Authors

  • Parizoda Dilmurodova
  • Gulchehra Imomova

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.science-research.92193

Keywords:

hikoya qadriyat oila e’tiqod syujet ijtimoiy tenglik jonli turmush.

Abstract

Cho‘lponning "Oydin kechalarda" va "Qor qo‘ynida lola" hikoyalarida xalqimizning milliy urf-odatlari, qaynona-kelin munosabatlari, ayollarning jamiyatdagi o’rni, oiladagi mehr-oqibat va hurmat kabi qadriyatlar aks ettiriladi. Mustamlakachilik, ichkilikbozlik, axloqiy inqiroz fosh etilib, ijtimoiy muammolar ko‘tariladi. Adib hikoyalarida o’tmishdagi illatlarning inson taqdiriga bo’lgan salbiy ta’sirini ishonarli va hayotiy tasvirlaydi, mehr-oqibat, sabr-toqat va ma’suliyat tamoyillarini yuksak badiiy mahorat bilan ochib beradi. Adib hikoyada muammolarning kelib chiqish sabablarini ko’rsatish bilan birga uning oqibatidan to’g’ri xulosa chiqarishga chaqiradi. Tadqiqot natijasida Cho‘lpon hikoyalarining badiiy-estetik va ijtimoiy ahamiyati aniqlanadi. Syujet, badiiy vositalar va qahramonlarning ichki kechinmalari o‘rganiladi. Cho‘lpon hikoyalarida milliy qadriyatlarimizning aks etishi badiiy jihatdan chuqur, ramziy va turli qirralarda namoyon bo‘ladi.

background image

ISSN:

2181-3906

2025

International scientific journal

«MODERN

SCIENCE

АND RESEARCH»

VOLUME 4 / ISSUE 5 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

1218

CHO

LPON HIKOYALARIDA MILLIY QADRIYATLARIMIZGA XOS

JIHATLARNING AKS ETISHI

Dilmurodova Parizoda

Qarshi davlat universiteti filologiya fakulteti 1-bosqichi talabasi

Gulchehra Imomova

Ilmiy rahbari. Qarshi davlar universiteti professor v/b filologiya fanlari doktori.

https://doi.org/10.5281/zenodo.15490854

Annotatsiya. Cho‘lponning "Oydin kechalarda" va "Qor qo‘ynida lola" hikoyalarida

xalqimizning milliy urf-odatlari, qaynona-kelin munosabatlari, ayollarning jamiyatdagi o’rni,
oiladagi mehr-oqibat va hurmat kabi qadriyatlar aks ettiriladi. Mustamlakachilik, ichkilikbozlik,
axloqiy inqiroz fosh etilib, ijtimoiy muammolar ko‘tariladi. Adib hikoyalarida o’tmishdagi
illatlarning inson taqdiriga bo’lgan salbiy ta’sirini ishonarli va hayotiy tasvirlaydi, mehr-oqibat,
sabr-toqat va ma’suliyat tamoyillarini yuksak badiiy mahorat bilan ochib beradi. Adib hikoyada
muammolarning kelib chiqish sabablarini ko’rsatish bilan birga uning oqibatidan to’g’ri xulosa
chiqarishga chaqiradi. Tadqiqot natijasida Cho‘lpon hikoyalarining badiiy-estetik va ijtimoiy
ahamiyati aniqlanadi. Syujet, badiiy vositalar va qahramonlarning ichki kechinmalari
o‘rganiladi. Cho‘lpon hikoyalarida milliy qadriyatlarimizning aks etishi badiiy jihatdan chuqur,
ramziy va turli qirralarda namoyon bo‘ladi.

