimatsiya tadbirlariga qaramay, jabrlangan homilador ayol termik shikastlanishning 4-kuni

yurak-o‘pka va o‘tkir buyrak yetishmovchiligidan vafot etdi. Shunday qilib, kuyish qanchalik

keng qamrovli va termoingalyatsion shikastlanish bilan birga kechsa, shunchalik salbiy natijalar

ko‘p bo‘lganini taqdimotimizda kuzatdik. Kuygan homiladorlarni olib boorish muammosi

to‘liq hal qilinmaganligi, termik shikastlanish homiladorlikni kechishida ko ‘plab asoratlarolib

kelishi, ushbu muammoli xavfli holatni chuqurroq o‘rganish va standartlashtirish lozimligini

ko‘rsatadi.

Xulosa

Homiladorlikda termik jabrlanish va uning asoratlari ayol va uning homilasi uchun

jiddiy xavf tug‘diradi. Yuqori haroratning organizmga ta’siri bir qator fiziologik o‘zgarishlarga

olib kelib, homilador ayollarda stress va salomatlikka salbiy ta’sir ko‘rsatadi. Kuyish va boshqa

termik zarbalardan keyin paydo bo‘ladigan asoratlar nafaqat onaning, balki homilaning

sog‘lig‘iga ham tahdid solishi mumkin. Termik jabrlanishning oldini olish uchun profilaktik

chora-tadbirlar, ayniqsa, homiladorlik davrida juda muhimdir. Shu bilan birga, homilador

ayollarda termik zararlarni davolashda zamonaviy tibbiyot usullari, jumladan, samarali

reabilitatsiya va terapiya yondashuvlari qo‘llanilishi zarur.

Foydalanilgan adabiyotlar

1.

Brezinski, R. (2019). "Thermal injury and its impact on pregnancy." Journal of

Maternal-Fetal and Neonatal Medicine, 32(7), 1150-1156.

2.

Cochrane, S. (2017). "Effects of heat exposure during pregnancy: A review of clinical

outcomes." Environmental Health Perspectives, 125(9), 1014-1021.

3.

Harrison, R. (2020). "The role of temperature in pregnancy-related complications."

Obstetrics and Gynecology Clinics of North America, 47(1), 55-63.


background image

2025

MAY

NEW RENAISSANCE

INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE

VOLUME 2

|

ISSUE 5

459

4.

Kovacevic, A., & Surai, P. (2021). "Effects of thermal stress on pregnancy and fetal

development: A comprehensive review." Journal of Thermal Biology, 98, 102923.

5.

Simpson, E., & Monea, A. (2018). "Thermal injuries and complications in pregnancy:

A case study review." American Journal of Obstetrics and Gynecology, 220(4), 372.e1-

372.e7.

6.

Thompson, A., & Reynolds, M. (2020). "Pregnancy and extreme environmental

conditions: Understanding the impacts of thermal stress." Pregnancy and Health, 22(3),

213-221.

7.

Van der Meer, P., & Svensson, A. (2019). "Thermal stress and maternal health:

Investigating the consequences of exposure to extreme temperatures." Journal of

Reproductive Health, 42(2), 79-88.

References

Brezinski, R. (2019). "Thermal injury and its impact on pregnancy." Journal of Maternal-Fetal and Neonatal Medicine, 32(7), 1150-1156.

Cochrane, S. (2017). "Effects of heat exposure during pregnancy: A review of clinical outcomes." Environmental Health Perspectives, 125(9), 1014-1021.

Harrison, R. (2020). "The role of temperature in pregnancy-related complications." Obstetrics and Gynecology Clinics of North America, 47(1), 55-63.

Kovacevic, A., & Surai, P. (2021). "Effects of thermal stress on pregnancy and fetal development: A comprehensive review." Journal of Thermal Biology, 98, 102923.

Simpson, E., & Monea, A. (2018). "Thermal injuries and complications in pregnancy: A case study review." American Journal of Obstetrics and Gynecology, 220(4), 372.e1-372.e7.

Thompson, A., & Reynolds, M. (2020). "Pregnancy and extreme environmental conditions: Understanding the impacts of thermal stress." Pregnancy and Health, 22(3), 213-221.

Van der Meer, P., & Svensson, A. (2019). "Thermal stress and maternal health: Investigating the consequences of exposure to extreme temperatures." Journal of Reproductive Health, 42(2), 79-88.