Authors

  • Gulsanam Ostonova
  • Nozima Yo‘ldosheva

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.science-research.92208

Keywords:

Morfologiya zamon shakli shaxs-son shakli nisbat fe’lning harakat va holat fe’li o‘timli va o‘timsiz fe’l fe’lning vazifa shakllari ko‘makchi fe’lli so‘z qo‘shilmasi.

Abstract

Ushbu maqola “Fe’l” so‘z turkumi haqida bo‘lib, unda fe’lning asosiy belgilari, ma’nosi, shakllari va turlari haqida ma’lumot beriladi. Fe’l morfologiya bo‘limidagi eng katta so‘z turkumi hisoblanadi. Maqolada fe’lning zamon, shaxs-son; nisbat, ehtiyojsizlik, to‘liqlik va turlanish kabi muhim jihatlari yoritiladi. Fe’lning gapdagi markaziy o‘rni yoritilar ekan, voqelikni ifodalashdagi kuchi bilan birga uning sintaktik hamda leksikaviy jihatlarini tushunishga undaydi.

background image

ISSN:

2181-3906

2025

International scientific journal

«MODERN

SCIENCE

АND RESEARCH»

VOLUME 4 / ISSUE 5 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

1244

FE’L SO‘Z TURKUMINING USLUBIYATI

Ostonova Gulsanam Sherzod qizi

Yo‘ldosheva Nozima Quvondiq qizi

Samarqand davlat universiteti Urgut filiali

Pedagogika va tillarni o‘qitish fakulteti

Boshlang‘ich ta’lim yo‘nalishi 1- bosqich 103-104 guruh talabalari.

https://doi.org/10.5281/zenodo.15491518

Annotatsiya. Ushbu maqola “Fe’l” so‘z turkumi haqida bo‘lib, unda fe’lning asosiy

belgilari, ma’nosi, shakllari va turlari haqida ma’lumot beriladi. Fe’l morfologiya bo‘limidagi
eng katta so‘z turkumi hisoblanadi. Maqolada fe’lning zamon, shaxs-son; nisbat, ehtiyojsizlik,
to‘liqlik va turlanish kabi muhim jihatlari yoritiladi. Fe’lning gapdagi markaziy o‘rni yoritilar
ekan, voqelikni ifodalashdagi kuchi bilan birga uning sintaktik hamda leksikaviy jihatlarini
tushunishga undaydi.

Kalit so‘zlar: Morfologiya, zamon shakli, shaxs-son shakli, nisbat, fe’lning harakat va

holat fe’li, o‘timli va o‘timsiz fe’l, fe’lning vazifa shakllari, ko‘makchi fe’lli so‘z qo‘shilmasi.

Аннотация. Статья связана с категорией слов «Глагола» которая даёт

информацию о основных знаках, значении, формах и типах глагола. Глагол самое большое
слово в отделе морфологии. В статье подчеркиваются важные аспекты, такие как
время, соотношение глагола, а также отношение склоня, а также включительно.
Центральное место глагола, используя его, поощряет нас понимать внутренние
механизмы человеческого вокабдности.

Ключевые слова: Морфология, современные формы, формы отдельных форм,

включения, действия и состояния, задача формы, задачи глагола, вспомогательный глагол
глагола.

Abstract. This article is about the verb word category, providing information on the main

features, meanings, forms, and types of verbs. The verb is considered the largest word category
in the morphology section. The article highlights important aspects of the verb such as tense,
person-number, voice, necessity, transitivity, and conjugation. While the central role of the verb
in a sentence is revealed, it also encourages understanding its syntactic and lexical aspects
along with its power in expressing reality.

Keywords: Morphology, tense form, person-number form, voice, action and state verbs,

transitive and intransitive verbs, functional forms of the verb, auxiliary verb, affix.