Kalit so’zlar: hikoya, qadriyat, oila, e’tiqod, syujet, ijtimoiy tenglik, jonli turmush.
Abstract. In Cho‘lpon’s short stories "On Bright Nights" and "A Tulip in the Snow," the

ancient traditions of our people, especially the relationship between mother-in-law and
daughter-in-law, the role of women in society, and the importance of love, compassion, and
mutual respect within the family are vividly depicted through artistic imagery. In these stories,
the author also exposes the negative impact of colonialism on people's lives, addressing issues
such as alcoholism and moral decline. Cho‘lpon portrays the harmful effects of past social ills
on individual destinies in a convincing and lifelike manner. Through his works, he emphasizes
the principles of compassion, patience, and responsibility with high artistic mastery. At the same
time, Cho‘lpon not only highlights the causes of these social problems but also calls on readers
to draw correct conclusions and learn from them. Research shows that Cho‘lpon’s stories
possess deep artistic-aesthetic value and significant social importance. The plots, artistic
devices, and the inner emotional worlds of the characters are carefully examined. National
values are represented in his works in a profound, symbolic, and multifaceted way.

Keywords: story, values, family, faith, plot, social equality, lively life.
Аннотация. В рассказах Чулпона «В светлые ночи» и «Тюльпан в объятиях снега»

ярко отражаются древние традиции нашего народа, в частности, отношения между
свекровью и невесткой, роль женщин в обществе, а также любовь, милосердие и
взаимное уважение в семейной среде. Автор в своих произведениях также раскрывает
разрушительное влияние колониализма на жизнь народа, поднимает проблемы
алкоголизма и морального кризиса. Чулпон убедительно и жизненно показывает, как
старые социальные пороки негативно влияют на судьбу человека. Через свои
произведения он высокохудожественно пропагандирует принципы милосердия, терпения
и ответственности.


background image

ISSN:

2181-3906

2025

International scientific journal

«MODERN

SCIENCE

АND RESEARCH»

VOLUME 4 / ISSUE 5 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

1219

Вместе с тем Чулпон не только раскрывает причины социальных проблем, но и

призывает читателя сделать правильные выводы. В результате исследований
установлено, что рассказы Чулпона обладают высокой художественно-эстетической и
социальной значимостью. Анализируются сюжетные линии, художественные средства и
внутренние переживания героев. Национальные ценности в его рассказах раскрываются
глубоко, символично и многогранно.

Ключевые слова: рассказ, ценности, семья, вера, сюжет, социальное равенство,

живая жизнь.


KIRISH

Hikoya janri dunyo va o‘zbek adabiyotida eng ommabop va keng tarqalgan janrlardan

biri hisoblanadi. O’zbek adabiyotida hikoya janri uzoq tarixiy rivojlanish yo’lini bosib o’tib,
bugunga qadar janriy xususiyatlarini saqlab qolgan. Uning qisqaligi, hayotiy voqelikni aks
ettirishi va voqeabandlikka asoslanishi janrning asosiy xususiyatlaridandir. Voqeabandlik va
tasviriy ifoda vositalarining qo‘llanilishi hikoya janrining genizisi xalq og‘zaki ijodiga borib
taqalishini ko‘rsatadi. V. Belinskiy hikoyani “inson qalbining oddiy, lekin chuqur kechinmalarini
ifodalovchi kichik hajmli badiiy asar” deb ataydi. U hikoyaning soddaligi orqali chuqur
ma’nolarni ifoda etish imkoniyati borligini ta’kidlaydi[1.378]. XX asrg o‘zbek hikoyachiligi
yangi bosqichga ko‘tarilgan davr hisoblanadi. Ayniqsa, Abdulla Qodiriy, Cho‘lpon, Fitrat kabi
jadid adabiyoti namoyandalari hikoya janrida realistik tamoyillarni shakllantirib, milliy
hikoyachilikni yangi yo‘nalishga olib chiqdilar. Ularning ijodi natijasida hikoya nafaqat hayotiy
voqealarni aks ettiruvchi janr sifatida, balki inson ruhiy kechinmalari, ijtimoiy muammolar va
ma’naviy izlanishlarni tasvirlash vositasiga aylandi. Maqoplada cho’lpon hikoyalarining o’zbek
hikoyachiligidagi o’rni va ahamiyati tahlil qilinadi.