Özet: Bu makale “fiil” sözcük türü hakkında olup, fiilin temel özellikleri, anlamı,

biçimleri ve türleri hakkında bilgi verir. Fiil, morfoloji bölümündeki en büyük sözcük türü olarak
kabul edilir. Makalede zaman, kişi-sayı, çatılar, gereklilik, geçişlilik ve çekim gibi fiile ait önemli
yönler açıklanır. Fiilin cümledeki merkezi rolü açıklanırken, aynı zamanda gerçekliği ifade
etmedeki gücüyle birlikte sözdizimsel ve anlamsal yönlerini anlamaya teşvik eder.

Anahtar kelimeler: Morfoloji, zaman şekli, kişi-sayı şekli, çatı, eylem ve durum fiilleri,

geçişli ve geçişsiz fiiller, fiilin işlevsel biçimleri, yardımcı fiil, ek.




background image

ISSN:

2181-3906

2025

International scientific journal

«MODERN

SCIENCE

АND RESEARCH»

VOLUME 4 / ISSUE 5 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

1245

Kirish.

Har bir tilning yuragi harakatdir. Harakat esa fe’l orqali tilga ko‘chadi. So‘zlar jim turadi,

fe’l esa ularni harakatga keltiradi. U fikrga hayot bag‘ishlaydi, vaqtni ifodalaydi, shaxsni
aniqlaydi.

Agar

ism

narsa

va

hodisalarni

nomlasa,

fe’l

ularga

jon

baxsh

etadi.

Fe’l bu tilning harakatdagi surati, inson tafakkurining harakatga aylangan ifodasidir. Shu sababli,
fe’lni o‘rganish nafaqat grammatik ko‘nikma, balki tilning jonli mexanizmini anglash demakdir.
Tilshunoslikda fe’l so‘z turkumi o‘zining grammatik shakllari va semantik imkoniyatlari bilan
alohida o‘rin egallaydi. Har qanday gapda harakat, holat yoki jarayonni bildiruvchi asosiy
bo‘g‘in sifatida fe’l fikrning markaziga aylanadi.

Fe’l:

Shaxs yoki narsaning harakat, holatini atab kelgan so‘z turkumi bo‘lib, nima

qilmoq? nima bo‘lmoq? kabi so‘roqlarga javob bo‘ladi. Fe’l nimani atab kelishiga ko‘ra harakat
fe’llari va holat fe’llariga bo‘linadi.

Harakat fe’llari:

Shaxs va narsaning jismoniy harakati

natijasida ro‘y bergan harakatni ifodalovchi fe’llar hisoblanadi. Masalan: sakramoq, gapirmoq,
chizmoq,

kulmoq,yurmoq.

Holat fe’llari:

Shaxslarning ichki kechinmalari va narsalarning bir holatdan ikkinchi holatga

o‘tish jarayonini ifodalovchi fe’llar. Masalan: o‘ylamoq, xafa bo‘lmoq, isimoq, erimoq.

Oʻtimli va oʻtimsiz fe’llar

:

O‘timli fe’llar – tushum kelishigidagi so‘zlar bilan bog‘lana oladigan fe’llar: o‘qimoq (kitobni
o‘qimoq), uzmoq (olmani uzmoq). O‘timsiz fe’llar -
tushum kelishigidagi so‘zlar bilan bog‘lana olmaydigan fe’llar: uxlamoq, jiringlamoq, yuvinmoq.
O‘timli fe’llarga majhul yoki oʻzlik nisbati qoʻshimchasi qoʻshilsa, oʻtimli feʼl oʻtimsiz feʼlga
aylanadi: yozmoq - oʻtimli feʼl, yozilmoq - oʻtimsiz feʼl. Oʻtimsiz feʼllarga
orttirma nisbat qoʻshimchasi qoʻshilsa, oʻtimsiz feʼl oʻtimli feʼlga aylanadi. Masalan:
jiringlamoq - oʻtimsiz feʼl, jiringlatmoq - oʻtimli feʼl. Qoʻngʻiroq jiringladi - qoʻngʻiroqni
jiringlatdi.

Nisbat qoʻshimchalari feʼllarning oʻtimli-oʻtimsizligiga taʼsir qilishi uchun majhul yoki

oʻzlik nisbat qoʻshimchasi oʻtimli feʼllarga; orttirma nisbat qoʻshimchasi esa oʻtimsiz feʼllarga
qoʻshilishi kerak.