Cho‘lponning “Oydin kechalarda” hikoyasi o‘zbek xalqining urf-odatlari, oilaviy

qadriyatlari va ijtimoiy hayoti bilan uzviy bog‘liq bo‘lib, unda milliy qadriyatlarimiz aks etgan.

Cho’lponning bu hikoyasida biz ikki holatni ko’rishimiz mumkin.

Cho‘lpon

o‘sha davrda

xotin- qizlarga munosabatning kirib kelishi yaxshi bo’lmagani, ular haq-huquqining kamsitilgani
uchun jamiyat e’tiborini ayollar taqdiriga qaratmoqchi bo’lgan. Ikkinchidan, mustamlakachilik
davrining boshlanishi bilan bizga ichkilikbozlik, axloqsizlik singari illatlar natijasida xotin-
qizlarni kamsitish yanada avjiga chiqqan. Adib «Oydin kechalarda» hikoyasida ana shu illatlarni
bartaraf etish, o’zbek xotin-qizlariga xos vafo, iffat, go’zallik va ruhiy boylikning qadriga yetish
hamda ularga bo’lgan munosabatni keskin o’zgartirish g’oyasini ilgari suradi. Hikoya hajm
nuqtayi nazaridan kichik bo’lishiga qaramay, yozuvchi unda Zaynab kampirning ham, kelinning
ham ruhiy holatini katta mahorat bilan ochgan. Badiiy tafsillarning ko’pligi va aniqligi hikoyada
hayot haqiqatining yorqin va haqqoniy tasvir etilishiga katta imkoniyat yaratgan. Umuman,
muallif bu hikoyasi bilan kelajakda katta epik asar yozish darajasiga yaqinlashib borayotganini
namoyish qilgan.

Hikoyaning asosiy qahramonlari – Zaynab kampir, kelinchak va Qodirjon – orqali

muallif o‘zbek jamiyatidagi ma’lum bir ijtimoiy qatlamning hayotini aks ettiradi. O‘zbek
xalqining eng muhim qadriyatlaridan biri – oila. Hikoyada bu jihat juda yaqqol namoyon bo‘ladi.


background image

ISSN:

2181-3906

2025

International scientific journal

«MODERN

SCIENCE

АND RESEARCH»

VOLUME 4 / ISSUE 5 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

1220

Qaynonaning kelin hayotiga doimiy aralashuvi, uning baxti yoki baxtsizligi haqida

o‘ylashi o‘zbek oilalariga xos xususiyatlardandir. Hikoyaning boshida yomon taassurot
uyg’otgandek ko’ringan qaynona aslida mushtipar, hayotda ro‘shnolik ko’rmaganligi ,qanoatli,
insofli, andishali ayol ekanligi ma’lum bo‘ladi. Tunda kelinning yig’isidan uyg’onib ketgan
qaynona avvaliga kelinidan norozi bo’ladi. Chunki kelinning barcha shart-sharoitlar bilan
ta’minlanganligini, uy-ro’zg’or ishlarini ham eplab qilolmasligidan noliydi. Ammo oxir-oqibat
kampir kelinning ichki alamlarini tushunib yetadi va unga nisbatan mehribonroq bo‘lishga qaror
qiladi.