Feʼl nisbatlari

Nisbat - bajaruvchining harakat -holat jarayonida qay darajada ishtirok etishini

bildiruvchi feʼl shakli.Feʼldan anglashilgan harakat-holat bilan shu harakatni yuzaga chiqaruvchi
shaxs oʻrtasidagi munosabatni ifodalovchi feʼl shakllariga nisbat shakllari, shunday shakllar
tizimiga esa nisbat kategoriyasi deyiladi.

Feʼl 5 ta nisbat shakliga ega: 1.Aniq nisbat. 2.Oʻzlik nisbat. 3.Majhul nisbat. 4.Orttirma

nisbat. 5.Birgalik nisbat.

Aniq nisbat - bajaruvchisi aniq boʻlgan harakat yoki holatni bildirgan feʼl shakli. Aniq

nisbat bosh nisbat deb ham ataladi va harakat-holatning ega orqali ifodalangan shaxs tomonidan
bajarilishini bildiradi. Masalan: Aziza darsini qildi.

Oʻzlik nisbat - bajaruvchining oʻz ustida amalga oshiradigan harakat va holatni

ifodalaydigan feʼl shakli.

Qoʻshimchasi: -(i)n, -(i)l. Masalan:Aziza yuvindi.


background image

ISSN:

2181-3906

2025

International scientific journal

«MODERN

SCIENCE

АND RESEARCH»

VOLUME 4 / ISSUE 5 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

1246

Oʻzlik nisbati feʼl asosiga qoʻshimchalarni qoʻshish orqali hosil qilinadi:taradi - tarandi,

kiydi - kiyindi. Ayrim feʼllardan oʻzlik nisbat shaklini yasab boʻlmaydi .Masalan, yayramoq,
sayramoq, uxlamoq, baqirmoq.

Majhul nisbat - bajaruvchisi nomaʼlum boʻlgan harakat yoki holatni bildirgan feʼl shakli.

Qoʻshimchalari: -(i)n, -(i)l.

Majhul nisbat feʼli harakat bajaruvchisining noaniqligini ifodalaydi ,shuning uchun

majhul nisbatda asosiy maʼno ish-harakatning bajaruvchisi ham emas, balki nima qilinganiga
(obyektiga) qaratiladi. Masalan: Mahallamizda obodonlashtirish ishlari olib borilmoqda.

Ayrim feʼllarda oʻzlik nisbati -n(-in) qoʻshimchasi orqali, majhul nisbati esa -l(-il)

qoʻshimchasi orqali hosil qilinadi.

Bahodir jangchi qonga boʻyaldi boʻlsa, oʻzlik nisbatdagi:
Jadval turli ranglarda boʻyaldi boʻlsa, majhul nisbatdagi gap hisoblanadi.

Orttirma nisbat - taʼsir ostida boshqa shaxs yoki narsa tomonidan bajarilgan harakat yoki holatni
bildiruvchi feʼl shakli.Feʼl oʻzagidan ifodalangan harakatga daʼvat qilingan shaxs maʼnosini
bildiradi:

qoldirdi,

kirgizdi,

oʻqittirdi,

soldirdi,

uxlatdi.

Qoʻshimchalari: -t, -dir, -tir, -giz, -kiz, -qiz, -gʻiz, -kaz, -qaz, -ir, -ar, -iz. Masalan: Alisher uyni
qurdirdi.

Birgalik nisbat - birdan ortiq bajaruvchi tomonidan birgalikda bajarilgan harakat yoki

holatni bildiruvchi feʼl shakli. Qoʻshimchalari: -sh, -ish.
Masalan: Oʻquvchilar hikoyani miriqib tinglashdi.

Feʼlning vazifa shakllari

Feʼlning turli gap boʻlaklari vazifasida kelishi uchun xoslangan shakllari feʼlning vazifa

shakllari deyiladi. Ular 4 ta guruhga bo‘linadi.