Cho‘lponning “Qor qo‘ynida lola”, “Oydin kechalarda” hikoyalari o‘zbek

hikoyachiligining dastlabki ko‘rinishlari bo‘lishiga qaramasdan, hikoya matni asosida milliylik
va an’anaviylik masalalari “yarq” etib ko‘zga tashlanadi va uni jadid yozuvchilari
muvaffaqiyatli amalga oshirgan. Hikoyada o‘zbek oilalarida tarbiya va oilaviy intizomga katta
ahamiyat berilishi aks ettirilgan. Qodirjon oilaning erkak vakili sifatida erkin hayot kechiradi,
biroq uning harakatlari ayolining iztiroblariga sabab bo‘ladi. O‘zbek oilalarida erkakning mavqei
yuqori bo‘lib, u ko‘pincha oilaning iqtisodiy va ijtimoiy boshqaruvchisi hisoblanadi. Ayollar esa
sabr qilishga, bardoshli bo‘lishga undaladi. Zaynab kampirning “Otasi ham shundoq, qizim...”
[2.291-302] deya kelinchakni yupatishi bu holatni ochiq ko‘rsatadi. Kuyov bo’lmish Qodirjon bir
yarim oy mobaynida maishatparastlik, buzuqlik, andishasizlikdan bo’shamaydi, aksincha
allaqachon o’zining hunariga aylangan bu qilg’iliklarini yanada avj oldiradi. Kelinning qon
yig’lashiga sabab ana shunda. Ammo qaynona keliniga xech qanday yordam ko’rsata olmaydi,
uning uzi ham kelini kabi barcha huquqlardan mahrum, eri nima desa o’shani bajariushga
majbur.

Tun yarmidan oqqan paytda erkatoy o’g’il mast holda eshikdan kirib kelarkan:
“-Gde, gde moya Anna, gde moya Anushka,”-dedi.
Gup etib obro’zga yiqildi”[2.291-302b]
Bu tasvirni G.Imomova shunday baholaydi : “Qodirjon hatto o’zini anglash darajasida

emas, qayerga kelganini ham bilmaydi. U o’zbek millatiga xos odob ota-onaga hurmatni ham
unutgan johil. Bunday odamlar na oilasiga, na mahallasiga, na millatga foyda keltirishi mumkin.

Ular jamiyat tanasidagi og’u kabi atrofdagilarning ma’naviy olamini zaharlaydi” [4.54].
Haqiqatdan ham hikoyada bunday insonlar jamiyatni buzuvchi, ma’naviy zarar

yetkazuvchi kuch sifatida tasvirlangan.

Bu holat to’satdan paydo bo’lmagan. Chorizm va sho’rolar davrida xalqni ichkibozlik,

foxishabozlik, axloqsizlik balosi orqali tanazzulga uchratish siyosati yuritilgan. Cho’lpon bilan
bir qatorda Munavvarqori Abdirashidxonov, Abdulla Qodiriy, Behbudiy, Nusratulla Qudratullo
kabi ma’rifatparlar o’z asarlarida millatning axloqiy va ma’naviy tiklanishini targ’ib qilganlar.
Bunday holatlar o‘zbek oilalarida har doim ham ochiq muhokama qilinmagan bo‘lsa-da, real
hayotda uchrab turishi sir emas. Hikoya orqali Cho‘lpon bunday oilaviy muammolarga e’tibor
qaratadi va ayollar taqdiriga befarq bo‘lmaslik kerakligini ko‘rsatadi.

“Qahramonlar faoliyatiga, ruhiy dunyosiga, shuningdek, voqealar zamiriga singdirilib

berilmagan gʻoyaga ega boʻlgan asar, toʻla ma’noda badiiy asar sanalmaydi. Haqiqiy badiiy
asarda voqealar tizimi gʻoyaga suyanib tuzilishi, qahramonlari gʻoya asosida gapirishi yoki
harakat qilishi kerak emas.


background image

ISSN:

2181-3906

2025

International scientific journal

«MODERN

SCIENCE

АND RESEARCH»

VOLUME 4 / ISSUE 5 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

1221

Haqiqiy badiiy asar sanalishi uchun goʻya yozuvchi asari orqali koʻzlangan maqsad, niyat

voqealar olamidan, qahramonlar faoliyatidan sizib chiqishi kerak”[5.129]. Adibning mana
shunday hayotiy, ibratli voqealar aks etgan hikoyalaridan yana biri “Qorda qolgan lola''
hikoyasidir. Hikoya bir-biriga mutlaqo zid voqealarning uyg’unlashtirilishi asosida nomlangan.