1) Sof feʼl shakli - feʼlni gapda kesim vazifasini bajarishga xoslangan shakli.Sof feʼl

shakli zamon, mayl, shaxs-son maʼnolarini koʻrsata oladi. Masalan: Azizim, qizingizning baxtini
oʻzgalarning eshigidan qidirmang.

2) Harakat nomi - feʼlning otga xoslangan shakli. Qoʻshimchalari: -sh, -ish, -v, -uv, -moq,

-mak. Masalan: oʻqish, yozuv, koʻrmoq, gapirish.

Harakat nomi egalik, kelishik, koʻplik qoʻshimchalarini olgani sababli otga xos

xususiyatlarga ega.

Egalik: Koʻrinishing yaxshi .
Kelishik: Bilim oʻqishning mevasidir.
Koʻplik: Vaqtni samarasiz tortishuvlarga sarflamaylik.
3) Sifatdosh - feʼlning sifatga xoslangan shakli .
Qoʻshimchalari: -gan (-kan,-qan), -adigan, -ydigan, -ayotgan, -r (-ar).
Sifatdosh shaxs va narsaning uch zamondagi oʻzgara oladigan belgisini ifodalaydi.
Sifatdoshlar feʼlga xos boʻlgan zamon, boʻlishli- boʻlishsizlik, nisbat maʼnolarini

ifodalaydi. Oʻtgan zamon sifatdoshi (-gan, -kan, -qan): oʻqigan, ekkan, oqqan.

Hozirgi zamon sifatdoshi (-yotgan, -ayotgan): ishlayotgan, yozayotgan .
Kelasi zamon sifatdoshi (-adigan, -r, -ar): keladigan, ishlar, qaytar, ishlaydigan.
4) Ravishdosh - feʼlning ravishga xoslangan shakli. Ravishdosh feʼlga bogʻlanib,

harakatning belgisini bildiradi. Masalan: shoshib keldi - qanday keldi ?


background image

ISSN:

2181-3906

2025

International scientific journal

«MODERN

SCIENCE

АND RESEARCH»

VOLUME 4 / ISSUE 5 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

1247

Ravishdosh - asos negizi feʼl boʻlgan va feʼlga -b (-ib), -a (-y), -gach (-kach, -qach), -

guncha (-quncha, -kuncha), -gani (-qani, -kani) qoʻshimchalari qoʻshilishi natijasida hosil
qilingan shaklidir: shoshib kelmoq, kulib gapirmoq, oʻylab javob bermoq.

Feʼlning munosabat shakllari

Feʼlning munosabat shakllari - bu harakat xabarchilari bo‘lib, ular sof fe’lning odatiy

shaxs-son va zamon ko‘rsatkichlari chegarasidan chiqib, harakatni predmet sifatida belgilash,
holatga aylantirish yoki harakat o‘zgarishining maromini ifodalash uchun xizmat qiladigan
morfosintaktik ko‘rinishlardir. Feʼllarning zamon, mayl, shaxs-son qoʻshimchalari munosabat
shakllari sanaladi. Munosabat shakllarining ikkinchi nomi sintaktik shakl yasovchilar deb
yuritiladi. Bu shakllarga ega har qanday feʼl gapda kesim vazifasida keladi. Yuqoridagi maʼno va
shakllardan xoli boʻlgan feʼl asosi feʼlning noaniq shakli hisoblanadi, bu shakl -moq
qoʻshimchasi yordamida ifodalanadi.

Feʼllarning zamon

Feʼl asosida ifodalangan harakat-holatning qaysi vaqtda sodir boʻlishini bildiruvchi

shakllar fe’lning zamon shakllari hisoblanadi. Feʼl uchta zamon shakllariga ega: oʻtgan zamon,
hozirgi zamon, kelasi zamon.

Oʻtgan zamon shakllari harakat va holatning gap aytilayotgan vaqtdan oldin boʻlganini

bildiradi. Masalan: Men uyga keldim (allaqachon bajarib bo‘lingan ish harakati). Hozirgi zamon
shakllari harakat va holatning gap aytilayotgan vaqtda yuz berayotganini ifodalaydi.Bu zamon
shakllari feʼl asosiga -yap, -moqda, -(a)yotib, qoʻshimchalarini qoʻshish orqali hosil qilinadi.
Masalan: Men uyga ketyabman (hozir bajarilayotgan ish harakati). Kelasi zamon shakllari
harakat yoki holatning gap aytilayotgan vaqtdan soʻng yuz berishini bildiradi. Masalan: Men
uyga ketmoqchiman (endi bajarilishi kerak bo‘lgan ish harakati).

Mayl shakllari

Feʼl asosida ifodalangan harakat-holat haqidagi xabar, buyruq- istak, shart maʼnolarini

ifodalovchi feʼl shakllari mayl shakllari deb ataladi.

Feʼllarning 4 ta mayl shakli mavjud:

1.

Xabar mayli - bu fe’lning harakat yoki holatni real, aniq, haqiqatga mos ravishda

bildiradigan mayl shakli. Bu mayl feʼl asosiga zamon va shaxs-son qoʻshimchalarini qoʻshish
orqali shakllanadi. Masalan: bola chaqqonlik bilan oʻzini suvga otdi.

2.

Buyruq-istak mayli - harakat va holatni bajarish yoki bajarilmaslik haqidagi buyruq,

istak, iltimos, maslahat maʼnolarini bildirgan feʼl shakli. Buyruq-istak mayli shakllari feʼl
asoslariga quyidagi qoʻshimchalarni qoʻshish yoʻli bilan hosil qilinadi: -a(y), -(a)yin, -gin, -(i)ng,
-sin, -(a)ylik, -(i)nglar. Masalan: Kel, doʻstim, koʻnglimni senga ochay.

3.

Shart mayli - boshqa bir harakat va holatning bajarilishi yoki bajarilmasligi uchun

shart boʻlgan harakat hamda holatni, shuningdek, istak-xohishni bildirgan feʼl shakli va u -sa
qoʻshimchasi yordamida yasaladi. Masalan: Qaniydi, ertaga togʻga chiqsak.

4.

Maqsad mayli - harakatning biror maqsadda bajarilishini bildiradi. Feʼl asosiga -

moqchi qoʻshimchasini qoʻshish orqali hosil qilinadi. Masalan: Bugun bizlarnikiga ammamlar
kelmoqchi.

Shaxs-son shakllari


background image

ISSN:

2181-3906

2025

International scientific journal

«MODERN

SCIENCE

АND RESEARCH»

VOLUME 4 / ISSUE 5 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

1248

Shaxs-son shakllari feʼldan ifodalangan harakat va holatni bajaruvchi shaxshini bildirib,

feʼlni kesim sifatida shakllantiruvchi, ega bilan bogʻlab keluvchi shakllar hisoblanadi.
Feʼllarning I va II shaxsi maxsus shakllar orqali ifodalanadi. III shaxsda esa zamon
qoʻshimchalari shaxs maʼnosini ham ifodalaydi. Masalan: boraman, oʻqiyman, kelasiz, ishladim,
oʻynading, oʻylasang.

Feʼllarning tuzilishiga koʻra turlari.

Feʼllar tuzilishiga koʻra sodda, qoʻshma, juft va takroriy feʼllarga boʻlinadi.
Sodda feʼl - oʻqidi, kiyinmoqchi, ichyapti, oʻtirdi.
Qoʻshma feʼl - borib keldi, olib berdi, oshib tushdi
Juft feʼl - aytdi-qoʻydi, yozdi-oldi.
Takroriy feʼl - yozdi-yozdi, kuldi-kuldi,yurdi-yurdi.

Feʼl yasovchi qoʻshimchalar

Feʼllar ko‘pincha boshqa so‘z turkumlariga qo‘shimchalar qoʻshish orqali yasaladi.

Masalan:oq+la=oqla, qora+y=qoray - sifatdan, ish+la=ishla, yosh+a=yasha, son+a=sana - otdan,
taq+illa=taqilla, shildir+la=shildirla - taqlid soʻzdan yasalgan.