Lola- bahor farzandi. Qor esa qishning alomati. Xuddi sovuq , izg’irin qish kunlarida lola

yashay olmaganidek, keksa chol bag’rida yosh qiz ham qanday yayray olmasligi ramziy-
kinoyaviy tarzda mazmun kasb etadi.

XX asr boshida, hali hikoya janri endigina adabiyotga kirib kelayotgan paytda yaratilgan

bu hikoya g’oya va mazmun, badiiy tasvir va psixologizm, qisqalik va aniqlik, til va uslubi bilan
bugun yaratilayotgan hikoyalar bilan bemalol bellasha oladi. Cho’lponning ushbu hikoyasi
to’g’risida O.Sharafiddinov shunday fikr bildiradi: “Rivoj etgan realistik uslubda doimo ana
shunday rang-baranglik bo’ladi, ohanglar xilma-xilligi, tasvir vositalarining boyligi kuzatiladi.
Cho’lpon… o’zbek adabiyotida` tom ma’nodagi realistic yozuvning shakllanishiga ham asos
soldi”.[6.10b]

Hikoya Sharofatxon ismli qiz va uning oilasi atrofida kechadi. U qizlar bilan o‘ynab

yurganida, sovchi kelgani haqidagi xabar yetib keladi. Bu voqea boshqa qizlar uchun qiziq
tuyulsa-da, Sharofatxonning o‘zi andishaga boradi, qizarib ketadi, o‘zini noqulay his qiladi.
[2.285-291]

Hikoya o‘zida milliy urf-odatlar, qadriyatlar va diniy an’analarning aksini ko‘rsatadi.
Masalan, Samandar akaning diniy hayoti va uning eshonga bo‘lgan hurmati hikoyaning

markaziy elementlaridan biridir. Eshonlarning jamiyatdagi o’rni va diniy masalalarga bo‘lgan
yondashuv aniq ko‘rsatilgan. Samandar aka, o‘zining diniy va ruhiy ehtiyojlarini qondirish
uchun ko‘p vaqtini eshonda o‘tkazadi, shuningdek, bu vaqt mobaynida nazr qilish va diniy
amallarni bajarish tasvirlanadi. Eshonlar ham diniy rahbar sifatida muhim o‘rin tutadi. Bu bilan
hikoya nafaqat diniy, balki ijtimoiy qadriyatlarni ham taqdim etadi, chunki nafaqat diniy
an’analar, balki jamiyatda erkaklar va ayollar o‘rtasidagi ijtimoiy munosabatlar ham muhim
ahamiyatga ega.

Hikoyadagi Sharofatxon va Xadichaxonning tasvirlari ayollarning jamiyatdagi o‘rni

haqida muhim tasavvurlarni beradi. Sharofatxonning eshonga berilishi va uning go‘zal va sho‘x
qiz sifatida ko‘rsatilishi, ammo uning taqdiri boshqalar tomonidan belgilanishi, mafkuraviy
jamiyatning ayollarga qanday ta’sir o‘tkazishini ko‘rsatadi. Sharofatxon o‘zining o‘ziga xosligi,
o‘ynoqi va sho‘xligi bilan tanilgan bo‘lsa ham, uning baxti va kelajagi, jamiyatning ehtiyojlari va
qarorlari asosida shakllanadi. Bu o‘z navbatida ayollarning beqarorligi va mas’uliyatlarni
ko‘rsatadi, chunki ularning taqdiri ko‘pincha oiladagi erkaklarning qarorlari bilan belgilanadi.

Xadichaxonning ahvoli esa, uning kasal o‘g‘li va jamiyatdagi rahm-shafqatga muhtojligi

orqali, ayolning yolg‘izlik, beva va ijtimoiy himoyasizlik holatini tasvirlaydi.