Feʼl yasalishining usullari:
1.

Affiksal usul (qo‘shimchalar orqali). Bu – eng keng tarqalgan yo‘l. Yuqorida

keltirilgan qo‘shimchalar bu usulga kiradi.

B) Kompozitsiya (birikma orqali). Ikki yoki undan ortiq so‘z birikib yangi feʼl hosil qiladi:suv

ichmoq, qo‘l urmoq, ko‘z yugurtirmoq.
(Haqiqiy birikma feʼl bo‘lishi ham mumkin, lekin ba'zilari leksiklashib ketadi: ko‘z yugurtirmoq
– "tez o‘qib chiqmoq").

C) Konversiya (so‘z turkumi o‘zgaradi, shakli o‘zgarmaydi. Yugur! – bu yerda "yugur"

feʼl, lekin asosiy shakli ot bo‘lishi ham mumkin (yugur → yugurish). So‘z otdan feʼlga o‘tdi.

D) Reduplikatsiya (takrorlash orqali). Baʼzi hollarda harakatni takroriy yoki kuchli

ko‘rsatish uchun: ur-urmoq, qoch-qochmoq. Bu ko‘proq emotsional yoki og‘zaki uslubda
qo‘llanadi.

Xulosa

Fe’l so‘z turkumi - til tizimining markaziy va dinamik unsuri bo‘lib, u harakat, holat va

jarayonlarni ifodalash orqali nutqning semantik va grammatik tuzilishiga asosiy poydevor bo‘lib
xizmat qiladi. Harakatning zamonda, shaxsda, uslubda va ifoda ohangida ko‘rinishi fe’lning
chuqur grammatik va semantik qatlamlarga ega ekanligini anglatadi. Ushbu maqolada fe’lga oid
nazariy qarashlar, uning turlari va grammatik xususiyatlari chuqur tahlil qilinib, o‘quvchilar
tilshunoslikdagi muhim nazariy tushunchalarni o‘zlashtirishlariga imkon yaratildi. Fe’lni
o‘rganish tilning asosiy harakat kuchini anglash, uning ichki dinamikasini his etish va ifoda
madaniyatini oshirish yo‘lida muhim qadamlardan biridir.

REFERENCES

1.

Suyunova M. “Hozirgi o‘zbek adabiy tili morfologiyasi”, Toshkent, O‘qituvchi, 2017.

2.

T.Choriyev, N.Safarova, Sh.Istamova "Oʻzbek tili", Toshkent 2008, 164-166 betlar.

3.

M.T.Irisqulov "Tilshunoslikka kirish", 82-bet.


background image

ISSN:

2181-3906

2025

International scientific journal

«MODERN

SCIENCE

АND RESEARCH»

VOLUME 4 / ISSUE 5 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

1249

4.

Gʻ.Abdurahmonov, Sh.Shukurov, Q.Mahmudov "Oʻzbek tilining tarixiy grammatikasi",
Toshkent 2008, 170-172 betlar.

5.

www.oefen.uz, "Feʼl uslubiyati".

6.

Nargiza Erkaboyeva "Oʻzbek tilidan maʼruzalar toʻplami", Toshkent 2019, 237-245 betlar.

References

Suyunova M. “Hozirgi o‘zbek adabiy tili morfologiyasi”, Toshkent, O‘qituvchi, 2017.

T.Choriyev, N.Safarova, Sh.Istamova "Oʻzbek tili", Toshkent 2008, 164-166 betlar.

M.T.Irisqulov "Tilshunoslikka kirish", 82-bet.

Gʻ.Abdurahmonov, Sh.Shukurov, Q.Mahmudov "Oʻzbek tilining tarixiy grammatikasi", Toshkent 2008, 170-172 betlar.

www.oefen.uz, "Feʼl uslubiyati".

Nargiza Erkaboyeva "Oʻzbek tilidan maʼruzalar toʻplami", Toshkent 2019, 237-245 betlar.