Hikoya orqali milliy qadriyatlarimizga xos bo‘lgan bir qancha asosiy jihatlar – diniy

an’analar, oilaviy qadriyatlar, ayollarning ijtimoiy o‘rni, xalqchil urf-odatlar va hayotning
o‘zgaruvchanligi tasvirlanadi. Cho‘lpon bu orqali jamiyatdagi ijtimoiy tuzilmalar va urf-odatlar,
shuningdek, hayotdagi murakkabliklarni va insonning ruhiy holatidagi o‘zgarishlarni ko‘rsatgan.

Adabiyotshunos Ozod Sharofiddinovning “Cho‘lponni anglash – so‘z san’atining botiniy

qonuniyatlarini teran anglash, ularning shoir ijodida qanday zohir topishini anglashdir.


background image

ISSN:

2181-3906

2025

International scientific journal

«MODERN

SCIENCE

АND RESEARCH»

VOLUME 4 / ISSUE 5 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

1222

Cho‘lponni anglash – uning buyuk umumbashariy g‘oyalarini, uning yuksak tuyg‘ularini

yurakka singdirib olishdir. Cho‘lponni anglash – vatanni, ko‘hna Turkistonimizni Cho‘lpon ko‘zi
bilan ko‘rib, Cho‘lpon yuragi bila seva bilmoqdir”,[7. 46] – deb yozishi bejizga emas

XULOSA: Cho‘lponning "Oydin kechalarda" va "Qor qo‘ynida lola" hikoyalari o‘zbek

adabiyotida alohida o‘rin tutadi. Asarlarda ayol taqdiri, ijtimoiy tengsizlik, milliy qadriyatlar va
mustamlaka zulmi tasvirlanib, jamiyatning muammolari teran ochib beriladi. Yozuvchi badiiy
tasvir vositalari orqali qahramonlarning ruhiy kechinmalarini chuqur ifodalagan. Tadqiqot
natijasida ushbu hikoyalarning janriy xususiyatlari, syujet tuzilishi va obrazlar tizimi o‘rganildi.

Cho‘lpon hikoyalari nafaqat adabiy, balki ijtimoiy va ma’naviy jihatdan ham muhim

ahamiyatga ega bo‘lib, ular bugungi kunda ham o‘z dolzarbligini yo‘qotmagan.

REFERENCES

1.

Belinskiy V.G. Tanlangan asarlar. Toshkent:O’zdavrnashr,1955.-378B

2.

Cho’lpon. Asarlar. 2-jild. –Toshkent: Akademnashr, 2012. -291-302b.

3.

Cho’lpon. Asarlar. Uch jildlik 2-jild. –Toshkent: Adabiyot va san’at nashriyoti, 1993. -
285-291B.

4.

Imomova.G . Badiiy sintez sathlari. Toshkent: Lesson Press nashriyoti,2023 -54B

5.

Karimov, H. Istiqlol davri adabiyoti. Toshkent. Yangi nashr. 2010 – B.129.

6.

Sharofiddinov.O. Cho’lponning kichik nasriy asarlari. O’zbek tili va adabiyoti jurnali,
1990. 2-son 10B.

7.

Sharafiddinov.O. Cho’lponni anglash Toshkent: Yozuvchi ,1994-46B


References

Belinskiy V.G. Tanlangan asarlar. Toshkent:O’zdavrnashr,1955.-378B

Cho’lpon. Asarlar. 2-jild. –Toshkent: Akademnashr, 2012. -291-302b.

Cho’lpon. Asarlar. Uch jildlik 2-jild. –Toshkent: Adabiyot va san’at nashriyoti, 1993. -285-291B.

Imomova.G . Badiiy sintez sathlari. Toshkent: Lesson Press nashriyoti,2023 -54B

Karimov, H. Istiqlol davri adabiyoti. Toshkent. Yangi nashr. 2010 – B.129.

Sharofiddinov.O. Cho’lponning kichik nasriy asarlari. O’zbek tili va adabiyoti jurnali, 1990. 2-son 10B.

Sharafiddinov.O. Cho’lponni anglash Toshkent: Yozuvchi ,1994-46B